ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2021
69
UDK 616.24-002.5-053.71
Маматова Наргиза Тоиржоновна
ассистент кафедры фтизиатрии,
Самаркандский Государственный медицинский институт
Самарканд, Узбекистан
Ашуров Абдувалий Абдухакимович
фтизиатр высшей категории Самаркандского областного
центра фтизиатрии и пульмонологии,
Самарканд, Узбекистан
Абдухакимов Бахромбек Абдувалиевич
студент факультета медицинской профилактики
Самаркандский Государственный медицинский институт,
Самарканд, Узбекистан
ОСОБЕННОСТЬ ТЕЧЕНИЯ ТУБЕРКУЛЕЗА ЛЕГКИХ У ДЕТЕЙ В СОЧЕТАНИИ С ГЕЛЬМИНТОЗОМ
For citation:
Mamatova N.T., Ashurov A.A., Abduhakimov B.A. Peculiarities of the course of pulmonary tuberculosis in children in combination
with helminthosis. Journal of cardiorespiratory research. 2021, vol. 2, issue 3, pp.69-72
http://dx.doi.org/10.26739/2181-0974-2021-3-13
АННОТАЦИЯ
Наиболее подвержены развитию туберкулеза дети и подростки, особенно при наличии сопутствующих заболеваний, которые приводят к
снижению как гуморального, так и клеточного иммунитета. Одно из таких сопутствующих заболеваний – гельминтоз. Было доказано,
что иммунный ответ организма на заражение глистами снижается, что, в свою очередь, способствует появлению различных инфекций,
включая туберкулез. Целью исследования является изучение на основании анализа историй болезни больных, находящихся на лечении в
Самаркандском областном центре фтизиатрии и пульмонологии и архивных историй болезни структуры и особенностей клинического
течения первичного туберкулеза в сочетании с гельминтозом у детей. Наиболее частыми видами гельминтозов являются гименолепидоз
- 40%, энтеробиоз - 33%, реже - лямблиоз (22%) и аскаридоз (5%). Признаки интоксикации и поражения бронхо-легочной системы
выявляются при заражении глистами у больных первичным туберкулезом. Наличие заражения глистами отрицательно сказывается на
лечении больных туберкулезом легких, поэтому меры лечения должны соответствовать течению обоих заболеваний.
Ключевые слова:
первичный туберкулез, гельминтоз, дети, больной, химиотерапия.
Mamatova Nargiza Toirjonovna
assistant of the department of phthisiology of the
Samarkand State Medical Institute, Samarkand, Uzbekistan
Ashurov Abduvaliy Abduhakimovich
phthisiatrician of the highest category of the Samarkand regional
Center for Phthisiology and Pulmonology, Samarkand, Uzbekistan
Abduhakimov Baxrombek Abduvaliyevich
medical prevention student Samarkand Stat
eMedical Institute, Samarkand, Uzbekistan
PECULIARITIES OF THE COURSE OF PULMONARY TUBERCULOSIS IN CHILDREN IN COMBINATION WITH
HELMINTHOSIS
ANNOTATION
Children and adolescents are most susceptible to the development of tuberculosis, especially in the presence of concomitant diseases that lead to a
decrease in both humoral and cellular immunity. One of these concomitant diseases is helminthosis. It has been shown that the div's immune
response to infection with worms is reduced, which, in turn, contributes to the emergence of various infections, including tuberculosis. The aim of
the study is to study, based on the analysis of case histories of patients undergoing treatment in the Samarkand regional center of phthisiology and
pulmonology and archival case histories, the structure and features of the clinical course of primary tuberculosis in combination with helminthic
invasion in children. The most common types of helminthiases are hymenolepiasis - 40%, enterobiasis - 33%, less often - giardiasis (22%) and
ascariasis (5%). Signs of intoxication and lesions of the bronchopulmonary system are detected during infection with worms in patients with primary
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2021
70
tuberculosis. The presence of infection with worms adversely affects the treatment of patients with pulmonary tuberculosis, therefore, treatment
measures should be consistent with the course of both diseases.
Key words:
primary tuberculosis, helminthosis, children, patient, chemotherapy.
