Авторы

  • Dilorom Fayzullayeva
    Samarqand Davlat Chet Tillari institute Narpay Xorijiy tillar fakulteti Xorijiy til va adabiyoti (Ingliz tili)yo’nalishi 2-kurs 2301-guruh talabasi
  • Ma’ruf Sadinov
    Ilmiy rahbar: Samarqand Davlat Chet Tillari institute

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126692

Ключевые слова:

Taraqqiyot Rivojlanish Oliy ta’lim Ta’lim va Madaniyat Tumanimizda olib borilayotgan islohotlar..

Аннотация

Ushbu maqolada tumanimizni rivojlantirish to’g’risidagi sa’y harakatlar va bu yo’lda  e’tibor berilishi kerak bo’lgan turli jabhalar haqida bir qancha takliflar berilgan.Hamda har qanday hududni va aholini rivojlantirish uchun ta’lim sohasi asosiy o’rinda turishi,bundan tashqari Narpay tumanida ta’limni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan va amalga oshirilishi mumkin bo’lgan islohotlar haqida so’z boradi.


background image

Page 191

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, May 2025

www.in-academy.uz

NARPAY TUMANINI QANDAY RIVOJLANTIRISH MUMKIN?

Fayzullayeva Dilorom Sanjarbek qizi

Samarqand Davlat Chet Tillari institute

Narpay Xorijiy tillar fakulteti

Xorijiy til va adabiyoti (Ingliz tili)yo’nalishi

2-kurs 2301-guruh talabasi

Sadinov Ma’ruf

Ilmiy rahbar:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15396187

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 05-May 2025 yil
Ma’qullandi: 10- May 2025 yil

Nashr qilindi: 13-May 2025 yil

Ushbu maqolada tumanimizni rivojlantirish to’g’risidagi
sa’y harakatlar va bu yo’lda e’tibor berilishi kerak
bo’lgan turli jabhalar haqida bir qancha takliflar
berilgan.Hamda har qanday hududni va aholini
rivojlantirish uchun ta’lim sohasi asosiy o’rinda
turishi,bundan tashqari Narpay tumanida ta’limni
rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan va
amalga oshirilishi mumkin bo’lgan islohotlar haqida so’z
boradi.

KEYWORDS

Taraqqiyot,Rivojlanish,Oliy
ta’lim,Ta’lim

va

Madaniyat,Tumanimizda olib
borilayotgan islohotlar..

TUMANIMIZNI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI

Har qanday hududning rivojlanishi bir nechta muhim yo’nalishlarning uyg’un ishlashiga

bog’liqdir.Barcha jabhalarni qamrab olgan kompleks rivojlanish dasturlari nafaqat iqtisodiy
barqarorlikni ta’minlaydi,balki aholi turmush darajasini ham yaxshilaydi. Quyida
tumanimizda e’tibor qaratilayotgan hamda rivojlantirilishi kerak bo’lgan eng muhim
sohalarni batafsil yoritib beraman.

1.Iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash: Mahalliy tadbirkorlikni

rag‘batlantirish yosh tadbirkorlar uchun o‘quv dasturlari tashkil qilish bank va moliya
institutlari orqali kredit va subsidiyalar ajratish. Kichik va o‘rta biznes subyektlarini qo‘llab-
quvvatlash.Xorijiy investorlar uchun imtiyozlar joriy qilish.

Ish o‘rinlarini yaratish:Yangi zavod va fabrikalarni qurish.Hunarmandchilik va xizmat

ko‘rsatish sohasini rivojlantirish.Ayollar va yoshlar uchun bandlik dasturlarini kengaytirish.

2. Infratuzilmani rivojlantirish:Hududning taraqqiyoti uchun zamonaviy infratuzilma

muhim ahamiyat kasb etadi.Yo‘llarni ta’mirlash va transport tizimini yaxshilash: Jamoat
transportini modernizatsiya qilish va yo‘lovchilar uchun qulay tizim yaratish.Elektr transport
vositalarini joriy qilish.

Kommunal xizmatlarni rivojlantirish:Ichimlik suvi tizimini yangilash.Elektr energiyasi

va tabiiy gaz yetkazib berish sifatini oshirishInternet va aloqa infratuzilmasini
takomillashtirish.

