Authors

  • Nurbek Mamatov
    Occupational Health and Safety, Karshi Engineering and Economic Institute
  • Otabek Mirzayev
    Occupational Health and Safety, Karshi Engineering and Economic Institute

Author Biographies

  • Nurbek Mamatov , Occupational Health and Safety, Karshi Engineering and Economic Institute
    Associate Professor
  • Otabek Mirzayev , Occupational Health and Safety, Karshi Engineering and Economic Institute
    Associate Professor

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.digital-economy.122742

Keywords:

labor protection labor protection management system investments direct costs indirect costs. accidents injuries occupational diseases insurance payments.

Abstract

This article outlines the importance of the occupational health and
safety management system in ensuring healthy and safe working conditions at the
enterprise, the introduction of modern systems and improving the efficiency of
investments. Direct and indirect economic losses from production-related accidents
were also analyzed.


background image

768

XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARI IQTISODIYOTI

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

KORXONALARDA MEHNAT MUHOFAZASINING IQTISODIY ASOSLARI

1

Mamatov Nurbek Ziyodullayevich

2

Mirzayev Otabek Abdukarimovich

1.2

Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti, “Mehnat muhofazasi va texnika

xavfsizligi” kafedrasi dotsenti

nurbek.mamatov.1989@mail.ru

Annotatsiya:

ushbu maqolada,

korxonada sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini

yaratishda zamonaviy tizimlarini joriy etish va investitsiyalar samaradorligini
oshirishda mehnat xavfsizligi boshqarish tizimining ahamiyati bayon etilgan.
Shuningdek ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar oqibatida bevosita va
bilvosita iqtisodiy yo‘qotishlar tahlil qiligan.

Kalit so‘zlar: mehnat muhofazasi, mehnat muhofazasini boshqarish tizimi,

investitsiyalar, bevosita xarajatlar, bilvosita xarajatlar, baxtsiz hodisalar,
jarohatlashlar, kasb kasalliklari, sug‘urta to‘lovlari.

ЭКОНОМИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ОХРАНЫ ТРУДА НА ПРЕДПРИЯТИЯХ

1

Маматов Нурбек Зиёдуллаевич

2

Мирзаев Отабек Абдукаримович

1.2

Доцент кафедры «Охрана труда и техника безопасность» Каршинского

инженерно-экономического института

nurbek.mamatov.1989@mail.ru

Аннотация

: в данной статье излагается значение системы управления

охраной труда в обеспечение здоровых и безопасных условий труда на

предприятии, внедрении современных систем и повышении эффективности

инвестиций. Также были проанализированы прямые и косвенные экономические

потери от несчастных случаев, связанных с производством.

Ключевые слова:

охрана труда, система управления охраной труда,

инвестиции, прямые затраты, косвенные затраты. несчастные случаи,

травмы, профессиональные заболевания, страховые выплаты.



background image

769

XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARI IQTISODIYOTI

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

THE ECONOMIC FOUNDATIONS OF OCCUPATIONAL SAFETY IN

ENTERPRISES

1

Mamatov Nurbek Ziyodullayevich

2

Mirzayev Otabek Abdukarimovich

1.2

Associate Professor, Department of Occupational Health and Safety, Karshi

Engineering and Economic Institute

nurbek.mamatov.1989@mail.ru

Abstract:

This article outlines the importance of the occupational health and

safety management system in ensuring healthy and safe working conditions at the
enterprise, the introduction of modern systems and improving the efficiency of
investments. Direct and indirect economic losses from production-related accidents
were also analyzed.

Keywords:

labor protection, labor protection management system, investments,

direct costs, indirect costs. accidents, injuries, occupational diseases, insurance
payments.

KIRISH

Yuqori texnologiyaga ega bo‘lgan korxonada sog‘lom va xavfsiz mehnat

sharoitini yaratishda zamonaviy mehnat xavfsizligini boshqarish tizimini joriy etish va
investitsiyalar samaradorligini oshirishni o‘z ichiga oladi.

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasbiy kasalliklarning oldini olish va

xodimlarning xavfsizligini ta’minlash GOST 12.0.230-2007 SSBT. Kasbiy salomatlik
va xavfsizlikni boshqarish tizimlari. Umumiy talablari prinsipga asoslanadi [1]. Buning
uchun esa mehnat muhofazasi sohasiga ajratilgan moliyaviy mablag‘larni ishlatishdagi
samaradorligini amalga oshirish kerak.

