Mualliflar

  • Zebo Axmadaliyeva
    Farg‘ona politexnika instituti

Muallif biografiyasi

  • Zebo Axmadaliyeva , Farg‘ona politexnika instituti
    Mustaqil tadqiqotchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.digital-economy.113308

Kalit so‘zlar:

biologik aktiv biotransformatsiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari baholash adolatli qiymat 41-“Qishloq xo‘jaligi” buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (IAS).

Annotasiya

Maqolada biologik aktivlarini hisobga olishning zamonaviy
usullarini o‘rganish; hisoblar rejasini takomillashtirish asosida biologik aktivlarni
adolatli qiymatda hisobga olish metodologiyasi ishlab chiqilgan.


background image

455

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

MILLIY HISOB TIZIMIDA BIOLOGIK AKTIVLARNI HISOBGA OLISH

BO‘YICHA TAKLIF VA TAVSIYALAR

Axmadaliyeva Zebo Abduxalimovna

Farg‘ona politexnika instituti mustaqil tadqiqotchi

z.a.axmadaliyeva@ferpi.uz

Annotatsiya:

Maqolada biologik aktivlarini hisobga olishning zamonaviy

usullarini o‘rganish; hisoblar rejasini takomillashtirish asosida biologik aktivlarni
adolatli qiymatda hisobga olish metodologiyasi ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

biologik aktiv, biotransformatsiya, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari,

baholash, adolatli qiymat, 41-“Qishloq xo‘jaligi” buxgalteriya hisobining xalqaro
standarti (IAS).

ПРОБЛЕМЫ УЧЕТА БИОЛОГИЧЕСКИХ АКТИВОВ ПО

МЕЖДУНАРОДНЫМ И НАЦИОНАЛЬНЫМ СТАНДАРТАМ

Ахмадалиева Зебо Абдухалимовна

Ферганский политехнический институт независимый исследователь

z.a.axmadaliyeva@ferpi.uz

Аннотация:

Изучение современных методов учета биологических

активов; разработка методики учета биологических активов по справедливой

стоимости на основе совершенствования плана счетов.

Ключевые слова:

биологический

актив,

биотрансформация,

сельскохозяйственная продукция, оценка, справедливая стоимость,

международный стандарт финансовой отчетности МСФО (IAS) 41 «Сельское

хозяйство».

PROBLEMS OF BIOLOGICAL ASSETS ACCOUNTING ACCORDING TO

INTERNATIONAL AND NATIONAL STANDARDS

Axmadaliyeva Zebo

Fergana Polytechnic Institute is an independent researcher

z.a.axmadaliyeva@ferpi.uz

Abstract:

The study of modern methods of accounting for biological assets; the


background image

456

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

development of a methodology for accounting for biological assets at fair value based
on the improvement of the accounting plan.

Key words:

biological asset, biotransformation, agricultural products,

valuation, fair value, international financial Reporting standard (IAS) 41
"Agriculture".

KIRISH

Bizga ma’lumki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning

“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi [1] PQ-4611 Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respulikasida
faoliyat yuritayotgan barcha bank, sug‘urta va aksionerlik jamiyatlarining moliyaviy
hisobotlari moliyaviy hisobotning xalqaro standartalariga muvofiq tuzish vazifasi
belgilab qo‘yilgan. Shunday bo‘lsada yuridik shaxslar oldida buxgalteriya hisobining
milliy standartlariga muvofiq shakllantirilgan alohida hisobotlarni ham tuzishlari va
ularni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (IFRS)ga transfotmatsiya
jarayonlarini amalga oshirishlari hamda hisobotlarni tayyorlash usullaridan qat’i nazar
moliyaviy hisobotlarni taqdim etishlari zarurati paydo bo‘ldi.