Dam olish va yashash sharoitlarini yaxshilash:Yangi bog‘ va istirohat maskanlari barpo

etish.Sport majmualari va bolalar o‘yin maydonchalarini qurish.Zamonaviy savdo va
madaniyat markazlarini tashkil etish.

3. Ta’lim va madaniyatni rivojlantirish:Yosh avlodning bilimli va madaniyatli bo‘lishi

tumanimizning kelajakdagi rivoji uchun muhim omil hisoblanadi.Yaqin yillarda tumanimizda


background image

Page 192

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, May 2025

www.in-academy.uz

ta’alim sohada ko’zga ko’rinarli islohotlar olib borilmoqda.Misol uchun: Maktab va
maktabgacha ta’lim tizimi takomillashtirilmoqda.Yangi maktablar va bog‘chalar qurilish,
mavjudlarini ta’mirlash ishlari boshlangan.Boshlang‘ich va o‘rta ta’lim sifatini oshirish uchun
zamonaviy pedagogik metodlarni joriy etilmoqda.Ammo qo’shimcha qilib aytadigan bo’lsak
yanayam sarmoya qilinishi kerak bo’lgan ishlar ham yo’q emas.Bunga misol qilib:Darslik va
o‘quv qo‘llanmalarni yangilash, raqamli ta’lim resurslarini yaratish. IT va texnologik ta’limni
rivojlantirish.Har bir maktabda kompyuter sinflarini tashkil qilish.O‘quvchilarga dasturlash,
robototexnika va sun’iy intellekt asoslarini o‘rgatish.Onlayn ta’lim platformalarini joriy qilish
va o‘quvchilarga masofaviy ta’lim olish imkoniyatini yaratish.

Oliy ta’lim ham har bir jamiyatning taraqqiyotini belgilovchi muhim sohalardan biri

hisoblanadi. Ilm-fan, texnologiya va iqtisodiy rivojlanishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi
bo‘lgan oliy ta’lim tizimi malakali kadrlar tayyorlash, innovatsion fikrlashni shakllantirish va
xalqaro raqobatbardoshlikni oshirishda katta ahamiyatga ega.Bugungi kunda oliy ta’lim
sohasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Bu islohotlarning asosiy maqsadi – ta’lim
sifatini oshirish, xalqaro standartlarga mos tizim yaratish, oliy ta’lim muassasalarini
zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishdir.Bunga
yaqqol misol qilib tumanimizda shaxsan Prezidentimiz SHavkat Mirziyoyev Miromonovich
tashabbusi bilan 2021-o’quv yilida tashkil etilgan Samarqand Davlat Chet Tillar Institutining
Narpay Xorijiy tillar fakultetini aytsak bo’ladi.Bu fakultet nafaqat bizning tumanda,balki
Payariq tumanida ham tashkil etildi.Bu nafaqat Narpay tumanida balki qo’shni tumanlarda
istiqomat qiladigan yoshlar va ularning ota onalari uchun har tomonama imkoniyatlar
eshigini ochdi desak adashmagan bo’lamiz.Shuningdek, bu tumanning rivojlanishi hamda
shaharlashishi uchun turtki bo’la oldi.Vaholangki,boshqa viloyatlar hamda tumanlardan
kelgan talabalar tuman aholisining globallashuviga va aholining o’qishga bo’lgan shijoatini
yanada oshirshga katta ta’sir o’tkazmoqda.

Bundan tashqari Oliy ta’lim muassasalari o’z oldiga zamonaviy fanlarni o‘qitish va ilmiy

tadqiqotlar uchun sharoit yaratish,xorijiy universitetlar bilan hamkorlik o‘rnatish va talabalar
uchun xalqaro almashinuv dasturlarini joriy qilish kabi o’zgarishlarni maqsad qilib qo’ygan.

Boshqa tomondan qaraydigan bo’lsak,madaniyatni rivojlantirish ham tumanimiz

rvojlanishining bir omili desak ham bo’ladi.Hozirgi kunda esa kutubxonalar va kitobxonlik
madaniyatini rivojlantirish,zamonaviy kutubxonalar qurish va mavjudlarini modernizatsiya
qilish,elektron kutubxonalar va audiokitob platformalarini yaratish,aholi, ayniqsa yoshlar
o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish uchun tadbirlar o‘tkazish kabi islohotlar katta ahamiyat
kasb etmoqda.

