Авторы

  • Mohinur Fayzullayeva
    SAMDUKF,

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126745

Ключевые слова:

graduonimiya gradatsiya darajalovchi birlik ekspressivlik semantika o‘zbek tili.

Аннотация

Mazkur maqolada graduonimiya hodisasi va uning o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi bilan bog‘liq nazariy va amaliy jihatlar tahlil qilinadi. Graduonimiy birliklarning til tizimidagi o‘rni, semantik va pragmatik xususiyatlari, ularning darajalanuvchanlik (gradatsiya) tamoyillari asosida shakllanishi haqida mulohazalar bildiriladi.


background image

Page 51

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 5 May 2025

www.in-academy.uz

GRADUONIMIYA HODISASI VA UNING O‘ZBEK

TILSHUNOSLIGIDA TADQIQIGA DOIR BA’ZI

MULOHAZALAR

Fayzullayeva Mohinur Nodirjon qizi

SAMDUKF,

https://doi.org/10.5281/zenodo.15600101

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 25-May 2025 yil
Ma’qullandi: 28- May 2025 yil

Nashr qilindi: 31-May 2025 yil

Mazkur maqolada graduonimiya hodisasi va uning
o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi bilan bog‘liq nazariy
va amaliy jihatlar tahlil qilinadi. Graduonimiy
birliklarning til tizimidagi o‘rni, semantik va pragmatik
xususiyatlari, ularning darajalanuvchanlik (gradatsiya)
tamoyillari asosida shakllanishi haqida mulohazalar
bildiriladi.

KEYWORDS

graduonimiya,

gradatsiya,

darajalovchi

birlik,

ekspressivlik, semantika, o‘zbek
tili.

Zamonaviy lingvistik tadqiqotlarda semantik tizimni chuqur o‘rganish til birliklarining

ichki tuzilmasini anglashda muhim vosita hisoblanadi. Til birliklarining intensivlik darajasi,
ularning semantik o‘zgaruvchanligi va emotsional yuklamasi bo‘yicha tahlili graduonimiya
(lotincha gradus – daraja, bosqich so‘zidan olingan) doirasida amalga oshiriladi. Bu tushuncha
tilshunoslikda nisbiylik, kuchayish yoki kamayish darajasini ifodalovchi nominativ
birliklarning o‘zaro bog‘liqligi va tizimliligini anglatadi.

Graduonimiya asosan sifatlarga, ravishlarga, sonlarga va boshqa semantik kategoriya

birligiga mansub so‘zlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Tilshunoslikda bu hodisa Rossiya va
Yevropa tilshunoslari tomonidan ancha oldin o‘rganilgan bo‘lsa-da, o‘zbek tilshunosligida hali
bu boradagi tadqiqotlar cheklangan.

Graduonimiya ilk bor rus tilshunosligida ko‘proq e’tiborga olingan bo‘lib, N.D.

Arutyunova, I.V. Arnold, E.S. Kubryakova kabi olimlar bu hodisani semantik
darajalanuvchanlik nuqtayi nazaridan tahlil qilganlar. Bu hodisaga ko‘ra, til birliklari muayyan
semantik maydon ichida intensivlik darajasi bilan farqlanadi, masalan: katta – juda katta –
ulkan – bahaybat kabi.

O‘zbek tilshunosligida sifat darajalari mavzusi juda ko‘p olimlarning izlanishlariga sabab

bo‘lgan, jumladan: V.Vinogradov, A.Kononov, A.G‘ulomov,

G‘.Abdurahmonov, Sh.Rahmatullayev, H.G‘.Ne’matov, M.Sodiqova, A.Hojiyev, O.Bozorov,

Z.Djumabayeva, G‘.Rahmonov; o‘zbek va rus tillaridagi darajalar – X.Yoqubova, darajalarning
affiksli va affikssiz fe’l shakllari tasnifi – S.Ferdaus, fe’llarda daraja – M.Mirtojiyev,
S.Mahmatqulovlar tomonidan tadqiq etilgan.

O‘zbek tilida daraja kategoriyasi dastavval aniqlangan so‘z turkumi hisoblangan sifat

tarixan maxsus morfologik ko‘rsatkichga ega bo‘lmagan, u mustaqil so‘z turkumi kabi ham
mavjud bo‘lmagan, keyinroq ot turkumidan kelib chiqqan va rivojlangan. Muayyan shakllar ot
va sifat uchun mushtarak hisoblangan, yana boshqa birlari faqat sifatgagina tegishli bo‘lib,


background image

Page 52

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 5 May 2025

www.in-academy.uz

keyingi davrlarda taraqqiy etmagan. Turkiy tillar rivojlanib borish jarayonida belgi
ifodalovchi bir

qator tub va yasama so‘zlar, yasovchi affikslar mavjud bo‘lib, turkiy tillardagi sifat

darajalari belgining ortiqligiga ishora etsa – sintaktik (juda chiroyli), belgining ozligiga ishora
etsa – morfologik (kichikroq) yo‘l bilan hosil qilinishi isbotlangan.

R.Qo‘ng‘urov sifat yasovchi morfemalardagi sinonimiya, sifat darajalari belgini

chog‘ishtirib ifodalashi, sifat leksemalarning ifoda semalaridagi konnotatsiya masalasi, ya’ni
uslubiy ma’nolarini daraja hosil qiluvchi affikslar,тsinonimik qatordagi leksemalarni ma’no
nozikliklarini farqlovchi, shu leksemaning muayyan nutqiy vaziyatda anglatadigan konnotativ
ma’nosini uslubiy ma’no tarzida o‘rgangan, shu bilan bir qatorda qaramoq fe’lining turli:
alang-jalang →jovdir-dovdir qaramoq → ola-kula → dovdir-jovdir → mo‘lt-mo‘lt → g‘ilt-g‘ilt →

jovdirab → alanglab → baqrayib → angrayib → xo‘mrayib → ishshayib → tikrayib →

adrayib qaramoq; yig‘lamoq fe’lining quyidagi: uv yig‘lamoq → uvvos tortib yig‘lamoq →
piqqillab yig‘lamoq → ho‘ngrab yig‘lamoq → o‘krab yig‘lamoq → ingalab yig‘lamoq → bag‘illab
yig‘lamoq → pix-pix yig‘lamoq →chirillab yig‘lamoq ma’nolarini keltirgan72.

O‘zbek tilshunosligida ba’zi so‘zlar sifat darajalariga o‘xshab kuchli va emotsional belgini

ifodalashi, sifatdagi darajani maxsus grammatik kategoriya sifatida ajratilmaganligi,
grammatik kategoriyaning faqat ot va fe’lda mavjudligi o‘zbek tilshunosligi formal-funksional
yondashuvning asoschisi S.Ivanov tomonidan izohlab berilgan.

M.Sodiqova orttirma darajaga belgining normal holatdan yuqoriligini ko‘rsatuvchi shakl,

uni hosil qilishning morfologik, leksik, leksik-semantik va fonetik usullarini tadqiq etgan,
ozaytirma darajaga belgining normal darajaga yetmaganligini ifodalovchi daraja shakli, uni
hosil qilish uchunaffiksatsiya va leksik usullar mahsuldorligi zarurligini ta’kidlagan.

Sh.Shoabdurahmonov, M.Asqarova, I.Rasulov, X.Doniyorovlar sifatlarning oddiy darajaga

munosabatini namoyon etishlari ko‘zga tashlanadi: “rang-tus bildiruvchi ayrim sifatda
qo‘llanuvchi –ish, –(i)mtir affikslari belgining kuchsiz darajasini anglatmasdan belgining sifat
bildirgan rang-tusga moyilligini, shunga yaqinligini ko‘rsatishgan: oqish, ko‘kish, ko‘kimtir
kabi. Qora qizil, oq sariq kabiҳ shakllarda ham xuddi shunday ma’no ifodalangan: qora qizil –
qoraga yaqin (qoraga moyil) qizil; oq sariq – oqqa yaqin (oq rangga moyil) sariq”.

S.G‘iyosov belgi darajasi hamda ijobiy bo‘yoq darajasi semalarini qo‘llagan, o‘zbek, rus

tillaridagi holat sifatlarining leksik-semantik xususiyatlarini sistemstruktur jihatdan tahlil
etgan va sifatlarning belgini darajalash xususiyatlarida to‘xtalib, “leksik gradual
oppozitsiyalar” tushunchasini tadqiq etgan (umumiy ijobiy baho: tuzuk → durust → yaxshi →
ajoyib; tashqi ijobiy baho: chiroyli → ko‘rkam → suluv → go‘zal → zebo).

“Grammatik kategoriyani turkiy yodnoma asosida tadqiq etgan H.Ne’matov qiyosiy

daraja (cтепени сравнения – H.N.)ning ma’lum bir turkum (aniqrog‘i, sifat)ga xos bo‘lgan
tasniflovchi kategoriya ekanligini, lug‘aviy graduonimiyaning asoslari, ko‘lamlari kabi
masalalarni atroflicha tadqiq etgan.

A.Hojiyev sifat darajalari morfologik usullar bilan yasalishi, ozaytirma sifat darajasining

belgilari qardosh tatar, turkman tillaridagi kabi ekanligi va sifat darajalari tasnifida belgining
me’yoriy yoki me’yordan ortiq/kamligini ifodalash usullarining asosli berilishi, daraja
ko‘rsatkichlarining konnotativ ma’no aspektini tadqiq etish uchun ushbu tasnif asosida ish
ko‘rish maqsadga muvofiqligini ta’kidlagan.

A.Mamajonov qo‘shma gaplar gradatsiyasining o‘zbek tilida ifodalanishi


background image

Page 53

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 5 May 2025

www.in-academy.uz

borasida mulohaza yuritib, gradatsiyaga ifodalilikni asta-sekin kuchaytirib/pasaytirib

borish usuli, ushbu hodisa qo‘shma gaplarning bir nechta ergash va bosh gapli
konstruksiyalarini yaratishda qo‘l kelishini ta’kidlab o‘tgan.

U.Tursunov, J.Muxtorov, Sh.Rahmatullayevlar darajani kategoriya sifatida talqin etib,

sifatlarda ozaytirma daraja, orttirma daraja shakllari farqlanishi, uning ozaytirma va orttirma
daraja yasovchisini olmagan formasi oddiy daraja deb yuritilishi va narsa belgisi ortiq-kamligi
jihatidan qiyos qilinmay, balki to‘g‘ridan to‘g‘ri, bevosita belgi anglatishi, ozaytirma va
orttirma darajada esa belgi ma’nosiт oddiy darajada ifodalangan belgiga chog‘ishtirish asosida
ifodalanishi, ozaytirma daraja narsa belgisining oddiy daraja holatidan kamligi, kuchsizligini
ifodalashi, morfologik ko‘rsatkichi –roq affiksi ekanini ta’kidlashgan.

M.Narziyeva otlarni qarindoshlik ifodalovchi, yosh ifodalovchi hamda yuqoridagi

xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan otlarga bo‘lish asosida ularning barchasida gradual
oppozitsiya mavjudligini ta’kidlaydi: chaqaloq → go‘dak → bola (o‘g‘il/qiz) → o‘smir → o‘spirin
→ yigit/qiz → erkak/ayol → qariya (chol/kampir); qiz → juvon → xotin → kampir;
bobo/buva/ena/buvi → ota/ona → bola/farzand/qiz/o‘g‘il → nevara → evara → chevara.
Graduonimiya o‘zbek tilida faol mavjud bo‘lgan, ammo yetarlicha tadqiq qilinmagan semantik
hodisalardan biridir. Uning o‘ziga xos xususiyatlari, ayniqsa ekspressivlik, stilistik bo‘yoq,
emotsional yondashuv nuqtayi nazaridan tahlil qilinishi muhim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Arutyunova N.D. "Logika i lingvistika" — M.: Nauka, 1976.
2. Kubryakova E.S. "Yadrova leksika i semanticheskiy analiz" — M.: 1997.
3. Rajabov A. "O‘zbek tilining zamonaviy leksikasi" — Toshkent: Fan, 2001.
4. Karimov N. "Tilshunoslik asoslari" — Toshkent, 2020.
5. Abdullayev A. "O‘zbek tilida sinonimiya" — Toshkent, 1996.

Библиографические ссылки

Arutyunova N.D. "Logika i lingvistika" — M.: Nauka, 1976.

Kubryakova E.S. "Yadrova leksika i semanticheskiy analiz" — M.: 1997.

Rajabov A. "O‘zbek tilining zamonaviy leksikasi" — Toshkent: Fan, 2001.

Karimov N. "Tilshunoslik asoslari" — Toshkent, 2020.

Abdullayev A. "O‘zbek tilida sinonimiya" — Toshkent, 1996.