Авторы

  • Mukambarxon Murodova
    Andijon davlat pedagogika instituti biologiya yo’nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.74306

Ключевые слова:

вегетативный спора зооспора мейоз гаплоид плазмодий амебоид гипоталлус миксамиоба перидий эталий.

Аннотация

Вегетативное тело в той или иной степени имеет вид гигантской амебы. При размножении плазмодий напоминает емкость, наполненную спорами различной формы. Иногда в этом контейнере может быть несколько спор или только одна. При прорастании спора превращается в одноядерную амебоподобную клетку (миксамеба) или зооспору (планоцит) с одной или двумя клетками (две клетки, одна длиннее другой). В большинстве случаев споры быстро исчезают, а зооспоры размножаются делением миксамеб.


background image

104

SHILIMSHIQLAR BO’LIMI VAKILLARINING TUZILISHI, SISTEMATIKASI,

TARQALISHI VA AHAMIYATI

Murodova Mukambarxon Saminjon qizi

Andijon davlat pedagogika instituti biologiya yo’nalishi talabasi

Murodovamukambarxon@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15099159

Abstract:

The vegetative div has a more or less giant amoeba-like appearance. When

multiplying, the plasmodium resembles a vessel filled with spores in various forms.
Sometimes there may be few or only one spore in this vessel. When the spore germinates, it
turns into a uninucleate amoeba-like cell (myxamoeba) or a zoospore (planocyte) with one or
two (if the filament is two, one is longer than the other) filaments. In most cases, the filaments
quickly disappear and the zoospore divides into a myxamoeba and reproduces.

Keywords

: vegetative, spore, zoospore, meiosis, haploid, plasmodium, amoeboid,

hypothallus, myxamoeba, peridium, etalium.

Аннотация:

Вегетативное тело в той или иной степени имеет вид гигантской

амебы. При размножении плазмодий напоминает емкость, наполненную спорами
различной формы. Иногда в этом контейнере может быть несколько спор или только
одна. При прорастании спора превращается в одноядерную амебоподобную клетку
(миксамеба) или зооспору (планоцит) с одной или двумя клетками (две клетки, одна
длиннее другой). В большинстве случаев споры быстро исчезают, а зооспоры
размножаются делением миксамеб.

Ключевые слова:

вегетативный, спора, зооспора, мейоз, гаплоид, плазмодий,

амебоид, гипоталлус, миксамиоба, перидий, эталий.

Xaqiqiy shilimshiqlar (Myxomycota) quyidagi umumiy tavsifga ega: Vegetativ tanasi u

yoki bu darajada gigant amyoba ko‘rinishiga ega. Ko‘payganda plazmodiy turlicha shakllarda
ichi spora bilan to‘lgan idishga o'xshab qoladi. Ba’zan bu idishdagi spora oz yoki faqat bitta
bo‘lishi mumkin. Spora unganida bir yadroli amyobasimon hujayra (miksamyoba) yoxud bitta
yoki ikkita (xivchin ikkita bo‘Isa bittasi ikkinchisidan uzun) xivchinli zoospora (planotsit)ga
aylanadi. Ko‘p hollarda xivchinlar tezda yo‘qolib zoospora miksamyobaga bo'linib ko'payadi.
Ma’lum vaqtdan keyin ular qo‘shilishib zigotani hosil qiladi. Vegetativ holatida ular diploid,
sporalar hosil qilish oldidan yadro meyoz bo‘linadi, shu boisdan sistaga aylangan sporalari
gaploid yadroga ega. Tuproqda, o‘lik organik qoldiqda tarqalgan, bakteriyalar,
zamburug‘laming zoosporalari, bir hujayrali suvo'tlar bilan oziqlanadi.

Protostelidlar sinfi – Protosteliomycetes. Bu sinfga mansub shilimshiqlar boshqalari

orsida eng soddasi hisoblanadi. Vegetativ holatida ko‘p yadroli mayda plazmodiy, spora hosil
qilish oldidan bir yadroli bo‘laklarga bo‘linib ketadi Shilimshiqlarning bu sinfidan ayrimlarida
jinsiy jarayon ro'y beradi. Ceratiomyxa turkumidan

C. fruticulosa

hamma joydagi chiriyotgan

daraxtlarda ko'p uchraydi. Plazmodiy shaffof, rangsiz yoki sarg'ish, ulardan yuzaga keladigan
sporalari oq yoki sarg'ish tusda. Jinsiy jarayon ro'y berishi aniqlangan u
miksogastriyalardagini eslatadi.

