Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
87
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
YANGILANAYOTGAN O'ZBEKISTON : MILLIY TIKLANISHDAN - MILLIY
YUKSALISH
Boyto'rayev Sirojiddin Usmonovich
Sanaqulov Diyorjon Sobirjon o’g’li
DTPI Pedagogika fakulteti
Jismoniy madanyat talabasi :
Akhmedovdiyorbek7@gmail.com
ANNOTATSIYA:
O‘zbekiston Respublikasida davom etayotgan ijtimoiy o‘zgarishlar, ular sabablari,
natijalari va jamiyat rivojiga ta’sirlari ko‘rib chiqiladi. Mamlakatda amalga oshirilayotgan
islohotlar, ijtimoiy vaziyatni yaxshilash, yoshlar, ayollar va boshqa ijtimoiy guruhlar
uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot beriladi. Maqola shuningdek,
O‘zbekiston kelajagi uchun ijtimoiy o‘zgarishlarning ahamiyatini tahlil qiladi.
Kalit so‘zlar:
Ijtimoiy o‘zgarishlar, Mustaqillik, O‘zbekiston, Islohotlar, Yoshlar, Gender
tengligi
АБСТРАКТНЫЙ:
Рассмотрены происходящие социальные изменения в Республике Узбекистан, их
причины, результаты и влияние на развитие общества. Приведена информация о
проводимых в стране реформах, улучшении социальной ситуации, созданных
возможностях для молодежи, женщин и других социальных групп. В статье также
анализируется значение социальных изменений для будущего Узбекистана.
Ключевые слова
: Социальные изменения, Независимость, Узбекистан, Реформы,
Молодежь, Гендерное равенство
ABSTRACT
:
The ongoing social changes in the Republic of Uzbekistan, their causes, results and
effects on the development of society are considered. Information is provided about the
reforms implemented in the country, improvement of the social situation, opportunities
created for youth, women and other social groups. The article also analyzes the
importance of social changes for the future of Uzbekistan.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
88
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Key words:
Social changes, Independence, Uzbekistan, Reforms, Youth, Gender equality
Kirish
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ijtimoiy
o‘zgarishlar mamlakat rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Ijtimoiy sohada erishilgan
yutuqlar, jamoatchilik hayotining barcha jabhalarini qamrab oladi. Ta’lim, sog‘liqni
saqlash, gender tengligi, yoshlar masalalari kabi ijtimoiy muammolar jamiyat
rivojlanishining asosiy omillaridan biridir. O‘zbekiston o‘zining farovon kelajagi uchun
ijtimoiy sohadagi islohotlarni davom ettirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasidagi Ijtimoiy O‘zgarishlar
1. Ta’lim Sohasidagi O‘zgarishlar: O‘zbekiston ta’lim tizimi sifatini oshirish maqsadida
yangi standartlar qabul qilingan, moddiy-texnik baza yangilanmoqda. Yosh avlodga sifatli
ta’lim berish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar
tuzilgan.
2. Sog‘liqni Saqlash: Sog‘liqni saqlash tizimida islohotlar, yangi klinikalar va
kasalxonalarning qurilishi, tibbiy xizmat sifatini oshirishga qaratilgan. Sog‘liqni saqlash
sohasida innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi fuqarolarning salomatligini
yaxshilashga xizmat qilmoqda.
3. Yoshlar Masalalari: O‘zbekiston yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning istak
va ehtiyojlarini inobatga olish uchun bir qator dasturlar va loyihalar amalga oshirilmoqda.
Yoshlarni ta’lim davomida kasbga tayyorlash va ularni ish bilan ta’minlash masalalariga
alohida e’tibor berilmoqda.
4. Gender Tengligi: Ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, gender tengligini
ta’minlash maqsadida qonunchilikda o‘zgarishlar kiritilmoqda. Ayollarning ijtimoiy va
iqtisodiy hayotda faol ishtirok etishini rag'batlantirish uchun turli dasturlar ishlab
chiqilgan.