Biroq, korxonalarda, ish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar turli tuman omillar sabab

bo‘lganligi, baxtsiz hodisalarni tekshirish moddiy oqibatlarini tahlil qilish korxonada
tuzilgan baxtsiz hodisalarni tekshirish komissiyaga bir muncha qiyinchiliklarni
to‘g‘diradi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, baxtsiz hodisalarni tahliliy natijalari
korxonadagi bo‘limlar (korxona-bosh muhandis xizmati, mehnatni muhofaza qilish
xizmati, rejalashtirish va buxgalteriya hisobi xizmatlari, kasaba uyushma qo‘mitasi va
boshqalar) vakolatlari “kesishgan” nuqtada ma’lumotlar bazasida jamlanadi, bu esa
jarayonni yanada qiyinlashtiradi [2].

Shu nuqtai nazardan olib qoraganda ushbu maqola mavzusi o‘ta dolzarb bo‘lib,

uni tadbiq etishni ta’qoza etadi.


background image

770

XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARI IQTISODIYOTI

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

ADABIYOTLAR TAHLILI

Tadqiqotning tayyorlashda foydalanilgan normativ-huquqiy hujjatlar va

adabiyotlarning qisqacha tahlili. Ushbu maqola, korxonalarda sog‘lom va xavfsiz
mehnat sharoitini ta’minlashda xalqaro mehnat tashkiloti konvensiya (bitim,
shartnoma va boshq) hujjatlariga asoslangan, respublikamizda ishlab chiqilgan ko‘plab
normativ-huquqiy va texnik hujjalar, jumladan, bosh qomusimiz Konstitutsiya,
Mehnatni muhofazasi qilish to‘g‘risidagi qonuni va Mehnat kodeksi yangi tahriri,
shuningdek, Xalqaro mehnat tashkiloti byurosi tomonidan tayyorlangan “Korxonada
mehnat xavfsizligi iqtisodiyoti asoslari” o‘quv moduli tahlillari asosida tayyorlandi [3].

Korxonalarda ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar oqibatida iqtisodiy

yo‘qotishlarini baholash va xarajatlarni hisoblash asoslari ko‘rib chiqilgan.

Tadqiqotning maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilangan:
- korxonada mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xarajatlarni tasniflash va

baholash;

- ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar oqibatida korxonaning bevosita

va bilvosita xarajatlarini aniqlash va prognoz qilish;

- mehnatni muhofaza qilishga investitsiyalar samaradorligini tahlil qilish.

METODOLOGIYA

Tadqiqot asosini, mehnat muhofazasi sohasidagi normativ-huquqiy-texnik

hujjatlar mazmuni va mohiyaati, xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy asarlari
shuningdek sonoat obyektlarida sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini baholashda
“Korxonada mehnat xavfsizligi iqtisodiyoti asoslari” o‘quv moduli asosida olib borildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Korxonalarda sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlashga qaratilgan

normativ-huquqiy va texnik hujjatlar, shuningdek xavfsizlikni ta’minlash metodlari
o‘rganilib, korxonada iqtisodiy – moliyaviy yo‘qotishlar ishlab chiqarish jarayoniga
ta’siri tahlil qilindi.

Ish beruvchi xavfsiz mehnat sharoitlari va xodimlar sog‘ligini muhofaza qilish

masalalarda alohida e’tibor qaratishi va jarohatlar va kasbiy kasalliklar profilaktikasi
uchun mablag‘ ajratilishiga bevosita javobgar va uni ta’minlashi shart [4.5]. Buning
uchun esa ish beruvchi samarali mehnat xavfsizligini boshqarish tizimi yaratishi orqali
kasbiy jarohatlarni kamaytirishi, mehnat unumdorligi va mahsulotlar sifatini oshirishga
erishish garovidir.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, kasbiy bilan bog‘liq jarohatlar va kasbiy

kasalliklar tufayli iqtisodiy yo‘qotishlar sanoati rivojlangan mamlakatlarda YAIMning
4% dan ortig‘ini tashkil qiladi. Global miqyosda bu yo‘qotishlar yiliga taxmin
1,250,000,000,000 $ ni, Respublikamizda esa YAIMning 1,9% ni tashkil etdi. Iqtisodiy


background image

771

XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARI IQTISODIYOTI

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

yo‘qotishlarni qoplash davlat byudjetdan tashqari jamg‘armalar tomonidan ham
amalga oshirilishi mumkin [6].

