SANOAT TARMOG‘I IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH USULLARI VA ULARNI TAKOMILLASHTIRISH

Аннотация

Ushbu maqolada sanoat tarmog‘ining iqtisodiy samaradorlik
ko‘rsatkichlari va ularni hisoblash usullari batafsil o‘rganilgan. Bu borada mavjud
usullardan foydalanib, ularning takomillashtirilgan usullari hamda chegaraviy
mezonlari taklif etilgan. Shuningdek, mazkur usullar asosida sanoat tarmog‘i resurslari
iqtisodiy samaradorligi baholanib, tahlil qilingan. Bundan tashqari, sanoat
tarmog‘ining iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
587-597
3

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Касимов A. (2025). SANOAT TARMOG‘I IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH USULLARI VA ULARNI TAKOMILLASHTIRISH. Цифровая экономика, 7(7), 587–597. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/digital-economy/article/view/106980
Азамат Касимов , Ташкентский государственный экономический университет
самостоятельное обучение (доктор наук)
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada sanoat tarmog‘ining iqtisodiy samaradorlik
ko‘rsatkichlari va ularni hisoblash usullari batafsil o‘rganilgan. Bu borada mavjud
usullardan foydalanib, ularning takomillashtirilgan usullari hamda chegaraviy
mezonlari taklif etilgan. Shuningdek, mazkur usullar asosida sanoat tarmog‘i resurslari
iqtisodiy samaradorligi baholanib, tahlil qilingan. Bundan tashqari, sanoat
tarmog‘ining iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.


background image

586

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

SANOAT TARMOG‘I IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH

USULLARI VA ULARNI TAKOMILLASHTIRISH

Kasimov Azamat Abdukarimovich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, mustaqil izlanuvchisi (DSc)

a.kasimov@tsue.uz

Annotatsiya:

Ushbu maqolada sanoat tarmog‘ining iqtisodiy samaradorlik

ko‘rsatkichlari va ularni hisoblash usullari batafsil o‘rganilgan. Bu borada mavjud
usullardan foydalanib, ularning takomillashtirilgan usullari hamda chegaraviy
mezonlari taklif etilgan. Shuningdek, mazkur usullar asosida sanoat tarmog‘i resurslari
iqtisodiy samaradorligi baholanib, tahlil qilingan. Bundan tashqari, sanoat
tarmog‘ining iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

sanoat, samaradorlik, sanoat tarmog‘i iqtisodiy samaradorligi,

baholash usullari, baholash mezonlari.

METHODS OF EVALUATING THE ECONOMIC EFFICIENCY OF THE

INDUSTRY NETWORK AND THEIR IMPROVEMENT

Kasimov Azamat Abdukarimovich

Tashkent State University of Economics, independent study (DSc)

a.kasimov@tsue.uz

Abstract

: In this article, the indicators of economic efficiency of the industrial

sector and their calculation methods are studied in detail. In this regard, using the
existing methods, their improved methods and threshold criteria are proposed. Also,
based on these methods, the economic efficiency of the resources of the industrial
sector was evaluated and analyzed. In addition, proposals for increasing the economic
efficiency of the industrial sector have been developed.

Keywords: industry, efficiency, economic efficiency of the industrial sector,

evaluation methods, evaluation criteria.

МЕТОДЫ ОЦЕНКИ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ЭФФЕКТИВНОСТИ

ПРОМЫШЛЕННОЙ СЕТИ И ИХ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ

Касимов Азамат Абдукаримович

Ташкентский государственный экономический университет,

самостоятельное

обучение (доктор наук)


background image

587

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

a.kasimov@tsue.uz

Аннотация:

В данной статье подробно исследованы показатели

экономической эффективности промышленного сектора и методы их расчета. В

связи с этим с использованием существующих методов предложены их

усовершенствованные методы и пороговые критерии. Также на основе этих

методов оценена и проанализирована экономическая эффективность ресурсов

промышленного сектора. Кроме того, разработаны предложения по повышению

экономической эффективности промышленного сектора.

Ключевые слова

:

промышленность, эффективность, экономическая

эффективность промышленного сектора, методы оценки, критерии оценки.

