779
MOLIYA, PUL MUOMALASI VA KREDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
INVESTITSIYA LOYIHALARI SAMARADORLIGINING BAHOLASH
MEZONLARI VA UNINIG O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Axmedova Yulduz Sunatullayevna
Jizzax politexnika instituti Iqtisodiyot va menejment kafedrasi assistenti
axmedovayu@gmail.com
Annotatsiya:
So‘nggi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotimizga xorijiy
investitsiyalarni jalb etish borasida salmoqli islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Mazkur maqolada milliy iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb etish va uning
o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etilgan. Shu bilan bir qatorda investitsiya
loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligining ilmiy jihatlari o‘rganilgan.
Investitsiyalarga davlat va yakka tartibda yondoshishlarni ta’minlash, kengaytirilgan
takror ishlab chiqarishni tashkil etish, amalga oshirilgan tarkibiy o‘zgarishlar
mamlakat eksport salohiyatini oshirish va aholini ish bilan yanada to‘liqroq
ta’minlashda xar bir investitsion loyihalarning qanchalik samaradorligi va uning o’ziga
xos xususiyatlari kabi masalalar yoritilgan.
Kalit so‘zlar: investitsiya, xorijiy investitsiya, investorlar, investitsion loyiha,
samara, tashkiliy investitsoin loyiha, texnik investitsion loyiha, iqtisodiy investitsion
loyiha, sarmoya, monitoring.
INVESTMENT PROJECT EFFICIENCY EVALUATION CRITERIA AND
ITS SPECIFIC CHARACTERISTICS
Akhmedova Yulduz Sunatullayevna
Jizzakh Polytechnic Institute Assistant of the Department of Economics and
Management
axmedovayu@gmail.com
Abstract:
In recent years, significant reforms have been implemented in our
country to attract foreign investments to our economy. In this article, attracting foreign
investments to our national economy and its specific features are studied. In addition,
the scientific aspects of financial and economic efficiency of investment projects were
studied. Ensuring state and individual approaches to investments, the organization of
expanded reproduction, implemented structural changes, how effective each
investment project is in increasing the country's export potential and more fully
780
MOLIYA, PUL MUOMALASI VA KREDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
providing the population with work and its own characteristics issues such as features
are covered.
Keywords:
investment, foreign investment, investors, investment project,
efficiency, organizational investment project, technical investment project, economic
investment project, investment, monitoring.
КРИТЕРИИ ОЦЕНКИ ЭФФЕКТИВНОСТИ ИНВЕСТИЦИОННОГО
ПРОЕКТА И ЕГО ОСОБЕННОСТИ
Ахмедова Юлдуз Сунатуллаевна
Джизакский политехнический институт, ассистент кафедры экономики и
управления
axmedovayu@gmail.com
Аннотация:
За последние годы в нашей стране были реализованы
значительные реформы по привлечению иностранных инвестиций в нашу
экономику. В данной статье изучаются привлечение иностранных инвестиций в
нашу национальную экономику и его особенности. Кроме того, были изучены
научные аспекты финансово
-
экономической эффективности инвестиционных
проектов.
Освещены такие вопросы, как обеспечение государственного и
индивидуального подходов к инвестициям, организация расширенного
воспроизводства, реализуемые структурные изменения, насколько эффективен
каждый инвестиционный проект в повышении экспортного потенциала страны
и более полном обеспечении населения работой, а также его особенности.
Ключевые слова:
инвестиции, иностранные инвестиции, инвесторы,
инвестиционный проект, эффективность, организационный инвестиционный
проект, технический инвестиционный проект, экономический инвестиционный
проект, инвестиции, мониторинг.
KIRISH
Bugungi kunda O‘zbekistonda
olib borilayotgan islohotlar tobora chuqurlashib,
o‘zining ijobiy natijasini iqtisodiyotning barqarorlashuvida, o‘sish sur’atlarining
yuqoriligida namoyon qilmoqda. Milliy iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish,
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tashkil etish, amalga oshirilgan tarkibiy
o‘zgarishlar mamlakat eksport salohiyatini oshirish va aholini ish bilan yanada
to‘liqroq ta’minlashning muhim omili sifatida yuzaga chiqmoqda.
Bu borada investitsiya loyihalari monitoringini tashkil etishning moliyaviy-
iqtisodiy samaradorligini baholashni samarali tashkil etishda qator muammolar
781
MOLIYA, PUL MUOMALASI VA KREDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
mavjudligi investitsion jarayonlarning faollashuviga, yirik ob’ektlar barpo etilishiga,
investitsiyalardan foydalanish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek:
“Loyihalar puxta hisob-kitob qilinmagani, ularni amalga oshirishga investorlarning o‘z
mablag‘lari jalb etilmagani oqibatida ko‘plab korxonalar bankrot bo‘lgan. Ularni
sog‘lomlashtirish vazifasi zimmasiga yuklangan tijorat banklari ham katta zarar
ko‘rgan. Shu bois joriy yildan boshlab bankrot korxonalarni banklar balansiga berish
amaliyotiga chek qo‘yildi. Yuzaki o‘tkazilgan iqtisodiy tahlil oqibatida loyihalar
foydalanishga qabul qilinganidan keyin ham o‘zini oqlamagan xomashyo yo‘qligi,
energiya va gaz bilan ta’minlanmagani, iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‘lgani sababli
mahsulot ishlab chiqarish o‘zlashtirilmay qolgan”.
