ЖУРНАЛ
КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ
ИССЛЕДОВАНИЙ
| JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№
1 | 2020
77
UDC: 616.24-002.5+615.281
Mamatova Nargiza Toirjonovna
Samarqand davlat tibbiyot institutining 1-ichki
kasalliklar va ftiziatriya kafedrasi assistenti. Samarqand, O'zbekiston
NAFAS OLISH TIZIMINING SIL KASALLIGINI KOMPLEKS DAVOLASH SAMARADORLIGIGA
BEDAKVILINNING TA'SIRI
For citation:
Mamatova N.T. Influence of bedaquiline on the effectiveness of complex treatment of tuberculosis of the respiratory
system. Journal of cardiorespiratory research. 2020, vol. 1, issue 1, pp. 77-80
http://dx.doi.org/10.26739/2181-0974-2020-1-11
ANNOTATSIYA
Ko'p dorilarga chidamli sil (MDR-TB) bilan og'rigan bemorlarni davolash muammosi 2000 yildandan buyon ftiziatriya sohasida
dunyodagi etakchi muammolardan hisoblanadi. 2013 yilda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti yangi antimikobakterial dori sifatida yangi
ta'sir mexanizmiga ega bo'lgan preparatni, ya'ni bedakvilinni tasdiqladi. Ishning maqsadi bedakvilin dori vositasini tayinlash orqali
nafas tizimi silini davolashning klinik samaradorligini oshirish imkoniyatlarini baholash edi. Taqdim etilgan natijalar 2017 yildan 2020
yilgacha Samarqand viloyat silga qarshi kurashish dispanserida davolangan keng dorilarga chidamli nafas olish tizimi sili bilan og'rigan
58 nafar bemorlarni dinamik kuzatish va davolash asosida olingan. Bedakvilin dori vositasini qo'llashda ijobiy samaradorlik
(mikobakteriyalar ajratishning to'xtatilishi va emirilish bo'shlig'ining yopilishi) yallig'langan o'pka sili va tarqoq o'pka sili bilan
kasallangan birinchi marta aniqlangan bemorlarda qayd etilgan. Bedakvilin dori vositasini ilgari qabul qilmagan bemorlarga tavsiya
etish kasallikning klinik belgilari kamayishiga, yallig'lanish jarayoni va emirilish bo'shliqlarining hajmi sezilarli darajada kichrayishiga
imkon beradi.
Kalit so'zlari:
ko'p dorilarga chidamli sil, keng dorilarga chidamli sil, bedakvilin, davolash, nafas olish tizimi
Маматова
Наргиза
Тоиржоновна
ассистент
кафедры
внутренних
болезней
№
1
и
фтизиатрии
Самаркандского
Государственного
медицинского
института
.
г
.
Самарканд
,
Узбекистан
ВЛИЯНИЕ
БЕДАКВИЛИНА
НА
ЭФФЕКТИВНОСТЬ
КОМПЛЕКСНОГО
ЛЕЧЕНИЯ
ТУБЕРКУЛЁЗА
ДЫХАТЕЛЬНОЙ
СИСТЕМЫ
АННОТАЦИЯ
Проблема
лечения
пациентов
с
множественным
лекарственно
-
устойчивым
туберкулезом
(MDR-TB)
является
одной
из
ведущих
проблем
в
мире
в
области
фтизиатрии
с
начала
2000-
х
годов
.
В
2013
году
Всемирная
организация
здравоохранения
утвердила
в
качестве
нового
противомикробного
препарата
с
новым
механизмом
действия
препарат
бедаквилин
.
Целью
работы
была
оценка
возможности
повышения
клинической
эффективности
лечения
туберкулеза
дыхательной
системы
путем
назначения
препарата
бедаквилин
.
Представленные
результаты
были
получены
на
основе
динамического
наблюдения
и
лечения
58
больных
лекарственно
-
устойчивым
туберкулёзом
дыхательной
системы
,
лечившихся
в
Самаркандском
областном
противотуберкулезном
диспансере
с
2017
по
2020
год
.
Положительная
эффективность
при
применении
препарата
бедаквилин
(
прекращение
выделения
микобактерий
и
закрытие
полости
распада
)
была
отмечена
у
впервые
выявленных
пациентов
с
инфильтративным
туберкулёзом
легких
и
диссеминированным
туберкулёзом
легких
.
Назначение
пациентам
,
ранее
не
принимавшим
препарат
бедаквилин
,
позволяет
снизить
клинические
симптомы
заболевания
,
значительно
уменьшить
воспалительный
процесс
и
объем
полостей
распада
.
