640
TURIZM
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
TURISTIK MAHSULOTLARNI ISHLAB CHIQARISH JARAYONIGA
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA OPTIMALLASHTIRISH
MASALALARINI MODELLASHTIRISH
Hamdamov Amriddin Hamdam o‘g‘li
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tayanch doktoranti
adonis29051992@gmail.com
Annotatsiya:
Maqolada raqamli iqtisodiyotning dunyoda turizm sohasining
rivojlanishiga ta’sir qilish xususiyati va mexanizmlari ochib berilgan. Turizm sohasida
raqamlashtirish bo‘yicha tadqiqotlarning dolzarbligi bir necha omillar bilan
belgilanadi. Birinchidan, aynan turizm sohasida raqamli integratsiya resurslaridan
foydalanish yaqqol namoyon bo‘lmoqda: bu raqamlashtirish jarayonining mohiyatini
tushunishni osonlashtiradi. Ikkinchidan, aynan eng yangi texnologik yutuqlardan
foydalanish samaradorligi turizm kompaniyalarining raqobatbardoshligini belgilaydi
va shu nuqtai nazardan raqamli texnologiyalarning ushbu sohadagi ishlab chiqarish
jarayonlariga ta’sirini o‘rganish juda katta amaliy ahamiyatga ega.
Kalit so‘zlar:
raqamli iqtisodiyot, raqamlashtirish, turizmni raqamlashtirish,
turizm sektori uchun raqamli texnologiyalar, modellashtirish.
МОДЕЛИРОВАНИЕ ЗАДАЧ ОПТИМИЗАЦИИ ПРОЦЕССА
ПРОИЗВОДСТВА ТУРИСТИЧЕСКОЙ ПРОДУКЦИИ НА ОСНОВЕ
ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ
Хамдамов Амриддин Хамдам угли
Докторант Международного университета туризма и культурного наследия
«Шелковый путь»
adonis29051992@gmail.com
Аннотация
:
В статье раскрыты особенности и механизмы влияния
цифровой экономики на развитие туризмой отрасли в мире. Актуальность
исследований в области цифровизации туризма определяется несколькими
факторами. Во
-
первых, именно
в сфере туризма наглядно
проявляется
использование цифровых технологий:
это облегчает понимание сути процесса
оцифровки.
Во
-
вторых, именно эффективность использования новейших
технологических достижений определяет конкурентоспособность туризмых
компаний, и в этом контексте изучение влияния цифровых технологий
на
641
TURIZM
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
производственные процессы в этой области имеет огромное практическое
значение.
Ключевые слова:
цифровая экономика, оцифровка, оцифровка туризма,
цифровые технологии для туризмого сектора, моделирование.
MODELING OF OPTIMIZATION PROBLEMS OF TOURIST PRODUCT
PRODUCTION PROCESS BASED ON DIGITAL TECHNOLOGIES
Khamdamov Amriddin Khamdam ugli
Doctoral student of "Silk Road" International University of Tourism and Cultural
Heritage
adonis29051992@gmail.com
Abstract:
The article reveals the nature and mechanisms by which the digital
economy affects the development of the tourism industry in the world. The relevance
of research on digitization in the field of Tourism is determined by several factors. First
of all, it is in the tourism sector that the use of digital technologies is clearly manifested:
it makes it easier to understand the essence of the digitization process. Secondly, it is
the effectiveness of using the latest technological advances that determines the
competitiveness of tourism companies, and from this point of view, the study of the
impact of digital technologies on production processes in this area is of great practical
importance.
Keywords:
digital technologies for the digital economy, digitization, tourism
digitization, tourism sector, modeling.
KIRISH
Xalqaro turizm sohasi 2020-yilgacha jahon iqtisodiyotida eng tez sur’atlar bilan
rivojlanib borayotgan va eng daromadli biznes turi hisoblanib, jahon yalpi ichki
mahsulotining 10,4 %, har 1/10 ish o‘rni, jahon eksportining 30 %i, jahon xo‘jaligi
yalpi investitsiyalaridagi ulushi 7 %ni, soliq tushumlarining 5 %ni, jahondagi
iste’molchilik xarajatlarining 11 %ga va eng asosiy jihati esa har 16 ta yangi
yaratilayotgan ish o‘rnining bittasi aynan turizm sohasining hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2020-2021-yillar mobaynida davom etgan COVID-19 pandemiyasi jahon
mamlakatlari turistik sektorida chuqur inqiroz yuz berishiga olib keldi. 2019-yilda
xalqaro turistlar soni 1,5 mlrd. kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilda esa bu
ko‘rsatkich 381 mln. kishiga teng bo‘lib, 4 barobarga ya’ni 74 % ga qisqargan.
