Mualliflar

  • Saida Karimova
    Guliston davlat universiteti o`qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.68189

Annotasiya

Globallashuv jarayoni o‘z-o‘zidan axborotning globallashuvi bilan ham kechmoqda. Axborot tarqatish vositalarining takomillashib borishi bilan axborot xuruji, axborot tahdidi ham namoyon bo‘lmoqda. XX asr oxiri XXI asr boshlariga kelib biron bir hududda gegemonlikni qo‘lga kiritish uchun u yerga qo‘shin kiritish, qurol-yarog‘ga katta mablag‘ sarflash shart bo‘lmay qoldi. Bu vazifani “beozorgina” ko‘ringan axborot orqali amalga oshirish imkoniyati yuzaga keldi.


background image

102

“OMMAVIY MADANIYAT” YOXUD PINHONIY TAHDIDLAR

Karimova Saida

Guliston davlat universiteti o`qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14905112

Globallashuv jarayoni o‘z-o‘zidan axborotning globallashuvi bilan ham kechmoqda. Axborot

tarqatish vositalarining takomillashib borishi bilan axborot xuruji, axborot tahdidi ham namoyon
bo‘lmoqda. XX asr oxiri XXI asr boshlariga kelib biron bir hududda gegemonlikni qo‘lga kiritish
uchun u yerga qo‘shin kiritish, qurol-yarog‘ga katta mablag‘ sarflash shart bo‘lmay qoldi. Bu
vazifani “beozorgina” ko‘ringan axborot orqali amalga oshirish imkoniyati yuzaga keldi.

“Ommaviy madaniyat” ko‘rinishida zo‘r berib targ‘ib qilinayotgan va eshik qoqmay kirib

kelayotgan hamda milliy ma’naviyatimizga jiddiy xavf tug‘dirayotgan hodisa bugun jamoatchilikni
katta tashvishga solmoqda.

Internetning paydo bo‘lishi axborot sohasida inson uchun juda ko‘p qulayliklar yaratdi.

Minglab chaqirim masofalar go‘yo o‘zining ahamiyatini yo‘qotdi. Dunyoning xohlagan go‘shasiga
bir zumda har qanday xoh yozuvli, xoh ovozli, xoh tasvirli bo‘lsin axborotni uzatish yoki undan
qabul qilish mumkin bo‘lib qoldi.

Mutaxassislarning fikricha, hali ilm-fanda “antikultura” (g‘ayrimadaniyat) degan ilmiy

tushuncha shakllanmaganligi uchun “Pop (ommaviy) madaniyat” tushunchasi, nochorlikdan
qo‘llanilmoqda. Chunki “ommaviy madaniyat” aslida ma’naviyatsizlik va axloqsizlik sinonimidir.
Faylasuf olim S.Otamurodov ushbu hodisani “ommaviy ma’naviyat” deb ataydi. “Ommaviy
ma’naviyat” o‘zida mavjud bo‘lgan umuminsoniy qadriyatlarni yuzaga chiqarib, oxir-oqibatda
moddiy yuksaklikka erishgan va mazmunan qashshoqlashib qolgan “G‘arbning halokati”ning
o‘zini bu yorug‘ olamda saqlab qolishga qaratilgan xatti-harakatlarning natijasi o‘laroq
shakllanayotgan ma’naviyatdir. Bu ma’naviyat-yuksak taraqqiyotga erishgan millatlar tomonidan
hali yuksak taraqqiyotga erishishga ulgurmagan millatlarni o‘zligidan, urf-odat, an’ana,
qadriyatlaridan marhum qilishga va ularni o‘z xohish-irodasiga hech ikkilanmasidan itoat qiluvchi
manqurtga aylantirishga qaratilgan ma’naviyatdir

1

.

“Ommaviy madaniyat” tarkibidagi kishilarning dasturiy qarashi shundayki, ular insonni

emas, aksincha, narsalar va buyumlarni e’zozlashadi. Ma’naviy dunyoni emas, maishiy-
iste’molchilik his-tuyg‘ularini qadrlaydilar va ularni keng ommalashtirishga intiladilar. Ularning
ma’naviy pozitsiyasi – ma’naviyatni o‘ldirish va “narsalarga qullik” ni rag‘batlantirishdir.
Amerikaning taniqli adibi R.Bredberi aytganidek, “ommaviy madaniyat” maktabidan o‘tgan avlod
uchun hayotning ma’nosi – avtomobil, televizor, kompyuter va shunga o‘xshash texnik
vositalargagina ega bo‘lishdir. Inson moddiylikka muhabbat qo‘ygani sayin uning qalbida
ma’naviy tutumlarga joy kamayib, ma’naviy qashshoqlikka qarab yetaklaydi.

G‘arbda “populyar” yoki “pop-kultura” ya’ni “ommaviy madaniyat” deb atashadi. Garchi “

madaniyat atalsada, aslida, tub mazmun-ma’nosi, maqsad-muddaosiga ko‘ra “ommaviy
madaniyat” chinakam madaniyatning kushandasidir. Gegemonlikka intilgan davlatlarning
mafkurachilari madaniy gegemonlikka erishish uchun xalqning ma’naviy-madaniy tayanchlarini
kuchsizlantirish, ularga butunlay teskari bo‘lgan g‘oyaviy ta’sirlar orqali erishish mumkinligini
ta’kidlashgan. Har bir xalqning o‘zligini belgilovchi, milliy qiyofa ruh beruvchi ma’naviy

1

Otamurodov S. Globallashuv va milliy-ma’naviy xavfsizlik. T.: O`zbekiston, 2013. 100-101-b.


background image

103

madaniyati mavjud. Bu negiz ming yillar davomida shakllangan turmush tarzi, urf-odat va
qadriyatlari, hayotiy tutumlarini qamrab oladi.

Geyosiyosiy kurashda gegemonlikni maqsad qilgan kuchlar ana shu milliy o‘zlikka tajovuz

qiladi. Buning uchun tanklar, qiruvchi samolyotlar, bombalar talab etilmaydi, balki targ‘ibot
vositalariga ya’ni kitoblar, risolalar, filmlar, qo‘shiqlar va boshqalarga milliy o‘zlikni yemiradigan,
uning kushandasi bo‘lgan g‘oyalar singdirilgan mahsulotlarni yuborishning o‘zi kifoya.
O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov “ bugun mafkura poligonlari
yadro poligonlaridan kuchli” deganda aynan mana shuni nazarda tutgan edi.

Haqiqatdan ham bugun har bir xonadonning to‘rini egallab turgan televizor eng xafvli, kuchli

poligon vazifasini o‘tamoqda. Bundan 30-40 yil avval telvidenie uncha taraqqiy etmagan,
ko‘rsatuvlar namoyish davri cheklangan har bir ko‘rsatuv senzura nazaridan o‘tkazib taqdim
etilgan davr bilan bugungi kunni aslo taqqoslab bo‘lmaydi. Bugun televizordan sutkada 24 soat
davomida yuzlab telekanallar orqali ko‘rsatuv tomosha qilish mumkin. Chunki sun’iy yo‘ldosh
orqali dunyoning xohlagan joyidan uzatilayotgan har qanday yaxshi va yomon, oq va qorani
ko‘rsatadigan ekranning naqadar kuchli sinov maydoni ekanligini tasavvur etish mumkin.

Tarixiy xotirani susaytirish, jamiyatdagi birdamlikka putur yetkazish, an’anaviy

qadriyatlarni yemirish, xalqni ma’naviy ildizlaridan mahrum etish, sog‘lom aqlni “o‘chirish”,
axloqsizlikni targ‘ib qilish, insonning eng tuban mayllari, hayvoniy xirslari, nafsini qo‘zg‘ash kabi
usullar bilan milliy negizni tashkil etgan o‘zlikni kuchsizlantirishga harakat qilinmoqda. Ko‘rinib
turibdiki, buning muddaosida insonning mustaqil fikrdan mahrum qilish, uni o‘zligini unutgan
kimsaga,

manqurtga

aylantirish

maqsadi

yotibdi.

Yangi

ko‘rinishdagi

bunday

mustamlakachilikning fojiaviy oqibati ham shunda.

E’tibor bering, yuqoridagi tahdidning maqsadlaridan biri birdamlikka putur yetkazish

hisoblanadi. Tasavvur qiling urf-odatlarimizda agar ilgari biron oilaga uzoqdan mehmon kelsa
qo‘ni-qo‘shnilar mehmonning oldiga taklif qilingan. Mahallada birdamlik, qo‘ni-qo‘shnichilik
an’analari chuqur ildiz otgan. Bugun esa mahallaga kim kelayapti yo ketayapti bundan hech
kimning xabari yo‘q. Hamma o‘z qobig‘iga o‘zi o‘ralashib, asosiy vaqtini televizor qarshisida
“ommaviy madaniyat” bilan yo‘g‘rilgan filmlar, seriallarga ajratilayotgani ana shu birdamlikka
putur yetkazishning eng oson usuli deyish mumkin.

Bugun na ma’no na mazmun bo‘lgan, insoniy hislardan ko‘ra, ko‘proq past instiktlarni

qo‘zg‘ovchi yoki shunday kadrlar ataylab joylashtirilgan, g‘oyaviy bo‘sh, hatto zarali film, qo‘shiq,
klip kabi “ommaviy madaniyat” namunalariga hayotimizda ko‘p duch kelamiz. “Ayniqsa, yoshlarni
ohangraboday o‘ziga tortayotgan, “ommaviy madaniyat” qulligidan qutilishning yo‘li bormi?
Tabiiyki “ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, individualizm,
egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa, shuning hisobidan boylik ortirish, boshqa
xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga
bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi.

“Ommaviy madaniyat” Yer yuzida qadriyatlarning bir xillashuvi, milliy o‘ziga xoslikning

yo‘qolib borishiga olib kelmoqda. Har bir xalq o‘zining qadriyatlari, urf-odatlari, milliy ma’naviy
boyliklari bilan tirik. “Ommaviy madaniyat” ta’siridagi inson “g‘arb” andozalarining quliga,
o‘zgalar urfining taqlidchisiga aylanadi. Qalbi o‘zgalar madaniyatiga talpingan odam hech qachon
vatanparvar bo‘lmaydi. Har qanday sharoitda xiyonat, xoinlik yo‘liga kirish, o‘zgalar manfaatiga
shay askarga aylanishi mumkin. “Ommaviy madaniyat”ning ildizi, boy merosga suyanadigan
tayanchi yo‘q. Uning ta’sirida o‘z milliy zaminidan, o‘zligidan yiroq manqurt shakllanadi. O‘z urf-


background image

104

odat va ma’naviy tutumlaridan osongina voz kechadigan, ularni eskilik sarqiti, zamonga mos emas
degan g‘oya bilan yashaydigan olomon yaratiladi.

References:

1.

Каримова, С. (2021). Mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashning tarkibiy funksional

tahlili.

Общество и инновации

,

2

(11/S), 273-279.

2.

Karimova,

S.

(2022).

MAFKURAVIY

XAVFSIZLIKNI

TA’MINLASHDA

MILLIY

MEROSIMIZNING ORNI.

BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY

JURNALI

,

2

(1), 485-488.

3.

Mustafayevich, B. A. (2021). Use of Fiction in the Formation of the Worldview of

Youth.

Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture

,

2

(5), 37-40.

4.

Bayeshanov, A. (2022). BADIIY ADABIYOT YOSHLAR TAFAKKURINI RIVOJLANTIRUVCHI

OMIL SIFATIDA.

TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR

, 97-99.

Bibliografik manbalar

Каримова, С. (2021). Mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashning tarkibiy funksional tahlili. Общество и инновации, 2(11/S), 273-279.

Karimova, S. (2022). MAFKURAVIY XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHDA MILLIY MEROSIMIZNING ORNI. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(1), 485-488.

Mustafayevich, B. A. (2021). Use of Fiction in the Formation of the Worldview of Youth. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, 2(5), 37-40.

Bayeshanov, A. (2022). BADIIY ADABIYOT YOSHLAR TAFAKKURINI RIVOJLANTIRUVCHI OMIL SIFATIDA. TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR, 97-99.