TIL O’RGANISH JARAYONIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING
O’RNI
G’ofurjonova N.Y.,
O’zDJTU talabasi Ilmiy rahbar: Yuldasheva S.F.
Annotatsiya.
Ushbu maqolada til o’rgatish shuningdek, til o’rganish jarayonida
innovatsion texnologiyalar (AKT)dan foydalanish imkoniyatlari, ularning ahamiyati,
foydalanishdan maqsad va ularni samarali qo’llash usullarini haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar:
innovatsion texnologiya, AKT, onlayn o’qitish, multimedia
vositalari, til muhitini yaratish, texnologiyalarda xabardorlik
Bugungi kunda O’zbekiston jahon bozoriga kirib borayotgani va deyarli barcha
sohada xalqaro hamkorlik yo’lga qo’yilayotgani sayin xorijiy tillarni o’rganishga
bo’lgan talab avvalgi davrga nisbatan bir necha barobar o’sdi. Aholini, ayniqsa,
yoshlarni chet tilini o’rganishga bo’lgan qiziqishini oshirish uchun turli xildagi
imtiyozlarni joriy etilmoqda. Hozirda 25 ta oliy ta’lim dargohida chet tili qo’shimcha
sifatida o’quv dasturiga kiritilgan. Shu jumladan, prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev chet
tillarini ahamiyati va ularni o’qitish tizimini takomillashtirish bo’yicha o’tkazilgan
yig’ilishda: “Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kelajak uchun
mustahkam poydevor bo‘ladigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish vaqti-soati keldi. Biz
raqobatdosh davlat qurishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bundan
buyon maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurti bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini
mukammal bilishlari shart. Bu qat’iy talab har bir ta’lim muassasasi rahbari faoliyatining
asosiy mezoniga aylanishi lozim”, deb alohida ta’kidlab o’tdi. Bu esa chet tiliga bo’lgan
e’tibor va zarurat oshganini bildiradi.
Til o’rganish jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish o’quvchilarni
tilni o’rganishi uchun muhit yaratib beradi. Hozirda multimediadan foydalangan holda
darslarni olib borish o’z samarasini bermoqda. Multimedia vositalaridan foydalangan
holda o’qituvchi til muhitini yaratish uchun real hayotdagi materiallar ya’ni turli xildagi
chet el filmlari, qo’shiq yoki kundalik hayotdagi dialoglarni namoyish etishi mumkin va
sinfni real hayot bilan bog’laydi. Til o’rganuvchilar ushbu materiallar orqali kundalik
hayotda o’sha til egalari tomonidan ishlatiladigan so’zlar yoki iboralarga e’tibor
qaratishi va ularni o’z nutqida qanday qo’llashni o’rganishi, ya’ni matn ichidagi
ma’nosini to’g’ri tushunishi talab etiladi. Bu nafaqat eshitish kompetensiyasini balki,
boshqa qobiliyatlarni ham rivojlantiradi. Masalan, o’rganilayotgan tilda video ko’rish
yoki audio eshitish orqali talaffuzni o’rganadi va ularni o’z nutqida ishlatish orqali
gapirish kompetensiyasini oshiradi yoki barcha kompetensiyalar bir-birga chambarchas
bog’liqliigi tufayli brini o’rgansa, ikkinchisini o’zlashtirishda qiynalmaydi. Bundan
tashqari, o’qituvchi internetdan foydalangan holda websaytlarda turli ko’rinishdagi
mavzuga bog’liq bo’lgan o’yinlar tayyorlashi yoki o’rgatgan mavzularini takrorlash
uchun savollar yaratishi va ularni dars davomida o’quvchilarga taqdim etishi darsni
interaktiv bo’lishini ta’minlaydi. Ushbu metod orqali ko’rgazmali qurol orqali
o’rganuvchilarga, ya’ni “ko’z xotirasi” yaxshi bo’lganlarga to’g’ri yondashilgan
bo’ladi. Agar ulardan to’g’ri foydalanilsa, o’quvchining o’qishga oid
kompetensiyalarini rivojlantiradi va yana psixologik holati, ya’ni uning motivatsiyasi va
diqqatini oshiradi. Arifahni aytishiga qaraganda, internetdan foydalanish yoki filmlar
ko’rish o’rganuvchilarni motivatsiyasini oshirar ekan. Filmlar tomosha qilish mavzuni
o’quvchilar emotsiya bilan bog’lagan holda qabul qilishiga yo’l ochadi va bu esda saqlab
qolishini ta’minlaydi. Global muammolar yoritilgan turli eshittirish va videolarni
ko’rsatib, ulardan bu mavzudagi fikrini ifodalashini so’rash va ularni yechim topishga
undash o’z navbatida mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga katta ta’sir ko’rsatadi.