Raqobatdosh korxonalarda ayniqsa, Yevropa Ittifoqi, Yaponiya, AQSH kabi

davlatlarda ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, ish sharoitlari
yaxshilash, turli xil uzoq muddatli innovatsiya strategiyalarni joriy etish, ish joylarida
ergonomikani yaxshilash orqali baxtsiz hodisalarni kamaytirishga erishilmoqda. Shu
bilan birga, ilmiy va amaliy tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘pgina korxonalar
(kompaniyalar) ayniqsa, mustaqil hamdo‘stlik davlatlari hududidagi korxonalarda
mehnatni muhofaza qilishdagi iqtisodiy masalalari rahbariyat tomonidan ko‘zda
tutilmagan mablag‘lar hisobidan ajratiladi, bu esa baxtsiz hodisalar sodir bo‘lganda
mablag‘ tanqisligi, natijada, jarohatlanish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarni “yashirish”
holatlari va jabrlangan xodimlarga kompensatsiya to‘lovini amalga oshirishda
sustkashliklarga olib kelmoqda [7].

Rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi misolidan foydalanib, shunday xulosaga

kelish mumkin, xodimalar mehnatni muhofaza qilish holatini yaxshilashga ko‘plab
omillarni keltirish mumkin, eng muhim omillardan biri, bu mehnatni muhofaza qilishni
boshqarish tizimini rivojlantirishdir. Shuningdek, ishdagi baxtsiz hodisalar va kasb
kasalliklari bilan bog‘liq xarajatlar ham mehnatni muhofaza qilishni boshqarish
tizimining bir elementi bo‘lib, uni hisobga olish va tahlil qilish uchun qulaydir [7,8].

Zamonaviy mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimga qo‘yiladigan

talablar - xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan “uchlik” (ish beruvchilar, xodimlar va
davlat organlari) vakillari manfaatlari va majburiyatlarini hisobga olgan holda ishlab
chiqilgan. Bunday yondashuv tegishli korxonalarda xavfsizlik madaniyatining asosini
yaratadi.

Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlikni boshqarishning asosiy elementlari –

siyosat, tashkil etish, rejalashtirish, qo‘llab-quvatlash, baholash va takomillashtirish
harakatlari GOST 12.0.230-2007 SSBT. Kasbiy salomatlik va xavfsizlikni boshqarish
tizimlari. Umumiy talablarida aks ettirilgan [9].

Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari

quyidagilardan iborat [2]:

- xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligini ta’minlash;
- barcha tashkilotlar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi talablarni

belgilash;

- mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati

va tekshiruvini amalga oshirish;

- xodimlarni himoya qiluvchi xavfsiz texnika, texnologiya va vositalarning

ishlab chiqilishi va joriy etilishini rag‘batlantirish;

- fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ilg‘or

milliy va xorijiy tajribadan foydalanish;


background image

772

XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARI IQTISODIYOTI

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

- ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga

chalingan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish;

Korxonada mehnat xavfsizligi boshqaruv tizimi samarali faoliyatiga erishish

uchun mansabdor shaxslar (ish beruvchi, boshqa mutaxassislar va boshq.) vazifalari,
mehnat xavfsizligi maqsadlari va majburiyatlarini to‘g‘ri belgilanganligiga bog‘liq.

Korxonadagi mehnat xavfsizligini boshqarish tizimi samaradorligini baholash

xodimlar xavfsizligi va baxtsiz hodisalarning oldini olish samaradorligi bilan
belgilanadi.

Mehnat xavfsizligini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha harakatlar

quyidagilardan iborat [10]:

- profilaktik tadbirlarni tashkil etish;
- o‘z vaqtida qayta ko‘rib chiqish va samaradorlikni kuzatish;
- xavfsizlik boshqarish tizimini baholash va tuzatish natijasida samaradorligini

tahlil qilish.

Mehnat xavfsizligini boshqarish tizimini doimiy takomillashtirish tadbirlari va

uning elementlaridagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga qaratilgan.

Joriy xarajatlar shaklida mehnatni muhofaza qilishga investitsiyalar jalb etilishi

qisqa vaqt ichida foyda keltirmasligi mumkin, lekin vaqt o‘tishi bilan jalb qilingan
investitsiyalar albatta o‘zini oqlaydi. Shu nuqtai nazardan mehnat muhofazasi
ajratiladigan investitsiyalar uzoq muddatli strategiyalar asosida ishlab chiqish
maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi asosiy xarajatlarga quyidagilar:
- mehnat sharoitlari uchun meyoriy talablarga muvofiqligini ta’minlash

xarajatlari;

- zararli va xavfli mehnat sharoitida ishlash uchun kompensatsiya xarajatlari;
- baxtsiz hodisalari to‘lov bilan bog‘liq xarajatlar.
Meyoriy talablarga muvofiqlikni ta’minlash xarajatlari ko‘pincha ishlab

chiqarish obyektlarini texnik qayta jihozlash va kapital xarajatlarni amalga oshirish
bilan bog‘liq.

