13
ALOHIDA TA’LIMGA EHTIYOJMAND BOLALAR PSIXOLOGIYASI
Abdullayev Bobur Asqarjonovich
Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(Phd)
Murodova Dilsora Dilshodovna
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti
(Psixologiya faoliyat turlari ) magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14613780
Аnnоtаtsiyа.
Ushbu maqolada alohida ta’limga ehtiyojmand bolalar psixologiyasi va ularga
ta’lim berish shakllari yoritib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar
: Inklyuziv ta’lim, alohida ta’limga muhtoj, pedagogik-psixologik, qo‘llab-
quvvatlsh, psixologiya, nuqsoni bor bola, o‘smir, nogiron.
Mamlakatimizda alohida ta’limga muhtoj bolalarga bo‘lgan alohida e’tibor qonun, farmon
va huquqiy-normativ hujjatlarda o‘z aksini topib bormoqda. Prezidentimizning 2019-yil 29-
apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoniga muvofiq O‘zbekistonda inklyuziv
ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini
yanada takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash
maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilishi belgilab olindi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining«Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4860-son qarori, hamda Vazirlar
Mahkamasining 2021yil 12 oktyabrda «Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim
berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 638-son qarorlari ishlab
chiqildi.
PQ-4860-son qarori bilan tasdiqlangan “2020–2025 yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv
ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi”da alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga koʻrsatiladigan
ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash boʻyicha quyidagi vazifalar belgilandi: Alohida ta’limga
muhtoj bolalar ta’lim oladigan muassasalarga qo‘yiladigan ta;lablarni sihlab chiqish, ular ta’lim
olasigan muassasalarni zarur metodik qo‘llanmalar va kerakli jihozlar bilan ta’minlashga
qaratilgan chora- tadbirlar, ta’minlash masalalari, va bir qator chora tadbirlar belgilab olindi.
Shuni ham olohida ta’kidlash joizki, ushbu qaror bilan “Umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida
alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi
nizom tasdiqlandi.
Unda quyidagilar belgilandi:-inklyuziv ta’limning maqsadi va vazifalari alohida ta’lim
ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun maktablarda inklyuziv ta’lim va boshlangʻich tayanch
korreksion sinflar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;-oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish tartibi
oʻquvchilarni inklyuziv ta’lim sinflariga va boshlangʻich tayanch korreksion sinflarga qabul qilish
tartibi inklyuziv ta’lim sinflari va boshlangʻich tayanch korreksion sinflarda ta’lim sifatini nazorat
qilish va boshqarish chora-tadbirlari.
Shuningdek ushbu qaror bilan quyidagi me’yoriy hujjatlar tasdiqlandi:
-Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davlat
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom;
-Sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom;
14
-Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga
muhtoj boʻlgan bolalarga uyda yakka tartibda ta’lim berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Ushbu qonunosti xujjatlarida imkoniyati cheklangan bolalarning ta’limi, reabilitatsiyasi,
ijtimoiy munosabatlarda erkin, qulay va xavfsiz harakatlanishini ta’minlashga qaratilgan
huquqiy me’yorlar belgilab qo‘yildi. Bundan tashqari qaror bilan alohida ta’lim ehtiyojlari
boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida kasbga oʻqitish kurslarini tashkil
etish chora-tadbirlari belgilandi.Shu o‘rinda inkulyuziv ta’lim nima degan savolga javob berib
o‘tsak.
