ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
33
ANTIBIOTIKLARGA RESIZTENTLIK MUAMMOSI VA UNING INSON
SALOMATLIGIGA XAVFI
Doniyorova Zulayho
Alfraganus Universiteti Tibbiyot fakulteti
Farmasevtika yo’nalishi 2 -kurs talabsi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15796878
Zamonaviy tibbiyotda antibiotiklar bacterial infeksiyalarni davolashda
muhim o’rin tutadi . Ammo ularning noto’g’ri yoki haddan ortiq qo’llanishi
oqibatida antibiotiklarga chidamli (resiztent ) bakteriyalar paydo bo’lmoqda . Bu
holat global sog’liqni saqlash tizimi uchun dolzarb muammoga aylangan .
Antibiotiklar bakteriyalarni o’ldirish yoki ularning ko’payishini to’xtatish
uchun ishlatiladi . Lekin har safar antibiotik ishlatilganda , bakteriyalar uning
ta’siriga moslashishga harakat qiladi . Natijada , ba’zi bakteriyalar tirik qolib ,
ko’payishda davom etadi . Bu bakteriyalar antibiotiklarga nisbatan chidamli
bo’lib qoladi .
Rezistentlikning asosiy sabablari bular :
-
Sifat nazorati sust bo’lgan dori vositalarining keng tarqalishi .
-
Hayvonlarda o’simtani rag’batlantiruvchi sifatida antibiotiklardan
foydalanishi
-
To’liq kursni tugatmasdan dorini to’xtatish .
-
Shifokor ko’rsatmasisiz antibiotik qabul qilish .
Rezistentlikka qarshi kurashda quyidagi choralar qo’llaniladi :
1.
Tibbiyot xodimlari va aholi orasida tushuntirish ishlarini olib
boorish .
2.
Dorixonalarda retseptli savdoni kuchaytirish .
3.
Dorilarni to’liq kurs bo’yicha ichish va berilgan vaqtlarda iste’mol
qilish lozim .
4.
Antibiotiklarni faqat shifokor tavsiyasiga ko’ra qabul qilish .
Antibiotik lar bilan birga maxsus birikmalar ( masalan betalaktamaza
inhibitorlar – klavulanat , sulbactam ) qo’llaniladi . Bu birikmalar bakteriya
ishlab chiqarayotgan himoya fermentlarini bloklaydi va antibiotiklni
faollashtiradi .
Rezistentlikning bilogik mexanizmlari .
Antibiotiklarga rezistentlik - bu bakteriyalarning ma’lum antibiotiklar
ta’sirida o’sishni davom ettira olish xususiyatidir . Bu holat fenotipik (
muqarrar o’tuvchi ) va genotipik ( meros orqali o’tuvchi ) shakllarda
namoyon bo’ladi . Bular esa quyidagi asosiy mexanizmlar orqali vujudga
keladi :
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
34
1.
Porin kanallarining yo’qolishi yoki kamayishi : Ayniqsa gram –
manfiy bakteriyalarda tashqi membranada joylashgan porinlar antibiotiklarni
hujayra ichiga o’tkazadi . Ularning kamayishi dori o’tishini cheklaydi .
2.
Effyuks nasoslari : Bakteriyalar abtibiotikni hujayradan chiqarib
yuboruvchi oqsillar ishlab chiqaradi . Bu nasoslar tufayli antibiotic hujayra
ichida yuqori konsentratsiyaga yeta olmaydi .
3.
Maqsadli strukturaning o’zgarishi : Antibiotik hujayra ichidagi
maqsadli joyga ( masalan , ribosoma , DNK , giraza ) bog’lanishi kerak . Agar bu
joyning tuzilishi o’zgarmasa ( mutatsiya bo’lsa ) dori ta’siri yo’qoladi . Masalan ,
MRSA ( metitsilin – rezistent Staphylococcus aureus ) bakteriyasi PBP – 2a
oqsilini ishlab chiqaradi – bu penitsilinlar bog’lana olmaydigan oqsildir .
4.
Fermentativ inaktivatsiya : Ba’zi bakteriyalar betalaktamaza kabi
fermentlar ishlab chiqaradi . Bu fermentlar betalaktam antibiotiklar ( masalan ,
penitsilinlar, tsefalosporinlar ) ni parchalaydi .
Jahon sog’liqni saqlash tashkilotning ma’lumotlariga ko’ra , antibiotiklarga
rezistentlik sabab har yili millionlab insonlar davolanishda qiyinchilikka duch
kelmoqda. Ayrim hollarda hatto eng kuchli antibiotiklar ham foyda bermay
qolmoqda .
Etik va ijtimoiy muammolar :
1.
Ba’zi davlatlarda antibiotiklar retseptsiz sotiladi , bu esa noto’g’ri
foydalanishni kuchaytiradi .
2.
Kasalxonada infeksiya nazorati va sterilizatsiya qoidalarining
buzilishi – nosoz muhitda rezistent nakteriyalarning ko’payishiga olib
kelmoqda .
Acinetobacter baumannii, Pseudomonas aeruginosa , Klebsiella
pneumoniae kabi patogenlar – kasalxonalarda eng ko’p muammo tug’diruvchi
bakteriyalardir .
3.
Tibiiy axborot yetishmasligi , ayniqsa rivojlanayotgan davlatlarda ,
dori vositalarining o’zboshimchalik bilan ishlatilishiga olib kelmoqda .
Antibiotiklarga rezistentlik – zamonaviy tibbiyotning jiddiy tahlidlaridan
biridir . Agar bu holatga befarq qaralsa , yaqin kelajakda oddiy infeksiyalar ham
hayot uchun ham xavfli bo’lib qolmoqda . Shuning uchun har bir fuqaro va
sog’liqni saqlash tizimi xodimi bu muammoga jiddiy yondashishi , mas’uliyat
bilan harakat qilishi zarur .
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi . “Antibiotiklardan
oqilona foydalanish bo’yicha uslubiy qo’llanma “ , Toshkent 2023 .
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
35
2.
To’xtayev I. “ Farmasevtika dori vositalarining nazorati “ Toshkent :
Innovatsion tibbiyot nashriyoti , 2020 .
3.
Saidova N.K. “ Rezistent bakteriyalar “ global muammo // Tibbiyot va
hayot , ilmiy – amaliy jurnal , 2021 .
4.
Oripova D. Yu . Ergasheva D.T “ Farmakologiya “ Toshkent . O’zbekiston
Respublikasi Sog’liqni saqlash Vazirligi nashriyoti , 2019
5.
Karimova A.A , Abdullayeva S.A “ Tibbiy mikrobiologiya asoslari
“ O’zbekiston “ Tibbiyot “ nashriyoti , 2020 .