Jumladan, investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asosnomasi puxta
tayyorlanmasligi, loyiha bo‘yicha marketing tadqiqotlarining haqqoniy olib
borilmasligi, loyiha bo‘yicha risklarni oldindan aniqlash va hisoblash uslubiyotining
mukammal emasligi va h.k. Bundan tashqari xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun
qulay shart-sharoitlar yaratish, investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy
samaradorligini baholashda davlat va yakka tartibda yondashuvni ta’minlash,
byurokratizm, rasmiyatchilik va sansolarlik faktlariga qat’iyan chek qo‘yish,
ekspertiza natijalari uchun mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirish borasida
bajarilishi kerak bo‘lgan qator vazifalar mavjud.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Investitsiya loyihalari samaradorligini baholash va monitoringini tashkil etish
muammolari mahalliy va xorijiy iqtisodchi olimlarning doimo diqqat markazida
bo‘lgan. Bu muammolar G‘arb iqtisodchilari A.Smit, D.Rikardo, J.Keyns, A.Marshall,
P.Samuelson, L.Alfaro, B.Fridman, L.Abalkin, A.Dedikov, L.Grigorev, G. Birman,
S.Shmidt, I.I. Mazur, V.D. Shapiro, N.G. Olderogge va boshqa olimlarning asarlarida
o‘z aksini topgan
.
Bu borada mamlakatimiz olimlari ilmiy ishlarida investitsiya jarayonlari, uni
faollashtirishning mexanizmlari va hududlarda investitsiyalar samaradorligini
oshirishning turli jihatlari
B.Berkinov, D.G‘ozibekov, E.Maxmudov, Sh.Yuldashev,
1
O‘zbekiston Pespublikasi Prezidentining O‘zbekiston Pespublikasining rivojlanish davlat dasturining shakllantirish va
moliyalashtirish bo‘yicha jariy etilgan yangi tartib asosida ishlarni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidagi
nutqi, 2018-yil, 17-yanvar.
2
А.Смит, Д.Рикардо Сочинения // Классика экономической мысли.
-
М.: ЭКСМО Пресс, 2000.
-
164 с.; Кейнс Дж. М.
Общая теория занятости, процента и денег / пер. с англ. проф. Любимова Н. Н. под ред. Куракова Л.П. М.: «Гелиос АРВ»,
1999. С
. 7.; Alfaro L., Rodriguez-Clare A. Multinationals and Linkages: Evidence from Latin America // Economic.-
2004. № 4.
P.
113–172.
Бирман Г., Шмидт С. Экономический анализ инвестиционных проектов М.:
-
Банки и биржи ЮНИТИ, 1997.
–
С .
613. Мазур И.И., Шапиро В.Д., Ольдерогге Н.Г. Управление проектами: Учеб. пособие для вузов /Под общ. ред. И.И.Мазура.
-
М.: ЗАО Издательство «Экономика», 2001.
–
С. 276.
3
B.B.Berkinov va b.Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish.-T.:Iqtisod,2011.-128b.;G‘ozibekov D Investitsiyalarni
moliyalashtirish masalalari,-T.Moliya,2003.; G‘ozibekov D Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari,-T.2002.diss.avtoref.11-14b.
Yo‘ldashev Sh.G.Xorijiy investitsiyalar O‘zbrkiston Respublikasi milliy takror ishlab chiqarishning iqtisodiy o‘sish va erkinlashtirish
omili sifatida.-T.2002,-
B.125.; Назаров Ш.Х. Методологические аспекты повышения конкурентоспособности региона //
782
MOLIYA, PUL MUOMALASI VA KREDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Sh.X.Nazarov, N.N.Oblomuradov, A.A.Sobirov, Sh.Mustafakulov, B.Muminov va
boshqa bir qancha olimlar tomonidan yoritilgan.
Investitsiya loyihalari ishlab chiqilishi natijasida uning barcha ko‘rsatkichlari va
hisob-kitoblari haqqoniyligi va ishonchliligini tekshirish muhim ahamiyat kasb etadi va bu
investitsiya loyihalarining raqobatdardoshligini aniqlash va ta’minlashni
takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar yetarli darajada amalga
oshirilmaganligi va ilmiy asoslanmaganligi ushbu mavzuni yoritishni taqozo etadi.
