AHOLI DAROMADLARI TARKIBIDAGI O‘ZGARISHLAR VA TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISHNING ZAMONAVIY JIHATLARI

Аннотация

Maqolada aholi daromadlari va uning tarkibi nazariy jihatdan
o‘rganilgan, turmush farovonligi va daromadlar darajasi mutanosibligi tadqiq qilingan.
Aholi daromadlarining shakllanishi va farqlanish darajasini kamaytirishga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillar o‘rganilib, munosib turmush darajasini ta’minlashning zamonaviy
iqtisodiy vositalar tadqiq etilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
345-353
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Эргашева N. (2025). AHOLI DAROMADLARI TARKIBIDAGI O‘ZGARISHLAR VA TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISHNING ZAMONAVIY JIHATLARI. Цифровая экономика, 9(9), 345–353. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/digital-economy/article/view/128271
Нафиса Эргашева , Джизакского филиала Национального университет
Исследователь
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada aholi daromadlari va uning tarkibi nazariy jihatdan
o‘rganilgan, turmush farovonligi va daromadlar darajasi mutanosibligi tadqiq qilingan.
Aholi daromadlarining shakllanishi va farqlanish darajasini kamaytirishga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillar o‘rganilib, munosib turmush darajasini ta’minlashning zamonaviy
iqtisodiy vositalar tadqiq etilgan.


background image

345

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

AHOLI DAROMADLARI TARKIBIDAGI O‘ZGARISHLAR VA TURMUSH

FAROVONLIGINI OSHIRISHNING ZAMONAVIY JIHATLARI

Ergasheva Nafisa Baxriddinovna

O‘zbekiston Milliy universiteti, Jizzax filiali tadqiqotchisi

nafisaergasheva152@gmail.com

Annotatsiya

: Maqolada aholi daromadlari va uning tarkibi nazariy jihatdan

o‘rganilgan, turmush farovonligi va daromadlar darajasi mutanosibligi tadqiq qilingan.
Aholi daromadlarining shakllanishi va farqlanish darajasini kamaytirishga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillar o‘rganilib, munosib turmush darajasini ta’minlashning zamonaviy
iqtisodiy vositalar tadqiq etilgan.

Kalit so‘zlar: aholi daromadlari, ijtimoiy siyosat, turmush darajasi, barqaror

iqtisodiy o‘sish, daromadlar tabaqalanishi, tadbirkorlik, tadbirkorlik ko‘nikmalari.

СОВРЕМЕННЫЕ АСПЕКТЫ ИЗМЕНЕНИЙ В СТРУКТУРЕ ДОХОДОВ

НАСЕЛЕНИЯ И ПОВЫШЕНИЯ УРОВНЯ ЖИЗНИ

Эргашева Нафиса Бахриддиновна

Исследователь Джизакского филиала Национального университета

Узбекистана

nafisaergasheva152@gmail.com

Аннотация:

В данной статье теоретически изучены доходы населения и

их структура, исследовано соответствие уровня благосостояния и доходов.

Рассмотрены факторы, влияющие на формирование доходов населения и

снижение уровня их дифференциации, а также современные экономические

инструменты обеспечения достойного уровня жизни.

Ключевые слова:

доходы населения, социальная политика, уровень

жизни, устойчивый экономический рост, дифференциация доходов,

предпринимательство, предпринимательские навыки.

MODERN ASPECTS OF CHANGES IN THE STRUCTURE OF

POPULATION INCOME AND IMPROVING LIVING STANDARDS

Nafisa Baxriddinovna Ergasheva

Researcher at the Jizzakh Branch of the National University of Uzbekistan


background image

346

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

nafisaergasheva152@gmail.com

Abstract:

This article theoretically examines the income of the population and

its structure, analyzing the correlation between living standards and income levels.
Factors influencing the formation of population income and reducing income
disparities are studied, along with modern economic tools for ensuring a decent
standard of living.

