Авторы

  • Dilrabo Uzoqova
    Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika fakulteti Psixologiya yo‘nalishi 24/1 guruh talabasi
  • Nilufar Matlibova
    Ilmiy rahbari: Chirchiq davlat pedagogika universiteti Jismoniy madaniyat va sport o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.63102

Ключевые слова:

muvaffaqiyat natija texnika stress motivatsiya jamoa ishonch qobiliyat ichki kechinma psixologik yordam travma trening rag‘batlantirish.

Аннотация

Ushbu maqola yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog‘lom insonlarni shakllantirish maqsadida shaxsni tarbiyalashga, insonlarning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishga, uning jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga, mehnatsevarlik, kamtarlik, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllanturish, ham jismonan ham ma’naviy barkamol inson bo‘lib voyaga yetishida psixologlarning o‘rni haqida.


background image

146

JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOHASIDA PSIXOLOGLARNING O‘RNI VA

VAZIFALARI

Uzoqova Dilrabo Tursunovna

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika fakulteti Psixologiya

yo‘nalishi 24/1 guruh talabasi

Matlibova Nilufar Xamid qizi

Ilmiy rahbari: Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Jismoniy madaniyat va sport o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14715764

Annotatsiya:

Ushbu maqola yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk hamda

jismonan sog‘lom insonlarni shakllantirish maqsadida shaxsni tarbiyalashga, insonlarning
jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishga, uning jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va
bilimlarini orttirishga, mehnatsevarlik, kamtarlik, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllanturish,
ham jismonan ham ma’naviy barkamol inson bo‘lib voyaga yetishida psixologlarning o‘rni
haqida.

Kalit so‘zlar:

muvaffaqiyat, natija, texnika, stress, motivatsiya, jamoa, ishonch, qobiliyat,

ichki kechinma, psixologik yordam, travma, trening, rag‘batlantirish.

Kirish

Mamlakatimizda o‘nlab sport federatsiyalari, assotsiatsiyalari, davlat qo‘mitalari faoliyat

ko‘rsatib kelmoqda. Ularning barchasida psixologik xizmat tizimi joriy qilinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Olimpiya

qo‘mitasi qoshida sport psixologiyasi bo‘limi ochilgan bo‘lib, ushbu bo‘limda har bir sportchiga
alohida psixologik xizmat ko‘rsatish amaliy tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va bu tadbirlar
jismoniy tarbiya tizimida psixologik xizmat amaliyotini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Futbol, xokkey, voleybol, boks, tennis, shaxmat, chang‘ida uchish, sharq yakka kurashlarida

inson omili yetakchi rol o‘ynaydi, chunki sportchining jangovarligi kayfiyati, irodasi, hotirjamligi,
o‘zini-o‘zi iroda qila olishligi g‘alaba keltiradi, uning aks holati esa mag‘lubiyat manbaidir.
G‘oliblik shoxsupasiga ko‘tarilish vatanparvarlik tuyg‘usining amaliy ifodasi. Vatan shuhratini
jaxonga tanitish vositasi sanaladi.Ona yurt bayrog‘i, ramzi, madhiyasining o‘zga mamlakatlar
osmonida mavj urishi vatan tuyg‘usining oshkora namoyon bo‘lishidir. Sport tashkilotlarida
psixologik xizmatni zamon talabi darajasida tashkil etish g‘alabalar kafolatidir. Jismoniy tarbiya
va sport tizimida psixologik xizmat ko‘rsatish jarayonida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
1.

Sport maktablariga “Paxtakor”, “Dinamo”, “Armiya sport klubi” va boshqa sport

jamoalariga o‘quvchilar tanlashga psixodiagnostka metodlari bilan ishtirok etish.
2.

Sport jamoalarida shaxslararo munosabatlar maromini aniqlash va o‘ziga xos

xususiyatlarini maxsus metodikalar yordami bilan empirik materiallarga asoslangan holda
o‘rganish.
3.

Jamoalarda liderlarni topish va ularni muayyan toifalarga aloqadorligini belgilash hamda

ular bilan individual ishlash rejasini tuzish.
4.

Rahbar, trener va sportchilar o‘rtasidagi munosabatni aniqlash hamda ular o‘rtasida iliq

psixologik muhitni yaratishga intilish.
5.

Spotchilar bilan turli xususiyatli treninglar yordamida hamkorlik qilish tadbirlarini ishlab

chiqish va ularni amaliyotga tadbiq etish.


background image

147

6.

Sportchilar bilan musobaqadan oldin va undan keyin psixologik ta’sir o‘tkazish maqsadida

individual va guruhiy suhbat o‘tkazish, o‘ziga ishonch, jasorat, jangovarlik tuyg‘ularini
jonlantirish.
7.

Emotsional zo‘riqish holatlarini kamaytirish maqsadida psixologik barqarorlikni vujudga

kelishiga puxta ma’naviy negiz hozirlash.
8.

Sportchilarning sport qurollari va anjomlariga moslashtirish davrlarini tekshirish va

muayyan tavsiyalar, yo‘llanmalar tayyorlash.
9.

Musobaqalar davridagi tanaffuslar qisqa muddatli trening, ta’sir o‘tkazuvchi metodlarni

operativ tarzda qo‘llash.
10.

Ot sportida “Inson-jonivor” munosabatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, harakatlar muvofiqligi,

fazoviy chamalash imkoniyatlari yuzasidan aniq ma’lumotlar to‘lash.
11.

Jamoa a’zolari o‘rtasida o‘zaro moslik, o‘zaro tushunish, o‘zaro yordam va hamkorlik

faoliyatini tashkil etish.
12.

Start, kulminatsiya, finish to‘g‘risidagi nisbatlarini to‘g‘ri idrok qilishga har bir sportchini

ko‘nikishga o‘rgatish, frustratsiyaning yengil shakli bilan cheklanish vaziyatini vujudga keltirish.
13.

Professiogramma talablariga javob beradigan jismoniy va ruhiy holatlarni saqlash uchun

o‘zini-o‘zi boshqarish uslublari bilan sportchilarni qurollantirish.
14.

Psixolog xonasida har bir sportchi shaxsi va muayyan guruhlar bilan uzluksiz ravishda

mashg‘ulotlar olib boorish.
15.

Jarohat olgan sportchilar bilan uzluksiz muloqot o‘rnatib turish ularning tezkor

jangovorligini tiklash omili ekanligini qat’iy dalillash.
16.

Sportchilarga oid radio va televideniyada eshittirish hamda ko‘rsatuvlar uyushtirish,

shuningdek, mahalliy matbuot sahifalarida chiqishlarni amalga oshirish.
17.

Sportchilarda paydo bo‘ladigan psixologik inqiroz asoratlarini davolash va batamom

bartaraf qilish imkoniyati mavjudligi va ularning amaliy ifodasini qaror toptirish.
18.

Sportchilarni o‘zini-o‘zi boshqarishga o‘rgatishga quyidagilarni tavsiya qilish (Autogen

mashqlar):

a)

muskullarni ruhiy mashqlantirish;

b)

muskulni harakatlarini dinamik rivojlantirish;

c)

autogen holatiga sho‘ng‘ish, berilish.

19.

Sport kasb ekanligini, professional darajaga o‘sib o‘tish mumkinligini uzluksiz ravishda

qat’iy uqtirish.
20.

Yutuqlardan esankirab qolmaslik, ushbu darajaga erishish ko‘pchilikning mehnat maxsuli

ekanligini doim ta’kidlab turish.
21.

Mehnatsevarlik, kamtarlik, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish ham jismonan ham

ma’naviy barkamol inson bo‘lib voyaga yetishga yo‘naltirish.

Xulosa

Jismoniy tarbiya va sport sohasida psixologlarning o‘rni va vazifalari Kundan kunga

ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda, bu kelajakda yanada mustahkamlanadi. Psixologlar
sportchilarning ruhiy va jismoniy holatlarini yaxshilash, ularning ishonchi va motivatsiyasini
oshirish, stressva mag‘lubiyatga psixologik yondashuvni ta’minlash bilan sportning yuqori


background image

148

natijalarga erishishini ta’mihlaydilar. Salbiy emotsional holatlarni yengib o‘tishga ularga qarshi
kurashish va irodaviy boshqarishga o‘rgatish samarali hisoblanadi, hamda sportchi odatdagi
ma’lum xarakteristikalarni tasavvur qiladi. Shunday ekan sport sohasiga malakali mutaxassis
psixologlarni jalb qilish va ular bilan hamkorlikda ishlash maqsadga muvofiqdir.

References:

1.

Piter M. “Psixologiya sport”

2.

A.Abdullayev. Sh.X.Xonkeldiyev “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati”

3.

Y.V.Verxoshanskiy “Sportchining maxsus jismoniy tayyorgarligini asoslari”

4.

F.A.Kerimov “Sport sohasida ilmiy tadqiqotlar”

5.

Z.X.Fayziyev “Sportchilar faoliyatida emotsiya va ichki kechinmalar vujudga kelishining

nazariy asoslari”
6.

Аbdurasulov J., & Pardabayeva , M. (2024). MUSOBAQADAN OLDIN SPORTCHILARNI

PSIXOLOGIK TAYYORLASH. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры,
4(6 Part 2), 73–76. извлечено от

https://inacademy.uz/index.php/ejsspc/article/view/34717

7.

Burieva, K. E., & Kamilova, Z. A. (2022). The psychology of adolescence. Scientific progress,

3(4), 923-929.
8.

