Авторы

  • Комила Нуралиева
    кафедры менеджмента Международной школы финансов, технологий и науки

Биография автора

  • Комила Нуралиева , кафедры менеджмента Международной школы финансов, технологий и науки
    Преподаватель

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.digital-economy.127758

Ключевые слова:

Barqaror energiya qayta tiklanadigan energiya manbalari quyosh energiyasi shamol energiyasi gidroenergiya muqobil energiya energiya xavfsizligi ekologik barqarorlik iqtisodiy diversifikatsiya iqlim oʻzgarishi.

Аннотация

Mazkur maqolada Oʻzbekistonning barqaror energiyaga oʻtish
jarayoni, qayta tiklanadigan energiya manbalarining roli, rivojlantirish imkoniyatlari
va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilingan. Quyosh, shamol va suv
energiyasi kabi muqobil energiya manbalari, ularning iqtisodiy va ekologik afzalliklari
haqida soʻz boradi. Shuningdek, mavjud toʻsiqlar va kelgusidagi istiqbollar ham
oʻrganilgan.


background image

354

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

O‘ZBEKISTONNING BARQAROR ENERGIYAGA O‘TISHI

Nuraliyeva Komila Sanakulovna

“International School of Finance and Technology and Science” instituti,

Menejement kafedrasi o‘qituvchisi

komilanur20@gmail.com

Annotatsiya:

Mazkur maqolada Oʻzbekistonning barqaror energiyaga oʻtish

jarayoni, qayta tiklanadigan energiya manbalarining roli, rivojlantirish imkoniyatlari
va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilingan. Quyosh, shamol va suv
energiyasi kabi muqobil energiya manbalari, ularning iqtisodiy va ekologik afzalliklari

haqida soʻz boradi. Shuningdek, mavjud toʻsiqlar va kelgusidagi istiqbollar ham

oʻrganilgan.

Kalit so‘zlar: Barqaror energiya, qayta tiklanadigan energiya manbalari,

quyosh energiyasi, shamol energiyasi, gidroenergiya, muqobil energiya, energiya
xavfsizligi, ekologik barqarorlik, iqtisodiy diversifikatsiya, iqlim oʻzgarishi.

ПЕРЕХОД К ЧИСТОЙ ЭНЕРГИИ В УЗБЕКИСТАНЕ

Нуралиева Комила Санакуловна

Преподаватель кафедры менеджмента Международной школы финансов,

технологий и науки

komilanur20@gmail.com

Аннотация:

В

данной статье рассматривается переход Узбекистана к

устойчивой энергетике, роль возобновляемых источников энергии, возможности

их развития и предпринимаемые меры. Освещаются такие альтернативные

источники энергии, как солнечная, ветровая и гидроэнергия, их экономические

и экологические преимущества. Кроме того, анализируются существующие

препятствия и будущие перспективы.

Ключевые слова

:

Устойчивая энергетика, возобновляемые источники

энергии, солнечная энергия, ветровая энергия, гидроэнергия, альтернативная

энергия, энергетическая безопасность, экологическая устойчивость,

экономическая диверсификация, изменение климата.

CLEAN ENERGY TRANSITION IN UZBEKISTAN

Nuraliyeva Komila Sanakulovna


background image

355

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Lecturer at the Department of Management, International School of Finance and

Technology and Science

komilanur20@gmail.com

Abstract:

This article examines Uzbekista

n’

s shift to sustainable energy,

focusing on the role of renewable energy sources, development opportunities, and
ongoing initiatives. It highlights alternative energy resources such as solar, wind, and
hydropower, emphasizing their economic and environmental advantages. Additionally,
it addresses current barriers and future prospects in the transition process.

Keywords:

Sustainable energy, renewable energy sources, solar energy, wind

energy, hydropower, alternative energy, energy security, ecological sustainability,
economic diversification, climate change.

KIRISH

Hozirgi davrda energetika sohasidagi dolzarb masalalardan biri barqaror

energiya tizimlarini yaratish va qayta tiklanadigan manbalardan oqilona

foydalanishdir. Iqlim oʻzgarishining taʼsirini yumshatish, ekologik muvozanatni

saqlash va energiyaga boʻlgan ehtiyojning ortishi jahon davlatlarini anʼanaviy yoqilgʻi

manbalaridan uzoqlashib, muqobil energiya manbalariga oʻtishga undamoqda.