Ключевые
слова
:
множественный
лекарственно
-
устойчивый
туберкулез
,
широкий
лекарственно
-
устойчивый
туберкулез
,
бедаквилин
,
лечение
,
дыхательная
система
Mamatova Nargiza Toirjonovna
assistant of the Department of Internal Medicine
No. 1 and Phthisiology of Samarkand
State Medical Institute. Samarkand, Uzbekistan
INFLUENCE OF BEDAQUILINE ON THE EFFECTIVENESS OF COMPLEX TREATMENT OF TUBERCULOSIS OF
THE RESPIRATORY SYSTEM
ЖУРНАЛ
КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ
ИССЛЕДОВАНИЙ
| JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№
1 | 2020
78
ANNOTATION
The problem of treating patients with multidrug-resistant tuberculosis (MDR-TB) has been one of the world's leading problems in the
field of Phthisiology since the early 2000s. In 2013, the world health organization approved bedaquiline as a new antimicrobial drug
with a new mechanism of action. The aim of the work was to evaluate the possibility of improving the clinical effectiveness of treatment
of respiratory tuberculosis by prescribing the drug bedaquiline. The presented results were obtained on the basis of dynamic observation
and treatment of 58 patients with drug-resistant tuberculosis of the respiratory system who were treated in the Samarkand regional TB
dispensary from 2017 to 2020. Positive efficacy when using the drug bedaquiline (stopping the release of mycobacteria and closing the
decay cavity) was noted in newly identified patients with infiltrative pulmonary tuberculosis and disseminated pulmonary tuberculosis.
Administration to patients who have not previously taken the drug bedaquiline can reduce the clinical symptoms of the disease,
significantly reduce the inflammatory process and the volume of the decay cavities.
Keywords:
multiple drug-resistant tuberculosis, broad drug-resistant tuberculosis, bedaquiline, treatment, respiratory system
Dolzarbligi.
Ko'p dorilarga chidamli sil (MDR-TB)
bilan og'rigan bemorlarni davolash muammosi 2000 yildandan
buyon ftiziatriya sohasida dunyodagi yetakchi muammolardan
hisoblanadi. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotiga ko'ra
[6,9,10], 2015 yil kogortasida ko'p dorilarga chidamli silni
(MDR-TB) samarali davolash (114 180 bemor) 55% va keng
dorilarga chidamli silni (XDR-TB) samarali davolash (8 399
bemor) 34% bemorlarda kuzatilgan.
MDR-TB/XDR-TB shakllari bilan kasallangan
bemorlarning ko’payishi, bemorlarning davolanishga etarli
darajada amal qilmasligi, silga qarshi dorilarning chegaralangan
spektrga ega ekanligi, sil va OIV infeksiyalarining birgalikda
kechishi – bularning xammasi silning davolab bo’lmaydigan
shakllari rivojlanishiga olib keladi [5-10].
Mycobacterium tuberculosis (MBT) shtammlarining
dorilarga chidamliligining oshishi, tabiiy ravishda, yangi samarali
dori vositalarini izlashga olib keladi. 2013 yilda Jahon sog'liqni
saqlash tashkiloti yangi antimikobakterial dori sifatida yangi ta'sir
mexanizmiga ega bo'lgan preparatni tasdiqladi. [1]. Bedakvilin -
diarilxinolinlar guruhiga kiruvchi silga qarshi kurashuvchi yangi
dori vositasi hisoblanadi. Dori vositasining bakteriotsid ta'siri
MBTning hujayraviy nafasida muhim rol o'ynaydigan ferment
ATF-sintaza (adenosin 5'trifosfat-sintaza) ning proton pompasini
ingibirlash bilan namoyon bo'ladi. ATF sintezining ingibirlanishi
energiya ishlab chiqarishning buzilishiga va natijada mikrob
hujayralarining o'limiga olib keladi [1]. Dori vositasi klinik
tadqiqotlarda ko'p dorilarga chidamli sil bilan kasallangan
bemorlarni davolashda yuqori samaradorlikka ega ekanligini
isbotladi [9,10].
Ishning maqsadi.
Bedakvilin dori vositasini tayinlash
orqali nafas tizimi silini davolashning klinik samaradorligini
oshirish imkoniyatlarini baholash.
Materiallar va tekshiruv usullari.
Taqdim etilgan
natijalar 2017 yildan 2020 yilgacha Samarqand viloyat silga
qarshi kurashish dispanserida davolangan keng dorilarga
chidamli nafas olish tizimi sili bilan og'rigan 58 nafar bemorlarni
dinamik kuzatish va davolash asosida olingan bo'lib, ular
antimikobakterial dori vositalari spektrini hisobga olgan holda 2
guruhga bo'lingan: asosiy guruh - bedakvilinni qabul qilgan 32
bemor; nazorat guruhi - ushbu dori vositasini qabul qilmagan 26
bemor.
