Авторы

  • Нодирджон Халиков
    Международного университета туризма и культурного наследия «Шелковый путь»

Биография автора

  • Нодирджон Халиков, Международного университета туризма и культурного наследия «Шелковый путь»
    Докторант

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.digital-economy.107153

Ключевые слова:

ziyorat turizmi omilli tahlil ziyorat turizmiga oid obyektlar zanjirli almashtirish usuli.

Аннотация

Ushbu maqolada dunyo hamda mamlakatimiz olimlarining
ziyorat tushunchasi haqidagi fikrlari o‘rganilib, muallif tomonidan tahlil qilingan. Shu
bilan bir qatorda, respublikamizda, xususan, Samarqand viloyatida joylashgan ziyorat
turizmiga oid obyektlardan samarali foydalanish masalalari o‘rganilgan. Iqtisodiy
tahlilning multiplikativ modelidan foydalanilgan holda, zanjirli almashtirish usulini
qo‘llab, viloyatdagi ziyorat obyektlari samaradorligi omilli tahlil qilingan. Tahlil
natijalarni hisobga olgan holda, ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab
chiqish kabi mezonlarga alohida e’tibor qaratib, ziyorat turizmini rivojlantirish
masalalari bo‘yicha mulohazalar keltirilgan.


background image

621

TURIZM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

SAMARQAND VILOYATIDAGI ZIYORAT TURIZMI OBYEKTLARIDAN

SAMARALI FOYDALANISH MASALALARI

Xoliqov Nodirjon Abduxalil o‘g‘li

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tayanch doktoranti.

n.xoliqov09@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada dunyo hamda mamlakatimiz olimlarining

ziyorat tushunchasi haqidagi fikrlari o‘rganilib, muallif tomonidan tahlil qilingan. Shu
bilan bir qatorda, respublikamizda, xususan, Samarqand viloyatida joylashgan ziyorat
turizmiga oid obyektlardan samarali foydalanish masalalari o‘rganilgan. Iqtisodiy
tahlilning multiplikativ modelidan foydalanilgan holda, zanjirli almashtirish usulini
qo‘llab, viloyatdagi ziyorat obyektlari samaradorligi omilli tahlil qilingan. Tahlil
natijalarni hisobga olgan holda, ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab
chiqish kabi mezonlarga alohida e’tibor qaratib, ziyorat turizmini rivojlantirish
masalalari bo‘yicha mulohazalar keltirilgan.

Kalit so‘zlar: ziyorat turizmi, omilli tahlil, ziyorat turizmiga oid obyektlar,

zanjirli almashtirish usuli.

ВОПРОСЫ ЭФФЕКТИВНОГО ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ПАЛОМНИЧЕСКИХ

ОБЪЕКТОВ В САМАРКАНДСКОЙ ОБЛАСТИ

Халиков Нодирджон Абдухалил угли

Докторант Международного университета туризма и культурного наследия

«Шелковый путь»

n.xoliqov09@gmail.com

Аннотация:

В

данной статье автором изучаются и анализируются мнения

ученых мира и нашей страны о понятии паломничества. Кроме того, были

изучены вопросы эффективного использования объектов паломнического

туризма, расположенных на территории нашей республики, в частности в

Самаркандской области. С помощью мультипликативной модели

экономического анализа, с использованием метода цепного замещения проведен

факторный анализ эффективности паломнических объектов региона. С учетом

результатов анализа представлены комментарии по развитию паломнического

туризма, уделяя особое внимание таким критериям, как разработка научно

обоснованных предложений и практических рекомендаций.


background image

622

TURIZM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Ключевые слова:

паломнический туризм, факторный анализ, объекты

паломнического туризма, метод цепного обмена.

ISSUES OF EFFECTIVE USE OF PILGRIMAGE FACILITIES IN

SAMARKAND REGION

Khalikov Nodirjon Abdukhalil ugli

Doctoral student of "Silk Road" International University of Tourism and Cultural

Heritage.

n.xoliqov09@gmail.com

Abstract

: In this article, the opinions of scientists of the world and our country

about the concept of pilgrimage are studied and analyzed by the author. In addition, the
issues of effective use of objects related to pilgrimage tourism located in our republic,
particularly in Samarkand region, were studied. Using the multiplicative model of
economic analysis, using the method of chain replacement, the efficiency of pilgrimage
facilities in the region was factor analyzed. Taking into account the results of the
analysis, comments on the development of pilgrimage tourism are presented, paying
special attention to criteria such as the development of scientifically based proposals
and practical recommendations.

Keywords:

pilgrimage tourism, factor analysis, objects related to pilgrimage

tourism, chain exchange method.

KIRISH

Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO)ning ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda

xalqaro turistik tashriflar soni 1,3 mlrd. ga, soha tushumlari esa 1,4 trln. AQSh
dollariga yetdi va bu pandemiya (COVID-19) dan oldingi davr ko‘rsatkichlarining mos
ravishda 88 foizi hamda 93 foizini tashkil etadi. 2023-yilgi xalqaro turistlar soni
ko‘rsatkichlari 2022-yil (960 mln. turist) bilan taqqoslaganda 35 foiz, turizm sohasi
daromadlari esa, 28 foizlik o‘sishni qayd etdi. Ayrim hisob-kitoblarga ko‘ra
2025-yilga kelib xalqaro turistlar soni 1.7 mlrd. turistni tashkil etishi bashorat qilingan
[1].

Dunyo bo‘ylab xavfsiz turizmni qayta tiklash, ziyoratlarni qayta tashkil etish,

turizmdan olinadigan daromadlarni va bu sohadagi ish o‘rinlarini ko‘paytirish borasida
mamlakatlar tomonidan bir qancha salmoqli ishlar bajarilmoqda. Turizm va sayohat
bo‘yicha Xalqaro kengashning hisobotlariga ko‘ra turizmning dunyo YaIM dagi
umumiy ulushi 10.4% yoki 8.3 trln. AQSh dollarini (iqtisodiyotga bilvosita va
induksiyali ta'sirlarni hisobga olmagan holda turizmning bevosita hissasi-3.2%) hamda
dunyo bo‘yicha yaratilgan ish o‘rinlarining o‘ndan biri ushbu sektor hissasiga to‘g‘ri


background image

623

TURIZM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

keladi . Turizm notovar sektordagi xalqaro savdoning eng yirik obyektlaridan biridir.
UNWTO ma’lumotlariga ko‘ra, turizm sektori eksporti dunyo eksportida
avtomobilsozlik sanoatini ortda qoldirgan holda kimyoviy moddalar hamda yoqilg‘i
eksportidan keyingi 3-o‘rinda turadi. Ko‘pchilik rivojlangan davlatlar eksportida
turizm yetakchi o‘rinni egallaydi[1].

So‘ngi yillarda turizm sektorini avvalgi maqomiga yetkazish, zamon talabidan

kelib chiqib, yangi turmahsulotlar yaratish, tur va sayohatchilar xavfsizligini
ta’minlash kabi ishlarda hamda sohani yangi, raqobatbardosh, zamonaviy kadrlar bilan
ta’minlash, ilmiy izlanishlar olib borish va uni amaliyotga tatbiq etish, taklif-tavsiyalar
ishlab chiqish kabi mezonlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan,
mamlakatimizda ham ushbu sektorning barqarorligini ta’minlash, iqtisodiyotning
lokomotiv sohalaridan biriga aylantirish, O‘zbekiston Respublikasi turizm xizmatlari
eksportini ko‘paytish hamda sohaning mamlakatimiz YaIM dagi ulushini oshirish
borasida ham salmoqli ishlar bajarilmoqda. Ushbu sharoitda ziyorat turizmi hamda
unga oid destinatsiyalarni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini
takomilllashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimizda mustaqillikdan keyingi yillarda xizmatlar sohasi xususan,

turizmga e’tibor ancha kuchaydi. So‘nggi yillarda yurtimizda turizm xizmatlari sifatini
oshirish, sohada yangi ish o‘rinlarini yaratish, turizm sohasi qonunchiligini yanada
takomillashtirish, turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarni
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, turizm xizmatlari eksportini kengaytirish hamda
“…aholining daromadlari va turmush darajasini oshirish, mamlakatning
investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni ta’minlovchi strategik tarmoqlardan biri
sifatida rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga
oshirilmoqda.” Ushbu natijalarga erishish, turizm sohasini iqtisodiyot tarmoqlarining
muhim drayverlaridan biriga aylantirish, “ziyorat” turizmi orqali tashrif buyuruvchilar
oqimini ko‘paytirish, ziyorat turizmi destinatsiyalarni rivojlantirishning tashkiliy-
iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishni
taqozo etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Xalqaro olimlardan S.Yu.Jitenev muqaddas maskanga quyidagi ta’rifni

beradi[2]: “Muqaddas joylar turli diniy urf-odatlarga ko‘ra, ilohiy amallar,
avliyolarning amallari va hayoti, muqaddas tarixning turli hodisalari, mo‘jizalar bilan
bog‘liq bo‘lib, shuningdek, imonlilarning sajda qilish ob’ekti hisoblanadi. ularga
ziyorat qilish, shuningdek, majburiy ravishda saqlanadi va himoya qilinadi”.

T.Xristov ziyoratni uch jihatiga ko‘ra turlarga bo‘ladi[3].
- qatnashuvchilar soni hamda oilaviy mansubligiga ko‘ra: yakka tartibda, guruhli

va oilaviy ziyorat;


background image

624

TURIZM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

- davomiyligiga ko‘ra: uzoq hamda qisqa muddatli;
- joylashuv mintaqasiga ko‘ra: ichki va tashqi ziyorat;
Mamlakatimiz olimlaridan M.Pardayev, I.Tuxliyev, A.Eshtayev, B.Safarov va

boshqalar turizm bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishgan. Xususan, M.Pardayev[4]
xizmat ko‘rsatish sohasini iqtisodiy tahlil qilishda samaradorlikni aniqlash uchun
omilli tahlil o‘tkazish muhim ekanligi hamda bu orqali har bir omilning natija
o‘zgarishiga ta’sirini ko‘rish mumkinligi haqida ma’lumot bergan.

Biz ham Samarqand viloyatidagi ziyorat turizmi obyektlaridan samarali

foydalanish ko‘rsatkichini aniqlashni maqsad qildik. Tadqiqotimizda iqtisodiy
tahlilning multiplikativ modelidan foydalanilgan holda, zanjirli almashtirish usulini
qo‘llab, Samarqand viloyatidagi ziyorat obyektlari samaradorligi omilli tahlil qilingan.

METODOLOGIYA

Ushbu maqola har bir ilmiy izlanish kabi olimlarning fikrlari va mulohazalarini

tahlil etishni oʻz ichiga olib asosiy maqsadga

erishish uchun ilmiy abstraksiyalash,

induksiya, deduksiya, tizimli yоndashish, qiyоsiy tahlil kabi usullardan fоydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Eng avvalo, samaradorlik ko‘rsatkichini aniqlashda ziyoratgoh bilan tanishish

maqsadida tashrif buyurgan turistlardan tushgan mablag‘larni, tashrif buyurgan
turistlar soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi:

Mm = Pm/Ts;

[10]

Bu yerda,

Pm

- tashrif buyurgan turistlardan tushgan mablag‘lar,

Ts

- tashrif buyurgan turistlar soni

Tadqiqotlar natijasida, ushbu ko‘rsatkichning o‘zgarishiga quyida keltirilgan

omillar ta’sir qilishi aniqlandi.

1.

Ziyoratgoh obyektlarga tushgan o‘rtacha pul mablag‘larning obyektlarni

tomosha qilish uchun sarflanadigan o‘rtacha vaqtga nisbati (Z1).

2.

Ziyoratgoh obyektlarni tomosha qilish uchun sarflanadigan o‘rtacha vaqtning

xorijiy turistlarning viloyatda o‘rtacha qolish muddatidagi hissasi (Z2).

3.

Xorijiy turistlarning Samarqand viloyatida o‘rtacha qolish muddatining 1

nafar xorijiy turistning o‘rtacha xarajatlariga nisbati (Z3).

4.

Bir nafar xorijiy turist o‘rtacha xarajatlarining viloyatning turistik xizmatlar

eksportidagi ulushi (Z4)

5.

Samarqand viloyati xizmatlar eksportining viloyatga tashrif buyurgan xorijiy

turistlarga nisbati (Z5).

6.

Viloyatga jami tashrif buyurgan xorijiy turistlarning ziyoratgoh obyektlarga

tashrif buyurgan turistlarga nisbati (Z6).


background image

625

TURIZM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Yuqoridagi omillarning o‘zaro bog‘liqligini aniqlash uchun iqtisodiy tahlilning

multiplikativ modelidan foydalanish maqsadga muvofiq hamda quyidagi formuladan
foydalanishni tavsiya qilamiz:

Mm = Z1 * Z2 * Z3 * Z4 * Z5 * Z6;

[4]

Ushbu natijaga ta’sir qiluvchi oltita omillarning ta’sirini iqtisodiy tahlilning bir

qancha usullari bilan topish mumkin. Biz zanjirli almashtirish usulidan foydalanishni
maqsadga muvofiq deb topdik. Ushbu usul bilan natija o‘zgarishiga omillar ta’sirini
aniqlaganda natija ko‘rsatkichini shu omilning o‘zgarishi bilan qayta hisoblab olinadi.
Bunda ushbu ko‘rsatkichga qaysi omilning ta’siri hisoblanish kerakl bo‘lsa, o‘sha
omilning haqiqiy miqdori olinadi va undan oldingi joylashgan omillarning haqiqiy
miqdori va undan keying joylashgan omillarning rejadagi miqdori olinib natija
ko‘rsatkichi hisoblanadi.

O‘zaro bog‘liqlik formulasi:

𝚫𝚫𝑴𝑴𝑴𝑴

= (

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

)

(

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

)

;

Natija o‘zgarishiga 1-omilning

(

Δ𝑀𝑀𝑀𝑀

𝑧𝑧1

)

ta’siri quyidagicha hisoblanadi:

𝚫𝚫𝑴𝑴𝑴𝑴

𝒛𝒛𝒁𝒁

= (

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

)

(

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

)

;

Natija o‘zgarishiga 2-omilning

(

Δ𝑀𝑀𝑀𝑀

𝑧𝑧2

)

ta’siri quyidagicha hisoblanadi:

𝚫𝚫𝑴𝑴𝑴𝑴

𝒛𝒛𝒁𝒁

= (

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

)

(

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

)

;

Natija o‘zgarishiga 3-omilning

(

Δ𝑀𝑀𝑀𝑀

𝑧𝑧3

)

ta’siri quyidagicha hisoblanadi:

𝚫𝚫𝑴𝑴𝑴𝑴

𝒛𝒛𝒁𝒁

= (

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

)

(

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

)

;

Natija o‘zgarishiga 4-omilning

(

Δ𝑀𝑀𝑀𝑀

𝑧𝑧4

)

ta’siri quyidagicha hisoblanadi:

𝚫𝚫𝑴𝑴𝑴𝑴

𝒛𝒛𝒁𝒁

= (

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

)

(

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

)

;

Natija o‘zgarishiga 5-omilning

(

Δ𝑀𝑀𝑀𝑀

𝑧𝑧5

)

ta’siri quyidagicha hisoblanadi:

𝚫𝚫𝑴𝑴𝑴𝑴

𝒛𝒛𝒁𝒁

= (

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

)

(

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

)

;

Natija o‘zgarishiga 6-omilning

(

Δ𝑀𝑀𝑀𝑀

𝑟𝑟6

)

ta’siri quyidagicha hisoblanadi:

𝚫𝚫𝑴𝑴𝑴𝑴

𝒛𝒛𝒁𝒁

= (

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

)

(

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

∗ 𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒉𝒉

𝒁𝒁𝒁𝒁

𝒓𝒓

)

;

Natijaning o‘zgarishiga barcha omillarning ta’sirini quyidagicha aniqlash

mumkin.

𝚫𝚫𝑴𝑴𝑴𝑴

=

𝚫𝚫𝑴𝑴𝑴𝑴

𝒛𝒛𝒁𝒁

±

𝚫𝚫𝑴𝑴𝑴𝑴

𝒛𝒛𝒁𝒁

±

𝚫𝚫𝑴𝑴𝑴𝑴

𝒛𝒛𝒁𝒁

±

𝚫𝚫𝑴𝑴𝑴𝑴

𝒛𝒛𝒁𝒁

±

𝚫𝚫𝑴𝑴𝑴𝑴

𝒛𝒛𝒁𝒁

±

𝚫𝚫𝑴𝑴𝑴𝑴

𝒛𝒛𝒁𝒁

;


background image

626

TURIZM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Natija ko‘rsatkichining o‘zgarishiga omillar ta’siri natijaning umumiy farqiga

teng bo‘ladi. Amaliy ma’lumotlarni qo‘llab masalani yechish uchun quyidagi
1-jadvalni tuzib olamiz.

1-jadval

Samarqand viloyatida ziyoratgoh obyektlardan samarali foydalanish darajasini

va uning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarning 2022-2023-yillardagi hisob

kitobi

[12]

Ko‘rsatkchlar

2022-yil (r)

2023-yil (h)

Farqi

(+,-)

O‘sish

sur’ati,

%

1

Ziyoratgoh obyektlarning
o‘rtacha pul tushumi, ming
so‘m

58 574 805

65 420 150

+6 845 345

112

2

Ziyoratgoh obyektlarni
tomosha qilish uchun
sarflanadigan o‘rtacha vaqt,
daqiqa

372

372

0

100

3

Xorijiy turistlarning
viloyatda o‘rtacha qolish
muddati, kun

2,6

2,7

+0,1

104

4

Viloyatda 1 nafar xorijiy
turistning o‘rtacha xarajati
AQSh doll.

139

160

+21

115

5

Viloyatning turistik
xizmatlar eksporti ming
doll.

9 200

17 100

+7 900

186

6

Samarqand viloyatiga
tashrif buyurgan xorijiy
turistlar soni, nafar

1 204 200

2 153 000

+948 800

179

7

Ziyoratgoh obyektlarga
tashrif buyurgan jami
turistlar, nafar

2 796 786

2 985 018

+188 232

107

8

Ziyoratgoh obyektlarga
tushgan pul mablag‘larning
obyektlarni tomosha qilish
uchun sarflanadigan
o‘rtacha vaqtga nisbati (Z1)

157,459

175,861

+18,401

112

9

Ziyoratgoh obyektlarni
tomosha qilish uchun
sarflanadigan o‘rtacha
vaqtning xorijiy
turistlarning viloyatda
o‘rtacha qolish muddatidagi
hissasi (Z2)

143,077

137,778

-5,299

96


background image

627

TURIZM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

10

Xorijiy turistlarning
Samarqand viloyatida
o‘rtacha qolish muddatining
1 nafar xorijiy turistning
o‘rtacha xarajatlariga nisbati
(Z3)

0,019

0,017

-0,002

90

11

Bir nafar xorijiy turist
o‘rtacha xarajatlarining
viloyatning turistik
xizmatlar eksportidagi
ulushi (Z4)

0,015

0,009

-0,006

62

12

Samarqand viloyati turizm
xizmatlari eksportining
viloyatga tashrif buyurgan
xorijiy turistlarga nisbati (Z5)

0,0076

0,0079

+0,0003

104

13

Viloyatga jami tashrif
buyurgan xorijiy
turistlarning ziyoratgoh
obyektlarga tashrif
buyurgan turistlarga nisbati
(Z6)

0,431

0,721

+0,291

168

14

Ziyoratgoh obyektlardan
samarali foydalanish
darajasi (Mm) ming so‘m

20,944

21,916

+0,973

105

1-jadval ma’lumotlaridan 2023-yilda ziyoratgoh obyektlardan samarali

foydalanish darajasi har bir tashrif buyuruvchiga 973 so‘mga ko‘payganligini
ko‘rishimiz mumkin. Bu o‘zgarish o‘z-o‘zidan bo‘lgani yo‘q. Ushbu natija Samarqand
viloyatning turistik xizmatlar eksporti hamda tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni va
ularning o‘rtacha xarajatlari ortishi natijasida yuz bergan. Turistlarning viloyatdagi
ziyoratgoh obyektlarni tomosha qilish uchun sarflagan o‘rtacha vaqtini o‘zgarishsiz
deb qabul qildik. Bularning o‘zgarish sur’atlari ma’lum bir qonuniyatlarga asoslangan
bo‘lishi lozim. Ushbu holat omillarning natija o‘zgarishiga qanday ta’sir qilganligini
belgilaydi hamda ularga quyidagi omillarni kiritishimiz mumkin:

-

Ziyoratgoh obyektlarga tushgan o‘rtacha pul mablag‘larning obyektlarni

tomosha qilish uchun sarflanadigan o‘rtacha vaqtga nisbati (Z1);

-

Ziyoratgoh obyektlarni tomosha qilish uchun sarflanadigan o‘rtacha vaqtning

xorijiy turistlarning viloyatda o‘rtacha qolish muddatidagi hissasi (Z2);

-

Xorijiy turistlarning Samarqand viloyatida o‘rtacha qolish muddatining bir

nafar xorijiy turistning o‘rtacha xarajatlariga nisbati (Z3);

-

Bir nafar xorijiy turist o‘rtacha xarajatlarining viloyatning turistik xizmatlar

eksportidagi ulushi (Z4);


background image

628

TURIZM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

-

Samarqand viloyati xizmatlar eksportining viloyatga tashrif buyurgan xorijiy

turistlarga nisbati (Z5);

-

Viloyatga jami tashrif buyurgan xorijiy turistlarning ziyoratgoh obyektlarga

tashrif buyurgan turistlarga nisbati (Z6).

Yuqorida sanab o‘tilgan omillar natija o‘zgarishiga ma’lum miqdorda ta’sir

qilgan. Ushbu omillarning natija ko‘rsatkichi bo‘lgan ziyoratgoh obyektlardan
samarali foydalanish darajasining o‘zgarishiga ta’sirini aniqlash uchun quyidagi
jadvalni tuzishni tavsiya qilamiz (2 - jadval).

2 - jadval

Samarqand viloyatida 2022-2023-yillarda ziyoratgoh obyektlaridan samarali

foydalanish darajasini va uning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarning

tahlili

[12]

Ko‘rsatkichlar

2022

2023

Zanjirli almashtirishlar

(r)

(h)

1-omil

2-omil

3-omil

4-omil

5-omil

1

Ziyoratgoh obyektlarga
tushgan pul mablag‘larning
obyektlarni tomosha qilish
uchun sarflanadigan
o‘rtacha vaqtga nisbati (Z1).
(1q/2q)

157

459,153

175

860,618

175

860,618

175

860,618

175

860,618

175

860,618

175

860,618

2

Ziyoratgoh obyektlarni
tomosha qilish uchun
sarflanadigan o‘rtacha
vaqtning xorijiy
turistlarning viloyatda
o‘rtacha qolish muddatidagi
hissasi (Z2). (2q/3q)

143,077 137,778

143,077

137,778

137,778

137,778

137,778

3

Xorijiy turistlarning
Samarqand viloyatida
o‘rtacha qolish
muddatining 1 nafar xorijiy
turistning o‘rtacha
xarajatlariga nisbati (Z3).
(3q/4q)

0,019

0,017

0,019

0,019

0,017

0,017

0,017

4

Bir nafar xorijiy turist
o‘rtacha xarajatlarining
viloyatning turistik
xizmatlar eksportidagi
ulushi (Z4). (4q/5q)

0,015

0,009

0,015

0,015

0,015

0,009

0,009

5

Samarqand viloyati turizm
xizmatlari eksportining
viloyatga tashrif buyurgan
xorijiy turistlarga nisbati
(Z5). (5q/6q)

0,0076

0,0079

0,0076

0,0076

0,0076

0,0076

0,0079


background image

629

TURIZM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

6

Viloyatga jami tashrif
buyurgan xorijiy
turistlarning ziyoratgoh
obyektlarga tashrif
buyurgan turistlarga nisbati
(Z6)

0,431

0,721

0,431

0,431

0,431

0,431

0,431

7

Ziyoratgoh obyektlardan
samarali foydalanish
darajasi (Mm) ming so‘m.
(1q*2q*3q*4q*5q*6q)

20,944

21,916

23,39

22,52

20,32

12,58

13,08

1-omilning ta’siri: 23,39 - 20,944 = +2,448
2-omilning ta’siri: 22,52 - 23,39 = -0,866
3-omilning ta’siri: 20,32 - 22,52 = -2,20
4-omilning ta’siri: 12,58 - 20,32 = -7,74
5-omilning ta’siri: 13,08 - 12,58 = +0,50
6-omilning ta’siri: 21,916 - 13,08 = +8,833
Barcha omillarning umumiy ta’siri: 21,916 - 20,944 = +0,973 ming so‘m. ushbu

o‘zgarish barcha omillar ta’sirining umumiy yig‘indisiga teng bo‘lishi kerak. Bu
quyidagicha hisob-kitob qilingan [11]:

+2,448 - 0,866 - 2,20 - 7,74 + 0,50 + 8,833 = +0,973

Ushbu tahlil natijasi Samarqand viloyatidagi ziyoratgoh obyektlardan samarali

foydalanish darajasini oshirishga qaratilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish
imkoniyatini beradi. Bunga erishish uchun quyidagi tavsiyalarni keltirish maqsadga
muvofiq.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Birinchidan, turistlar tomonidan ziyoratgoh obyektlarni tomosha qilish uchun

sarflanadigan o‘rtacha vaqtni ko‘paytirish lozim. Agar ushbu omilning qiymati hech
bo‘lmaganda o‘tgan yilgi darajada bo‘lganda edi, natija ko‘rsatkichi har bir turistdan
yana 866 so‘mga oshgan bo‘lar edi. Tadqiqotimiz natijasida turistlarning ziyoratgoh
obyektlarni tomosha qilish muddatini 2023-yilda 372 daqiqadan 482 daqiqaga
ko‘payganda edi. Ushbu omilning natijaga ta’siri 5,794 ming so‘mga oshgan bo‘lar
edi. Ushbu holatga erishish uchun turistlarni ziyoratgoh obyektlarni tomosha qilish
uchun ko‘proq vaqt sarflashiga erishish lozim bo‘ladi.

Ikkinchidan, xorijiy turistlarning Samarqand viloyatida o‘rtacha qolish

muddatining bir nafar xorijiy turistning o‘rtacha xarajatlariga nisbati ya’ni bir nafar
turistning bir kunda qiladigan o‘rtacha xarajatlar miqdorini 2022-yilgi ko‘rsatgichda
ushlab turish orqali, har bir turistdan qo‘shimcha 2,2 ming so‘m qo‘shimcha foyda
olish mumkin bo‘lar edi.

Uchinchidan, eng katta yo‘qotishlarga sabab bo‘layotgan omil ya’ni bir nafar

xorijiy turistning o‘rtacha xarajatlarini viloyat turistik xizmatlar eksportidagi ulushini


background image

630

TURIZM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

2023-yilda o‘tgan yilga nisbatan 40%ga kamayganligi har bir turistdan olinadigan
tushumning 7,74 ming so‘m kamayishiga sabab bo‘lmoqda. Uni ko‘paytirish chora-
tadbirlarini ishlab chiqishni taqozo qiladi.

Yuqoridagi tavsiyalarimizning amaliyotda qo‘llanilishi Samarqand viloyatidagi

ziyoratgoh obyektlardan samarali foydalanish darajasini yanada oshirishga hamda
ziyorat turizmini rivojlantirishga xizmat qilgan bo‘lar edi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

1.

https://www.unwto.World Tourism Barometer and Statistical Annex

2.

Житенев С.Ю. Религиозние паломничество в христианстве, буддизме и

мусульманстве: социокультурные, коммуникационные и цивилизационные

аспекты. с.19.

3.

Христов Т.Т. //Религиозный туризм// Учебник для вузов. М.:

Издателство Юрайт, 2021.

-

с. 18.

ISBN 978-5-534-13125-3

4.

M.Pardayev, A.Xoliqulov, H.Rahimov “Mehmonxona xo‘jaliklarida

samaradorlikni oshirish muammolari” monografiya SamISI. T-Iqtisodiyot 2013

5.

M.Pardayev, A.Xoliqulov, O.Pardayev, F.Safarov “Mehmonxona xo‘jaligi

faoliyati tahlili” Sam ISI. Samarqand 2014

6.

X.Samarov “ O‘zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirishda milliy meros

boyliklardan foydalanishning istiqbolli yo‘nalishlari” Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Samarqand-2023

7.

Kholikov Nodirjon Abduxalil ugli “Prospects of developing ziyarah tourism

in Samarkand region” Journal of Management Value & Ethics// August Special Issue.
23 Vol. 13 No.02 SJIF 8.001 & GIF 0.626 ISSN-2249-9512// 2023

8.

Kholikov Nodirjon Abduxalil ugli “Mechanisms for improving pilgrimage

sites of Samarkand region by extending tourist visit time” Journal of Management
Value & Ethics// March Special Issue. 24 Vol. 13 No.02 SJIF 8.001 & GIF 0.626 ISSN-
2249-9512// 2024

9.

N.Xoliqov “O‘zbekiston Respublikasida ziyorat turizmini rivojlantirish

salohiyati” “SERVIS” ilmiy-amaliy jurnal. ISSN 2091-5187, 2023-yil maxsus son

10.

N.Xoliqov “Samarqand viloyatida ziyorat turizmiga oid destinatsiyalarning

rivojlantirish holati”

O‘zb

е

kiston

Milliy

univ

е

rsit

е

ti

huzuridagi

Ilg‘or tadqiqotlar ilmiy markazi, “XALQARO ILMIY FORUM” (International

scientific forum – 2023) 13.01.2023-yil https://doi.org/10.5281/zenodo.11004292

11.

Muallif ishlanmasi.

12.

O‘zbekiston Respublikasi Statistika Agentligi ma’lumotlari asosida muallif

ishlanmasi.

Библиографические ссылки

https://www.unwto.World Tourism Barometer and Statistical Annex

Житенев С.Ю. Религиозние паломничество в христианстве, буддизме и

мусульманстве: социокультурные, коммуникационные и цивилизационные

аспекты. с.19.

Христов Т.Т. //Религиозный туризм// Учебник для вузов. М.:

Издателство Юрайт, 2021.- с. 18. ISBN 978-5-534-13125-3

M.Pardayev, A.Xoliqulov, H.Rahimov “Mehmonxona xo‘jaliklarida

samaradorlikni oshirish muammolari” monografiya SamISI. T-Iqtisodiyot 2013

M.Pardayev, A.Xoliqulov, O.Pardayev, F.Safarov “Mehmonxona xo‘jaligi

faoliyati tahlili” Sam ISI. Samarqand 2014

X.Samarov “ O‘zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirishda milliy meros

boyliklardan foydalanishning istiqbolli yo‘nalishlari” Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Samarqand-2023

Kholikov Nodirjon Abduxalil ugli “Prospects of developing ziyarah tourism

in Samarkand region” Journal of Management Value & Ethics// August Special Issue.

Vol. 13 No.02 SJIF 8.001 & GIF 0.626 ISSN-2249-9512// 2023

Kholikov Nodirjon Abduxalil ugli “Mechanisms for improving pilgrimage

sites of Samarkand region by extending tourist visit time” Journal of Management

Value & Ethics// March Special Issue. 24 Vol. 13 No.02 SJIF 8.001 & GIF 0.626 ISSN2249-9512// 2024

N.Xoliqov “O‘zbekiston Respublikasida ziyorat turizmini rivojlantirish

salohiyati” “SERVIS” ilmiy-amaliy jurnal. ISSN 2091-5187, 2023-yil maxsus son

N.Xoliqov “Samarqand viloyatida ziyorat turizmiga oid destinatsiyalarning

rivojlantirish holati” O‘zbеkiston Milliy univеrsitеti huzuridagi

Ilg‘or tadqiqotlar ilmiy markazi, “XALQARO ILMIY FORUM” (International

scientific forum – 2023) 13.01.2023-yil https://doi.org/10.5281/zenodo.11004292

Muallif ishlanmasi.

O‘zbekiston Respublikasi Statistika Agentligi ma’lumotlari asosida muallif

ishlanmasi.