Zararli va xavfli mehnat sharoitida ishlash uchun quyidagi kompensatsiya turlari

belgilanadi [11].

1. Tarif stavkalari (ish haqi) va qo‘shimcha to‘lovlar;
2. Qo‘shimcha ta’til;
3. Qisqartirilgan ish vaqti;
4. Bepul terapevtik va profilaktik ovqatlanish. Sut va boshqa ekvivalent

mahsulotlar olish bepul yoki ularni naqd to‘lov bilan almashtirish mumkin.

Xorijiy ekspertlar taxminlari shuni ko‘rsatadiki, baxtsiz hodisalar tufayli

xarajatlari bevosita va bilvosita xarajatlaga bo‘linadi va umumiy xarajatlar kelib
chiqadi [10].


background image

773

XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARI IQTISODIYOTI

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Bevosita zarar oqibatlari ko‘p qirrali ko‘rsatkichli - qiymatlar (son, miqdor)

ko‘rinishida ifoda etiladi va yetkazilgan zarar quyidagicha ifodalanishi mumkin:

W=W

1

+W

2

+W

3

+W

4

∙∙∙∙∙W

n

,

(1)

bunda, W

1

- aholi ichida yo‘qotishlar natijasida yetkazilgan zarar; W

2

- moddiy

va moliyaviy zarar; W

3

- atrof muhitga yetkazilgan zarar; W

4

- favqulodda vaziyatlar

oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga ketgan xarajatlar; W

n

- boshqa xarajatlar.

Xavflar zararli ta’sirida ko‘pgina iqtisodiy va ijtimoiy obyektlarga zarar

yetkazishi mumkin. Bu zararni bashoratlashda xavf omillari noaniqligini hisobga olgan
holda, W xavf ko‘rsatkichi qiymati quyidagicha ifodalanadi.

𝑊𝑊

=

𝑃𝑃

𝑊𝑊

𝑝𝑝

, (2)

bunda, P-shikastlanish o‘chog‘idagi obyektlar soni W

r

- zarar yetkazilgan

obyektlar soni.

Bevosita zarar - xavf sodir bo‘lgan zonadagi barcha obyektlar shikastlanishi

bilan belgilanadi.

Bilvosita zarar - xavflar oqibati, xavflar o‘chog‘ida bo‘lmagan obyektlarga

yetkazilgan zararlar va boshqa masalan sodir bo‘lgan avariyalar oqibatlarini bartaraf
etish chora-tadbirlari uchun ishlatilgan xarajatlar kiradi. Ko‘pincha barcha oqibatlar
bilvosita zararni keltirib chiqaradigan ha

r xil sikllar darajadagi t → oo

“xavf-sabab-

oqibat” daraxti sifatida tasvirlangan bilvosita xavf zanjiri paydo qiladi. Bunday
bog‘liqlik hodisalar ketma-ketligini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, ular zanjir bo‘ylab
harakatlanar ekan, birinchidan, boshlang‘ich hodisalar ta’siri zaiflashsa, ikkinchidan,
bilvosita zararni baholashda qiyinchiliklar kuchayadi. Shuning uchun bilvosita zarar
ko‘pincha quyidagi formula bo‘yicha ifodalanadi.

W

k

=

α

W

t

,

(3)

bunda,

α

– bilvosita ekspert bahosi, W

K

- batafsil va tahlil qilmasdan alohida

tarkibiy qismi. Bilvosita zarar, pul bilan baholanish mumkin bo‘lmagan uzoq global
o‘zgarishlar bilan alohida ahamiyatga ega.

Umumiy zarar – bevosita va bilvosita zararlar yig‘indisidir:

W

to‘l

=W

n

+W

t

,

(4)

Umumiy zarar ma’lum bir vaqtdagi holat bilan baholanadi va uzoq muddatdagi

holatlar uchun hisoblanadigan umumiy zarar bilan solishtirganda oraliq hisoblanadi.

Masalan: Baxtsiz hodisa tavsifi: ayol texnologik muhandis (o‘rtacha oylik ish

haqi – 7,0 mln so‘m - 175 ming so‘m/soat) pol silliq bo‘lganligi uchun yiqilish tufayli
to‘pig‘i cho‘zilgan. U voqea sodir bo‘lgan kuni 4 soat ishlamagan, ertasi kuni ishga
chiqgan.

