118
TUBAN VA YUKSAK O'SIMLIKLAR TO'QIMALARINING ANATOMIK TAHLILI
Mirrahimova Nilufar Mirrahmon qizi
ADPI Biologiya (kechki) 101-guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15527435
Annotatsiya
: Mazkur tezisda tuban va yuksak o‘simliklar to‘qimalarining tarkibi, turlari,
vazifalari va evolyutsion rivojlanishdagi o‘rni anatomik jihatdan solishtirilib tahlil qilinadi. Bu
orqali o‘simliklarning tashqi muhitga moslashuv mexanizmlari va biologik taraqqiyot
bosqichlari chuqur yoritiladi.
Аннотация:
В диссертации дается анатомическое сравнение и анализ строения,
типов, функций и эволюционного развития тканей низших и высших растений. Это
позволяет глубже рассмотреть механизмы адаптации растений к внешней среде и этапы
биологического развития.
Abstract:
This thesis compares and analyzes the anatomical structure, types, functions,
and evolutionary development of lower and higher plant tissues. This provides a thorough
understanding of the mechanisms of plant adaptation to the external environment and the
stages of biological development.
Kalit so‘zlar:
To'qima, fotosintez, gaz almashinuvi, epidermis peridetmis, diffuziya,
vakuola, qoplovchi to'qima asosiy to'qima.
Ключевые слова:
Ткань, фотосинтез, газообмен, эпидермис перидетмис,
диффузия, вакуоль, покровная ткань, основная ткань.
Keywords:
Tissue, photosynthesis, gas exchange, epidermis peridetmis, diffusion,
vacuole, covering tissue, ground tissue.
O'simliklar to‘qimalarining anatomik tuzilishini o‘rganish qadimdan botanika, gistologiya
va fiziologiya fanlarining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelgan. Tuban va yuksak o‘simliklar
to‘qimalari evolyutsiyasi, ularning strukturaviy va funksional xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha
ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Tuban o‘simliklar to‘qimalarining o‘rganilishi. Tuban
o‘simliklar (algalar, moxlar, zamburug‘lar) to‘qimalarining tuzilishi haqidagi dastlabki ilmiy
ma’lumotlar A. Braun, K. Linney, J. Huxli kabi olimlarning tadqiqotlariga borib taqaladi. Ular
o‘simlik hujayralarining morfologik va funksional tuzilishini o‘rganib, ularning rivojlanish
qonuniyatlarini aniqlagan. Zamonaviy davrda mikroskopik va molekulyar-biologik metodlar
yordamida algalarning hujayra tuzilishi va ularning fiziologik jarayonlari chuqur tadqiq
qilinmoqda. Yuksak o‘simliklar to‘qimalari bo‘yicha ilmiy izlanishlar. Yuksak o‘simliklarning
to‘qimalari va ularning turli muhit sharoitlariga moslashuvi bo‘yicha tadqiqotlar K. Grev, A.
Saks, G. Haberlandt kabi olimlarning ishlariga asoslangan. Ular o‘tkazuvchi va mexanik
to‘qimalarning rivojlanish jarayonlarini o‘rgangan. Zamonaviy tadqiqotlar genetik va
biotexnologik usullar yordamida o‘simlik to‘qimalarining regeneratsiya imkoniyatlarini
o‘rganishga qaratilgan. Xususan, in vitro sharoitida to‘qimalarni o‘stirish, genetik
modifikatsiyalar orqali hosildorlik va chidamlilikni oshirish kabi yo‘nalishlar bugungi kunda
juda dolzarb. Tadqiqotlarning zamonaviy ahamiyati. Hozirgi kunda o‘simlik to‘qimalarining
anatomik tuzilishini o‘rganish biotexnologiya, ekologiya va qishloq xo‘jaligida yangi
imkoniyatlar yaratmoqda. O‘simliklarning qurg‘oqchilik, sho‘rlanish va ekologik stress
omillariga moslashuv mexanizmlarini tahlil qilish orqali seleksiya va genetik modifikatsiya
jarayonlari takomillashtirilmoqda. Shu sababli, tuban va yuksak o‘simliklar to‘qimalarining
119
tuzilishini anatomik tahlil qilish bo‘yicha izlanishlar davom etmoqda va ularning o‘rganilish
darajasi doimiy ravishda oshib bormoqda.
O'simlik to‘qimalari – bir xil tuzilishga va umumiy kelib chiqishga ega bo‘lgan, muayyan
funksiyalarni bajaruvchi hujayralar yig‘indisidir. O‘simlik hujayralari birlashib, maxsus
tuzilmalarga – to‘qimalarga aylanishi o‘simlik organizmining rivojlanish va moslashish
jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘simlik to‘qimalari ikki asosiy turga bo‘linadi: 1.
Meristematik (o‘suvchi) to‘qimalar – o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishini ta’minlovchi
to‘qimalar. 2. Doimiy to‘qimalar – muayyan funksiyani bajaruvchi, maxsus differensiallangan
to‘qimalar. Bu to‘qimalar o‘simlikning rivojlanishi davomida shakllanadi va o‘simlik hayotiy
faoliyatining turli jarayonlarida ishtirok etadi. O‘simlik to‘qimalarining asosiy xususiyatlari:
O‘simlik to‘qimalari quyidagi asosiy xususiyatlarga ega: 1. Hujayralar tarkibining xilma-xilligi:
Har bir to‘qima muayyan tuzilishga ega bo‘lib, uning tarkibidagi hujayralar turli funksiyalarni
bajaradi. Masalan, o‘tkazuvchi to‘qimalar hujayralari uzaygan shaklda bo‘lib, suv va oziqa
moddalari harakatlanishini ta’minlaydi. 2. Hujayra devorining mavjudligi: O‘simlik hujayralari
maxsus sellyulozali hujayra devori bilan o‘ralgan bo‘lib, ularga mustahkamlik va himoya
xususiyatini beradi. 3. Statik va dinamik tuzilish: Ayrim to‘qimalar (masalan, himoya
to‘qimalari) o‘simlik hayoti davomida o‘zgarmaydi, statik tuzilishga ega bo‘ladi. Boshqa
to‘qimalar esa (masalan, o‘suvchi meristemalar) doimiy ravishda yangilanib boradi. 4.
Ixtisoslashuv va differensiallanish: O‘simlik hujayralari dastlab bir xil bo‘lsa ham, keyinchalik
ularning funksional vazifalari bo‘yicha differensiallanishi kuzatiladi. Masalan, epidermis
hujayralari himoya vazifasini, ksilema hujayralari esa suv o‘tkazish vazifasini bajaradi. 5.
Metabolizm va transport tizimi: O‘simlik to‘qimalarining har biri o‘ziga xos moddalar
almashinuvi jarayoniga ega. Shuningdek, o‘tkazuvchi to‘qimalar orqali suv, mineral va organik
moddalarning taqsimlanishi amalga oshiriladi. 6. Regeneratsiya xususiyati: O‘simlik to‘qimalari
yuqori regeneratsiya qobiliyatiga ega bo‘lib, jarohatlangan yoki zararlangan to‘qimalar qayta
tiklana oladi. Bu xususiyat vegetativ ko‘payish va to‘qima madaniyati usullarida qo‘llaniladi.
O‘simlik to‘qimalari organizmning turli qismlarida joylashib, bir-biri bilan chambarchas bog‘liq
holda faoliyat yuritadi. Ularning tuzilishi va xususiyatlarini o‘rganish o‘simliklarning o‘sishi,
rivojlanishi va tashqi muhitga moslashuv jarayonlarini chuqurroq tushunishga yordam beradi.
To‘qimalarning hujayra tarkibi: O‘simlik to‘qimalari turli hujayralardan tashkil topgan bo‘lib,
ularning shakli, o‘lchami va funksiyalari har xil bo‘lishi mumkin. O‘simlik hujayralari asosiy
tarkibiy qismlarga ega: Plazmalemma – hujayra membranasi, moddalar almashinuvini nazorat
qiladi. Sitoplazma – hujayraning ichki qismi bo‘lib, turli organoidlar mavjud. Hujayra yadrosi –
genetik ma’lumotlarni saqlaydi va hujayraning faoliyatini boshqaradi. Vakuola – suv va oziqa
moddalarini saqlovchi qism. Xloroplastlar – fotosintez jarayonida ishtirok etuvchi organoidlar.
O‘simlik hujayralarining ushbu tarkibiy qismlari ularning turli to‘qimalarga birlashishiga va
ixtisoslashishiga asos bo‘ladi. To‘qimalarning kelib chiqishi va rivojlanishi: O‘simliklarda
barcha to‘qimalar dastlab meristematik hujayralardan shakllanadi. Ushbu to‘qimalar o‘sish
jarayonida differensiallanib, turli funksional tuzilmalar hosil qiladi. To‘qimalar rivojlanish
bosqichlari: 1. Embriogen bosqich – urug‘dagi meristemalar shakllanadi. 2. Vegetativ
rivojlanish – asosiy doimiy to‘qimalar hosil bo‘ladi. 3. Reproduktiv bosqich – generativ
to‘qimalar (gullash va urug‘ hosil qilish uchun) shakllanadi. Bu jarayon o‘simliklarning hayotiy
sikli davomida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularga tashqi muhitga moslashish va yashash
sharoitlariga qarab o‘sish imkonini beradi. To‘qimalarning organizmda tutgan o‘rni: Har bir
120
to‘qima o‘ziga xos vazifalarni bajaradi: Himoya to‘qimalari – o‘simlikni tashqi ta’sirlardan
saqlaydi. Asosiy to‘qimalar – fotosintez, modda almashinuvi va oziqa zaxiralash jarayonlarida
ishtirok etadi. O‘tkazuvchi to‘qimalar – suv va oziqa moddalar harakatini ta'minlaydi.
Tuban oʻsimliklar (oʻtlar, suv oʻsimliklari, suvoʻtlar, zamburugʻlar, moxlar va bakteriyalar)
yuksak oʻsimliklardan farqli ravishda yaxshi rivojlangan toʻqima tizimiga ega emas. Ularning
toʻqimalari oddiy tuzilishga ega boʻlib, koʻpincha hujayralarning maxsus guruhlanishidan
iborat. Quyida tuban oʻsimliklarning asosiy toʻqima turlari va ularning anatomik xususiyatlari
bayon etiladi. Oddiy hujayraviy tuzilish – koʻpchilik tuban oʻsimliklar bir hujayrali yoki koʻp
hujayrali boʻlishi mumkin, lekin ular haqiqiy toʻqima darajasiga yetib bormagan.
Differensiallanmagan hujayralar – toʻqimalar aniq ixtisoslashmagan, yaʼni barcha hujayralar
deyarli bir xil tuzilishga ega. Oziq moddalarning diffuziya orqali o‘tishi – suv va mineral
moddalar maxsus o‘tkazuvchi to‘qimalarsiz hujayralar orasida diffuziya yoki osmos yo‘li bilan
harakat qiladi. Tashqi qoplama qatlami – koʻpincha hujayralar hujayra devori bilan
himoyalangan, lekin maxsus qoplovchi to‘qima (epidermis yoki peridermis) rivojlanmagan. 2.
Tuban oʻsimliklarning toʻqima turlari: a) Mexanik toʻqima yoʻqligi yoki zaif rivojlanganligi:
Tuban oʻsimliklarda maxsus mexanik mustahkamlovchi toʻqimalar mavjud emas. Ayrim
suvoʻtlarda hujayra devorlari qalinlashib, mexanik vazifani bajarishi mumkin. b) Oʻtkazuvchi
toʻqimalarning yoʻqligi: Tuban oʻsimliklarda ksilema va floema kabi maxsus oʻtkazuvchi
toʻqimalar mavjud emas. Moddalar hujayralararo diffuziya yoki osmos yo‘li bilan harakatlanadi.
c) Assimilyatsion (fotosintez qiluvchi) hujayralar: Yashil suvoʻtlarda xlorofill donachalari bo‘lib,
ular fotosintez jarayonini amalga oshiradi. Koʻpgina suvoʻtlarda va moxlarda asosiy oziqlanish
manbai yorug‘lik va suvda erigan moddalardir. d) Ajratish va zaxiralash to‘qimalari: Ayrim
zamburugʻlar va suv oʻsimliklarida maxsus modda zaxiralovchi hujayralar rivojlangan.
Moxlarda suvni saqlovchi hujayralar uchraydi. e) Himoya funksiyasiga ega tuzilmalar.
Zamburugʻlarning baʼzilari qalin kitin qoplamaga ega. Suvoʻtlarda hujayra devori pektin va
sellyulozadan iborat bo‘lib, tashqi muhitdan himoya qiladi. 3. Evolyutsion jihatdan ahamiyati:
Tuban oʻsimliklarning anatomik tuzilishi ularning oddiy hayot tarzi bilan bog‘liq. Tashqi
muhitga moslashish uchun oddiy, lekin samarali mexanizmlarga ega (diffuziya orqali
oziqlanish, suvni saqlash hujayralari va h.k.). Yuksak oʻsimliklarning to‘qimalari aynan tuban
oʻsimliklardan evolyutsion taraqqiyot orqali rivojlangan. Garchi tuban o‘simliklar yuksak
o‘simliklardagi kabi aniq ajralgan to‘qimalarga ega bo‘lmasa ham, ularning hujayralari turli
funksiyalarni bajarishga ixtisoslashgan. Quyida asosiy to‘qimalar va ularning funksiyalari
keltirilgan: a) Assimilyatsion (fotosintez qiluvchi) hujayralar: Suv o‘simliklari va moxlar –
yashil plastidlar (xloroplastlar) mavjud bo‘lib, ular yorug‘lik energiyasidan foydalanib
fotosintez qiladi. Zamburug‘lar va bakteriyalar – fotosintez qilish qobiliyatiga ega emas, ular
organik moddalarni tayyor holda oladi (geterotrof oziqlanish). b) Zaxira saqlovchi hujayralar:
Ba’zi suv o‘simliklari va moxlarda kraxmal yoki yog‘ saqlovchi hujayralar mavjud. Zamburug‘lar
va bakteriyalarda zaxira modda sifatida glikogen to‘planadi. c) Himoya funksiyasiga ega
tuzilmalar: Moxlarda tashqi muhitdan himoya qiluvchi epidermisga o‘xshash tuzilma mavjud.
Zamburug‘lar hujayralari tashqi muhitdan qalin kitin qavati bilan himoyalangan. Suv
o‘simliklari o‘z atrofini shilimshiq qoplama bilan qoplaydi, bu ularni qurib qolishdan saqlaydi.
d) Suvni saqlash va singdirish hujayralari: Moxlarda maxsus suvni ushlovchi hujayralar mavjud
bo‘lib, ular qurg‘oqchilik sharoitida ham yashashga yordam beradi. Suv o‘simliklari suvni butun
tana yuzasi orqali shimib oladi, chunki ularda maxsus ildiz yoki o‘tkazuvchi to‘qimalar yo‘q. e)
121
O‘simliklarning ko‘payishiga moslashgan hujayralar: Suvo‘tlarda va moxlarda vegetativ hamda
jinsiy yo‘l bilan ko‘payish sodir bo‘ladi. Zamburug‘larda maxsus hujayralar – sporalari bo‘lib,
ular tarqalib, yangi organizmlar hosil qiladi. Tuban o‘simliklar ekologik tizimlarda muhim rol
o‘ynaydi: Oziq zanjirining boshlang‘ich bo‘g‘ini – suv o‘simliklari va bakteriyalar ko‘plab
organizmlar uchun asosiy oziq manbai hisoblanadi. Tuproq hosil qiluvchi omil – moxlar va
zamburug‘lar tuproq hosil bo‘lish jarayoniga hissa qo‘shadi. Organik moddalarni parchalaydi –
ayrim zamburug‘lar va bakteriyalar o‘lik organizmlarni parchalaydi va tuproq unumdorligini
oshiradi. Atmosfera muvozanatini saqlaydi – fotosintez qiluvchi suv o‘simliklari kislorod ishlab
chiqaradi va uglerod aylanishida ishtirok etadi.
Xulosa:
O‘simliklarning tuzilishini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, tuban va yuksak
o‘simliklar to‘qimalari o‘zaro muhim farqlarga ega. Tuban o‘simliklar, asosan,
diferensiallanmagan hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, maxsus to‘qimalarga ega emas. Ular
oddiy tuzilishga ega bo‘lib, tashqi muhit sharoitlariga bevosita bog‘liq holda yashaydi. Yuksak
o‘simliklarda esa to‘qimalarning aniq taqsimlanishi kuzatiladi. Ular meristematik, o‘tkazuvchi,
qoplovchi, asosiy va mexanik to‘qimalardan iborat bo‘lib, bu o‘simliklarning o‘sishi, suv va oziq
moddalarni tashish hamda atrof-muhitga moslashish jarayonlarini ta’minlaydi. Shunday qilib,
yuksak o‘simliklar to‘qimalarining rivojlanganligi ularning hayotiy jarayonlarini mukammal
tarzda boshqarishiga yordam beradi. Bu esa ularning ekologik bardoshliligini oshirib, ko‘proq
muhitga moslashish imkonini yaratadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
G.S. Timofeev, N.V. Dulepova – O‘simliklarning umumiy anatomiyasi, Moskva, 2015.
2.
A.P. Polevoy – Rasteniya fiziologiyasi, Moskva: Vysshaya Shkola, 2003.
3.
V.G. Kiseleva, A.V. Batygina – Rasteniya to‘qimalarining differensiallanishi va rivojlanishi,
Sankt-Peterburg, 2008.
4.
E.S. Yakovlev – O‘simliklar morfologiyasi va anatomiyasi, Moskva: Nauka, 1990.
5.
Tursunov A.A., Saidov M.M. – O‘zbekiston florasi va o‘simliklarning anatomik-strukturaviy
xususiyatlari, Toshkent, 2012.