Asrimiz texnologiyalar asri bo’lgani uchun o’quvchilar faqatgina dars bilan
cheklanib qolmasdan, darsdan tashqari ham axborot texnologiyalaridan qanday
foydalanishni bilishlari zarur hisoblanadi. Dars jarayonida metodlar yordamida
texnologiyalardan foydalanish o’quvchilarni nafaqat tilga bo’lgan qiziqishini, balki,
texnologiyalarni o’rganishga bo’lgan ishtiyoqini shakllantiradi. Deyarli barcha kasb
egalaridan texnologiyalarni qaysidir ma’noda bilish talab etilayotgan bu zamonda
texnologiyalardan xabardorlik ularning kelajagi uchun poydevor yaratadi.
Dars mashg’ulotlaridan tashqari, o’quvchilarni mustaqil o’rganishga bo’lgan
ehtiyoji zamonaviy qurilmalar va internetdan foydalanishni keng yoyilishiga olib
kelmoqda. Tilni mustaqil o’rganish jarayonini tashkil etishda internetdagi turli xil
saytlar, telegram kanallari va ayniqsa, tillar bilan bog’liq ilovalarni ulushi katta. Tilni
mustaqil o’rganishni tashkil etishda ijtimoiy tarmoqlar orqali o’tiladigan onlayn darslar
ham o’z o’rniga ega. Ularni afzaliklari birinchidan, yo’lda vaqtini o’tkazib, kurslariga
borishini xojati bo’lmaydi. Bu ayniqsa, shahardan chetroq hududda yashovchilar uchun
qulay. Ikkinchidan, ularga xohlagan vaqtida kirish imkoniyati mavjud bo’ladi va hattoki
imtihon topshirayotgan o’quvchilar ham darsni yetkazib oladi. Uchinchidan, vazifalarni
onlayn topshirish va qabul qilish o’quvchi uchun ham, o’qituvchi uchun ham qulay
hisoblanadi. Agar axborot kommunikatsion texnologiyalari(AKT)dan to’g’ri
foydalansak, ular bizning foydamizga ishlaydi. Til o’rganish jarayonini samarali qilish
uchun o’sha til muhitini yaratish kerak. Bunda o’quvchilarga o’rganilayotgan til
sohiblari katta yordam beradi, ya’ni ijtimoiy tarmoqdagi turli sayt va ilovalar orqali ular
bilan muloqotda bo’lish mumkin bo’ladi. Tilni faqat nazariy, ya’ni faqat grammatikasini
emas, balki uni og’zaki nutqda qo’llay olishni bilgan odamgina haqiqiy til
o’rganayotgan odam sirasiga kiradi.
Texnologiyalardan foydalanishni qulay tomonlaridan yana biri elektron hamda
audio kitoblarni o’qish va eshita olishdir. Bu orqali til o’rganuvchilar kitobda talaffuzi
qiyin bo’lgan so’zlarni eshitishi va o’rganishi mumkin bo’ladi. Yana ular internetda
onlayn turgan holda til bilan bog’liq o’yinlarni o’ynashi mumkin. Bu ayniqsa, kichik
yoshdagilarga til o’rgatayotganda qo’l keladi. Turli xil rasmli lug’atlardan yoki
fleshkardlardan foydalanish orqali so’z boyligini oshirish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, rivojlanib borayotgan zamonamizda texnologiyalar har bir
sohada o’z o’rniga ega bo’lib borayotgani kabi ta’lim tizimiga ham kirib kelmoqda.
Agar ulardan o’qish jarayonida qanday foydalanishni bilsakgina, ular bizga foyda
keltiradi. Ushbu texnologiyalarni yuqoridagi metodlardan foydalangan holda til
o’rganish jarayoniga olib kirish, shubhasiz, tilni o’zlashtirish jarayonini jadallashishiga
olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
2.
https://www.europelanguagejobs.com/blog/The-Role-of-IT-Tools-in-Language-
Learning.php
3.
Frolova N.H. Problems of application of multimedia technologies in higher
education; High technology in pedagogical process: abstracts Interuniversity
Scientific Conference of university teachers, researchers and specialists. Nizhni
Novgorod, VSPI,2000. - 96-98 seconds
4.
Saydaliyeva G.A The use of computer technologies in learning foreign
languages Molodoy uchyoniy. - 2017 - №1(135) - p.537-540
5.
TADJIBAYEV,
MUSAJAN
SABIROVICH.
"GRAMMATICAL
INTERPRETATION
SHADOW
THEORY
IN
HERMENEVIC
ANALYSIS." Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal 5.03
(2024): 357-365.
6.
Таджибаев, М. С. "ВООБРАЖЕНИЕ ТЕНЕЙ И ГЕРМЕНЕВТИЧЕСКИЙ
ПРАГМАТИЗМ." Science and innovation 3.Special Issue 2 (2024): 156-162.
7.
Mukhammadieva, Mokhichekhra, and M. S. Tadjibayev. "NEW ASPECTS OF
TEACHING METHODS IN AMERICAN LITERATURE." Central Asian
Academic Journal of Scientific Research 2.1 (2022): 137-143.
8.
Aliyevna, Sodikova Sevinch. "ANALYSIS OF BILINGUAL DICTIONARIES
AND GRAMMARS BASED ON ARABIC AND PERSIAN-TAJIK
LANGUAGES." European International Journal of Pedagogics 3.04 (2023): 29-
32.