Korxona tibbiy punktidan korxona transportida uyga olib borilgan. Tashish narxi

10000 ming so‘m tashkil etdi (haydovchi maoshi va yoqilg‘i narxi). Keyingi kun,
voqea sodir bo‘lgan kunidagi bajarilmagan ishlarni yakunlagan.


background image

774

XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARI IQTISODIYOTI

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Baxtsiz hodisalarni tekshirish natijalariga ko‘ra:
- jabrlanuvchi ishlaydigan korxona xodimlari uchun rejadan tashqari yo‘l- yo‘riq

o‘tkazildi, 9 muhandis yarim soat davomida ishdan chalg‘igan (har bir ish haqi oyiga
7,0 mln so‘m – soatiga 125 ming so‘m).

- pol qoplamasi almashtirilgan. O‘zgartirish narxi 12,0 mln so‘m tashkil qiladi

(materiallar narxini hisobga olgan holda, ishchi ish haqi va tozalash xarajatlari).

- tekshiruvni o‘tkazgan mehnat xavfsizligi muhandisi maoshi oyiga 5,0 mln

(soatiga 125 ming so‘m). Tekshiruv 2 soat davom etdi.

Umumiy yo‘qotishlar 14740 so‘mni tashkil etadi.
Bilvosita xarajatlar bevosita xarajatlarga nisbatan 8-36 marta ko‘p bo‘lishi

mumkin Masalan, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, ishlamagan kunlari
uchun ish haqi kabilar bevosita xarajatlarga misoldir. Bilvosita xarajatlar esa faqat
avariyani batafsil tahlil qilish asosida baholash mumkin. Bularga:

- korxona ishlab chiqarishdan oladigan foydaning cheklanishi;
- ish kunlarini yo‘qotishlari;
- baxtsiz hodisadan so‘ng darhol ishlab chiqarish jarayoni buzilishi;
- ishdagi kasbdoshlarga ma’naviy-ruhiy-axloqiy ta’sir;
- baxtsiz hodisa tufayli xodimlarni tekshiruvlarga jalb qilish;
- yangi xodimlarni yollash va o‘qitish xarajatlari;
- uskunalar va materiallar shikastlanishi;
- baxtsiz hodisadan keyin mahsulotlar sifati pasayishi;
- jabrlangan ishchilarni yengil ishlarga o‘tkazilishi natijasida mehnat

unumdorligi pasaytirishi;

- baxtsiz hodisalar bilan bog‘liq yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxira quvvatini

foydalanish xarajatlari va boshqa qo‘shimcha xarajatlar.

Agar korxona bilvosita yo‘qotishlarni aniqlamasa va hisobga olmasa, bu

korxona byudjetiga jiddiy zarar bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga aksariyat korxonalar
uni hisobga olinmaydi. Buning sababi turlicha lekin umumiy omillari quyidagilar:

1. Baholash masalalari: Bunday xarajatlarni baholash qiyin va qimmat bo‘lishi

mumkin.

2. Boshqaruv organlari haddan tashqari yuklanishi: Boshqaruv organlari yangi

ma’lumotlarni olish va qayta ishlash uchun jismoniy, moddiy va ma’naviy qobiliyati
cheklanganligi.

3. Buxgalteriya standartlari: Buxgalteriya standartlari baxtsiz hodisalar

natijasida bilvosita yo‘qotishlarni hisobga olish uchun asosli standartlar yo‘qligi bilan
izohlanadi. Bunda ham jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash sug‘urta
tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi ushbu holatlarda korxona hech qanday
xarajatlarga duch kelmaydi degan taassurot rol o‘ynaydi.


background image

775

XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARI IQTISODIYOTI

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

4. Taqsimlash muammolari: Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi moliyaviy

xarajatlar to‘g‘ri maqsadlarda taqsimlanishi muhimdir.

5. Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari moliyaviy jihatdan vakolati yetarli

emasligi: mehnatni muhofaza qilish uchun mablag‘larni hisoblash va taqsimlash
bo‘yicha ishlarga korxonada tegishli xizmatlar vakolati pastligi tufayli jalb etilmaydi.
Shuningdek zarur resurslarni talab qilish yoki korxona strategiyasini ishlab chiqishda
ishtirok etishiga ruxsat bermaydi. Bunda eng muhimi korxona tarkibidagi mehnatni
muhofaza qilish xizmati samarali “mehnat xavfsizligi madaniyati”ning aspekti
maqomni oshirishdir.

