Authors

  • K.M. Tadjiyev
    q.x.f.d., dotsent Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
  • Rayxona Salomova
    Talaba Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.78387

Abstract

Markaziy Osiyo aholisi loviyani juda qadimdan oziq-ovqat uchun ishlatib kelgan. Loviya suyuq, ovqatlarga mastava, go’ja, ugra oshlarga ishlatiladi. Loviya solinib butqa va shirin kulchalar tayyorlanadi. Loviya donidan un tayyorlab javdar yoki bugdoy uniga qo’shib non tayyorlash mumkin. Toza pishib yetilmagan dukkaklardan konserva sanoati foydalanadi. Loviya juda kaloriyali oziq-ovqat maxsuloti xisoblanadi, 1 kg loviya urug’ida 3300 kaloriya bor. Loviyadan faqatgina oziq-ovqat sanoatida emas, balki yem-xashak sanoatida xam foydalanish mumkin. Ko’p miqdorda pichan ko’k poya beradi. Loviyaning ko’k poyasi tarkibida oqsil miqdori ko’p. Loviyadan ko’kat o’git sifatida foydalanilganda tuproq unumdorligi ortadi, ayniqsa fizik xossalari o’zgaradi, og’ir tuproqlar yengil tuproqlarga aylansa, qumoq tuproqlar zichlashadi. Loviya o’simligining o’suv davri qisqa bo’lgani bilan serxosil o’simlik hisoblanadi.


background image

40

LOVIYA BIOLOGIYASI VA EKISH MEYYORI

Tadjiyev K.M.

q.x.f.d., dotsent

Salomova Rayxona Asqar qizi

Talaba

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15194608

Markaziy Osiyo aholisi loviyani juda qadimdan oziq-ovqat uchun ishlatib kelgan. Loviya

suyuq, ovqatlarga mastava, go’ja, ugra oshlarga ishlatiladi. Loviya solinib butqa va shirin
kulchalar tayyorlanadi. Loviya donidan un tayyorlab javdar yoki bugdoy uniga qo’shib non
tayyorlash mumkin. Toza pishib yetilmagan dukkaklardan konserva sanoati foydalanadi.
Loviya juda kaloriyali oziq-ovqat maxsuloti xisoblanadi, 1 kg loviya urug’ida 3300 kaloriya
bor. Loviyadan faqatgina oziq-ovqat sanoatida emas, balki yem-xashak sanoatida xam
foydalanish mumkin. Ko’p miqdorda pichan ko’k poya beradi. Loviyaning ko’k poyasi
tarkibida oqsil miqdori ko’p. Loviyadan ko’kat o’git sifatida foydalanilganda tuproq
unumdorligi ortadi, ayniqsa fizik xossalari o’zgaradi, og’ir tuproqlar yengil tuproqlarga
aylansa, qumoq tuproqlar zichlashadi. Loviya o’simligining o’suv davri qisqa bo’lgani bilan
serxosil o’simlik hisoblanadi.

Loviya – dukkaklilar oilasiga mansub ko‘p yillik don ekini. Ildizi o‘q ildiz, yaxshi

rivojlanadi, tuproqqa 1,5-2 m chuqurlikkacha kirib boradi. Ildizida tuganaklar rivojlanadi.
Poyasi o‘tsimon shoxlanadi, ayrim turlari chirmashib, 3-4 m. gacha yetadi. Mevasi dukkak,
rangi och pushti yoki to‘q jigarrang, qora. Dukkagida 6-12 ta urug‘ bo‘ladi. Urug‘i
buyraksimon, rangi oq, sariq, pushti.

Loviya issiqsevar o‘simlik, urug‘i 8-10°S da unib chiqadi. Maysasi 0,5-1°S sovuqda nobud

bo‘ladi. Loviya namsevar, unumdor tuproq sharoitlariga talabchan. O‘suv davri 75-120 kunni
tashkil etadi. Loviya yormasi oqsilga boy, yuqori kaloriyaga ega bo’lib, doni tarkibida oqsil 20-
31%, moy 0,7-3,6%, kraxmal 50%, kletchatka 2,3-7,1% tashkil etadi. Poyasi chorva mollari
uchun yaxshi ozuqa hisoblanadi. Hosildorligi gektar hisobida 2,5-4,0 tonnaga olinadi. Ildizida
tuganaklar rivojlanadi.

loviyaning ildizi o’q ildiz, 1,5-2 m chuqurlikka kirib boradi. ildizlarda tuganak

bakteriyalar uchraydi. lldizida yon ildizchalar ham kuchli rivojlangan, ildizning asosiy massasi
tuproqning 40 sm chuqurligida joylashadi.