Qolaversa, turizm sektori daromadi yil davomida 1,3 trln. AQSH dollariga, sektordagi
ish joylari esa 100 mingdan 200 minggacha qisqardi. Shu bilan birga, 2021- 2022-
yillarda bu qisqarish sur’atlarining pasayganligini ham ko‘rish mumkin. Mavjud
642
TURIZM
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
so‘nggi rasmiy ma’lumotlarga asoslanib, 2023-yilda pandemiyagacha bo‘lgan
darajaning 88 %ini tashkil etdi, bunda 1,3 mlrdga yaqin xalqaro sayyohlar tashrif
buyurildi [1].
2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy
etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4699-son Qarori va 2022-yil 28-yanvardagi
PF-60-son “2022 - 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 2023-yil 24-maydagi “Raqamli xizmatlar qamrovi
va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-162-son Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli
boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu
tadqiqot muayyan darajada xizmat qiladi [2].
ADABIYOTLAR TAHLILI
Raqamli iqtisodiyot sharoitida turizm sohasini rivojlantirishga oid adabiyotlarda
turizm infratuzilmasini takomillashtirish va rivojlantirish borasida, xorijlik yetakchi
olimlardan Dmitrios Buhalis “raqamli turizmni elektron turizm, smart turizm atamalari
bilan bir xil ekanini ta’kidlab, elektron turizm bu tashkilotlarga turizm, sayohat,
mehmondo‘stlik va umumiy ovqatlanish sohalaridagi samaradorlikni oshirishga imkon
beradigan barcha jarayon va xizmat zanjirlarini raqamlashtirishdir” [4] deb ta’riflagan
bo‘lsa,
А.
Durrant esa raqamli turizmni muzeylar, qishloq joylari, hayvonot bog‘lari va
tematik bog‘lar kabi turli yo‘nalishlarda qo‘llanilish afzalliklariga e’tibor qaratishgan
[5]. Rossiyalik olimlardan N.Morozova va M.Morozovlarning fikricha “Turizmda
raqamli texnologiyalar —
zamonaviy turizm sanoatida yangi elektron
texnologiyalarning joriy etilishi turistik biznesning bozor amaliyotida istalgan
turmahsulotni yaratish va sotish texnologiyasini, transport vositalarini erishish va
turistlarni joylashtirish imkoniyatlari haqida malumotlarni taqdim etish, joylarni tez
bronlashtirish va rezervlashni ta’minlash, hamda turistik xizmatlarni (chiptalar,
hisoblar va yo‘nalish bo‘yicha ko‘rsatmalar kabi hujjatlarni parallel rasmiylashtirish,
hisob-kitob va ma’lumotnomali axborotlar bilan ta’minlash va boshqalar) taqdim
etishda qo‘shimcha vazifalarni yechishni avtomatlashtirishni ta’minlaydigan tizimlarni
yaratishdan iborat” [6], L.A.Rodigin va E.L.Rodiginlarning “Turizmda internet
texnologiyalari va mehmondo‘stlik” nomli o‘quv qo‘llanmasida Internet va
protokollarni yaratish haqida to‘liq ma’lumot berganlar. Bu qo‘llanmada biz Internetni
yaratishda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni olishimiz mumkin standart manbalarni
manzillash tizimini ishlab chiqish (URL - Yagona Resurs Locator) va ma’lumot
almashish qoidalari – TCP (Transmission Control Protokol) protokollari va IP
(Internet Protokol), odatda birgalikda ishlatiladi va ma’lum TCP/IP nomi bilan
qo‘llaniladi [7] deb o’z ilmiy izlanishlarida ham turizmga oid hamda uni rivojlantirish
muammolari bo‘yicha keng ko‘lamli ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirib, uning
643
TURIZM
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
nazariyasini boyitish va zamonaviy amaliyotini shakllantirishga munosib hissa
qo‘shgan.
O‘zbekistonda turizm sohasi rivojlantirish masalalari bo‘yicha, I.S.Tuxliyev,
A.A.Eshtayev, B.SH.Safarov, M.T.Aliyeva kabi iqtisodchi olimlar ilmiy-tadqiqot
ishlarini olib bormoqdalar. Shuningdek, O.Q. Xurramovning “Turizm rivojiga taaluqli
barcha sohalarda innovatsion ma’lumot olish manbalarini joriy qilish va ularni jadal
takomillashtirish raqamli makonni shakllantirib, undan samarali foydalanish nafaqat
mahalliy sayohatchilar, balki xorijiy sayyohlar uchun ham muhim omillardan biri
sanaladi” [8], A.N.Norchayev esa “Xizmat ko‘rsatishda raqamli iqtisodiyot-yangi
ishlab chiqiladigan yoki joriy qilinishi lozim bo‘ladigan jarayon emas, bu turizmda
innovatsion texnologiyalarni turistlarning kundalik hayotiga joriy etish orqali mavjud
xizmatlarni yangicha ko‘rinishga o‘tkazish” [9], degan fikrlari ayniqsa hozirda asosiy
masalaga yechim sifatida ko‘rish mumkin.