Shilimshiqlar sinfi – Myxomycetes. Shilimshiqlar sinfi turlarga boyligi (1000 dan ortiq)

bilan bo‘limda markaziy o'rinni egallaydi. Vegetativ tanasi ko‘p yadroli plazmodiydan iborat.
Erigan organik moddalar bilan, qisman qattiq zarralar, masalan bakteriya, achitqi hujayralari
bilan oziqlanadi. Shilimshiqlaming har xil turlarini laboriyatoriyada rivojlanishini o‘rgangan


background image

105

olimlar ularda protoplazmodiy, afanaplazmodiy, faneroplazmodiy tiplarda bo’ishi aniqlangan.
Rivojlanishning dastlabki bosqichlarida bu tiplar morfologiyasidan o‘xshash bo’lib keyinchalik
bu o'xshashliklar yo'qolib ketadi. Protoplazmodiy bu ko'p yadroli ameboid. Afanoplazmodiyda
shilimshiq yopiq bo’lib, suvsizlanishga chidamsizligi boshqalaridan ko‘proq. Faneroplazmodiy
tig’iz, tomirlanishli, himoyalovchi shilliq yopqichi, qizil, sarg’ish, pushti, jigarrang va qora
tusda. Sporangiylari plazmodiy yuzasida hosil bo’ladi. Miksogastra shilimshiqlarda bir necha
tipdagi sporoforalar - plazmodiokari, sporangiy, psevdoetaliy va etalin hosil bo’ladi.
Plazmodiokarp aniq shaklga ega bo’lmagan ko‘rinishdagi spora hosil qiladigani, u parda bilan
o'ralgan. Sporangiy - sporali hosila, sharsimon qism va banddan iborat (bandsiz ham bo’ladi).
Psevdoetaliy - bir guruh sporangiylami yoni bilan qo'shilgan ko'rinishdagisi. Etaliy - bitta yirik
meva tanasini hosil qilgan sporangiylarning guruhidir. Miksomitsetlarning meva tanalari
o'ziga xos tuzilgan. Sporakarpning asosida steril hosila - gipotallos bor. U plazmodiyda meva
tanani hosil bo'lishida ishtirok etmagan qoldiq bor. Sporakarpning asosiy qismini sporalar
egallaydi. Yetilgan sporalar havo oqimi bilan tarqaladi. Ular uzoq muddat (bir necha o'n yillar)
unishi qobiliyatini saqlay oladi. Qulay sharoit yuzaga kelganda spora unib zoosporaga
aylanadi. Bu harakatlanadigan hujayralar oziqni amyobaga o'xshab shishadi. Zoosporalar bir
necha marta bo'linishi mumkin va nihoyat xivchinlarini tashlab yumoloqlashadi,
miksamyobaga aylanadi, kattalashadi va u ham bir necha marta bo’linadi. Sporalari unib
miksamyobaga aylanadi. Zoosporalar va miksamyobalar qo'shilib zigotani hosil qiladi. Bu
sinfning vakillari tuproq, go'ng, chiriyotgan lo'ngak kabi joylarda hayot kechirishadi.

Fizariyalar tartibi – Physarales. Bu tartib shilimshiqlar ichida eng ko'p turlarni jamlagan.

Sporangiyda mayda donalar yoki kristallar holida ohak bor. Sporalar to‘q tusda, deyarli qora.
Physarum turkumining turlarida ohak donalari bilan qoplangan alohida sporangiylari bo‘ladi.
Bu turkumning orasida eksperimental biologiyada keng qo'llanadigan

P. polycephalum

mashxur. Uni oldin rangsiz, keyin sap - sariq yoki sarg'ish yashil plazmodiyi soyaboni
zamburug‘larning soyaboni ostida uchraydi. Sporangiylari uzun bandlarda bir - biriga tig‘iz
holda joylashgan. Ular bazan o'zaro qo'shilib ham ketadi.

Litseelar tartibi - Liceales Bu tartibning meva tanalari sporangiy. etaliy, plazmokarpalar

ko'rinishlarida bo'ladi. Sporalari yorqin rangda, bazan deyarli rangsiz. Lycogala epidermum
turkumi boshqalar orasida taniqlisi. Bu shilimshiq hamma joyda qulay sharoit bo‘lgan joylar,
ayniqsa chiriyotgan to‘ngaklarda ko‘p uchraydi. Plazmodiy qizil tusda. Ular dastlab usti silliq,
peridiyni rangi pushti, ichi shilliqli bo’ladi. Shilliq peridiy kabi pushti rangga ega. Etaliy keyin
to'qlashib kulrang-qo'ng'ir tusga kiradi. Etaliy ustida teshik paydo bo’lib, undan sporalar
atrofga tarqaladi. Bunday ko'rinishida u zamburug’larning meva tanalariga o'xshab ketadi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Sh.J.Tojiboyev, N.M.Naralieva © “Namangan” nashriyoti, 2016

2.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Shilimshiqtoifa

3.

https://universalpublishings.com/index.php/jsiru/article/view/3182

Библиографические ссылки