Shunday ekan, milliy hisob tizimida hisoblar rejasini takomillashtirmasdan turib,

biologik aktivlarni ishonchli hisobga olish mumkin emas. MHXSga muvofiq
buxgalteriya hisobini yuritish tartibini o‘zgartirish bo‘yicha iqtisodiy adabiyotlarda
mavjud bo‘lgan takliflar o‘z mohiyatiga ko‘ra fundamental bo‘lib, zamonaviy
buxgalteriya amaliyotini tubdan o‘zgartiradi. Bu birinchi navbatda milliy hisob
tizimida yangi hisob rejasini joriy etish bilan bog‘liq zaruratni yuzaga keltiradi.
Buxgalteriya hisobini yangi tartibiga o‘tishi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi
kerak, chunki buxgalterlar oldida turgan noqulayliklarni oldini olish, yangi
buxgalteriya qoidalarini ishlab chiqishni amalga oshirish uchun zamin yaratilishi kerak
bo‘ladi. Yuqoridagilarni inobatga olib, milliy buxgalteriya hisobi standartidan unchalik
farq qilmaydigan buxgalteriya hisobi tartibini ishlab chiqish va u o‘z ichiga bevosita
xalqaro moliyaviy hisobot standartlarida, shu jumladan 41-sonli IAS “Qishloq
xo‘jaligi” da taklif qilingan talablarni hisobga olgan xolda tuzilishi zarur deb
hisoblaymiz [9].

Lekin shuni alohida takidlash kerakki, hozirgi kunda mavjud bo‘lgan

buxgalteriya hisobi tizimi biologik aktivlar to‘g‘risida ma’lumotlarni zarur bo‘lgan
miqdor va shaklda olishga imkon bermaydi. Bu esa tanlangan ilmiy tadqiqot
mavzusining dolzarbligini belgilaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Aktivlarni hisobga olish muammolari har doim iqtisodchi olimlarning diqqat

markazida bo‘lib kelgan. Ushbu muammoning ko‘p jihatlari xorijiy iqtisodchi-olimlari
tomonidan, ya’ni V.P.Astaxov [2], N.M. Balakireva [3], Dj. K. Van Xorn [4],


background image

457

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

A.A.Dadonov [6], L.I.Kulikovalar [7] ilmiy ishlarida yoritilgan.

Zamonaviy buxgalteriya hisobi tadqiqotchilaridan S.A.Sergeeva, A.N.Ivanova,

M.I.Bakanov, A.D.Sheremet, N.A.Kazakova [7] kabi olimlar o‘z ishlarida uzoq
muddatli aktivlar masalalariga to‘xtalib o‘tganlar.

Biologik aktivlarni baholash metodologiyasiga, jumladan, naslli qoʻychilikda

buxgalteriya hisobining rivojlanishiga R.A.Alborov, N.Yu.Ageeva, A.E.Vyruchaeva,
G.R.Kontsevoy, M.A.Korovina, Yu.I.Sigidov, Z.V.Udalova, A.V.Frolov, L.I. Xoruji,
M.A.Shadrina

[5] va boshqalar katta hissa qoʻshganlar. Lekin mazkur ishlarda biologik

aktivlarning hozirgi paytdagi boshqaruv hisobini kompleks rivojlantirish masalalari va
tegishli bozor xo‘jaligi sharoitlariga mos keladigan naslchilik ishlab chiqarish
subyektlarida biologik aktivlarni boshqarishni hisobga olish va axborot bilan
ta’minlash imkonini beruvchi tashkiliy-uslubiy vositalar kam rivojlanganligi, vujudga
kelayotgan muammmolari va ularni hal qilishdagi buxgalteriya hisobi oldidagi
masalalarning yetarlicha tadqiq etilmaganligi, mazkur mavzuning tadqiq obyekti
sifatida o‘rganilishiga sabab bo‘ldi.

METODOLOGIYA

Tadqiqot jarayonida tarixiy, tizimli yondashuv, induktiv va deduktiv usullar,

taqqoslash, iqtisodiy-statistik, ma’lumotlarni tizimlashtirish va umumlashtirish kabi
umumiy ilmiy usullardan foydalangan holda, o‘simlikchilikning biologik aktivlarini
hisobga olishning zamonaviy metodologiyasi o‘rganildi.

