Авторы

  • Damegul Arapbayeva
    Xalqaro Nordik universiteti dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi; OʻzMU mustaqil izlanuvchisi (DSc).

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.115724

Ключевые слова:

ijtimoiy moslashuv psixologik moslashuv shaxs ijtimoiy muhit moslashuv bosqichlari psixik muvozanat o‘zini anglash ijtimoiy rollar individual psixologik xususiyatlar.

Аннотация

Ushbu maqolada shaxsning jamiyatga moslashuv jarayoni psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Xususan, ijtimoiy-psixologik moslashuv tushunchasi, uning bosqichlari, ichki va tashqi omillari, shuningdek, turli olimlar – I.G. Zaynyshev, A.N. Zhmyrikov, I.K. Kryajeva, K. Rodjers va V.M. Karimova kabi olimlar tomonidan ilgari surilgan ilmiy yondashuvlar yoritiladi. Maqolada shuningdek, moslashuvning individual psixologik xususiyatlar, shaxs salohiyati va ijtimoiy rollarni egallashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy moslashuv shaxsning ruhiy barqarorligi, o‘zini anglash darajasi va jamiyatdagi muvaffaqiyatli integratsiyasi bilan bevosita bog‘liqdir.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

72

SHAXSNING IJTIMOIY MUHITGA MOSLASHUV JARAYONI:

PSIXOLOGIK QARASHLAR TAHLILI

Arapbayeva Damegul Kurbanovna

Xalqaro Nordik universiteti

dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi;

OʻzMU mustaqil izlanuvchisi (DSc).

https://doi.org/10.5281/zenodo.15797361

Annotatsiya

Ushbu maqolada shaxsning jamiyatga moslashuv jarayoni psixologik nuqtai

nazardan tahlil qilinadi. Xususan, ijtimoiy-psixologik moslashuv tushunchasi,
uning bosqichlari, ichki va tashqi omillari, shuningdek, turli olimlar – I.G.
Zaynyshev, A.N. Zhmyrikov, I.K. Kryajeva, K. Rodjers va V.M. Karimova kabi
olimlar tomonidan ilgari surilgan ilmiy yondashuvlar yoritiladi. Maqolada
shuningdek, moslashuvning individual psixologik xususiyatlar, shaxs salohiyati
va ijtimoiy rollarni egallashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari
shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy moslashuv shaxsning ruhiy barqarorligi, o‘zini
anglash darajasi va jamiyatdagi muvaffaqiyatli integratsiyasi bilan bevosita
bog‘liqdir.

Tayanch soʻzlar:

ijtimoiy moslashuv, psixologik moslashuv, shaxs, ijtimoiy

muhit, moslashuv bosqichlari, psixik muvozanat, o‘zini anglash, ijtimoiy rollar,
individual psixologik xususiyatlar.

Аbstrаct

This article analyzes the process of an individual's adaptation to the social

environment from a psychological perspective. Specifically, it explores the
concept of socio-psychological adaptation, its stages, internal and external
factors, and presents scientific views proposed by scholars such as I.G.
Zaynyshev, A.N. Zhmyrikov, I.K. Kryajeva, K. Rogers, and V.M. Karimova. The
article also discusses the role of individual psychological traits, personal
potential, and the acquisition of social roles in the adaptation process. The
findings indicate that social adaptation is closely linked to a person’s
psychological stability, level of self-awareness, and successful integration into
society.

Keywords:

social adaptation, psychological adaptation, personality, social

environment, stages of adaptation, psychological balance, self-awareness, social
roles, individual psychological traits.

