Mualliflar

  • Dilorom Fayzullayeva
    Samarqand Davlat Chet tillar Instituti Xorijiy til va adabiyoti fakulteti 2304-guruh talabasi
  • Ma’ruf Sadinov
    Ilmiy rahbar: Samarqand Davlat Chet tillar Instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126691

Kalit so‘zlar:

Axloq etika estetika ma’naviyat go‘zallik falsafasi biofiliya nekrofiliya.

Annotasiya

Ushbu maqolada etika va estetika tushunchalari, ularning vazifalari hamda jamiyatdagi ularga bog’liq jihatlar, shu bilan birga axloq psixologiyasi mazmuni va mohiyati nimadan iborat ekanligi haqida bir qancha fikrlar keltirilgan..


background image

Page 194

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, May 2025

www.in-academy.uz

ETIKA VA ESTETIKA (AXLOQ PSIXOLOGIYASI)

Fayzullayeva Dilorom Sanjarbek qizi

Samarqand Davlat Chet tillar Instituti

Xorijiy til va adabiyoti fakulteti 2304-guruh talabasi

Ma’ruf Sadinov

Ilmiy rahbar:

(+998)946412031

https://doi.org/10.5281/zenodo.15396228

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 05-May 2025 yil
Ma’qullandi: 10- May 2025 yil
Nashr qilindi: 13-May 2025 yil

Ushbu maqolada etika va estetika tushunchalari,
ularning vazifalari hamda jamiyatdagi ularga bog’liq
jihatlar, shu bilan birga axloq psixologiyasi mazmuni va
mohiyati nimadan iborat ekanligi haqida bir qancha
fikrlar keltirilgan..

KEYWORDS

Axloq,

etika,

estetika,

ma’naviyat, go‘zallik falsafasi,
biofiliya, nekrofiliya.

Estetika borliqni estetik o’zlashtirish mohiyati va qonuniyatlari haqidagi fandir. Estetika

voqelikni mushohada etish va badiiy ijod jarayonlarining uzviy mutanosibligini namoyon
qiladi, estetika- bu nafosat olami, saan’at va badiiy ijod jarayonlarini his-tuyg’u, sezgi-idrok
qilish vositalari orqali o’rganadi. ⁴Insonning estetik faollilgi jarayonida tabiat va jamiyat
qadriyatlari munosabatlaridagi estetik xususiyatlar (go’zallik va xunuklik, ulug’vorlik va
pastkashlik, fojialilik va kulgililik) qonuniyatlari namoyon bo’ladi.

Barcha narsalarning mezon o’lchovi insondir. ²Sharq uyg’onish davri mutaffakiri

Farobiyning fikricha “Go’zallik insonning jismoniy, ma’naviy va axloqiy chiroyining ifodasidir”.
Go’zallik yaratuvchi ijodkorlarning boshq odamlardan farqi shundaki, u boshqalar fahmlay
olmaydigan go’zallikni hamma yerda ko’ra olish, fahmlash, sezish va his qilish qobilyatiga
egadir. Ulug’vorlik esa hajm va salmoq bilan bog’liq bo’lgan narsa hodisalarning bir qarashda
ilg’ab olinmaydigan jihatlarini, ulkan qudrat va miqyosga ega voqelikning estetik ko’rinishini
anglatadi. Fojealilik va kulgililik estetik tushunchalari yordamida hayot ziddiyatlari va
to’qnashuvlari baholanadi va ular orqali insonning ijtimoiy hayot hodisalariga nisbatan
estetik munosabati ifodalanadi. Estetika dinshunoslik, axloqshunoslik, psixologiya, falsafa
hamda pedagogika kabi ijtimoiy fanlar bilan ham uzviy aloqador. ⁵Estetikaning atrofida biz
o’rganishimiz mumkin bo’lgan bir qancha tushunchalar mavjud:

1.

Estetik ong

– ma’naviy, ruhiy hodisalar majmuyi bo’lib, ijtimoiy hayot zaminida

vujudga keladigan estetik his-tuyg’u, estetik did, estetik orzu, estetik qarash va nazariyalar
tizimidan iborat.

2.

Estetik his-tuyg’u

bizni o’rab turgan voqeani estetik jihatdan his etish, uning

go’zalligini va uyg’unligini sezish qobilyatidir.

3.

Estetik did

olamning go’zalligini anglashdir. Estetik did voqea-hodisalarning

sifatlarini inson tomonidan idrok etmoq va baholash jarayonidir.

Estetik orzu

– bu insonning go’zallik haqidagi tasavvurlarining eng yuksak ifodasidir.


background image

Page 195

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, May 2025

www.in-academy.uz

Kaykovus “Qobusnoma” asarida: “Bilgilkim, hamma hunardan so’z hunari yaxshi, chunki

boshqa jonivorlardan odam o’n daraja ortiqdir va bu afzallik odamning badanida bordir: beshi
odam tanasining tashqi tomonida zohir bo’ladi va beshi ichida yashiringandir” – kabi nasihat
qiladi. Ya’ni tashqi beshtasi sezgi a’zolari bilan bog’liq: eshitish, ko’rish, hid bilish, ta’m bilish,
sezish. Va ichidagi beshtasi esa insondagi estetik ong, did va his-tuyg’uga oid: bir narsani yod
qilmoq, hamisha esda saqlamoq, xayol qilish, farq qila bilish va nutq.

Etika va estetika doim birga tilga olingan va doim go’zallikni insoniy hislatlar hamda

axloq yanada go’zallashtirib bezab turadi. Estetika borliqni go’zallik qonunnlariga ko’ra
o’zlashtirish bo’lsa, etika axloq chegaralarini tavsiflaydi. Etika – bu axloq, uning ijtimoiy
mazmuni, tizimi va vazifalari, axloqiy tarbiya va uning mohiyatini o’rganadigan fan. Axloq
kishilarning o’zaro hamda kishilar bilan jamiyatning o’rtasidagi munosabatlarning ijtimoiy
ifodasi, kishi xulqini idora qiluvchi axloqiy ong, axloqiy amaliyot va axloqiy munosabatlar
birligidir. Etika filosofiya, milliy istiqloll g’oyasi, sotsiologiya, huquqshunoslik, tarix, adabiyot,
etnografiya, sotsial psixologiya hamda pedagogika kabi ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan
bog’liq. Har qanday davlat va har qanday davrda fuqorolik jamiyatini qaror toptirish va komil
insonni shakllanatirishda axloqiy dunyoqarashning o’rni alohida ahamiyatli. Etika jamiyatdagi
mana shu axloqiy dunyoqarashni boshqaradigan tizimdir. ¹Etikada ham estetika kabi bir
qancha biz bilishimiz kerak bo’lgan tushunchalar mavjud va ularning mazmuniga ba’zida to’liq
yetolmaymiz:

1.

Adolat

– axloqiy munosabatlarning regulyatori, tenglikning haqiqiy va

taqdirlashning zaruriy o’lchovi.

2.

Burch

insonning jamiyat, oila, hamda eng avvalo o’zining oldidagi qilishi kerak

bo’lgan vazifalar tizimidir.

3.

Vijdon

inson ma’naviyati o’sishi bilan boyib boradigan, baho, buyruq, motiv,

emotiv kabi xarakterlarda ko’rinadigan tushunchadir.

4.

Or-nomus va qadr-qimmat

shaxs va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni tartibga

solidi va kishilar xulqiga ta’sir o’tkazadi.

5.

Baxt

inson hayotining umumiy bahosi.

Axloq psixologiyasi shaxs ichki ruhiy dunyosining amaliy harakatlarida namoyon bo’ladi.

Qadimdayoq axloqshunoslik (etika) ruhshunoslik, ya’ni psixologiya bilan aloqasi alohida
ahamiyatga ega bo’lgan. Millatning, xalqning ma’naviyati va unga xos bo’lgan ruhiyat alohida
individlarda yashasada, uning paydo bo’lishi, gullab yashnashi va tanazulga uchrashi ijtimoiy
psixologiya tarmoqlarining vazifasidir. Ta’kidlash kerakki, ma’naviyatning jamiyat va inson
hayotidagi ahamiyati va zaruriy ehtiyoj ekanligi qadimdan ma’lum va unga dunyo
mutafakkirlari ham o’z diqqatini qaratganlar. Rus mutafakkirlaridan biri V.I.Dal o’zining bir
asarida ma’naviyat tushunchasini “bir jon va ruhdan paydo bo’lgan, avlodsiz, moddiy
bo’lmagan,insonning aql va irodasi mahsuli bo’lgan, uning ruhiga tegishli hamma aqliy va
axloqiy quvvatlardir” deb ta’riflagan. Axloqni aynan insonning ichki kechinmalari, ruhiy
ozuqasi sifatida ko’rilishi, ma’naviyat inson ruhiyati bilan bog’liq ijtimoiy hodisa ekanligidan
dalolat beradi. Axloq aynan inson ruhiy o’sishining uzuqasi sifatida ko’zga tashlanadi.

Haqiqatda ham ma’naviy boy insonning ruhiyati bilan ma’naviy qashshoq insonning

ruhiyati o’rtasida farq yaqqol ko’rinadi. Yaqindagina bir kitob o’qib qoldim va unda
ma’naviyatli inson jamiyat manfaatlari hamda ehtiyojlari bilan uzviy bog’liq bo’ladi,
ma’naviyatsiz inson esa har doim o’z manfaatlari yo’lida harakat qiladi kabi jumlalar bor edi.


background image

Page 196

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, May 2025

www.in-academy.uz

Va menda biroz boshqacha fikrlar tug’ila boshladi. Albatta, etika hamda estetika
ma’naviyatning asosidir, lekin ma’naviyat tushunchasini doim jamiyat bilan bog’lash to’gri
bo’lmaydi, menimcha. Tarixga qaraydigan bo’lsak bunday hodisalar ko’p bo’lgan.
Ma’naviyatsiz, yashash tarzi qashshoq va ruhiy taraflama ham past darajada rivojlangan ba’zi
millatlardan dunyoni boshqara oladigan va o’z kashfiyotlari-yu fikrlari bilan boshqa
millatlarni ortda qoldiradigan kishilar yetishib chiqqan. Ularning bunday yuksak aql-
zakovatga ega bo’lishlarida doim ham jamiyat sabab bo’lmagan. O’ylashimcha, bunday
insonlar o’z shaxsiy rivojlanishlariga ega bo’ladi, faqatgina o’z jamiyati nuqtayi nazaridan
emas, butun insoniyat nuqtayi nazaridan fikrlaydilar. Agar mana shu jarayonda umumiy keng
ma’noda fikrlashga, jamiyat va insoniyatning ko’plab yangiliklarini o’zlashtirishga harakat
qilayotgan insonda ma’naviy bo’shliq yuzaga kelsa, hozirda bo’layotgan shiddatli axborot
almashinuvi hamda globallashuv davrida, o’zini anglamaganlik oqibatida zararli odatlar
ta’sirida qolishi (Evropa va Amerikada bir jinsli nikoh, insoniylik normalari o’rnini
hayvoniylik egallashi) va “siyosiy o’yinlar qurboniga” aylanib qolish (Arabiston yarim oroli
va misrdagi “Arab bahori” nomi bilan atalgan tartibsizliklar) holatlari bo’lishi mumkin. ³Agar
insonlarda, xususan, yoshlarda ma’naviy va axloqiy bo’shliq bo’lmasa hamda ularning
psixologik imkoniyatlardan to’g’ri foydalanish ko’nikmalari shakllantirilsa, xulq-atvorda
og’ishlar yo’qoladi, ma’naviy barkamol va psixologik sog’lom immunitet shakllanadi. Bu esa
o’ziga xos himoyalanishni ta’minlaydi. Faylasuf hamda psixolog Erix From “Inson qalbi” nomli
asarida mazkur muammo yuzasidan o’zining qator fikrlarini bildirgan. Uning fikrlariga ko’ra,
insonning hayotni sevishi, ezgulikka moyilligi, psixologik sog’lomligi, o’zining haqiqiy
qiziqishlari va intilishlariga tayanib ish tutishini “biofiliya” deb atagan. “Biofiliya” insonning
bolalik davrida ko’rsatiladigan mehr-muhabbatga bog’liq shakllanar ekan. Bu tushunchaga
qarama-qarshi tushuncha ham mavjud bo’lib, u “nekrofiliya” deb ataladi hamda o’limni sevish,
yovuzlik va qonxo’rlikka nisbatan moyillikni anglatadi. Shuningdek, Erix Fromning
ta’kidlashicha, biofiliyaga moyil insonlardan tashkil topgan ijtimoiy muhitda o’sgan bola ham
biofiliyaga moyil bo’ladi. Yana u nekrofiliya ham iofilliya singari “yuqumli” ekanligini aytib
o’tgan.

A.Maslouning ehtiyojlar nazariyasiga e’tibor qaratilsa, o’rtamiyona inson hayoti

davomida mehrga bo’lgan ehtiyojning 50 foizini qondirishi tahmin qilinadi. Demak, bu miqdor
pasaysa insonda salbiy tomonlama axloqiy, psixologik, patologik va biologik o’zgarishlar sodir
bo’lishiga olib keladi. Qisqa qilib aytadigan bo’lsam, insonlardagi ma’naviy va axloqiy
bo’shliqlarning barchasi yoshligidan boshlab uzoq rivojlanadi. Shu jumladan, insondagi etika
va estetika qay darajada ekanligi uning jamiyat va insonlar bilan aloqasidagi ma’naviy va
axloqiy me’yorlarga bog’liq. Shunday qilib, etika va estetikaga “go’zallik va axloq falsafasi”
iborasini ishlatsak ham bo’ladi. Aslini olganda etika hamda estetikaning jamiyatda, insonlar
orasida, oilada foydalanish kerak bo’lgan tarmoqlari juda ham ko’p. Ammo jamiyatga endi
shaxs sifatida qo’shilayotgan inson uchun ma’naviy va axloqiy rivojlanish yetarli bo’ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Muhammadjonova.L. – Amaliy etika va estetika. – T.: Toshkent, 2020.

2.

Abdulla Sher. – Axloqshunoslik. Darslik. – T.: Toshkent, 2010.

3.

Karimov I.A.- Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008.

4.

Ahmedova.M.-Falsafa.-T.:Toshkent,2006.

5.

Haydarov.O, Ostonov.J, Sultonova.O.-Uslubiy qo’llanma.-T.:Samarqand-2022

Bibliografik manbalar

Muhammadjonova.L. – Amaliy etika va estetika. – T.: Toshkent, 2020.

Abdulla Sher. – Axloqshunoslik. Darslik. – T.: Toshkent, 2010.

Karimov I.A.- Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008.

Ahmedova.M.-Falsafa.-T.:Toshkent,2006.

Haydarov.O, Ostonov.J, Sultonova.O.-Uslubiy qo’llanma.-T.:Samarqand-2022