340
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
ARXEOLOGIYA SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI
TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
Ozodova O‘g‘iloy Davron qizi
Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti talabasi
ogiloyozodova41@gmail.com
Annotatsiya
: Ushbu maqolada arxeologiya sohasining tarixiy rivojlanishida
raqamli texnologiyalarning o‘rni haqida so‘z boradi. Shuningdek sohaning bugungi
istiqbolidagi zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati, Geografik axborot tizimi
(GAT), sun’iy intellekt kabi bir qator zamonaviy texnologiyalarni arxeologiya
sohasiga qo‘llashning soha samaradorligini oshirishga qo‘shadigan hissasi haqida
ma’lumot beradi.
Kalit so‘zlar
:
raqamli texnologiya, ekofakt, artefakt, Milliy arxeologiya
markazi, GAT, sun’iy intellekt.
РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В РАЗВИТИИ
АРХЕОЛОГИИ
O
з
o
дова Углой Даврон кизи
Студент Чирчикского
государственный педагогический университета
ogiloyozodova41@gmail.com
Аннотация
:
В этой статье рассматривается роль цифровых технологий в
историческом развитии области археологии. Он также дает представление о
важности современных технологий в сегодняшней перспективе отрасли, о
вкладе применения ряда современных технологий, таких как
географическая
информационная система (Gat), искусственный интеллект в области археологии,
в повышение эффективности отрасли.
Ключевые слова
:
цифровые технологии, экофакт, артефакт,
Национальный Центр археологии, Gat, искусственный интеллект.
THE ROLE AND IMPORTANCE OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN
THE DEVELOPMENT OF THE FIELD OF ARCHAEOLOGY
Ozodova Ogiloy Davron kizi
Student of Chirchik State Pedagogical University
341
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
ogiloyozodova41@gmail.com
Abstract:
This article will talk about the role of digital technologies in the
historical development of the field of Archaeology. It also provides information on the
importance of modern technologies in today's perspective of the industry, the
contribution of applying a number of modern technologies such as the geographic
information system (GAT), artificial intelligence to the field of archaeology to increase
the efficiency of the field.
Keywords
:
digital technology, ecofact, artifact, National Archaeological
Center, GAT, artificial intelligence
KIRISH
XXI-asr - texnika va texnologiyalar asri ekanligi hech birimizga sir emas. XX
asrda boshlangan texnik taraqqiyot XXI asrda o‘zining cho‘qqisiga erishdi va
rivojlanishda davom etmoqda. Shiddat bilan rivojlanayotgan dunyo bilan yuzlashish
zarurati, shubhasiz, bizni zamonaviy texnologiyalar bilan bog‘laydi. Shu sababdan
barcha soha vakillariga raqamli bilimlarga ega bo‘lish talabi qo‘yilmoqda.
“Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot
texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa
yo‘lidan borish imkoniyatini beradi [1]”. Xuddi shunday rivojlanayotgan va
rivojlanishga ehtiyoji katta bo‘lgan soha bu – arxeoloiya sohasidir.
Arxeologiya tarix fanining yondosh sohasi bo‘lib, tarixiy ko‘rinishlarni
yoritishda, ayniqa qadimgi dunyo tarixi haqida tasavvurga ega bo‘lishga xizmat
qiladigan muhim soha hisoblanadi. Muxtasar qilib aytganda, arxeologiya tarixiy
jarayonlarini yoritishga va ularni qayta tiklashga yordam beradigan tarix sohasi uchun
muhim fandir.
“Arxeologiya” - so‘zi yunonchadan olingan bo‘lib - “arxayos”- qadimgi, “logos”
- fan so‘zlaridan tarkib topgan. Qadimiyat haqidagi fandir (Qadimshunoslik). Uni
dastlab, miloddan avvalgi IV asrda Aflotun “Gippiy” dialogida, qadimgi zamon
haqidagi fanni nazarda tutib ishlatgan [2].
ADABIYOTLAR TAHLILI
Arxeologiyada turli xil qazishma ishlari olib boriladi. Bu jarayonda arxeologlar
o‘z navbatida tabiat bilan ham bog‘liqlikda ish olib boradi. Arxeologlarning ishi asosan
bevosita qazishma ishlari bilan bog‘liq bo‘lganligi tabiat bilan bog‘liq ravishda ish
ko‘rishni taqozo etadi. Bu jarayon arxeologiyada ekofaktlar deb ataladi. Ekofaktlar
orqali esa artefaktlarga yo‘l ochiladi.
