Authors

  • Niluzar Obidova
    Andijon davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi 2-bosqich 201-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.77825

Keywords:

klassifikatsiya sintaksanomiya genetik taksanomiya floristik induktiv yo'nalish deduktiv yo'nalish.

Abstract

Ushbu tezisda o'simliklar klassifikatsiyasi yoki sintaksanomiya - muayyan hududdagi barcha o'simliklar jamoalarini bir biriga bo'ysinuvchi ierarxik klassifikatsion mezonlarga asosan taqsimlanish va tartibga solish jarayoni haqida ma'lumot berilgan. O'simliklar qoplamini klassifikatsiyalash (sintaksanomiya) geobotanikning asosiy bo'limlaridan biri xisoblanib, sintaksanomiya esa faqat o'simlik jamoalarini tartibga solish uchungina qo'llanadi. Bunday guruxlarga bo'lish orqali o'simliklar jamoasini o'rganishda bir qancha qulayliklarga egaligi haqida so'z yuritilgan.


background image

26

O’SIMLIKLAR JAMOALARINI KLASSIFIKATSIYALASH VA UNING AHAMIYATI

Obidova Niluzar Jo’raqo’zi qizi

Andijon davlat pedagogika instituti

Aniq va tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi

2-bosqich 201-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15182201

Annotatsiya:

Ushbu tezisda o'simliklar klassifikatsiyasi yoki sintaksanomiya - muayyan

hududdagi barcha o'simliklar jamoalarini bir biriga bo'ysinuvchi ierarxik klassifikatsion
mezonlarga asosan taqsimlanish va tartibga solish jarayoni haqida ma'lumot berilgan.
O'simliklar qoplamini klassifikatsiyalash (sintaksanomiya) geobotanikning asosiy
bo'limlaridan biri xisoblanib, sintaksanomiya esa faqat o'simlik jamoalarini tartibga solish
uchungina qo'llanadi. Bunday guruxlarga bo'lish orqali o'simliklar jamoasini o'rganishda bir
qancha qulayliklarga egaligi haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar:

klassifikatsiya, sintaksanomiya, genetik, taksanomiya, floristik, induktiv

yo'nalish, deduktiv yo'nalish.

Abstract:

This thesis provides information about plant classification or syntaxanomy -

the process of distributing and organizing all plant communities in a given area based on
hierarchical classification criteria that are subordinate to each other. Classification of plant
cover (syntaxanomy) is one of the main sections of geobotany, while syntaxanomy is used only
for organizing plant communities. It is noted that such division into groups has a number of
advantages in studying plant communities.

Keywords:

classification, syntaxanomy, genetics, taxonomy, floristics, inductive

direction, deductive direction.

O‘simliklar jamoasi – muayyan hududda o‘suvchi o‘simliklarning o‘zaro bog‘langan

majmuasidir. Ularni to‘g‘ri klassifikatsiyalash geobotanika, ekologiya va tabiatni muhofaza
qilishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Klassifikatsiya - muayyan hududdagi barcha
o'simliklar jamoalari, tur tarkibi, morfologik va floristik jixatdan tartibga solinadi. Bunda
jamoalarni tartibga solishda jamoalarni ifodalovchi sintaksanomik birliklar, yani
sintaksonlardan foydalanadi. Fitotsenalogiyadagi o'simliklar qoplamini uni tashkil qiluvchi
o'simliklar jamoalarini tasniflovchi sintaksanomiya keskin farq qiladi. Taksanomiya – o'simlik
turlarini ularning morfologik, anatomik, genetik va geografik belgilar va mezonlarga
asoslangan holda tizimlashtirirsh va tartibga solish jarayoni. Taksanomiya o'simliklar
sistematikasining ajralmas bir bog'ini hisoblanadi. Muayyan hudud fkorasi tur, turkum qabila,
oila, sinf va bo'lim kabi taksanomik birliklardan iborat. Masalan muayyan flora tarkibida
uchraydigan turlarning soni 90 ta bo'ladigan bo'lsa demak u holda hudud florasi 90 taksondan
iborat bo'lishi kerak. Turlar ular bo'ysinuvchi yuqoriroq taksonlarga birlashadi. O'simliklar
qoplamini klassifikatsiyalash bir qator tamoyillarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Bu
tamoyillarni rus olimi A.A.Nitsenko (1959) quyidagi 7 guruxga birlashtirgan:

1. Ekologo-morfologik;
2. Floristik;
3. Ekologo-floristik;
4. Genetik;
5. Ekologik;
6. Ekologo-fiziologik;


background image

27

7. Xo'jalik;
Bu tamoyillar asosiga qurilgan barcha metodlar ham geobotanika fani amaliyotida keng

qo'llanib kelinadi deb bo’lmaydi. Faqat ularning ayrimlarigina yer sharining turli qit'alarida
tadqiqotchilar tomonidan qo'llanadi. Klassifikatsiyalashdagi metodik yo'nalishlar: agar
o'simliklar qoplamini klassifikatsiyalash bo'yicha metodik yo'nalishlar haqida gapiriladigan
bo'lsa, bu borada klassifikatsiyalashning aosan 2 ta yo'nalishi mavjud:

1. Deduktiv yo’nalish;
2. Induktiv yo’nalish;
Deduktiv yo'nalishda tasniflash yuqoridan quyiga tomon boradigani mavjud ob'ektlarni

kichikroq sinflarga ajratish orqali amalga oshiriladi. Bunda tadqiqotchiga o'rganilayotgan
obyektning xilma xilligi uning belgilari kabi ma'lumotlar haqida oldindan xabardor bo'lishi
talab etiladi. Deduktiv yo'nalishdagi klassifikatsiyaga misol tariqasida o'simliklar qoplamini
ko'plab fizigonomik metoddagi klassifikatsiyalashlarni keltirish mumkin. Yer sharini va uning
aloxida hududlarini geobotanik rayonlashtirish deduktiv yo'nalishdagi klassifikatsiyalardan
sanaladi. Induktiv yo'nalishdagi tasniflash sxemasi quyi darajadi taksonomik birliklarni tuzish
orqali boshlanadi. Bu holatda tadqiqotchi u yoki bu taksonlarni ajratish uchun asos bo'ladigan
belgilarni bilmaydi. Bu ma'lumotlar jamoalarni o'rganish orqali ular orasidan asta sekinlik bilan
to'planib boradi.

O'simliklarni klassifikatsiya qilishdagi induktiv yo'nalishga geobotanikadagi Braun-

Blanke, miqdoriy va boshqa metodlarni kiritish maqsadga muvofiq bo'ladi. Har bir
klassifikatsiyalash yo'nalishida o'ziga xos metodlardan keng foydalanadi va har bir
metodlarning eng ko'p qo'llaniladigan sintaksonlari mavjud. Masalan, klassifikatsiyalashning
bir metodida asosiy sintaksion sifatida assotsiyalar qabul qilingan bo'lsa, boshqa metodda esa
farmatsiyalar asosiy sintaksion sifatida e'tirof etiladi. Dominantlar bo'yicha klassifikatsiya
mo'tadil iqlimli o'rmonlardagi o'simlik jamoalarini tizimga solish natijasida vujudga kelgan. Bu
klassifikatsiyaning asosiy birligi sifatida farmotsiya qo'llanadi. Farmotsiya - ustun hayotiy
shakllardagi bir xil dominantlarga ega bo'lgan o'simliklar jamoalaridir. Masalan, O'zbekiston
tog'li mintaqalari siyrak o'rmonlardagi yong'oq (jugladenta), sariq do'lana (crataegeta
ponticae), namatak (rosaeta caninae), sivers olmasi (maleta sieversiae) formatsiyalarini misol
keltirish mumkin.

Xulosa qilib aytganda o‘simliklar jamoalarining to‘g‘ri klassifikatsiya qilinishi tabiiy

ekotizimlarni tushunish, ularni muhofaza qilish va barqaror rivojlantirish uchun muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu yondashuv ekologik muammolarni hal qilishda va atrof-muhitni
boshqarishda samarali vosita hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

SH.Tojiboyev, M.U.Tojiboyev, J.S.Matkarimov, A.A.Imirsanova Geobotanika Toshkent

2020.
2.

S.M.Mustafayev, O'.A.Axmedov, M.S.Mustafayeva, M.T.Yulchiyeva Botanika Toshkent-

2012.
3.

https://www.uznature.uz/uz

References

SH.Tojiboyev, M.U.Tojiboyev, J.S.Matkarimov, A.A.Imirsanova Geobotanika Toshkent 2020.

S.M.Mustafayev, O'.A.Axmedov, M.S.Mustafayeva, M.T.Yulchiyeva Botanika Toshkent-2012.