Keywords: population income, social policy, living standards, sustainable

economic growth, income differentiation, entrepreneurship, entrepreneurial skills.

KIRISH

Jahon miqyosida aholining daromadlilik darajasi kishilar turmush

farovonligining asosiy omillardan biri bo‘lib, ijtimoiy siyosatda uning daromadlarni
barqaror shakllantirish va farqlanish darajasini kamaytirish muhim ahamiyat kasb
etadi. Shundan kelib chiqan holda, aholi daromadlari o‘rtasidagi tafovutni kamaytirish
turli ijtimoiy qatlamlar o‘rtasida teng taqsimlash orqali ijtimoiy sohalar va ish haqi va
boshqa daromadlarning farqlanish darajasini kamaytirishni ta’minlashni
takomillashtirish singari ilmiy muammolarni tadqiq etish muhim ahamiyatga egadir.

Jahon banki tomonidan e’lon qilingan kambag‘allikka qarshi kurash

loyihasining maqsadi birinchidan, 2030-yilga borib kambag‘al qatlamni dunyo
aholisining 3 foizdan kam bo‘lishiga erishish, ikkinchidan har bir mamlakat aholisining
juda kambag‘al qatlami daromadlarini oshirishdan iborat [1].

Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda ham amalga oshirilayotgan ijtimoiy-

iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri aholi real daromadlarini izchil
oshirish va ularning ijtimoiy qatlamlaridagi daromadlar tengsizligini kamaytirish
bo‘lib, kambag‘allik ta’siri doirasiga tushib qolish ehtimoli yuqori bo‘lgan aholi
orasida daromadlarini oshirishga har tomonlama ko‘maklashish bo‘yicha innovatsion
tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Shu
o‘rinda milliy rivojlanishning yangi davrida daromadlarning farqlanishi, holati va
istiqbollari, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholi daromadlarni oshirish
bilan bog‘liq muammolar aholi turmush sifatini yaxshilash, kambag‘allikni
kamatirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy va ilmiy tadqiqotlar ijtimoiy
yo‘naltirilgan raqamli iqtisodiyot talablari asosida yetarlicha olib borilmaganligi
tadqiqotning dolzarbligini yanada oshiradi.

Iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan davrda tarmoqlar va sohalarda

islohotlarning natijadorligi aholi turmush tarzining yaxshilanishida o‘z aksini topadi.
Mazkur vazifalarni hal etishda iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish jarayonlarini
takomillashtirish, mamlakat iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga ta’sir ko‘rsatuvchi milliy
mahsulot hajmi va daromadning ko‘payishiga, resurslardan unumli foydalanishga


background image

347

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

ta’sir etuvchi omillar asosida aholi turmush sifatini yaxshilash kabi yo‘nalishlarda
tadqiqotlarni chuqurlashtirish maqsadga muvofiq. Aholi daromadlarining shakllanishi
– davlatning iqtisodiy jihatdan rivojlanishining real darajasi hamda ijtimoiy adolat
darajasi yaqqol namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan jamiyatning muhim
omillaridan biri mavjud iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga imkon beruvchi
adolat tamoyillari hisoblanadi. Shu o‘rinda davlat va hukumat tomonidan bu boradagi
vazifalarga alohida e’tibor berilayotganligini ta’kidlash lozim.

METODOLOGIYA

Tadqiqot jarayonida aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tahlil va sintez,

induksiya va deduksiya, mantiqiy va taqqoslama tahlil kabi usullardan foydalanildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

«O‘zbekiston - 2030» strategiyasida: “...barqaror iqtisodiy o‘sish orqali

daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish, aholi talablariga
va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya
tizimini tashkil qilish, aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish, xalq
xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish, mamlakatning suvereniteti va
xavfsizligini kafolatli ta’minlash” belgilangan [2].