“Ekofakt”- insonlarni qurshab turgan tabiiy-geografik muhit omilllaridir. Inson
hayot uchun zarur narsalarni tabiatdan oladi va yashash tarziga xos madaniy iz
qoldiradi. Arxeologlar huddi shu madaniy izlar orqali insoniyatning izlarini tiklaydi.
342
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
“Artefakt”- insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy madaniyat obyektlari sanaladi,
ularni izlab topish, yoshini aniqlash, tahlil qilish va ilmiy sistemalashtirish asosida
tarixning umumiy tiklash arxeologlarning vazifasi hisoblanadi [3]
Ekofaktlardagi madaniy izlarni topish biroz murakkab va uzoq vaqt oladigan
jarayondir. Soha vakillari bitta manzilgoh ustida tadqiqot o‘tkazish uchun yillab vaqtini
sarfalaganlari sir emas. Sababi ming yillar davomida yer ostida qolgan tarixiy manba
birgina qaltis harakat natijasida yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Tarixiylikni asrash va
saqlab qolish zamonaviy texnologiyalarga murojaat etishni talab qiladi.
Shu maqsadda hukumatimiz tomonidan 2019-yil 29-sentyabrda “Arxeologik
tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Qarorda
shunday deyiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining respublika hududida olib
borilayotgan arxeologik tadqiqotlarni ilmiy-uslubiy jihatdan yo‘naltirish hamda tabiiy
fanlarning zamonaviy tadqiqot uslublarini arxeologik izlanishlarda keng joriy qilish
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida davlat muassasasi
shaklidagi Milliy arxeologiya markazini (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi)
tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin [2].
Milliy arxeologiya markazining oldiga arxeologik tadqiqotlarni o‘tkazishda
zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, soha mutaxassislarini zamon talablariga
mos ravishda yetuk kadr sifatida tarbiyalash, ochiq osmon ostidagi muzeylar sonini
ko‘paytirish, arxeologik yangiliklar bilan ommani jalb qilish uchun muntazam ravishda
ilmiy maqolalar, kitoblar nashr ettirish kabi bir qator vazifalar qo‘yildi.
METODOLOGIYA
Bu vazifalar ichida eng dolzarb masala bu - shubhasiz, zamonaviy
texnologiyalardan foydalanish, sohani raqamlashtirish masalasidir. Tarix, umuman
tarixga oid fanlar o‘tmishni, eskilikni o‘rgansa ham, shiddat bilan rivojlanayotgan
zamon zamonaviy axborotlar bilan ishlashni taqozo etadi.
XX asrning 80—90-yillarida keng avj olgan axborotlashtirish jarayoni tarix
faniga ham ta’sir ko‘rsatdi. 90-yillarga kelib tarix fani tadqiqotlarida kompyuterlardan
asosan ilmiy ishlarni terish va tahrirlash ishlarida foydalanila boshlangan bo‘lsa,
keyinchalik manbalar bilan ishlashdagi yangicha uslublarda ham qo‘llanila boshlandi
[5].
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ta’kidlash joizki, arxeologiya sohasi zamonaviy texnologiyalardan foydalanish
bo‘yicha har doim peshqadam bo‘lgan. Sababi ushbu soha vakillarining ishi o‘ta
darajada ehtiyotkorlikni talab qiladi. Har qanday qo‘pol harakat tarixiy yodgorlikka
zarar keltirishi mumkin. Shu sababdan arxeologlar har qanday zamonaviy
texnologiyadan tarixiy yodgorlikka kamroq shikast berish va ish samaradorligini
343
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
oshirish maqsadida zamonaviy texnologiyalardan foydalanib kelgan. Bu jarayon
o‘tgan asrning o‘zidayoq shakllangan.
XX asrning 20-yillaridan boshlab rus arxeologlari tomonidan tadqiqotlar
jarayonida taxminiy statistika va geometriya usullari qo‘llanila boshlandi. 1936- yilda
esa Jey Barnes va Alfred Vinsent Kidder tomonidan paleolit industriyasini o‘rganishda
statistik usullar qo‘llanilgan. XX asrning 40-yillaridan boshlab Amerikalik arxeolog
olimlar ham o‘z tadqiqotlarida matematika usullarini qo‘llay boshlashdi. XX asrning
50-yillarida Breynerd va Robinson tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar esa arxeologik
muammolarni matematik tuzish va yechish yo‘llarini ko‘rsatib berdi [6].
Raqamli texnologiyalar jismoniy mehnatini kamaytirib, aqliy mehnatning
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Arxeologiya sohasi uchun aqliy mehnat ham,
jismoniy mehnat ham muhim. Sababi tarix, tarixiy geografiya, etnografiya,
antropologiya kabi arxeologiyaga yondosh soha ilmlaridan bexabar inson arxeologik
manzilgohni topish va o‘rganish ko‘nikmasiga ega bo‘lmaydi. Jismoniy mehnat esa
qazishma jarayonlari uchun muhim bo‘lib, agarda zamonaviy arxeolog axborot
texnikalari, sun’iy yo‘ldosh kabi zamonaviy texnologiya vositalaridan foydalansa,
jismoniy mehnat jarayoni yengillashib, ish samaradorligi ortadi.
Masalan, geografik axborot tizimi sohasi ham arxeologiya uchun muhim
hisoblanadi. Sababi ushbu soha arxeologik manzilning o‘rnini aniqroq bilishga yordam
beradi. GATda tuzilgan xarita oddiy qog‘ozli xaritadan yaxshi bezalgani, kompyuterli
shakldaligi, qo‘lda bajarib bo‘lmas darajadagi aniqligi va boshqa bir qator afzalliklari
bilan farq qiladi. Xaritaga istagancha o‘zgartirish kiritish, yangi mazmun va bo‘yoq
berish, diagramma va boshqa ma’lumotlami kiritish, o‘chirish va shunga o‘xshash
amallarni bajarsa bo‘ladi. Buning uchun muallifning shaxsan o‘zi xarita tuzishning
kompyuterli texnologiyalari bilan mukammalroq tanishishi va ular asosida xarita tuzib
ko‘rishi kerak [7].
Arxeologik topilmalarni ma’lum bir hududga bog‘lash axborot texnologiyalari
sohasidagi yangi yo‘nalish, ya’ni geografik axborot tizimi(GAT)ning arxeologiya
sohasida keng qo‘llanilishini taqozo etmoqda. GAT yordamida qadimgi tarixiy
xaritalarni o‘rganish, arxeologik yodgorliklar rejasini tuzish yoki ma’lum bir geografik
hududlarning arxeologiyaga oid ma’lumotlar tizimini yaratish imkoniyati vujudga
kelmoqda. Mazkur dasturlaridan tarixchi-arxeologlar dala tadqiqot ishlarida,
manzillar, me’moriy jihozlar, arxeologik topilmalarning uch o‘lchamli modellarini
qayta tiklashda samarali foydalanish mumkin [8].
Arxeologik manzilgohni topishda arxeologik xarita juda muhim. Soha
mutaxassislari har bir hududdan topilgan manzilgohlarni ma’lum bir xaritaga
tushiradilar va ushbu xaritalar ularga yondosh hududlarni o‘rganish va tadqiq etishda,
shuningdek arxeologik manzilgohning qaysi davrga mansub ekanligini aniqlashda
muhim ahamiyat kasb etadi. Geografik axborot tizimi (GAT) yordamida esa bu jarayon
344
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
osonlashadi hamda samaradorligi ortadi. Bunda sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan
foydalanilganligi uchun axborotlarning ishonchlilik hamda sifat ko'rsatkichlari ham
yanada ortadi.
Bundan tashqari, sun’iy intellekt deb ataluvchi zamonaviy texnolgiya ham
mavjud bo‘lib, u bugungi kunning eng noyob kashfiyotlaridan biri sanaladi.
Sun’iy intellekt - bu sun’iy intellekt tizimlarining kognitiv funktsiyalarni
namoyon qilish qobiliyati bo‘lib, u o‘rganish, shu jumladan o‘z tajribasidan, berilgan
parametrlarga moslashish va ilgari faqat odamlar (yoki undan yuqori hayvonlar) uchun
mavjud bo‘lgan vazifalarni bajarish vazifasini bajaradi [9].
Sun’iy intellekt barcha sohaga jadallik bilan kirib borayotgani hech birimizga sir
emas. U aqlli texnologiya bo‘lib, o‘ziga berilgan ma’lumotlar asosida biror jarayon
yoki hodisalarning tasvirini yarata oladi. Antropologiya sohasida ham sun’iy intellekt
yordamida qadimgi davr insonlarni qiyofasini taxminiy tiklash mumkin. Arxeologik
qazishmalarda ham o‘ta mustahkam bo‘lmagan qadimiy manzilgohlar to‘liq ravishda
ochilmaydi. Bu esa tarixiy qadamjoning to‘liq ko‘rinishi haqida tasavvurga ega
bo‘lishimizni qiyinlashtiradi. Sun’iy intellekt esa o‘ziga berilgan ilmiy ma’lumotlar
asosida arxeologik manzilgohning tasvirini tiklashga yordam beradi.
XULOSA
Har qanday sohaning tizimli tashkil etilishi bugungi kunga kelib, axborot
texnologiyalari bilan bog‘liq bo‘lib qoldi. Sababi inson omili va faqatgina jismoniy
mehnati bilan qilinadigan ishga ketadigan vaqt va samaradorlikning nisbati shubhasiz,
texnika va zamonaviy axborot vositalari bilan solishtirganda kamroq bo‘ladi. Misol
uchun kutubxonada kitob izlashdan ko‘ra elektron kitob izlash ancha qulay va oson.
Xuddi shu kabi bir qancha masalalar borki, muammolar texnologiyalar bilan ancha tez
va oson hal bo‘ladi. Fan va ta’limning qator sohasidagi innovatsiyalar va tezkor
rivojlanishning ham asosiy omili bugungi kunda raqamli texnologiyalar bo‘lib qoldi
Xulosa qilib aytganda, raqamli texnologiyalar ta’limning barcha sohalarini
rivojlantirishga yordam beradigan vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bu borada tarix fanining
ajralmas bir qismi bo‘lgan arxeolgiya sohasi ham chetda qolmaydi. Bugungi shiddat
bilan rivojlanayotgan zamonda kam, ammo, samarali mehnat qilish uchun zamonaviy
axborot texnologiyalaridan foydalanish lozim. Bu jarayon esa o‘z navbatida yangidan
yangi arxeologik manzilgohlar ochilishi va ochiq osmon ostidagi muzeylar soni
ortishining istiqbollarini yaratadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020 yil 24-
yanvarda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi. 2020
2.
N.A.EGAMBERDIEVA ARXEOLOGIYA T.:2011, B6
345
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
3.
Zulxumar Raxmonberganova Kuchkarova UZLUKSIZ TA’LIMDA
ARXEOLOGIYA FANIDAGI INNOVATSIYALAR // Academic research in
educational
sciences.
2021.
№CSPI
conference
1.
URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/uzluksiz-ta-limda-arxeologiya-fanidagi-
innovatsiyalar
4.
792-
сон
21.09.2019. Arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish
https://lex.uz/uz/docs/-4524476
5.
Alimova, D.A. Tarix fani metodologiyasi T.:2018 B.233
6.
ARXEOLOGIYA SOHASIDA 3D (UCH O‘LCHAMLI)
MODELLASHTIRISHNING AHAMIYATI
7.
Mirislomov Mirdavlat GEOGRAFIK AXBOROT TIZIMI VA GEOGRAFIK
TADQIQOTLARDA SUN’IY INTELLEKTGA ASOSLANGAN EKSPERT
TIZIMLARINING
O‘RNI VA AHAMIYATI // Raqamli iqtisodiyot
(
Цифроваяэкономика).2024.№6.URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/geografik-
8.
.
https://www.researchgate.net/publication/377381868_ARXEOLOGIYA_S
OHASIDA_3D_UCH_O'LCHAMLI_MODELLASHTIRISHNING_AHAMIYATI
9.
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti I.A. FILIPOVA
Sun’iy intellektni huquqiy tartibga solish MA’RUZA KURSI Samarqand 2022.