YANGI SO’ZLARNI YODLASHNING SAMARALI USULLARI
G’ofurjonova Z.B.,
O’zDJTU talabasi
Ilmiy rahbar: Yuldasheva S.F.
Annotatsiya.
Mazkur maqolada chet tillarini o’rganuvchilar uchun yangi so’zlarni
yodlashning bir nechta samarali usullari haqida kerakli ma’lumotlar keltirilgan.
Tayanch so’z va birikmalar:
chet tili, yangi so’zlar, karta usuli, gap tuzish, matn
tuzish, qiyoslash, moslashtirish, rasmlar chizish, tarmoqlash, tasavvur qilish.
Kirish qism.
Hozirgi kunda yurtimizda til o’rganishga juda katta e’tibor
qaratilmoqda. Bir nechta tilni yaxshi bilish kengroq fikrlashga, yaxshi xotiraga ega
bo’lishga yordam berishi hammamizga ma’lum.
Yangi til o’rganayotganda eng qiyini - so’z yodlash. Mutaxassislarning
ma’lumotiga ko’ra, qaysi tilda bo’lishidan qat’iy nazar, kundalik muloqot uchun 1200-
2000 ta so’zni bilish talab qilinadi. Buning uchun esa o’z ustida yaxshi ishlash va so’z
yodlash uchun ko’proq vaqt ajratish kerak bo’ladi. Bugungacha so’z yodlashning turli
foydali va qiziqarli usullari o’ylab topilgan bo’lib, ular o’zining yaxshi samarasini berib
kelmoqda. Bunday usullarga karta usuli, gap tuzish va matn tuzish, qiyoslash,
moslashtirish, rasmlardan foydalanish, tarmoqlash, tasavvur qilish kabi usullarni misol
qilib keltirish mumkin.
Asosiy qism.
Karta usuli ko’pchilik tomonidan qo’llanadigan usul bo’lib, bunda
kichik-kichik qog’oz bo’laklariga yangi so’zlar yozib chiqiladi. Kartaning ikkinchi tarafiga
esa so’zlarning tarjimasi yoziladi. Kartalar ichidan birma-bir so’zlarni tanlaysiz va
tarjimasini aytasiz. Oxirida qolgan tarjimasi aytilmagan so’zlarni ko’proq takrorlaysiz. Bu
usul ikki kishi bo’lib yoki guruh bo’lib o’ynalganda ham qiziqarli bo’ladi. Kartalarni yozib
chiqish biroz vaqt olishi mumkin, lekin chet tilini o’rganishni yangi boshlaganlar uchun
juda ham foydali.
Gap tuzish va matn tuzish usullari darajasi sal yuqoriroq bo’lgan o’rganuvchilarga
tavsiya qilinadi. Bu usulda o’rganilgan yangi so’zlardan foydalanib birinchi qisqa-qisqa
gaplar tuziladi. Keyin esa yangi so’zlar ishtirokida matn tuziladi. Bu usul nafaqat so’zlarni
yodlashga, balki ularning qo’llanilishini ham o’rganishga yordam beradi.
Navbatdagi usul bu - moslashtirish usuli bo’lib, ko’pchilik tomonidan foydalaniladi.
Ushbu usulda chet tilidagi so’zlarni o’z ona tilimizdagi so’zlarga talaffuz jihatdan
moslashtiriladi. Masalan, ingliz tilidagi “ago” (o’qilishi-[ego], tarjimasi - oldin, avval)
so’zi o’zbek tilidagi “egov” so’ziga, fransuz tilidagi “maison” (o’qilishi-[mezon],
tarjimasi-uy) so’zi o’zbek tilidagi “me’zon” so’ziga, nemis tilidagi “schule” (o’qilishi-
[shulee], tarjimasi-maktab) so’zi o’zbek tilidagi “shu’la” so’ziga talaffuz jihatidan
o’xshagani uchun ularni qiyoslab yod olish so’zning uzoq muddat xotirada qolishini
ta’minlaydi. Bu usulga quyidagi so’zlar misol bo’la oladi:
Ingliz tilidagi so’z
O’zbek tilidagi o’xshashi
Tarjimasi
Almost
Olmos
Deyarli
Burn
Burun
Yondirmoq
Tall
Tol
Baland
Turn
To’n
Burilmoq
Paket
Cho’ntak
So far
Safar
Shu paytgacha
So’z yodlashning yana bir qiziqarli usuli bu - qiyoslash. Bu usulda so’zlar nafaqat
talaffuz, balki tarjima jihatdan ham bir-biriga o’xshatib yod olinadi. Masalan quyidagi
so’zlarni misol qilib keltirish mumkin:
1)
Inglizcha - o’zbekcha
Candy - qand
Candle - qandil
A dish - idish
Daddy - dada
Asphalt - asfalt
To chop - chopmoq
2)
Inglizcha - nemischa
Father - vater
Mother - mutter
Garden - garten
Door - tur
Book - buchen
School - schule
3)
Inglizcha - fransuzcha
To enter - entrer
To prepare - preparer
Cat - chat
Example - exemple
After - apres
Flower - fluer
So’zlarni bunday tarzda bir-biriga o’xshatib yod olish qiziqarli bo’lib, uzoq muddat yodda
saqlab qolishga yordam beradi.