KIRISH

Jahonda kechayotgan global inqiroz va geosiyosiy vaziyatning hozirgi sharoitida

sanoat tarmog‘ida iqtisodiy va texnologik samaradorlik darajasi pasayishi, xususan
tarmoqda mehnat va boshqa iqtisodiy resurslar samaradorligining kamayishi
kuzatilmoqda.

Vaholanki,

sanoat ishlab chiqarishda samaradorlikning oshishi har doim

jamiyatlarning uzoq muddatli farovonligi va rivojlanish imkoniyatlarining asosiy
ko‘rsatkichi bo‘lib kelgan. Jumladan, sanoat mahsulotlarining YaIMdagi ulushi
Germaniyada 24,4 foiz, Polshada 25,2 foiz, Shveysariyada 20,7 foiz, Italiyada 20,4
foiz, Qozog‘istonda 28,6 foiz [8]

hamda O‘zbekistonda 26,7 foizni, shuningdek jami

bandlikning Xitoyda 32 foiz, Germaniya va Italiyada 27 foiz, Yaponiyada 24 foiz,
Qozog‘istonda 22 foiz va O‘zbekistonda 13,5 foizni tashkil etadi [9].

Shu boisdan,

mamlakatimizda keyingi yillarda sanoatning mavjud

salohiyatlaridan samarali foydalanish va yanada rivojlantirish, sanoat ishlab
chiqarishni modernizatsiyalash va mahsulotlarni diversifikatsiyalash, jarayonlarni
raqamlashtirish, investitsion jozibadorligini oshirish, mavjud omillardan samarali
foydalanish asosida tarmoq samaradorligini oshirish hisobiga iqtisodiyotni barqaror
rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash, bandlikni ta’minlashda
sanoatning ulushini oshirish bo‘yicha jadal islohotlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekistonda

“O‘zbekiston-2030”

strategiyasi doirasida

“Sanoatning

“drayver” sohalarini rivojlantirish va hududlarning sanoat salohiyatini to‘liq ishga
solish, sanoatda qo‘shilgan qiymat hajmini 45 milliard dollarga yetkazish va 2,5
millionta yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish, sanoatda ishlab chiqariladigan
texnologik mahsulotlar ulushini 25 foizdan 32 foizga yetkazish, qayta ishlash sanoatida
mehnat unumdorligini 2 barobar oshirish” kabi muhim vazifalar belgilab berilgan [1].
Mazkur vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda mavjud
sanoat salohiyatini chuqur tahlil qilish, ulardan samarali foydalanish va yanada
barqaror rivojlanishini ta’minlash, unga ta’sir qiluvchi omillarni tanlash va holatini


background image

588

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

iqtisodiy jihatdan baholash, shuningdek istiqboldagi prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab
chiqish orqali ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishni talab
etilmoqda. Bu esa mazkur tadqiqot mavzusining dolzarbligini ifodalaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Sanoat tarmog‘ining ma’lum bir davrdagi rivojlanish darajasini o‘rganish,

ayniqsa ularning tashqi ta’sirlarga chidamliligini baholash va og‘ir sharoitlarda
iqtisodiy o‘sishga ega va rivojlanishda davom etayotgan tarmoqlarini aniqlash
imkonini beradi [2]. Shu bilan birga, samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholash
tarmoq faoliyati bo‘yicha “kirish” va “natijalar” o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi.
Shuningdek, hamma turli xil mahsulotlar uchun resurslar qanday taqsimlanishi va
ishlatilishini yaxshiroq tushunishga yordam beradi [3]. Bundan tashqari, sanoat ishlab
chiqarishi samaradorligini baholash moddiy va mehnat resurslarini hamda vaqtni tejash
choralarini samarali tashkil etishda qo‘l keladi [4].

M.Mojaverian fikricha, har bir tarmoqdagi iqtisodiy o‘sish shu tarmoqning

ishlab chiqarish hajmini oshirishni taqozo etadi. Ishlab chiqarish va ta’minot
nazariyalariga ko‘ra, ishlab chiqarishni ikki yo‘l bilan oshirish mumkin: birinchidan,
ko‘proq ishlab chiqarish omillarini qo‘llash orqali ishlab chiqarishni oshirish hamda
ikkinchidan, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash va ishlab chiqarish omillaridan samarali
foydalanish orqali ishlab chiqarishni oshirish mumkin [5].