Bemordan ajratilgan MBT shtammlarining dorilarga
chidamliligi spektri aniqlangach individual sxemaga ko'ra
bedakvilin dori vositasi kiritildi. Kimyoterapiya samaradorligi 24
haftadan so'ng baholandi, ya'ni asosiy guruhda bedakvilinni qabul
qilish tugallangandan so'ng.
Bemorlarning aksariyati erkaklar (49 kishi), o'rtacha
yosh esa 41,00 ± 0,28 edi. Birinchi marta aniqlangan bemorlar 20
nafar, ilgari davolanganlar-38 nafar bemor. Bemorlarda
kuzatilgan nafas olish tizimi sil kasalligining klinik tuzilishi 1-
jadvalda aks ettirilgan.
1-jadval.
Bemorlarda kuzatilgan nafas olish tizimi silining klinik tuzilishi
Bemorlar guruhi
Tarqoq sil
Yallig'langan sil
Kazeoz zotiljam
Fibroz-kovakli sil
abs
%%
abs
%%
abs
%%
abs
%%
Asosiy n=32
Ilk marta n=11
4
36,3
6
54,5
-
-
1
9,2
Qayta
n=21
5
23,8
4
19
1
4,8
11
52,4
Nazorat
n=26
Ilk marta
n=9
3
33,4
4
44,4
1
11,1
1
11,1
Qayta
n=17
5
29,4
3
17,6
1
6
8
47
Jami n=58
Ilk marta n=20
7
35
10
50
1
5
2
10
Qayta
n=38
10
26,3
7
18,4
2
5,3
19
50
Taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, bemorlarda
kuzatilgan klinik tuzilishda fibroz-kovakli sil ko'proq aniqlangan.
Ushbu tashxis qo'yilgan bemorlarning aksariyati silga qarshi
dispanserlarning kontingenti bo'lib, avvalgi uzoq muddatli
ftiziatrik anamnezga ega bo'lganlar. Birinchi marta aniqlangan
bemorlar orasida yallig'langan va tarqoq sil deyarli bir xil
miqdorda kuzatilgan. Intoksikatsiya belgilari va kasallikning
mahalliy belgilari shaklida kasallikning klinik belgilari deyarli
hamma bemorda, shu jumladan 36,2% nafar bemorda yaqqol
kuzatildi. Periferik qon tekshiruvida 83,8% bemorlarda, shu
jumladan leykotsitoz 57,3% nafar, limfopeniya 26,5%
bemorlarda aniqlandi, eritrotsitlarning cho'kish tezligi 20-40
mm/soat ichida ortishi 43,6% va 40 mm/soat dan ortishi 24,5%
bemorlarda aniqlandi. Jigarning funktsional holatini tavsiflovchi
biokimyoviy ko'rsatkichlar (qon zardobida aminotranferaza
darajasi, bilirubin miqdori) ko'pgina bemorlarda (42 kishi)
tadqiqotga kiritilganda normal holatda bo'lgan.
Patologik jarayonning rentgenologik ko'rinishi o'ziga
xos spetsifik ko'rinishda aniqlandi. Ko'pgina kuzatishlarda tarqoq
o'pka sili ikki tomonlama bo'lib, polimorf o'choqlar va emirilish
bo'shliqlari ko'rinishida namoyon bo'lgan. Yallig'langan sil
asosan uchta rentgenomorfologik turda - bulutli infiltratlar, ko'p
hollarda (53,4%) emirilish bilan; lobit va peritsisurit (45,2%)
ko'rinishida namoyon bo'lgan. Fibroz-kovakli sil esa ikki
tomonlama yaqqol rivojlangan fibroz, o'rta va katta hajmli bir
ЖУРНАЛ
КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ
ИССЛЕДОВАНИЙ
| JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№
1 | 2020
79
nechta kovaklar, bronxogenli tarqalish o'choqlar ko'rinishida
namoyon bo'lgan.
Bedakvilinni qabul qilgan bemorlarning 93,7% va
nazorat guruhining 91% bemorlarida yo'ldosh kasalliklar
kuzatilgan (2-jadval).
2-jadval.