Oʻzbekiston tabiiy boyliklarga ega mamlakat sifatida ushbu global

oʻzgarishlardan orqada qolmaslikni maqsad qilgan. Mamlakatning quyoshli hududlari,

shamol kuchi bilan ajralib turuvchi mintaqalari va suv resurslari qayta tiklanadigan
energiya sohasida katta imkoniyatlarni taqdim etadi. Shu bilan bir qatorda, energiya

isteʼmolini optimallashtirish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash mamlakat

siyosatining ustuvor yoʻnalishlar

idan biri sifatida belgilangan.

Oʻzbekistonning barqaror energiya tizimlariga oʻtishi boʻyicha keyingi yillarda

bir qator ahamiyatli qarorlar va tashabbuslar qabul qilindi. Ular milliy iqtisodiyotni

diversifikatsiya qilish, ekologik muvozanatni taʼminlash

va energiya resurslaridan

samarali foydalanishni koʻzda tutadi. Ushbu yoʻnalishda mamlakatimizda bir qancha

chora tadbirlar amalga oshirilib, muhim natijalarga erishilmoqda. Bunga misol qilib,

“Qayta tiklanadigan energiya manbalari toʻgʻrisida” qonuni (201

9)

1

Mazkur qonun

qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni tartibga soluvchi asosiy

hujjatdir. Unga koʻra, davlat qayta tiklanadigan energiya loyihalarini qoʻllab

-

quvvatlaydi va ishlab chiqaruvchilarga iqtisodiy ragʻbatlantiruvchi choralarni t

aqdim

etadi. Bundan tashqari, 2030-

yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining “yashil”

iqtisodiyotga oʻtishini jadallashtirish va ushbu yoʻnalishda islohotlar samaradorligini

oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

2

Bu borada qabul qilingan

1

https://lex.uz/docs/-4346831?ONDATE=07.06.2022

2

https://lex.uz/docs/-6303230


background image

356

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

qonunlarda 2030-yilgacha qayta tiklanadigan energiya manbalarining ulushini umumiy
energiya balansida 25% ga yetkazish maqsadi belgilangan. Ushbu maqsadga

erishishda, ayniqsa, quyosh va shamol energiyasini rivojlantirishga katta eʼtibor

qaratilishi koʻzda t

utilgan.

Ushbu maqolada Oʻzbekistonning barqaror energiya manbalariga oʻtish

jarayoni, mavjud imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan dasturlar va duch kelinayotgan
muammolar tahlil qilinadi. Shuningdek, qayta tiklanadigan energiya manbalarining
iqtisodiy va e

kologik foydalari ham keng koʻlamda koʻrib chiqiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Oʻzbekistonning barqaror energiyaga oʻtishi va qayta tiklanadigan energiya

manbalaridan foydalanish boʻyicha soʻnggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar va

o‘rganishlar, energiya tizimini barqarorlashtirish masalalarini keng muhokama

qilishga imkon yaratmoqda. Ushbu mavzu boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni tahlil

qilish, mamlakatda qayta tiklanadigan energiya manbalarining rivojlanishi va energiya

samaradorligini oshirish boʻyicha eri

shilgan natijalarni ko‘rib chiqish imkonini beradi.

Ko‘plab xalqaro tadqiqotlar barqaror energiya tizimlariga o‘tishning iqtisodiy,

ekologik va ijtimoiy jihatlarini o‘rganishga qaratilgan. Masalan, UNDP (Birlashgan
Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi) va IEA (Xalqaro Energetika Agentligi)
tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar [4], qayta tiklanadigan energiya manbalariga

oʻtishning global iqtisodiyotga ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. O‘zbekistonning energetika

tizimini diversifikatsiya qilish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini
rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining ahamiyati alohida ta’kidlanadi. Bu
manbalar, xususan, quyosh, shamol va gidroenergiya, ekologik xavfsizlikni ta’minlash

va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashishda samarali vositalar

hisoblanadi.

Kichik va o‘rta hajmdagi energetika loyihalarini amalga oshirish

O‘zbekistonning barqaror energiyaga oʻtish jarayonining asosiy komponentlaridan

biridir. Qayta tiklanadigan energiya manbalarining iqtisodiy va ekologik foydalari
haqida yozilgan adabiyotlar, bu sohaning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishga qanday
ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaydi. Masalan, quyosh va shamol energiyasi ishlab chiqarish
energiya narxlarini pasaytirish, sanoatning barqarorligini oshirish va yangi ish
o‘rinlarini yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, bu manbalar atmosferaga
chiqindilarni kamaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga yordam beradi.

O‘zbekistonning qayta tiklanadigan energiya resurslaridan samarali foydalanish

borasidagi ilmiy-tadqiqotlar tez rivojlanib bormoqda. Mamlakatda quyosh energiyasi
sohasida olib borilgan ko‘plab tadqiqotlar, O‘zbekistonning geografik joylashuvi va
iqlim sharoitlarining bu sohada katta potensialga ega ekanligini ko‘rsatmoqda. Quyosh
nurlanishining yuqori darajasi, mamlakatni quyosh energiyasini ishlab chiqarishda
yetakchi davlatlar qatoriga qo‘shilish imkonini beradi.


background image

357

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Shuningdek, shamol energiyasi va gidroenergiya sohalaridagi tadqiqotlar ham

kengayib bormoqda, bu sohalarga bo‘lgan talab va quvvatning ortishi yangi
loyihalarning ishlab chiqilishiga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekistonda shamol
energiyasidan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish uchun turli hududlarda shamol
portlari va stansiyalarini qurish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Gidroenergiya sohasida esa, mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish uchun
yangi texnologiyalarni joriy etish ustida ishlar davom etmoqda.

Bundan tashqari, mamlakatda energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan

ilmiy tadqiqotlar ham kengaymoqda. Energetika tarmoqlarini modernizatsiya qilish va
qayta tiklanadigan energiya manbalarini kengaytirish uchun zarur bo‘lgan yangi
texnologiyalarni joriy etish, kelajakda energiya ishlab chiqarish jarayonlarini samarali
va barqaror qilishga xizmat qiladi. Bu tadqiqotlar natijasida, yangi energiya
manbalarini ishlab chiqish va mavjud resurslarni yanada samarali boshqarish
imkoniyatlari yaratilmoqda.

J.D. Sachs (2015) “The Age of Sustainable Development” nomli ushbu asarda

barqaror rivojlanishning umumiy nazariyalari va ularni turli mamlakatlar sharoitida
qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berilgan [5]. O‘zbekiston uchun ushbu nazariyalarni
energetika sohasiga tatbiq qilish imkoniyatlari muhokama qilinishi mumkin.

N. Karimov, A. Sharipovlarning (2022) ”O‘zbekistonning energetika sektorida

innovatsiyalar” asari [6]. Mahalliy tadqiqot ishlari qatorida bu maqolada energetika
sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qayta tiklanadigan energiya manbalari va
innovatsion texnologiyalar tahlil qilingan.

Xalqaro tajriba va O‘zbekistonning tajribasiga qaraydigan bo‘lsak, ayniqsa,

Yevropa Ittifoqi va AQShda amalga oshirilgan barqaror energiya tizimlariga o‘tishdagi
muvaffaqiyatli tajribalarga qaraydigan bo‘lsak, bu tajribalar O‘zbekistonning qayta
tiklanadigan energiya manbalariga oid siyosatini ishlab chiqishda muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekistonning o‘ziga xos sharoitlari, masalan, quyoshli iqlimi va shamolli hududlari,
ushbu tajribalarni mahalliy sharoitga moslashtirish imkonini beradi. Shuningdek,
mamlakatda amalga oshirilayotgan yangi energiya loyihalarini xalqaro investorlar
bilan hamkorlikda rivojlantirish, O‘zbekistonning barqaror energiya tizimiga o‘tishini
tezlashtirishga yordam beradi [7]. Bu ham energiya sohasidagi ilg‘or texnologiyalarni
joriy etishga, ham mamlakatning iqtisodiy o‘sishini yanada mustahkamlashga xizmat
qiladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Brundtland Komissiyasi 1987-yilgi

“Bizning umumiy kelajagimiz”

3

hisobotida energiya asosiy komponenti boʻlgan

barqaror rivojlanish konsepsiyasini tasvirlab berdi. Unda barqaror rivojlanish “Kelajak

avlodlarning oʻz ehtiyojlarini qondirish qobiliyatiga putur yetkazmasdan hozirgi kun

3

https://uz.wikipedia.org/wiki/Barqaror_energiya


background image

358

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

ehtiyojlarini qondirish” deb taʼriflangan. Barqaror rivojlanishning bu tavsifi oʻshandan

beri barqaror energiyaning koʻplab taʼriflari va tushuntirishlarida havola qilingan.

O‘zbekistonning barqaror energiyaga o‘tish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar va amaliy

tajribalar, belgilangan muhim yo‘nalishlar doirasida davom etmoqda. Qayta
tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish, mamlakatda iqtisodiy o‘sish, ekologik
xavfsizlik va energiya samaradorligini oshirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu
ilmiy va amaliy izlanishlar natijalari, kelajakda energiya tizimini yanada samarali va
barqaror qilish imkoniyatlarini yaratadi.