TAHLIL VA NATIJALAR

So‘nggi yillarda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarini erkinlashtirishga

qaratilgan qator islohotlar izchillik bilan olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy
kompleks rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasida 2030

yilda aholi jon boshiga YaIM ikki baravarga oshirish, iqtisodiy o‘sish surʼatlari

o‘rtacha yillik 6,4 foiz, kapital qo‘yilmalar 9,9 foiz, eksport 9,6 foizni tashkil etishi
hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 1,8 martaga oshirish, shuningdek, qishloq
xo‘jaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni standartlashtirishni amalga oshirish va
milliy standartlarni xalqaro standartlarga moslashtirish ko‘zda tutilgan. Demak, o‘z
navbatida ushbu raqamlar haqida ishonchli axborotlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi
buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimi ham xalqaro darajada mukammal bo‘lishi lozim.
Shu nuqtai nazardan qaralganda Respublikamizda buxgalteriya hisobi tizimini
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) o‘tkazish va uni qo‘llash
bo‘yicha muhim islohotlar boshlandi [8].

Xorijiy investitsiyalarning oqimi va tashqi savdo bilan shug‘ullanuvchi (eksport-

import) korxonalar, jumladan qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun imkoniyatlarni
beradi. Shu nuqtai nazardan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari Qo‘mitasi


background image

458

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

tomonidan ishlab chiqilgan standartlarni respublikamiz amaliyotiga qo‘llash muhim
masalalardan biriga aylanib qolmoqda. Shunday standartlardan biri - bu “Qishloq
xo‘jaligi” deb nomlangan 41-son IAS hisoblanadi. Mazkur standart boshqa sohalarga
nisbatan qo‘llanishi mumkin bo‘lgan standartlardan farqli jihatlari va o‘ziga xos

xususiyatga ega. Аgrar sohada ushbu standartning qo‘llanilishi qishloq xo‘jaligida

buxgalteriya hisobini jahon standartlariga muvofiqlashtirish imkonini beradi. Mazkur
standart birinchi marta biologik aktivlar va yig‘im jarayonidagi qishloq xo‘jaligi
hosillari kabilarning alohida hisob birligi sifatida tan olinishini ko‘rsatib beradi.

Demak, standart o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, uni amaliyotga qo‘llashda

sohaga oid mutaxassislardan chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish
hamda xorijiy tajribani o‘rganish talab etiladi.

Qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan bog‘liq korxonalarda biologik aktivlarni hisobga

olishning joriy holatini tahlil qilish asosida biz biologik aktivlarni hisobga olish
jarayonini optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqdik, jumladan:

- biologik aktivlarni baholashda adolatli qiymatdan foydalanish;

- biologik aktivlarni hisobga olish uchun alohida schyotlar ajratgan holda

hisoblarning schyotlar rejasiga o‘zgartirishlar kiritish;

- biologik aktivlar harakati bo‘yicha birlamchi buxgalteriya hujjatlari shakllarini

o‘zgartirish.

Tadqiqot jarayonida biz korxona biologik aktivlarini uzoq muddatli aktivlarning

maxsus turi sifatida milliy buxgalteriya hisobida alohida schotlarda aks etiluvchi
aktivlar ekanligini asoslab berdik [10].

Hozirgi vaqtda biologik aktivlarni milliy hisobda aks ettirish uchun quyidagi

schyotlar qo‘llaniladi: 0100 -

“Аsosiy vositalar” schyotining 0170

- “Ishchi va

mahsuldor hayvonlar”, 0180 - “Ko‘p yillik o‘simliklar” subschyotlarida, 0200 -

“Аsosiy vositalarning amortizatsiyasi” schyotining 0270

- “Ishchi va mahsuldor

hayvonlarining eskirishi”, 0280 - “Ko‘p yillik o‘simliklarni eskirishi” subschyotlarida
aks etirilgan.