Asosiy va nazorat guruhida kuzatilgan yo'ldosh kasalliklar
Yo'ldosh kasallik
Asosiy guruh n=32
Nazorat guruhi n=26
Abs
%%
abs
%%
Qandli diabet
3
9,4
2
7,7
Surunkali bronxit
7
21,9
5
19,2
Surunkali gastrit
8
25
6
23
Me'da va 12-barmoqli
ichak yarasi
4
12,5
3
11,5
Surunkali gepatit C
1
3,1
1
3,8
Surunkali gepatit B
3
9,4
1
3,8
OIV-infeksiya
1
3,1
1
3,8
Taqdim etilgan ma'lumotlardan ko'rinib turiptiki, nafas
olish tizimi silidan tashqari bemorlarda surunkali virusli gepatit
C va B, OIV infektsiyasi, spirtli kasallik, surunkali bronxit,
me'da-ichak trakti kasalliklari, qandli diabet kabilar aniqlangan.
Davolash samaradorligini baholashda intoksikatsiya
belgilari, mikobakteriya ajratishning to'xtashi, yemirilish
bo'shlig'ining yopilishi dinamikasi hisobga olindi.
Kuzatuv guruhlarida bedakvilinga kiruvchi salbiy
reaktsiyalarning chastotasi va tabiati bemorlarning shikoyatlari
mavjudligi, EKGdagi o'zgarishlar, transaminazalarning (ALT,
AST) dinamikasi bilan baholandi.
Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi.
Bedakvilin bilan davolash natijasida birinchi marta aniqlangan
barcha bemorlarda intoksikatsiya simptomlarining yo'qolishi,
gemogramma ko'rsatkichlarining normallashishiga erishildi.
Asosiy guruhda ilgari davolanganlar orasida klinik jixatdan
tuzalish 74,8% nafar bemorda qayd etilgan va ko'pchilik
kuzatishlarda yallig'lanish jarayoning pasayishi va emirilish
bo'shkiqlari hajmining kichrayishi kuzatildi. Ba'zi hollarda
intoksikatsiya simptomlarining yo'qolishi, mikobakteriya
ajratishning kamayisi, yallig'lanish jarayoni va yemirilish
bo'shliqlari hajmining kamayishi bemorlarni jarrohlik davolash
usuliga tayyorlash uchun imkoniyat yaratdi (3-jadval).
3-jadval.
Asosiy va nazorat guruhida kuzatilgan davolashning samaradorligi
Ko'rsatkich
Asosiy guruh n=32
Nazorat guruhi n=26
Ilk marta n=11
Qayta
n=21
Ilk marta
n=9
Qayta
n=17
Intoksikatsiya
simptomlarining yo'qolishi
abs
11
16
9
12
%%
100
76,1
100
70,5
Mikobakteriya ajratishning
kamayisi
abs
9
5
7
4
%%
81,8
23,8
77,7
23,5
Emirilish bo'shliqlari
hajmining
kamayishi
abs
7
2
5
1
%%
63,3
9,5
55,5
5,8
Shuni ta'kidlash kerakki, bedakvilin dori vositasini qabul qilgan
asosiy guruhdagi birinchi marta aniqlangan bemorlarning
emirilish bo'shliqlari hajmining kamayishi 63,3% nafar bemorda
kuzatilgan bo'lsa, bu ko'rsatkich nazorat guruhida 55,5% % nafar
bemorda kuzatilgan.
Bedakvilinni qabul qilishda kuzatilgan nojo'ya
reaktsiyalar asosiy guruhdagi bemorlarning 14 (43,8%) nafarida
qayd etilgan (4-jadval).
4-jadval.
Asosiy guruhda kuzatilgan nojo'ya reaktsiyalar
Nojo'ya reaktsiyalar
abs
%%
Uyqu buzilishi
1
3,1%
Bosh aylanishi
2
6,3%
Artralgiya
1
3,1%
ALT, ASTning bir yarim baravar oshishi
6
18,8%
ASTning bir yarim baravar oshishi
4
12,5%
Jami
14
43,8%
Umuman olganda, asosiy guruhda 10 (31,2%) nafar
bemorlarda transaminaza darajasining oshishi kuzatildi, ulardan
6 nafar bemorda bir vaqtning o'zida har ikkala ko'rsatkichni
(ALT, AST) oshishi, 4 nafar bemorlarda esa faqat AST o'sish
kuzatildi; ammo barcha holatlarda ALT va AST miqdori darajasi
bir yarim normadan oshmadi. Bemorlarga nojo'ya reaktsiyalarni
bartaraf etish uchun simptomatik davolash buyurildi.
Tadqiqotda EKGda QT intervalining uzayishi sil
kasalligi qaytalangan 2 (9,5%) nafar bemorda qayd etilgan.
Bedakvilin dori vositasini buyurishdan oldin qarshi ko'rsatmalar
aniqlanmagan. Davolashning 4 oyida bedakvilinni qabul qilishda
EKGda QT intervalining uzayishini klinik ko'rinishlarsiz qayd
etilgan. Bedakvilin dori vositasini to'xtatmasdan va dozasini
kamaytirmasdan kardiolog bilan maslahatlashgan holda
ЖУРНАЛ
КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ
ИССЛЕДОВАНИЙ
| JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№
1 | 2020
80
bemorlarga simptomatik davolash kursi buyurildi. Bir oydan
so'ng (bedakvilin qabul qilishning 5 oyi) QT intervali
normallashdi. Bemorlar 6 oylik davolash kursini ijobiy natija
bilan muvaffaqiyatli yakunlashdi.
Shunday qilib, bizning tadqiqotimizda bemorlarda
bedakvilin dori vositasiga nisbatan jiddiy nojo'ya reaktsiyalar
kuzatilmadi.
Xulosa.
Bedakvilin dori vositasini qo'llashda ijobiy
samaradorlik (mikobakteriyalar ajratishning to'xtatilishi va
emirilish bo'shlig'ining yopilishi) yallig'langan o'pka sili va
tarqoq o'pka sili bilan kasallangan birinchi marta aniqlangan
bemorlarda qayd etilgan. Bedakvilin dori vositasini ilgari qabul
qilmagan bemorlarga tavsiya etish kasallikning klinik belgilari
kamayishiga, yallig'lanish jarayoni va emirilish bo'shliqlarining
hajmi sezilarli darajada kichrayishiga imkon beradi.
Bizning tadqiqotimizda bemorlarda bedakvilin dori
vositasiga nisbatan jiddiy nojo'ya reaktsiyalar kuzatilmadi.
Iqtiboslar/
Список
литературы
/ References
1.
Инструкция
по
применению
лекарственного
препарата
для
медицинского
.
применения
Сиртуро
(Sirturo®).
Регистрационный
номер
:
ЛП
-002281. [
Электронный
ресурс
] URL: http://www.ros-med.info/reestrls/ info. php?action=
info &id=26223. (
Дата
обращения
20.04.2015
г
.).
2.
Маматова
Н
.
Т
.,
Ходжаева
С
.
А
.
Выявление
туберкулёза
лёгких
у
больных
с
психическими
расстройствами
. //
Журнал
молодёжный
инновационный
вестник
. 2018.
№
1(7).
стр
. 68.
3.
Маматова
Н
.
Т
.,
Ходжаева
С
.
А
.
Отрицательные
социальные
факторы
и
их
влияние
на
возникновение
туберкулёза
у
детей
. //
Журнал
молодёжный
инновационный
вестник
. 2018.
№
1(7).
стр
. 67.
4.
Dheda K., Esmail A., Limberis J., Maartens G. Selected questions and controversies about bedaquiline: a view from the field
// Int. J. Tuberc. Lung Dis. - Vol. 20,
№
12. - R. S24-S32.
5.
Dheda K., Migliori G.B. The global rise of extensively drug resistant tuberculosis: is the time to bring back sanatoria now
overdue// www.thelancet.com Published online October 26, 2011 DOI:10.1016/S0140-6736(11)61062-33.
6.
Global tuberculosis report 2018, Geneva: World Health Organization, 2018; 95-96
7.
HPCA. Guidelines for providing palliative care to patients with tuberculosis. Hospice Palliative Care Association; South
Africa, 2011. p.1-141.
8.
HPCA. Guidelines for providing palliative care to patients with tuberculosis. Hospice Palliative Care Association; South
Africa, 2011. p.1-141nition/en/ Accessed April 2012.
9.
Pym A. S., Diacon A. H., Tang S. J., Conradie F., Danilovits M., Chuchottaworn C., Vasilyeva I., Andries K., Bakare N., de
Marez T., Haxaire-Theeuwes M., Lounis N., Meyvisch P., Van Baelen B., van Heeswijk R. P., Dannemann B. TMC207-
C209 Study Group. Bedaquiline in the treatment of multidrug- and extensively drug-resistant tuberculosis // Eur. Respir. J.
‒
2016.
‒
Vol. 47,
№
2.
‒
R. 564-574. doi: 10.1183/13993003.00724-2015.
10. Senthilingam M., Pietersen E.Mc., Nerney R, Te Riele J., Sedres P., Wilson R., Dheda K. Lifestyle, attitudes and needs of
uncured XDR-TB patients living in the communities of South Africa: a qualitative study. Trop Med Int Health., 2015
Sep;20(9):1155-1161. doi: 10.1111/tmi.12532.