Mamlakatimizda uzoq vaqt davomida yig‘ilib qolgan ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi jiddiy
tizimli muammolarni hal etish, aholining munosib hayot kechirishini ta’minlash va
tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha izchil
ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, iqtisodiyotning muayyan tarmoqlari va ijtimoiy soha yo‘nalishlarini
rivojlantirish uchun mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatida ishonib topshirilgan tarmoq
yoki sohani uzoq muddatli rivojlantirish to‘g‘risida tasavvur mavjud emas, iqtisodiyot va
ijtimoiy sohadagi muammolarni hal qilish choralarini ishlab chiqishda tashabbuskorlik
ko‘zga tashlanmayapti.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
89
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Bundan tashqari, tayyorlanayotgan hujjatlar loyihalarini sifatli va har tomonlama ekspert-
tahliliy o‘rganishni ta’minlashga, ularning ehtimoliy oqibatlarini baholashga yetarlicha
e’tibor berilmayapti.
Ayrim vazirliklar va idoralarning faoliyatida aholi va tadbirkorlik subyektlari
manfaatlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha ehtiyojlarini hisobga olmagan holda idoraviy va
sohaviy manfaatlarni ilgari surishda namoyon bo‘layotgan eskicha yondashuvlar saqlanib
qolinmoqda.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan tashabbuslarning
sifatini, olib borilayotgan islohotlar natijadorligini tubdan oshirish, amalga oshirilayotgan
tadqiqotlarni islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirish
hamda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati chora-tadbirlarini ishlab chiqish va
amalga oshirishda ularning rolini oshirish maqsadida:
1. Iqtisodiy tadqiqotlar markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) etib
qayta tashkil etilsin.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
chuqur o‘rganilgan, shu jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlarda muvaffaqiyatli
sinovdan o‘tgan amaliyotlarni hisobga olgan holda, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirishning strategik yo‘nalishlari, xususan, iqtisodiyot, moliya, tadbirkorlik va
ijtimoiy sohada boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish
maqsadida tahliliy va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish;
iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi muhim tizimli muammolarni global va mintaqaviy xavf-
xatarlar ta’sirini hisobga olgan holda hal qilish choralarini ishlab chiqish maqsadida
davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, tadbirkorlik subyektlari va boshqa
manfaatdor tomonlarning samarali tarmoqlararo va idoralararo hamkorligini joriy etish;
davlat organlari va tashkilotlarining resurslari va mablag‘larini ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishning muhim masalalarini hal qilish yoki ustuvor strategik vazifalarni amalga
oshirishning eng maqbul yo‘llarini topish uchun samarali safarbar etish, birlashtirish va
ulardan oqilona foydalanishga ko‘maklashish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda iqtisodiy
modellashtirishning zamonaviy vositalarini qo‘llash orqali ishlab chiqilayotgan va
amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat chora-tadbirlarining ssenariylari va natijalarini
tahlil qilish;
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
90
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
hududlarni kompleks rivojlantirish masalalarini o‘rganish, respublika mintaqalarining
raqobatdagi ustunligi, shuningdek, mavjud salohiyati, resurslari va zaxiralaridan samarali
foydalanishdan kelib chiqqan holda ularni rivojlantirish va ixtisoslashtirishga strategik
yondashuvlarni shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
ishlab chiqilayotgan va amalga oshirilayotgan tashabbuslar va normativ-huquqiy hujjatlar
loyihalarining iqtisodiyot va ijtimoiy sohaga ta’sirini baholashni tashkil etish, ularni
tuzatish bo‘yicha takliflar berish;
iqtisodiyotga nisbatan boshqaruv yukini maqbullashtirish, huquqni qo‘llash amaliyotining
samaradorligini oshirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy sohada ishlab chiqilayotgan
normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari sifatini oshirish bo‘yicha
takliflarni ishlab chiqish;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasida xalqaro tashkilotlarning O‘zbekiston
Respublikasiga ekspert, axborot-tahliliy va boshqa texnik yordam materiallarini
umumlashtirish va ularni samarali amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni
isloh qilish masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash;
mahalliy va xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda iqtisodiyot, ijtimoiy soha
va hududlarni rivojlantirishning dolzarb masalalarini ommaviy axborot vositalari,
konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlarda ochiq muhokama qilishni tashkil etish;
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan xalqaro iqtisodiy va
moliyaviy institutlar, xorijiy ilmiy markazlar va ekspertlar bilan hamkorlik qilish va
ushbu sohadagi davlat siyosatining samarali chora-tadbirlari bo‘yicha takliflar kiritish.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari
bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari bir vaqtning o‘zida Markaz direktori hisoblanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli
Farmoni tahririda)
4. Davlat organlari va tashkilotlari, tahliliy va tadqiqot markazlari, mahalliy ijro etuvchi
hokimiyat organlari, tadbirkorlik subyektlari, fuqarolik jamiyati va ekspertlar
hamjamiyati vakillari, boshqa manfaatdor tomonlarning samarali tarmoqlararo va
idoralararo hamkorligini yo‘lga qo‘yish maqsadida Markaz negizida “ochiq makon”
tamoyili asosida ochiq innovatsion platforma tashkil etilsin va unda quyidagilar nazarda
tutilsin:
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
91
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
davlat organlarining jamoatchilik va ilmiy hamjamiyat bilan, shu jumladan ijtimoiy
so‘rovlar o‘tkazish, jamiyat va davlatning o‘zaro qayta aloqa mexanizmlarini joriy etish,
shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy sohada yuzaga keladigan muammolarni muhokama qilish
orqali o‘zaro hamkorlik qilish uchun Internet tarmog‘ida maxsus portal yaratish;
ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan tashabbuslarni va
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini keng muhokama qilish, shuningdek, barcha
tomonlarning manfaatlari hisobga olinishini ta’minlash maqsadida mutaxassislar, asosan
xususiy sektor vakillari orasidan ilmiy-tadqiqot guruhlarini shakllantirish;
vakolatli davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari,
ishbilarmon doiralar, ekspertlar hamjamiyati va keng jamoatchilik vakillari bilan tematik
uchrashuvlar va muhokamalarni tashkil qilish;
ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilishga qaratilgan tashabbuslar va normativ-huquqiy
hujjatlarni amalga oshirishning amaliy masalalarini hal qilishda manfaatdor tomonlarning
bevosita ishtirokini, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
orqali ta’minlash;
oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun Markaz faoliyatida va tashkil etilayotgan tadbirlarda
ishtirok etish orqali amaliy ko‘nikmalarni oshirish maydonini yaratish.
5. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda
Innovatsion
rivojlanish
vazirligining
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Administratsiyasi huzurida Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar akseleratori (keyingi o‘rinlarda
— Akselerator) faoliyatini tashkil etish hamda davlat organlari va tashkilotlari
resurslarini jalb qilish orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasidagi jiddiy muammolarni
jadallik bilan tezkor va samarali hal qilish maqsadida Markaz tuzilmasida
Akseleratorning ishchi organini tuzish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
Markaz direktori Akseleratorning rahbari hisoblanadi;
har chorakda Markaz tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar natijalari, ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini monitoring qilish va ularning natijadorligini
baholash, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar materiallarini o‘rganish,
vazirliklar va idoralarning takliflari asosida tarmoqlararo va idoralararo darajada hal
qilinishi zarur bo‘lgan muammoli masalalar ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda — ro‘yxat)
tuziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
92
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha
maslahatchisi bo‘linmalari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy
ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari bilan
kelishiladi, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida va Markazning rasmiy veb-saytida
e’lon qilinadi;
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-
oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
ro‘yxatga kiritilgan muammolarni hal qilishni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish
masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari hamda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Administratsiyasining boshqa bo‘linmalari bilan yaqin hamkorlikda
muammolarning har biri bo‘yicha ishchi guruhini shakllantirish va Markaz xodimlari
orasidan muvofiqlashtiruvchini tayinlash orqali amalga oshiriladi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-
oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati tomonidan Birlashgan Arab Amirliklarining
Vazirlar Mahkamasi va kelajak vazirligi huzuridagi Hukumat akseleratori timsolida
Akseleratorni rivojlantirishga, shuningdek, uning xodimlari va boshqa manfaatdor
tashkilotlar xodimlarini o‘qitishni tashkillashtirishga ko‘maklashish uchun tayyor
ekanligini bildirganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
6. Markaz zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi
PF-5614-son Farmoni bilan tashkil etilgan 2019 — 2021-yillarda O‘zbekiston
Respublikasida tarkibiy islohotlar asosiy yo‘nalishlarining “Yo‘l xaritasi”ni amalga
oshirishni ta’minlash bo‘yicha Iqtisodiy kengash huzuridagi Xalqaro ekspertlar guruhi
faoliyatini tashkil etish, respublikaning vazirlik va idoralariga shartnoma asosida jalb
qilingan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga texnik ko‘mak dasturlarida ishtirok
etayotgan xorijiy maslahatchilar bilan hamkorlik qilish va ular faoliyatini
muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin.