Lekin shuni alohida takidlash kerakki, 5-son buxgalteriya hisobining milliy

standartlari va 41-son IAS “Qishloq xo‘jaligi” talablari o‘rtasida bilan ziddiyatlar
mavjud. Shu sababli ham xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyatining
buxgalteriya hisobi schyotlar rejasiga ishchi schyotlar, ya’ni 0100 -“Asosiy vositalar”
tarkibiga kiruvchi 0171 - chorvachilik biologik aktivlari, 0181 -o‘simlikchilik biologik
aktivlari schyotlari kiritishni taklif etamiz.






background image

459

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

1-jadval

Biologik aktivlarning sintetik va analitik schyotlarini hisobga olish bo‘yicha

taklif etilayotgan o‘zgartirishlar

1

Schyot nomi

Schyot
raqami

Subschyot raqami va nomi

1

Asosiy vosita sifatida hisobga

olinadigan qishloq xo‘jaligi

mahsulotlari

0170

0180

0170-chorvachilik

0180-o‘simlikchilik

2

Asosiy vosita sifatida hisobga

olinadigan qishloq xo‘jaligi

mahsulotlari amortizatsiyasi

0270

0280

0270-chorvachilik amortizatsiyasi

0280-o‘simlikchilik amortizatsiyasi

3

Aylanmadan tashqari biologik

aktivlar

0170

0180

0171-chorvachilik biologik aktivlari

0181-o‘simlikchilik biologik aktivlari

4

Qishloq xo‘jaligi faoliyati

bilan bog‘liq bo‘lmagan

korxonalarga aylanmadan

tashqari biologik aktivlarga

kiritilgan investitsiyalar

0670

0680

0670-chorvachilik aylanmadan tashqari

biologik aktivlarga kiritilgan investitsiyalar

0680-o‘simlikchilik aylanmadan tashqari

biologik aktivlarga kiritilgan investitsiyalar

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning biologik aktivlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan

schyotlar rejasini takomillashtirish uchun quyidagilarni taklif qilamiz

1.

0171-chorvachilik biologik aktivlari schyoti;

2.

0181-o‘simlikchilik biologik aktivlari schyoti;

3.

0100-“Asosiy vositalar” schyotlari tarkibidagi 0170-“Ishchi va mahsuldor

hayvonlar”, 0180-“Ko‘p yillik o‘simliklar” subschyotlari, 0170-“Asosiy vosita sifatida
hisobga olinadigan chorvachilik mahsulotlar”, 0180-“Asosiy vosita sifatida hisobga
olinadigan o‘simlikchilik mahsulotlari” schyotlariga;

4.

0200-“Asosiy vositalar” schyotlari tarkibidagi 0270-“Ishchi va mahsuldor

hayvonlar”, 0280-“Ko‘p yillik o‘simliklar” subschyotlari, 0270-“Asosiy vosita sifatida
hisobga olinadigan chorvachilik mahsulotlar amortizatsiyasi”, 0280-“Asosiy vosita
sifatida hisobga olinadigan o‘simlikchilik mahsulotlari amortizatsiyasi” schyotlariga;

5.

0670-chorvachilik aylanmadan tashqari biologik aktivlarga kiritilgan

investitsiyalar schyotiga.

6.

0680-o‘simlikchilik aylanmadan tashqari biologik aktivlarga kiritilgan

investitsiyalar schyotiga almashtirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz;

Bu aylanmadan tashqari aktivlar tarkibidan “Аsosiy biologik aktivlar”ni ajratib

ko‘rsatish, ularning hisobini qishloq xo‘jaligi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan
kelib chiqqan holda alohida yuritish imkonini beradi;

1

Muallif ishlanmasi


background image

460

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Qishloq xo‘jaligida faoliyati moliyaviy natijalarini aniqlash muhim ahamiyat

kasb etadi. Daromad va xarajatlarning o‘zaro muvofiqligi tamoyiliga asosan:

- birinchidan, biologik aktivlarni sotish xarajatlari chegirib tashlangandagi

haqqoniy qiymatda dastlabki tan olishda hamda sotish xarajatlari chegirib
tashlangandagi haqqoniy qiymatning o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan foyda yoki
zarar u qaysi davrda yuzaga kelgan bo‘lsa, o‘sha davrning foyda yoki zarari tarkibiga
kiritilishi talab etiladi. Biologik aktivning dastlabki tan olinishida zarar vujudga kelishi
mumkin, chunki sotish xarajatlari biologik aktivning sotish xarajatlari chegirib
tashlangandagi haqqoniy qiymatini aniqlashda ayriladi. Bunday hisoblashning yana bir
o‘ziga xos xususiyati shundaki, biologik aktivni dastlabki tan olinishida foyda vujudga
kelishi mumkin, masalan sotib olingan sigirdan buzoq tug‘ilganda foydani tan olinadi
[11];

- ikkinchidan, qishloq xo‘jaligi hosilini sotish xarajatlari chegirib tashlangandagi

haqqoniy qiymatda dastlabki tan olish natijasida vujudga keladigan foyda yoki zarar u
qaysi davrda vujudga kelgan bo‘lsa, o‘sha davrning foyda yoki zarari tarkibiga
kiritiladi. Bunda qishloq xo‘jaligi hosilini dastlabki tan olishdagi foyda yoki zarar
ularni yig‘ishtirish natijasida vujudga kelishi mumkin.

Shuningdek, biologik aktivlar haqidagi maʼlumotlarni to‘liq ochib berishda

quyidagilarga eʼtiborni qaratish lozim bo‘ladi: yetilgan biologik aktivlar yoki

yetilmagan biologik aktivlar. Bu yerda yetilgan biologik aktivlar sifatida (is

teʼmolga

mo‘ljallangan biologik aktivlar uchun) yig‘ishtiriladigan xususiyatlariga erishgan yoki
(hosil beradigan biologik aktivlar uchun) muntazam hosil bera oladigan aktivlar
tushuniladi.

Isteʼmolga mo‘ljallangan biologik aktivlar, qishloq xo‘jaligi hos

ili sifatida

yig‘ishtiriladigan yoki biologik aktivlar sifatida sotiladigan aktivlardir.

Misol: go‘sht yetishtirishga mo‘ljallangan qoramol, sotishga mo‘ljallangan

qoramol, baliq xo‘jaligidagi baliqlar, makkajo‘xori yoki bug‘doyga o‘xshash don
ekinlari, yog‘och yetishtirishga mo‘ljallangan daraxt kabilar kiradi.

Hosil beradigan biologik aktivlar esa, isteʼmolga mo‘ljallangan biologik

aktivlardan boshqa biologik aktivlardir.

Misol: sut yetishtirishga mo‘ljallangan qoramol, uzum novdalari, mevali

daraxtlar, o‘zi qolgan holda o‘tin olinadigan daraxtlarni keltirish mumkin. Hosil
beradigan biologik aktivlar qishloq xo‘jaligi hosili bo‘lmay, balki o‘zini qayta
tiklaydigan aktivlardir.

Qishloq xo‘jaligi subyekti joriy davr boshidagi va oxiridagi biologik

aktivlarning balans qiymatidagi o‘zgarishlarning solishtirmasini taqdim etib boradi,
jumladan:

- sotish xarajatlari chegirib tashlangandagi haqqoniy qiymatdagi o‘zgarish

natijasida vujudga keladigan foyda yoki zarar;


background image

461

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

- xaridlar hisobiga ko‘payishlar;

- sotishga mo‘ljallangan biologik aktivlar hisobiga kamayishlar;

- yig‘im hisobiga kamayishlar;

- biznes birikmalaridan yuzaga keladigan ko‘payishlar;

- moliyaviy hisobotlarni boshqa taqdim etiladigan valyutaga o‘tkazish natijasida

vujudga keladigan sof valyuta kursi farqlar.

Qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos yana bir xususiyati shundaki, bu sohadagi

faoliyat odatda iqlim, kasallik va boshqa tabiiy risklarga duchor bo‘ladi. Bunda qishloq
xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan daromad yoki xarajatning muhim moddasini yuzaga
keltiradigan hodisa sodir bo‘ladigan holatlarda (xavfli kasallikni, toshqinni, qattiq
kurg‘oqchilik, qaxraton sovuq, hasharotlar hujumi...) “Moliyaviy hisobotlarni taqdim
etish” 1-son BHXS qoidalari amal qiladi [12].

Shuni alohida taʼkidlash mumkinki,

41-son BHXS “Qishloq xo‘jaligi”

qoidalarini respublikamiz amaliyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash imkoniyati mavjud
emas. Buning uchun xalqaro amaliyotdan foydalangan yangi “Biologik aktivlar hisobi”
standartini ishlab chiqish lozim.

2-jadval

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun “Biologik aktivlar hisobi” standartini

ishlab chiqishda milliy standartlarning bog‘liqligi

2

Moliyaviy hisobotning xalqaro

standarti

Buxgalteriya hisobining milliy standarti

“Qishloq xo‘jaligi” 41-son IAS

Biologik aktivlar va qishloq

xo‘jaligi hosili

“Tovar-moddiy zaxiralar” 2-son BHMS (10-§.
O‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga olish
xususiyatlari)

“Аsosiy vositalar” 5

-son BHMS (6-

§. Аmortizatsiyani

hisoblash, 35-band. b) mahsuldor chorva mollari)

“Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik
faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlari rejasiva uni
qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma” 21-son BHMS (19-
band. “Ishchi va mahsuldor hayvonlar” schyotida ishchi
kuchi sifatida foydalaniladigan ishchi hayvonlar - otlar,
ho‘kizlar, tuyalar, xachir va eshaklar va boshqa ishchi
hayvonlar (shuningdek, yuk transport vositasi sifatida
foydalaniladigan hayvonlar) hamda mahsulot (nasl, sut,
jun va boshqalar) beradigan hayvonlar - sigirlar, biyalar,
qo‘ylar, echkilar va boshqalar hisobga olinadi. 20-band.
“Ko‘p yillik o‘simliklar” schyotida
ko‘kalamzorlashtirish, dekoratsiya, meva-rezavor
daraxtlar va o‘simliklar, yashil devorlar va boshqalar
hisobga olinadi, 24-band. “Ko‘p yillik o‘simliklarning

2

Muallif ishlanmasi


background image

462

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

eskirishi”, “Ishchi hayvonlarning eskirishi”, 2-§.
O‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi
schyotlar).

Ushbu jadval maʼlumotlaridan ko‘rinib turibdiki, respublikamiz agrar soha

uchun xalqaro darajada modifikatsiyalashgan standartlarni ishlab chiqishda milliy
standart qoidalaridan foydalanish imkoniyati mavjud. Bu esa o‘zgartirilgan schyotlar
rejasi hisobini yuritish uchun asos bo‘ladi.

3-jadval

Olib borilgan tadqiqotlar natijasida milliy hisob tizmiga quyidagi tayanch so‘z

va iboralarni kiritishni taklif etamiz

3

XULOSA VA TAKLIFLAR

Biz maqolada xo‘jalik yurituvchi subyektlar biologik aktivlarini uzoq muddatli

aktivlarning maxsus turi sifatida milliy buxgalteriya hisobida alohida schotlarda aks
etiluvchi aktivlar ekanligini asoslab berdik.

Hozirgi vaqtda biologik aktivlarni milliy hisobda aks ettirish uchun quyidagi

schyotlar qo‘llaniladi: 0100-

“Аsosiy vositalar” schyotining 0170

-“Ishchi va

mahsuldor hayvonlar”, 0180-“Ko‘p yillik o‘simliklar” subschyotlarida, 0200-

“Аsosiy vositalarning amortizatsiyasi” schyotining 0270

-“Ishchi va mahsuldor

hayvonlarining eskirishi”, 0280-“Ko‘p yillik o‘simliklarni eskirishi” subschyotlarida

3

Muallif ishlanmasi

Tayanch so‘zlar

Ta’rifi

Biologik aktiv

Tirik hayvon yoki o‘simlik

Biologik aktivlar guruhi

O‘xshash tirik hayvonlar yoki o‘simliklar guruhi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari

Korxona biologik aktivlari mahsulotlarini yig‘ish

Qishloq xo‘jaligi

mahsulotlarini yig‘ish

Mahsulotni biologik aktivdan ajratish yoki biologik aktivning
hayotiy jarayonlarini tugatish

Faol bozor

Bu quyidagi shartlarning barchasi mavjud bo‘lgan bozor: bozorda
sotiladigan tovarlar bir xil; tayyor xaridor va sotuvchilarni odatda
istalgan vaqtda topish mumkin. Narxlar haqidagi ma’lumotlar
hamma uchun ochiqdir

Balans qiymati

Aktivning balansda ko‘rsatilgan miqdori

Adolatli qiymat

Muvaffaqiyatli, manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi bitimda aktiv
almashtish yoki majburiyatni to‘lash mumkin bo‘lgan qiymat.


background image

463

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

aks etirilgan.

Lekin shuni alohida takidlash kerakki, 5-son BHMS va 41-son MHXS

“Qishloq xo‘jaligi” talablari o‘rtasida bilan ziddiyatlar mavjud. Shu sababli ham
xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi
schyotlar rejasiga ishchi schyotlar, ya’ni 0100-“Asosiy vositalar” tarkibiga kiruvchi
0171-chorvachilik biologik aktivlari, 0181-o‘simlikchilik biologik aktivlari
schyotlari kiritishni taklif etamiz.

41-son IAS “Qishloq xo‘jaligi” qoidalarini respublikamiz amaliyotiga

to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash imkoniyati mavjud emas. Buning uchun xalqaro
amaliyotdan foydalangan Biologik aktivlar buxgalteriya hisobida olib borilgan
tadqiqot asosida quyidagicha xulosa berildi.

Milliy hisob tizimida qishloq xo‘jaligiga faoliyati bilan bog‘liq asosiy vositalar

qiymatini baholash 5-son BHMS «Asosiy vositalar»ga muvofiq umumbelgilangan
tartibda amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobi qonunchiligi va milliy standartlarda
biologik aktivlar tushunchasi boshqacha talqinda berilgan:, jumladan, 21-son

BHMSda (Xo‘jalik yurituvchi subʼektlar moliyaviy

-xo‘jalik faoliyatining

buxgalteriya hisobi schyotlar rejasini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma, 1-bo‘lim, 2-
band) “Ishchi va mahsuldor hayvonlar”, “Ko‘p yillik o‘simliklar” va “O‘stirishdagi
va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi schyotlar” nomi bilan hisobga olinadi.
Qishloq xo‘jaligi hosiliga kiruvchi bir yillik o‘simliklar (paxta, g‘alla va boshq.)
bunda hisobga olinmagan.

Bizning fikrimizcha, Respublikamiz qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan bog‘liq

korxonalar uchun “Qishloq xo‘jaligi” nomli 41-sni BHXS negizida Agrar soha uchun
“Biologik aktivlar hisobi” yoki shunga o‘xshash modefikatsiyalashgan standartni
ishlab chiqish zarur deb hisoblaymiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”. 2020 24 fevral.

2.

Астахов В.П. Бухгалтерский учёт: внеоборотные активы и ценные

бумаги.

-

М.: Гардарика, Экспертное бюро, 1997.

с. 400;

3.

Балакирева Н.М. Нематериальные активы: учёт, аудит, анализ.

Учебное пособие.

-

М.: изд

-

во Эксмо, 2005.

-

с. 416;

4.

Ван Хорн Дж. К. Основы управления финансами: пер. с анг. / Гл. ред.

серии Я.В.

5.

В.М.Витальевна развитие организационно

-

методического обеспечения

управленческого учета биологических активов Автореферат диссертации д.э.н.

Воронеж

– 2022.

6.

Додонов А.А. Амортизация и износ основных средств.

-

М.: изд

-

во


background image

464

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Московского технологического института, 1

994. –

с. 168;

7.

Л.И.Куликова Концепция бухгалтерского учета долгосрочных

материальных активов в коммерческих организациях. Автореферат

диссертации д.э.н. Казан:

-

2001г

.

8.

Abduxalimovna, A. Z., & Nabiyevich, I. I. (2021). Organization of Long-

Term Asset Accounting on the Basis of International Standards. Central Asian
Journal of Innovations on Tourism Management and Finance, 2(11), 86-92.

9.

Qudbiyev, N. T., Axmadaliyeva, Z. A., & No, D. M. O. G. L. (2022). SOLIQ

YUKINING BIZNES UCHUN AHAMIYATI. Scientific progress, 3(3), 699-708.

10.

Axmadaliyeva, Z.A. (2023). MHXS ASOSIDA INVESTITSION

MULKLARNI HISOBGA OLISHNING OʻZIGA XOSLIGI. Oriental renaissance:

Innovative, educational, natural and social sciences, 3(5), 801-811.

11.

Z.A. Axmadaliyeva XALQARO VA MILLIY STANDARTLARGA KO‘RA

BIOLOGIK AKTIVLAR HISOBINING MUAMMOLI MASALALARI Raqamli
iqtisodiyot ilmiy-elektron jurnal 7 (50), 498.

12.

Z.A. Axmadaliyeva Biologik aktivlar buxgalteriya hisobni milliy va xalqaro

standartlarga muvofiq takomillashtirish masalalari. YASHIL IQTISODIYOT VA
TARAQQIYOT 1 (4), 27-31 2024.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”. 2020 24 fevral.

Астахов В.П. Бухгалтерский учёт: внеоборотные активы и ценные

бумаги. - М.: Гардарика, Экспертное бюро, 1997. – с. 400;

Балакирева Н.М. Нематериальные активы: учёт, аудит, анализ.

Учебное пособие. - М.: изд-во Эксмо, 2005.- с. 416;

Ван Хорн Дж. К. Основы управления финансами: пер. с анг. / Гл. ред.

серии Я.В.

В.М.Витальевна развитие организационно-методического обеспечения

управленческого учета биологических активов Автореферат диссертации д.э.н.

Воронеж – 2022.

Додонов А.А. Амортизация и износ основных средств. - М.: изд-во

Московского технологического института, 1994. – с. 168;

Л.И.Куликова Концепция бухгалтерского учета долгосрочных

материальных активов в коммерческих организациях. Автореферат

диссертации д.э.н. Казан: - 2001г.

Abduxalimovna, A. Z., & Nabiyevich, I. I. (2021). Organization of LongTerm Asset Accounting on the Basis of International Standards. Central Asian

Journal of Innovations on Tourism Management and Finance, 2(11), 86-92.

Qudbiyev, N. T., Axmadaliyeva, Z. A., & No, D. M. O. G. L. (2022). SOLIQ

YUKINING BIZNES UCHUN AHAMIYATI. Scientific progress, 3(3), 699-708.

Axmadaliyeva, Z.A. (2023). MHXS ASOSIDA INVESTITSION

MULKLARNI HISOBGA OLISHNING OʻZIGA XOSLIGI. Oriental renaissance:

Innovative, educational, natural and social sciences, 3(5), 801-811.

Z.A. Axmadaliyeva XALQARO VA MILLIY STANDARTLARGA KO‘RA

BIOLOGIK AKTIVLAR HISOBINING MUAMMOLI MASALALARI Raqamli

iqtisodiyot ilmiy-elektron jurnal 7 (50), 498.

Z.A. Axmadaliyeva Biologik aktivlar buxgalteriya hisobni milliy va xalqaro

standartlarga muvofiq takomillashtirish masalalari. YASHIL IQTISODIYOT VA

TARAQQIYOT 1 (4), 27-31 2024.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари