Authors

  • Gullola Raxmonalaiyeva
    Andijon Davlat Pedagogika Instituti Aniq va Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi 1-bosqich 101-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.77831

Keywords:

Red algae Green algae distribution structure systematics chloropyhll classes:

Abstract

This article presents a comparative classification of the divisions Red and Green Algae. Including information on its structure, distribution, and systematics.


background image

44

QIZIL SUVO’TLAR BO’LIMI TAVSIFI, VAKILLARINING TUZILISHI,

SISTEMATIKASI, TARQALISHI VA AHAMIYATI

Raxmonalaiyeva Gullola Odiljon qizi

Andijon Davlat Pedagogika Instituti

Aniq va Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi

1-bosqich 101-guruh talabasi

gullolaraxmonaliye@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15165399

Annatotsiya

: Bu maqolada Qizil va Yashil suvo‘tlari bo‘limlarining qiyosiy tasnifi

keltirilgan. Jumladan, tuzulishi, taraqalishi va sistematikasiga oid ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar

: Qizil suvo‘tlar,Yashil suvo‘tlar, tuzulishi, tarqalishi, sistematikasi, xlorofill,

sinflar.

Аннотация

: В данной статье представлена сравнительная классификация

отделов красных и зелёных водорослей. Включая информацию о его структуре,
распространении и систематике.

Ключевые

слова

: Красные водоросли, Зелёные водоросли, распространение,

строение, систематика, хоронили, классы.

Annotation

: This article presents a comparative classification of the divisions Red and

Green Algae. Including information on its structure, distribution, and systematics.

Key words

: Red algae, Green algae, distribution, structure, systematics, chloropyhll,

classes:

Qizil suo’tlarning 600 turkumga mansub 3750 turi bor. Bu suvo’tlar asosan dengizlarda

o’sadi. Qazilma formalari bo’r davrda topilgan. Tallomi – bir va ko’p hujayrali. Vegetative
tanasi – ipsimon, shoxlangan butacha va plastinka shaklida bo’lib, barg, poya, ildiz singari
differensiallashgan. Hujayrasi – protoplazma, bitta yoki bir necha yadro va ko’plab
donachasimon va lentasimon xromatoforlarga ega. Hujayra po’sti – sellyuloza va pektindan
iborat. Sitoplazma – ancha quyuqlashgan, hujayra devori bo’ylab joylashgan. Pigmenti –
xlorofill a, b, karotin, ksantofil, lyutein, fikoeritrin va qisman fikatsianin pigmentlari uchraydi.
Zaxira oziq moddasi – yog’ va glikogenga yaqin bo’lgan polisaxaridlarning maxsus guruhidan
iborat.

Bu bo’limga kiruvchi suvo’tlar 2 xil usul bilan ko’payadi. Masalan :
1.jinssiz ko’payishi – sporangiyda bitta yalang’och hujayra – monospora yoki to’rttadan

– tetraspora hosil qilish yo’li bilan boradi.

2. jinsiy ko’payishi oogamiya usuli bilan boradi.
Qizil suvo’tlar bo’limi 2ta sinfga bo’linadi:
1.

Bangiyasimonlar ( Bangiophyceae )

sinfi.

2.

Floridasimonlar ( Floridophyceae )

sinfi.

Bangiyasimonlar sinfi vakillarining hujayrasidagi xromatoforlari yulduzsimon,

pirenoidga ega. Hujayralar orasida poralar bo’lmaydi. Kaprogonda trixogena yo’q jinssiz
ko’payish monosporalar yordamida boradi. Bu sinfning eng ko’p uchraydigan turlaridan biri
bu – porfira ( porphyra ) dir. Uning tallomi bargsimon, to’q qizil rangda, substratga
birikkan,uzunligi 50 sm, ba’zi turlariniki 2 metrga boradi.

Floridiyasimonlar sinfi vakillari hujayrasida xromotoforalar parietal, pirenoidsiz

tuzilgan. Hujayralar orasida poralar bor. Karpogon trixoginaga ega. Jinssiz ko’payishi


background image

45

tetraspora orqali amalga oshadi. Bu sinf 3 ta tartibga bo’linadi. 1. Nemalionlilar tartibi (
Nemallionales ) 2. Kriptonemalar ( Crytonemiales ) tartibi 3. Seremililar tartibi. Nemalionlilar
tartibining ko’p uchraydigan vakillariga Lemanea hisoblanadi. Bu asosan tez oqadigan
suvlarda bo’ladi. Tallomi pushti rang, shoxlangan, uzunligi 10 – 15 sm, substratga yopishgan
holda o’sadi. Nemalion turi esa tallomi pushti, qizili rangda bo’ladi. Shilimshiq, soda tuzilgan,
uzunligi 10-20 smga yetadi. Substratga yopishgan holda Janubiy dengizlarda o’sadi.
Kriptonemalar tartibining ko’p uchraydiga turiga dyurenani misol qilishimiz munkin.
Dyurenea ( dudresnaya ) tallomi pushti rangli shoxlangan butacha shaklda. Tallomi tuzilishi
bo’yicha batraxospermumga o’xshash bo’ladi.Seremililar bu tartib vakili – delesseriya och
qizil rangda boladi. Tallomi butacha shaklda shoxlangan. Shimoliy dengizlarning chuqur
joylarida uchraydi.

XULOSA

. Qizil suvo’tlar dengizda yashaganligi sababli mercan riflarini shakllantirishda

muhim ro’l o’ynaydi. Ba’zilari substrat sifatida boshqa suvo’tlar yoki gastrapodalar kabi
hayvonlarning chig’anoqlarini olishni rivojlantiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Botanika: Tuban o‘simliklar.(Sh.J.Tojiboyev. N.M.Naraliyeva). “Namangan” nashriyoti-

2016
2.

Tuban o‘simliklar(L.L.Velikanov va boshqalar)”O‘qituvchi” nashriyoti .Toshkent-1995

3.

Botanika: Morfologiya,Anatomiya,Sistematika,Geobotanika.(O‘.P.Pratov) “Ta'lim

nashriyoti” Toshkent-2010
4.

Botanika: Yuksak o‘simliklar sistematikasi. (Sh.J. Tojiboyev. N.H. Qarshiboyeva)

“Namangan” nashriyoti-2015

References

Botanika: Tuban o‘simliklar.(Sh.J.Tojiboyev. N.M.Naraliyeva). “Namangan” nashriyoti-2016

Tuban o‘simliklar(L.L.Velikanov va boshqalar)”O‘qituvchi” nashriyoti .Toshkent-1995

Botanika: Morfologiya,Anatomiya,Sistematika,Geobotanika.(O‘.P.Pratov) “Ta'lim nashriyoti” Toshkent-2010

Botanika: Yuksak o‘simliklar sistematikasi. (Sh.J. Tojiboyev. N.H. Qarshiboyeva) “Namangan” nashriyoti-2015