6. “Gapirma va so‘rama”: ba’zi korxonalarda, ish sharoitlari bo‘yicha sukunat

fitnasi mavjud. Ya’ni, korxonada xodimalarga sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini
yaratishini talab etishda rahbariyat bilan nizoga bormaslik maqsadida, hech kim
gapirmaslikka va so‘ramaslikka harakat qiladi.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, baxtsiz hodisa xarajatlari nafaqat korxona

tomonidan qoplanadi, balki butun jamiyat tomonidan. Ushbu xarajatlar ko‘pincha
“ichki” (korxona uchun) va “tashqi” (davlat va umuman jamiyat uchun) belgilanadi.

Baxtsiz hodisalar uchun tashqi xarajatlar quyidagilar kiradi:
- jabrlanuvchiga to‘lanmagan ish haqlari;
- dasturlar asosida jabrlanuvchiga tibbiy xarajatlari va ijtimoiy sug‘urta

tomonidan qoplanmaganligi;

- jabrlanuvchiga qarab turadigan qarindoshlarga sarflanadigan vaqt va xarajatlar;
- jabrlanuvchi turmush tarzidagi cheklovlari;
- jabrlanuvchiga davlat tibbiy kafolatlari;
- korxona hududdagi atrof-muhit ifloslanishi;
- mehnat unumdorligi pasayishi;
Yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari korxonaning faoliyati bilan bog‘liq va

boshqa bir qancha qo‘shimcha xarajatlarni ham hisobga olish mumkin.

Amalda bizni korxonadagi yo‘qotishlarni baholash usullari ko‘proq qiziqtiradi.

Birinchidan, bilvosita yo‘qotishlarning qanday turlarini hisobga olish mumkinligi
haqida o‘ylab ko‘raylik [5].

1-jadval

Korxonalarda baxtsiz hodisalar oqibatida yo‘qotish turlari

Yo‘qotishlari turlari

yo‘qotishga misollar

Ishga yaroqsizligi uchun
kompensatsiya

Vaqtincha boshqa xodimalarni jalb etish va

ortiqcha to‘lovlar

Boshqa xodimalar ish kunini
yo‘qotilishlari

Ta’mirlash va tozalash ishlari. Jarohat olgan
shaxsga yordam berish. Birinchi tibbiy yordam


background image

776

XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARI IQTISODIYOTI

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Ish vaqtidagi yo‘qotishlar faqat bitta baxtsiz hodisaga uchragan shaxsni

yo‘qotilishi bilan cheklanmaydi, bu butun jamoaga ta’sir qiladi, bu degani normal ish
jarayoni buzilishi, ishlab chiqarish mahsulotlari va hajmi kamayishiga olib keladi. Bu
esa ishlab chiqarish faoliyati, baxtsiz hodisa og‘irligi qarab ish vaqtini yo‘qotishi
kamroq yoki ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Mulkni yo‘qotishlari asosiy vositalar va aylanma mablag‘lar yo‘qotishlariga

bo‘linadi. Asosiy vositalarga mashinalar, dastgohlar va ishlab chiqarish obyektlari kabi
muddatli ishlash uzoq vaqt uchun mo‘ljallangan uskunalar kiradi. Aylanma
mablag‘larga tayyor mahsulotlar, xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar, ishlatilgan
energiya va turli xil qurilmalar kiradi [11].

Baxtsiz hodisa natijasida ishlab chiqarish shu darajada buzilishi mumkinki

mijozlarga mahsulot yetkazib berish buzilishi va buyurtmalar to‘liq bajarilmay qolishi
mumkin.

Sug‘urta mukofotlari miqdori iqtisodiy faoliyatning muayyan turlari bo‘yicha

baxtsiz hodisalar statistikasi bazasiga asoslanadi va sug‘urta mukofotlari miqdori farq
qiladi. Agar korxonadagi jarohatlar ko‘rsatkichlari va kasbiy kasalliklar ushbu faoliyat
turi bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlardan oshib ketsa, korxona baxtsiz hodisalar va
kasbiy kasalliklardan majburiy ijtimoiy sug‘urta qilish tarifiga qo‘shimcha mablag‘
ajratishga to‘g‘ri keladi.