Fikrimizcha, aynan bugungi noaniqlik va bozor iqtisodiyoti sharoitida yuqorida

ta’kidlangan “ikkinchi nazariya”ga asosan ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadga
muvovofiqdir. Chunki, resurslar cheklangan va o‘z-o‘zidan ularning tannarxi oshishda
davom etmoqda. Bu esa sanoatda resurslardan samarali va optimal variantda
foydalanishni taqozo etsa, ushbu jarayon esa tarmoq bo‘yicha iqtisodiy samaradorlikni
baholash asosida amalga oshiriladi.

Ammo, amaliyotda sanoat tarmog‘ining iqtisodiy samaradorligi yagona

metodologiya yoki bitta usulda baholanmaydi. Chunki, bu murakkab jarayon bo‘lib,
ya’ni murakkabligi shundaki birinchidan foydalanilayotgan omillarni real vaqt
oralig‘ida o‘lchash yoki natijalarni (ko‘rsatkichlarni) aniq hisoblash imkoni to‘liq
mavjud emas, shuningdek ayrim omillarni umuman o‘lchab bo‘lmaydi (masalan, sifat
omillari va ekologik omillar). Shu boisdan, bu borada turlicha ilmiy qarashlar mavjud.

Xususan, A.T.Trofimovaning fikricha ham sanoatning iqtisodiy samaradorligi

aynan bir ko‘rsatkich bilan emas, balki, iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari tizimi
dinamikasi asosida baholanishi lozim. Shu jumladan, mehnat unumdorligi, kapital
samaradorligi, material samaradorligi, xarajat ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarish
birligining zaxira sig‘imi, moddiy iste’mol, ish haqi intensivligi kabilar. A.Trofimova
o‘z tadqiqotlarida sanoaning iqtisodiy samaradorligini baholash metodikasini
quyidagicha ifodalaydi [6] (1-rasm).


background image

589

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ





















1-rasm. Sanoat tarmog‘ining iqtisodiy samaradorligini baholash metodikasi

Iqtisodchi N.S.Kalita va G.I.Mansurovlar iqtisodiy samaradorlikni baholashning

umumlashtirilgan metodologiyalar asosida baholashda quyidagilarni hisobga olish
lozimligini ta’kidlashgan [7]:

- mehnat va moddiy xarajatlarni tejashni hisobga olgan holda xarajatlarni

kamaytirish;

- ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligining o‘sish sur’atlariga erishish;
- asosiy ishlab chiqarish fondlaridan samarali foydalanish natijasida yuzaga

keladigan kapital qo‘yilmalarni shartli ravishda tejash;

- boshqaruvning butun tuzilmasi va tashkil etilishini takomillashtirish natijasida

yuzaga keladigan boshqaruv xarajatlarini tejash.

Yuqorida ta’kidlanganidek, sanoat tarmog‘ining iqtisodiy samaradorligini

faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Jumladan:

- boshqaruv samaradorligi;
- iqtisodiy samaradorlik;
- moliyaviy samaradorlik;
- innovatsion samaradorlik;

Sanoat tarmog’ining

iqtisodiy samaradorligini

baholash metodikasi

Sanoat tarmog’ining

mavjud texnik-iqtisodiy

ko’rsatkichlari

Asosiy ishlab chiqarish

fondlaridan

foydalanishning iqtisodiy

Moddiy resurslardan

foydalanishning iqtisodiy

samaradorligi

Mehnat resurslaridan

foydalanishning iqtisodiy

samaradorligi

Asosiy fondlar

samaradorligi dinamikasi:

tijorat mahsulotlari uchun

haqiqiy sof mahsulot

Moddiy resurslar

samaradorligi dinamikasi:

tijorat mahsulotlari uchun

haqiqiy sof mahsulot

Mehnat unumdorligi

dinamikasi: tijorat

mahsulotlari uchun

haqiqiy sof mahsulot

Sanoat tarmog’ining

iqtisodiy samaradorligini

baholash:

intensiv yo’nalish,


background image

590

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

- investitsion samaradorlik;
- ijtimoiy samaradorlik.

