Авторы

  • G‘iyos Vaxobov
    Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.63106

Ключевые слова:

Kurash milliy kurash kurash turlari sport mutaxassis to‘garak jarayon jismoniy tarbiya psixologik tayyorlash

Аннотация

Kurash mashg‘uloti – yosh sportchilarni kurash turlariga xos bo‘lgan mashqlar va harakatlarga o‘rgatishga qaratilgan pedagogik jarayon bo‘lib hisoblanadi. Kurash mashg‘ulotining maqsadi yosh kurashchilarni yuqori malakali sportchi qilib tarbiyalash va kurash turlarida sportdagi eng yuksak natijalarga erishish bilan birga ma’naviy etuk hamda jismonan barkamol inson qilib tarbiyalash hisoblanadi.


background image

126

12-13 YOSHLARDAGI BOLALARNI MILLIY KURASH MUSOBAQALARI OLDIDAN

PSIXOLOGIYASINI TAYYORLASH

Vaxobov G‘iyos Do‘stmurodovich

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14698317

Annotatsiya.

Kurash mashg‘uloti – yosh sportchilarni kurash turlariga xos bo‘lgan mashqlar

va harakatlarga o‘rgatishga qaratilgan pedagogik jarayon bo‘lib hisoblanadi. Kurash
mashg‘ulotining maqsadi yosh kurashchilarni yuqori malakali sportchi qilib tarbiyalash va kurash
turlarida sportdagi eng yuksak natijalarga erishish bilan birga ma’naviy etuk hamda jismonan
barkamol inson qilib tarbiyalash hisoblanadi.

Kalit so‘zlar:

Kurash, milliy kurash, kurash turlari, sport, mutaxassis, to‘garak, jarayon,

jismoniy tarbiya, psixologik tayyorlash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi hamda davlatimiz

rahnamoligida jismoniy tarbiya va sportga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda. Jumladan, 2017 yil
3 iyun, Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-3031-son, 2017-yil 2- oktabrdagi “Kurash” milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3306-son, 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida
davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-sonli
farmon va qarorlarida yurtimiz aholisini sog‘ligini mustahkamlash jismoniy tayyorgarligini
oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, shuningdek yurtimizda kurash sportini yanada
rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratilgan.

Respublikamizda kurash sporti yoshlarning jismoniy madaniyatini rivojlantirishning asosiy

vositalari hisoblanadi. Bundan tashqari , kurash eng qadimiy va keng tarqalgan sport turidir
.Qadimgi xalqimiz ichida epchilik, chaqqonlik , kuchlilik va irodaviy sifatlari mujassam insonlar
bo’lgan .Ushbu fazilatli insonlarni xalqimiz o’zbek xalqi polvonlari deb atashgan . Buyuk aloma Abu
Ali Ibn Sinoning « Tib qonunlari » kitobida kurash insonni ruhiy va jismoniy holatini
yaxshilashining muhim omili deya e’tirof etgan. G’azal mulkining sultoni Alisher Navoi ko’p
asarlarida kuchli kurashchilar bellashuvlari tasvirlangan. Ushbu asarlarda ham ko’rinib turibdiki,
o’zbeklarda usullar tizimi yetakchi bo’lgan. Bugungi kunga kelib yurtimizda kurash sohasida
yetakchi mutaxasislar A.Atoyev, F.A.Kerimov, K.Yusupov, N.X.Azizov, J. Toshpo’latov, U. Ibrohimov
Z.Jumayevlarning ilmiy uslubiy ishlarida takidlanishicha, ajdodlarimizning ma’daniy ishtimoiy
iqtisodiy siyosiy va madaniy merosimiz bilan chambarchash bog’liq bo’lgan. Kurash xalqimizning
etnik madaniy, jismoniy madaniyati bilan uyg’unlikda rivojlanib kelganidan dalolat beradi. Shu
bilan birga kurashning tarixiy hayoti turli ishtimoiy tuzumlar davridagi madaniyat, marifat tarixiy
voqealar hamda ananalar bilan chambarchas bog’liq.

Zamonaviy kurash tarixiy ildizlarining tahlilida ushbu sohaning etakchi mutaxassislari (N.M.