METODOLOGIYA
Ushbu ma’lumotlar rasmiy manbalardan olingan, taniqli iqtisodchi olimlarning
iqtisodiyotimizni rivojlantirishda investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning
mazmuni va mohiyatini qiyosiy tahlil qilish, xorij tajribalarini umumlashtirish va
mamlakatimizda erishilayotgan yutuqlar bo‘yicha olingan natijalarga tayangan holda
investitsiya loyihalarini o‘rganishga erishilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Investitsion loyihaga turli adabiyotlarda turlicha ta’riflar keltirilgan bo‘lib,
bizningcha investitsion loyiha – bu dastavval, iqtisodiy foyda (daromad) olish
maqsadida yangidan yoki amal qilib turgan ishlab chiqarish (mahsulot, ish va xizmatlar
ko‘rsatish) faoliyatini modernizatsiyalash uchun loyihalash, qurilish, texnologiya va
asbob-uskunalar olib kelish, kadrlar tayyorlash va boshqalarni o‘z ichiga oladigan
kompleks tadbirlar rejasi hisoblanadi. Bu nafaqat biron bir faoliyatni amalga oshirish
uchun zarur bo‘lgan tashkiliy-huquqiy va moliyaviy-hisob hujjatlar tizimi, balki aniq
bir maqsadga erishish uchun uni amalga oshirishga mo‘ljallangan tadbirlar (faoliyat)
majmui hisoblanadi.
Davlat, korxona va tashkilotlarning muhim vazifalaridan biri investitsiyalarning
iqtisodiy samaradorligini oshirish hisoblanadi.
Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish muammosining mohiyati
shundan iboratki, har xil xarajat birligiga (mehnat, moddiy, moliyaviy) ishlab chiqarish
hajmi, xizmatlar va foyda hamda milliy daromadni oshirishga erishish lozim bo‘ladi.
Mikro va makro iqtisodiyot hamda ularning sektorlarida “samara” va
“samaradorlik” degan atamalarni tez-tez uchratish mumkin. Ular o‘zlarining iqtisodiy
mohiyati va mazmuniga qarab bir-birlaridan farqlanadi. Samara” tushunchasi o‘zida
iqtisodiy jarayonning qandaydir biror bo‘lagida (bo‘g‘inida) qo‘llanilgan tadbirlarning
bergan natijasini (ijobiy natijaga erishishni) o‘zida aks ettiradi. Samaradorlik – mutlaq
ko‘rsatkich bo‘lib, u ishlab chiqarishning iqtisodiy natijalarini ko‘rsatadi.
Монография. Ташкент, IFMR. 2014.; Oblomurodov N.N.To‘g‘ridan
-to‘g‘ri xotojiy investitsiyalarni jalb qilishning nazariy asoslari
va ustuvor yo‘nalishlari:I.F.N...disser.si.-T:Davlat va jamiyat qurulishi akademiyasi.2008.143b.;Mo‘minov B.O‘zbekiston
iqtisodiyotida markazlashgan investitsiyalarning samaradorligini oshirish yo‘llari. 08.00.07. Iqt.f.nom.disser./OzRBank-Moliya
akademiyasi./-T.,2012.135b 43.Mustafaqulov Sh.Investitsion faoliyat,salohiyat va jazibadorlik.Bozor,pul va
kredit.4/2017,aprel(239),10-19 b .
783
MOLIYA, PUL MUOMALASI VA KREDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
I.I.Mazur, V.D.Shapiro, N.G.Olderoggelar
ta’rif berishicha: “Investitsiya
loyihalarining samaradorligi - loyihaning uning ishtirokchilarini maqsadi va
qiziqishlariga muvofiqligini ko‘rsatib beruvchi kategoriya hisoblanadi”. Shunga ko‘ra,
loyihaning samaradorligini butunligicha baholash, shuningdek loyihada qatnashuvchi
har bir ishtirokchining samarasini aniqlash talab etiladi.
Investitsiya loyihasi quyidagi turlarga bo‘linadi: tashkiliy investitsion loyiha,
iqtisodiy investitsion loyiha, texnik investitsion loyiha, sotsial investitsion loyiha,
aralash investitsion loyiha.
Tashkiliy investitsion loyiha
– odatda korxonani shakllantirish, yangidan
tashkilot, korxona, xo‘jalik subyektlarini tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlar
majmui (konferentsiya, forum, simpozium, seminar va boshqa tadbirlar);
Iqtisodiy investitsion loyiha
- bu asosan korxona va tashkilotlarni qayta
shakllantirish(restruktizatsiya), sanatsiya, korxonani davlat tasarrufidan chiqarish,
soliq sistemasini takomillashtirish, bojxona qonun qoidalari va boshqalari bilan bog‘liq
bo‘lgan tadbirlar.
Sotsial investitsion loyiha
- bu ijtimoiy muammolarni echish bilan bog‘liq bo‘lib,
ijtimoiy ta’minotni takomillashtirish, aholini turmush darajasini yaxshilash, pensiya
qonunchiligi va boshqa tadbirlar.
