56
INFEKSION KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI
Nishonova O’g’iloy G’ofurovna
To’ychizoda Davlatbek Ibroxim o’g’li
2-son Marg’ilon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15468982
Dolzarbligi.
Profilaktika choralari ularning tarqalishini kamaytirish va jamoat
salomatligini saqlashga qaratilgan. Infeksion kasalliklar — patogen mikroorganizmlar
(bakteriyalar, viruslar, eng sodda jonivorlar va hokazo)ning kishi, hayvon va oʻsimlik
organizmiga kirib koʻpayib, zararli taʼsir koʻrsatishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar.
Infeksion kasalliklardan baʼzilari (masalan, qizamiq) bemorga yaqin yurilganda yuqadi, ularga
„yuqumli kasalliklar“ termini juda mos keladi. Infeksion kasalliklardan baʼzilari (masalan,
bezgak) bemorga yaqin yurilganda („kontakt“ yoʻli bilan) yuqmaydi, demak, ularga „yuqumli
kasaaalliklar“ termini unchalik toʻgʻri kelmaydi.
Emlash bu — ma’lum bir kasallikka qarshi immunitetni oshiradigan biologik preparat.
Vaksina zaiflashgan yoki kasallik chaqiradigan mikroorganizmlardan tayyorlanadi. Agent
tananing immun tizimini uni begona sifatida aniqlashga, yo‘q qilishga va “eslab kolishga”
undaydi, bu esa immunitet tizimiga kelajakda duch keladigan har qanday mikroblarni
osonroq aniqlash va yo‘q kilish imkonini beradi. Vaksinaning o‘zi kasallik keltirib chikarishga
qodir bo‘lmasa ham, tananing immunitet tizimi unga virus bordek munosabatda bo‘ladi.
Xalqaro tajribadan ma’lum bo‘ldiki, emlashlarning keng qo‘llanilgani sababli, polimiyelit,
qizamiq, difteriya, ko‘k yo‘tal, parotit, qoqshol va meningitning ba’zi turlari kabi keng
tarqalgan kasalliklar hozirda kamdan-kam uchraydi. Emlangan odamlarda kasallik
qo‘zg‘atuvchi virus yoki bakteriyalarni zararsizlantiradigan antitanachalar paydo bo‘ladi.
Ularning kasallikka chalinishi hamda taxlil qilish va profilaktik tadbirlarni amalga oshirish.
Tadqiqot maqsadi.
Yuqumli kasalliklar — patogen mikroorganizmlarning inson
organizmiga kirib ko‘payib, zararli ta’sir ko‘rsatishi natijasida yuzaga keladigan kasalliklardir.
Yukumli kasallik har qanday odam organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Patogen
mikroorganizmga karshi kurashish uchun insonning immunitet tizimi yuqoriligi katta
ahamiyatga ega. Mamlakatimizda Milliy taqvim asosida 13 turdagi yuqumli kasalliklarga
qarshi emlash ishlari o‘tkaziladi.
Materiallar va usullar.
Butun dunyoda va shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida
ham kompleks profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarning maqsadli amalga oshirilishi
natijasida yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishda katta yutuqlarga erishildi.
Bola tug‘ilishi bilan tug‘ruq komplekslarida chaqaloqning yuqumli kasalliklarga karshi
emlanishi nazoratga olinadi. Chaqaloq tug‘ilishining birinchi kunida virusli gepatit “V”
kasalligiga karshi vaksinasi, 2-5 kunida sil kasalligiga karshi BSJ vaksinasi bilan emlash olib
boriladi. Shu tariqa tibbiyot xodimlari tomonidan bola Milliy kalendar asosida to‘liq emlanishi
ta’minlanadi.
Emlash bu — ma’lum bir kasallikka qarshi immunitetni oshiradigan biologik preparat.
Vaksina zaiflashgan yoki kasallik chaqiradigan mikroorganizmlardan tayyorlanadi. Agent
tananing immun tizimini uni begona sifatida aniqlashga, yo‘q qilishga va “eslab kolishga”
undaydi, bu esa immunitet tizimiga kelajakda duch keladigan har qanday mikroblarni
osonroq aniqlash va yo‘q kilish imkonini beradi. Vaksinaning o‘zi kasallik keltirib chikarishga
qodir bo‘lmasa ham, tananing immunitet tizimi unga virus bordek munosabatda bo‘ladi.
57
Xalqaro tajribadan ma’lum bo‘ldiki, emlashlarning keng qo‘llanilgani sababli, polimiyelit,
qizamiq, difteriya, ko‘k yo‘tal, parotit, qoqshol va meningitning ba’zi turlari kabi keng
tarqalgan kasalliklar hozirda kamdan-kam uchraydi. Emlangan odamlarda kasallik
qo‘zg‘atuvchi virus yoki bakteriyalarni zararsizlantiradigan antitanachalar paydo bo‘ladi.
Natijalar.
Har qanday patogen mikrob tarkibida zaharli modda toksiv bor. Toksin
mikrobning xayot faoliyati oqibatida hosil bo'lib, atrof-muhitga tarqalsa, ekzotoksin deb
ataladi. Grammusbat mikroblar asosan ekzotoksin xosil qiladi. Masalan, difteriya tayoqchasi,
botuliem mikrobi. Ekzotoksin tarkibiga ko'ra oqsil modda bo'lib, ferment xususiyatiga ega.
Uning ta'sirida moddalar almashinuvi buzilishi oqibatida odamning xayotiy zarur sistemalari
zararlashdi. Mikrob tanasi parchalanishi oqibatida atrof-muxitga tarqaladigan toksinlarga
endotoksin deyiladi. U tabiatan polisaxarid birikmalarga kiradi va asosan grammanfiy
mikroblar ishlab chiqiladi. Masalan, vabo kasalligi vibrioni, ich terlama mikrobida kuchli
endotoksin mavjud. Patogen mikrobining odam tanasiga tushish yo'llari bir xil zmas. Har bir
kasallikda mikrobning o'ziga xos tanaga kirish yo'li bor. Tanannng mikrob kirib, tarqaladigan
joyi infeksiyaning kirish darvozasi deb atalada. Gripp, qizamiq, suvchechak, ko'kyo'tal kabi
kasalliklarda infeksiyaning darvozasi yuqori nafas yo'llari hisoblanadi. Ichak infeksiyalari:
tifparatiflar, ichburug' va vabo kasalliklari mikrobi og'iz orqali tushganida xastalik rivojlanadi.
Ba'zi yuqumli kasalliklarda infeksiyaning kirish darvozasi turlicha bo'lishi mumkin. Masalan,
kuydargi va qon mikroblari odam tanasiga teri, nafas yo'llari va og'iz orqali tushadi. Kasallik
mikrobining odam tanasiga qaysi yo'l bilan tushishiga ko'ra har bir yuqumli kasallikda u yoki
bu a'zolar asosan jarohatlanadi. Jumladan, asosan nafas yo'llari orqali yuqadigan kasalliklarda
asosan nafas olish sistemasi, og'iz orqali yuqadigan xastaliklarda - ovqat hazm qilish sistemasi
jarohatlanadi
Xulosa.
Yuqumli kasallikning ayrim davrlarida tanaga tushgan mikrob qonga ham o'tishi
mumkin. Bunday holat bakteriyemiya deyiladi. Ba'zi kasalliklarda bemor vena tomiridan qon
olib mikroblarni ahtarish, yani tashxisot (diagnostika) da foydalanish shunga asoslangan.
Masalan, tif-paratif kasalliklarida bakteriyemiya ro'y beradi. Shuning uchun tashxis qo'yish
maqsadida, boshqa tekshirishlar qatori, bilakdan qon olib, safroda suyuqlikka ekiladi.
Keyinchalik unda kasallik mikrobini topish mumkin. Butun dunyoda va shu jumladan,
O‘zbekiston Respublikasida ham kompleks profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarning
maqsadli amalga oshirilishi natijasida yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishda katta
yutuqlarga erishildi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Parpiyeva, O. R. (2021). Основы медицинских знаний (часть I).
Учебной пособие
.
2.
Parpiyeva, O. R., & Ostanaqulov, A. D. (2019). Health theory. Форум молодых ученых,
(6 (34)), 26-28.
3.
Parpieva, O. R. (2023). HEALTH IS THE HIGHEST VALUE. Новости образования:
исследование в XXI веке, 1(11), 760-763.
4.
Parpiyeva, O. R., Nazarova, D., Ro’ziboyeva, O., & Jumaboyeva, M. (2024). SALOMATLIK–
OLIY QADRIYAT SIFATIDA. SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION
58
SYSTEM, 3(27), 79-81.
5.
Парпиева, О. Р., Эрматова, Г. А., Камалова, Д. А., & Якубов, А. (2024).
КОРРЕЛЯЦИОННАЯ СВЯЗЬ МЕЖДУ ПИТАНИЕМ И СОСТОЯНИЕМ ЗДОРОВЬЯ ЖЕНЩИН
РЕПРОДУКТИВНОГО ВОЗРАСТА. JOURNAL OF MEDICINE AND PHARMACY, 7(6), 4-10.
6.
Эрматова, Г. А., Парпиева, О. Р., Якубов, А., & Камалова, Д. А. (2024). ПРИВЫЧКИ
ЗДОРОВОГО
ПИТАНИЯ
В
КОНТЕКСТЕ
ПОВСЕДНЕВНОЙ
ЖИЗНИ
НАСЕЛЕНИЯ. International Journal of Education, Social Science & Humanities, 12(5), 1221-
1228.
7.
Parpiyeva, O. R., & Nazarova, D. (2024). BEMORLARNI INSTRUMENTAL TEKSHIRISH
USULLARI.
Научный Импульс
,
3
(27), 5-8.
8.
Parpiyeva, O. R. (2022). Basics of a healthy lifestyle in the educational process.
Journal of
Pedagogical Inventions and Practices
,
9
, 89-94.