Loviyaning gullari shingil holatida bo’lib, bir qultiqda 2 tadan 12 tagacha gul joylashadi.

Gullari yirik oq yoki binafsha rangda bo’ladi. Barglari uchtalik bo’ladi.

Asosiy o’g’it sifatida dukkakli don ekinlariga fosfor va kaliy solinadi. Ular o’simliklarning

rivojlanishi yaxshilash bilan birga, azot to’plovchi bakteriyalar faoliyatini kuchaytiradi. Ba’zi
dukkakli don ekinlari masalan, lyupin, ko’k no’xat tuproqdagi qiyin eriydigan fosfatlar
tarkibidagi fosforni yaxshi o’zlashtirishni hisobga olib, ularga fosforit kukunini solish mumkin.
Loviya kulga talabchan bo’lib gektariga 4-6 s kul solinsa hosildorlik sezilarli darajada oshadi.

Loviya urug’larini ekishdan oldin fosforli hamda organik o’gitlar bilan o’gitlanib

tuproqlar sifatli haydalib tayyorlanishi lozim. Tuproq harorati +12-14

0

S bo'lganda urug'larni

10-15 santimetr oralig’ida, 3-5 sm chuqurlikda, qatorlari 60-70 sm kenglikda jo‘yaklar olinib
60x20 yoki 60x15 sm, 70x20 yoki 70x15 sm sxemalarda ekiladi. Bunda bir metr masofaga 5-6
donadan urug’ ekiladi.


background image

41

Loviya urug'larini ekishdan oldin iliq suvda 6-12 soat davomida ivitish yoki nitrolin

bilan ishlov berilib ekilsa nihollarni unib chiqishini tezlashtiradi. 1 gektar maydonga 40-50 kg
meyyorlarda ekiladi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, loviya urug’lari tuproq harorati +12-14

0

S bo'lganda, sifatli

tayyorlangan maydonlarga qatororalari 60-70 sm kenglikda jo‘yaklar olinib o’simliklar oralig’i
10-15 sm da, 3-5 sm chuqurlikda, 60x20 yoki 60x15 sm, 70x20 yoki 70x15 sm sxemalarda
ekish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Отабоева Ҳ., Умаров 3., Бўриев Ҳ., Дўстмуродова С., Қурбонов Ғ., Алимов А., Раҳимов

Ғ., Массино И., Қодирхўжаев О. Ўсимликшунослик. Дарслик. Тошкент “Меҳнат”. 2000
2.

Yormatova D. Дала экинлари биологияси ва етиштириш технологияси. Darslik,

Toshkent, 2000
3.

Tadjiyev , K., & Salomova , R. (2025). Loviya (PHASÉOLUS) biologiyasi va yetishtirish

texnologiyasi. International Conference On Higher Education Teaching, 3(2), 18–20. Retrieved
from https://aidlix.org/index.php/de/article/view/1069
4.

Toshpo‘latova H. Loviya (PHASEOLUS L) turkum vakillarining botanik belgilari va

ahamiyati// “Perspectives for the integration of natural sciences” Republican scientific and
practical conference november 22, 2024. Pp. 316-317
5.

Ловия экиш ва парваришлаш. https://agronet.uz/loviya-ekish-va-parvarishlash/

References

Отабоева Ҳ., Умаров 3., Бўриев Ҳ., Дўстмуродова С., Қурбонов Ғ., Алимов А., Раҳимов Ғ., Массино И., Қодирхўжаев О. Ўсимликшунослик. Дарслик. Тошкент “Меҳнат”. 2000

Yormatova D. Дала экинлари биологияси ва етиштириш технологияси. Darslik, Toshkent, 2000

Tadjiyev , K., & Salomova , R. (2025). Loviya (PHASÉOLUS) biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi. International Conference On Higher Education Teaching, 3(2), 18–20. Retrieved from https://aidlix.org/index.php/de/article/view/1069

Toshpo‘latova H. Loviya (PHASEOLUS L) turkum vakillarining botanik belgilari va ahamiyati// “Perspectives for the integration of natural sciences” Republican scientific and practical conference november 22, 2024. Pp. 316-317

Ловия экиш ва парваришлаш. https://agronet.uz/loviya-ekish-va-parvarishlash/