ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2020
24
УДК: 616.71/.72-002.5-085.357.441
Маматова Наргиза Тоиржоновна
ассистент кафедры фтизиатрии Самаркандского Государственного
Медицинского Института, г.Самарканд, Узбекистан
Абдухакимов Бахромбек Абдувалиевич
студент факультета медицинской профилактики
Самаркандского Государственного
Медицинского Института, г.Самарканд, Узбекистан
ВЛИЯНИЕ ПРОТИВОТУБЕРКУЛЕЗНОГО ЛЕЧЕНИЯ НА ФУНКЦИОНАЛЬНОЕ СОСТОЯНИЕ
ЩИТОВИДНОЙ ЖЕЛЕЗЫ
For citation:
Mamatova N.T., Abduhakimov B.A. Effects of anti- tuberculosis treatment on the functional status of the thyroid gland. Journal
of cardiorespiratory research. 2020, vol. 3, issue 1, pp.24-27
http://dx.doi.org/10.26739/2181-0974-2020-3-4
АННОТАЦИЯ
Данные о функциональном состоянии щитовидной железы у больных туберкулезом, а также о влиянии противотуберкулезных
мероприятий на функцию щитовидной железы мало изучены и противоречивы. Состояние щитовидной железы в связи с длительным
лечением не изучалось, особенно у пациентов с преморбидной дисфункцией щитовидной железы. Цель исследования - изучить
функциональное состояние щитовидной железы у пациентов с деструктивными формами туберкулеза органов дыхания до и после
фазы интенсивного лечения противотуберкулезной химиотерапией. У пациентов, пролеченных в Самаркандском областном центре
фтизиатрии и пульмонологии, впервые были диагностированы деструктивные формы туберкулеза легких. Результаты полученные в
ходе исследования показывают, что синтетические аналоги гормонов щитовидной железы могут служить основой для
одновременного применения с противотуберкулезной химиотерапией. Это позволяет пациентам добиваться благоприятных исходов
при лечении туберкулёза.
Ключевые слова:
щитовидная железа, туберкулез, противотуберкулезная химиотерапия, пациент.
Mamatova Nargiza Toirjonovna
assistant of the department of phthisiology of the
Samarkand State Medical Institute, Samarkand, Uzbekistan
Abduhakimov Baxrombek Abduvaliyevich
medical prevention student
Samarkand State Medical Institute, Samarkand, Uzbekistan
EFFECTS OF ANTI- TUBERCULOSIS TREATMENT ON THE FUNCTIONAL STATUS OF THE THYROID GLAND
ANNOTATION
Data on the functional state of the thyroid gland in patients with tuberculosis, as well as on the effect of anti-tuberculosis measures on the
function of the thyroid gland, are poorly studied and contradictory. The state of the thyroid gland has not been studied in connection with long-
term treatment, especially in patients with premorbid thyroid dysfunction. The aim of the study was to study the functional status of the thyroid
gland in patients diagnosed with degenerative forms of respiratory tuberculosis before and after the intensive treatment phase of anti-
tuberculosis chemotherapy. Patients treated at the Samarkand Regional Center for Tuberculosis and Pulmonology, who were diagnosed for the
first time with degenerative forms of pulmonary tuberculosis, were examined. The results suggest that synthetic analogues of thyroid hormones
may serve as a basis for concomitant use with anti-tuberculosis chemotherapy. This allows patients to achieve successful results in TB treatment
interventions.
Keywords:
thyroid gland, tuberculosis, anti-tuberculosis chemotherapy, patient.