Texnik investitsion loyiha
- bu yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqish bilan
bog‘liq bo‘lgan tadbirlar majmui hisoblanadi.
Demak, investor tomonidan safarbar qilinadigan kapital mablag‘lari
investorning manfa’tiga hamda kapitaldan keladigan daromadga qarab yuqorida
keltirilgan investitsiya loyihasi turlariga safarbar qilinishi mumkin.
Hozirgi kunda mamlakatimizda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish
dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish
deganda, investitsiya loyihasini ishlab chiqish, uni amaliyotga maqsadli tadbiq etish,
ya’ni loyihani amalga oshirish va ekspulatatsiya qilish, shuningdek, monitoringini olib
borish xarajatlarini qoplash uchun optimal investitsiya resurslarini shakllantirish va
ularni hisob-kitobini chiqarish hisoblanadi.
Umumiy olganda, investitsiya resurslarini shakllantirishni uchta guruhga bo‘lish
mumkin:
o‘z mablag‘lari, qarz mablag‘lar, jalb qilingan mablag‘lar.
Korxonalar investitsion loyihalarni qabul qilishi uchun ko‘pchilik hollarda
ularning o‘z ichki mablag‘lari etishmaydi. Shuning uchun tijorat banklaridan qarz
mablag‘lari jalb qilinadi. Investitsiya loyihalariga qanchalik ko‘p mablag‘ sarflansa
undan kutilayotgan foyda ham shunchalik kamayib boradi. Shu bilan birga, investitsiya
loyihasiga sarflanadigan korxona ichki mablag‘lari hisobiga kutilayotgan sof foyda
me’yori ham shunchalik yuqori bo‘lishi mumkin.
4
Мазур И.И., Шапиро В.Д., Ольдерогге Н.Г. Управление проектами: Учеб. пособие для вузов /Под общ. ред. И.И.Мазура.
-
М.: ЗАО Издательство «Экономика», 2001.
–
С. 276
784
MOLIYA, PUL MUOMALASI VA KREDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Shunday qilib, xarajatlar va foydalilikni taqqoslash orqali kutilayotgan sof foyda
me’yori qarz foizlari miqdori bilan tenglashgunga qadar investitsiya loyihalariga
tegishli mablag‘lar ajratiladi. Shunga ko‘ra, qarzlar bo‘yicha foizlar miqdori o‘zgarishi
bilan investitsion xarajatlar o‘zgaradi va turli hajmdagi investitsiyalarga kapital
qo‘yishda qarz foizlar miqdori ham belgilovchi omillardan biri hisoblanadi. Biroq
boshqa omillar ham borki, ular investitsiya loyihasini moliyalashtirishga bo‘lgan egri
talab o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. ular jumlasiga quyidagilar kiradi: investitsiya darajasi
o‘zgarib turushi; investitsiya loyihaga sarflanadigan xarajatlar; texnik xizmat
ko‘rsatishlar qiymati; texnologik o‘zgarishlar; kapital qo‘yilmalar va ishlab chiqarish
quvvatlari zaxiralari; soliq siyosati omillaridir.
Ular ta’sirida kutilayotgan sof foyda me’yori oshishi yoki kamayishi tufayli
investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga bo‘lgan talab ham o‘zgarib turadi.
Hozirgi kunda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning yangi, usuli
sinditsirlashtirilgan kreditlash (sindikatga uyushgan bir necha kreditorlarning kreditlari
majmui) paydo bo‘ldi.
Sindikatlashmoq, sindikat tuzib birlashmoq ma’nosini bildirib, investitsiyalarni
moliyalashtirish tizimida yirik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirishni
tashkil etish usullaridan birini anglatadi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda
sindikatlashtirilgan kreditning asosiy xususiyati shundan iboratki, bunda bir necha
kreditorlarni mavjudligi, moliyalashtirish uchun berilgan kredit summasi va u bilan
bog‘liq risklarning ishtiroki kreditorlar (banklar) o‘rtasida taqsimlanishidir.
Demak, investor tomonidan safarbar qilinadigan kapital mablag‘lari
investorning manfa’tiga hamda kapitaldan keladigan daromadga qarab yuqorida
keltirilgan investitsiya loyihasi turlariga safarbar qilinishi mumkin.
Investitsiya loyihasidan keladigan daromad investorni qoniqtirish lozim, aks
holda investor loyihaga kapital mablag‘larini safarbar qilmaydi. Ma’lumki kapital
mablag‘lari muqobillikga ega. Shuning uchun investitsiya loyihasiga safarbar
qilinadigan kapitaldan keladigan daromadga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri
inflyatsiya hisobga olinishi zarur.