Mamatova Nargiza Toirjonovna
Samarqand Davlat tibbiyot instituti
Ftiziatriya kafedrasi assistenti,
Samarqand, O’zbekiston
Ashurov Abduvaliy Abduhakimovich
Samarqand viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi
oliy toifali ftiziatri, Samarqand, O’zbekiston
Abduhakimov Baxrombek Abduvaliyevich
Samarqand Davlat tibbiyot instituti
tibbiy profilaktika fakulteti talabasi,
Samarqand, O’zbekiston
GELMINTOZ BILAN KASALLANGAN BOLALARDA O’PKA SILINING KECHISH XUSUSIYАTLARI
ANNOTATSIYA
Bolalar va o’smirlar sil kasalligining rivojlanishiga eng ko’p moyil bo’lishadi, ayniqsa, ularda yo’ldosh kasalliklar kuzatilganda, bu ham gumoral,
ham hujayraviy immunitetning pasayishiga olib keladi. Ushbu yo’ldosh kasalliklardan biri bu gelmintozdir. Organizmning gijja invaziyasi bilan
immunologik reaktivligining pasayishi isbotlangan, bu esa o’z navbatida turli infeksiyalarni, shu jumladan sil kasalligini qo’shilishiga yordam
beradi. Ishning maqsadi Samarqand viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazida davolanayotgan gelmintoz bilan kasallangan bolalarda
birlamchi sil kasalligining klinik kechishining o’ziga xosligini bemorlarning kasallik tarixini va arxiv kasallik tarixini o’rganish. Gelmintozning
eng keng tarqalgan turi gimenolepidoz - 40%, enterobioz - 33%, kamroq - lyamblioz (22%) va askaridoz (5%). Birlamchi sil kasalligi bilan
kasallangan bemorlarda gijja invaziyasi kuzatilganda intoksikasiya va bronx-o’pka tizimining zararlanish belgilari aniqlanadi. Gijja invaziyasining
mavjudligi o’pka sili bilan kasallangan bemorlarning davolanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun davolash choralari har ikkala kasallikning
kechishiga ham to’g’ri kelishi kerak.
Kalit so’zlar:
birlamchi sil, gelmintoz, bolalar, bemor, kimyoviy terapiya.
Dolzarbligi.
Jamiyat va sog’liqni saqlashni rivojlantirishning
hozirgi bosqichida biz sil kasalligi aholining deyarli barcha
qatlamlariga, barcha yosh guruhlariga ta’sir qilishi mumkinligi va
ayniqsa bolalar va o’smirlar uchun xavfli ekanligini ta’kidlashimiz
mumkin [1, 4]. O’zbekiston Respublikasida sil kasalligining oldini olish
bo’yicha keng ko’lamli davlat amaliyoti qo’llanilishi tufayli
epidemiologik vaziyat yaxshilandi, bolalar va o’smirlar orasida sil
kasalligi tarqalishining sezilarli pasayishi kuzatilmoqda [2, 4]. Silga
qarshi emlangan tanada muhim immunologik qayta tuzilishlar sodir
bo’ladi, ammo BSJga qarshi emlash amalga oshirilmaydigan va sil
kasalligi bilan og’rigan bemor bilan aloqa qilishni istisno qilmaydigan
holatlarda, ayniqsa, yosh bolalarda kasallikning og’ir kechishi
kuzatilishi mumkin. Bolalar orasida sil kasalligi holati kattalar orasida
epidemiologik vaziyatning qay darajada ekanligini ko’rsatuvchi omil
bo’lib hisoblanadi. Bolalar va o’smirlarda sil kasalligining og’ir
kechishi, ehtimol ularning immunologik reaktivligining o’ziga xos
xususiyatlari [2, 5, 8, 9], infeksiyaning massivligi, emlash natijasida
immunitetining yo’qligi va boshqa kasalliklar ta’sirida organizmning
zaiflashishi bilan bog’liq. Mikobakteriyalarning dori-darmonlarga
chidamli shtammlari sonining o’sishi ham muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumki, bolalar va o’smirlar sil kasalligining rivojlanishiga eng
ko’p moyil bo’lishadi, ayniqsa, ularda yo’ldosh kasalliklar
kuzatilganda, bu ham gumoral, ham xujayraviy immunitetning
pasayishiga olib keladi [3, 5, 11]. Ushbu yo’ldosh kasalliklardan biri bu
gelmintozdir. Organizmning gijja invaziyasi bilan immunologik
reaktivligining pasayishi isbotlangan, bu esa o’z navbatida turli
infeksiyalarni, shu jumladan sil kasalligini qo’shilishiga yordam beradi.
Yevropada har uchinchi aholi gijja invaziyasi bilan xastalangan.
O’zbekistonda yillik kasallanish ko’rsatkichiga ko’ra, har yuz ming
aholidan mingtasida gijja invaziyasi aniqlanadi [3, 7]. O’zbekistonda
eng ko’p tarqalgan gelmintozlar: enterobioz, askaridoz, trematodoz.
Mamlakatda enterobioz bilan kasallanish darajasi yuz ming aholiga
nisbatan bir ming yuz holat. Ushbu bemorlar orasida 90% bolalar
tashkil etib, ularning yoshi bir yoshdan 3 yoshgachadir.
So’nggi yillardagi adabiyotlarda kattalardagi gijja invaziya fonida
sil kasalligining klinik kechishi masalalari juda keng yoritilgan [1, 6, 10,
12], ammo bolalarda ushbu masalalarni o’rganishga bag’ishlangan
asarlar yetarli emas va shuning uchun biz o’zimizga quyidagi maqsad
va vazifalarni qo’ydik.
Tadqiqotning maqsadi
. Samarqand viloyati ftiziatriya va
pulmonologiya markazida davolanayotgan gelmintoz bilan kasallangan
bolalarda birlamchi sil kasalligining klinik kechishining o’ziga xosligini
bemorlarning kasallik tarixini va arxiv kasallik tarixini o’rganish.
Materiallar va tekshiruv usullari.
Ushbu ishda 2017-2021 yillar
davomida Samarqand viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazining
bolalar bo’limida davolangan 60 nafar kasal bolalar o’rganilib, bemorlar
2 guruhga bo’lingan: birinchi guruhga gelmintoz kuzatilgan birlamchi
sil bilan kasallangan 40 nafar bola kiritilgan. Ikkinchi guruhga sil
kasalligining birlamchi shakllari bilan kasallangan 20 nafar bemor
tashkil etdi. Bemorlarning ikkala guruhida 3 yoshdan 14 yoshgacha
bo’lgan bolalar va o’smirlar ustunlik qildilar. Ikkala guruhning
bemorlari jinsi jihatidan bir xil edilar, o’g’il bolalar mos ravishda 42,5
va 35%, qizlar esa 57,5 va 65%. I va II guruhdagi bemorlarda birlamchi
sil kasalligining dastlabki klinik shakllari, ya’ni birlamchi sil kompleksi,
tarqoq o’pka sili, ko’krak ichi limfa tugunlari sili kabi klinik shakllar
kuzatildi. Bemorlarning birinchi guruhida silning yallig’lanish bosqichi
33 (82,5%) bemorda, so’rilish bosqichi - 7 (17,5%) nafar bemorga
tashxis qo’yilgan, nazorat guruhida 14 (70%) bemorda yallig’lanish
bosqichi, so’rilish bosqichi esa - bemorlarning 6 tasida (30%)
mavjudligi rentgenologik tasdiqlangan. Shunga ko’ra, bemorlarning
asosiy guruhida nazorat guruhidagi bemorlar bilan taqqoslaganda
birlamchi sil kompleksi va tarqoq sil kasalligi ko’proq uchraydi - 20 va
15% , 10 va 10%; ko’krak ichi limfa tugunlarining sil kasalligi sezilarli
darajada kam tarqalgan - 65% va 80%.
Tekshiruv natijalari va ularning muhokamasi.
Sil jarayonining
o’pkadagi rentgenologik xususiyatlariga ko’ra, bemorlar quyidagicha
taqsimlandi: birinchi guruhda 28 (70%) bemorda o’pkada o’ziga xos
o’zgarishlar sanoqli o’choqlar shaklida, yumaloq yoki chegaralangan
yallig’langan soyalar yoki ildiz yallig’lanishi ko’rinishida namoyon
bo’ldi. Bunday o’zgarishlar II guruhdagi 18 (90%) bemorda rentgen
tekshiruvi bilan aniqlandi. Qolgan hollarda, I guruhda 6 (30%) bemorda
va II guruhda 2 (10%) bemorda sil kasalligi jarayoni tarqalgan o’pka
zararlanishlari va keng yallig’langan soyalar ko’rinishida namoyon
bo’ldi. Binobarin, sil kasalligi jarayoni va gijja invaziya bilan og’rigan
bemorlar guruhida jarayonning tarqalishi o’pkaning bitta bo’lagini yoki
undan ko’prog’ini qoplash bilan 3 marta ko’proq uchrashi aniqlandi.
