27
XORAZM DOSTONLARI TILIDA UCHRAYDIGAN REAL VA NOREAL SHAXS
NOMLARI
Nabijonova Madinabonu Ulug‘bek Qizi
NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABASI
https://doi.org/10.5281/zenodo.15860493
Annotatsiya:
ushbu maqolada Xorazm dostonlari matnlarida uchraydigan kishi
nomlarining leksik-semantik jihatlari yuzasidan fikrlar o‘rin olgan. Shuningdek, maqolada
dostonlarimiz tilidagi shaxs nomlarining tarixda yashagan real shaxslarning nomlari hamda
voqealar bayoni uchun o‘ylab topilgan, to‘qima nomlarga ajratilgan holda mulohaza yuritiladi.
Annotation:
this article contains thoughts on the lexical-semantic aspects of personal
names found in the texts of Khorezm epics. Also, the article discusses the names of people in the
language of our epics, separating them into the names of real people who lived in history and the
fictional names invented for the narration of events.
Аннотация:
данная статья содержит размышления о лексико-семантических
аспектах личных имен, встречающихся в текстах хорезмских эпосов. Также в статье
рассматриваются имена людей языком наших былин, разделяя их на имена реальных
людей, живших в истории, и имена вымышленные, придуманные для повествования о
событиях.
Kalit so‘zlar:
shaxs nomi, kishi ismi, antroponim, real nom, noreal nom, to‘qima nom...
Key words:
person's name, person's name, anthroponym, real name, non-real name, tissue
name...
Ключевые слова:
имя человека, имя человека, антропоним, настоящее имя,
ненастоящее имя, название ткани...
O‘zbek nomshunosligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar va ilmiy adabiyotlarda real va
noreal obyektlarni ifodalovchi nomlar (atoqli otlar) haqida quyidagicha ta’riflar va sharhlar
berilgan.
1.
Realionim (nemischa “real ”, “real” va lotincha “realis” – narsaga oid haqiqiy) obyektiv
olamda haqiqatdan mavjud narsa, hodisa va obyektlar nomi.
2.
Real nom – realionim.
3.
Real shaxs nomi – hayotda haqiqatda yashayotgan yoki yashab o‘tgan shaxsning atoqli oti
1
.
Ushbu ma’lumotlar E. Begmatov va N.Uluqovlar tomonidan nashr etilgan “O‘zbek
onomastikasi terminlarining izohli lug‘ati” Namangan-2006 kitobidan olindi. Ammo shu va
shunga o‘xshash ilmiy adabiyotlarda noreal obyektlarni ifodalovchi nomlar xususida yetarlicha
sharhlar va ma’lumotlar keltirilmagan. Masalan, yuqorida tilga olingan manbaning 20-betida
“afsonaviy nomlar” haqida shunday ma’lumotlar beriladi: “ moddiy olamda real mavjud emas,
ammo hayolan mavjud deb hisoblanuvchi obyektlar (hayvonlar, narsa va hodislar, shaxslar)
atoqli oti”
2
.
Shundan so‘ng “afsonaviy toponimlar”, “afsonaviy shaxs(lar) nomi” kabi atamalar
sharhlangan bo‘lsa, 47-betda “mifik nom”, “mifonim”, “mifologik obrazlar nomi”, “mifotoponim”
va boshqa atamalar sharhlangan. Biroq “mif” so‘zi “afsona” so‘ziga mos kelishini esga olgan
1
Begmatov E. Uluqov N. O’zbek onomastik terminlarining izohli lug’ati. Namangan. 2006. 20-bet.
2
Begmatov E. Uluqov N. Keltirilgan manba. 20-bet.
28
holda, yuqoridagi atamalar sharhiga diqqatni qaratsak, “afsonaviy nom” bilan “mifonim” atamasi
mantiqan bir narsa yoki tushunchani anglatishi mumkin. Ammo nashrda mifik nomlar sharhida:
“mifonim” – yunoncha “mifog” – afsona, ertak; + “onoma” – atoqli ot) afsonalar, epopeyalar,
ertaklarda uchraydigan atoqli otlar”
3
deya ta’rif berilgan. Bu sharhdan kelib chiqadigan bo‘lsak,
afsona, ertak, dostonlarda uchraydigan har qanday nom “mifik” nom atamasi ostiga
birlashaveradimi? Axir, afsona va rivoyatlar, doston va epopeyalarda uchraydigan nomlar
orasida real ob’yekt va hodisalarni ifodalovchi atoqli otlar ham mavjud. Ularni ham “mifik nom”
lar toifasiga kiritsak, mantiqiylik va atamalar sharhidagi izchinlikka, bizningcha, putur yetadi.
Shu sababdan, ushbu hodisani o‘rganar ekanmiz, Xorazm dostonlari leksikasida atoqli otlarni,
biz, real va noreal obyektlarni ifodalovchi nomlar deb atash to‘g‘riroq degan fikrga keldik. Ilmiy
adbiyotlardagi nomutanosiblikni biz o‘zimizning ilmiy xulosalarimizga tayangan holda,
yoritishga harakat qilish niyatidamiz.
Folklor onomastikasi juda kam o‘rganilgan sohalardan ekanligi haqida yuqoridagi boblarda
fikr bildirgan edik. Shularga qo‘shimcha ravishda yana shuni aytishni joiz deb hisobladik.
Tadqiqotchilar Do‘smurod Abdurahmonov va Habibulla Bektemirovlarning “O‘zbek xalq
dostonlari onomastikasi” deb nomlangan maqolasida “O‘zbek xalq dostonlari leksikasidagi atoqli
otlar miqdor jihatdan eng kam sonli so‘zlardir”
4
, – deb keltirishlari bejiz emas. Chunki, alohida
olingan bir dostondagi atoqli otlarni hisoblaydigan bo‘lsak juda kam miqdor kelib chiqadi.
Yuqorida tilga olib o‘tgan mualliflar ishida keltirilishi bo‘yicha o‘n ikkita dostondan 470 ta nom
aniqlangan
5
. Bu miqdor dostonlar orasida takror qo‘llanilgan nomlarni ham qo‘shib hisoblagan
holatda yuzaga kelgan. Agar takror qo‘llanayotgan nomni hisobga kiritmaganda bu miqdor yana-
da kamayishi aniq va ravshan ko‘rinib turibdi. Vaholanki, nechta nom qo‘llangan degan savolga
takrorlarni hisobga olmagan holda javob berish mumkin.
Agar har bir dostondagi atoqli otlarning miqdorini, dostonlarda qo‘llaniladigan an’anaviy
nomlar, ya’ni, Olloh va uning sifatlarini ifodalovchi nomlar, payg‘ambarlar va diniy martabaga
ega bo‘lgan mashhur shayx va avliyolar nomlarini, mumtoz adabiyotga mansub talmehlarni
hisobga olmagan holda faqat ma’lum dostondagina mansub nomlar bilan chegaralangan holda
belgilaydigan bo‘lsak 10-15 tadan oshmasligi ham mumkin.
Ayrim dostonlarda esa bundan ham kam bo‘lishi mumkin. Masalan, “Oshiqnoma” turkum
dostonlari tarkibida nashr qilingan “Oshiq G‘arib va Shohsanam” dostonida (ikkinchi kitob 12-
139 betlar; to‘rtinchi kitob 10-31 betlar) keltirilgan atoqli otlarni hisoblash jarayonida hammasi
bo‘lib oltmishga yaqin nom qo‘llangani ma’lum bo‘ladi. Shundan o‘n to‘rtta nomgina zikr etilgan
dostonning o‘ziga tegishli bo‘lib, qolgan nomlar, Xorazm dostonlarida qo‘llanib kelinayotgan
an’anaviy takrorlanadigan atoqli otlardir. Agar bu nomlarni badiiy asarlar tilidagi nomlar bilan
qiyoslasak, ularning deyarli katta ko‘pchiligi takrorlanib qo‘llanilganligining guvohi bo‘lamiz. Ana
shu holatni hisobga olsak, atoqli otlar hajman olganda boshqa so‘zlarga qaraganda ancha kam
miqdorni tashkil etadi degan yuqoridagi fikrlarning qanchalik to‘g‘ri ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Dostonlar leksikasidagi atoqli otlarni o‘rganishda ilmiy izlanishlar olib borgan
tadqiqotchilarning an’analariga binoan, Xorazm dostonlaridagi atoqli otlarni ham turli mavzuiy
3
Begmatov E. Uluqov N. Keltirilgan manba. 47-bet.
4
Abdurahmonov D., Bektemirov H.. O’zbek xalq dostonlari onomastikasi. Toshkent. 1967.
5
O‘sha asar.
29
guruhlarga ajratish mumkin. Masalan, kishi nomlari, joy nomlari, osmon jismlari nomlari, tog‘ va
ko‘llarning nomlari va hokazolar
6
.
Olib borilgan ayrim ilmiy tadqiqotlarda turdosh otlarga nisbatan “shaxs nomlari” atamasini
qo‘llash holatlari ham ko‘zga tashlanadi. Bu, bizningcha, noto‘g‘ri, chunki “shaxs nomlari”
deganimizda “nom” atamasi ishlatilgan. Bu so‘z faqat atoqli otlarga nisbatan qo‘llanilishi keyingi
davr adabiyotlaridan bizga ma’lum. Bu holatga jiddiy qaralmasa, ikki atama bir biri bilan
chalkashib ketishi mumkin: “Shaxs otlari” va “shaxs nomlari”. Bu ikki atama ham ot so‘z turkumi
doirasidagi atamalar bo‘lib, har ikkisi ham kishilarga nisbatan qo‘llaniladigan otlarga taalluqli
ekanligi bilan xarakterlidir. Biroq, “shaxs otlari” deyilganda turdosh otlarning bir turi sifatida
qaralishi ilmiy adabiyotlarda keltirib o‘tilgan
7
.
Turdosh otlarning turlari sifatida N. Mahmudov, A. Nurmetov, A. Sobirov, D.Nabiyevalar
tomonidan nashrga tayorlangan 6-sinf uchun darsligida shaxs otlari, narsa otlari, va o‘rin joy
otlari kabi turlar ko‘rsatilgan. Shu darslikning 105-betida shaxs otlariga shunday ta’rif berigan.
“Shaxs otlari – kim? kimning? kimni? kimga? kimda? kimdan? so‘roqlariga javob bo‘ladi.
Shaxslarni yoshiga, yashash joyiga, mansab-unvoniga, kasb-koriga, ijtimoiy holatiga,
qarindoshlik darajasiga, nasl-nasabiga ko‘ra nomlab keladi
8
.
Shulardan ko‘rinadiki, “shaxs otlari” atamasi keyingi davr o‘zbek tilshunosligiga taalluqli
ilmiy adabiyotlarda faqat turdosh otlar ma’nosini ifodalaydi. Biz esa Xorazm dostonlaridagi
shaxslarga atab qo‘yilgan nomlar haqida fikr yuritar ekanmiz, ushbu atamalarni qo‘llashdagi
nomutanosiblikka barham berib, mantiqiylikni saqlagan holda o‘z maqsadimizni amalga
oshirishni maqsad qilganmiz.
Folklor asrlari leksikasi va badiiy asarlar matnlaridan o‘rin olgan atoqli otlarni izlash,
ularni to‘plab ma’lumotlar bazasini tayyorlash jarayonida shu narsa ko‘zga tashlandiki, bu
nomlarning turli jihtlarini tadqiq etish, qiyoslash, umumiy va farqli tomonlarini tadqiq qilish
o‘zbek onomastikasini ancha muhim ma’lumotlar bilan boyitadi. Folklor asrlari va yozma
adabiyotga aloqador asarlar tilidagi atoqli otlar bo‘yicha eng avval ko‘zga tashlanuvchi va
tadqiqotchini jalb qiluvchi hodisa nomlarning real va noreal obyektlarni ifodalab kelishi
masalasidir.
Folklor asarlari va yozma adabiyotga aloqador asarlardagi kishi nomlari real tarixiy
shaxslarning nomlari va shu bilan birga o‘ylab topilgan noreal kishilarning nomlari ham uchrashi
olib borilgan kuzatishlardan ma’lum bo‘ladi.
Tarixiy shaxslar bilan bog‘liq takroriy nomlar haqida gap ketganda ular, eng avvalo,
mashhur shohlar, payg‘ambarlar, shoirlar va boshqa shaxslarning nomlaridir. Yozma adabiyotda
o‘ziga xos o‘rin tutuvchi A. Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostoni – Xamsaning birinchi asarining
o‘ziga xos o‘rni va mavqeyi haqida aytib o‘tirishning zarurati bo‘lmasa kerak. Shu asarda
uchraydigan ayrim kishi nomlari bilan folklor asarlari, xususan, dostonlar leksikasidagi ayrim
nomlarning umumiyliklari o‘ziga xoslik kasb etadi. Quyidagi misollarga murojaat etaylik:
Jamshid, Faridunman Zol-u Rustamzar,
Yurtni olgan shoh Iskandar qolmadi...
9
6
Оллоёров Қ. Хоразм достонлари ономастикаси. –Тошкент: Адабиёт учқунлари, 2017.
7
Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A., Nabiyeva D. “Ona tili” 6-sinf uchun. 96-105 betlar
8
O‘sha asar. 105-bet.
9
Go‘ro‘g‘li. Aytuvchi Rahmatulla shoir Yusuf o‘g‘li. Nashrga tayyorlovchilar T. Mirzayev va Z. Husainova. Toshkent.
Sharq. 2006. 206-bet.
30
(“Go‘ro‘g‘li” turkum dostonlaridan)
Ushbu satrlar dostonlar leksikasiga taaluqli bo‘lib, folklor asarlariga xos bo‘lgan xarakaterli
nomlarni o‘zida aks ettirgan bo‘lsa;
... Chun ko‘rib ul Zolni bir Rustame
Bo‘ldi havosida asiri g‘ame...
yoki,
... Ko‘rdi qayon bordi Faridin-u Jam,
Erjas-u Hushang ila Zahhok ham
10
...
kabi misollardan ko‘rinib turibdiki, folklor
asarlari va yozma adabiyotdagi nomlarning qaytariq qo‘llanishi o‘ziga xosliklari bilan alralib
turadi. Yuqoridagi misollarda
Rustam, Zol, Faridun, Jam (Jamshid), Zahhok, Hushang
kabi
antroponimlar qaytariq holatda qo‘llanganiga guvoh bo‘lamiz. Bu nomlar aslida Abulqosim
Firdavsiyning “Shohnoma” asaridan olingan bo‘lishi ilmiy yo‘nalishdagi tadqiqotlardan ma’lum.
Shu asarda uchraydigan
Taxmuras, Faridun
nomlari folklor asarlarida yanada keng
miqyosda takrorlanib qo‘llanuvchi kishi nomlaridan hisoblanadi. Quyidagi misollar buni
tasdiqlaydi:
... Haqning arslonidur ul Shohimardon,
Bobomiz go‘iyo Taxmuras arslon...
11
Yozma adabiyot va folklor asarlari leksikasidagi eng faol qo‘llanuvchi kishi ismlaridan biri
“Iskandar” nomidir. Bu nomning etimologiyasiga oid turli xil ma’lumotlar mavjud. Ayrim
adabiyotlarda Sharq xalqlari antroponimikasidan o‘rin olgan “Iskandar” nomi Yevropaliklarda
uchraydigan “Aleksandr” nomidan kelib chiqqan deya talqin qilinadi. Bu nom shunday tarzda
kelib chiqqan bo‘lishi mumkin, ammo hamma o‘rinlarda ham Iskandar Zulqarnayn – Aleksandr
Makedonskiyni anglatadi deyish haqiqatga yaqin emas. Shunday bo‘lsa ham, “Iskandar” nomi
yozma adabiyot va og‘zaki ijod asarlari uchun birdek takror qo‘llanaveradi. Misol:
...Avazjon o‘g‘lim, hazrati Iskandar shoh-da meningday yurtni odil so‘ramag‘on edi...
12
yoki:
... Muningdin osmon-u falakni qoltiratg‘an urush Iskandar zamoninnan bari
bo‘lmag‘an akan.
13
Yozma adabiyotda, xususan, Navoiy ijodida “Iskandar” aynan shu shaklda vazn talabi bilan
“Skandar” shaklida ham qo‘llanilganligini quyidagi misollardan bilib olish mumkin:
... Salm-u Manuchehr ila Navroz qani?
Bahman-u Doro-vu Skandar qani?
Qoni jahondovari Chingizxon?
Qoni jahon xoni Temur ko‘ragon?...
14
Folklor asarlari va yozma adabiyotga aloqador real tarixiy shaxs nomlari orasida yuqorida
tilga olib o‘tilgan
Chingizxon, Amir Temur, Doro
kabilardan tashqari, mashhur shoirlar
Nasimiy,
Jomiy, Navoiy
kabilarning nomlari, taxalluslari ham keltiriladi. Masalan,
... Bir madad aylangiz pirim Navoiy,
10
Navoiy. Hayrat ul-abror. O‘zbek adabiyoti bo‘stoni. Mas’ul muharrir Vahob Rahmonov. Toshkent. G‘.G‘ulom
nashriyoti. 1989-yil. 149-bet.
11
Oshiqnoma 1- kitob. Nashrga tayorlovchi prof. S. Ro‘zimboyev . “Royi chin” dostoni. Xorazm. 2006. 157-bet.
12
Go‘ro‘g‘li. 1-kitob. Nashrga tayyorlovchi prof. S. Ro‘zimboyev. “Arab tang‘an” dostoni. Urganch. Xorazm nashriyoti.
2004. 137-bet.
13
O‘sha asar. 188-bet.
14
Navoiy. Hayrat ul-abror. O‘zbek adabiyoti bo‘stoni. Mas’ul muharrir Vahob Rahmonov. Toshkent. G‘.G‘ulom
nashriyoti. 1989-yil. 150-bet.
31
Rahm eta ko‘r holi zorima maning...
15
yoki,
... Nasimiyday go‘yo terim so‘ydilar,
Tayoq olib cho‘ldan-cho‘la quvdilar...
16
yoki,
... Kechalar yoz etar nasihat shomi,
Navoiyning piri mavlono Jomiy...
17
va boshqalar.
Folklor asarlari va yozma adabiyotda uchraydigan kishi ismlari orasida real hayotda
yashamagan, o‘ylab topilgan yoki tarixda yashaganligi haqida aniq ma’lumotlar uchramaydigan
kishilarning ismlarini ifodalovchi nomlar ham qaytariq holda ishlatilganligini ko‘rishimiz
mumkin. Bularga misol qilib
Hotam (Toyi), Qorun, Shirin, Farhod, Layli, Majnun
kabi bir qancha
nomlarni keltirish mumkin.
Yozma adabiyot hamda folklor asrlari leksikasidagi nomlar ichida
Hotam
nomi ham ancha
faol nomlardan sanaladi. Mazkur nom Xorazm dostonlarida
Hotam, Hotami toyi
shakllarida
uchraydi. A.Navoiyning “Hayrat ul abror” dostonidan olngan quyidagi parchalarda ham mazkur
nom o‘ziga xos nozikliklari bilan tasvirlanganini ko‘rish mumkin:
...Kaflaring oyini chu bermak bo‘lub,
Qul munga Hotam, anga Barmak bo‘lub
18
... yoki,
...Hotami Toyig‘a bir ozodavash,
Dediki: “Ey, himmating ozodakash”
19
...
Folklor asarlari va yozma adabiyotga aloqador qaytariq nomlar orasida
Qorun
nomi ham
keng qo‘llaniladigan nomlardan biridir. Quyidagi misollarga e’tibor qilaylik:
...Kimki erur maxzani Qorun aning,
Mulki Jam-u toji Faridun aning
20
... yoki,
...Faqr berib maxzani Qorun anga,
Foqa bo‘lub mulki Faridun anga
21
...
Umuman olganda, yozma va og‘zaki adabiyotga aloqador asarlar tilida kishi nomlarining
takrorlanib qo‘llanishida juda ko‘p o‘ziga xosliklar mavjud. Masalan, ayrim nomlar yozma
adabiyotda ham, og‘zaki adabiyotda ham aynan bir shaxsni nomlab keladi va shu ma’noda
ishlatiladi; ba’zi kishi nomlari esa bir xil shaklda bo‘lishiga qaramay, boshqa-boshqa shaxslarni
atab kelishi mumkin.
Asar qahramonlarining ismlarini ifodalovchi nomlar eng ko‘p takrorlanuvchi nomlar bo‘lib
chiqadi. Baxshi yoki shoir o‘z asarini, albatta, tarixiy shaxslar yoki mashhur asar qahramonlari
bilan bezaydi bu bilan o‘zining ko‘p narsadan xabardor ekanligini ham namoyish qiladi. Shunday
qilib, folklor va yozma adabiyotdagi real va noreal kishi ismlarining tadqiqi yana-da qiziqarliroq
ma’lumotlar bilan onomastika sohasini boyitish mumkin.
References:
Используемая литература:
15
Oshiqnoma 2-kitob. “Miskin va Gulqand” dostoni. 216-bet.
16
Oshiqnoma 2-kitob. “Shahriyor” dostoni. 422-bet.
17
Oshiqnoma 2-kitob. “Miskim va Gulqand” dostoni. 216-bet.
18
Navoiy. Hayrat ul-abror. O‘zbek adabiyoti bo‘stoni. Mas’ul muharrir Vahob Rahmonov. Toshkent. G‘.G‘ulom nashriyoti.
1989-yil. 64-bet.
19
O‘sha asar, 70-bet.
20
O‘sha asar, 83-bet.
21
O‘sha asar, 86-bet.
32
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdurahmonov D., Bektemirov H. O‘zbek xalq dostonlari onomastikasi. –Toshkent: 1967.
2.
Begmatov E. Uluqov N. O‘zbek onomastik terminlarining izohli lug‘ati. –Namangan, 2006.
3.
Go‘ro‘g‘li. 1-kitob. Nashrga tayyorlovchi prof. S. Ro‘zimboyev. “Arab tang‘an” dostoni. –
Urganch: Xorazm nashriyoti, 2004.
4.
Go‘ro‘g‘li. Aytuvchi Rahmatulla shoir Yusuf o‘g‘li. Nashrga tayyorlovchilar: T. Mirzayev va Z.
Husainova. –Toshkent: Sharq, 2006.
5.
Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A., Nabiyeva D. Ona tili. 6-sinf uchun.
6.
Navoiy. Hayrat ul-abror. O‘zbek adabiyoti bo‘stoni. Mas’ul muharrir Vahob Rahmonov. –
Toshkent: G‘.G‘ulom nashriyoti, 1989.
7.
Оллоёров Қ. Хоразм достонлари ономастикаси. –Тошкент: Адабиёт учқунлари, 2017.
8.
Oshiqnoma. 1- kitob. Nashrga tayorlovchi prof. S. Ro‘zimboyev. “Royi chin”dostoni. –
Urganch: Xorazm nashriyoti, 2006.
9.
Oshiqnoma. 2-kitob. Mas’ul muharrir S.Ro‘zimboyev. –Urganch: Xorazm nashriyoti, 2006.
“Miskim va Gulqand” dostoni.
10.
Oshiqnoma. 2-kitob. Mas’ul muharrir S.Ro‘zimboyev. –Urganch: Xorazm nashriyoti, 2006.
“Shahriyor” dostoni.