Authors

  • Xosiyat Sanoyeva
    Bukhara State University

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126885

Keywords:

sizot oqova suvlar. Qumsulton ko’li gudrobiologiya gidroximiyasi

Abstract

Ushbu maqolada Qumsulton ko’lining gidrobiologiyasi va  gidroximiyasi qanday ekanligi va tarkib qanday moddalardan tuzilganligi to’g’risiga ma’lumotlar ifodalangan.


background image

Page 28

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025

www.in-academy.uz

QUMSULTON KO‘LINING GIDROGIOLOGIYASI VA

GIDROXIMIYASI

Sanoyeva Xosiyat Ortiq qizi

Bukhara State University

https://doi.org/10.5281/zenodo.15708951

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 14-Iyun 2025 yil

Nashr qilindi: 21-Iyun 2025 yil

Ushbu maqolada Qumsulton ko’lining gidrobiologiyasi va
gidroximiyasi qanday ekanligi va tarkib qanday
moddalardan tuzilganligi to’g’risiga ma’lumotlar
ifodalangan.

KEYWORDS

sizot oqova suvlar. Qumsulton
ko’li,

gudrobiologiya,

gidroximiyasi

Respublikamizning ko’llar maydoni umumiy suv havzalariga nisbatan kichik

hududni tashkil qiladi va ular notekis holatda tarqalgan.Qumsulton ko’li kichik va
mahalliy hisoblangan ko’llardan biridir. Navoiy ,Qashqadaryo va

Buxoro viloyatlarining

sug‘oriladigan maydonlaridan har yili 2,1-2,5mlrd/m3 chiqarib tashlanadigan zovur
suvlarining to‘planishidan vujudga kelgan ko‘llar (Qoraqir, Oyoqog‘itma, Devxona,, Dengizko‘l,
Xadicha, Zikri, Qumsulton va boshqalar) esa o‘ta sho‘r tuzlar (17-30 g/l) va tarkibida har xil
kimyoviy sustantlardan tashkil topgan. Bu ko‘llarning suv sathi ekin dalalarini sug‘orish
davrida ko‘tarilib, yoz davomida sezilarli darajada pasayib qoladi.

Qumsulton ko‘lining gidrologiyasi

Qorovulbozor hududidagi qishloq-xo‘jaligi ekin

dalalaridan oqib keladigan Xadicha va Qizil tepa, Kogon tumanidalalaridan keluvchi Dengiz
ko’l tashlama zovurlarining suvlari janubiy irmoqlaridan tushadigan sizot oqova suvlar
hisobiga 1979-yillarda tashkil topgan. Qumsulton ko’li Buxoro viloyatining Buxoro,Jondor va
Olot tumanlari tutashgan chegara hududda joylashgan. Ko‟lning umumiy maydoni 7200
gektar bo‟lib, shundan suvli qismi 3800 gektar va botqoqliklar, qamishzorlar, va qishloq-
xo‟jaligida yaroqsiz va ishlatilmaydigan yer hududi 3400 gektarni tashkil qiladi[1].

Ko‘l asos qismidagi yaylovlar o‟ziga xos bo‟lgan litofil, pissamofil, fitofil biotoplardan

iborat. Ko‟lning janubiy va shimoliy qismlari 25-30 % yuksak suv o’simliklaridan qamish va
lux bilan qoplangan. Lux populyapsiyasi yassi asosan sof holdagi qamish,lux formatsiyasi bilan
birgalikda ma’lum qoplam qilib joylashgan. Ko’lning litoral qismida (0,3-0,6 metr) ingichka
bargli lux va qamish keng tarqalgan, qamishning balandligi 1,7-2,2 m bo’lib, biomassasi 4.2-
6.6 kg/m2 ni tashkil qiladi. Ko’lning sayoz qismlarining suv tarkibida gidrobiontlar uchun
oziqa zahiralar, biogen moddalar mezotrof suv havzalariga xos bo’lib, erta bahorda
fitoplankton, zooplankton, bentos organizmlar jadal rivojlanib yuqori biomassani hosil qiladi
[2].


background image

Page 29

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025

www.in-academy.uz

1-rasm. Qumsulton ko`li xaritasi.