Agar korxona faoliyatini takomillashtirish orqali nosozliklarning oldini olish

mumkin bo‘lsa, ishlab chiqarish jarayonlari va ish sharoitlari buzilishi, bu bir vaqtning
o‘zida baxtsiz hodisalar sonini kamaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu
o‘zgarishlar birgalikda korxonaning moliyaviy ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi. Shuning
uchun mehnat jarayoni tabiati va korxonadagi umuman ishlab chiqarish jarayonini
GOST 12.0.230 talablariga alohida e’tibor qaratish lozim.

ko‘rsatish. Uskunalar bekor turishi. Baxtsiz
hodisani tekshirish

Mulkni yo‘qotish

Texnik uskuna va qurilmalar nosozligi. Mahsulotlar
va yarim mahsulotlar yo‘qotilishi

Mahsulot yo‘qotilishi

Mahsulotlar tannarxi va xizmat ko‘rsatish narxi
oshishi. Jarima. Mijozlarni yo‘qotish

Boshqa bevosita yo‘qotishlar

Mumkin bo‘lgan oqibatlar: imidjni yo‘qotish,
advokatlar uchun xarajatlar, jarimalar, moliyaviy
mablag‘larga badallarni ko‘paytirish

Baxtsiz hodisani tekshirish

Komissiya ishini tashkil etish, ekspertiza, transport
uchun va boshqa xarajatlar. Komissiya ishining
xulosasi bo‘yicha chora tadbirlar


background image

777

XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARI IQTISODIYOTI

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Baxtsiz hodisaning moddiy oqibatlarini tahlil qilish uchun asos korxonadagi

statistik ma’lumotlar hisoblanadi.

Baxtsiz hodisalarni tahlil qilish jarayoni quyidagicha:
- boshlang‘ich ma’lumotlarni olish; masalan, baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan joyni

o‘rganish materiallari;

- keyin esa eng to‘liq va ishonchli ma’lumotlar tanlanadi;
- amaldagi xarajatlar va narxlarni hisobga olgan holda, korxonadagi haqiqiy

yo‘qotishlarini hisoblash amalga oshiriladi.

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa bilan bog‘liq xarajatlar va yo‘qotishlarni

hisoblash quyidagi asosiy elementlarga muvofiq amalga oshiriladi [12].

1. Boshlang‘ich yo‘qotishlar va xarajatlar.
2. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq yo‘qotishlar va xarajatlar.
3. Baxtsiz hodisa oqibatida korxonaga keltirilgan zararlar (usukuna va

qurilmalar, mahsulotlar, bino va inshootlar).

4. Ishlab chiqarishni qayta tiklash uchun xarajatlar.
5. Baxtsiz hodisani tekshirish uchun xarajatlar.
6. Baxtsiz hodisalarni tekshirish komissiyasi xulosasi asosida chora tadbirlani

bajarish xarajatlari.

7. Baxtsiz hodisaga uchragan xodimni dovalash va profilaktik chora tadbirlar

uchun xarajatlar.

8. Baxtsiz hodisaga uchragan xodimga ishlamagan kunlari uchun oylik ish haqi

to‘lash.

Korxona xarajatlari va zararlarning umumiy qiymatini hisoblash ishlab

chiqarishdagi baxtsiz hodisa, tovar moddiy umumiy qiymati asosida xulosa qilinadi.

XULOSA

Respublikamizda ohirgi yillarda mehnat jarayonida xodimalar xavfsizligi, hayoti

va sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohatlar
amalga oshirilmoqda. Xususan, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi asosiy to‘rtta
vazifani amalga oshirishga qaratigan:

- mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional

ishtirokchilariga o‘tkazib berilishi;

- mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat va jamoat nazorati kuchaytirilishi;
- barcha amalga oshirilayotgan tadbirlar eng avvalo korxona va tashkilotlarda,

ish o‘rinlarida mehnat sharoitlarini yaxshilash;

- ishlab chiqarishdagi jarohatlanishni oldini olishga qaratilgan.
Shunday bo‘lsada ko‘plab holatlarda baxtsiz hodisalar guvohi bo‘lmoqdamiz

bunga sabab gohida ish beruvchining layoqatsizligi yoki ish jarayonida ishlayotgan
ishchilar bilimsizligi, mehnat madaniyati yetishmasligidadir.


background image

778

XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARI IQTISODIYOTI

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Bu kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan taklif shundan iboratki, Mehnatni

muhofaza qilish yuzasidan komissiya tuzish, komissiya tarkibiga kasaba uyushmasi,
xodimlarning boshqa vakillik organlari, yuridik maslahatchilar kiritilishi, bundan
maqsad: korxonalar faoliyatida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi,
sanoat xavfsizligi, juda bir keng qamrovli bo‘lib, bunga bitta mutaxassis ya’ni,
mehnatni muhofaza qilish muhandisini kuchi yetmaydi, har kuni har ish joylarida har
xil kamchiliklar bo‘lishi tabiiy xol. Bu xato kamchiliklar avalam bor kimga ta’sir qiladi
insonga shu ish joylarida ishlovchilar hayotiga sog‘lig‘iga ta’sir qiladi.