2022–2026-

yillarga mo‘lϳallangan Υangi Ο‘zƅekistοnning Taraqqiyοt

strategiyasining 21-maqsadida: “

milliy iqtisοdiyοtni ϳadal rivojlantirish va yuqοri

ο‘sish sur’atlarini ta’minlash uchun iqtisοdiyοt tarmoqlarida ƅarqarοr yuqοri ο‘sish

sur’atlarini ta’minlash οrqali kelgusi ƅesh yilda aholi ϳοn ƅοshiga yalpi ichki

mahsulοtni

1,6 ƅaravar va 2030

-

yilga ƅοriƅ aholi ϳοn ƅοshiga tο‘g‘ri keladigan

darοmadni 4 ming ΑQSh dollaridan οshirish hamda “darοmadi ο‘rtachadan yuqοri

ƅo‘lgan davlatlar”

qatοriga kirish uchun zamin yaratish, makrοiqtisοdiy ƅarqarοrlikni

ta’minlash va yillik inflyatsiya daraϳasini

2023-

yilgacha ƅοsqichma

-

ƅοsqich

5

fοizgacha pasaytirish alοhida ƅelgilangan”

[3].

Olimlarning fikricha “Respublikamizda bozor munosabatlari asosida

iqtisodiyotning rivojlanishiga o‘tilishi daromadlar tengsizligini yanada kuchaytirdi.
Davlat daromadlarni boshqarish va tartibga solishda shunga e’tibor berishi zarurki,
hususiylashtirish jarayonida sodir bo‘layotgan mulkning qayta taqsimlanishi aholining
ma’lum guruhlari uchun mulkdan daromad chiqarish imkoniyatlarini vujudga keltirdi.
Ayniqsa sarmoyaning dastlabki to‘planishi jarayonida ko‘p sonli suiiste’molliklar
sodir bo‘ladi hamda ayrim tabaqalar qo‘lida osonlik bilan daromad to‘planishiga
imkoniyatlar vujudga keladi” [4].

“O‘zbekiston Respublikasi uchun qashshoqlik chizig‘i – kuniga 3,2 dollardan

kam pulga yashash degani, misol uchun besh kishidan iborat oilaning yalpi daromadi
oyiga 480 dollar yoki 4,6 million so‘mdan kam bo‘lsa, bu oilani kambag‘al deb
hisoblash mumkin. Tadqiqotlarga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatimizda 46 turdagi


background image

348

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

mahsulot va birlamchi xizmatlar kiritilgan iste’mol savatchasi 650 ming so‘m, hayot
kechirishning eng quyi darajasi 810 ming so‘m atrofida hisoblab chiqilgan” [5]. Biroq,
iste’mol savatchasi yosh, jins, mavsumiylik nuqtai nazaridan farqlanishi mumkin.

Bu tushunchaga yanada aniqlik kiritish maqsadida ifodalash mumkinki, turmush

darajasi tor ma’noda aholining iste’mol ehtiyojlari qondirilganligi, iste’molning
daromad va xarajatlar bilan ta’minlanishini, keng ma’noda insonni rivojlanishi
darajasini (sog‘liq, ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari) va uning yashash shart-
sharoitlarini (atrof-muhit, xavfsizlik maslalari) anglatadi.

Shu o‘rinda e’tirof etish kerakki, aholi turmush darajasining pasayib ketishi

kambag‘allikni ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida iqtisodiy rivojlanish jarayonida
moddiy va nomoddiy imtiyozlardan foydalanish va daromadlarni taqsimlashdagi
tengsizlikning oqibati sifatida yuzaga chiqadi. Kambag‘allik darajasi mamlakatning
ishlab chiqarish imkoniyatlarida va aholining turmush tarzida ifodalanib, ijtimoiy
masala sifatida deyarli barcha iqtisodiy tizimlarda namoyon bo‘ladi.