Qumsulton ko‘lidan 2024-2025- yillar davomida mavsumiy ilmiy-amaliy gidrokimyoyiv

gidrobiologik, ixtiologik kuzatishlar va tahlillar amalga oshirildi. Ko‘l va zax suvlarida
mavsumida olib borilgan ilmiy tadqiqot davrida ko‘l suvinining harorati, pH ni kimyoviy
tarkibini aniqlash uchun namunalar olindi va o‘lchovlar, tahlillar o‘tkazildi.

Ko‘lning suv bilan taʼminlanishi, Qumsulton ko‘lining suv manbasi bo‘lib asosan dengiz

tashlamasining janubiy irmog‘i va Xadicha zovuri hisoblanadi.

Xadicha zovuridan diametri 1-1.2 metr keladigan truba orqali qishloq xo‘jaligi

maydonlarining ortiqcha suvlari kelib tushishi ta’minlanadi. Shuni inobatga olish kerakkki,
oqib tushadigan suvning dinamikasi va hajmi yil davomida doimiy ravishda nihoyatda
o‘zgarib turadi. Qumsulton ko‘li xududida neft-gaz resurslarini qazish ishlari olib boriladi va
12-20 km masofada Buxoro neftni qayta ishlash zavodi oqova suvlari Xadicha orqali o‘z
suvlarini Qumsulton ko‘llariga oqiziladi. Eng ko‘p suv asosan yanvar-may oylari davomiyligiga
to‘gri keladi, Uning miqdori 1 -5 m3 sek, avgust-oktyabr oylarida 0,4-0,6 m3/sekni tashkil
qiladi.

Qumsulton ko‘lining suv sathi yil davomida Amubuxoro kanali suv sathidan 2.5-3 metr

pastroqda bo‘lgan. Qumsulton ko‘lining xarakterli xususiyati shundaki, bu havzadan suv
chiqib ketmaydi.Chunki suv chiqib ketish imkoniyati mavjud emas. Suv faqat bug’lanadi,
ko‘lga shimiladi, jamlanadi xolos. Suv hajmi 1.2-15 mln/m3 gacha o‘zgarib turadi. Ko‘ldagi
suv faqat bug‘lanish va filtratsiya orqali atmosferaga bug‘lanadi xolos. Kanal orqali keladigan
uvildiriq, lichinkalar chavoq, segoletkalar kanal zovurlar orqali chiqib ketishga imkoniyatlari
yo‘q. Chunki, quvurlar orqali tushadigan suv baliqlarning qaytib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Material va metodlar

.Suv analizlari asosan Buxoro viloyat ekologiya boshqarmasi

analitik tahlil laboratoriyasida amalga oshirildi. (1-jadval)

Suvning muhiti (pH) kuchsiz ishqoriy (7,7-8,6), suvda erigan kislorod miqdori bahor

oylarida 6,8-11,0 mg/l (72-118%) yoz oylarida bu ko’rsatgich 8,3-12,8 mg/l (92-125%) ni
tashkil qildi. Ko‘l suvida erkin uglerod kislotasi yoz oylarida 6,61-12,04 mg/l miqdorda
yuksak suv o‘tlari bilan qoplangan qismida qayt qilindi.


background image

Page 30

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025

www.in-academy.uz

Janubiy-G‘arbiy Qizilqum suvliklariga (Devxona, Xadicha, Zikri) xos Qumsulton ko‘li ham

biogen moddalarga boy .Yilning bahor faslida kollektor suvlarida uning miqdori 3,5-4,2 mg/l
qayd etildi. Ko‘lda fosfor birikmalari ancha yuqori 1,4-1,7 mg/l bo`lib, zovurlarda bu
ko`rsatgich 2,3 mg/l yozda 2,8 mg/l miqdorda kuzatildi. Biogen moddalarning manbaisi
asosan qishloq xo`jalik yerlaridan hosil bo`ladigan suvlar hisobidan vujudga keladi.
O`simliklarga beriladigan mineral o`g`itlarning 30-35% o‘zlashtirib, qolgan qismi zovurlar
orqali Qumsulton ko`liga kelib tushadi. Ko`lning litoral qismlarida biogen moddalarning
ko`pligi yuksak o`simliklarning jadal rivojlanishi va yuqori biomassa hosil qilishini
ta`minlaydi.

Suv tiniqligi. Asosan sekki diskasi yordamida aniqlanadi. Ko‘lning maksimal

chuqurligi 56 metr bo‘lgan joylarda tiniqlik 1,8-2,5 m, sayoz va qirg‘oqlarda tiniqlik ancha
past 1,0-1,5 m. Eng yuqori tiniqlik qishda yanvar-fevral oylarida kuzatilada, to 2,8 m gacha
etadi. Eng past tiniqlik yoz va kuzda kuzatiladi. 1,0-1,3 m. Sabab suv hajmi kamayishi
bilan suv sayozlashadi. Natijada suvdagi muallaq moddalar bir xujayrali suv o‘tlar
ko‘payadi bu esa suv gullashiga olib keladi. Tiniqlik darajasi asta sekin pasayib boradi.
Umuman olganda, Qumsulton ko‘li suv tiniqligi Janubiy – G‘arbiy Qizilqum suvliklariga
o‘xshash.

Suv harorati:

Agarda eʼtibor bersangiz maksimal suv harorati soat 15 dan to 18 gacha

to‘gri keladi. Bu ko‘rsatkich 27-28,3° ga to‘g‘ri keladi, eng past harorat albatta qishda 0-
8°S.Qumsulton ko‘lining o‘rtacha yillik suv harorati 14,6 C ni tashkil qiladi.

Umuman mart oyidan boshlab insolyatsiya kuchayishi, suv haroratini oshirdi. Qishda

suv tubida chuqurligi 6,5 m bo‘lgan joyda suv harorati yuza qatlamiga nisbatan 2-3° farq
qiladi. Yozda ham suv harorati 5-6 metr chuqurlikda maʼlum darajada o‘zgarish kuzatiladi.
Havo va suv harorati ko‘l bioresurslarining rivojlanishi uchun qulay haroratdir, ayniqsa
yuksak va tuban suv o‘simliklari uchun.

Suvning gaz rejimi:

Suvdagi erigan kislorod miqdori quyidagi jarayonlarga bog‘lik.

- atmosfera havosidan to‘lqin suv oqimi orqali suvga o‘tadigan gazlar-invaziyasiga;
- o‘simliklar faoliyatidagi fotosintez jarayonida hosil bo‘ladigan kislorod miqdoriga
-suvda erigan kislorod miqdorini gidrobiontlar, o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilishiga
- suvdan qisman bo‘lsa ham gazlar kislorod atmosfera havosiga chiqib ketishi evaziya

xodisasi yuz berishiga bog‘liq. Gazlarning ma’lum miqdori oqib keladigan suv miqdori ham
suvning gaz rejimini boyitadi. Ko‘lning suvdagi gazlar rejimi uning suv harorati bilan va
ko‘lning biologik rejimi bilan ham chambarchas bog‘lik. Suvning gaz rejimi yana ko‘lning
morfometriyasi bilan ham bog‘liq. ya’ni ko‘l atrofini ochiqligi, o‘rab olgan baland-past
tepakiklar va boshqa holatlarga bog‘liq.

Atmosfera havosidan ko‘l yuzasiga aniq bir proportsiyada (O2 -33,8%, N-64,0%,

CO2 2%) miqdorda absorbtsiyalanadi. Atmosfera havosining gazlari suvga abserbtsiyalanishi
uchun atmosfera bosimi ham katta o‘rin egallaydi. Ayni bir harorat va bosim normal holat
hisoblanadi. Kislorod, karbonad angidridi va pH ning vertikal taqsimlanishiga e’tibor berilsa
kislorod 4-8 metrga kelib keskin kamayadi. Kun davomida erigan kislorod miqdori o‘zgarib
turadi. Suvning kislorodga tuyinish darajasi mart-aprel oyidan boshlab soat 12 dan to
18gacha maksimal darajaga ko‘tarilali o‘rtacha 8,2-8,8 mg/l ni tashkil qiladi. Yoki 85,7%
100% to‘yinish darajasida bo‘ladi. Oktyabr-noyabr oyidan boshlab suvda erigan kislorod
miqdori kamayadi. 3-5,8 mg/l yoki 42,8 % 64,3% to‘yinish darajasini tashkil qiladi.


background image

Page 31

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025

www.in-academy.uz

Avgust oyidan ertalab 9-6 da, erigan kislorod 2,0-2,5 mg/l . Ko‘lning literal qismida, chuqurligi
1,5-2,0 m bo‘lgan joyda suvda erigan kislorod taqsimoti bir xil. Qumsulton ko‘lining tubida
qish paytida va bahor faslining boshlaiishida kislorod etishmasligi kuzatiladi. Hattoki, 1,0-1,5
mg/l dan ham kamayib ketadi. Bu xususiyat evtroflashgan ko‘llarga xos bo‘lib aprel`-may-iyn
oylarida(bahor yoz fasllarida) dimiqish natijasida kislorod etishmasligidan nobud bo‘lish
holatlari kuzatiladi. Lekin, Qumsulton kolining kislorod rejimi ba’zi bir kam suvlik yillar
hisobiga oshmaganda, biologik resurslarning, gidrobiontlarning rivojlanishi uchun qulay
sharoit mavjud.

Suv muhiti aktiv reaktsiyasi (pH)va oksidlanish.

Suv muhiti reaktsiyasining kattaligi asoson suvdagi CO2ning konsetratsiyasi bilan

chambarchas bog‘liq. SHu munosobat bilan pH kattaligiga qarab suvdagi CO2 ning
konsentratsiyasini aniqlash mumkin.Qumsulton ko‘lining muhit konsentratsiyasi pH 7.8-8,5
gacha o‘zgarib turadi. Qishda uning ko‘rsatkichi ancha kutariladi va 8,2-8,5 ga yaqinlashadi.

Suv tubida pH - 7,5-7,6 ga teng, bu CO2 ning borligidan dalolat beradi. Bunday xususiyat

sayoz suv havzalariga xos jarayon hisoblanadi.

Janubi-G‘arbiy Qizilqum suvliklari Dengizko‘l, Tuzkon, Oyoqog‘itma, Qora-qir ko‘llari

biogen moddalarga boy.[3] Yilning bahor faslida uning miqdori kollektor suvida 1,8-2,0 mg/l.
Qumsulton ko‘lida 1,6-1,9 mg/lni tashkil qiladi. Fosfor miqdori ancha yuqori ekanligini
ko’zatamiz. Yoz faslida kollektor suvida 4,3 mg/l, Qumsulton ko‘li suvida esa 3,4-4,6 mg/lga
etadi. Qumsulton ko‘li suvi biogen moddasi ko‘pligi boshqa ko‘llar singari. Biogen
moddasining manbasi asosan qishloq xo‘jalik yerlaridan hosil bo‘lgan suvlar. CHunonchi,
o‘simliklar beriladigan o‘g‘itni 30-35% ga o‘zlashtiradilar. SHu berilgan qismi o‘g‘itlarning
qolgan qismi zovur va ko‘llarga kelib tushadi. Qumsulton ko‘li suv bo‘ylarida biogen
moddasini ko‘pligi yuksak suv o‘simliklarining gullab o‘sishi va yuqori darajali
mahsuldorligini ta’minlaydi[4]

Olingan natijalar yuqoridagi metodlar asosida Qumsulton ko‘lidagi suvning kimyoviy

ko‘satkichlari aniqlanib, muallaq moddalar bahor, yoz, kuz hamda qish oylarida turli
ko’rsatkichlar namoyon etdi. Natijada, eng yuqori va past ko’rsatkichlar mos ravishda: bahor
va qish oylarida kuzatildi. Shuningdek,quruq qoldiqning,xloridlar,sulfatlar va erigan kislorod
ko’rsatkichi ham xuddi shunday ketma-ketlikga to’g’ri keladi. PH ko’rsatkichiga e’tibor
qaratilsa bahor oylarida kislotali va qish davomida ishqoriy muhitda bo’ladi.Nitritlar va
temirning miqdori esa yil davomida o’zgarishsiz qoladi.

Qumsulton ko‘li suvining kimyoviy ko‘satkichlari
1-jadval

T/r Aniqlangan ko‘satkichlar

Bahor

Yoz

Kuz

Qish

1

Muallaq moddalar, mg/l

158

146

40

21

2

Quruq qoldiq, mg/l

5240

1800

4200

1900

3

Xloridlar, mg/l

820

380

840

585


background image

Page 32

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025

www.in-academy.uz

4

Sulfatlar, mg/l

1200

640

1230

690

5

Erigan kislorod, mg/l

8,7-10

8,8

8,2

5,8

6

pH

7,8

7,5

7,8

8,5

7

Azot ammoniy, mg/l

4,2

3,7

3,8

3,4

8

Nitratlar, mg/l

14,0

14,0

13,0

11,2

9

Nitritlar, mg/l

0,04

0,04

0,04

0,04

10

Fosfatlar, mg/l

1,4

1,6

1,2

1,3

11

Temir, mg/l

0,1

0,1

0,1

0,1

Xulosa.

Xulosa o’rnida shuni aytish kerakklari,Qumsulton ko’lining kimyoviy tarkibi ekin

maydonlari hisobidan hosil bo’ladigan sizot suvlariga bog’liq bo’lib yil davomida doimiy
ravishda o’zgarib turadi va bu baliqni ilmiy jihatdan asoslangan ravishda oziqlantirish,
birinchi navbatda, ularni yetishtirish davrida oziq-ovqat va ozuqa moddalariga bo‘lgan
ehtiyojlarini o‘rganish atrof-muhit parametrlariga bog’liqligini ko’rsatadi. Shuning uchun
atrof-muhitdagi bir qancha o‘zgarish, ayniqsa suv harorati va suvda erigan kislorod miqdori
baliqning ehtiyojini o‘zgartiradi. Baliqlarning ozuqaga bo‘lgan ehtiyoji ularning miqdoriga
,qolaversa hayot faoliyatini saqlab turish, tana massasining oshishi va jinsiy mahsulotlar
shakllanishi miqdori bilan belgilanadi. Hayot faoliyatini saqlab turish va jinsiy mahsulotlarni
shakllantirish hamda boshqa jarayonlar tufayli yuzaga keladigan ozuqaga bo‘lgan ehtiyojni
farqini alohida-alohida o‘rganish uchun maxsus fiziologik usullar mavjud. Shu bilan birga,
bunday farqni aniqlash qiyin va ehtimol bir-biriga juda yaqin bo‘ladi.

Adabiyotlar ro’yxati:

1.Sanoyeva X.O. Buxoro viloyati Qumsulton ko’lidagi fitopkanktonlar turlarini
aniqlash.образование наука и инновационные идеи в мире vol.42 No .2
2.Ниёзов Д.С., «Балик битмас бойлик» Т. 2013г
3. Toshov X.M, Niyozov.D.S, Qalandarova.Z.D Quyi Zarafshon suvlarining bio-ekologik
xususiyatlari va baliq mahsuldorligini oshirish imkoniyatlari, Toshkent,2013, 73-76 bet.
4. Pardaev Sh.S., E.Sultonov., X. Raximova., X.Sanoeva. Discourses on Data About the Fish
Hunted in The Zikri Lake. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES.
2022: Special Issue. 77-79 p.

References

Sanoyeva X.O. Buxoro viloyati Qumsulton ko’lidagi fitopkanktonlar turlarini aniqlash.образование наука и инновационные идеи в мире vol.42 No .2

Ниёзов Д.С., «Балик битмас бойлик» Т. 2013г

Toshov X.M, Niyozov.D.S, Qalandarova.Z.D Quyi Zarafshon suvlarining bio-ekologik xususiyatlari va baliq mahsuldorligini oshirish imkoniyatlari, Toshkent,2013, 73-76 bet.

Pardaev Sh.S., E.Sultonov., X. Raximova., X.Sanoeva. Discourses on Data About the Fish Hunted in The Zikri Lake. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES. 2022: Special Issue. 77-79 p.