7. Belgilansinki:
Markaz yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan davlat muassasasi bo‘lib, o‘z faoliyatida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi oldida hisobdordir;
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
93
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Markaz qayta tashkil etilgan Iqtisodiy tadqiqotlar markazining barcha huquq va
majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz direktori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha
maslahatchisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan
hamda maqomi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shu’ba
mudiriga tenglashtirilgan ikki nafar o‘rinbosarga ega;
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-
oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Markazning rahbar va ilmiy xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Administratsiyasi xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash shartlari va
tibbiy xizmat ko‘rsatish tartibi qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Markazning ilmiy va amaliy faoliyatini muvofiqlashtirish funksiyasi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi
bo‘linmalari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks
tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalariga yuklansin.
(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-
oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
8. Markazga quyidagi huquqlar berilsin:
davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari mutaxassislarini, ilmiy-
tadqiqot institutlari va markazlari xodimlarini, shuningdek, mahalliy va xorijiy olimlar va
mutaxassislarni shartnoma asosida tadqiqotlar olib borishga jalb qilish;
tadqiqotlar olib borish va kadrlar tayyorlash bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, jamg‘armalar,
mahalliy va xorijiy tadqiqot markazlari va o‘quv muassasalari bilan shartnomalar tuzish;
noshirlik faoliyatini amalga oshirish, axborot-tahliliy sharhlar va ma’ruzalar,
“Ekonomicheskoye obozreniye” ilmiy-tahliliy jurnalini va boshqa nashrlarni chop etish;
Markazga yuklangan vazifalarni bajarish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlardan zarur statistik, tahliliy
va boshqa ma’lumotlarni so‘rash va olish.
Oldingi tahrirga qarang.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
94
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-
avgustdagi PQ-5223-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 13.08.2021-y., 07/21/5223/0797-son)
9. Markaz direktoriga, zarur hollarda, Markazning tasdiqlangan tarkibiy tuzilmasiga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda
xodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida
o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, muayyan tashabbuslarni ishlab chiqish va oldiga
qo‘yilgan boshqa vazifalarni hal qilish maqsadida shu’balar doirasida bo‘linmalar tashkil
etish huquqi berilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari (Z.Sh. Nizomiddinov)
bir oy muddatda Markaz to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
11. Quyidagilar Markazni moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
har yili tasdiqlanadigan parametrlar doirasida ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi
Davlat budjeti mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyatiga ko‘maklashish
jamg‘armasi mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan
grant tanlovlari natijalari asosida ajratiladigan mablag‘lar;
vazirlik, idora va muassasalar tomonidan ularning buyurtmalari asosida tadqiqotlar va
baholash ishlarini olib borish uchun ajratiladigan mablag‘lar;
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarining grant va maqsadli mablag‘lari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Belgilansinki:
ushbu bandning uchinchi — yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan mablag‘lar
Markazning maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va Markaz xodimlarini qo‘shimcha
moddiy rag‘batlantirish va malakasini oshirish, shu jumladan xorijiy stajirovkalarni
tashkil etish, tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, Markazning rasmiy veb-saytini
yaratish va faoliyat yuritishini ta’minlash, shuningdek, jalb qilingan mahalliy va xorijiy
mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash uchun yo‘naltiriladi;
Markaz direktori ushbu bandning to‘qqizinchi xatboshisida nazarda tutilgan hisobvaraq
mablag‘lari hisobidan xodimlarga har oylik mehnatga haq to‘lash fondining 100
foizigacha miqdorida ustamalar belgilash huquqiga ega;
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
95
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Markazning daromadlari soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari (Z.Sh. Nizomiddinov)
2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyatiga
ko‘maklashish jamg‘armasidan 5 milliard so‘m miqdorida bir martalik beg‘araz
moliyaviy yordam ajratsin.