METODOLOGIYA
Ushbu maqola har bir ilmiy izlanish kabi olimlarning fikrlari va mulohazalarini
tahlil etishni oʻz ichiga olib asosiy maqsadga
erishish uchun ilmiy abstraksiyalash,
induksiya, deduksiya, tizimli yоndashish, qiyоsiy tahlil kabi usullardan fоydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ayni paytda qaysi sohaga nazar tashlamaylik, “
raqamli
” so‘ziga duch kelamiz
va bugungi kun talabi xam shunday muxitni yaratishga undamoqda. Turizm sohasini
rivojlantirish uchun uning faoliyatiga eng so‘ngi rusumdagi texnik-uskunalarni,
dasturiy ta’minot maxsulotlarni joriy qilish, ishchi-xodimlar uchun qulay shart-sharoit
yaratib berish, inson faoliyatida raqamli texnologiyalarning imkoniyat darajasidan
samarali foydalanish, raqobatbardoshlikka mos holda xizmat ko‘rsatuvchi korxonani
yaratmasak, har qancha urinmaylik turizm biznesidan foyda olaolmaymiz.
Turizm faoliyatida raqamli texnologiyalar rivojini to‘rtta asosiy bosqich
bo‘yicha to‘laroq tushunish mumkin(1-jadval):
644
TURIZM
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
1-jadval
Turizmni raqamli texnologiyalar orqali raqamlashuv bosqichlari
Turizmda axborot texnologiyalarining tarqalishi bir qancha qo‘shimcha
ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy va siyosiy omillarga bog‘liq. Axborot texnologiyalarining
yakka o‘zi turizm xizmatlarining “yangi kombinatsiyalari”ni yarata olmaydi, albatta
texnologiyalarning bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy, institutsional, siyosiy va madaniy
omillar bilan qo‘shilishigina tovar va xizmatlar, metod va bozorlarning yangi
kombinatsiyalarini yaratilishiga olib kelishi mumkin. Telekommunikatsiya
tarmoqlaridan foydalanish va interfeyslar shunga ko‘maklashadiki, axborot
tizimlaridan bevosita sayohatchini foydalana oladi. Agar tizim to‘g‘ri qo‘llanilayotgan
bo‘lsa, axborot texnologiyalari xizmatning yuqori sifatini ta’minlaydi, shunday qilib,
mijozlarning talabi to‘laroq qondiriladi. Lekin yuksak texnologiya bilan zarur
darajadagi shaxsiy e’tibor o‘rtasida muayyan muvozanatni saqlab turish talab etiladi.
Turizm sohasida rivojlangan davlatlarning xizmatlari va mahsulotlarini ishlab
chiqarishda muammolar sferasining vaqtni tejash bosqichidan o‘tib, rivojlanishning
keyingi bosqichlariga qadam qo‘yishgan.
2022-yilda turizmni rivojlantirish uchun raqamli texnologiyalardan foydalangan
mamlakatlarda iqtisodiyot va turizm sanoatining raqamli turizm sanoatida o‘sish va
rivojlanish ko‘rsatkichlari taqqoslangan.
1
Muallifning ashxsiy ishlanmasi
1-bosqich
1990-2000 yillar
2-bosqich
2000-2010 yillar
3-bosqich
2010-2020 yillar
4-bosqich
2020-2030 yillar
Mobil telefonlar
Elektron kassalar
Moliyaviy dasturiy
ta’minot
Elektron pochta
Internet
Ofis dasturiy ta’minot
Videokonferensiyalar
Veb-saytlar
(Booking.com,Expedi
a.com)
Destinatsion kartalar
Smart telefonlar
Kompyuter grafikasi
dasturlari
Onlayn bron qilish
tizimlari
Elektron pochta orqali
marketing
Raqamli marketing
Mobil ilovalar
Ijtimoiy tarmoqlar
QR-kod
Face ID
Zoom platformasi
Elektron tijorat
Raqamli bank
Raqamli
transformatsiya
Kengaytirilgan va
virtual reallik
Bulutli texnologiya
Blokchayn
Buyumlar interneti
Big Data
Sun’iy intellekt
3D printer
Raqamli analitika
645
TURIZM
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
2-jadval
Xorij davlatlarining raqamli o‘sish statistikasi
[11]
Davlat nomi
Raqamli iqtisodiyotning o‘sishi
(%)
Turizmni raqamlashtirish
darajasini o‘sishi (%)
Janubiy Koreya
8,2
42,0
Yaponiya
7,8
20,0
Shveytsariya
7,8
12,0
Xitoy
6,5
33,0
AQSH
6,4
25,0
Shvetsiya
6,2
50,0
Kanada
5,1
14,0
Fransiya
4,8
12,0
Buyuk Britaniya
4,1
15,0
Braziliya
4,1
22,0
Germaniya
3,6
22,0
Belgiya
3,5
25,0
Jahon amaliyotida korxonalarning samaradorligini baholashda raqamli
texnologiyalar asosida boshqaruvini tashkil qilish turizm sanoatida ham muhim
hisoblanadi. Bu korxonalarning boshqaruv organlari ishining ajralmas qismi bo‘lib,
buning asosida quyidagilarga erishish mumkin:
-
raqamli texnologiyalarning rivojlanish yo‘nalishi korxonaning biznes
maqsadlari va vazifalariga mos kelishligini ta’minlashi;
-
(raqamli texnologiyalardan korxonaning barcha faoliyatida, shuningdek
boshqaruv jarayonlarida samarali foydalanish tufayli foyda ko‘rishi;
-
raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali boshqaruv va boshqaruv
qarorlarini qabul qilishdagi risklarni pasaytirishda boshqaruv jarayonlarini
ta’minlashga;
-
korxonaning barcha xarakatlar faoliyatida axborotlar almashinuvining
tezlashishini;
-
korxona faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hisob-kitob va hisobotlar
yuritilishining avtomatlashishi, aniqlanishligi va shaffofligini ta’minlashi;
-
korxonaning barcha faoliyatida komplayens – nazorat tizimi talablari
darajasida ishlashga va bunday sharoitda inson omilining kamayishini va
korrupsiyaning oldini olishga va uni kamaytirishga xizmat qiladi;
Rivojlangan davlatlar turistik mahsulotlarini ishlab chiqarishda rivojlanishning
intellektual bosqichlariga qadam qo‘yishgan. Bunga esa sohaviy raqamlashtirishsiz
erishib bo‘lmaydi. Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha
tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va
turizm sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish
646
TURIZM
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
“Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasi hozirgi global rivojlanish
mexanizmlarini inobatga olib, bajarilishi zarur bo‘lgan talablar asosida
raqamlashtirilgan, zamonaviy kompleks tizimni shakllantirishni maqsad qiladi [3].
Zamonaviy ishlab chiqarish parametrlarini baholashda xorij tajribasiga tayanish
asosiy manbalardan biridir. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyot sektorlarida raqamli
texnologiyalarning qo‘llanilishi haqida fikr yuritganimizda, uning nafaqat turizm
sohasida balki iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida samaradorlik ko‘rsatkichlarini
axborort sifatida qabul qilish muhimdir.
Mamlakatimizda turizm sohasini raqamlashtirishni eng asosiy amalga oshirish
mexanizmlaridan biri intellektual qurilmalar bilan ta’minlashdir. Turistik mahsulotlar
ishlab chiqarish jarayonida qo‘llaniladigan raqamli intellektual qurilmalarni
P
(
n
)
=
(
P
1
,
P
2
,...,
P
n
)
bilan belgilaymiz. Bu qurilmalar sohada muayyan bir vazifani bajarish
uchun mo‘ljallangan bo‘lsin.
c
i
- bir dona
P
i
- qurilmani harid qilish miqdori (so‘m)
va har bir
i
- qurilmaning ma’lum konfiguratsiyasi darajasi (sifati, aniqligi, yaroqlilik
muddati, elektr iste’moli va quvvatlanish usuli, dasturiy ta’minoti, foydalanish
qo‘llanmasining tushunarlilik darajasi va boshqalar) mavjud bo‘lib, ularni mos
ravishda ai bilan belgilaymiz. Bu kattalik uchun
0
<
a
i
≤
1
munosabat o‘rinli. Chunki
qurilmaning texnik-xarakteristik pasporti bo‘yicha barcha turli ko‘rsatkichlarini 100
ballik shkalada tahlil etilganda mos keluvchi ko‘rsatkichlar o‘rtachasini (
A
o’rt
) hisoblab,
a
i
=
A
o’rt
(
i
)
/
100
tenglikdan
a
i
ni aniqlash mumkin. Harid qilish sarfi (mahsulot narxi)
ning qurilma konfiguratsiyasi darajasiga nisbati qurilmalarni faqat konfiguratsiyasi
darajasiga nisbatan optimal tanlovini rejalashtirish funksiyasini o‘zgarmas
koeffitsentlarini tashkil etadi, ya’ni
i
–indeksga mos keluvchi
p
i
koeffitsiyent
qo‘yidagicha aniqlanadi:
𝑝𝑝𝑖𝑖
=
c
i
𝑎𝑎
𝑖𝑖
,
𝑖𝑖
= 1, … ,
𝑛𝑛
.
(1)
P
i
-qurilmadan harid qilishlar sonini
x
i
bilan belgilasak, u holda qurilmalar
optimal tanlovini konfiguratsiyasi darajasiga nisbatan rejalashtirish (maqsad)
funksiyasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
F
(
p
,
x
)
=
p
1
x
1
+
p
2
x
2
+
...
+
p
n
x
n
=
∑
p
i
x
i
→
min (2)
Mamlakat turistik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar uchun
P
(
n
)
to‘plamdan kamida
P
[dona] miqdorda xarid qilish ehtiyoji bor va buning uchun ko‘pi
bilan C [so‘m] miqdorda sarmoya rejalashtirilgan bo‘lsin. Ushbu holatda quyidagi
cheklanishlar tizimi o‘rinli bo‘ladi:
647
TURIZM
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
�
𝑥𝑥
1
+
𝑥𝑥
2
+. . . +
𝑥𝑥
𝑛𝑛
≥ 𝑃𝑃
𝑐𝑐
1
𝑥𝑥
1
+
𝑐𝑐
2
𝑥𝑥
2
+
⋯
+
𝑐𝑐
𝑛𝑛
𝑥𝑥
𝑛𝑛
≤
𝐶𝐶
𝑥𝑥
𝑖𝑖
≥
0,
𝑐𝑐
𝑖𝑖
≥
0,
𝑖𝑖
= 1,
𝑛𝑛
(3)
Agar joriy holat bo‘yicha (6) cheklanishlar tizimi va (5) maqsad funksiyasining
minimum qiymatlanishi nazarda tutilganda (maksimum masalasi maqsadga muvofiq
emas), optimal tanlov (4) nisbatning eng kichik qiymatiga bevosita bog‘liq bo‘lib, (6)
ning 2-sharti o‘z ma’nosida ahamiyatga ega bo‘lmay qoladi. Bu esa bir xil vazifalangan
turli qurilmalarning optimal tanlovini amalga oshirish jarayonini faqat narxlar va
konfiguratsiya darajasi bilan tashkil etib bo‘lmasligini isbotlaydi. Yuqoridagi tahlillar
shuni anglatadiki, mazkur optimallashtirish jarayonida rejalashtirilgan kapitalni
qisqartirish emas balki undan optimal foydalashish, jarayonda boshqa resurslarning
optimal taqsimotini hisoblash asosida tanlovning maksimum samaradorligiga erishish
asosiy maqsad bo‘lib qoladi. Shundan kelib chiqib raqamli qurilmalar bilan bog‘liq
resurslar cheklanish tizimini qurish zaruriyati paydo bo‘ladi. Bu cheklanishlar tizimini
qurishda quyidagi jadvaldan foydalanamiz (3-jadval).
3-jadval
Raqamli qurilmalar uchun resurs taqsimoti
Resurs nomi
1 dona qurilma uchun resurs
taqsimoti
Resurslar zahirasi
P
1
P
2
...
Pn
1-resurs
b
11
b
12
...
b
1
n
B
1
2-resurs
b
21
b
22
...
b
2
n
B
2
...
...
...
...
...
...
r-resurs
br
1
br
2
brn
Br
Resurs taqsimoti bo‘yicha cheklanish tizimi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi.
⎩
⎪
⎨
⎪
⎧
∑
𝑥𝑥
𝑖𝑖
𝑛𝑛
𝑖𝑖=1
𝑏𝑏
1
𝑖𝑖
≤ 𝐵𝐵
1
∑
𝑥𝑥
𝑖𝑖
𝑛𝑛
𝑖𝑖=1
𝑏𝑏
2
𝑖𝑖
≤ 𝐵𝐵
2
… … … … … … .
∑
𝑥𝑥
𝑖𝑖
𝑛𝑛
𝑖𝑖=1
𝑏𝑏
𝑟𝑟𝑖𝑖
≤ 𝐵𝐵
𝑟𝑟
𝑥𝑥
𝑖𝑖
≥
0,
𝑏𝑏
𝑖𝑖
≥
0,
𝑖𝑖
= 1,
𝑛𝑛
;
γ
= 1, r
(4)
Muammoning aniqlanish mazmuniga mos ravishda maqsad funksiyani
quyidagicha yozish mumkin:
F
(
a
,
x
)
=
a
1
x
1
+
a
2
x
2
+
...
+
a
n
x
n
. (5)
Demak,
X
=
(
x
1
,
x
2
,...,
x
n
)
to‘plamning (6)+(7) ni qanoatlantiruvchi elementlarini
shunday tanlash kerakki, natijada (8) funksiya eng katta qiymatga erishsin, ya’ni
quyidagi shart bajarilsin:
2
Muallifning shaxsiy ishlanmasi
648
TURIZM
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
n
F
(
a
,
x
)
=
∑
a
i
x
i
→
max
i
Turistik mahsulotlarni xizmat ko‘rsatish jarayonlariga raqamli qurilmalarni joriy
etishda optimal tanlov masalasini tuzishda quyidagi xulosalar olindi.
Turistik mintaqalar kesimida raqamli qurilmalar ta’minotida optimal tanlovni
mahsulot narxi va konfiguratsiyasi darajasiga nisbatan rejalashtirib bo‘lmaydi;
Raqamli qurilmalar ta’minotining optimal tanlov masalasi hamjoyli bo‘lishligi,
qurilmalar uchun resurs taqsimotini rejalashtirishni talab etadi;
Cheklanishlar tizimi xarakteristikasidan qurilmalar uchun resurs taqsimotida
resurs turini va zahirasini shakllantirish eng ahamiyatli omil ekanligi kelib chiqadi.
Zamonaviy turizm mahsulotlarini ishlab chiqarish parametrlarini baholashda
xorij tajribasiga tayanish asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Rivojlangan
mamlakatlar iqtisodiyot sektorlarida raqamli texnologiyalarning qo‘llanilishi haqida
so‘z ketganda, uning nafaqat turizm sohasi, balki, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida
samaradorlik ko‘rsatkichlarini axborot sifatida qabul qilish mumkin. Chunki raqamli
texnologiyalar iqtisodiyot tarmoqlarining barchasining kompleks rivoji uchun birday
xizmat qiladi va umum rivojlanish holatini belgilab beradi. Shu maqsadda iqtisodiy
o‘sish darajasini raqamli texnologiyalar bilan bog‘laganda, ko‘plab jahonning yetakchi
ilmiy tadqiqot markazlari, tadqiqot institutlarining tadqiqot ishlarida iqtisodiyotning
ma’lum sektori faqat shu sektorga tegishli natijalar tahlili bilan cheklanib qolmagan.
Mamlakatimiz turizm sohasini rivojlantirish maqsadida raqamli texnologiyalar
bazasida turistik mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonlariga qo‘llaniladigan dasturiy
ta’minot masalasini yechish talab etiladi. Bunda sohaviy dasturiy ta’minot ikki xorijiy
va mahalliy dasturiy vositalar jamlanmasidan iborat bo‘ladi.
Xorijiy ishlab chiqilgan dasturiy vositalarni turizm sohasiga joriy etish uchun
s
ta xorij kompaniyalari chakana savdo tizimida R
1
,
R
2
, ..., R
t
miqdordа,
t
ta mahalliy
ishlab chiqaruvchilar shu tizimda
R
s+1
, R
s+2
, …, R
s+t
miqdorda taklif etsin. Bu yerda
har bir R
i
(i=1, s+t)
yaxlit dasturiy ta’minot kompleksi hisoblanadi. Mamlakatimiz
turizm mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqarish punktlari soni
g
ta bo‘lib, ulardagi
talab miqdori mos ravishda A
1
, A
2
, ..., A
g
ga teng bo‘lsin.
Dasturiy ta’minotchi korxona (R
i
) dan turistik mahsulot ishlab chiqaruvchisi
(A
j
) ga bir komplekt dasturiy ta’minotni olib kelish harajatini b
ij
bilan belgilaymiz.
Bizda dasturiy ta’minot sifatida turistik hududlarni elektron xaritasini tuzish bo‘lsin.
Turistik mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish jarayonining dasturiy
ta’minotini eng kam harajatli tashkil etishni optimal rejalashtirish talab etilsin.
Birinchi navbatda turistik hududlarning elektron xaritaga bo‘lgan talab darajasi
649
TURIZM
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
o‘rganiladi. Shunday qilib, А
1
, А
2
, ..., А
g
parametrlari qiymatlanadi. Taklif darajasi
o‘rganiladi va
R
i
(
i=1, s+ t
)
parametrlar qiymatlanadi.
O‘rganish natijasida bu yerda 3 ta holat kuzatilishi mumkin, ya’ni takliflar soni
talab sonidan ko‘p, teng yoki kam. 1- va 3-holatlar sodir bo‘lish ehtimolligi ham
mavjud. Chunki talab aniqlansada, dasturiy ta’minotchi tomonidan kiritilgan munosib
deb bilgan taklif unga mos kelmasligi, yoki bo‘lmasa, talab miqdoriga mos taklif
miqdori ham narx o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shundan so‘ng, 2-holat
bo‘yicha reja jadvali quyidagicha bo‘ladi (4-jadval).
4-jadval
Talab va taklif bo‘yicha reja jadvali
Talab
Taklif
А
1
А
2
...