Mamatova Nargiza Toirjonovna
Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti
ftiziatriya kafedrasi assistenti, Samarqand sh., O`zbekiston
Abduhakimov Baxrombek Abduvaliyevich
Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2020
25
tibbiy profilaktika fakulteti talabasi,
Samarqand sh., O`zbekiston
QALQONSIMON BEZINING FUNKSIONAL HOLATIGA SILGA QARSHI DAVOLASH CHORALARINING TA`SIRI
ANNOTATSIYA
Sil kasalligi bilan og’rigan bemorlarda qalqonsimon bezning funksional holati to’g’risidagi ma’lumotlar, shuningdek, silga qarshi davolash
choralarining qalqonsimon bezining faoliyatiga ta’siri kam o’rganilgan va qarama-qarshi fikrlardan iborat. Qalqonsimon bezining uzoq
muddatli davolash choralariga nisbatan holati ayniqsa premorbid tiroid disfunksiyasiga ega bemorlarda o’rganilmagan. Ishning maqsadi nafas
olish a’zolari silining yemirilish bosqichi bilan kechuvchi shakllari ilk marta tashxis qo’yilgan bemorlarda qalqonsimon bezining funksional
holatini silga qarshi kimyoviy terapiyaning jadal davolash bosqichidan oldin va keyin o’rganish edi. Samarqand viloyat ftiziatriya va
pulmonologiya markazida davolayotgan, o’pka silining yemirilish bosqichi bilan kechuvchi shakllari ilk marta tashxis qo’yilgan bemorlar
tekshirildi. Olingan natijalar shuni ko’rsatadiki, qalqonsimon bez gormonlarining sintetik analoglarini silga qarshi kimyoviy terapiya bilan
birga qo’llashga uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bu esa bemorlarning silga qarshi davolash choralarida muvaffaqiyatli natijalarga
erishishga imkon beradi.
Kalit so’zlar:
qalqonsimon bez, sil, silga qarshi kimyoviy terapiya, bemor.
Dolzarbligi
. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsifiga
ko’ra, dorilarning nojo’ya ta’siri – bu kasalliklarni davolash,
tashxislash yoki oldini olish maqsadida dori vositalarini qo’llash
natijasida organizmda kuzatiladigan zararli yoki nojo’ya holatlardir.
JSST ma’lumotlariga ko’ra, dunyo bo’yicha davolash choralaridan
so’ng rivojlangan asoratlardan yuzaga kelgan o’lim ko’rsatkichi
holati beshinchi o’rinni (yurak-qon tomir, o’sma kasalliklari,
shikastlanishlar va o’pka kasalliklaridan keyin) egallaydi. AQShda
bir million aholiga nisbatan dori vositalarining nojo’ya ta’siri 18 000
holatda qayd etilgan bo’lsa, shulardan 7 900 holatlarda – jiddiy
asoratlar, 380 holatlarda esa – o’lim kuzatilgan. Davolash
choralarining asoratlaridan bir yil ichida 200 ming bemorda o’lim
kuzatilgan (1 million kasalxonaga yotqizilgan bemorlarning 3200
tasida o’lim kuzatilgan) [8, 11, 12].
Ekologik noqulay sharoitlar, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy
tanazzul sharoitida qalqonsimon bezga stress ta’sirining ko’lamini,
shuningdek,
qalqonsimon
bez
gormonlarining
immunitetni
shakllantirishda va yallig’lanishning rivojlanishidagi ta’sirini [1, 2, 3,
5] hisobga olib, qalqonsimon bezining holati davolashning klinik
xususiyatlari va samaradorligiga ta’sir qiladi deb taxmin qilish
mumkin.
Sil kasalligi bilan og’rigan bemorlarda qalqonsimon bezning
funksional holati to’g’risidagi ma’lumotlar [6], shuningdek, silga
qarshi davolash choralarining qalqonsimon bezining faoliyatiga
ta’siri kam o’rganilgan va qarama-qarshi fikrlardan iborat [7].
Qalqonsimon bezining uzoq muddatli davolash choralariga nisbatan
holati ayniqsa premorbid tiroid disfunksiyasiga ega bemorlarda
o’rganilmagan.
Tadqiqotning maqsadi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda,
o’pka silining yemirilish bosqichi bilan kechuvchi shakllari ilk marta
tashxis qo’yilgan bemorlarda qalqonsimon bezining funksional
holatini silga qarshi kimyoviy terapiyaning jadal davolash
bosqichidan oldin va oxirida o’rganish.
Materiallar va tekshiruv usullari.
Qalqonsimon bezning
funksional holati qalqonsimon bezning exostrukturasini o’rganish va
qon zardobidagi erkin tiroksin (T4) va gipofiz bezining tireotrop
gormoni (TTG) miqdorini aniqlash natijalari bo’yicha baholandi.
Ushbu ko’rsatkichlar qalqonsimon bezning subklinik disfunksiyasini
aniqlash uchun amaldagi umumiy qabul qilingan skrining
standartlariga muvofiq tanlangan [8, 9, 14]. Bundan tashqari,
tiroglobulin va tireoperoksidaza qarshi antitanalarni aniqlash ishlari
olib borildi.
Mindray DP-1100 Plus diagnostik ultratovush qurilmasi
yordamida qalqonsimon bezning exotuzilishi o’rganildi. Erkin
tiroksin va tireotrop gormon, shuningdek tiroglobulin va
tireoperoksidazaga qarshi antitanalar immunoferment usuli yordami
aniqlandi.
Qalqonsimon bezning funksional holati ko’rsatkichlari silga
qarshi davolashning boshlanishidan oldin va jadal davolash bosqichi
oxirida, o’rtacha 3 oydan keyin o’rganildi.
Olingan ma’lumotlarning statistik ko’rsatkichlarini hisoblash
Microsoft Excel XR yordamida amalga oshirildi. O’rtacha qiymatlar
o’rtasida nomuvofiqlik ehtimoli Styudentning t tamoyili yordamida
aniqlandi. Muhimlikning darajasi (p) 0,05 ga teng deb olindi.
Tekshiruv natijalari va ularning muhokamasi.
Samarqand
viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazida davolayotgan, o’pka
silining yemirilish bosqichi bilan kechuvchi shakllari ilk marta
tashxis qo’yilgan 30 nafar bemor tekshirildi. Tekshirilgan bemorlar
20 yoshdan 65 yoshgacha; o’rtacha yoshi 35,39 yosh edi. Bemorlar
orasida 22 nafari erkak edi, ularning o’rtacha yoshi 28,35 yosh va 8
ayol, ularning o’rtacha yoshi 31,38 yosh.
Tadqiqotda qatnashganlar orasida yallig’langan o’pka sili bilan
kasallangan bemorlar ustunlik qildi – 26 (86,7%) nafar; 2 (6,7%)
nafar bemorda kazeoz zotiljam; 1 (3,3%) nafarda - tarqalgan o’pka
sili va 1(3,3%) nafarda – fibroz-kavakli sil aniqlandi. 3 (10%) nafar
bemorda o’pka sili bir tomonlama ekssudativ sil plevriti bilan
asoratlandi. Qon tuflash 2 (6,7%) nafar bemorda qayd etilgan. 12
nafar bemorda profilaktik tekshiruvi paytida o’pkada o’zgarishlar
aniqlangan bo’lsa, qolgan bemorlarda umumiy ahvolining
yomonlashuvi oqibatida tibbiyot muassasalariga murojaat qilishlari
natijasida o’pka sili aniqlangan. 18 (60%) nafar bemorda
intoksikasiya sindromining og’ir kechishi kuzatilgan, qolgan 12
(40%) nafar bemorda intoksikasiya sindromi o’rtacha darajada
ifodalangan. Bronx-o’pka-plevra sindromi barcha bemorlarda silga
xamrohlik qilgan bo’lsa, deyarli 50% bemorda uning yaqqol
rivojlanganligi kuzatildi.
Tekshirish jarayonida ishtirok etgan barcha bemorlarning
o’pkasida yemirilish jarayoni va mikobakteriyalarni ajratish holati
aniqlandi. Silga qarshi dori vositalariga chidamlilik holati 10 (30%)
nafar bemorda kuzatilgan. Shu bemorlarning ichidan 7 nafar (6 nafar
bemorda izoniazid, rifampisin va streptomisinga va 1 nafar bemorda
izoniazid, streptomisin va pirazinamidga) bemorda 1-qatorning uchta
dori vositasiga chidamlilik; 2 nafar bemorda ikkita dori vositasiga
chidamlilik; 1nafar bemorda esa 1 va 2-qator dori vositalariga
chidamlilik aniqlandi.
Davolashning boshlanishida barcha bemorlarga ko’rsatmalarga
asosan 1-qator dori vositalari tavsiya etildi. Silga qarshi dori
vositalariga sezgirlik sinamasi o’tkazilganda chidamlilik aniqlangan
bemorlarning davolash muolajalariga o’zgartirish kiritildi.
16 (53,4%) nafar bemorda ultratovush tekshiruvida qalqonsimon
bez patologiyasi aniqlandi. Shulardan 7 (23,4%) nafar bemorda
qalqonsimon bez gipoplaziyasi; 9 (30%) nafarida - qalqonsimon
bezning giperplaziyasi; 4 (13,4%) nafar bemorda - qalqonsimon bezi
tuzilishining donadorligi (mozaikasi) ko’rinishidagi autoimmun
tireoiditga xos bo’lgan normal, ko’paygan va pasaygan exogenlik
sohalarini o’z ichiga oladi diffuz patologiyaning belgilari aniqlandi.