Galkovskiy, A.Z. Katulin, N.G. Chionov, N.N. Sorokin,R. Petrov; o’zbek olimlari: A.K.Atoev,
F.A.Kerimov, N.A.Tastanov, R.S.Salomov, R.D.Xolmuxamedov) kurash ibtidoiy-jamoa tizimi
davrida yashash uchun kurash vositasi sifatida paydo bo’lgan deb ta’kidlaydilar. Mehnat qurollari
paydo bo’lishi va ularning murakkablashib borishi jamiyatning har bir a’zosiga yangi talablar
qo’yib kelgan. Yangi harakatlarni mukammal o’rganishi uchun inson o’z tanasini maxsus
tayyorlash zaruriyati paydo bo’ldi. Epchillik, kuch va boshqa jismoniy fazilatlarini sinash uchun
o’yinlar va yakkakurashlar uyushtirilgan.


background image

127

Kurash – oʻzbek milliy sport turi. Belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-

yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum.

O‘zbek kurashining 12-13 yoshdagi bolalar tarbiyasidagi ahamiyatidan kelib chiqib,

yoshlarimizning har tomonlama barkamol, sog‘lom, ma’naviy Yetuk insonlar qilib tarbiyalash
maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.

Boshlang’ich tayyorlov guruhlari uchun asosiy metodlar (3-yil, 12-13 yosh).
Tik turib qabul qilishning asosiy usullari tegishli uchun: yuqoridan qo’lini ushlash bilan

aylantirib tashlash (1-a rasm), qo’li va tanasidan ushlash bilan orqaga bukmlmb uloqtirish (2-b
rasm), elka va qo’lni pastdan ushlash orqali oyog’idan chalish (3-v rasm).

1-rasm
Parterdagi asosiy texnikalarga quyidagilar kiradi:

uzoq son ag’darish chalg’itish teskari

qo’lga (2-a rasm),

uzoq oyoq ilgak bilan tilt ta’qib elka va kestirib otish (2-b rasm),

yuqoriga

o’tirib (2-v rasm).

2-rasm


background image

128

O‘zbek kurashining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatidan kelib chiqib, yoshlarimizning har

tomonlama barkamol, sog‘lom, ma’naviy Yetuk insonlar qilib tarbiyalash maqsadida quyidagi
tadbirlarni amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.
1.

Ta’lim muassasalarida kurash mashg‘ulotlari darslari soatini ko‘paytirish.

2.

O‘zbek kurashi bo‘yicha darslik, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va kerakli adabiyotlarni chop

ettirilishini jadallashtirish.
3.

O‘zbek kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida viloyatlar tumanlarida musobaqalarni tashkil

etishni ko‘paytirish.
4.

O‘zbek milliy kurash turlari bo‘yicha yagona o‘quv trenirovka mashg‘ulotlari va musobaqalar

o‘tkazish uchun yagona dastur, nizom va darsliklar, qo‘llanmalar yaratish.
5.

O‘zbek milliy kurashi turlarini yoshlar va aholi o‘rtasida ommaviylashtirish uchun

muntazam mintaqaviy va xalqaro musobaqalar tashkil etish, televideniya va radiodagi ko‘rsatuv,
eshittirishlar olib borish, ommaviy matbuotda chiqishlar uyushtirish, gazeta va jurnallarda ilmiy-
ommabop maqolalar nashr ettirib borish maqsadga muvofiq.

Kurash mashg‘uloti – yosh sportchilarni kurash turlariga xos bo‘lgan mashqlar va

harakatlarga o‘rgatishga qaratilgan pedagogik jarayondir. Kurash mashg‘ulotining maqsadi yosh
kurashchilarni yuqori malakali sportchi qilib tarbiyalash va kurash turlarida sportdagi eng yuksak
natijalarga erishish bilan birga ma’naviy etuk hamda jismonan barkamol inson qilib tarbiyalash
asosiy vazifa hisoblanadi. Kurash mashg‘ulotlarda shug‘ullanuvchilarning sog‘ligini
mustahkamlash, jismoniy fazilatlarini rivojlantirish jarayonlari ham muhim vazifalar hisoblanadi.

References:

1.

Rustamov, L. (2022). TALABALARNING KASBIY FAOLIYATLARIDA SHAXSGA

YOʻNALTIRILGAN YONDASHUVNI AMALGA OSHIRISH. Science and innovation, 1(B8), 1259- 1262
2.

Yusupov kurash, Kurash, T., 1999; Moʻminov A., Prezident. Sport. Gʻalaba!, T., 2001.

3.

Vaxobov, G. I. (2023). MILLIY KURASH SPORT TURIGA 12-13-YOSHDAGI BOLALARNI

TAYYORLASH.

Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences

,

2

(21), 178-180.

4.

Dustmuratovich, V. (2023). METHODS OF DEVELOPMENT OF SWEEPING METHODS AND

TECHNIQUES IN 14-15-YEAR-OLD WRESTLERS IN CHILDREN'S AND YOUTH SPORTS SCHOOLS.
5.

Sabirova Nasiba Rasulovna. THE MECHANISM OF IMPROVING THE PRIMARY TRAINING

METHODS OF BASKETBALL SPORTS, TRAINING SKILLED BASKETBALL PLAYERS. Web of
Scientist:

International

Scientific

Research

Journal.

DOI:

https://doi.org/10.17605/OSF.IO/YMRTH Published: Feb 28, 2022.
6.

Ochilov, J. (2022). O ‘QUVCHI VA TALABALARNI JISMONIY TARBIYALASHNING

AHAMIYATI.

Academic research in educational sciences

, (Conference), 811-816.

7.

Ochilov, J. (2022). QISHLOQ XO ‘JALIGI OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TALABALARNING

JISMONIY SIFATLARINI OSHIRISH VA MAVJUD MUAMMOLAR.

Academic research in educational

sciences

, (Conference), 834-839.

8.

Ochilov, J. A. X. (2023). ZAMONAVIY AXBOROT JAMIYATIDA O‘QUVCHILARNI SPORTGA OID

TA’LIM-TARBIYA MADANIYATINI (INTEGRAL) TAKOMILLASHTIRISH (STOL TENNISI
MISOLIDA)”.

Academic research in educational sciences

,

4

(SamTSAU Conference 1), 237-240.

Библиографические ссылки

Rustamov, L. (2022). TALABALARNING KASBIY FAOLIYATLARIDA SHAXSGA YOʻNALTIRILGAN YONDASHUVNI AMALGA OSHIRISH. Science and innovation, 1(B8), 1259- 1262

Yusupov kurash, Kurash, T., 1999; Moʻminov A., Prezident. Sport. Gʻalaba!, T., 2001.

Vaxobov, G. I. (2023). MILLIY KURASH SPORT TURIGA 12-13-YOSHDAGI BOLALARNI TAYYORLASH. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 2(21), 178-180.

Dustmuratovich, V. (2023). METHODS OF DEVELOPMENT OF SWEEPING METHODS AND TECHNIQUES IN 14-15-YEAR-OLD WRESTLERS IN CHILDREN'S AND YOUTH SPORTS SCHOOLS.

Sabirova Nasiba Rasulovna. THE MECHANISM OF IMPROVING THE PRIMARY TRAINING METHODS OF BASKETBALL SPORTS, TRAINING SKILLED BASKETBALL PLAYERS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal. DOI: https://doi.org/10.17605/OSF.IO/YMRTH Published: Feb 28, 2022.

Ochilov, J. (2022). O ‘QUVCHI VA TALABALARNI JISMONIY TARBIYALASHNING AHAMIYATI. Academic research in educational sciences, (Conference), 811-816.

Ochilov, J. (2022). QISHLOQ XO ‘JALIGI OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TALABALARNING JISMONIY SIFATLARINI OSHIRISH VA MAVJUD MUAMMOLAR. Academic research in educational sciences, (Conference), 834-839.

Ochilov, J. A. X. (2023). ZAMONAVIY AXBOROT JAMIYATIDA O‘QUVCHILARNI SPORTGA OID TA’LIM-TARBIYA MADANIYATINI (INTEGRAL) TAKOMILLASHTIRISH (STOL TENNISI MISOLIDA)”. Academic research in educational sciences, 4(SamTSAU Conference 1), 237-240.