Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
128
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
YANGI O‘ZBEKISTONDA PREZIDENT SH.M.MIRZIYOYEV
RAHBARLIGI VA TASHABBUSI OSTIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN
ISLOHOTLAR
Boyto'rayev Sirojiddin Usmonovich
Ismoilov Abdumalik Maxmayusuf o’g'li
DTPI Pedagogika fakulteti
Jismoniy madanyat talabasi
Akhmedovdiyorbek7@gmail.com
ANNOTATSIYA:
Yangi O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga
oshirilayotgan islohotlar, ularning maqsadlari, natijalari va ahamiyati ko‘rib chiqiladi.
Islohotlar sohalar bo‘yicha: iqtisodiyot, ta'lim, sog‘liqni saqlash, siyosat va ijtimoiy
hayotda yuksak o‘sishni ta’minlamoqda.
Kalit so‘zlar
: O‘zbekiston, Islohotlar, Prezident Sh.M. Mirziyoyev, Iqtisodiyot, Ta'lim,
Sog‘liqni saqlash, Ijtimoiy taraqqiyot
АБСТРАКТНЫЙ:
Будут рассмотрены реформы, реализуемые в новом Узбекистане под
руководством Президента Шавката Мирзиёева, их цели, результаты и значение.
Реформы обеспечивают высокие темпы роста экономики, образования,
здравоохранения, политики и общественной жизни.
Ключевые слова:
Узбекистан, Реформы, Президент Ш.М. Мирзиёев,
Экономика, Образование, Здравоохранение, Социальное развитие
ABSTRACT:
The reforms implemented in the new Uzbekistan under the leadership of President
Shavkat Mirziyoyev, their goals, results and importance will be considered. Reforms
are providing high growth in economy, education, health, politics and social life.
Key words:
Uzbekistan, Reforms, President Sh.M. Mirziyoyev, Economy, Education,
Health Care, Social Development
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
129
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Kirish
Yangi O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga
oshirilayotgan islohotlar mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim
ahamiyatga ega. 2016-yilda Prezident lavozimiga kirishganidan so‘ng, Sh.M.
Mirziyoyev mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida tub islohotlar o'tkazishga
kirishdi. Ushbu maqolada islohotlarning asosiy yo‘nalishlari va ularning natijalari
tahlil qilinadi.
1. Iqtisodiy islohotlar
- Mamlakatda bozor iqtisodiyotiga o‘tish, korxonalarning xususiylashtirilishi, hali-
yetiq lavozimlar va iqtisodiy o‘sishga qaratilgan rejalarning amalga oshirilishi.
2. Ta'lim sohasidagi islohotlar
- Ta'lim sifatini oshirish, xalqaro standartlarga mos keladigan yangi ta'lim dasturlarini
joriy etish va maktab ta'limini takomillashtirish.
3. Sog‘liqni saqlash
- Sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish, yangi shifoxonalar va sog‘liqni
saqlash muassasalarini qurish, muolajalar sifatini oshirish.
4. Siyosiy islohotlar
- Aholi va biznes vakillarining fikrlarini inobatga olish, ma'muriy islohotlar va
korrupsiyaga qarshi kurashish.
5. Ijtimoiy rivojlanish
- Yoshlarga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish, ish o‘rinlarini yaratish va aholi
turmush darajasini oshirish.
Yangi O‘zbekistondagi islohotlar mamlakat iqtisodiyoti va jamiyatida ijobiy
o‘zgarishlarni
keltirib
chiqardi.
O‘zbekiston
o‘zining
ijtimoiy-iqtisodiy
ko‘rsatkichlarini keskin ravishda yaxshiladi, xalqaro maydonda o‘z o‘rnini
mustahkamladi va yangi taraqqiyot yo‘llarini kutmoqda.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimida o‘z
faoliyatiga kirishgan davrdanoq mamlakatimizda jamiyat va davlat hayotining barcha
sohalarini demokratlashtirish hamda liberallashtirish, Yangi O‘zbekistonni qurish
bo‘yicha ulkan ishlar boshlab yuborildi.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
130
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Tarixan qisqa vaqt ichida davlatimiz rahbarining bevosita rahbarligida tub va jadal
demokratik islohotlarning mutlaqo yangi bosqichi boshlanishini belgilab
beruvchi
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
– jamiyat va davlatni barqaror rivojlantirishning
uzoq muddatli strategiyasi ishlab chiqildi.
Birinchidan,
Harakatlar strategiyasi – Yangi O‘zbekistonni qurish uchun tamal
toshi bo‘lib xizmat qildi. bugungi jadal sur’atlarda rivojlanayotgan dunyoda faqat
zamon bilan hamnafas odimlayotgan, jamiyat va davlatni modernizatsiya qilish uchun
zarur islohotlarni amalga oshirayotgan davlatlargina raqobatbardosh bo‘la olishini
anglashdan kelib chiqib, Yangi O‘zbekiston uchun yangi siyosat va mamlakat
taraqqiyoti uchun uzoq muddatli strategiya ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.
Ikkinchidan,
Yangi O‘zbekiston davlati — xalqniki. Mamlakatda amalga
oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni,
qadr-qimmati, qonuniy ehtiyojlari va manfaatlarini himoya qilishdir. O‘zbekiston
Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari faoliyati insonning shaxsiy,
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga katta
hissa qo‘shmoqda.
Yurtboshimiz tashabbusi bilan
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasining Milliy strategiyasi
qabul qilinib, amalga oshirila boshlandi.
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda inson huquqlari bo‘yicha
xalqaro standartlarni milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotida amalga
oshirish xalq uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratishga yo‘naltirilgan
demokratik islohotlarning asosiy mezoniga aylandi. bugungi kunda inson huquqlari va
erkinliklari sohasida O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan 80 dan ortiq xalqaro
hujjatdagi holatlar milliy qonunchilikda o‘z ifodasini topgan.
Eng muhimi, keng ko‘lamli islohotlar xalq hayotini, dunyoqarashini, turmush
tarzini o‘zgartirmoqda. Jamiyatda
“Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz”
degan
yuksak maqsad shakllantirilgan va
“Jamiyat — islohotlar tashabbuskori”
yangi
tamoyili kundalik faoliyat asosiga aylangan.
Uchinchidan,
Yangi O‘zbekiston kuchli parlamentarizm instituti amalda
bo‘lgan va
“Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi
kerak”
tamoyili amalga oshiriladigan davlatdir.
O‘tgan davrda davlat boshqaruvi xodimlari soni 15 foiz qisqartirildi. Markaziy idora
va vazirliklarning 26 ta funksiyasi quyi bo‘g‘inlarga o‘tkazildi.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
131
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
“Qonunning yagona manbai va yaratuvchisi – xalqdir”,
degan ezgu g‘oyani
amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qonunlar insonlar va jamiyat hayotini
yaxshilash, qonun ijodkorligi sifatini tubdan oshirish, qonunchilikni tizimlashtirish va
kodlashtirish, qonunosti hujjatlar sonini keskin kamaytirish va “aqlli tartibga solish”
modeli elementlarini joriy etish uchun qabul qilinadi.
Inson huquqlarini himoya qilishda muhim o‘rin tutadigan sud tizimida tub islohotlar
amalga oshirilmoqda. Jumladan, nazorat instansiyasi bekor qilinib, fuqarolar va
advokatlarning shikoyatlari ham, xuddi prokuror protesti kabi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ko‘riladigan tartib o‘rnatildi.
Ilk bor mansabdorlarni noqonuniy harakatdan tiyib turadigan hamda fuqarolar va
tadbirkorlar huquqini tiklashga qaratilgan ma’muriy sudlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Iqtisodiy va fuqarolik sudlarida prokurorning ishtiroki cheklandi, jinoyat ishlarini
asossiz ravishda suddan chaqirib olish bilan bog‘liq amaliyotga barham berildi.
To‘rtinchidan,
Yangi O‘zbekiston — insonning rivojlanishi va iste’dodi
qadrlanadigan mamlakat. bugungi kunda илмфан, ta’lim, innovatsiya, texnologiya va
kadrlar zamonaviy demokratik jamiyat taraqqiyotining hal qiluvchi omili ekaniga hech
kim shubha qilmaydi. Mamlakat taraqqiyotini zamon talablariga mos ravishda илм-
фансиз tasavvur etish qiyin.
Ayni muhim maqsadlarga erishish yo‘lida inson kapitalini rivojlantirishga
yo‘naltirilgan,
O‘zbekistonning
2030
yilga
kelib
“Global
innovatsion
indeks”
reytingi bo‘yicha jahonning 50 ilg‘or mamlakati qatoriga kirish strategik
rejasi qabul qilindi.
Beshinchidan,
Yangi O‘zbekiston — davlat faoliyati, avvalo, xalq tinchligi va
farovonligini ta’minlashga, jamiyatda adolat g‘oyalari va tamoyillarining tantana
qilishiga qaratilgan mamlakat.
Pandemiya milliy sog‘liqni saqlash tizimi uchun ham jiddiy sinov va katta tajriba
maktabiga aylandi. Mamlakatda bu xavfli kasallikka qarshi kurashish uchun misli
ko‘rilmagan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, ko‘plab yangi shifoxonalar va karantin
zonalari foydalanishga topshirildi. Ko‘plab qo‘shimcha tibbiy асбобусkunалар va tez
yordam mashinalari xarid qilindi.
Har bir inson davlat rahbarining “
Hech kim hech qachon unutmasligi kerak:
qanchalik qiyin bo‘lmasin, qancha mablag‘ va imkoniyat talab etilmasin,
O‘zbekistonning bironta fuqarosi o‘z holiga tashlab qo‘yilmaydi”,
degan qat’iy
irodasi va prinsipiga guvoh bo‘lmoqda.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
132
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Konstitutsiyaviy adolat tamoyilini amalda ta’minlash borasida ham ulkan ishlar
amalga oshirilmoqda. Xususan, “Obod qishloq” dasturi amalga oshirilishi tufayli
qishloq aholisining yashash sharoitlari yaxshilanmoqda. Kambag‘allikni qisqartirish
maqsadida ijtimoiy qo‘llabқувvaтлашнинг yangi samarali mexanizmlari joriy
etilyapti.
Mamlakatimizda ijtimoiy muammolarni bartaraf etish maqsadida joriy etilgan “temir
daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”, “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash
tizimlari dastlabki ijobiy natijasini berayotganini ta’kidlash lozim. Ayniqsa,
faxriylarimiz, xotin-qizlar, yoshlar, aholining yordamga muhtoj qatlamlarining huquq
va manfaatini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Oltinchidan,
Yangi O‘zbekiston — o‘z xalqaro majburiyatlariga sodiq davlat,
ishonchli tashqi iqtisodiy sherikdir. O‘zgarib borayotgan O‘zbekiston biznes va
sarmoyadorlar uchun iqtisodiy ochiqligi va jozibadorligi bilan tavsiflanadi, ustuvor
vektori Markaziy Osiyo bo‘lgan davlatning samarali tashqi siyosati uning qo‘shnilar
bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishiga, Afg‘oniston bilan o‘zaro aloqalarni kuchaytirishga,
mintaqa va jahon davlatlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlashiga
yordam beradi.
Amerika tashqi siyosati kengashi huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti
asoschisi hamda raisi, professor
Frederik Starr
qayd etganidek,
“O‘zbekiston
suveren davlat sifatida ancha yosh mamlakat. Ammo uning davlatchilik tarixi
to‘rt ming yillikka borib taqaladi. Nazarimda, bugun biz O‘zbekistonda ikkita
muhim jihatga guvoh bo‘lyapmiz. Avvalambor, yurtingiz suveren davlat, yirik
iqtisodiyot sifatida yangi qadamlarni tashlamoqda. Jadal sur’atdagi islohotlar
muhim natijalarga olib kelishi muqarrar”.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi –
xalqparvar davlat poydevori
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi Harakatlar strategiyasining mantiqiy
davomidir. Taraqqiyot o‘zgarishlarining yangi tarixiy bosqichda davom ettirilishi
ko‘zda tutilgan holda, Taraqqiyot strategiyasiga 2 ta yangi ustuvor yo‘nalish qo‘shildi.
Bulardan biri – ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisi –
O‘zbekistonning dunyoda yuz berayotgan global muammolarga munosabati negizida
belgilangan yangi ustuvor yo‘nalishdir.
Taraqqiyot strategiyasida asosiy e’tibor, bir tomondan, fuqarolik jamiyatini
rivojlantirishga doir qonunlar, kodekslar, konsepsiya va dasturlar qabul qilinishiga
qaratilgan. Ikkinchi tomondan, unda qonun ustuvorligini taminlash, konstitutsiyaviy
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
133
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
islohotni hayotga izchil tatbiq etish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, kuchli ijtimoiy
siyosatni amalga oshirish, ma’naviyatni rivojlantirish, shuningdek, global
muammolarga O‘zbekistonning munosabati, xavfsizlik va tashqi siyosat borasidagi
muhim vazifalar qamrab olingan.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida mamlakatimizni keyingi besh yilda
rivojlantirishning 7 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha aks etgan joriy demokratik islohotlar
ko‘lami va miqyosi asl voqelikka yanada aniqlik kiritadi, deb o‘ylaymiz. Bunda,
muhimi, nechog‘lik xalqparvar va insonparvar, xalqchil va erkin, ijtimoiy va ma’naviy,
huquqiy va adolatli, xavfsiz va barqaror, baxtli va, farovon, milliy va umumbashariy
davlat barpo etishdek qat’iy niyatimiz o‘zining bor bo‘y-basti bilan namoyon bo‘lishi
tayin.
Ushbu muhim hujjatda quyidagi ulug‘ maqsadlar aniq belgilangan:
– inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish
orqali xalqparvar davlat barpo etish;
– mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng
asosiy va zarur shartiga aylantirish;
– milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;
– adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
– ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;
– milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga
yondashish;
– mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq
pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish
.
Umuman, dastlab Harakatlar strategiyasida, so‘ng Taraqqiyot strategiyasida
O‘zbekiston bajarishni o‘z zimmasiga olgan BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlarini
mamlakatimiz hayotiga tatbiq etishning aniq taktika va strategiyalari belgilab berildi.
Boshqacha aytganda, O‘zbekiston tashqi xalqaro munosabatning teng huquqli a’zosi
sifatida BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlari bilan hamohang holda rivojlanish yo‘liga
tushib olib, bu borada o‘ziga xos o‘rni va ahamiyatini, yanada muhimi, ibratli
tajribasini butun dunyoga ko‘rsata oldi. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi
ushbu muhim taraqqiyparvar jarayon uzluksiz davom etayotganidan dalolat.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
134
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Yangi O‘zbekistonda mutlaqo yangi milliy huquqiy tizim shakllanmoqda. Bu
davrda
“inson, uning huquqlari, erkinliklari, ayniqsa, qadri – eng muhim
qadriyat” degan tamoyil
e’tirof etilmoqda.
Shu munosabat bilan milliy qonunchilik va huquqiy amaliyotda
“shaxs – jamiyat –
davlat” tamoyilini
mustahkamlash kerak. Zero, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot
strategiyasida yillar davomida amal qilib kelgan “
davlat – jamiyat – inson
”
tamoyili
“inson – jamiyat – davlat
” tamoyiliga o‘zgartirilmoqda.
Xalq bilan bevosita muloqot qilish, yurtdoshlarimizning dardu tashvishlari,
muammolarini ijobiy hal etish bo‘yicha mutlaqo yangi demokratik tizim – Xalq
qabulxonalari o‘tgan besh yilda o‘zini oqladi. Bundan tashqari barcha davlat organlari
faoliyatida “
xalq dardiga kuloq solish
”, muammolarni joyida hal etish va xalqni rozi
qilish bo‘yicha samarali ishlar qilinmoqda.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida xalq bilan ochiq muloqot
mexanizmini yanada takomillashtirish, muhim qarorlarni jamoatchilik fikrini inobatga
olgan holda qabul qilish amaliyotini kengaytirish, davlat organlariga kelib tushgan
murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonini raqamlashtirish, murojaatlarni tezkor va sifatli
ko‘rib chiqilishini ta’minlash ko‘zda tutilgan. Eng asosiysi, “
Davlat xalqqa xizmat
ko‘rsatishi shart”
g‘oyasini tatbiq etishni nazarda tutuvchi
“Xalqchil davlat”
milliy
dasturi ishlab chiqilmoqda.
O‘zbekiston inson huquqlari sohasida 80 dan ortiq xalqaro hujjatga, shu
jumladan BMTning 7 ta asosiy shartnomasi va 4 ta Fakultativ protokoliga qo‘shilgan.
Ushbu xalqaro-huquqiy hujjatlarning bajarilishi yuzasidan milliy ma’ruzalar BMTning
Inson huquqlari bo‘yicha kengashi hamda shartnomaviy qo‘mitalariga doimiy ravishda
taqdim etib borilmoqda.
Joriy yil fevral oyida ana shunday ikkita davriy ma’ruza eshitildi. Bulardan biri
–
BMTning Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish
to‘g‘risidagi konvensiyasi
ijrosi bo‘yicha O‘zbekisonning Oltinchi davriy ma’ruzasi
bo‘lsa, keyingisi –
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro
paktni
bajarish bo‘yicha Uchinchi milliy hisobotdir.
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 2021 yil 7 iyunda ratifikatsiya
qilingan
BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi
qoidalarini
mamlakatimizda amalga oshirish maqdsadida Milliy harakatlar rejasi loyihasi ishlab
chiqildi. Ayni vaqtda
Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya va uning qo‘shimcha
protokollarni
amalga oshirish yuzasidan O‘zbekistonning Beshinchi milliy ma’ruzasi
muhokamasiga hozirlik ko‘rilmoqda.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
135
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Mamlakatimizda fuqarolar huquq va erkinliklari kafolatlarini yanada
kuchaytirish, jumladan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-
qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash holatlariga mutlaqo yo‘l
qo‘ymaslik maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Taraqqiyot strategiyasi doirasida Prezidentimiz 2022 yil 29 martda “O‘zbekiston
Respublikasining Fuqarolik kodeksiga qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan
zararni qoplash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Qonunning maqsadi qiynoqqa solishdan jabrlangan
shaxslarga
yetkazilgan
zararni
kompensatsiya
qilish
tartibini
huquqiy
mustahkamlashdan iborat.
Mamlakatimizda jazoni ijro etish xizmatini isloh qilish sohasida uzoqni
ko‘zlagan, maqsadli va keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan,
mahkumlarning huquq va qonuniy manfaatlari doirasini yanada kengaytirish, turmush
sharoitini yaxshilashga qaratilgan 30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi.
O‘zbekiston BMTning Qiynoqlarga qarshi konvensiyasini 1995 yilda
ratifikatsiya qilib, qiynoqlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun zarur tashkiliy-huquqiy shart-
sharoitlarni yaratishga doir xalqaro majburiyatlarini bajarish yo‘lida tizimli, izchil va
bosqichma-bosqich
chora-tadbirlarni
amalga
oshirib
kelmoqda.
Milliy
qonunchiligimiz BMT Bosh Assambleyasining 2015 yil 17 dekabrdagi rezolyutsiyasi
bilan qabul qilingan “Mahbuslar bilan muomala qilishning minimal standart
qoidalari”ga (Nelson Mandela qoidalari
)
izchil uyg‘unlashtirilmoqda.
Bundan uch yil oldin mamlakatimizga tashrif buyurgan BMT Inson huquqlari
bo‘yicha kengashining Sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo‘yicha
maxsus ma’ruzachisi
Diyego Garsiya-Sayan
Prezident Shavkat Mirziyoyevning
islohotchilik faoliyati samaradorligini e’tirof etib, xususan:
“O‘zbekistonning yangi
Prezidenti mamlakat boshquruviga kelgan davrdan e’tiboran yurtingiz
hayotining barcha sohalarida demokratik o‘zgarishlar shiddatli sur’atlarda
amalga oshirilayotganini kuzatib kelmoqdamiz. Shu jumladan, ochiqlik va
transparentlikni ta’minlash, sudyalar va advokatlarning mustaqilligiga erishish
yo‘lida salmoqli odimlar qo‘yilganiga guvoh bo‘lib turibmiz”,
deb ta’kidlagani
bejiz emas.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
136
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Foydalanuvchi adabyotlar;
1. Mirziyoyev, Sh.M. (2017). "O‘zbekiston yangi qiyofasi."
2. O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi rasmiy veb-sayti.
3. Xalqaro moliya instituti (IMF) tahlillari.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy sayti.
5.
http://pravacheloveka.uz/oz/news/m8215
