22
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
BINO-INSHOOTLARNI QURISHDA MINORALI KRANLARDAN
FOYDALANISHDA XAVFSIZLIKNI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
YORDAMIDA LOYIHALASH
1
Mamatov Nurbek Ziyodullayevich
2
Tog‘ayev Jamshiddin Xujamberdiyevich
1,2
Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti, “Mehnat muhofazasi va texnika
xavfsizligi” kafedrasi dotsenti
nurbek.mamatov.1989@mail.ru
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bino-inshootlarni qurishda minorali kranlardan
foydalanishda xavfsizlikni ta’minlashda raqamli texnologiyalarni joriy etishning
ahamiyati tahlil qilinadi. Qurilish jarayonlarida xavfsizlik masofalari va kran tanlash
jarayonlarining raqamli modellashtirish orqali optimallashtirilishi ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish va mehnat muhofazasini yaxshilash imkonini berishi ko‘rsatib
o‘tiladi.
Kalit so‘zlar: minorali kran, xavfsizlik, raqamli texnologiyalar, qurilish, loyiha,
mehnat muhofazasi, modellashtirish.
ПРОЕКТИРОВАНИЕ БЕЗОПАСНОСТИ ПРИ ИСПОЛЬЗОВАНИИ
БАШЕННЫХ КРАНОВ В СТРОИТЕЛЬСТВЕ ЗДАНИЙ С ПОМОЩЬЮ
ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ
1
Маматов Нурбек Зиёдуллаевич
2
Тогайев Джамшиддин Хужамбердиевич
1,2
Доцент кафедры «Охрана труда и техника безопасность» Каршинского
инженерно-экономического института
nurbek.mamatov.1989@mail.ru
Аннотация
:
В данной статье анализируется важность внедрения
цифровых технологий для обеспечения безопасности при использовании
башенных кранов в строительстве зданий и сооружений. Показано, что
оптимизация безопасных расстояний и процесса выбора кранов с помощью
цифрового моделирования может повысить производственную эффективность и
улучшить охрану труда.
23
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Ключевые
слова
:
Башенные краны, безопасность, цифровые технологии,
строительство, проект, охрана труда, моделирование.
DESIGNING SAFETY MEASURES FOR THE USE OF TOWER CRANES IN
BUILDING CONSTRUCTION THROUGH DIGITAL TECHNOLOGIES
1
Mamatov Nurbek Ziyodullayevich
2
Togayev Jamshiddin Xujamberdiyevich
1,2
Associate Professor, Department of Occupational Health and Safety, Karshi
Engineering and Economic Institute
nurbek.mamatov.1989@mail.ru
Abstract:
This article analyzes the importance of implementing digital
technologies to ensure safety in the use of tower cranes in building construction. It is
demonstrated that optimizing safety distances and crane selection processes through
digital modeling can enhance production efficiency and improve labor protection.
Keywords: Tower cranes, safety, digital technologies, construction, project,
labor protection, modeling.
KIRISH
Kranlar va ko‘tarma mexanizmlar bilan milliard tonnalab yuklar siljitiladi, ular
yordamida Respublikamizda millionlab kvadrat metrdagi turarjoy va boshqa obyektlar
qurilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy majlisga
murojaatnomasida aytilganidek “Qishloq joylarida - 17100 ta, shaharlarda - 17600 ta,
jami 34700 ta arzon va shinam uylar quriladi”, agar bunga sanoat korxonalari va
inshootlari qurilishlarini qo‘shib hisoblasak, mamlakatimizda keng ko‘lamli qurilish-
bunyodkorlik ishlari rejalashtirilgan. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki bunday
obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda xavfsizlik masalalari, shu
jumladan kranlar va ko‘tarma mexanizmlardan foydalanish davrida mehnat
muhofazasini ta’minlash masalasi o‘ta muhim va dolzarb masala hisoblanadi [1].
Qurilish ishlarinini bajarishda jahonda sodir bo‘lgan avariyalarning
ma’lumotlariga tayanib kranlarning avariyasiga, ishlab chiqarish fondlarining
eskirganligi, texnologik tartibot (rejim)ning qoniqarsizligi, qurilish-montaj ishlarini
bajarishda xavfsizlik talablarining bajarilmasligi asosiy sabab bo‘la oladi. Yuqori
darajadagi avariyalar va jarohatlanishlarning sabablari sifatida chet el ma’lumotlariga
tayanib manbalarning izohlashicha ularga xizmat qiluvchi xodimlarning past
malakadagi bilimlarga egaligi, yuk ko‘tarish texnikalaridan foydalanish qoidalari va
mehnat muhofazasi talablarining qo‘pol ravishda buzilishi oqibatlaridir [2].
24
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Qurilish sohasi har doim yuqori xavf-xatarlarga ega bo‘lgan sohalardan biri
hisoblanadi. Ayniqsa, yirik bino va inshootlarni barpo etishda foydalaniladigan
minorali kranlar bilan bog‘liq xavfsizlik masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu
maqolada, ushbu xavfsizlik masalalarini hal etishda raqamli texnologiyalarning qanday
imkoniyatlar berishi tahlil qilinadi [3].
METODOLOGIYA
Maqolada ilmiy-tadqiqot metodlari sifatida raqamli modellashtirish va
simulyatsiya usullaridan foydalaniladi. Xususan, minorali kranlarning harakati va yuk
ko‘tarish qobiliyati, xavfsizlik masofalari kabi parametrlar raqamli platformalarda
modellashtiriladi va analiz qilinadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Albatta yuqoridagi shartni bajarish uchun kranlar, ko‘tarish mexanizmlari va
boshqa qurilmalarni ishlatishda xavfsiz mehnat sharoitlarini maxsus chora-tadbirlar
tizimini yaratish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat
inspeksiyas
i boshlig‘ining 14.02.2006 yil № 32 buyrug‘iga binoan tasdiqlangan
“Ortish-tushirish ishlaridagi ishlarni xavfsiz bajarish QOIDALARI” me’yoriy hujjati
QMQ 3.01.02-00 «Qurilishda xavfsizlik texnikasi». Qurilish me’yorlari va qoidalari.
T. 2000 y., «Davlat sanitar nazorati to‘g‘risida» qonunlari QMQ 3.01.01-85 “Qurilish
ishlab chiqarishini tashkil etish”; GOST 12.3.033-84 SSBT. “Qurilish mashinalari.
Foydalanish davrida xavfsizlik talablari”, GOST 12.4.059-89 SSBT. Qurilish.
Inventar saqlovchi to‘siqlar. Umumiy texnik shartlar. GOST 12.4.026-76* SSBT
“Xabarlovchi ranglar va xavfsizlik belgilari” talablariga mos ravishda ish sharoitlarini
yaratib berilishi kerak [4].
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Kranlar, ko‘tarma mexanizmlar va tashish texnikalaridan foydalanishda
ishchilarga ta’sir qiluvchi ishlab chiqarish xavflariga quyidagilar kiradi: mehnat
sharoitini yaratish, ishlab chiqarishda zararlari va xavfli omillari misol bo‘la oladi.
Bular o‘z navbatida zararli moddalarning ta’siri, ishlab chiqarish changi, shovqin va
tebranishlar, jismoniy zo‘riqishlar, aqliy zo‘riqishlar, monoton mehnat qilish sharoiti,
ish joyining yoritish tizimidagi kamchiliklari, elektromagnit va boshqa xildagi
nurlanishlarga bo‘linadi. Buyum va ashyolarni siljitganda, taxlaganda va tashishda
balandlikdan tushib ketishi mumkin bo‘lgan xavflar ham mavjudki mexanizmlar bilan
bog‘liq faoliyat olib borayotgan ishchilar va xodimlarga ta’sir etuvchi mehnat
sharoitlarining omillari mavjud va ularni paydo bo‘lishiga quyidagilar sabablardan
paydo bo‘ladi: mashina va mexanizmlarning harakatlanuvchi qismlarining xavfi,
qurilish maydonidagi balandlik sathlarining tez-tez o‘zgarib turishi, elektr tokining
xavfi, to‘satdan yong‘in, portlash va avariyalar sodir bo‘lishi va insonlarning
25
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
harakatida xatoliklar, kasbiy malakasining yetishmasligi, salomatligining yomonligi
kabi omillarni keltirish mumkin [4].
Kranlar va mexanizmlarning qurilish maydonida ularga tegishli va ishchilarga
doimo yashirin yoki ochiq ta’sir etuvchi xavfli zonalari mavjud bo‘ladi. Doimiy ta’sir
etuvchi xavfli zonalarga, elektr o‘tkazuvchi simlarning izolyatsiyalanmagan
qismlariga yaqin joylar, to‘siq bilan chegaralanmagan 1,3 m dan balandlikka farq
qiluvchi joylar, zararli moddalarning yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan chegaraviy miqdorlaridan
oshiq bo‘lgan joylar kiradi [5].
Potensial (yashirin) xavfli ishlab chiqarish omillariga qurilayotgan bino yoki
inshootlarga yaqin joylar, konstruksiyalarni montaji yoki demontaji olib borilayotgan
bitta qamrov hududidagi bino qavati yoki yarusi, mashina yoki ko‘taruvchi qurilma va
ularning qismi, ishchi organlarining siljuvchi zonasi, ko‘tarma kranlar bilan qurilish
maydonida yuklarni siljitishdagi hududlari kiradi. Kranlardan foydalanish borasidagi
statistik ma’lumotlar va jahon tajribasidan kelib chiqqan holda shu narsa ma’lum
bo‘ladiki, kranlar va
ko‘tarma mexanizmlar va avtotransportlardan foydalanishda
avariyalar va baxtsiz hodisalarning asosiy sabablari quyidagilardan iborat bo‘ladi:[5.6]
- kranlar va ko‘tarma mexanizmlarini noto‘g‘ri tanlash va ularni binoga noto‘g‘ri
bog‘lash (o‘rnatish);
- kranlar va ko‘tarma mexanizmlarining xavfli zonalari chegarasini noto‘g‘ri
aniqlanishi;
- kranlar va ko‘tarma mexanizmlarini xavfli zonalarida mehnat xavfsizligini
ta’minlashning yetarli emasligi;
- kerak paytida kranlarnirng xavfli zonasi chegarasini yo‘qligi yoki chora
tadbirlarning ishlab chiqilmasligi;
- kranlarni elektr tarmoqlari va qazilma inshootlari yonida o‘rnatish qoidalariga
rioya etilmasligi;
- qurilish maydonida materiallar, qurilmalar, buyumlar va jihozlarni taxlash
qoidalarining buzilishi;
- ortish-tushirish ishlarini olib borish qoidalarining buzilishi.
Qurilish sohasi xavf-xatarlarga boy bo‘lgan sohalardan biri hisoblanadi.
Ayniqsa, yirik bino va inshootlarni barpo etishda minorali kranlar kabi yirik texnika
vositalarining xavfsizlik masalalari dolzarb ahamiyatga ega. Minorali kranlarning
noto‘g‘ri ishlatilishi yoki noto‘g‘ri joylashuvi halokatli hodisalarga olib kelishi
mumkin.
Minorali kranlar yuqori balandlikda ishlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, yirik
yuklarni ko‘tarish va ularni aniq joylashuvlarga yetkazish imkonini beradi. Ammo bu
jarayonlarda texnik nosozliklar, noto‘g‘ri foydalanish yoki xavfsizlik qoidalariga rioya
qilmaslik jiddiy xavflarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun xavfsizlikni
ta’minlash uchun raqamli texnologiyalardan foydalanish zarurati ortib bormoqda.
26
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Raqamli texnologiyalar so‘nggi yillarda turli sohalarda inqilobiy o‘zgarishlar
olib keldi, shu jumladan, qurilish sanoatida ham. Raqamli texnologiyalar, masalan,
Building Information Modeling (BIM), qurilish jarayonlarini optimallashtirish,
xarajatlarni kamaytirish va xavfsizlikni oshirish imkonini beradi [7.8].
Qurilishda BIM (Building Information Modeling) va boshqa raqamli
texnologiyalar:
BIM texnologiyasi obyektlarning uch o‘lchamli modellarini yaratish va ularni
qurilish jarayonlarida samarali foydalanish imkonini beradi. BIM texnologiyasi
yordamida qurilish jarayonlarining barcha bosqichlari oldindan raqamli modelda
sinovdan o‘tkaziladi. Bu esa, kranlarni joylashtirishdan tortib, ularning harakat
trayektoriyasigacha bo‘lgan barcha tafsilotlarni aniqlashga yordam beradi.
1-jadval
BIM texnologiyasining afzalliklari
Aspekt
BIM yordamida
An’anaviy usul
Xavfsizlikni ta’minlash
Yuqori
Past
Loyihalash aniqligi
Yuqori
O‘rtacha
Xarajatlarni optimallashtirish
Yuqori
Past
Loyihani boshqarish
Integratsiyalashgan
Fragmentar
Minorali Kranlar va Xavfsizlik. Minorali kranlarning turlari va xususiyatlari:
Minorali kranlar turli ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin: statsionar, ko‘chma, va o‘zini
o‘zi o‘rnatadigan kranlar. Har bir turli minorali kranning o‘ziga xos xususiyatlari
mavjud bo‘lib, ular qurilish obyektining hajmi, balandligi va kran foydalanish
shartlariga qarab tanlanadi [9.10].
Xavfsizlik masalalariga e’tibor qaratish: Kranlardan foydalanishda xavfsizlik
asosiy o‘rinni egallaydi. Qurilish maydonlarida kranning noto‘g‘ri joylashuvi yoki
yuklarning noto‘g‘ri ko‘tarilishi ko‘pincha jiddiy avariyalarga olib keladi. Shuning
uchun, xavfsizlikni ta’minlashda raqamli texnologiyalar muhim o‘rin tutadi.
Raqamli texnologiyalar orqali xavfsizlikni loyihalash. Kranlar uchun xavfsizlik
masofalarini hisoblashda raqamli texnologiyalarni qo‘llash:
Minorali kranlarning xavfsiz foydalanishini ta’minlash uchun, ularning qurilish
maydonlarida qanday joylashishi, yuklarni qanday ko‘tarishi kerakligini raqamli
texnologiyalar yordamida oldindan hisoblash mumkin. Bu jarayonda ko‘plab omillar
inobatga olinadi, jumladan, kran balandligi, yuk og‘irligi, shamol kuchi va boshqa
tashqi ta’sirlar.
XULOSA
Qurilish sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilishning foydalari:
8
Mualiflar tamonidan yaratilgan
27
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Raqamli texnologiyalar qurilish jarayonlarini optimallashtiradi, xarajatlarni
kamaytiradi va xavfsizlikni oshiradi. Ayniqsa, minorali kranlar kabi xavfli texnikalar
bilan ishlashda xavfsizlik masofalarini hisoblash va kranlarni joylashtirishda raqamli
modellashtirish vositalari muhim ahamiyatga ega.
Xavfsizlikni oshirish va jarayonlarni optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar:
Raqamli texnologiyalarni kengroq joriy etish, xodimlarni tayyorlash va mehnat
muhofazasi qoidalariga qat’iy rioya qilish qurilish sohasida xavfsizlikni
ta’minlashning eng samarali usullaridan biridir.
Raqamli texnologiyalarni kengroq joriy etish, xodimlarni tayyorlash va mehnat
muhofazasi qoidalariga qat’iy rioya qilish qurilish sohasida xavfsizlikni
ta’minlashning eng samarali usullaridan biridir. Raqamli modellashtirish orqali
minorali kranlar xavfsizligini ta’minlashning ilmiy asoslari yaratilib, ularni amaliyotga
tadbiq etish tavsiya etiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy majlisga
murojaatnomasi. 2021 yil.
2. Sultonova D.N., Siddiqova M.A. COLOR SCHEME IN THE FORMATION
OF THE ARTISTIC ENVIRONMENT OF THE INTERIOR OF MODERN
EDUCATIONAL CENTERS //Educational Research in Universal Sciences. – 2023. –
T. 2. –
№. 14.
– S. 109-115.
3. Muradov Sirojiddin Husan o`g`li, Xakimov Xurshid Hamidulla o‘g‘li, &
Siddiqova Madinabonu Asatilla qizi. (2021). NEW INNOVATIVE NGINEERING
SOLUTIONS TO THE PROBLEMS OF SIGNALIZATION AND SECURITY
SYSTEMS. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 2, 28-30.
Retrieved from
http://www.ejlss.indexedresearch.org/index.php/ejlss/article/view/13
4.
Rayimkulov A., Murodov S. Some Issues of Safety in the Use of Tower
Cranes Used in Construction Projects //JournalNX. – S. 301-308.
5.
Sirojiddin M. НЕКОТОРЫЕ AСПЕКТЫ БЕЗОПAСНОСТИ
ПРИМЕНЕНИЯ ГРУЗОПОДЪЕМНЫХ КРAНОВ В СТРОИТЕЛНО
-
МОНТAЖНЫХ РAБОТAХ //International journal of advanced researc
h in education,
technology and management. – 2024. – T. 3. –
№. 2.
– S. 167-177.
6. Muradov S. CONSTRUCTION-INSTALLATION USE FUNDAMENTAL
SECURITY OF SUPPLY //Modern Science and Research. – 2024. – T. 3. –
№. 2.
– S.
786-792.
7. Muradov, S. (2024). ASSESSMENT OF THE CHEMICAL SITUATION IN
AN ACCIDENT IN FACILITIES USING KTZM. MODERN SCIENCE AND
RESEARCH, 3(2), 1142–1152.
28
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
8.
Muradov S., Usmonov H. MEHNATNI MUHOFAZA QILISHNING
RIVOJLANISH TARIXIY BOSQICHLARINI O‘RGANISH //Interpretation and
researches. – 2024.
9. Muradov S. ECONOMIC ANALYSIS OF PROFITS IN THE FIELD OF
LABOR PROTECTION //Modern Science and Research. – 2024. – T. 3. –
№. 1.
– P.
1239-1245.
10. Xidirova Dildora, Muradov Sirojiddin. O‘zbekiston Respublikasi hududida
seysmoaktiv hududlar va zilzilaning xavfliligi. //Innovative Development in
Educational Activities. 2024. P. 167-172.