Qalqonsimon bez disfunksiyasining aniq klinik belgilari
bo’lmasada, yagona holat bundan mustasno, ilk marta tashxis
qo’yilgan o’pka silining yemirilish bosqichi mavjud bo’lgan
bemorlarning qon zardobida tiroksin darajasining sezilarli darajada
pasayishi aniqlandi (1-jadval). 3 (10%) nafar bemorda T4 qiymati
sog’lom shaxslar uchun maqbul bo’lgan erkin tiroksin qiymatining
past darajasigacha tushdi va yana 3 (10%) nafar bemorda T4 darajasi
maqbul qiymatning past darajasigacha tushishi kuzatildi.
Bemorlarda silga qarshi kimyoviy terapiya boshlangandan
taxminan 3 oy o’tgach, erkin tiroksin darajasi qayta aniqlanganda,
ushbu ko’rsatkich 17,8% ga sezilarli darajada pasayganligi aniqlandi.
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2020
26
O’pka silining yemirilish bosqichi bilan kechuvchi shakllari ilk
marta tashxis qo’yilgan bemorlarda davolanish jarayonining
boshlanishidan oldin gipofiz bezining tireotrop gormoni darajasining
o’rtacha
qiymati hozirgi
vaqtda
qabul
qilingan
standart
ko’rsatkichlarga mos edi. Bemorlarda silga qarshi kimyoviy terapiya
boshlangandan taxminan 3 oy o’tgach esa gipofiz bezining tireotrop
gormoni ko’rsatkichi 39,4% ga oshdi va sog’lom odamlar uchun
maqbul bo’lgan qiymatlarda qoldi (1-jadval). Silga qarshi kimyoviy
terapiya fonida gipofiz bezining tireotrop gormoni darajasining
oshishi tabiiy ravishda o’pka sili bilan kasallangan bemorlarda
tiroksin darajasining pasayishiga olib keldi.
1-jadval
Davolashdan oldin va davolashning 3 oyidan keyin qalqonsimon bez ko’rsatkichlari
Ko’rsatkichlar
Referent
Qiymat
Yakuniy qiymat
(n=30)
Davolashning
3 oyidan keyin
(n=30)
O’zgarishlar
(%)
T4
(pmol/l)
10,0-23,2
12,72±0,98
10,42±0,85
p< 0,05
17,8
TTG
(mkME/ml)
0,23-5,7
1,39+0,08
1,81±0,04
p< 0,05
39,4
TG antitanalari
(Tb/ml)
Erkak. 100gacha
Ayol<50 yosh 100gacha
Ayol>50 yosh 150gacha
2,65±1,2
7,59±0,15
p< 0,001
197,3
TPO antitanalari
(Tb/ml)
Erkak 30 gacha Ayol<50
yosh 30gacha
Ayol>50 yosh 50gacha
1,78±0,8
4,25±0,96
p< 0,001
139,5
Silga qarshi kimyoviy terapiya boshlanishidan oldin o’pka sili
bilan kasallangan bemorlarda tireoglobulinga qarshi antitanalar
darajasi sog’lom odamlar uchun maqbul darajaga to’g’ri keldi va
davolanishning dastlabki bosqichi oxirida 197,3% ga sezilarli
darajada oshdi.
Xuddi shunday o’zgarishlar tireoperoksidazaga qarshi antitanalar
qiymatining o’zgarishini tahlil qilishda ham kuzatildi, ya’ni silga
qarshi kimyoviy terapiya boshlanishidan oldin o’pka sili bilan
kasallangan bemorlarda bu ko’rsatkich sog’lom odamlar uchun qabul
qilingan qiymatlar darajasida kuzatilgan bo’lsa, silga qarshi kimyoviy
terapiyaning dastlabki bosqichida 139,5% ga sezilarli darajada oshdi.
Kimyoviy terapiya o’tkazilganda ham tireoglobulin, ham
tireoperoksidazaga qarshi antitanalar miqdorining ko’payishi silga
qarshi dorilarning qalqonsimon bezga toksik ta’siri natijasida
patologik autoimmun reaksiyalarni bosqichma-bosqich rivojlanishiga
zamin yaratadi. O’pka sili bilan kasallangan bemorlarning
qalqonsimon bezning yakuniy patologik exotuzilmasi o’rganilganda
autoimmun tireoidit rivojlanish xavfi ortganligi aniqlanadi [10, 15,
16].