Gelmintozning mavjudligi yoki yo’qligi anamnez ma’lumotlari,
koprologik tahlillar natijalari bilan tasdiqlandi. Gelmintozning eng keng
tarqalgan turi gimenolepidoz - 40%, enterobioz - 33%, kamroq -
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2021
71
lyamblioz (22%) va askaridoz (5%). Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki,
kasalxonaga yotqizish va davolanishning dastlabki 6 oyi davomida
asosiy va nazorat guruhlari bemorlarida klinik alomatlar dinamikasi va
obyektiv tadqiqot ma’lumotlari turlicha bo’lgan.
Silni aniqlashda alohida simptomlar (terlash, holsizlik, ko’krak
qafasidagi og’riqlar, yo’tal, quruq va ho’l xirillash) ko’pincha asosiy
guruhdagi bemorlar orasida aniqlangan. Intoksikasiya alomatlari sil
kasalligi va uzoq muddatli gijja invaziyasi ta’sirida yuzaga kelgan deb
o’ylaymiz. Bronx-o’pka tizimning mahalliy zararlanish alomatlarini
ko’p kuzatilishi va ularning sekin so’rilishi o’pkada spesifik
yallig’lanish jarayonining o’ziga xos xususiyatlari, traxeobronxial
daraxtdagi o’zgarishlar tabiati bilan izohlanadi. Antibiotikoterapiyaning
dastlabki 3-4 oyida gepatobiliar tizimining zararlanishi natijasida kelib
chiqadigan shikoyatlar dinamikasi va obyektiv alomatlar tahlil qilindi.
"Sil-gelmintoz"
aralash
patologiyasi
bo’lgan
bemorlarda
shikoyatlarning sezilarli darajada oshganligi aniqlandi: ko’ngil aynish,
qusish, bosh og’rig’i, bosh aylanishi, terlash, holsizlik, titroq,
ishtahaning pasayishi, ko’krak qafasidagi og’riq, nafas qisishi, yo’tal,
o’pkada quruq yoki nam xirillash, qichishish va terida toshmalar. O’ng
qovurg’a ostida yoki epigastral sohada og’riq chastotasi oshdi (p <0,05)
42,5% dan 50% gacha. Qorin bo’shlig’i a’zolarini yuzaki va chuqur
palpasiya qilishda bemorlarning 32,5% o’ng qovurg’a osti sohasida,
kimyoviy terapiya paytida esa 41,1% og’riq reaksiyasi kuzatildi (p
<0,05). Ortner va Myussining ijobiy simptomlari qabul qilinganida
bemorlarning 17,5 foizida aniqlandi, keyingi 3 oy ichida bemorlarning
26 foizida aniqlandi (p <0,01). Qabul paytida 6 (15%) bolalar va
o’smirlarda terining sarg’ayishi va subikterik skleralar aniqlandi va 2
(5%) bemorlarda ushbu alomatlar davolanish paytida paydo bo’ldi (p>
0,05). Nazorat guruhidagi kasalxonaga yotqizilgan bemorlar qichishish
va teri toshmalarini sezishmadi. 3 oylik davolanish jarayonida
shikoyatlar ilk marta faqatgina 4 nafar bemorda gepatobiliar tizimining
shikastlanishidan kelib chiqadigan obyektiv alomatlarsiz o’zgarishlar
kuzatildi. Laborator ma’lumotlarini baholashda gemogramma va
eritrositlar cho’kish tezligi (EChT) ko’rsatkichlarining dinamikasi tahlil
qilindi. Nazorat guruhi bilan taqqoslaganda gijja invaziyasi kuzatilgan
o’pka sili bilan og’rigan bemorlarda nafaqat gemogramma va EChTda
sezilarli o’zgarishlar, balki ularni normallashish jarayoni ham
susayganligi aniqlandi. Shunga qaramay, shuni ta’kidlash kerakki,
gemogramma va EChTdagi o’zgarishlar darajasi, asosan, eozinofillar
tarkibidan tashqari, asosiy kasallik - o’pka sili bilan belgilanadi.
Shunday qilib, birinchi guruhdagi bemorlar o’rtasida davolanishdan
oldin 33 (82,5%) holatlarda qonda 5-11% eozinofillarning mavjudligi
va 7 (17,5%) nafar bemorda 10% dan ortiq eozinofiliya holati qayd
etilgan. Kimyoviy terapiya paytida gijja invaziyasi kuzatilgan sil
kasalligi bilan kasallangan 17 (42,5%) bemorda eozinofillar o’rtacha
darajada oshdi, 9 (22,5%) nafar bemorda esa eozinofiliya (10% dan
ortiq) oshishi holati kuzatildi. Birinchi guruhdagi bemorlarda qonda
eozinofillarning o’rtacha miqdori nafaqat davolanishning ikkinchi oyida
(6-15,0%) oshdi, balki uchinchi (5-12,5%) va to’rtinchi (3-7,5%) oyda
deyarli o’zgarmadi. Gijja invaziyasi kuzatilmagan o’pka sili bilan
kasallangan bemorlar gemogrammasi va EChTda yaqqol o’zgarishlar
aniqlandi va ularni meyyorlashishi normal darajada saqlanib qoldi.
Gemogramma va EChTdagi o’zgarishlar darajasi birinchi navbatda
birlamchi o’pka sili bilan belgilanadi. Qon biokimyoviy tahlilida
birinchi navbatda, asosiy guruhdagi bemorlarda gipoproteinemiya va
disproteinemiya borligi aniqlandi. Shunday qilib, tekshirilayotgan
yo’ldosh kasalligi mavjud shaxslarning 32 foizida gipoproteinemiya
62,0+1,6 g/l gacha ko’rsatkichga ega edi. Timol sinamasi, qonda
bilirubin miqdori me’yorning yuqori chegaralarida, nazorat guruhidagi
bemorlarda esa disproteinemiya holati kuzatildi. Shunday qilib,
davolash boshlangunga qadar ALAT ko’rsatkichi bemorlarning 10
foizida, davolashning birinchi oyida - bemorlarning 30 foizida, ikkinchi
oyda - bemorlarning 75 foizi, uchinchi oyida - bemorlarning 25 foizida
me’yordan oshdi. Timol sinamasi, qonda bilirubin miqdori,
aminotransferaza faolligi kabi jigar ko’rsatkichlari meyor darajasida
edi. Billiar yo’llarini kompleks o’rganish (jigar va o’t pufagini
ultratovush tekshiruvi) o’t pufagining diskinetik buzilishlarining
giperkinetik 6 (15%) va gipokinetik 3 (7,5%) turlarida ekanligi
aniqlandi. 31 ta (77,5%) holatlarda ultratovush tekshiruvidan o’tgan
asosiy guruh bemorlari orasida o’t pufagining harakat funksiyasi
me’yordan chetga chiqmagan edi. Nazorat guruhidagi bemorlarda jigar
va o’t pufagining ultratovush tekshiruvida o’t pufagining diskinezik
buzilishi aniqlanmadi. Barcha 20 ta (100%) holatlarda ultratovush
tekshiruvidan o’tgan nazorat guruhidagi bemorlar orasida o’t
pufagining harakat funksiyasi me’yordan chetga chiqmaganligi
aniqlandi.
Asosiy
guruhdagi
bemorlarni kompleks davolash
samaradorligini o’rganayotganda biz dorilarning tolerantligiga qarab
bemorlarning ikkita toifasini shartli ravishda ajratdik. Birinchi toifa –
antibakterial dorilarni yaxshi ko’tara oladigan bemorlar. Ikkinchi
toifaga esa antibakterial dorilarga javoban salbiy reaksiyalarga ega
bo’lgan bemorlar kiritildi. Gijja invaziyasi kuzatilgan birlamchi sil bilan
kasallangan har ikkinchi bemorda silga qarshi dorilarga nisbatan
nojo’ya ta’sir kuzatilishi aniqlandi.
Shunday qilib, 7 (17,5%) bemorda qonda doimiy eozinofiliya bilan
namoyon bo’lgan allergik reaksiyalar kuzatildi. 10 (25%) bemorda
gepatotoksik va neyrotoksik nojo’ya reaksiyalar, 3 (7,5%) bolalarda
dorilarning toksik-allergik nojo’ya ta’siri kuzatildi. O’pka parenximasi
va ildizidagi yallig’langan o’zgarishlar so’rilish tezligiga qarab
involyusiyaning uch turi ajratiladi: tez, o’rta va sekin. Involyusiyanning
tez turi o’pka parenximasida va ildizida 1-2 oylik kimyoviy terapiya
davomida o’choqli yallig’lanish o’zgarishlarining so’rilishi, o’rta turida
- 2-4 oydan keyin involyusiya kuzatilishi, sekin turida - 6 oydan keyin
so’rilish kuzatiladi. Ko’rinishidan, gijja invaziyasining mavjudligi
o’pka sili bilan kasallangan bemorlarning davolanishiga salbiy ta’sir
ko’rsatadi, shuning uchun davolash choralari har ikkala kasallikning
kechishiga ham to’g’ri kelishi kerak.
Xulosa.
Gelmintozning eng keng tarqalgan turi gimenolepidoz -
40%, enterobioz - 33%, kamroq - lyamblioz (22%) va askaridoz (5%).
Birlamchi sil kasalligi bilan kasallangan bemorlarda gelmintoz
kuzatilganda intoksikasiya va bronx-o’pka tizimining zararlanish
belgilari aniqlanadi. Bu belgilarning yo’qolishi "toza" sil kasalligiga
qaraganda uzoqroq davom etadi. Aralash patologiya aniqlangunga
qadar, bemorlarning 82,5% qonda doimiy eozinofiliya aniqlangan.
Kimyoviy terapiya jarayonida u o’sib boradi va pasayish xususiyatiga
ega emas. ALAT ko’rsatkichi davolash choralari boshlanishi bilan
bemorlarning 10 foizida, davolashning birinchi oyida - bemorlarning 30
foizida, ikkinchi oyda - bemorlarning 75 foizi, uchinchisida -
bemorlarning 25 foizida me’yordan oshib ketdi. Bemorlarning birinchi
guruhida nazorat guruhi bilan taqqoslaganda, gipoproteinemiya va
disproteinemiya miqdori 2,5 marta ko’proq kuzatildi. Billiar tizimidagi
diskinetik buzilishlar giperkinetik turda (15%) kuzatildi. Gijja
invaziyasining mavjudligi o’pka sili bilan kasallangan bemorlarning
davolanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun davolash choralari
har ikkala kasallikning kechishiga ham to’g’ri kelishi kerak.
Iqtiboslar/Список литературы/References
1.
Аксенова В.А., Клевно Н.И., Кавтарашвили С.М. Очаг туберкулезной инфекции и его значение в развитии туберкулеза у детей.
Туберкулез и болезни легких. 2015;(1):19-24.
2.
Лим В.И. и др. Структура бронхообструктивного синдрома у госпитализированных детей // International scientific review of the
problems of natural sciences and medicine, 2019. С. 78–85.
3.
Мяндина, Г.И. Медицинская паразитология / Г.И.Мяндина, Е.В.Тарасенко. – М.: Практич. медицина, 2013. – 251 с. 21.
4.
Ходжаева С.А. Выявление туберкулёза лёгких у больных с психическими расстройствами. // Журнал молодёжный инновационный
вестник. 2018. №1(7). -С. 68.
5.
Ходжаева С.А. Отрицательные социальные факторы и их влияние на возникновение туберкулёза у детей. // Журнал молодёжный
инновационный вестник. 2018. №1(7). -С. 67.
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2021
72
6.
Abduhakimov B.A. Effects of anti- tuberculosis treatment on the functional status of the thyroid gland. Journal of cardiorespiratory research.
2020, vol. 3, issue 1, pp.24-27.
7.
Ataxanovna, K.S., Toirjonovna, M.N., Urinovich, K.K., Nazarovich, S.G., Murodullayevich, B.U. The Effectiveness of Short-Term
Treatment Regimens in The Treatment of Drug-Resistant Forms of Tuberculosis. European Journal of Molecular & Clinical
Medicine, 2020, Volume 7, Issue 3, Pages 5236-5240.
8.
Ellamonov S.N., Tashkenbaeva E., Abdieva G.A., Nasyrova Z.A., Khamidov N.S. Factors of arterial hypertension progression in patients
in comorbidity with type 2 diabetes mellitus. Journal of cardiorespiratory research. 2021, vol.2, issue 2, pp.16-21.
9.
Mamatova N.T. Psychological characteristics of adolescents with respiratory tuberculosis. Journal of Biomedicine and Practice 2020, vol.
5, issue 5, pp.135-140.
10.
Rizayev J.A. Primary prevention of dental caries in children // Belt&Road Joint Development Forum in Dentistry / Stomatology, September
21, 2017. Shanghay, China, P. 41-43.
11.
Xaydarovna, M.F., Narzullaevna, R.O. (2020). Prevention of Anemia in Patients with Tuberculosis. The American Journal of Medical
Sciences and Pharmaceutical Research, 2(11), 62-65. https://doi.org/10.37547/TAJMSPR/Volume02Issue11-11.
12.
Yarmukhamedova N.A. The challenge of emerging and re-emerging infectious diseases in Uzbekistan: study of rickettsiosis using pcr
diagnostic method // European science review, 2018. № 5–6. С. 177–179.