METODOLOGIYA

Ushbu tadqiqotda canoat tarmog‘ining iqtisodiy samaradorligini baholashning

usullari va ularni takomillashtirish bo‘yicha empirik tadqiqotlar hamda nazariy
qarashlar o‘rganilgan. Shuningdek, empirik tadqiqotlar va nazariy qarashlardan kelib
chiqib, canoat tarmog‘ining iqtisodiy samaradorligini baholashning usullari
takomillashtirilgan. Tadqiqotda tahlil va sintez, deduksiya va induksiya, jadval, grafik,
iqtisodiy-matematik usullardan, shuningdek mavzuga oid mahalliy va xorijiy olimlar
ishlaridan foydalanilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yuqorida ta’kidlanganidek,

sanoat tarmog‘i samaradorligini yanada oshirishda

iqtisodiy samaradorlik (

ef

E

) muhim ko‘rsatkichlar bo‘lib, klassik va noklassik

iqtisodiyot nazariyalariga ko‘ra, u umumiy ko‘rinishda quyidagicha ifodalanadi.

F

R

E

ef

=

(1)

bu yerda,

R

– jami daromad,

F

– jami resurslar.

Mazkur formula iqtisodiy samaradorlikni baholashning umumiy ifodasi bo‘lib,

uning tarkibiy qismlarini quyidagi baholash usullari tashkil etadi.

1) Sanoat tarmog‘ida asosiy va aylanma fondlar (qaytimi) samaradorligi (

f

b

E

va

f

w

E

).

BF

Q

E

f

b

=

(2)

bu yerda,

Q

– sanoat mahsulotlari hajmi,

BF

– asosiy fondlarning yillik

o‘rtacha qiymati.

WF

Q

E

f

w

=

(3)

bu yerda,

WF

– aylanma fondlarning yillik o‘rtacha qiymati.

2) Sanoat tarmog‘ida kapital samaradorligi (

k

E

).

K

Q

E

k

=

(4)

bu yerda,

K

– kapital hajmi.

3) Sanoat tarmog‘ida mehnat unumdorligi (

p

L

).

L

Q

L

p

=

(5)

bu yerda,

L

– mehnat sarfi.


background image

591

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Sanoat tarmog‘ida foydalaniladigan barcha resurslar bo‘yicha bundan

baholashni amalga oshirish mumkin.

Shuningdek, bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat korxonalarida aylanma

mablag‘lardan foydalanish samaradorligini iqtisodiy jihatdan baholash muhim
ahamiyatga ega. Chunki, kuchli raqobatga asoslangan bunday sharoitda

korxonalarning chekli daromadi chekli xarajatiga teng bo‘ladi (

MC

MR

=

). Bu esa

korxonaning eng yuqori samaradorlikka erishishi mumkin bo‘lgan optimal holatini
ifodalaydi.

Demak, har bir sanoat korxonasi bo‘yicha “u yuqori samaradorlikka erishishi

mumkin bo‘lgan optimal holatdami yoki yo‘q?” degan savolga javob topish zarur.
Bunda sanoat korxonalari faoliyati samaradorligini moliyaviy jihatdan baholash
umumiy baholash metodi bo‘lib, bu korxona moliyaviy resurslardan optimal
foydalanayotganligini

ifodalamaydi.

Shuning

uchun

sanoat

korxonalarida

foydalanilayotgan har bir moliyaviy resurs (omil)dan foydalanish samaradorligini
iqtisodiy jihatdan baholash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Mazkur tadqiqotdan kelib chiqib, sanoat tarmog‘ining iqtisodiy samaradorligini

baholashning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘lgan asosiy va aylanma fondlar (qaytimi)
samaradorligi, kapital samaradorligi, mehnat unumdorligi, investitsiya qaytimi
samaradorligi va innovatsion samaradorligi ko‘rsatkichlarini hisoblashning quyidagi
usullarini taklif etamiz (1-jadval).

1-jadval

Sanoat tarmog‘ining iqtisodiy samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari va

ularni hisoblash usullari

1

Samaradorlik

ko‘rsatkichi

Hisoblash usuli

Izoh

Asosiy fondlar

samaradorligi (

f

b

E

)

100

/

1

BF

Q

E

f

b

=

Q

– sanoat mahsulotlari

hajmi,

BF

– asosiy

fondlarning yillik o‘rtacha

qiymati.