Turmush darajasining asosiy ko‘rsatkichlari (indikatorlari) aholi daromadlari

bo‘lib, akademik, Q.X.Abdurahmonov “turmush darajasi” tushunchasining mazmunini
iste’mol sohasi bilan cheklaydigan mualliflar nuqtai-nazarini to‘g‘ri deb hisoblaydi.
Uning fikricha, turmush darajasi deganda, aholining zarur moddiy va nomoddiy
ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlanish darajasi, ularni iste’mol qilish darajasi
tushuniladi [6].

Yuqorida keltirilgan nazariy qarashlarga qo‘shilgan holda, quyidagi mualliflik

ta’rifini ilgari suramiz: aholi daromadlari iqtisodiy kategoriya sifatida, yangidan
yaratilgan qiymatni o‘zlashtirish, taqsimlash va qayta taqsimlashda bevosita xo‘jalik
yurituvchi subyekt, davlat o‘rtasida vujudga keluvchi umumiy munosabatlarni
ifodalaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Jahon amaliyotida aholining turmush darajasi va turmush sifatini baholash

uchun ularning daromadlari miqdoridan foydalaniladi. Ushbu daromadlar yoki joriy
xarajatlarni qoplash, yoxud pul mablag‘larini jamg‘arish uchun ishlatiladi. Joriy
xarajatlarga oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turar joy, kommunal xizmatlar, uy
jihozlari, sog‘liqni saqlash, transport, aloqa, ta’lim, madaniyat, jismoniy tarbiya va
sport, dam olish va sayyohlik, boshqa xizmatlar va ne’matlar uchun xarajatlar kiradi.

Aholining jamg‘armalari daromadlar va joriy xarajatlar o‘rtasidagi farqdan

iborat hamda sifat o‘zgarishlarini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlarda
uning tarkibiy qismlarini aniqlash ham uslubiy, ham amaliy jihatdan dolzarb ahamiyat
kasb etadi, turmush farovonligi va daromadlar darajasi mutanosibligi quyidagi rasmda
umumlashtirilgan (1-rasm).


background image

349

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

1-rasm. Turmush farovonligi va daromadlar darajasi mutanosibligi

1

Har bir mamlakat uchun joriy xarajatalarning o‘z xususiyatlari mavjudligini

alohida ta’kidlash lozim, daromadlar shakllanishida hududlar o‘rtasidagi mavjud
farqlar bir nechta omillar bilan izohlanadi.

O‘zbekiston misolida hududni harakterlovchi asosiy tabiiy boyliklar hamda

mazkur hududga hukumat tomonidan qaratilgan e’tibor (investitsiyalar, infrastruktura
va h.k.) daromadlar shakllanishi va bu borada hududlar o‘rtasidagi farqlarning kelib
chiqishida hal qiluvchi omillar bo‘lib hisoblanadi.

Ma’lumki, mulkchilik shaklining o‘zgarib borishi xo‘jalik yuritish shakllarining

va pul daromadlarining tarkiban o‘zgarishiga olib keldi, natijada absolyut darajada
aholi daromadlarining tarkibi bir necha martaga oshib, pul daromadlari o‘zgarib boradi,
shu o‘rinda mamlakatimizda aholi daromadlarining o‘zgarishi tahlil qilindi (1-jadval).

1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, milliy iqtisodiyotning yangi tarkibiy o‘zgarishi

daromadlar tarkibini ham bevosita o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi, jumladan, aholi
umumiy daromadlari 2023-yilda 728826,1 mlrd. so‘mdan hisobot yilida 764574,0
mlrd. so‘mgacha oshib borgan, yoki 126, 3 % ga oshgan. Aholi jon boshiga umumiy
daromadlar esa 2024-yilda 20638,7 ming so‘mga oshib, 110,0 % ga teng bo‘lgan.

1

Muallif ishlanmasi

Aholi jon boshiga o‘rtacha nominal va real

daromadlar

Turmush farovonligi va daromadlar darajasi

mutanosibligi

Daromadlar darajasi va ularning jamiyatda

taqsimlanishi

Daromadlar tabaqalanishining

ko‘rsatkichlari

Nominal va real o‘rtacha ish xaqi

O‘rtacha va real pensiya miqdorining

o‘zgarishi

Kambag‘allik darajasininng kamayishi

Eng kam miqdordan past daromadga ega

aholi salmog‘i

Ish xaqi, pensiya, nafaqalarning miqdori

Daromadlar tengsizligi kamayishi

Iqtisodiy o‘sish sifati va uning ijobiy

darajasi


background image

350

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

1-jadval

O‘zbekiston Respublikasida 2020-2024-yillarda aholi jon boshiga umumiy va

real daromadlarining o‘zgarish salmog‘i

2

Ko‘rsatkichlar

nomi

2020 y.

2021 y.

2022 y.

2023 y.

2024 y.

Aholi umumiy

daromadlari, mlrd.

so‘m

420338,3

515660,7

633567,4

728826,1

764574,0

O‘tgan yilga

nisbatan, % da

113,5

125,1

122,0

115,1

126,3

Aholi jon boshiga

umumiy

daromadlar, ming

so‘m

10734,3

13416,8

15948,3

18201,2

20638,7

O‘tgan yilga

nisbatan, % da

98,6

110,7

107,3

102,4

109,9

Aholi real umumiy

daromadlari, mlrd.

so‘m

367456,6

468448,4

568527,8

662749,9

746463,6

O‘tgan yilga

nisbatan, % da

100,5

112,9

109,5

104,6

114,3

Aholi jon boshiga

real umumiy

daromadlar, ming

so‘m

10734,3

13416,8

15948,3

18201,2

21634,1

O‘tgan yilga

nisbatan, % da

98,6

110,7

107,3

102,4

116,5

Qayd etish kerakki, turmush darajasini umuman real daromad emas, aholi jon
boshiga to‘g‘ri keladigan real daromad tashkil qilib, daromadlarning oshib borishi
barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi, aholining harid qobiliyatini ortishi natijasida
ijtimoiy farovonlikni ta’minlashga erishiladi. “Turmush darajasi: – tor ma’noda
aholining iste’mol ehtiyojlari qondirilganligi, iste’molning daromad va xarajatlar bilan
ta’minlanishini; keng ma’noda insonni rivojlanishi darajasini (sog‘lik, ehtiyojlarni
qondirish imkoniyatlari) va uning yashash shart -sharoitlarini anglatadi [7].

Aholi daromadlarining tabaqalanish holatini quyidagi indikatorlar orqali

baholash mumkin:

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan

tayyorlangan.


background image

351

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

- daromadlar tabaqalanishining desil koeffitsienti – 10 foiz yuqori darajada

ta’minlanganlarning va 10 foiz kam ta’minlanganlarning maksimal daromadlari
o‘rtasidagi nisbat;

- daromadlar tabaqalanishining kvintil koeffitsienti – 20 foiz yuqori darajada

ta’minlanganlarning va 20 foiz kam ta’minlanganlarning minimal daromadlari
o‘rtasidagi nisbat;

- fondlar koeffitsienti – eng yuqori daromad oluvchi va eng kam daromadga ega

bo‘lgan aholi o‘rtasidagi nisbat;

- djini koeffitsienti (daromadlar konsentratsiyasi koeffitsienti) – aholining turli

ijtimoiy guruhlari o‘rtasida daromadlarning taqsimlanishini tavsiflovchi indikator;

- daromadlar (ish haqi) tabaqalanishi – iqtisodiyot tarmoqlari yoki mamlakat

hudud va mintaqalari bo‘yicha ish haqi (aholi daromadlari) tengsizligini tavsiflovchi
indikator;

- o‘rtacha va minimal ish haqi o‘rtasidagi nisbat – aholining ijtimoiy

guruhlarining daromad manbalari tengsizligini tavsiflovchi indikator.

Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar shaxsiy daromadlar tarkibida

o‘zgarishlarga ham olib kelib, bunga bozor munosabatlarining rivojlanish darajasi va
aholi turmush tarziga qarab o‘zgaradi. “Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy
daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning yalpi
ichki mahsulotdagi ulushini 80 % ga va eksportdagi ulushini 60% ga yetkazish
belgilangan” [8].

Keyingi yillarda nodavlat sektorining oshib borishi bozor daromadlarining jami

daromaddagi salmog‘i besh barobardan oshdi, Bu nodavlat sektorida ishlab
chiqarishga nisbatan xizmat ko‘rsatish aholi uchun serdaromdli sohaga aylanib
borishidan dalolat beradi. Bu daromad tarkibidagi siljishlar mulkchilikning o‘zgarishi
va biznes faoliyatining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, daromadlarga ikki yo‘nalishda
ta’sir ko‘rsatib – birinchisi tadbirkorlik, ikkinchisi mulkdan kelgan daromad. Davlat
tomonidan biznesning qo‘llab-quvvatlanishi o‘z ichki resurslari hisobidan rivojlanish
imkoniyatiga ega bo‘ladi, bu esa tadbirkorlik daromadining aholi yalpi daromadidagi
ko‘rsatkichlarining oshib borishiga sabab bo‘ldi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Daromadlar shakllanishida BMT, Jahon banki mutaxassislarining ta’kidlashicha

barcha davlatlarda daromadlar taqsimoti va qayta taqsimlash jarayoni faollashib
boradi, natijada iqtisodiyotning o‘zgarishi siklligi va tarkibiy o‘zgarishlar
daromadlarning shakllanishi va taqsimlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.

Iqtisodiyotda rejalashtirilgan tizimda aholi daromadlari xilma-xilligiga erishish

qiyin, asosan ish haqi hamda ijtimoiy iste’mol fondlari orqali topilgan bo‘lsa, iqtisodiy
islohotlar davrida daromad topishning yangi noan’anaviy yo‘llari ham kirib kelib,


background image

352

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

daromadlarning cheksizligi, iqtisodiy faoliyatning erkinlashuvi va tabaqalanishuvi
kuchayishiga olib keladi.

Mamlakatimizda aholi daromadlari tarkibidagi o‘zgarishlar va turmush

farovonligini oshirish zamonaviy jihatlarini tadqiq qilishda oilalarning “Mahallabay”
ishlash tizimida ustuvor yo‘nalishlarga e’tibor qaratish, oilalarning daromad
manbalarini, shu jumladan, tomorqa yerlardan foydalanish hamda daromadli mehnatga
bo‘lgan intilishi va ehtiyojlarini «xonadonbay» o‘rganish, ishsizlarni kasb-hunar va
innovatsion tadbirkorlikka o‘rgatuvchi kurslarga yo‘naltirish, mehnat faoliyati bilan
shug‘ullanishga amaliy ko‘maklashish maqsadga muvofiq.

Kambag‘allikni qisqartirish

bo‘yicha yaqin istiqbolga mo‘ljallangan dasturlar orqali kambag‘allikka qarshi
kurashishda institutsional va tizimli yondashuv asosida ilg‘or xorijiy tajriba, xalqaro
me’yorlar, aniq mezonlar va baholash usullariga asoslangan zamonaviy yondoshuvlar
yaxshi samara beradi, shuningdek, aholining daromadli mehnat bilan bandligini
ta’minlash mexanizmlari

insonlarni kambag‘allikka olib keluvchi bir nechta muhim

omillarni bartaraf etish, yoshlar va xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini amalga
oshirishga moliyaviy ko‘maklashish kambag‘allik toifasiga tushish ehtimoli yuqori
bo‘lgan aholi guruhini manzilli qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayni vaqtda aholi daromadlarlari,turmush farovonligini oshirish uchun

innovatsion tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda ustuvor
vazifalardan biri bo‘lib, mazkur sohada kichik va o‘rta tadbirkorlik faoliyatini tashkil
etish va boshqarish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

- har bir hududning iqtisodiy, tabiiy, ijtimoiy va demografik shart-sharoitlarini

o‘rganib, bu borada kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari tuzilmalarini tashkil etish
asosida oqilona bandlikni ta’minlash;

- iqtisodiy taraqqiyotini hisobga olgan holda, hududlarda bozor infratuzilmasi

tashkil etilishining sub’ektiv omillarini nazarda tutib, rivojlantirishda kichik va o‘rta
tadbirkorlikni muntazam, davomli faoliyat ko‘rsatishiga erishish;

- sanoat korxonalarini rivojlantirishda qishloq joylarining hududiy xom ashyo,

ishchi kuchi, mehnat resurslari va ularning mobilligi hamda tabiiy resurslarni inobatga
olish;

- innovatsion tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy samaradorligiga erishish

chora-tadbirlarini amalda qo‘llash;

- hududlarda aholi daromadlari va to‘lov qobiliyatini kichik biznesni

rivojlantirish hisobiga oshirishga erishish;

- kichik va o‘rta biznes subyektlarining mahalliy xom ashyolardan foydalangan

holda mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishining salmog‘ini oshirish.


background image

353

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. The world Bank: World Development Indicators. http//data.worldbank.

org/indicator.

2 . O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-

son «O‘zbekiston - 2030» Strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni. (Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2023 y., 06/23/158/0694-son; 29.12.2023 y.,
06/23/214/098

3.

Ο‘zƅekistοn Respuƅlikasi Ρrezidentining 2022

-yil 28-

yanvar, ΡF

–60-

sοn

2022 – 2026-yillarga mo‘l

ϳallangan “Υangi Ο‘zƅekistοnning Taraqqiyοt strategiyasi

tο‘g‘risida”gi Farmoni (Qοnunchilik ma’lumotlari milliy ƅazasi, 29.01.2022 y.,

06/22/60/0082-

sοn).

4. Boyev X.I., Adilov B.B. Aholi daromadlarini davlat tomonidan boshqarish

zaruriyati. Iqtisod va moliya. 2018, 5 – 58 b.

5. Jumayev N. Koronavirus ortidagi iqtisodiy muammolar, kambag‘allik,

oshayotgan tashqi qarz va YeOII. 16.04.2020.

https://kun.uz

6. Abduraxmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti. Toshkent, “Mehnat” 2009. 357- b.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi farmoni.
https://lex.uz/docs/5841063

8. Rustamov N.I., Aholi turmush darajasi va O‘zbekistonda uni oshirish

imkoniyatlari, “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 5,

sentyabr-oktyabr, 2015.

Библиографические ссылки

The world Bank: World Development Indicators. http//data.worldbank.

org/indicator.

. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-

son «O‘zbekiston - 2030» Strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni. (Qonunchilik

ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2023 y., 06/23/158/0694-son; 29.12.2023 y.,

/23/214/098

Ο‘zƅekistοn Respuƅlikasi Ρrezidentining 2022-yil 28-yanvar, ΡF–60-sοn

– 2026-yillarga mo‘lϳallangan “Υangi Ο‘zƅekistοnning Taraqqiyοt strategiyasi

tο‘g‘risida”gi Farmoni (Qοnunchilik ma’lumotlari milliy ƅazasi, 29.01.2022 y.,

/22/60/0082-sοn).

Boyev X.I., Adilov B.B. Aholi daromadlarini davlat tomonidan boshqarish

zaruriyati. Iqtisod va moliya. 2018, 5 – 58 b.

Jumayev N. Koronavirus ortidagi iqtisodiy muammolar, kambag‘allik,

oshayotgan tashqi qarz va YeOII. 16.04.2020. https://kun.uz

Abduraxmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti. Toshkent, “Mehnat” 2009. 357- b.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi farmoni.

https://lex.uz/docs/5841063

Rustamov N.I., Aholi turmush darajasi va O‘zbekistonda uni oshirish

imkoniyatlari, “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 5,

sentyabr-oktyabr, 2015.