Olingan natijalar shuni ko’rsatdiki, o’pka silining yemirilish
bosqichi bilan kechuvchi shakllari ilk marta tashxis qo’yilgan
bemorlarning yarmidan ko’pida qalqonsimon bez tuzilishining
patologiyasini, shuningdek, ushbu bemorlarning qon zardobida
tiroksin darajasining o’rtacha past ko’rsatkichlarini aniqlanishi, bu
esa qalqonsimon bezning funksional holatini pasayishi shaklida
namoyon bo’luvchi sil kasalligi bo’lgan odamlarning noqulay
premorbid fonidan dalolat beradi. Sil bilan kasallangan bemorlarda
subklinik gipotireozning rivojlanishi keyinchalik o’lim holatiga olib
kelish ehtimolini yaratadi [11, 13, 17].
Qalqonsimon bez hujayralardagi immunitetning sitokinlar
tomonidan boshqarilishida faol ijobiy o’rin egallashi, sil kasalligi esa
sitokinli immunitet tanqisligiga tegishli ekanligi ma’lum bo’lganligi
sababli, tiroksin tanqisligining rivojlanishi sil kasalligining kechishi
va uni davolash samaradorligi uchun salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Qalqonsimon bezning funksional holati silga qarshi kimyoviy
terapiya boshlanganidan 3 oy o’tgach qayta tekshirilganda
qalqonsimon
bezning
tireoid
faoliyati
sezilarli
darajada
pasayganligini ko’rsatdi. Bu esa silga qarshi dorilarning sil bilan
kasallangan bemorlarda qalqonsimon bezning gormonal faoliyatiga
susaytiruvchi ta’sir ko’rsatganini anglatadi.
Olingan natijalar shundan dalolat beradiki, silga qarshi kimyoviy
terapiya fonida rivojlanib boradigan, davolash paytida o’pka silining
kechishi
va
kasallik
oqibatining
yaxshilanishiga
yordam
bermaydigan subklinik gipotireoz belgilarini shakllanganligini
ko’rsatadi. Sil bilan kasallangan bemorlarda qalqonsimon bezning
faoliyatini o’z vaqtida qo’llab quvvatlash uchun antimikobakterial
dorilar bilan davolash paytida uning faoliyatini nazorat qilib turish
kerak. Shunday qilib, silga qarshi kimyoviy terapiya, agar shunga
ehtiyoj bo’lsa, qalqonsimon bez gormonlarining sintetik analoglari
ko’rinishidagi dori vositalari bilan to’ldirilishi mumkin.
Silga qarshi terapiya paytida qalqonsimon bezning faolyatini
nazorat qilish va tuzatish qalqonsimon bezning normal holatini
tiklashi mumkin, bu esa o’z navbatida sitokinli immunitet tanqisligini
to’ldirishga va davolash samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Xulosa.
O’pka silining yemirilish bosqichi bilan kechuvchi
shakllari ilk marta tashxis qo’yilgan bemorlarning yarmidan ko’pida
qalqonsimon
bez
hajmining
o’zgarishi
kuzatildi.
Bunday
bemorlarning qon zardobida tiroksin ko’rsatkichi me`yordan past
darajada edi. O’tkazilgan kimyoviy terapiya natijasida gipofiz
bezining tireotrop gormoni darajasining sezilarli darajada oshishi
bilan tiroksin darajasining sezilarli darajada pasayishiga olib keladi.
Olingan
natijalar
shuni
ko’rsatadiki,
qalqonsimon
bez
gormonlarining sintetik analoglarini silga qarshi kimyoviy terapiya
bilan birga qo’llashga uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bu
esa bemorlarning silga qarshi davolash choralarida muvaffaqiyatli
natijalarga erishishga imkon beradi.
.
Iqtiboslar/Список литературы/ References
1.
Генделека Г.Ф. Аутоиммунный синдром перекреста (overlap-синдром) при заболеваниях щитовидной железы / Г.Ф.
Генделека // Мiжнародний ендокринологiчний журнал. - 2010. - № 2 (26). - С. 117-127.
2.
Маматова Н.Т., Абдухакимов Б.А.