Aylanma fondlar

samaradorligi (

f

w

E

)

100

/

1

WF

Q

E

f

w

=

WF

– aylanma

fondlarning yillik o‘rtacha

qiymati.

Kapital samaradorligi (

k

E

)

100

/

1

K

Q

E

k

=

K

– kapital hajmi.

Mehnat unumdorligi (

p

L

)

100

/

1

L

Q

L

p

=

L

– mehnat sarfi.

Investitsiya qaytimi

samaradorligi (

ef

w

I

)

w

ef

w

K

Q

I

=

, →

2

1

Q

Q

Q

– qo‘shimcha ishlab

chiqarish xajmi,

1

Muallif tomonidan ishlab chiqilgan.


background image

592

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

(investitsiyalarning har aylanish

sikliga to‘g‘ri keladigan

qo‘shimcha mahsulot hajmi)

w

K

– aylanma

mablag‘larning

aylanuvchanligi.

Innovatsion samaradorlik (

ef

inn

In

)*

4

2

2

2

2

ef

inn

ef

inn

ef

inn

ef

p

ef

inn

T

PR

AC

L

In

+

+

+

=

ef

p

L

– salohiyatli kadrlar

hissasi,

ef

inn

AC

– innovatsion

faoliyat hissasi,

ef

inn

PR

– innovatsion

mahsulot hissasi,

ef

inn

T

– innovatsion

texnologiyalar hissasi.

Izoh:

* mazkur ko‘rsatkichni hisoblashda foydalanilgan integral ko‘rsatkichlar

quyidagicha aniqlanadi.

1) Calohiyatli kadrlar hissasi (

ef

p

L

).

t

p

ef

p

L

L

L

=

(6)

bu yerda,

p

L

– sanoatda band bo‘lgan malakali xodimlar soni (yoki ularning

mehnat sarfi),

t

L

– sanoatda band bo‘lgan jami xodimlar soni.

2) Innovatsion faoliyat hissasi (

ef

inn

AC

).

t

inn

ef

inn

AC

AC

AC

=

(7)

bu yerda,

inn

AC

– yangi tashkil etilgan innovatsion faoliyatlar (yo‘nalishlar) soni,

t

AC

– jami faoliyatlar (yo‘nalishlar) soni.

3) Innovatsion mahsulotlar hissasi (

ef

inn

PR

).

t

inn

ef

inn

PR

PR

PR

=

(8)

bu yerda,

inn

PR

– yangi ishlab chiqarilayotgan innovatsion mahsulotlar

(xizmatlar) hajmi,

t

PR

– jami mahsulotlar (xizmatlar) hajmi.

4) Innovatsion texnologiyalar hissasi (

ef

inn

T

).

t

inn

ef

inn

T

T

T

=

(9)

bu yerda,

inn

T

– yangi kiritilgan innovatsion texnologiyalar,

t

T

– jami

texnologiyalar.

Taklif etilayotgan (2-jadval) sanoat tarmog‘ining iqtisodiy samaradorligini

baholash ko‘rsatkichlarining chegaraviy mezonlarini qiyidagicha ifodalash mumkin.


background image

593

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

2-jadval

Sanoat tarmog‘ining iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarining baholash

mezonlari va chegaraviy qiymatlari

2

Baholash

ko‘rsatkichlari

Baholash mezonlari va chegaraviy qiymatlari

1

Asosiy fondlar

samaradorligi

(

f

b

E

)

Ushbu ko‘rsatkich

1

<

f

b

E

interval qiymatlarini qabul qiladi

va uni quyidagi chegaraviy mezonlar bo‘yicha 4 ta tartib bo‘yicha
baholash mumkin:
- samaradorlik darajasi nol, bunda

1

=

f

b

E

bo‘lsa;

- samaradorlik darajasi past, bunda

1

<

<

0

f

b

E

bo‘lsa;

- samaradorlik darajasi o‘rta, bunda

0

=

f

b

E

bo‘lsa;

- samaradorlik darajasi yuqori, bunda

0

<

f

b

E

bo‘lsa.