Har birimiz bu kamchiliklarni ko‘rib joyida va o‘z vaqtida bartaraf etishimiz

lozim bo‘ladi, bu degani bir odamga har bir narsani yuklab qo‘ymasdan har bir kishi
o‘zining hayoti sog‘ligi uchun javobgarligini xis qilishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

2. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuni.

//O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami – T.: “Adolat”, 2016.

3. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnat kodeksi”. //O‘zbekiston Respublikasi

qonun hujjatlari to‘plami – T.: “Adolat”, 2005.

4. GOST 12.0.230-2007 “SSBT. Kasbiy salomatlik va xavfsizlikni boshqarish

tizimlari”. Umumiy talablari.

5.

Международная организация труда”

.

Основы экономики охраны труда

на предприятии

”.

Учебний модул

– 2010.

6. Ibragimov E.I., Gazinazarova S., Yuldashev O.R. Mehnat muhofazasi maxsus

kursi. Darslik. – Toshkent, 2014. – 535 b.

7. Maxmatqulov G.R., Murtazaeva

I.T., Usmanxodjaeva.

Mehnat muhofazasi

va texnika xavfsizligi.

O‘quv qo‘llanma (1-qism). T.:

«Voris–nashriyot»,

2024. - 397

b.

8. Xolbayev B.M., Raximov O.D., Maxmatqulov N.I. Hayot faoliyati

xavfsizligi. Darslik (1-qism). – T.: «Voris–nashriyot», 2020. - 304 b.

9.

Чепелев

Н.И. Управление охраной

труда в организации: учебное

пособие [Электрон

ресурс].

Красноярск, 2018.

175 с.

10. Maxmatqulov N.I., N.Z. Mamatov/ Mehnat muhofazasi va xavfsizlikni

boshqarish tizimini takomillashtirish. Monografiya. 2024, – 120 b.

11. Maxhmatkulov N. I. Fire as a factor of technogenic disaster// International

Journal of Advanced Research in Education, Technology and Management. Vol..2,
Issue 9. 2023. 70-77,

12. Maxmatkulov N.I. Correct conduct of the population in emergency

situations. // International journal of advanced research in education, technology and
management. Vol. 2, issue 9, 2023. 175-182 p.

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuni.

//O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami – T.: “Adolat”, 2016.

O‘zbekiston Respublikasi “Mehnat kodeksi”. //O‘zbekiston Respublikasi

qonun hujjatlari to‘plami – T.: “Adolat”, 2005.

GOST 12.0.230-2007 “SSBT. Kasbiy salomatlik va xavfsizlikni boshqarish

tizimlari”. Umumiy talablari.

Международная организация труда”. Основы экономики охраны труда

на предприятии”. Учебний модул – 2010.

Ibragimov E.I., Gazinazarova S., Yuldashev O.R. Mehnat muhofazasi maxsus

kursi. Darslik. – Toshkent, 2014. – 535 b.

Maxmatqulov G.R., Murtazaeva I.T., Usmanxodjaeva. Mehnat muhofazasi

va texnika xavfsizligi. O‘quv qo‘llanma (1-qism). T.: «Voris–nashriyot», 2024. - 397

b.

Xolbayev B.M., Raximov O.D., Maxmatqulov N.I. Hayot faoliyati

xavfsizligi. Darslik (1-qism). – T.: «Voris–nashriyot», 2020. - 304 b.

Чепелев Н.И. Управление охраной труда в организации: учебное

пособие [Электрон ресурс]. – Красноярск, 2018. – 175 с.

Maxmatqulov N.I., N.Z. Mamatov/ Mehnat muhofazasi va xavfsizlikni

boshqarish tizimini takomillashtirish. Monografiya. 2024, – 120 b.

Maxhmatkulov N. I. Fire as a factor of technogenic disaster// International

Journal of Advanced Research in Education, Technology and Management. Vol..2,

Issue 9. 2023. 70-77,

Maxmatkulov N.I. Correct conduct of the population in emergency

situations. // International journal of advanced research in education, technology and

management. Vol. 2, issue 9, 2023. 175-182 p.