Сил билан касалланган беморлар ва уларнинг оила аъзоларининг эмоционал ҳолати. //
Modern scientific challenges and trends. – 2020. -Issue 12(34). –P. 56-60.
3.
Маматова Н.Т., Ходжаева С.А. Выявление туберкулёза лёгких у больных с психическими расстройствами. // Журнал
молодёжный инновационный вестник. 2018. №1(7). -С. 68.
4.
Маматова Н.Т., Ходжаева С.А. Отрицательные социальные факторы и их влияние на возникновение туберкулёза у детей. //
Журнал молодёжный инновационный вестник. 2018. №1(7). -С. 67.
5.
Archambeand-Monveroux F. Hyperthyroidism without elevated levels of thyroxin and triiodothyronine in a patient with pulmonary
tuberculosis / F. Archambeand- Monveroux, C. Dejax, D. De Buhan, F. Bonnaud // South. Med. J. - 1989. - Vol. 82. - P. 907-911.
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2020
27
6.
Botasso О. Immunoendicrine alterations during human tuberculosis as en integrated view of disease pathology / O. Botasso, M.L.
Bay, H. Besedovsky [et al.] // Neuroimmunomodulation. - 2009. - Vol. 16. - P. 193-199.
7.
Chow С.С. Eutheroid sick syndrome in pulmonary tuberculosis before and after treatment / C.C. Chow, T.W. Mak, Chan, C.S.
Cockam // Ann. Clin. Biochim. - 1993. - Vol. 32.-P. 385-391.
8.
Dooley K. E., Obuku E. A., Durakovic N. et al. World Health Organization Group 5 Drugs for the Treatment of Drug-Resistant
Tuberculosis: unclear efficacy or untapped potential? J. Infect. Dis. 2013; 207: 1352-8. 50.
9.
Du N., Sheng L., Liu Z. et al. The binding characteristics of isoniazid with copper-zinc superoxide dismutase and its effect on enzymatic
activity. Chem. Cent. J. 2013 Jun 6; 7 (1): 97.
10.
Gharid H. Subclinical thyroid disfunction a joint statement on management from the American Association of Clinical
Endocrinologists, the American Thyroid Association and the Endocrine Society / H. Gharid, R.M. Turtle, H.J. Baskin [et al.] // J.
of Clin. Endocrinol, and Metab. - 2005. - Vol. 42. - P. 181-189.
11.
Hill A.R. Rapid changes in thyroid function tests upon treatment of tuberculosis / A.R. Hill, M.F. Schmidt, G.C. Schussler // Tuber.
Lung. Dis. -1995. - Vol. 76. - P. 223-229.
12.
Hwang T. J., Dotsenko S., Jafarov A. et al. Safety and availability of clofazimine in the treatment of multidrug and extensively drug-
resistant tuberculosis: analysis of published guidance and meta-analysis of cohort studies. BMJ Open. 2014 Jan 2; 4 (1): e004143. doi:
10.1136 / bmjopen-2013-004143.
13.
Khodjayeva S.A., Mamatova N. T. et al. The Effectiveness of Short-Term Treatment Regimens In The Treatment Of Drug-Resistant
Forms Of Tuberculosis. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 2020, Volume 7, Issue 3, Pages 5236-5240.
14.
Mamatova N.T. Psychological characteristics of adolescents with respiratory tuberculosis. Journal of Biomedicine and Practice 2020,
vol. 5, issue 5, pp.135-140. http://dx.doi.org/10.26739/2181-9300-2020-5-20.
15.
Mamatova N.T. Psychological characteristics of adolescents with respiratory tuberculosis. Journal of innovations in pedagogy and
psychology, Vol. 7, Issue 3, 2020, pp.77-82. http://dx.doi.org/10.26739/2181-9513-2020-7-10
16.
Xaydarovna, M.F., Toirjonovna, M.N., & Narzullaevna, R.O. (2020). Prevention Of Anemia In Patients With Tuberculosis. The
American
Journal
of
Medical
Sciences
and
Pharmaceutical
Research,
2(11),
62-65.
https://doi.org/10.37547/TAJMSPR/Volume02Issue11-11.
17.
Zosin I. The importance of screen of thyroid dysfunctions / I. Zosin // Мiжнародний ендокринологiчний журнал. - 2009. - № 1
(19). - С. 33-45.