Inkulyuziv ta’lim bu - inglizcha so‘z bo‘lib,
inclusive
qo‘shish, birlashtirish ma’nolarini
anglatadi. Mazkur atama alohida ehtiyojga ega bo‘lgan o‘quvchilarni umumta’lim maktablarida
sog‘lom bolalar bilan qo‘shib birgalikda o‘qitish jarayoni demakdir. Inkulyuziv ta’lim
o‘quvchilarning imkoniyatlaridan, ularning jismoniy ruxiy cheklanishlarini hisobga olib tashkil
etiladigan ta’lim jarayonidir.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan inklyuziv ta’lim shakli o‘z samarasini berib
kelmoqda. Imkoniyati cheklangan yoki rivojlanishda ortda qolayotgan bolalar sog’lom bolalar
bilan birgalikdagi faoliyati ularni yanada kuch - g’ayratga to‘lishlarida va ular ham hech qanday
mehr – muhabbat yoki e’tibordan chetda qolmayotkanliklarini his ettirmoqda. Alohida ta’limga
muhtoj o‘quvchilar – bu ajoyib iste’dod, o‘rganish yoki xatti- harakatlaridagi qiyinchiliklar,
sog’lik muammolari, nogironlik yoki uzoq vaqt davomida o‘qishga qatnashmaslik o‘quv
mazmuniga, o‘quv jarayonlariga yoki o‘quv muhitiga o‘zgartirishlar kiritish yoki moslashtirish
zaruriyatini tug’diradigan o‘quvchilardir.
Alohida ta’limga muhtoj bolalarni o‘qitish, tarbiyalash, ularni taraqqiy etishi va jamiyatga
ijtimoiylashuvini ta’minlash davlatimizning dolzarb siyosiy masalalaridan biridir. Ma’lumki,
bolaning shaxs sifatida rivojlanishiga, uning ijtimoiylashuviga xizmat qiladigan asosiy oila va
oiladagi shaxslararo munosabatlardir. Shu bois bola tarbiyasi va ta’limi samaradorligi to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ota-onalarning ijtimoiypsixologik moslashuvi darajasi bilan belgilanadi.
Bu ularning o‘z farzandlari rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari, aqliy rivojlanish
sifatining asosiy xususiyatlari va ularning yosh me'yorlariga muvofiqligi va hissiy-ijobiy ijtimoiy
roli hisoblanadi.
Xulosa o‘rnida shu aytib o‘tish joizki tashkil etilgan Inklyuziv ta’lim shakli sog’lom bolalarga
ham ularga qo‘shilgan imkoniyati cheklangan bolalarga ham birdek foyda keltiradi. Inklyuziv
ta’lim orqali sog’lom bolalarni ham mehr- muruvvatli bo‘lishga, yordamga muhtoj bo‘lgan
insonlarga befarq bo‘lmaslikka, tengdoshlariga yordam berish, insonparvarlik tuyg’ularini
shakllanishiga yordam beradi. Imkoniyati cheklangan bolalarda esa hamma qatori jamiyat a’zosi
ekanligini his etish va o‘z- o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttiradi.
References:
1.
M. A. Sharipov
, "Inklyuziv ta’lim tizimining rivojlanish istiqbollari va muammolari",
Toshkent, 2021.
2.
N. Q. Ergasheva
, "Ta’lim va tarbiya jarayonida inklyuzivlik tamoyillari", Toshkent, 2020.
3.
B. S. Abdullayeva
, "Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning ta’limini tashkil etishning
metodologik asoslari", Samarqand, 2022.
4.
X. X. Raximov
, "O‘zbekistonda inklyuziv ta’limning amaliyotga tadbiq etilishi", Toshkent,
15
2020.
5.
Jo‘rayev , S. ., & Abdurasulov, J. (2024). SUBJECT, TASKS AND CONTENT OF STUDYING THE
BASICS OF MILITARY-PATRIOTIC EDUCATION. Академические исследования в современной
науке,
3(7),
149–153.
извлечено
от
https://www.econferences.ru/index.php/arims/article/view/13106
6.
Meyliyeva, M. S. (2024). Specific aspects of the formation of student professional
motivation through an individual approach. International education and innovative sciences,
1(9), 347-357.
7.
Abduqodirova D., Pardaboyeva M. THE ROLE OF EMOTIONAL CREATIVITY IN
STUDENTS'DECISION-MAKING //INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-
HUMANITARIAN SCIENCES. – 2024. – Т. 1. – №. 7. – С. 27-30.
8.
Zukhra Mirzotilloyevna Radjabova. (2023). Features Of Adolescent And Teacher
Cooperation In The Current Period In Choosing A Profession. Diversity Research: Journal of
Analysis
and
Trends,
1(3),
210–215.
Retrieved
from
