Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
108
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IJTIMOIY OʻZGARISHLAR
Boyto'rayev Sirojiddin Usmonovich
Muhammadov Xosilbek Ergashali o’g’li
DTPI Pedagogika fakulteti
Jismoniy madanyat talabasi :
Akhmedovdiyorbek7@gmail.com
ANNOTATSIYA:
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga
oshirilgan islohotlar ko‘rib chiqiladi. Ta’lim islohotlari, o‘zgarishlar, yangi dasturlar va
loyihalar bilan birga, mamlakatning kelajagini shakllantirish, inson kapitalini
rivojlantirish va global raqobatda muvaffaqiyat qozonish uchun muhim sanaladi.
Maqolada islohotlarning maqsadlari, usullari va erishilgan natijalarning tahlili amalga
oshiriladi.
Kalit so‘zlar:
Ta’lim islohotlari, O‘zbekiston Respublikasi, Ta’lim sifatini
oshirish, Innovatsion metodlar, Inson kapitali, Ta’limdagi o’zgarishlar
АБСТРАКТНЫЙ: Рассмотрены реформы, реализуемые в сфере
образования в Республике Узбекистан. Наряду с образовательными реформами,
изменениями, новыми программами и проектами считается важным
формировать будущее страны, развивать человеческий капитал и добиваться
успеха в глобальной конкуренции. В статье анализируются цели, методы и
результаты реформ.
Ключевые слова:
Реформы образования, Республика Узбекистан,
Повышение качества образования, Инновационные методы, Человеческий
капитал, Изменения в образовании
ABSTRACT:
Reforms implemented in the field of education in the Republic of
Uzbekistan are considered. Along with educational reforms, changes, new programs
and projects, it is considered important to shape the future of the country, develop
human capital and succeed in global competition. The article analyzes the goals,
methods and results of the reforms.
Key words:
Educational reforms, Republic of Uzbekistan, Improving the
quality of education, Innovative methods, Human capital, Changes in education
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
109
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Kirish
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar,
mamlakatning ravnaqi va global maydonda saqlanib qolishi uchun zaruriyatdir. Ta’lim
islohotlari 21-asrda ma'lumotlar asri bo‘lgani sababli, zamonaviy bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘lgan avlodni tarbiyalashga qaratilgan. Ushbu maqolada
O‘zbekiston ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, ularning asosiy maqsadlari hamda natijalari
haqida so‘z yuritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim Sohasidagi Islohotlar
1. Ta’limning Yangilanishi: O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida eski
uslublar o‘rnini innovatsion metodlar egallashi uchun bir qator dasturlar amalga
oshirildi. Ta’lim jarayonida amaliyotga e'tibor kuchaytirildi.
2. Mukammal Ta’lim Standartlari: Ta’lim sifatini oshirish uchun yangi o‘quv
dasturlari, standartlar va baholash tizimlari joriy etildi. O‘zbekistonning 12 yillik ta’lim
tizimiga o‘tish ta’lim sifatini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.
3. O'qituvchilarning Malakasi: O‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalarini
oshirish maqsadida, turli xil tayyorgarlik kurslari va seminarlar tashkil etildi.
O‘qituvchilarning malakasini oshirish, ta’lim sifatiga bevosita ta’sir qiladi.
4. Informatika va Texnologiyalar: O‘zbekiston ta’lim tizimida IT
texnologiyalarining joriy etilishi, shahrimiz maktablarida kompyuter va internetdan
foydalanishni rivojlantirish hamda o‘quvchilarga zamonaviy texnologiyalarni o‘rgatish
jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor
yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini
yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hududlarda yangi oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, kadrlar
tayyorlashning zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hamda sirtqi va
kechki bo‘limlarning ochilishi, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining
oshirilishi mazkur yo‘nalishdagi muhim islohotlar hisoblanadi.
Shu bilan birga oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga,
respublikada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ijtimoiy va iqtisodiy
sohalardagi yangilanishlarda ushbu muassasalarning faol ishtirokini ta’minlashga
to‘siq bo‘layotgan bir qator muammolar saqlanib qolmoqda, xususan:
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
110
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
birinchidan, oliy ta’lim tizimida o‘qitishni tashkil etish jarayoni, ta’lim
olayotgan talabalar bilimini baholash tizimi bugungi kun talablariga javob bermayapti;
ikkinchidan, professor-o‘qituvchilarning faoliyatini, bilimini va pedagogik
ko‘nikmasini baholashning zamonaviy tizimi mavjud emasligi ta’lim sifatiga salbiy
ta’sir ko‘rsatmoqda;
uchinchidan, oliy ta’lim muassasalariga kirish test savollari abituriyentning
mantiqiy fikrlash qobiliyatini aniqlash imkonini bermayotganligi iqtidorli yoshlarni
oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda muammolar keltirib chiqarmoqda;
to‘rtinchidan, oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayoni ustidan samarali
jamoatchilik nazoratining o‘rnatilmaganligi ushbu sohada ko‘plab muammolarning,
eng avvalo, korrupsiya holatlarining saqlanib qolishiga sabab bo‘lmoqda;
beshinchidan, oliy ta’lim muassasalarining mamlakatda amalga oshirilayotgan
keng qamrovli va tizimli o‘zgarishlardagi ishtiroki hamda tashabbuskorligi
sezilmayapti, ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati hanuzgacha qoniqarsiz bo‘lib
qolmoqda;
oltinchidan, respublikamizda olib borilayotgan tub islohotlarning mazmuni va
mohiyatini ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga, keng jamoatchilikka
tushuntirishda oliy ta’lim muassasalarining faol ishtiroki yo‘lga qo‘yilmagan;
yettinchidan, oliy ta’lim muassasalari innovatsion va texnologik g‘oyalar bilan
fikr almashadigan muloqot markazlariga aylanmagan, tegishli sohalarda mavjud
muammo va kamchiliklarni tizimli o‘rganish, tahlil qilish va ularning yechimi bo‘yicha
taklif kiritish borasida professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va talabalarning tashabbus
ko‘rsatishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan.
Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini tubdan takomillashtirish, ularning
mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini
ta’minlash, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning
beshta
ustuvor
yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar
strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida
oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarning 2018/2019 o‘quv yilidan
boshlab:
alohida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qish muddati kamida uch yil bo‘lgan
bakalavriat hamda kamida bir yil bo‘lgan magistraturani joriy etish, bunda
magistraturada mutaxassislar tayyorlashni ishlab chiqarish (amaliy) (kamida bir yil) va
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
111
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
ilmiy-pedagogik (kamida ikki yil) yo‘nalishlarga ixtisoslashgan dasturlar asosida
tashkil etish;
oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul qilish kvotalaridan tashqari xorijiy
fuqarolarni suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi
takliflariga rozilik berilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarning viza
talabnomalariga asosan o‘qishga kirish istagini bildirgan xorijiy fuqarolarning kirish
vizalarini o‘rnatilgan tartibda konsullik va boshqa to‘lovlarni undirmagan holda
rasmiylashtirsin.
3. 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab tayanch (yetakchi) oliy ta’lim muassasalari
tomonidan tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalari va
dasturlarini kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, mustaqil ravishda
ishlab chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
bilan kelishilgan holda tasdiqlash tartibi joriy etilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufida oliy
ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
a) ikki oy muddatda Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish
va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda
tasdiqlasin, bunda asosiy e’tiborni:
baholash tizimi va mezonlarini uzluksiz ta’lim tizimining bosqichlariga
muvofiqlashtirishga;
ta’lim yo‘nalishlarining o‘ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda talabalar bilimini
baholashning zamonaviy, shaffof va adolatli (avtomatlashtirilgan, portfolio, test
sinovlari, ijodiy ish, antiplagiat va h.k.) usullarini, shu jumladan muayyan fandan dars
bergan pedagogning yakuniy nazorat jarayonlaridagi ishtirokini istisno etadigan
tizimni joriy etishga;
semestr yakuni bo‘yicha akademik qarzdor talabaning qayta topshirishi mumkin
bo‘lgan fanlar sonini belgilashga va ularni topshirish muddatini o‘zgartirishga qaratsin;
b) 2018-yil 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda oliy ta’lim muassasalari
bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazish tartibini yanada
takomillashtirish yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin
va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
112
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
v) 2019-yil 1-martgacha bo‘lgan muddatda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab
oliy ta’lim muassasalarida “talabaning o‘zlashtirish darajasi — professor-o‘qituvchilar
faoliyatini baholashning asosiy mezoni” tamoyilini joriy qilishning aniq
mexanizmlarini belgilash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rsin. Bunda ushbu
tamoyil talablariga javob bermaydigan professor-o‘qituvchilar bilan mehnat
shartnomasini bekor qilishgacha bo‘lgan choralar ko‘rish belgilansin;
g) 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari professor-
o‘qituvchilarining vaqtini o‘quv jarayoniga xos bo‘lmagan ishlarga sarflashning oldini
olish hamda ularni talabalar bilan ko‘proq ishlashga yo‘naltirish, shu jumladan “ustoz
— shogird” tizimini joriy etish maqsadida o‘quv yuklamalarini hisobga olgan holda
professor-o‘qituvchilar “vaqt me’yorlari”ning yangi mexanizmlarini ishlab chiqsin va
belgilangan tartibda tasdiqlasin.
5. Oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilarini ularning vazifalari va
faoliyat yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilishlarga va boshqa tadbirlarga jalb
etish taqiqlansin.
Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, barcha darajadagi hokimlar mazkur talabni
buzganligi uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan shaxsiy
javobgarligi to‘g‘risida qat’iy ogohlantirilsin.
6. Barcha oliy ta’lim muassasalarida samarali jamoatchilik nazoratini joriy etish
maqsadida talabalar, ota-onalar, Yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi
faollari, kadrlar buyurtmachilari, professor-o‘qituvchilar hamda fuqarolik jamiyati
institutlari vakillaridan iborat tarkibda jamoatchilik kengashlari tashkil etilsin.
Quyidagilar jamoatchilik kengashlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
ta’lim sifati, professor-o‘qituvchilarning bilimi va pedagogik mahorati, talabalarga
yaratilgan shart-sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring o‘rnatish;
oliy ta’lim muassasalariga professor-o‘qituvchilar tarkibiga ishga qabul qilinayotgan
nomzodlar bo‘yicha tavsiyalar berish;
talabalarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning pedagog kadrlar haqidagi fikrini
to‘liq o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;
oliy ta’lim muassasasidagi ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflar
tayyorlash va muassasaning tegishli kengashi muhokamasiga kiritish.
Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash Yoshlar ittifoqining oliy
ta’lim muassasasidagi yetakchisi tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
113
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufida oliy
ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Oliy
ta’lim muassasalari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish tartibi
to‘g‘risidagi namunaviy nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. Belgilansinki, 2018-yil 1-sentabrdan boshlab:
oliy ta’lim muassasalariga professor-o‘qituvchilar tarkibiga ishga qabul qilish tegishli
kafedraning kengaytirilgan ochiq majlisida pedagog kadrlar va jamoatchilik
kengashining a’zolari ishtirokida sinov darsi o‘tkazish natijalari bo‘yicha ushbu
majlisning tavsiyasiga ko‘ra amalga oshiriladi;
O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi hamda qo‘shma
ta’lim dasturlari asosida talabalarni o‘qitishni tashkil etish va ikki tomonlama tan
olinadigan diplom berish amaliyoti joriy etiladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-
yanvargacha bo‘lgan muddatda:
oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlaridagi test savollarini tayyorlash uslublarini
ilg‘or xorijiy tajriba asosida qayta ko‘rib chiqsin hamda ularni takomillashtirish
bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
ilg‘or xalqaro imtihon tizimlari (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va
hokazo) sertifikatlariga ega bo‘lgan abituriyentlarga tegishli fanlardan belgilangan eng
yuqori ball berish va ushbu fanlar test sinovidan ozod qilish tartibini ishlab chiqsin va
belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida
oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar zimmasiga quyidagi qo‘shimcha
vazifalar yuklatilsin:
mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda oliy ta’lim
muassasalarining ishtiroki hamda tashabbuskorligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni
tashkil etish;
davlat va jamiyat hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar hamda amalga oshirilayotgan
tub islohotlarning mazmuni va mohiyati oliy ta’lim muassasalari tomonidan
televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali keng aholi e’tiboriga
yetkazilishini ta’minlash;
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
114
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
hududlarni, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarni jadal rivojlantirishga qaratilgan
normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlar loyihalarining keng muhokamasida oliy ta’lim
muassasalarining faol ishtirokini ta’minlash;
innovatsion va texnologik g‘oyalarni har tomonlama rivojlantirish hamda qo‘llab-
quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar
va talabalarning innovatsion texnologiyalarni yaratish borasidagi tashabbuskorligini
oshirish yuzasidan aniq choralar ko‘rish;
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar tashkilotlari rahbarlari, yetakchi
mutaxassislari, faol tadbirkorlar bilan dolzarb masalalarda seminar va davra
suhbatlarini doimiy ravishda o‘tkazib borish, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan
muammolarning yechimiga qaratilgan ilmiy-amaliy izlanishlarni olib borish;
oliy ta’lim muassasalari rahbariyatining mamlakatni isloh qilish jarayonida faol
ishtirok etish borasidagi mas’uliyatini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar
belgilash, har bir rektor va prorektor uchun ushbu yo‘nalishda alohida “yo‘l xaritalari”
ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlash, ularning ijrosini nazorat qilish.
10. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi
tahrirga qarang
.
oliy ta’lim muassasalarining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha
prorektori faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamentiga yuklanadi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil
25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, tasarrufida oliy
ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar rahbarlari — tegishli oliy ta’lim
muassasalari rektorlari va prorektorlarining, innovatsion rivojlanish vaziri — barcha
oliy ta’lim muassasalari ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlarining
faoliyati natijalarini ularning “yo‘l xaritalari”da belgilangan vazifalarning bajarilishi
yuzasidan har oyda kamida bir marta tanqidiy muhokama qilib boradi;
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining, tasarrufida oliy
ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar rahbarlarining mamlakatda amalga
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda tegishli oliy ta’lim muassasalarining faol
ishtirokini ta’minlash yuzasidan hisobotlari har yili Vazirlar Mahkamasining
majlislarida muhokama etiladi;
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
115
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muhokama natijalariga ko‘ra oliy
ta’lim muassasalari rektorlarining egallab turgan lavozimiga loyiqligi yoki noloyiqligi
masalasini ko‘rib chiqadi;
oliy ta’lim muassasalari rektorlarining faoliyati samaradorligiga baho berishda o‘quv
jarayoniga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarning keng jalb
qilinganligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida yetakchi xorijiy oliy ta’lim
muassasalarining filiallarini ochishda ularning tashabbuskorligi inobatga olinadi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor
vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oliy ta’lim muassasalari
talabalarini ilmiy faoliyatga yo‘naltirishga va ularda innovatsion fikrlashni
shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqsin va
belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
yangi g‘oya va tashabbuslarni shakllantirish maqsadida har bir oliy ta’lim
muassasasida “Yosh ekspertlar guruhi”ni tashkil etish;
o‘quv mashg‘ulotlarini talabalarni innovatsion fikrlashga yo‘naltiradigan o‘qitish
texnologiyalari va interfaol uslublarni joriy etish asosida tashkil etish, asosiy e’tiborni
talabalarning mustaqil ta’lim olishi bilan bog‘liq mexanizmlarni amalga oshirishga
qaratish;
har bir oliy ta’lim muassasasida 1-kurs davomida saralab olingan eng iqtidorli talabalar
uchun alohida guruhlar tashkil etish (mazkur guruhlardagi talabalar soni oliy ta’lim
muassasasi tomonidan belgilanadi), 2-kursdan ularni o‘qitishni alohida o‘quv reja va
dasturlar asosida amalga oshirish, ushbu toifadagi talabalarni magistraturaga maqsadli
qabul qilish va bu orqali oliy ta’lim muassasalari kafedralari uchun malakali kadrlar
tayyorlash tizimini joriy etish.
12. Yosh olim va talabalarga hamda tashabbuskor fuqarolarga mamlakatda
innovatsion g‘oya va texnologiyalarni rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun
topshiriladigan “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni ta’sis etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston yoshlar
ittifoqi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda “Innovatsion
g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida Hukumat
qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda
amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha
“yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
116
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida
oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar O‘zbekiston Milliy
teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda bir oy
muddatda mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmuni
va mohiyatini televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalarida tushuntirish
bo‘yicha chiqishlarni tashkil etish yuzasidan har bir oliy ta’lim muassasasining yillik
reja-grafigini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda
Moliya vazirligining:
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat
budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qo‘shimcha 2 ta shtat birligini
ajratgan holda Axborot xizmatini tashkil etish;
oliy ta’lim muassasalari tuzilmalarida ularning budjetdan tashqari mablag‘lari
hisobidan moliyalashtiriladigan qo‘shimcha 1 tadan shtat birligini ajratgan holda
matbuot kotibi lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
a) oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy
adabiyotlar, davriy jurnallar bilan ta’minlash, axborot-resurs markazlari fondlarini
muntazam ravishda yangilab borishni;
ilg‘or xorijiy o‘quv hamda ilmiy adabiyotlar va jurnallarni xarid qilish ishlariga keng
imkoniyatlar yaratish, eng yangi xorijiy adabiyotlarni tarjima qilish va o‘quv
jarayoniga joriy etishni nazarda tutadigan Hukumat qarorini qabul qilsin;
b) Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malaka amaliyotini o‘tash tartibi
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
a) bir oy muddatda quyidagichora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
oliy ta’lim muassasalariga xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridan foydalanishga
sharoitlar yaratish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy natijalarini xalqaro miqyosda
keng nashr etish, respublika yetakchi ilmiy jurnallarining bosqichma-bosqich yuqori
impakt-faktorga ega bo‘lishini ta’minlash;
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
117
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
oliy ta’lim tizimida boshqaruv jarayonlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
asosida optimallashtirish, mavjud axborot tizimlarini integratsiyalash, tahliliy
ma’lumotlar tayyorlashning samarali tizimlarini joriy etish;
b) abituriyentlar hujjatlarini elektron shaklda qabul qilish tizimini bosqichma-
bosqich yaratish bo‘yicha 2019-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda chora-tadbirlar
ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik
va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib
chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar
kiritsin.
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh
vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S.
Qosimov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov hamda O‘zbekiston
Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Foydalanuvchi adabyotlar;
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta'lim sohasidagi farmonlari va qarorlari.
2. Ta’lim tizimidagi yutuqlar va istiqbollar: O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim vazirligi
materiali.
3. Kamolov A. "O‘zbekiston ta’lim tizimida islohotlar: tahlil va tavsiyalar".
4. Mustaqil O‘zbekiston: o‘tgan yillar, yutuqlar va kelajak.