Investorni qoniqtira oladigan daromadlilik darajasi quyidagi formula orqali
hisobga olinadi:
E = E
min
+ I + r (1)
bu yerda,
E
- daromadlilik darajasi;
E
min
-
minimal real daromadlilik darajasi;
I
-
inflyatsiya darajasi;
r
-investitsiya darajasini hisobga oishdagi risk koeffitsenti.
Iqtisodiyotda narxlarning o‘sish darajasi katta bo‘lmasa ham investitsiya
loyihasini baholashda inflyatsiyani hisobga olish zarur. Inflyatsiya har qanday
sharoitda ham, nafaqat, ichki bozor uchun, balki tashqi bozorga mahsulot eksport
qilishga mo‘ljallangan barcha loyihalarning foydaliligiga sezilarli, ba’zida jiddiy ta’sir
785
MOLIYA, PUL MUOMALASI VA KREDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
ko‘rsatadi. Bunday holat investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qarorlar
qabul qilishda puxta tayyorgarlik ko‘rishni talab etadi. Moliyalashtirish sharoitida,
inflyatsiya ko‘pgina holatlarda investitsiya loyihasi samaradorlik ko‘rsatkichiga ta’sir
qiladi. Ayniqsa investitsiya loyihasi tsiklik davri cho‘zilsa inflyatsiyaning ta’siri
sezilarli bo‘ladi. Shuning uchun investitsiya loyihalarni baholashda inflyatsiyani
hisobga olishga to‘g‘ri keladi.
Inflyatsiyani hisoblash quyidagilar bilan amalga oshiriladi:
-
umumiy indeksdagi so‘mning ichki inflyatsiyasi;
-
so‘mning valyuta kursidagi prognozi;
-
mahsulot va resurslar narxini vaqt bo‘yicha o‘zgarish pronozi (shundan gaz,
neft, energiya resurslari, asbob uskuna, qurilish-montaj ishlari, xom-ashyo va boshqa
turdagi material resurslari), shuningdek o‘rtacha ish haqi darajasini va kelgusidagi
boshqa yirik ko‘rsatkichlarning o‘zgarish prognozi;
-
soliq stavkasi, boj to‘lovlari, Markaziy Bankning qayta moliyalash stavkasi
va boshqa davlat tomonidan boshqariladigan moliyaviy normativlarni prognozi;
-
amaliyotda hisoblashda inflyatsiya ta’siri ko‘rsatkichlarini quyidagi shaklda
tasniflash maqsadga muvofiqdir;
-
narx ko‘rsatkichlariga ta’siri;
-
moliyalashtirish talabiga ta’siri;
-
aylanma kapital talabiga ta’siri.
Inflyatsiya ta’sirining birinchi ko‘rsatkichi amaliyotda miqdorga bog‘liq
bo‘lmaydi, balki turli hil koeffitsent qiymatlariga hamda xorijiy valyutaning ichki
bozordagi inflyatsiyasiga bog‘liq bo‘ladi.
Inflyatsiya ta’sirining ikkinchi ko‘rsatkichi inflyatsiyaning bir hil bo‘lmasligidir
ya’ni uni vaqt bo‘yicha o‘zgarishidir. Loyihani boshlash paytida yuqori inflyatsiya
bo‘lishi loyiha uchun eng kam foydali holat hisoblanadi (qarz mablag‘lari yuqori foiz
stavkasida olinadi) keyin esa u tushadi. Yuqori foiz to‘lovlaridan qochish uchun kredit
shartnomasi kelishilganda foiz to‘lovlari inflyatsiya darajasiga bog‘liqligini ko‘rsatish
kerak.
Ta’sirning uchinchi ko‘rinishi ham uning turli hilligiga hamda uning darajasiga
bog‘liq bo‘ladi. Bu turdagi ta’sirga munosabat loyihani ikki kategoriyaga ajratadi
(asosan debitorlik va kreditorlik qarzlariga bog‘liq bo‘ladi). Inflyatsiya o‘sishi bilan
birinchi kategoriyadagi loyiha samaradorligi pasayadi, ikkinchisida esa ko‘payadi.
Nazariy jihatdan qaraganda, inflyatsiyani o‘rtacha baholarning o‘sish jarayoni
deb tushunish mumkin. Shunga ko‘ra, inflyatsiyani aniqlash baholarning o‘sishini,
birinchi navbatda, baholarning foizlarda o‘sish ko‘rsatkichini aniqlash orqali amalga
oshiriladi.
Odatda, inflyatsiyani hisoblash uchun baholar indeksi, ya’ni baholar o‘sishini
786
MOLIYA, PUL MUOMALASI VA KREDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
ifodalovchi nisbiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Shunga ko‘ra, amaliyotda bazisli
va zanjirli baholar indeksidan keng foydalanishni kuzatish mumkin bo‘ladi.
Bazisli baholar indeksini hisoblash uchun har bir davr uchun olingan
ko‘rsatkichni baza sifatida qabul qilingan davr ko‘rsatkichiga bo‘lish lozim bo‘ladi.
Bazisli baho indeksini hisoblash formulasini quyidagicha ifodalash mumkin:
100
x
K
K
I
баз
i
баз
=
(2)
bu yerda,
I
baz
- bazisli baho indeksi;
K
I
- ko‘zatilayotgan davrdagi ko‘rsatkichlar
miqdor;
K
baz
- baza sifatida qabul qilingan tegishli davr ko‘rsatkichi.
Zanjirli baholar indeksini hisoblash uchun har bir davr uchun olingan
ko‘rsatkichni baza sifatida qabul qilingan davr ko‘rsatkichiga bo‘lish zarur bo‘ladi.
100
1
x
K
K
I
i
i
зан
−
=
(3)
bu yerda,
K
i-1
- ko‘zatilayotgan davrdan oldingi (o‘tgan davr) ko‘rsatkichi.
Inflyatsiyaning sezilarli tashqi ko‘rinishlaridan yana biri – bu depozit va
kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari va investitsiyalar daromadliligining istalgan
darajalarida o‘sishi. Bu holatni nominal va real foiz stavkalari tamoyillari asosidagina
tushuna olish mumkin. Bunda nominal foiz stavkasi investitsiyalangan yoki
ssudalangan pul mablag‘lari bo‘yicha kelishilgan daromadlilik stavkasi qanday
ko‘rinishda va ushbu summaning muayyan davrda foizlarda qanchaga o‘sishini
ko‘rsatadi. Undan farqli ravishda real foiz stavkasi nominal foiz stavkasi kabi
inflyatsiya darajasini ham hisobga olish bilan birga boshlang‘ich investitsiyalangan
yoki ssudalangan pul mablag‘larini sotib olish qobiliyati o‘sishini, ya’ni pulning real
qiymati o‘zgarishini ko‘rsatib beradi.
Pulning real qiymati ko‘rsatkichi inflyatsiya indeksiga, ya’ni baholar
o‘sishining o‘rtacha yillik indeksiga teskari proportsionaldir (inflyatsiya tahlilida,
odatda, iste’mol baholari hisobga olinadi). Agar inflyatsiya indeksi (baholar
o‘sishining o‘rtacha yillik indeksi)
i
ga teng deb qabul qilinsa va u yildan-yilga
o‘zgarmasa, u holda n yil uchun baholar indeksi
n
i
)
1
(
+
ga teng bo‘ladi, pulning sotib
olish qobiliyati indeksi
Ir
esa tegishlicha quyidagiga teng bo‘ladi:
100
)
1
(
1
x
i
I
n
p
+
=
(4)
U holda nominal o‘suvchi summa
(S)
ning real qiymati
(S
P
)
quyidagini tashkil
etadi:
n
n
n
p
i
k
P
i
S
S
)
1
(
)
1
(
)
1
(
1
+
+
=
+
×
=
(5)
bu yerda,
P
- boshlang‘ich pul summasi;
k
- daromad (foiz) stavkasi.
Shunday qilib, pulning kelgusidagi real qiymati qanchalik yuqori bo‘lsa, foiz
(daromad) stavkasi shunchalik yuqori bo‘ladi va u qanchalik kichik bo‘lsa, inflyatsiya
787
MOLIYA, PUL MUOMALASI VA KREDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
indeksi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Inflyatsiya darajasi ham, foiz stavkasi ham amaliyotda uzoq vaqt mobaynida
o‘zgarmasdan qolmaydi. Bu holat uning kelgusidagi real qiymatini hisoblash
formulasida ham aks ettirilishi mumkin:
1
)
1
(
)
1
(
−
+
+
=
n
ном
реал
i
R
R
(6)
bu yerda,
R
nom
- nominal foiz stavkasi;
i
- inflyatsiya darajasi.
Inflyatsiya darajasi va foiz stavkasi o‘sishi unchalik yuqori bo‘lmagan (yillik
10% dan kichik) sharoitda real foiz stavkasini aniqlashning soddalashgan formulasidan
foydalanish mumkin:
R
real
=
Rnom
- i
(7)
Bundan tashqari, har qanday investor inflyatsion o’zgarishlar yuz berishi
mumkin bo‘lgan hollardan aniq va yaxshi xabardor bo‘lishlari, kelgusidagi kutiladigan
inflyatsiyalarni oldindan to‘g‘ri bashorat qila olishlari yoki u haqda to‘liq
ma’lumotlarga ega bo‘lishlari lozim. Bu esa inflyatsiya tahlilining ishonchli
yuritilishiga va unda inflyatsiyaning bashorat qilinayotgan kelgusidagi pul
tushumlariga ta’sirini to‘g‘ri aniqlashga imkon beradi.
O‘tkazilgan tahlildan ko‘rinib turibdiki, investitsiyalar samaradorligini
baholashdagi yondoshuvlar investitsiya loyihalarini baholashdan anchagina farqlanadi.
Investitsion loyihalar uch tomonlama cheklangan bo‘lib, belgilangan vaqt birligida
loyiha oldiga qo‘yilgan maqsadiga erishish kuchiga egadir. Ikkinchidan investitsion
loyihalar vaqt birligi bilan cheklangandir. Bunda esa loyiha amalga oshirilayogan
hudud va uni imkoniyatlari hamda ularni to‘g‘ri baholash samaradorlikga ta’sir etadi.
Uchinchidan esa investitsion loyihalarni cheklanishi ularga safarbar etiladigan
resurslar narx navosi va qiymati bilan cheklanadi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, har
bir investitsion loyiha uning tasnifiga ko‘ra qaytarilmaslik va unikal loyihadir.
Investitsiya loyihalarini baholashda O‘zbekiston sharoitida investitsion loyihalarni
samaradorligini aniqlashda 7 ta yo‘nalish bo‘yicha baholanishi zarurdir.
Birinchidan, investitsion loyihalarni turli tumanligidan, ularni
qaytarilmasligidan, unikalligidan kelib chiqib iqtisodiyotni modernizatsiyalash
jarayonida loyihalarni texnik tahlilini birinchi galda o‘tkazish muhim vazifadir.
Ikkinchidan, iqtisodiyotimizni eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish
strategiyasidan kelib chiqib investitsion loyiha mahsuloti (xizmati, ish turlari)ga
qanchalik talab bo‘lishini hisobga olish samaradorlikni aniqlashda asosiy mezonlarda
biri bo‘lib xizmat qilishi o‘ta muhimdir.
Uchinchidan, investitsion loyiha samaradorligini aniqlashda moliyaviy jihatdan
loyiha hayotiymi hamda loyihaga qaratilgan xarajatlar uning foydalanuvchisi
5
Juraev A.S, Xo‘jamqulov D.Yu., Mamatov B.S. Investitsiya loyihalari tahlili. – Toshkent: Sharq, 2003. –125-130 b
.
788
MOLIYA, PUL MUOMALASI VA KREDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
tomonidan qoplanadimi yoki yo‘qmi. Buni aniqlash esa investorni qoniqtiruvchi ichki
daromad stavkasini ilmiy asoslangan holda aniqlashga bog‘liqdir.
To‘rtinchidan, O‘zbekiston sharoitida tadbiq etilayotgan investitsion loyihalar
atrof muhitga qanday ta’sir ko‘rsatishini e’tiborga olish, investitsiya loyihalarni
aniqlashda asosiy mezonlardan biri hisoblanadi.
Beshinchidan, investitsiya loyihalar samaradorligini aniqlashda loyihani tadbiq
etuvchi, uni boshqaruvchi tashkilot belgilangan biznes reja asosida boshqara olishi,
ta’sir e’tuvchi asosiy mezonlardan biridir.
Oltinchidan, investitsiya loyihalar samaradorligini aniqlashda qo‘shimcha
ravishda maxsus tahlil o‘tkazish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Asosiy maqsad
loyiha sotsial va madaniy jixatdan jamiyat tomonidan tan olinadimi yoki yo‘qmi. Buni
inobatga olish samaradorlikni aniqlashda o‘ta muhimdir.
Yettinchidan, investitsion loyihani amalga oshirish va uning faoliyatini yo‘lga
qo‘yish xarajatlariga nisbatan loyihadan olinadigan foyda undan yuqori bo‘ladimi va
uni qo‘lga kiritishda qanday risklar mavjudligini to‘liq aniqlash va chora tadbirlar
ishlab chiqish o‘ta muhimdir. Boshqacha qilib aytganda loyihani iqtisodiy
samaradorligini to‘liq hisoblash, loyiha natijalarini tegishli soha va tarmoqlarga, xudud
iqtisodiyotiga ta’sirini to‘g‘ri aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Investitsion loyihani moliyaviy-iqtisodiy baholash mablag‘larni real aktivlar
bilan turli operatsiyalarga (ob’ektlarga) joylashning mumkin bo‘lgan variantlarni
tanlash va asoslash jarayonida markaziy o‘rinni egallaydi. Moliyaviy tahlil loyihadan
keladigan samaraning uning har bir ishtirokchilarining o‘z maqsadlaridan kelib chiqib,
loyihani amalga oshirishdagi erishilishi lozim bo‘lgan natijalarni qo‘lga kiritish
imkoniyatlarini ochib beradi. Iqtisodiy tahlilda esa loyihaning milliy iqtisodiyotga
beradigan samarasi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Xususan, Jahon banki xodimlari
(mutaxassislari) har bir loyiha uchun uning iqtisodiyotga boshqa aniq resurslarni
joylashtirishdagi o‘zaro ziddiyatli variantlarga qaraganda ko‘proq samara keltirishni
aniqlashda keng tahlil ishlarini o‘tkazadilar.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, iqtisodiy baholash investitsiya loyihasining
potensial qobiliyati, shu loyihaga qo‘yilgan mablag‘larning qiymatini saqlab qolishda
va ularning o‘sishi sur’atini yetarli darajasini yaratib berishda foydalaniladi.
Investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholash guruhlandi.
Xorijiy investitsiyalar hajmi, uning sifati va qulay shartlardan foydalanish
borasida rivojlangan mamlakatlarda yildan-yilga investitsion muhit jozibadorligini
ta’minlashga xizmat qiladigan innovatsion instrumentlarning turli ko‘rinishlari yaratib
kelinmoqda, bu borada Xitoy, Yaponiya, Koreya tajribalari o‘rganildi. Har bir davlat
o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘yishi aniq, lekin bu maqsadlar investitsiyalarsiz
789
MOLIYA, PUL MUOMALASI VA KREDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
tashkil etilishi qiyindir. Shu investitsiyalarning majoziy ma’noda o‘chog‘i-erkin
iqtisodiy zonalar hisoblanadi, erkin iqtisodiy zonalar tajribalari o‘rganildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
28.01.2022 yildagi PF-60-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni. “O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi”.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga
murojatnomasi. 2022-yil.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.01.2020 yildagi PQ-4563-sonli
“O‘zbekiston respublikasining 2020-2022-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini
amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “2019 yilda
mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasi” 28.12.2018
yil.
5.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019
-yil 28-yanvardagi
“Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF
-5643-sonli
6.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “Respublika
iqtisodiyotiga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mehanizmlarini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 4300-Qarori.
7.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 9-
dekabrdagi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni.
8.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida”gi 4947-son Farmoni.
9.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi
“To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish
borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni.
10.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012.04.10 PF-4434-son Farmoni.
“To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi.
11.
O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-400-sonli
“O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi
12.
Bekmurodov A.Sh., Korieva YO.K. va boshqalar. Xorijiy investitsiyalar.
O‘quv qo‘llanma. - T.: TDIU, 2011. - 196 b.
13.
Korneva YO.K., Nematov I.U., Kattaev N.T. Xorijiy investitsiyalar. Ta’lim
texnologiyasi. - T.: TDIU, 2010. - 154 b.
790
MOLIYA, PUL MUOMALASI VA KREDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
14.
Korneva YO.K., Nematov I.U., Kattaev N.T. Xorijiy investitsiyalar. O‘quv-
uslubiy majmua. - T.: TDIU, 2010, - 134 b.
15.
Axmedova, Y. S. (2024). INVESTITSIYA LOYIHALARI
SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING MAZMUNI VA
MOHIYATI.
Educational Research in Universal Sciences
,
3
(2), 521-524.
16.
Axmedova, Y. S., & qizi Mamadiyorova, F. S. (2024). XODIMLARNI
MOTIVATSIYALASHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI.
Educational Research in
Universal Sciences
,
3
(1), 611-614.
17.
Ахмедова,
Ю.
С.
(2023).
Инвестициялар
-
Иқтисодиётни
Модернизациялашнинг Бош Омили.
Barqarorlik Va Yetakchi Tadqiqotlar Onlayn
Ilmiy Jurnali
,
3
(1), 226-229.
18.
Sunatullayevna, A. Y., & Jalol o’g’li, T. J. (2024, February).
ZAMONAVIY MENEJER MODELINI YARATISH MASALASI HAQIDA.
In
International conference on multidisciplinary science
(Vol. 2, No. 2, pp. 32-34).
19. Axmedova, Y. S., & Shaldarbekova, A. B. (2024). JAMOAGA
MOSLASHTIRISH PERSONALNI BOSHQARISHDA BIR OMIL
SIFATIDA.
Educational Research in Universal Sciences
,
3
(4 SPECIAL), 445-447.
20.
Aхмедова,
Ю.
С.
(2023).
Инвестициялар
-
иқтисодиётни
Модернизациялашнинг Бош Омили. Barqarorlik Va Yetakchi Tadqiqotlar Onlayn
Ilmiy Jurnali, 3(1), 226-229.
21. JIZZAX VILOYATI MADANIY VA MEROS TURIZMI MARSHRUTINI
YARATISH TURIZMNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI SS Usmanova, OO
Tovboyeva Экономика и социум, 751
-754
22. Korxona faoliyatining samaradorlik nisbiy koʼrsatkichlari moliyaviy
natijalar va rentabellik koʼrsatkichlarini asoslash.
US Soqiboyevna
Journal of Education, Ethics and Value 3 (4), 232-235
23. http://www.gov.uz –O‘zbekiston Respublikasi davlat portal
24. http://www.edu.uz –
O‘zbekiston Respublikasi taʼlim sayti
25. http://www.mintrud.uz – O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Vazirligi
26. http://www.mineconomu.uz - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
27. http://www.mf.uz – O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
28. http://www.stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi
29. http://www.chamber.uz – Savdo-sanoat palatasi