Faqat kitobxonlika emas ,balki san’at va ijodkorlik sohalarida ham ko’rinarli o’zgarishlar

tumanimiz rivojiga rivoj qo’shmoqda.Misol uchun, har yili tuman darajasida milliy va xalqaro
festivallar o’tkazish,musiqa, rasm chizish, haykaltaroshlik va aktyorlik mahorati bo‘yicha
to‘garaklar tashkil etish,mahalliy san’atkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijodini keng
targ‘ib qilish.Shuningdek,teatr va kinoteatrlarda milliy va xorijiy spektakllar, filmlar
namoyishini yo‘lga qo‘yish,madaniyat markazlari va tadbirlar tashkil etish,yoshlar uchun
madaniyat markazlarini tashkil etish va ularga bepul foydalanish imkoniyatini yaratish kabi
o’zgarishlarga ham yetarlicha etibor berish tumanimizda yanayam san’at va madaniyat
sohasiga bo’lgan qiziqishni oshiradi deb o’ylayman.


background image

Page 193

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, May 2025

www.in-academy.uz

4. Sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish:Har bir mahallada sport zallari va ochiq

havoda mashg‘ulot maydonchalarini tashkil qilish,bolalar va yoshlar o‘rtasida sport
musobaqalari o‘tkazish,sport murabbiylarini tayyorlash va sport inshootlarini zamonaviy
jihozlash kabi islohotlar tumanimizda sportga bo’lgan shijoatni oshirishga yordam
beradi,albatta.

5. Mahalliy tashabbuslar va innovatsion loyihalar ham tumanimiz rivojlanishi yo’lida

yetarlicha hissa qo’shadi.Misol qilib aytadiga bo’lsak:Ta’lim va madaniyat sohasidagi eng
yaxshi loyihalarni rag‘batlantirish,mahalliy san’atkorlar, yozuvchilar va olimlarni qo‘llab-
quvvatlash dasturlarini ishlab chiqish,aholi uchun bepul ma’naviy-ma’rifiy dasturlar va
treninglar tashkil etish kabi tadbirlar tumandoshlarimizning shaxsiy rivojlanishi uchun turtki
bo’la oladi desak adashmagan bo’lamiz.

6. Ekologik muhofaza va yashil energiya:Atrof-muhitni asrash va ekologik barqarorlikni

ta’minlash har qanday hudud uchun dolzarb masala. Atrof-muhitni himoya qilish:Hududdagi
chiqindi tashlash tizimini yaxshilash va qayta ishlash zavodlarini qurish,ekologik nazorat va
monitoringni kuchaytirish,suv resurslarini tejash va toza ichimlik suvi manbalarini himoya
qilish kabi chora tadbirlarga katta etibor qaratilishi ham maqsadga muvofiqdir.

7. Turizmni rivojlantirish:Hududning turistik salohiyatini oshirish iqtisodiy o‘sish va ish

o‘rinlari yaratishda muhim rol o‘ynaydi.Mahalliy diqqatga sazovor joylarni rivojlantirishni
tumanimiz mas’ullari o’z oldiga maqsad qilib qo’yishgan.

Xulosa

qilib aytadigan bo’lsak, tumanni har tomonlama rivojlantirish uchun iqtisodiy

taraqqiyot, zamonaviy infratuzilma, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ekologik muammolarni
hal qilish va ijtimoiy sohalarni yaxshilash muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, ta’lim
tizimining rivojlanishi tumanning kelajagi uchun asosiy omillardan biridir. Zamonaviy
maktablar, kasb-hunar markazlari va oliy ta’lim muassasalarining faoliyati kuchaytirilsa,
malakali kadrlar yetishib chiqadi va bu hududning iqtisodiy hamda madaniy taraqqiyotiga
xizmat qiladi.Shuningdek, yoshlarni zamonaviy bilim va kasblarga yo‘naltirish, o‘qituvchilar
malakasini oshirish va raqamli ta’lim texnologiyalarini joriy etish orqali tumanning jadal
rivojlanishiga erishish mumkin. Har bir fuqaroning faolligi va bilimga intilishi tumanning
yanada farovon va barqaror bo‘lishiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.https://narpay.uz
2.https://davaktiv.uz
3.https://oliygoh.uz

Библиографические ссылки