Har qanday jamiyatda shaxsning to‘laqonli rivojlanishi va unda o‘z o‘rnini

topishi, avvalo, uning atrof-muhitga, ya’ni ijtimoiy hayotga moslasha olishiga
bog‘liq. Bu jarayon – ijtimoiy moslashuv – psixologik fanning muhim va dolzarb


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

73

yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shaxsning yangi muhitga, guruhga yoki
jamiyatdagi o‘zgarishlarga moslashuvi nafaqat uning ichki ruhiy holatiga, balki
faoliyati, munosabatlari va ijtimoiy munosabatlardagi muvaffaqiyatiga ham ta’sir
ko‘rsatadi. Shu boisdan, ijtimoiy-psixologik moslashuv masalasini chuqur
o‘rganish nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham katta ahamiyatga ega.
Ushbu maqolada moslashuv tushunchasi, uning bosqichlari, psixologik
mexanizmlari va shaxs rivojidagi o‘rni ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi.

Ijtimoiy moslashuv masalasi psixologiya fanida alohida ahamiyatga ega,

chunki u shaxsning jamiyat bilan bog‘lanishini, atrof-muhitda o‘zini qanday
tutishi va guruhlarda qanday munosabat o‘rnatishini belgilaydi. Psixologik
nuqtai nazardan, moslashuv – bu insonning tashqi sharoitlar bilan ichki
ehtiyojlari, tafakkuri va hissiyotlari o‘rtasida muvozanatni ta’minlash
jarayonidir. Shaxs faoliyatining samaradorligi, emosional barqarorligi va ijtimoiy
munosabatlardagi muvaffaqiyati aynan shu jarayonga bog‘liq. Demak, ijtimoiy
moslashuv faqat tashqi ko‘nikmalarni emas, balki insonning ichki psixologik
holati va uning muhit bilan o‘zaro ta’sirini ham qamrab oladi.

I.G. Zaynishev tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy moslashuvning

bosqichma-bosqich rivojlanishi shaxsning atrof-muhitga moslashish jarayonini
chuqur psixologik jarayon sifatida ochib beradi.

Boshlang‘ich bosqichda individ tashqi xulq-atvor qoidalarini qabul qilgan

bo‘lsa-da, ular ortidagi qadriyatlar tizimiga hali psixologik jihatdan
yaqinlashmagan bo‘ladi. Bu bosqichda ko‘pincha formal moslashuv kuzatiladi.

Sabrlilik bosqichida individ va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatda teng

qadrlilik hissi shakllana boshlaydi, ya’ni shaxs nafaqat tashqi talablarni, balki
ularning zarurligini anglaydi.

Ko‘nikish bosqichida esa individ guruh qadriyatlarini to‘liq tushunib, ichki

qabul qilishga o‘tadi.

Nihoyat, to‘liq moslashuv bosqichida shaxs avvalgi qadriyatlarini qayta

ko‘rib chiqadi va yangi ijtimoiy muhitni shaxsiy e’tiqodi darajasida qabul qiladi
[2].

Psixologik nuqtai nazardan, ushbu bosqichlar shaxsning ichki qayta

shakllanishi, emosional yetishishi va ijtimoiy idrokining mustahkamlanishini
ifodalaydi. Moslashuv faqat tashqi muhitga javob berish emas, balki shaxsning
faol ravishda o‘zini qayta ifoda etishi, individual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi
bilan bog‘liq jarayondir. Shu boisdan, ijtimoiy moslashuv individual psixologik
o‘sishning ham muhim mezoni hisoblanadi.

A.N.Jmirikovning ta’kidlashicha, ijtimoiy-psixologik moslashuv – shaxsning


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

74

ijtimoiy muhitda to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan tajriba,
muloqot ko‘nikmalari va ijtimoiy rollarni o‘zlashtirish jarayonidir. Bu jarayonda
shaxs nafaqat tashqi muhitga moslashadi, balki u muhitda faol ishtirokchiga
aylanadi. Psixologik nuqtai nazardan qaralganda, moslashuv shaxsning yangi
vaziyatlarni idrok etishi, unga munosabat bildirishi va mos ravishda xulq-atvor
strategiyasini qayta shakllantirish qobiliyatiga bog‘liq. Ushbu jarayonda individ
o‘z oldiga maqsad qo‘yadi, unga erishish uchun turli yo‘llarni sinovdan o‘tkazadi
va kerakli qarorlar qabul qiladi. Demak, ijtimoiy-psixologik moslashuv –
shaxsning dinamik faolligi, ijtimoiy muhitni anglash qobiliyati va ruhiy yetuklik
darajasini namoyon etuvchi ko‘rsatkichdir [1].

I.K. Kryajeva ijtimoiy-psixologik moslashuvni shaxsning individual

xususiyatlari va ichki potensiali orqali jamoaga kirib borish va unda faol o‘rin
egallash jarayoni sifatida qaraydi. Uning ta’kidlashicha, moslashuv faqat tashqi
muhitga mos kelish emas, balki ijtimoiy cheklangan faoliyat sharoitida shaxsning
individualligini shakllantirish, uni namoyon etish va rivojlantirishni ham o‘z
ichiga oladi. Bu jarayonda individ o‘zining shaxsiy psixologik imkoniyatlari
orqali guruhda o‘rin topadi, guruh me’yorlariga uyg‘unlashadi va o‘zini
jamiyatda faol a’zo sifatida his etadi [4].

Psixologik nuqtai nazardan, moslashuv shaxsning ijtimoiy muhit bilan

o‘zaro ta’sirini aniq bir kontekstda tahlil qilishni talab qiladi. Ya’ni har bir
holatda moslashuvning xususiyatlari muhitning o‘ziga xosligi, jamoa tarkibi,
cheklovlar va imkoniyatlar bilan belgilanadi. Shu bois ijtimoiy-psixologik
moslashuv lokal (maxsus) tahlilga muhtoj bo‘lgan murakkab va individual
jarayondir. Bu yondashuv moslashuvning universal emas, balki har bir shaxs va
muhit o‘rtasidagi dinamik munosabat sifatida qaralishini taqozo etadi.

V.M.Karimova fikrida insonning psixik muvozanati va moslashuvchanligi

o‘zaro chambarchas bog‘liq holda tahlil qilingan. Uning ta’kidlashicha, shaxs
tashqi muhit o‘zgarishlariga qanchalik tez va samarali moslasha olsa, uning ichki
barqarorligi – ya’ni psixik muvozanati – shunchalik yuqori bo‘ladi. Moslashuv
faqat ijtimoiy emas, balki biologik va psixologik jarayonlar bilan bog‘liq holda
kechadi.

Psixik muvozanati sust shaxslarda turli salbiy holatlar – beqarorlik,

asabiylik, ziddiyatli munosabatlar yuzaga kelishi mumkin. Bunday shaxslar
ko‘pincha ijtimoiy muhitga qiynalib moslashadi. Aksincha, muvozanati yaxshi,
ichki barqarorlikka ega shaxslar hayotdagi o‘zgarishlarga sabr-toqat va ijobiy
munosabat bilan yondashib, har qanday muhitda o‘z o‘rnini topa oladi. Ular
uchun o‘zini erkin his qilish, yangi munosabatlar o‘rnatish va jamiyatda teng


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

75

huquqli a’zo sifatida qatnashish tabiiy holga aylanadi. Bu esa nafaqat shaxsiy
barqarorlikni, balki psixologik salomatlikni ham ta’minlaydi. Ushbu nuqtai
nazardan qaraganda, moslashuv faqat tashqi talablarga javob emas, balki
shaxsning ichki psixologik salohiyati va hayotiy muvaffaqiyatining asosiy
ko‘rsatkichi hisoblanadi [3].

K.Rodjers fikricha, shaxs moslashuvi markazida o‘zini anglash tushunchasi

yotadi. “Chala shakllangan imkoniyatlardan organizm kuchli kompyuter kabi
ichki ehtiyojlarini eng aniq qondiradiganini yoki tashqi dunyo bilan eng samarali
munosabat o‘rnatadiganini yoki yanada sodda va kishini qanoatlantiradigan
hayotni idrok qilish usulini tanlaydi” [106]. Bunday metaforik tasavvurda
imkoniyatlar pog‘onalashmagan aqlli organizm tomonidan o‘z subyektiv
mezonlari asosida saralab olingan potensial teng qimmatli takliflar orasidan
erkin tanlashga urg‘u beriladi [5].

Psixologik jihatdan, Rodjersning moslashuv haqidagi tasavvuri shaxsning

subyektiv dunyosiga – ya’ni u qanday his qiladi, qanday anglaydi va qanday
qaror qabul qiladi – urg‘u beradi. Yetuk shaxs, Rodjersga ko‘ra, hayotiy
muammolarni qochmasdan, ularga yuzlanib, har bir lahzani ijodiy yangilik
sifatida qabul qilishga tayyor bo‘ladi. Bu jarayonda shaxs o‘zining ichki
potensialini to‘liq ro‘yobga chiqaradi va hayotga faol hamda mazmunli
munosabat bildirish imkoniga ega bo‘ladi.

Shuning uchun, Rodjers ta’riflagan moslashuv – bu tashqi muhitga passiv

moslashish emas, balki insonning ongli ravishda tanlov qilish, o‘zini ifoda etish
va shaxs sifatida o‘sish jarayonidir.

Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy-psixologik moslashuv – bu shaxsning

atrofdagi ijtimoiy muhitga munosib tarzda ko‘nikishi, uning me’yor va
qadriyatlarini anglab, qabul qilishi hamda faol ishtirok etish jarayonidir. Bu
jarayon bir necha bosqichda kechadi: xulq-atvor qoidalarini bilishdan to to‘liq
moslashuvgacha. Moslashuv nafaqat tashqi muhitga nisbatan munosabatlarni,
balki shaxsning ichki psixik barqarorligini ham qamrab oladi. Ijtimoiy-psixologik
moslashuv shaxsning individual xususiyatlari, ijtimoiy rollarni o‘zlashtirishi va
faoliyatga jalb etilishi orqali amalga oshadi. Yetuk shaxslar o‘z ehtiyojlarini aniq
anglaydi, hayotiy muammolarga ijodiy yondashadi va yangi muhitga teng
huquqli ishtirokchi sifatida kirib bora oladi. Demak, ijtimoiy moslashuv shaxs
rivojida va jamiyatda o‘z o‘rnini topishida muhim omil hisoblanadi

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxat:

1.

Жмыриков

А.Н.

Диагностика

социально-психологической

адаптированности личности в условиях деятельности и общения. Автореф.
дисс. … канд. психол. наук. – М.: 1989. – 15 с.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

76

2.

Зайнышев И.Г. Технология социальной работы. – ВЛАДОС., 2002. – 58

с.
3.

Karimova V.M. Salomatlik psixologiyasi. – Toshkent: “Yangi asr avlodi”,

2005. – 26 b.
4.

Кряжева

И.К.

Социально-психологические

факторы

адаптированности рабочего на производстве // Прикладные проблемы
социальной психологии. – М: 1983. – С. 203-213.
5.

Роджерс К.Р. Взгляд на психотерапию. Становление человека. / Пер. с

англ. Исениной М.М. / Под ред. Исениной Е.И. – М.: “Прогресс”, 1994. – 480 с.

Библиографические ссылки

Жмыриков А.Н. Диагностика социально-психологической адаптированности личности в условиях деятельности и общения. Автореф. дисс. … канд. психол. наук. – М.: 1989. – 15 с.

Зайнышев И.Г. Технология социальной работы. – ВЛАДОС., 2002. – 58 с.

Karimova V.M. Salomatlik psixologiyasi. – Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2005. – 26 b.

Кряжева И.К. Социально-психологические факторы адаптированности рабочего на производстве // Прикладные проблемы социальной психологии. – М: 1983. – С. 203-213.

Роджерс К.Р. Взгляд на психотерапию. Становление человека. / Пер. с англ. Исениной М.М. / Под ред. Исениной Е.И. – М.: “Прогресс”, 1994. – 480 с.