631
TURIZM
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
TURIZM INDUSTRIYASINING RIVOJLANISH IMKONIYATLARI VA
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Aziztayeva Feruza Alpomishevna
Jizzax politexnika instituti, Iqtisodiyot va menejment kafedrasi katta o‘qituvchisi
aziztaevaferuza @bk.ru.
Annotatsiya
: Iqtisodiy islohotlar sharoitida ma’lumki, turizmning rivojlanishi
mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. U iqtisodiyotni
rivojlantirish bilan birga mahalliy aholining bandligini ta’minlash, shu orqali turmush
darajasini yaxshilash, xorijiy turistlarni jalb qilish, yurtimizni dunyoga tanitish,
qadimiy shaharlarimiz va tarixiy yodgorliklarimizni asrab avaylash kabi xayrli ishlarga
salmoqli hissa qo‘shish imkoniyatini kengaytiradi. Maqolada Jizzax viloyatida turizm
xizmatlarining asosiy omillari, uni rivojlantirishning hududiy o‘ziga xosligi, mahalliy
aholini atrof - muhitni muhofaza qilishi, bu borada ayrim muammolarni bartaraf etish
chora-tadbirlari bo‘yicha takliflar berilgan.
Kalitli so‘zlar
:
turizm xizmatlari, turistik imkoniyatlar, turizm industriyasi,
kurort zonasi, madaniy meros, ehtiyojlar, turizmda raqamlashtirish
ВОЗМОЖНОСТИ И СПЕЦИФИКА РАЗВИТИЯ ИНДУСТРИИ ТУРИЗМА
Азизтаева Феруза Алпомишевна
Джизакский политехнический институт
,
Старший преподаватель кафедры
экономики и управления
aziztaevaferuza @bk.ru.
Аннотация:
В условиях экономических реформ развитие туризма, как
известно, приобретает важное значение в экономико
-
социальной жизни страны.
Он расширяет возможности развития экономики, обеспечивая занятость
местного населения, тем самым повышая уровень жизни, привлекая
иностранных туристов, делая нашу страну известной в мире, сохраняя древние
города и исторические памятники. В статье даны предложения по основным
факторам туристского обслуживания в Джизакской области, территориальной
специфике его развития, охране окружающей среды местного населения, мерам
по устранению некоторых проблем в этом отношении.
632
TURIZM
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Ключевые слова:
туристские услуги, туристские возможности,
индустрия туризма, курортная зона, культурное наследие, потребности,
оцифровка в туризме
DEVELOPMENT OPPORTUNITIES AND DISTINCTIVE FEATURES OF
THE TOURISM INDUSTRY
Aziztaeva Feruza Alpomishevna
Jizzakh Polytechnic Institute Senior Lecturer, Department of Economics and
Management
aziztaevaferuza @bk.ru.
Abstract:
In the context of economic reforms, it is known that the development
of tourism is gaining importance in the economic and social life of the country. It will
expand the opportunity to provide employment of local residents while developing the
economy, thereby making a significant contribution to such good deeds as improving
the standard of living, attracting foreign tourists, introducing our country to the world,
preserving our ancient cities and historical monuments. The article provides
suggestions on the main factors of tourism services in the Jizzakh region, territorial
specificity of its development, environmental protection of local residents, measures to
eliminate some problems in this regard.
Keywords
:
tourism services, tourism opportunities, tourism industry, resort
area, cultural heritage, needs, digitization in tourism
KIRISH
Bugungi kunda turizm xizmatlarini rivojlantirish jahon iqtisodiy-ijtimoiy
hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. U iqtisodiyotni rivojlantirish bilan birga
mahalliy aholining ish bilan bandligini ta’minlash, shu orqali turmush darajasini
yaxshilash, xorijiy turistlarni jalb qilish, tarixiy yodgorliklarni asrab avaylash kabi
ishlarga salmoqli hissa qo‘shish imkoniyatini kengaytiradi. Jahonda bugungi kunda
turizm aksariyat mamlakatlarda milliy iqtisodiyotga salmoqli daromad keltiruvchi
sohalardan biri hisoblanadi. BMT Jahon sayyohlik tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra [1],
mazkur soha xizmatlarini ko‘rsatishdan tushadigan daromad 1,5 trillion AQSH
dollarini tashkil etmoqda. Dunyo yalpi ichki mahsulotining 10 foizidan ko‘prog‘i,
jahon eksportining 7 foizdan ziyodi, umumiy bandlik ko‘rsatkichining esa 8 foizga
yaqini aynan shu soha hissasiga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida
turistik imkoniyatlar haqida quyidagicha ta’kidlandi: “Hozirgi kunda milliy
iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri bu turizmdir.
633
TURIZM
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
O‘zbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega bo‘lgan davlat hisoblanadi.
Yurtimizda 7 ming 300 dan ortiq madaniy meros obyektlari mavjud va ularning
aksariyati YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan” [2].
Yangi O‘zbekistonda turizm xizmatlari rivojlanib, turistlar uchun mo‘ljallangan
obyektlarning har tomonlama maqbulligi, transport va mehmonxona xizmatlari va
umuman, sayyohlik logistikasi bilan bog‘liq barcha xizmatlarning qulayligi,
xavfsizligi, zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy etilishi borasida tizimli ishlar
olib borilmoqda. Respublikamizning geografik o‘rni nihoyatda qulay, ajoyib tabiiy-
iqlim sharoitiga egaligi, insoniyat madaniy taraqqiyotida ham katta o‘rin tutishi xalqaro
turizm sohasidagi imkoniyatlarining kattaligi bilan qo‘shni mamlakatlardan tubdan
farq qiladi. Bu esa tadqiqot ishining dolzarbligini ko‘rsatadi hamda turizm xizmatlarini
rivojlantirishning samaradorligini oshirish, mazkur xizmatlar sohasining
raqobatbardoshligini ta’minlash, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va yangi
turistik marshrutlarni yaratishni tartibga solish takomillashtirish bo‘yicha ilmiy
izlanishlarni takomillashtirish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev Yangi O‘zbekiston
strategiyasida,1 “O‘zbekistonning zamonaviy iqtisodiyoti – samarali ishlab chiqarish
bilan birga xizmat ko‘rsatish tarmoqlari rivojiga asoslangan iqtisodiyot bo‘lmog‘i
zarur” [3] .
M.Q.Pardaevning fikricha [4] xizmatlar sohasining tabiati bo‘lib, klassik turdagi
erkin bozor, egiluvchanlik, konyunkturalik, bo‘g‘inlashtirilgan va mahalliy joylarga
bog‘langan kabi xususiyatlarga ega bozordir. Mazkur bozorda xalqaro turizm
tarmog‘iga dunyo bo‘ylab yaratilayotgan har o‘n ikkinchi yangi ish o‘rni to‘g‘ri kelib,
keyingi o‘n yillikda dunyo miqyosida 120 million kishining (ishsiz aholining 3,5 foizi)
ushbu tarmoqda ish bilan ta’minlanishi kutilmoqda. U mamlakatlar o‘rtasidagi
hamkorlikni rivojlantirish hamda investitsiya oqimini ta’minlash uchun muhim vosita
bo‘lib hisoblanadi.
Professor O.X.Xamidovning e’tirof etishicha [5] “Turizm murakkab, ko‘p qirrali
tushuncha bo‘lib, u ekologik barqaror rivojlanish yo‘nalishi sifatida o‘zaro bog‘liq
tarmoqlar majmuasi, bir vaqtning o‘zida faoliyat turi, rekreatsiya shakli, milliy
iqtisodiyot tarmog‘i va bo‘sh vaqtni ko‘ngilli o‘tkazish usuli bo‘lib, ko‘plab yangi ish
o‘rinlari, qo‘shimcha daromadlar yaratish va tadbirkorlikni va mintaqalar iqtisodiyotini
rivojlantirishning muhim manbai sifatida, boy va xilma-xil tabiat, madaniy-tarixiy
obyektlardan tabiat muhofazasi va ekologik xavfsizlikni ta’minlash asosida tomosha
qilish orqali samarali foydalanish yo‘nalishlarini belgilaydi.