Eshnayev Nortoji Jumayevich, & Madgapilova Nargiza Talipjanovna. (2023).

CHARACTERISTICS OF IMPLEMENTING THE CLUSTER APPROACH IN THE EDUCATIONAL
SYSTEM.

International

Journal

of

Pedagogics,

3(02),

44–47.

https://doi.org/10.37547/ijp/Volume03Issue02-09

9.

Dustnazar Omonovich Ximmataliyev, Sayyora Rustamovna Mirzaeva, Kibriyo Ergashevna

Buriyeva, Mutabar Sayfullayevna Meyliyeva, Aliya Burxonovna Burteshova, Shohida
Absalomovna Umarova, & Marat Normadovich Tojiboyev. (2024). Psychological Foundations of
Career Guidance in the Family and Children of the Orphanage. Journal of Computational Analysis
and

Applications

(JoCAAA),

33(07),

547–551.

Retrieved

from

http://eudoxuspress.com/index.php/pub/article/view/1096

10.

Sh.Umarova 2024. Psychological Features Of Workers And Factors Affecting

Them.

Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments

. 2, 9 (Sep. 2024), 52–63.

11.

X.Raximova 2024. Current Role And Requirements Of Digital Pedagogy.

Pedagogical

Cluster-Journal of Pedagogical Developments

. 2, 9 (Sep. 2024), 38–51.

12.

2024. Psychological Features Of Workers And Factors Affecting Them.

Pedagogical Cluster-

Journal of Pedagogical Developments

. 2, 9 (Sep. 2024), 52–63.

13.

2024. Current Role And Requirements Of Digital Pedagogy.

Pedagogical Cluster-Journal of

Pedagogical Developments

. 2, 9 (Sep. 2024), 38–51.

14.

Абдурасулов, Ж. (2022). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНФОРМАЦИОННЫХТЕХНОЛОГИЙ В

УСВОЕНИИ УРОКОВ ИСТОРИИ. INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND
TEACHING,

1(10),

113–115.

Retrieved

from

https://researchedu.org/index.php/iclt/article/view/1778

Библиографические ссылки

Piter M. “Psixologiya sport”

A.Abdullayev. Sh.X.Xonkeldiyev “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati”

Y.V.Verxoshanskiy “Sportchining maxsus jismoniy tayyorgarligini asoslari”

F.A.Kerimov “Sport sohasida ilmiy tadqiqotlar”

Z.X.Fayziyev “Sportchilar faoliyatida emotsiya va ichki kechinmalar vujudga kelishining nazariy asoslari”

Аbdurasulov J., & Pardabayeva , M. (2024). MUSOBAQADAN OLDIN SPORTCHILARNI PSIXOLOGIK TAYYORLASH. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 4(6 Part 2), 73–76. извлечено от https://inacademy.uz/index.php/ejsspc/article/view/34717

Burieva, K. E., & Kamilova, Z. A. (2022). The psychology of adolescence. Scientific progress, 3(4), 923-929.

Eshnayev Nortoji Jumayevich, & Madgapilova Nargiza Talipjanovna. (2023). CHARACTERISTICS OF IMPLEMENTING THE CLUSTER APPROACH IN THE EDUCATIONAL SYSTEM. International Journal of Pedagogics, 3(02), 44–47. https://doi.org/10.37547/ijp/Volume03Issue02-09

Dustnazar Omonovich Ximmataliyev, Sayyora Rustamovna Mirzaeva, Kibriyo Ergashevna Buriyeva, Mutabar Sayfullayevna Meyliyeva, Aliya Burxonovna Burteshova, Shohida Absalomovna Umarova, & Marat Normadovich Tojiboyev. (2024). Psychological Foundations of Career Guidance in the Family and Children of the Orphanage. Journal of Computational Analysis and Applications (JoCAAA), 33(07), 547–551. Retrieved from http://eudoxuspress.com/index.php/pub/article/view/1096

Sh.Umarova 2024. Psychological Features Of Workers And Factors Affecting Them. Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments. 2, 9 (Sep. 2024), 52–63.

X.Raximova 2024. Current Role And Requirements Of Digital Pedagogy. Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments. 2, 9 (Sep. 2024), 38–51.

Psychological Features Of Workers And Factors Affecting Them. Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments. 2, 9 (Sep. 2024), 52–63.

Current Role And Requirements Of Digital Pedagogy. Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments. 2, 9 (Sep. 2024), 38–51.

Абдурасулов, Ж. (2022). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНФОРМАЦИОННЫХТЕХНОЛОГИЙ В УСВОЕНИИ УРОКОВ ИСТОРИИ. INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING, 1(10), 113–115. Retrieved from https://researchedu.org/index.php/iclt/article/view/1778