А
g
� А
𝑗𝑗
g
𝑗𝑗
R
1
x
11
x
12
…
x
1
g
� 𝑥𝑥
1𝑗𝑗
g
𝑗𝑗=1
c
11
c
12
…
c
1
g
R
2
x
12
x
22
…
x
2
g
� 𝑥𝑥
2𝑗𝑗
g
𝑗𝑗=1
c
21
c
22
…
c
2
g
…
…
…
…
…
…
R
s
x
s
1
x
s
2
…
x
sg
� 𝑥𝑥
𝑠𝑠𝑗𝑗
g
𝑗𝑗=1
c
s
1
c
s
2
…
c
sg
R
s+1
x
s+
1,1
x
s
+1,2
…
x
s
+1,
g
� 𝑥𝑥
𝑠𝑠+1𝑗𝑗
g
𝑗𝑗=1
c
s+
1,1
c
s +
1,2
…
c
s +
1,
g
…
…
…
…
…
…
R
s+t
x
s+t
,1
x
t+s
,2
…
x
t+s
,
g
� 𝑥𝑥
𝑠𝑠+𝑡𝑡
,
𝑗𝑗
g
𝑗𝑗=1
c
s+t,
1
c
s+t,
2
…
c
s+t,g
� 𝑅𝑅
𝑖𝑖
𝑠𝑠+𝑡𝑡
𝑖𝑖
� 𝑥𝑥
𝑖𝑖1
𝑠𝑠+𝑡𝑡
𝑖𝑖=1
� 𝑥𝑥
𝑖𝑖2
𝑠𝑠+𝑡𝑡
𝑖𝑖=1
…
� 𝑥𝑥
𝑖𝑖g
𝑠𝑠+𝑡𝑡
𝑖𝑖=1
� 𝑅𝑅
𝑖𝑖
𝑠𝑠+𝑡𝑡
𝑖𝑖
=
� 𝐴𝐴
𝑗𝑗
g
𝑗𝑗
Turistik mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarishni rivojlantirishda sohaning
dasturiy vositalar bilan ta’minlanishi bo‘yicha asosiy masala harajatni imkoni boricha
qisqartirishdir. Buni esa quyidagi ifoda bilan yozish mumkin:
3
Muallif ishlanmasi
650
TURIZM
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
(I)
⎩
⎪
⎪
⎨
⎪
⎪
⎧
𝑥𝑥
11
+
𝑥𝑥
12
+. . . +
𝑥𝑥
1g
=
𝑅𝑅
1
𝑥𝑥
21
+
𝑥𝑥
22
+. . . +
𝑥𝑥
2g
=
𝑅𝑅
2
… … … … … … … … … …
𝑥𝑥
𝑠𝑠
1
+
𝑥𝑥
𝑠𝑠
2
+. . . +
𝑥𝑥
𝑠𝑠
g
=
𝑅𝑅
𝑠𝑠
… … … … … … … … … …
𝑥𝑥
𝑠𝑠+𝑡𝑡
,
1
+
𝑥𝑥
𝑠𝑠+𝑡𝑡
,
2
+. . . +
𝑥𝑥
𝑠𝑠+𝑡𝑡
,
g
=
𝑅𝑅
𝑠𝑠+𝑡𝑡
𝑥𝑥
𝑖𝑖𝑖𝑖
≥
0,
𝑖𝑖
= 1,
𝑠𝑠
+
𝑡𝑡
;
𝑖𝑖
= 1, g
𝐹𝐹
(
𝑋𝑋
,
𝐶𝐶
) =
�∗
g
𝑗𝑗=1
� 𝑥𝑥
𝑖𝑖𝑖𝑖
𝑐𝑐
𝑖𝑖𝑖𝑖
→ 𝑀𝑀𝑖𝑖𝑛𝑛
𝑠𝑠+𝑡𝑡
𝑖𝑖=1
Bu yerda
𝑥𝑥
𝑖𝑖𝑖𝑖
∈ 𝑋𝑋
,
𝑐𝑐
𝑖𝑖𝑖𝑖
∈ 𝐶𝐶
,
i=1,…,
𝑠𝑠
+
𝑡𝑡
, j=1,…,g
Taklif (I) va taklif (II) bo‘yicha cheklanishlar tizimi:
(II)
⎩
⎪
⎨
⎪
⎧
𝑥𝑥
11
+
𝑥𝑥
21
+. . . +
𝑥𝑥
𝑠𝑠+𝑡𝑡
,
1
=
𝐴𝐴
1
𝑥𝑥
12
+
𝑥𝑥
22
+. . . +
𝑥𝑥
𝑠𝑠+𝑡𝑡
,
2
=
𝐴𝐴
2
… … … … … … … … … …
𝑥𝑥
1g
+
𝑥𝑥
2g
+. . . +
𝑥𝑥
𝑠𝑠+𝑡𝑡
,
g
=
𝐴𝐴
g
𝑥𝑥
𝑖𝑖𝑖𝑖
≥
0,
𝑖𝑖
= 1,
𝑠𝑠
+
𝑡𝑡
;
𝑖𝑖
= 1, g
Bu masalani yechishda biz dasturiy ta’minotni talab (ehtiyoj) va taklif (zahira)lar
asosida optimallashtirish hamda uning modeliga ko‘ra transport masalasini yechishga
keltiriladi.
Turistik xududning turmahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayoniga
sezilarli ta’sir etishi kutilayotgan istiqboldagi omillar, binobarin raqamli texnologiyalar
tarkibidagi dasturiy ta’minot omiliga e’tibor qaratamiz. Boshqa dasturiy tizimlarning
ahamiyatlilik darajasini yuqoriligini inkor etmagan holda, bu omilni tashkil
etuvchilaridan biri – geoaxborot tizimlaridir.
Geografik Axborot tizimlari (GAT) – bu avtomatlashtirilgan tizimlar, ularning
funksiyalari fazoviy vaqt ma’lumotlarini yig‘ish, saqlab turish, birlashtirish, tahlil
qilish va grafikli talqin qilish, shuningdek GATda taqdim qilingan ob’ektlar haqidagi
o‘ziga xos ma’lumot hisoblanadi. Bu geoaxborot tizimlar orqali ma’lum bir hududning
elektron xaritasini yaratish va 3D modellashtirish ham mumkin.