11
Sh.M.MirziyoyevYangi O‘zbekiston Strategiyasi .- Toshkent. “O‘zbekiston” nashriyoti, 2021.-169 b.
634
TURIZM
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Olimlarning fikricha [6] “Turizm industriyasi – bu mehmonxonalar va
joylashtirish vositalari, transport vositalari, umumiy ovqatlanish obyektlari,
ko‘ngilochar obyektlari va vositalari, davolash, sog‘lomlashtirish, sportga doir, diniy
marosimchilik, ishbilarmonlikka va boshqa maqsadlarga molik vositalar, turizm
operatorlari va turizm agentligini amalga oshiruvchi, shuningdek turizm infratuzilma
tashkilotlari majmuidan iborat bo‘ladi”.
MDH olimlaridan I.Endjeychik fikricha, [7] turizmning iqtisodiy mohiyati ko‘p
jihatdan turizmda keng qamrovli bo‘lgan multiplikativ samara ta’siriga asoslanadi.
Multiplikativ samara ta’siri natijasida turizmdagi bitta ish o‘rni turizm bilan hamkorlik
tizimi orqali bog‘langan boshqa soha va sektorlarida yettita yangi ish o‘rnini yaratadi.
Shu xususiyati sababli, turizm O‘zbekistonning ko‘pgina, ayniqsa katta rekreatsion
imkoniyatlari mavjud mintaqalari rivojlanishi uchun sifat jihatidan yangi davr
boshlanishiga turtki bo‘lishi mumkinki, turizm hisobiga nafaqat o‘zlarining rivojlanish
tezligini oshirishi balki, yig‘ilib qolgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini ham hal etishi
mumkin.
Yuqoridagi fikrlarga qo‘shilgan holda tadqiqot ishida quyidagi mualliflik
ta’rifini ilgari suramiz: Turizm xizmatlari turistik mahsulot ishlab chiqaruvchisi va
iste’molchisi o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, turistik mahsulotning har bir
ishlab chiqaruvchi va iste’molchisi o‘zining iqtisodiy manfaatlariga ega. Manfaatlar
mos kelmasligi ham mumkin, lekin ular mos kelsa turistik mahsulotning savdo-sotiq
munosabatlari amalga oshiriladi. SHuning uchun ham bozor bu ishlab chiqarish va
iste’molchi qiziqishlarini qondiradigan o‘ziga xos qurol bo‘lib, mazkur xo‘jalik
yurituvchi hukmron turistik subyekt uchun turistik mahsulotiga qiziqqan va uni ertami-
kech xarid qilishga mablag‘i yetadigan iste’molchilar yig‘indisini namoyon etadi.
Turizm xizmatlarini tashkil etishning obyektiv zaruriyati va uning ijtimoiy-
iqtisodiy mohiyatini quyidagi asosiy vazifalar orqali belgilash mumkin:
- mamlakat bo‘yicha milliy foydani oshirish. Turistik xizmatlar ishlab chiqarish,
boshqa tarmoqlar hamda sohalar faoliyati bilan birgalikda milliy mahsulotni
shakillantiradi.
- yangi ish joylarining yaratilishi orqali mehnatga layoqatli aholini ish bilan
ta’minlashga ko‘maklashish. Turizm faoliyatida mehmonxona xo‘jaligi va ovqatlanish
korxonalariga, sanatoriya-kurort tarmoqlariga, turizmning davlat va jamiyatni
bog‘lovchi boshqa faoliyat sohalariga ishchi kuchi talab qiladi ya’ni turizm faoliyati
aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashadi.
- valyuta tushumining kirib kelishini ta’minlash vositasi. Turizm xizmatlarni
import shu bilan bir qatorda eksport qilish jarayonlarini amalga oshiradi. Turistik tovar
va xizmatlarni import qilish jarayonida mazkur davlat iqtisodiyotining aktiv ikkinchi
holatda esa passiv turi to‘g‘risida gap boradi. Tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlaridan
635
TURIZM
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
biri shundan iboratki, turistik tovarlar va xizmatlar eksport qilinishida chetga
chiqarilmaydi balki, turistlarni qabul qiluvchi mamlakatning o‘zida iste’mol qilinadi.
- aholi farovonligi va turmush darajasini oshirish. Turizm xizmat sohasi faoliyat
ko‘rsatayotgan kichik biznes korxonalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, mahalliy
infrastrukturaning rivojlanishiga imkon tug‘diradi va aholi yashash darajasi hamda
daromadlarini oshiradi.
- iqtisodiy infrastrukturaning rivojlanishiga ko‘maklashadi. Turizm sohasida
boshqa tarmoq va sohalar faoliyatlari bilan bog‘liq ravishda xizmat ko‘rsatish
tarmog‘ini yaratish ularning rivojlanishini tezlashtiradi hamda iqtisodiyotni
diversifikatsiyalash imkonini beradi.
-hududlarda mintaqaviy rivojlanishni tenglashtirish. Turizm shu sohaga
ixtisoslashgan mintaqa va mamlaktlarga milliy foydani qayta taqsimlash imkoniyatini
yaratadi. Turizmni rivojlantirish ko‘plab olisdagi aholisi kam va sanoati past darajada
rivojlanayotgan lekin o‘zining tabiati, tarixiy-madaniy obyektlari bilan o‘ziga
tortadigan mamlakatlar (mintaqalar)ning yuqori sur’atlar bilan iqtisodiy o‘sishini
ta’minlaydi.
- investitsiyalarni jalb qilish, jumladan, xorijiy investitsiyalarni turistik xizmatlar
sohasiga yo‘naltirish. Investitsiyalarni jalb qilish, turizm tarmog‘ining dinamik
ravishda rivojlanishi hamda sarflangan mablag‘larning tez va yuqori darajadagi
foydaliligini ta’minlaydi.
- madaniy yodgorliklar va tabiiy meroslardan foydalanishga ko‘maklashish.
Aynan ana shu unsurlar turizm sohasining asosiy resurslar bazasini tashkil etib, turistik
xizmatlar (mahsulotlar) sifatining o‘ziga xosligi va jozibadorligini oshiradi.
Umuman olganda turizm mintaqa va mamlakatlarning iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatib, ularning iqtisodiy o‘sishini ta’minlovchi katalizator vazifasini bajaradi.
Turizm iqtisodiy faoliyatlardan tashqari aholining mehnat qobiliyatlarini qayta tiklash,
keng miqyosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, madaniy bilish va jamiyatni estetik
rivojlantirish kabi qator ijtimoiy vazifalarni ham bajaradi.
METODOLOGIYA
Tadqiqot jarayonida dialektik va tizimli yondashuv, qiyosiy va solishtirma tahlil,
sotsiologik so‘rovnoma usullaridan foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Xizmatlar sohasini ayniqsa, turizm xizmatlarini jadal rivojlantirish viloyat
iqtisodiyotining nafaqat makrodarajada, balki mega darajadagi raqobatbardoshligining
muhim omili hisoblanadi. Chunki xizmatlar iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni zamonaviy
milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligining bosh omilidir. Turizm ham xizmat
ko‘rsatish sohasiga tegishli bo‘lib, iqtisodiyotning jadal rivojlanayotgan
tarmoqlaridan biri bo‘lganligi tufayli mamlakatimizda ham uning yuqori sur’atlar
636
TURIZM
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
bilan o‘sishi, katta hajmdagi valyuta tushumlarini ta’minlash orqali iqtisodiyotga ijobiy
ta’sir etib, turizm industriyasining rivojlanishiga imkon yaratmoqda.
Shu o‘rinda infratuzilmaning mohiyati va mazmunini yoritishning tarmoq va
funksional jihatlari farqlanib, birinchi ko‘rsatkichda infratuzilma ijtimoiy ishlab
chiqarishning umumiy shart-sharoitlarini ta’minlovchi tarmoqlar majmui sifatida
aniqlanadi. Ikkinchisida esa tashkiliy, ishlab chiqarish, ijtimoiy funksiyalarning muhim
majmui sifatida infratuzilma qarab chiqiladi. Mazkur tushunchaning iqtisodiy
mohiyatiga e’tibor qaratsak, infratuzilma termini (lotinchadan infra – quyida, ostida,
pastda va structura – tuzilish, joylashish, qurilishi) yuqori turuvchi funksional tizimga
munosabat bo‘yicha eng past pog‘onali darajada turuvchi obyektlar ma’nosini
ifodalaydi.
Ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotda turizmning o‘zi infratuzilma sohasiga, xususan,
ijtimoiy-madaniy infratuzilmaga tegishlidir. U dam olish, sayrtomoshalar kabilarda
insonlar ehtiyojlarini qondiradi. Biroq shu paytning o‘zida iqtisodiy faoliyat ko‘rinishi
sifatida turizm - uning infratuzilmasi muvofiq ravishda ta’minlanmasdan turib -
mavjud bo‘lmaydi. Ushbu kategoriyani quyidagi tushunchalarga ajratish mumkin:
– turizm infratuzilmasi (turistik infratuzilma);
– turindustriya infratuzilmasi;
– turizm bozori infratuzilmasi;
– turizmda tadbirkorlik infratuzilmasi.
Olimlarning fikricha «Turizm industriyasi – bu mehmonxonalar va joylashtirish
vositalari, transport vositalari, umumiy ovqatlanish ob’ektlari, ko‘ngilochar obyektlari
va vositalari, davolash, sog‘lomlashtirish, sportga doir, diniy marosimchilik,
ishbilarmonlikka va boshqa maqsadlarga molik vositalar, turizm operatorlari va turizm
agentligini amalga oshiruvchi, shuningdek turizm infratuzilma tashkilotlari majmuidan
iborat bo‘ladi» [8].
Zamonaviy bozor sharoitida turizm infratuzilmasining rivojlanishini hududiy
jihatdan quyidagi asosiy yo‘nalishlarga ajratish mumkin:
– turistik infratuzilma tarkibiy qism elementlarini uzluksiz takomillashtirish;
– turistik xizmatlar ishlab chiqarishini tabaqalashtirish;
– turizm infratuzilmasi elementlarini mutanosib rivojlanishi; turistik
infratuzilma kompleksini boshqarishni takomillashtirish;
– xizmat ko‘rsatish sifati va raqobatbardoshligini oshirish;
–
turizm infratuzilmasi obyektlarida investitsiyalashning zamonaviy
shakllaridan foydalanish va qulay investitsion iqlimni yaratish.
Olib borilgan tadqiqot davomida turizm iqtisodiyoti rivojlanishining hududiy
jihatlarini o‘rganishga e’tibor qaratdik va ta’kidlash lozimki, Jizzax viloyatining yuqori
sur’atlarda o‘sib borayotgan ishlab chiqarish salohiyatiga ega, qulay tabiiy-iqtisodiy
sharoitga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Viloyatda turizmni rivojlantirish va yirik
637
TURIZM
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
kurort zonasini tashkil etish bo‘yicha keng imkoniyatlar mavjud. Tabiiy sharoitlarning
o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra, ya’ni tog‘li, cho‘l zonalariga bo‘linishiga ko‘ra, obi-
havosining barqarorligiga ko‘ra Jizzax viloyatining aholisi asosan vohalarda yashab
kelmoqda.
Turizm xizmatlarini koʻrsatish tarmogʻini boshqarish, turli darajada biznesni
tashkil etishda amaliyotda sinab koʻrilgan konsepsiyalarga, tushunchalar
obyektiv
qonunlar tizimiga asoslanib boshqariladi. Boshqarishning uslubiy apparati va
nazariyaning asosiy elementlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi [9]:
- strategik rivojlanish orientirlarini aniqlashtirish (sezgi, missiya, strategik
maqsadlar tizimi);
- faoliyat sharoitining tahlili,
oʻz ichiga ob'ekt va sub'ektni boshqarishning ichki
imkoniyatlarini baholash hamda tashqi muhit tahlilini qamrab oladi;
- umumiy va xususiy muqobil strategiyalarni ishlab chiqish, ulardan bir-
nechtasini tanlash;
- rejalashtirish (ob'ekt va sub'ektlarni turli darajada boshqarishni rivojlantirish
rejalarini ishlab chiqish);
- qarorlarni amaliyotga tadbiq etish, ularning bajarilishi nazoratini tashkil etish
va tartibga (zaruriyat paydo boʻlganida) solish.
Jizzax viloyati hududida jami 430 ga yaqin madaniy meros obyektlari, shundan
100 ta tarixiy obida va muqaddas ziyoratgohlar, 270 ta arxeologik manzilgohlar, 60 ta
monumental yodgorliklar (haykallar, byustlar, xotira maydonlari) “Davlat muhofazasi
ro‘yxatlari” tarkibiga kiritilgan.
Shuningdek, viloyatda keyingi 5 yil ichida turizm xizmatlarini rivojlantirish
borasida amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida mehmonxonalar soni 20 taga etdi,
oilaviy mehmon uylari soni 69 taga, sanatoriy va sog‘lomlashtirish maskanlari soni esa
6 taga ko‘paydi. Hududga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni salkam 11 ming,
mahalliy sayyohlar soni esa, qariyb 700 ming nafarga oshgan. Viloyatda ayni damda 2
ming o‘rinli 117 ta joylashtirish vositalari – mehmonxonalar, xostellar, kempinglar,
dam olish maskanlari, mehmon uylari va sog‘lomlashtirish maskanlari mahalliy va
xorijiy sayyohlarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Viloyatning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari yillik o‘sish sur’atini tahlil
qiladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasining hududlariga nisbatan o‘rtacha
ko‘rsatkich darajasida o‘sish sur’atlari kuzatilayotganligini ko‘rishimiz mumkin.
Viloyatda 2010 yildan buyon yalpi hududiy mahsulot 1,7 barobar o‘sib, keyingi besh
yilda sanoat mahsulotlari hajmi 1,9 marta ko‘payib, yalpi hududiy mahsulotda uning
ulushi 18,3 % dan 21,8 % ga etgani ana shunday amaliy ishlar natijasidir (1-jadval).
638
TURIZM
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
1-jadval
Jizzax viloyatini 2020-2023 yillarda asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlaring
o‘zgarishi2(mlrd.so‘mda)
Ko‘rsatkichlar
2020
2021
2022
2023
2023- yil 2022-
yilga nisbatan
o‘zgarish
(+,-)
Yalpi hududiy
mahsulot
18 441,7
23 274,3
27 545,4
33 323,0
5 777,6
Sanoat mahsuloti
5 823,8
8732,8
11 402,0
1 900,6
9 501,4
Istemol tovarlari
2 992,9
4 009,7
4115,2
10 772,4
6657,2
Qishloq, o‘rmon va
baliq xo‘jaligi
mahsulot (xizmat) lari
16 908,8
21 202,8
24 203,6
27 577,1
3 373,5
Asosiy kapitalga
kiritilgan
investitsiyalar
12 545,4
9 233,6
10 373,9
16 612,8
6 238,9
Qurilish ishlari
2 715,6
3 058,3
3 446,4
3 917,3
470,9
Chakana savdo tovar
aylanmasi
7510,7
91 30,6
7 995,4
9 484,6
1489,2
Xizmatlar, jami
5 024,7
6 395,6
8 127,3
10 378,3
2251
Tashqi savdo
aylanmasi,
mln. AQSh. $
816,7
531,2
688,2
1 427,0
738,8
Eksport
mln. AQSh. $
124,1
195,5
199,7
173,3
26,4
Import
mln. AQSh. $
692,5
335,7
488,5
1 253,7
765,2
Saldo
mln. AQSh. $
-568,4
-140,2
-288,9
-1 080,4
791,5
1-jadvalda, Jizzax viloyatining asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘zgarishi
keltirilgan bo‘lib, yalpi hududiy mahsulotning 2023 yildagi o‘zgarishi 33 323,0
mlrd.so‘mga teng bo‘lib, mazkur yilda 2019 yilga nisbatan 207,5 ga teng bo‘lgan.
Uning o‘sish sur’atiga asosiy ta’siri sanoat mahsuloti 41,0 % ni tashkil qilsa, xizmatlar
bo‘yicha 241,6% ni tashkil qilgan.
3
Jizzax viloyati Statistika boshqarmasi ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi
639
TURIZM
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
XULOSA VA TAKLIFLAR
Jizzax viloyatida turistik xizmatlar sohasidagi o‘zgarishlarning hozirgi holati
va asosiy tendensiyalari hududlarning turizm sohasida raqobatbardoshligini oshirish,
mavjud mahalliy resurslardan ununmli oqilona foydalangan holda qo‘shimcha
qiymatga ega mahsulot (xizmat)larni yaratish va ularni integratsiyalash qobiliyati
hamda tashrif buyuruvchilarning ehtiyojlarini qondirishni ifodalaydi. Bu borada
turizmdagi innovatsiyalarning alohida o‘rni bo‘lib, uni quyidagi tasniflash belgilari
bilan farqlash mumkin:
- turistlar, sayyohlarning ehtiyojlari va talablarini qondirish uchun turli
yangilklarni joriy qilish;
- hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish asosida turistik mahsulot,
turistik mahsulot xizmatlarni taqsimlash usullari va vositalari, boshqaruv, ishlab
chiqarish omillarining mutanosibligiga erishish;
- har bir turistik zonaning ichki imkoniyatlari va mahalliy xususiyatlaridan kelib
chiqib, mahalliy, global, tizimli, investitsiya yo‘naltirishni kengaytirish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo
munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi ma’lumotlari
www. info@icc.uz
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi.
2017 yil //.Lex.uz.
3.
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘bekiston strategiyasi.- Toshkent. “O‘bekiston”
nashriyoti, 2021.-169 b.
4.
Pardaev M.Q. va boshqalar. Xizmat ko‘rsatish, servis va turizm sohalarini
rivojlantirish: muammolar va ularning echimlari. Toshkent, IQTISOD-MOLIYA,
2008. – 20-23 b.
5.
Travel&tourismglobal economic impact& issues 2017, World travel &
tourism council, United Kingdom, 2017
6.
Endjeychik I.Sovremenn
ы
y turistskiy biznes. Moskva. 2003. Finans
ы
i
statistika. -105 s.
7.
Xamidov O. O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirishni boshqarish
mexanizmini takomillashtirish. Iqt. fan. dok. dissertatsiyasi. Toshkent, 2017. -252 b.
8.
Tuxliev I.S., Hayitboev R., Safarov B.SH., Tursunova G.R. Turizm asoslari.
Darslik. – T.: «Fan va texnologiya», 2014. 151-b.
9.
Бойков Е.А. Стратегический менеджмент: Учебное пособие.
-
СПб.:
Д.А.Р.К., 2008.
-
211 с.