12. Belgilansinki:
Markazning rahbar va ilmiy xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Administratsiyasi xodimlarining bazaviy lavozim maoshi 1,5 baravar ko‘paytirilgan
holda belgilanadi;
Markazning boshqa xodimlariga davlat boshqaruvi organlarida tegishli lavozimlar uchun
o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish miqdorlari va shartlari tatbiq
etiladi, ularning (yordamchi xodimlar bundan mustasno) lavozim maoshlarini belgilashda
Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash tarif koeffitsiyenti 2 baravarga
oshirilgan holda qo‘llaniladi;
Markaz xodimlariga ilgari ishlagan joyida berilgan, shu jumladan ko‘p yillik mehnati,
harbiy va maxsus unvonlar (martaba va malaka darajalari, diplomatik darajalar va
boshqalar) uchun ustamalar va qo‘shimcha haqlar saqlanib qoladi, harbiy va maxsus
unvonlarga ega bo‘lmagan oliy yuridik ma’lumotli xodimlar uchun esa o‘rnatilgan
tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi organlari va muassasalari xodimlari
uchun belgilangan martaba darajalari berilishi mumkin.
Markazning ayrim xodimlarining mehnatiga Yagona tarif setkasi bo‘yicha haq to‘lash
razryadlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan budjet
ajratmalarini 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ijtimoiy
soha uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida ajratsin, 2020-yildan boshlab esa ularni
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin;
Markazga asoslantirilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, binolarni ta’mirlash va zarur jihozlar,
orgtexnika bilan jihozlash (qo‘shimcha jihozlash), xizmat avtotransporti sotib olish
(yangilash), isitish tizimi, shuningdek, Markaz faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur
mablag‘lar ajratsin;
Markaz direktori va uning o‘rinbosarlariga 3 dona shaxsiy biriktirilgan, shuningdek, 1
dona navbatchi xizmat avtotransportini saqlash uchun limit ajratsin.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
96
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
14. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar
vazirligi yangi tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, Markazning intellektual-tahliliy
salohiyatini rivojlantirish uchun, shu jumladan xalqaro donorlarni jalb qilish choralarini
ko‘rishda Markazga ko‘maklashsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi Markaz xodimlarini zarur aloqa turlari va vositalari, shu jumladan
hukumat aloqasi bilan, shuningdek, keng polosali Internet tarmog‘iga ulanishini
ta’minlasin.
16. Markaz:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning me’yoriy va
yo‘riqnoma hujjatlari majburiy tartibda yuboriladigan tashkilotlar ro‘yxatiga;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki, boshqa vazirlik va idoralarning statistik axborot byulletenlari majburiy tartibda
yuboriladigan reyestrga kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki, Respublika tovar-xom ashyo birjasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi,
boshqa vazirlik va idoralar tadqiqotlar olib borish uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etsin.
(16-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-
martdagi PF-89-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
17. Markaz Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Novza ko‘chasi, 6-uy manzilida
joylashtirilsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va
ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Markaz tadqiqotlari natijalari ommaviy axborot
vositalarida nashr etilishi va muhokama qilinishini tashkillashtirishga ko‘maklashsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 7-apreldagi “Iqtisodiy tadqiqotlar
markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi F-982-son farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb
hisoblansin.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
97
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
20. Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun
hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
maslahatchisi R.A. G‘ulomov zimmasiga yuklansin.
Foydalanuvchi adabyotlar;
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy rivojlanish to‘g‘risidagi farmonlari
va qarorlari.
2. "O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi va uning rivoji" – O‘zbekiston Respublikasi
Xitoy elchixonasi.
3. Ismatov N. "O‘zbekistonda gender tengligi masalalari".
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yilga mo‘ljallangan
rejalariga doir hisobotlar.