2

Aylanma fondlar

samaradorligi

(

f

w

E

)

Ushbu ko‘rsatkich

1

<

f

w

E

interval qiymatlarini qabul qiladi

va uni quyidagi chegaraviy mezonlar bo‘yicha 4 ta tartib bo‘yicha
baholash mumkin:

- samaradorlik darajasi nol, bunda

1

=

f

w

E

bo‘lsa;

- samaradorlik darajasi past, bunda

1

<

<

0

f

w

E

bo‘lsa;

- samaradorlik darajasi o‘rta, bunda

0

=

f

w

E

bo‘lsa;

- samaradorlik darajasi yuqori, bunda

0

<

f

w

E

bo‘lsa.

3

Kapital

samaradorligi

(

k

E

)

Ushbu ko‘rsatkich

1

<

k

E

interval qiymatlarini qabul qiladi va

uni quyidagi chegaraviy mezonlar bo‘yicha 4 ta tartib bo‘yicha
baholash mumkin:

- samaradorlik darajasi nol, bunda

1

=

k

E

bo‘lsa;

- samaradorlik darajasi past, bunda

1

<

<

0

k

E

bo‘lsa;

- samaradorlik darajasi o‘rta, bunda

0

=

k

E

bo‘lsa;

- samaradorlik darajasi yuqori, bunda

0

<

k

E

bo‘lsa.

4

Mehnat

unumdorligi

(

p

L

)

Ushbu ko‘rsatkich

1

<

p

L

interval qiymatlarini qabul qiladi va

uni quyidagi chegaraviy mezonlar bo‘yicha 4 ta tartib bo‘yicha
baholash mumkin:

- samaradorlik darajasi nol, bunda

1

=

p

L

bo‘lsa;

- samaradorlik darajasi past, bunda

1

<

<

0

p

L

bo‘lsa;

- samaradorlik darajasi o‘rta, bunda

0

=

p

L

bo‘lsa;

- samaradorlik darajasi yuqori, bunda

0

<

p

L

bo‘lsa.

5

Investitsiya

qaytimi

samaradorligi

(

ef

w

I

)

Ushbu ko‘rsatkich

t

w

ef

w

K

I

0

interval qiymatlarini qabul qiladi va

uni quyidagi chegaraviy mezonlar bo‘yicha 4 ta tartib bo‘yicha
baholash mumkin:

- samaradorlik darajasi nol, bunda

0

=

ef

w

I

bo‘lsa;

2

Muallif tomonidan ishlab chiqilgan.


background image

594

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

- samaradorlik darajasi o‘rta, bunda

t

w

ef

w

K

I

2

1

=

bo‘lsa;

- samaradorlik darajasi yuqori, bunda

t

w

ef

w

K

I

intiladi;

- samaradorlik darajasi eng yuqori (max), bunda

t

w

ef

w

K

I

=

bo‘lsa.

t

w

K

– t-davrdagi aylanma mablag‘lar hajmi.

6

Innovatsion

samaradorlik

(

ef

inn

In

)

Ushbu ko‘rsatkich

ef

inn

In

0

qiymatlarni qabul qilib, uning

qiymati qanchalik

1

ef

inn

In

intilsa, shunchalik innovatsion

samaradorlik “yuqori” bo‘ladi va aksincha.

Yuqorida taklif etilayotgan sanoat tarmog‘ining iqtisodiy samaradorlik

ko‘rsatkichlari, ularning baholash mezonlari va chegaraviy qiymatlari sanoat tarmog‘i
(korxonalari)ning

iqtisodiy

samaradorligini baholash uslubiyatini yanada

ta’komillashtirish va uni baholash natijalarining aniqlilik darajasini oshishiga xizmat
qiladi.

Yuqorida keltirilgan sanoat tarmog‘i resurslarining samaradorlik ko‘rsatkichlari

ananaviy usullar asosida baholandi. Mazkur ko‘rsatkichlar yuqorida ta’kidlanganidek
sanoat tarmog‘ining iqtisodiy samaradorligiga ta’sir qiluvchi ichki (ekstensiv) omillar
hisoblanadi (3-jadval).

3-jadval

Sanoat tarmog‘ining iqtisodiy samaradorligiga ta’sir qiluvchi ichki (intensiv)

omillar

3

Yillar

Sanoat tarmog‘ida inves-

titsiyalar samaradorligi,

mlrd. so’m

Sanoat tarmog‘ida asosiy

fondlar samaradorligi,

mlrd. so’m

Sanoat tarmog‘ida mehnat

unumdorligi, mlrd.

so’m/ming kishi

mavjud usul

yangi usul

mavjud usul

yangi usul

mavjud usul

yangi usul

2010

7,84

0,922

1,50

0,985

23,74

0,763

2011

7,66

0,923

1,53

0,985

29,00

0,710

2012

7,12

0,929

1,49

0,985

34,47

0,655

2013

6,81

0,932

1,45

0,985

41,47

0,585

2014

6,05

0,939

1,42

0,986

48,38

0,516

2015

5,50

0,945

1,43

0,986

55,18

0,448

2016

5,71

0,943

1,18

0,988

62,07

0,379

2017

4,53

0,955

1,29

0,987

81,46

0,185

2018

3,93

0,961

1,39

0,986

130,53

-0,305

2019

3,36

0,966

1,46

0,985

177,07

-0,771

2020

3,92

0,961

1,31

0,987

203,78

-1,038

2021

4,63

0,954

1,29

0,987

244,77

-1,448

2022

4,72

0,953

1,32

0,987

305,57

-2,056

2023

3,49

0,965

1,37

0,986

358,61

-2,586

3

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari asosida muallif hisob-kitobi.


background image

595

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ


Taklif etilayotgan usullar asosida hisoblanadigan samaradorlik ko‘rsatkichlari

qabul qiladigan interval qiymatlarining chegaraviy mezonlaridan foydalanib, 4 ta tartib
bo‘yicha sanoat tarmog‘i rerurslari samaradorlik darajalari quyidagicha baholandi:

1) Sanoat tarmog‘ida investitsiyalar samaradorligi baholashning ikkinchi tartibli

mezoniga mos kelib, ya’ni, tarmoqda investitsiyalarning “samaradorlik darajasi past”
mezoni bilan baholandi;

2) Sanoat tarmog‘ida asosiy fondlar samaradorligi ham baholashning ikkinchi

tartibli mezoniga mos kelib, ya’ni, tarmoqda asosiy fondlarning “samaradorlik darajasi
past” mezoni bilan baholandi;

3) Sanoat tarmog‘ida mehnat unumdorligi baholashning uchinchi va to‘rtinchi

tartibli mezonlariga mos kelib, ya’ni, tarmoqda mehnat unumdorligi 2010-2017 yillar
mobaynida “samaradorlik darajasi o‘rta” va 2018-2023 yillarda “samaradorlik darajasi
yuqori” mezoni bilan baholandi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Demak, investitsiya samaradorligini baholash bo‘yicha hisob-kitoblar 2010-

2023 yillarda sanoat tarmog‘ida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar
samaradorligi bo‘yicha pasayish tendensiyalari kuzatildi. Ushbu holatni quyidagilar
bilan izohlash mumkin:

- sanoat tarmog‘iga kiritilgan investitsiyalar hajmining oshishi asosan so‘ngi 5-

6 yillik to‘g‘ri keladi. Shuningdek, ularning katta qismi o‘rta va uzoq muddatli yirik
investitsion loyihalar hisoblanadi. Mazkur loyihalar bo‘yicha yo‘naltirilgan
investitsiyalar qaytimi albatta loyiha to‘la quvvatda ishga tushirilgandan so‘ng
boshlaladi, ya’ni, bu yerda “log”lar mavjud;

- tarmoqqa kiritilgan investitsiyalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish

jarayoniga emas, balki, noishlab chiqarish maqsadlarida foydalanilganligi, masalan:
bino, ofes, boshqaruv uchun qimmat baho inventarlar xaridi kabilarga
yo‘naltirilganligi;

- investitsiyalarning aksariyat qismi texnika va toxnologiyalar xaridiga

yo‘naltirilganligi, ma’lumki, texnologiyalar yuqori qiymatga ega bo‘lib, bunday
holatda investitsiyalar hajmi ishlab chiqarish hajmiga nisbatan yuqori miqdorni tashkil
etadi. Bu esa o‘z-o‘zidan investitsiya samaradorligining pasayishiga olib keladi.

Sanoat tarmog‘ining iqtisodiy samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillarni kelib

chiqish manbasi va ta’sir yetish mumkin yoki mumkin emasligi bo‘yicha ikki guruhga
ajratish maqsadga muvofiq. Ya’ni,

1) ichki omillar, ya’ni, boshqarish mumkin bo‘lgan omillar (o‘z navbatida ularni

ham ikki xil yondoshuv bo‘yicha ajratib olish lozim):

a) ekstensiv omillar (miqdoriy ko‘rsatkichlar);


background image

596

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

b) intensiv omillar (nisbiy ko‘rsatkichlar).
2) tashqi omillar, ya’ni, boshqarib bo‘lmaydigan omillar ajritib o‘rganish va

tahlil qilish lozim;

Tadqiqot davomida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmiga ta’sir qiluvchi

omillar ta’siri miqdoriy jihatdan baholandi. Xususan, ichki (ekstensiv) omillar:
investitsiyalar hajmi (3,61), asosiy fondlarning yillik o‘rtacha qiymati (0,96), band
bo‘lganlar soni (1819,57), sanoat korxonalari soni (8,19) hamda ichki (intensiv)
omillar: investitsiyalar samaradorligi (53,46), mehnat unumdorligi (1,04), shuningdek,
tashqi omillar: sanoat mahsulotlari eksporti (0,98), sanoat mahsulotlari importi (1,58),
aholi real daromadlari hajmi (1,08) kabi omillar miqdoriy ta’siri baholandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrdagi

“О‘zbekiston

2030” Strategiyasi tо‘g‘risida”gi PF

-158-sonli farmoni. www.lex.uz

2.

Шаsкий А.А. Региональное развитие промышленности в Российской

Федераsии в условиях санкsий и ограничений // УПРАВЛЕНИЕ T. 11 № 2 / 2023.

С. 172

3.

Shahnavazi, A. (2017). Determining the efficiency rank of irrigated crops in

Iranian agricultural sector. Iranian Journal of Agricultural Economics and
Development Research, 48 (2), 227-240.

4.

Котылева Н.Ю. Экономическая эффективност деятельности

промышленных предприятий, ее оsенка и прогнозирование в современных

условиях хозяйствования. Дисс. автореф. к.э.н., Орел.

-

1998 г. 176 с.

5.

Mojaverian M. (2003). Estimation of Malmquist productivity index for

strategic crops over the 1990-2000 period. Agricultural Economics and Development,
11 (43 and 44), 143-162.

6.

Трофимова А.Т. Особенности методики оsенки экономической

эффективности производства в современных условиях // Вестник ТГАСУ №2,

2005. 60-

61 с.

7.

Калита Н.С., Манsуров Г.И. Соsиалистическое производственное

объединение. М.: Экономика, 1972. С.91

8.

https://w3.unece.org/PXWeb/ru/CountryRanking?IndicatorCode=11

9.

https://data.worldbank.org/indicator/SL.IND.EMPL.ZS

10.

https://stat.uz

Библиографические ссылки

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrdagi

“О‘zbekiston – 2030” Strategiyasi tо‘g‘risida”gi PF-158-sonli farmoni. www.lex.uz

Шаsкий А.А. Региональное развитие промышленности в Российской

Федераsии в условиях санкsий и ограничений // УПРАВЛЕНИЕ T. 11 № 2 / 2023.

С. 172

Shahnavazi, A. (2017). Determining the efficiency rank of irrigated crops in

Iranian agricultural sector. Iranian Journal of Agricultural Economics and

Development Research, 48 (2), 227-240.

Котылева Н.Ю. Экономическая эффективност деятельности

промышленных предприятий, ее оsенка и прогнозирование в современных

условиях хозяйствования. Дисс. автореф. к.э.н., Орел.- 1998 г. 176 с.

Mojaverian M. (2003). Estimation of Malmquist productivity index for

strategic crops over the 1990-2000 period. Agricultural Economics and Development,

(43 and 44), 143-162.

Трофимова А.Т. Особенности методики оsенки экономической

эффективности производства в современных условиях // Вестник ТГАСУ №2,

60-61 с.

Калита Н.С., Манsуров Г.И. Соsиалистическое производственное

объединение. М.: Экономика, 1972. С.91

https://w3.unece.org/PXWeb/ru/CountryRanking?IndicatorCode=11

https://data.worldbank.org/indicator/SL.IND.EMPL.ZS

https://stat.uz.