Rasmlardan foydalanish usuli. Bu usulda o’rganuvchidan lug’at daftaridagi yaqqol
tasavvurga moyil so’zlar oldiga rasm chizish talab qilinadi. Muhimi rasmning chiroyli
chiqishi emas, yangi so’zga mos kelishidir. Bu usul so’zlarning esda qolish ehtimolini
oshiradi. Bundan tashqari, rasm fotografik xotirani ham jonlantiradi. Yodlangan yangi
so’zlar esa, albatta, uzoq muddat xotirada saqlanib turadi.
Tarmoqlash usuli ham so’z yodlashdagi eng samarali usullardan biri hisoblanadi. Bu
usulda bir-biriga bog’liq so’zlarni tarmoqlab, birga yod olinadi. Masalan, “sariq” so’zini
yodlaganimizda, sariq rangdagi narsalarni ham birga yod olamiz. Sariq-limon- banan-sabzi
va shu kabilar. Bu usulda biz avvaldan bilgan narsalar bilan yangi o’rganayotgan so’zimiz
o’zaro bog’lanadi. Biz so’zlardan birini eslaganimizda o’z - o’zidan qolganlari ham
xotirimizga keladi.
Tasavvur qilish usuli ham ommabop usullardan biri bo’lib, ushbu usul mnemonikada
ham keng qo’llaniladi. Masalan, rus tilidagi “солнце” (tarjimasi- quyosh) so’zini yodlash
uchun xayolimizda nur sochayotgan quyoshni gavdalantiramiz va so’zni takrorlaymiz yoki
ingliz tilidagi “sunset” (tarjimasi-quyosh botishi) so’zini yodlayotganda ko’pchilik sevib
tomosha qiladigan quyoshning ufqqa botish paytini tasavvur qilishimiz mumkin. Bu usul
tasavvurni boyitishga ham ko’maklashadi. Donishmandlar aytganidek,
“Boshqa tilni
o’rganish faqatgina boshqa so’zlarni o’rganish emas, balki narsalar haqida
boshqacha fikrlashni o’rganish hamdir”.
Bunda bizga “imagining” ya’ni tasavvur qilish
usuli juda katta yordam beradi.
Xulosa.
Umuman olganda, chet tilini o’rganish va o’sha tilda bemalol gapira olish
uchun eng ko’p talab qilinadigan narsa bu so’z boyligi hisoblanadi. So’z boyligini oshirish
uchun esa so’zlarni yod olish davomida oddiygina takrorlashdan chetlanib, yuqorida
keltirilgan qiziqarli usullardan foydalanish ham samarali natija beradi. Zero, majburan
yodlangan so’zlarga qaraganda qiziqib yodlangan so’zlar xotiramizda uzoqroq muddatga
saqlanib qoladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sh. Rahmonov; I. Sattibayev So’z yodlash sirlari. - Istiqlol nuri, 2020 (1535 bet)
2.
Sh. Rahmonov Mukammal xotira. - Akademnashr, 2021 (30-43 bet)
3.
Sh. Rahmonov Mukammal xotira 2. - Akademnashr, 2022 (55-70 bet)
4.
https://prep.uz/news/umumiy/so-z-yodlashning-siz-bilmagan-sirlari
5.
https://fledu.uz/uz/ingliz-tilidagi-sozlarni-yodlashning-7-samarali-usuli/