Rivojlangan davlatlarning ichki bozorlarida dastlab xorijiy GAT ishlanmalari
uzoq vaqt davomida taqdim etilgan, ammo ularning yuqori narxlari, shuningdek ular
bilan ishlashni biladigan yetarli sondagi mutaxassislarning etishmasligi tufayli, ulardan
foydalanishda ma’lum qiyinchiliklar yuzaga kelgan. Bu holat ishlab chiqarish
jarayonlarining optimal dasturiy ta’minot masalasini yechish zaruriyatini keltirib
chiqargan. Bundan ko‘rinadiki, har bir rivojlanayotgan mamlakat bu bosqichdan
o‘tishini hisobga olinsa, demak bu masala dolzarbligicha qolaveradi.
Hozirda ko‘pgina dasturiy ta’minot kompaniyalari dunyo bozoriga o‘z
mahsulotlarini taqdim etmoqda. Jumladan, xalqaro "GEOMIR" muhandislik markazi
keng ko‘lamli vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan har xil turdagi dasturlarni
651
TURIZM
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
sotadi, o‘rnatadi va xizmat ko‘rsatadi. Bu dasturiy ta’minoti bo‘yicha elektron dala
xaritalarini yaratish, dala maydonlarining haqiqiy chegaralari va maydonlarini
aniqlash, hosil yig‘ish bo‘yicha statistik ma’lumotlarni yuritish va boshqa ko‘plab
qishloq xo‘jaligi uchun imkoniyatlarni taklif etadi. Shu kabi boshqa kompaniyalar ham
o‘z mahsulotlarini jahon bozorida kelishilgan narxlarda baholaydi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Raqamli iqtisodiyotning zamonaviy turizm sohasiga raqamli texnologiyalarini
joriy etilishi bilan ulkan o‘zgarishlarga ega bo‘ladi. Har qanday firmani turizm
bozorida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanilmasdan muvaffaqiyatli
faoliyat ko‘rsatishi amaliyotda mumkin emasligi yaqqol isbotini topmoqda.
Turizm faoliyatida raqamli texnologiyalarni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha joriy
etish mumkin:
- yangi turizm mahsulotlarini ishlab chiqish;
- turizm bozorining yangi segmentini yaratish;
- mavjud turizm mahsulotlarini takomillashtirish;
- turizm resurslardan maksimal foydalanish imkoniyati;
- mijozlar bilan ishlashda yangi texnologiyalardan foydalanish;
- turizm korxonalari boshqaruvida yangi texnika va texnologiyalardan
foydalanish.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, raqamli texnologiyalar milliy turizm
korxonalarimiz o‘rtasida raqobatbardoshlikni oshirish, iqtiqbolda korxona ishchi
xodimlarining mehnat unumdorligini oshirish va dasturiy-texnik vositalarga
qilinayotgan harajatlarni kamaytirish, turistik korxona mijozlariga zamonaviy raqamli
xizmatlarini taklif etish va mavjudlarini o‘z mijozlari talablari asosida
takomillashtirish, mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, hamda turli moddiy
ko‘rinishdagi rag‘batlantirishlarni amalga oshirishlari uchun qulay shart-sharoitlar
yaratib beradi. Shu boisdan milliy turizm sohasini istiqbolda raqamli texnologiyalarsiz
tasavvur etib bo‘lmaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1.
https://www.unwto. World Tourism Barometer and Statistical Annex
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron
hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4699-son Qarori
3.
«Raqamli O‘zbekiston -2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali
amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining PF-6079-son Farmoni. 2020 yil 5 oktabr
4.
Buhalis, D. (2003): eTourism: Information technology for strategic tourism
management, Pearson (Financial Times/Prentice Hall), London ISBN 0582357403.
652
TURIZM
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
5.
Durrant A, Golembewski M, Kirk D, Benford S, Fischer J, Rowland D,
McAuley D (2011) Automics: souvenir generating photo ware for theme parks. In:
Proceedings of the 2011 annual conference on Human factors in computing systems.
ACM, New York, pp 1767–1776
6.
Н.Морозова, М.Морозов, Информационное обеспечение туризма.
Учебник. Москва, КноРус,2016 год.стр.7
7.
Л.А
.
Родигин., Е.Л.Родигин, Интернет
-
технологии в туризме и
гостеприимстве. Лекции: учеб. пособие / РМАТ.М: Советский спорт. 2014.208
стр.
8.
O.Q. Xurramov., O‘zbekistonda raqamli turizmni rivojlantirish
imkoniyatlari., “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali.
3/2022, may-
iyun (№ 00059). DOI
https://doi.org/10.55439/EIT/vol10_iss3/a
9.
A. Norchayev. Turizmda raqamli innovatsion texnologiyalarni joriy qilish
yo‘nalishlari. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” Ilmiy elektron jurnali
. № 2,
mart-aprel, 2020 yil
10.
Mualliflar ishlanmasi
11.
Raqamli rivojlanish indeksi (DESI) va https://infocom.uz sayti
ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi
