ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
174
SPORTCHILARNI BOʻLAJAK MUSOBAQAGA PSIXOLOGIK
TAYYORLASH
Zokirov Davron Ibrohim oʻg‘li
OʻzDJTSU SP 51-22 guruh talabasi
zokirovdavron26@gmail.com
Qaxxorova Shoxsanam Abduzairovna
Ilmiy rahbar:
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
O‘zbekiston, Chirchiq shahri
https://doi.org/10.5281/zenodo.15687547
Musobaqaga psixik tayyorlik holati ham barcha psixik holatlar kabi
murakkab ichki koʻrinishga ega boʻlib, unda sportchining boʻlajak musobaqani
kutish vaqtidagi turli his tuyg'ulari qorishib ketgan, ularda sportchining oʻz
sheriklari hamda raqiblari bilan oʻzaro munosabati, oʻzining bellashuvga
kirishishi, bellashuvlarning borishi hamda natijasi (bosqich natijalari, yakuniy
natija) toʻg'risidagi oʻy fikrlari mavjuddir. Ushbu tuyg'ularning namoyon boʻlishi
sportchining xulq-atvori va xatti-harakatidagi oʻziga hos jihatlarini belgilab
beradi. E'tiborli tomoni shundaki, ayni shu jihatlarga koʻra biz sportchining
psixik holati va uning oʻzgarishlari haqida fikr yuritishimiz mumkin boʻladi.
Kalit soʻzlar:
sport, iroda, psixik tayyorgarlik, musobaqa, intilish, emotsiya.
Ключевые слова:
спорт, воля, подготовка, соревнование, стремление,
эмоция.
Tadqiqot maqsadi.
Sportchini musobaqaga psixologik tayyorlashning
asosiy maqsadi sportchida psixik jihatdan tayyorlik holatini yaratishdan iborat.
Musobaqaga psixik tayyorlik holati ham har qanday psixik holat kabi u yoki
bu tarzdagi davomiylikka ega.
Shuni ham ta'kidlash joizki, musobaqaga psixik tayyorlik holati
"mashqlangan", ya'ni sporchining musobaqaga mutloq tayyorlik holatini
belgilovchi tushuncha tarkibiga kiradi. Psixik tayyorlik, bu mazkur
tushunchaning eng muhim belgisi boʻlib, usiz sportchining "mashqlangan holati"
haqida mutlaqo gapirishga oʻrin yoʻq. Zero sportchi psixik tayyorligining
oʻzgarishi bevosita uning "mashqlangan holatini" oʻzgarishiga sabab boʻladi.
Musobaqaga psixik jihatdan tayyorlik holati Oʻz-oʻzidan paydo boʻimaydi. U
har bir musobaqaga alohida yoʻnaltirilgan psixik tayyorgarlik jarayonida
shakllanadi.
Sport turlarining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, sportchilarni
musobaqaga psixologik tayyorlashni quyidagi bosqichlarga boʻlish mumkin:
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
175
1) sportchilarga raqibi va boʻlajak musobaqalarning shart-sharoitlari
haqida yetarlicha ma'lumotlar berib borish;
2) sport mashg'ulotlari va musobaqalar haqida olingan ma'lumotlarni
tekshirib koʻrish, ishonchlilik darajasini aniqlash, musobaqaning boshlanish
vaqti yoki kutilmagan oʻzgarishlarning alohida sportchilar yoki jamoaga g'alaba
keltirish imkoniyatlarini oʻrganish;
3) sportchilarga musobaqada qatnashishdan koʻzlangan maqsad va
vazifalarni aniq belgilab olishlari haqida koʻrsatmalar berish;
4) sportchining musobaqaga ishtirok etish sababi, mohiyati va aniq
maqsadini aniqlash, g'alabaga erishishning ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish;
5) sportchining boʻlajak musobaqa jarayonidagi faoliyatini rejalashtirish,
aqliy sifatlarini oʻstirishga e'tibor berish, musobaqaga taktik va texnik jihatdan
psixologik tayyorgarligini takomillashtirish;
6) sportchini musobaqaga psixologik tayyorlash maqsadida kutilmagan
maxsus toʻsiqlar vujudga keltirish, ularda bu toʻsiqlar va qiyinchiliklarni yenga
oladigan malaka va koʻnikmalar hosil qilish uchun qoʻshimcha mashg'ulotlar
uyushtirish.
7) sportchiga musobaqa jarayonida paydo boʻladigan ichki psixologik
holatni boshqarish uslublaridan foydalanishni oʻrgatish;
8) sportchini musobaqa boshlanishida ruhiy koʻtarinkilikka, asab tizimi
faoliyatini boshqarishga, ruhan charchamaslikka odatlantirish hamda musobaqa
jarayonida yanada faol harakat qilishga erishishga undash.
Soʻnggi yillarda respublikamiz sportchilari erishayotgan natijalar yuqorilab
bormoqda. Shundan koʻrinib turibdiki, inson imkoniyatlari cheksiz. Sportchi
faqat koʻzlangan maqsadga erishish uchun oʻzining ruhiy, jismoniy
imkoniyatlarini safarbar qilish yoʻllarini bilishi lozim. Sportchilarda bunday
bilim, malaka va koʻnikmalarni shakllantirish, mutaxassislar, oʻqituvchilar va
murabbiylarning doimo diqqat markazida boʻlishi shart. Ular sportchilarni
jismoniy mashq va sport musobaqalariga psixologik tayyorlashning tavsiya
etilayotgan quyidagi uslublaridan foydalansa, shogirdlari yanada yuqoriroq
natijalarga erishishlari mumkin.
Sportchi diqqatini boshqarish. Sportchi kuchli hayajonda boʻlganligi bois,
musobaqa jarayonida sodir boʻlayotgan koʻpgina voqea va hodisalarning kelib
chiqish sabablarini diqqat bilan aqlan hal qilishda kutilmagan qiyinchiliklarga
uchraydi. Masalan, bokschi ketma-ket zarbani qoʻyib yuborishi sababli,
hujumdan koʻra koʻproq himoyaga oʻtadi va unda diqqat bilan turli xil jangovar
usullardan yaxshiroq foydalanish holatlari pasayib ketadi, jang olib borishda
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
176
raqibining zaif himoya usullarini aniqlash harakatlari susayadi; raqib
imkoniyatlari, harakatlari toʻg'risida vaqtida yetarli ma'lumot ololmaydi; aniq
vaziyatni hisobga olib fikran jang rejasini tuzishda, mustaqil bir qarorga kelishda
qiynaladi. Shuning uchun sportchilar bilan diqqatni murakkab vaziyatlarda ham
aniq zaruriy obyektga toʻplash va yoʻnaltirishga yordam beradigan har xil
mashqlar oʻtkazish orqali ularda oʻz diqqatini boshqarish malakalarini
rivojlantirish zarur.
- Hissiy obrazlar vositasida fikrlash. Sportchi bu uslub yordamida boʻlajak
musobaqada oʻz harakatini xayolan obrazlar vositasida tafakkurida mushohada
etib, fikran tasavvur etib mashq qiladi. Natijada sportchi xayolan mashq qilgan
harakatlarini musobaqa jarayonida (amalda) tez, shiddatli, yuqori darajada aniq
bajarish imkoniyatiga ega boʻladi.
- Tasirli soʻzlar orqali oʻzini ishontirish. Sport mashg'uloti va musobaqa
jarayonida murabbiy va boshqa kishilarning ta'sirli soʻzlari yordamida ham
sportchilarda dadil harakatlanish holati vujudga keladi. Sportchi sha'nini
ulug'laydigan, olqishlaydigan, faol harakatga undaydigan ta'sirli soʻzlar uning
ruhini koʻtaradi, tetiklashtiradi. Natijada sportchi oʻzini bardam tutib, raqibiga
boʻsh kelmay, qat'iy harakat qiladi, g'alaba qilishga intiladi. Chunki ta'sirli soʻz
inson asab tizimiga ijobiy ta'sir etib, organizmida psixofiziologik oʻzgarishlarni
vujudga keltiradi. Bu holat miyaning tormozlanish va qoʻzg'alish qonuniyatlariga
muvofiq miya katta yarim sharlar poʻstlog'idagi toʻqimalarda boʻladigan
muayyan oʻzgarishlar natijasida sodir boʻladi.
- Muskullarning faollik darajasini boshqarish. Sport faoliyati jarayonida
sportchining oʻz muskullari faolligini boshqarishi hozirgi zamon «autogen»
mashg'ulotining asosiy vazifasidir. Tana muskullarining harakatchanligini
oshirish sportchidan maxsus malaka va koʻnikmalarni talab etadi. Sportchi barch
mushak tana muskullarini boʻshashtirishda autotrening uslubidan foydalanadi.
- Nafas olish ritmi (maromi)ni boshqarish. Sport faoliyatida sportchilarga
toʻg'ri nafas olish mashqlarini bajarishni oʻrgatish yordamida ulardagi psixologik
tayyorgarlik darajasini oʻstirishga alohida e'tibor berilishi lozim. Sportchining
nafas olish ritmi (maromi)ni quyidagi 3 davrga boʻlib oʻrganish maqsadga
muvofiq: 1)nafas olish; 2)nafas chiqarish; 3) toʻxtab nafas olish.
Sportchi nafas olganida psixologik faolligi oʻsadi, nafas chiqarganida
muskullari boʻshashadi, ya'ni organizmi tinchlanadi. Sport mashg'uloti va
musobaqalarda tez-tez nafas olish, nafasni choʻzib chiqarish, nafas olish
jarayonida sportchining asab tizimida va butun organizmida ishchanlik va
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
177
psixologik faollik darajasi oʻsadi, sportchida psixologik faol harakat qilish
imkoniyatlari oshadi.
G.M.Gagayeva fudbolchilar bilan olib brogan tadqiqotiga asosan,
sportchilarda musobaqaga tayyorgarlik holati mavjud boʻlmaganda
sportchilarda quyidagi salbiy kechinmalarni kuzatgan:
1) ruhiy ezilganlikni his qilish, kuchli hovliqish, musobaqa oldidan asablarni
ortiqcha qoʻzg‘alishi, bunga bog‘liq holda: javobgarlik, musobaqadan oldin ruhiy
ezilish, raqibning kuchini ortiqcha baholash, yengilishdan qoʻrqish kabi
holatlarni ta’siri tufayli paydo boʻladi;
2) kuchli hayojonga kelish holati – boʻlajak oʻyin va uning natijasiga
diqqatni ortiqcha qaratish, yoki markazlashtirish. Kuchli hayojonlanish
sportchiga kelajak oʻyin va uning ahamiyati haqida ketma-ket eslatish tufayli
vujudga keladi.
3) oʻzini safarbar qilaolmaslik va hotirjamlik holati-sportchi g‘alabaga
ortiqcha ishonib ketishi tufayli vujudga keladi va natijada unung javobgarligi
pasayib ketadi.
4) sport kurashiga aktiv intilishning yoʻqligi, bunday holat musobaqaga
yomon tayyorlangan yoki musobaqada ishtirok etishga ta’sir koʻrsatuvchi
motivlarning yoʻqligi tufayli vujudga keladi, bunday holatlarga duch kelmaslik
uchun yuqorida keltirilgan koʻrsatmalarga amal qilishlik kifoya qiladi.
Xulosa
qilib
aytganda
sport
faoliyatida
sportchining
psixik
tayyorgarligining ahamiyati katta boʻlib, u yutuqlarning asosiy shartlaridan biri
boʻlib qolmoqda. Sportchining jismoniy holatidan qat’iy nazar agar u psixologik
tomondan zaif boʻlsa u holda sportchining mag‘lubiyatga uchrashi ehtimoli ortib
boraveradi, shuning uchun sportchilarni nafaqat jismonan balki psixologik
tomondan ham musobaqaga tayyorlash lozim.
Adabiyotlar va manbalar roʻyxati:
1. Arzikulov.D.N, Gapparov.Z.G, Vaxabov.D.B.‘‘Psixologiya va sport psixologiyasi’’
Toshkent-2018.
2. Gapparov.Z.G. ‘‘Sport psixologiyasi’’ Toshkent-2020.
3. G’oziyev E Psixologiya T.1994
4. Qodirov.R.G‘. ,,Yosh davrlari va pedagogik psixologiya ‘‘T.2005.
5. Kazakov.V.G. Psixologiya M. 1989