METODOLOGIYA

Global va mahalliy tadqiqot ishlari, hisobotlar va maqolalar ko‘rib chiqildi.

Xususan, Sachs (2015) [5], Sovacool (2016) [8], va IRENA (2020) [9] kabi nufuzli
manbalardan foydalanildi.

O‘zbekistonning energetika siyosati va qayta tiklanadigan energiya manbalarini

rivojlantirishdagi xalqaro tajriba orqali taqqoslash, energetika sohasidagi islohotlar va
barqaror rivojlanish strategiyalarining iqtisodiy va ekologik samaradorligi sifat
jihatidan baholash, O‘zbekistonning iqlim sharoiti, mavjud tabiiy resurslari va
iqtisodiy salohiyati asosida tavsiyalar ishlab chiqish, iqtisodiy ko‘rsatkichlar va
energetika sektoridagi statistik ma’lumotlar asosida tahlillar olib borish usullaridan
foydalanildi. IRENA va O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlari
asosiy manba sifatida ishlatildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O‘zbekistonning barqaror energiyaga o‘tishi va qayta tiklanadigan energiya

manbalaridan unumli foydalanishni tahlil qilish maqsadida ishlab chiqilgan. Tadqiqot
quyidagi asosiy usullarga asoslanadi:

O‘zbekistonning energetika sohasidagi mavjud dasturlari, xalqaro tajribalar va

yangi energiya manbalarini rivojlantirishga oid ilmiy manbalar o‘rganiladi. Ushbu
yondashuv qayta tiklanadigan energiya manbalarining iqtisodiy va ekologik
samaradorligini aniqlashga ko‘maklashadi [10].

O‘zbekistonning turli mintaqalarida qayta tiklanadigan energiya resurslarining

joriy holati va ulardan foydalanish darajasi o‘rganiladi. Bu jarayonda quyosh, shamol
va gidroenergiya manbalarining mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyatlariga oid
amaliy misollar tahlil qilinadi.

Energetika tizimini diversifikatsiya qilish, qayta tiklanadigan energiya

manbalarini joriy etish va energiya samaradorligini oshirish maqsadida iqtisodiy
modellar qo‘llaniladi. Ushbu usul energiya tarmoqlarining samaradorligini baholash va
iqtisodiy o‘zgarishlarni prognozlashda yordam beradi [11].


background image

359

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Mahalliy energetika mutaxassislari va xalqaro ekspertlar bilan intervyular

o‘tkaziladi. Bu qayta tiklanadigan energiya manbalarining hozirgi holati va istiqbollari,
shuningdek, mavjud muammolar va imkoniyatlarni o‘rganishga zamin yaratadi.

Boshqa davlatlarning energiya siyosatlari va amaliy yondashuvlarini tahlil qilish

orqali O‘zbekiston uchun eng samarali strategiyalar aniqlanadi [12].

Mazkur metodlar tadqiqot natijalarining ishonchli va aniq bo‘lishini ta’minlaydi

hamda O‘zbekistonning barqaror energetika tizimiga o‘tish jarayonini samarador
qiladi [13].

Ushbu diagrammada quyosh, shamol, gidroenergiya, energiya samaradorligi va

texnologik rivojlanishning ulushi tasvirlangan. Shu asosda turli sohalarning barqaror
energiyaga o‘tishdagi ahamiyati taqdim etilgan.

1-rasm. O‘zbekistonda barqaror energiyaga o‘tish yo‘nalishlarini ko‘rsatuvchi

diagramma

Yuqoridagi diagramma O‘zbekistonning barqaror energiyaga o‘tish

yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy sohalarni ulushlar bo‘yicha tasvirlaydi:

1.

Quyosh energiyasi (40%) – O‘zbekistonning quyoshli iqlimi ushbu

yo‘nalishda katta potensialga ega. Quyosh energiyasi barqaror energiyaga o‘tishning
asosiy ustuvorligi sifatida ajralib turadi.

2.

Shamol energiyasi (25%) – Shamolli hududlarda amalga oshirilayotgan

loyihalar ushbu sohani rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega.

3.

Gidroenergiya (15%) – Suv resurslaridan foydalanish orqali energiya ishlab

chiqarish barqarorlikni ta’minlashga yordam beradi.


background image

360

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

4.

Energiyani samarador qilish (10%) – Mavjud energiya tizimlarini

modernizatsiya qilish va energiya iste’molini optimallashtirish jarayonlari davom
etmoqda.

5.

Texnologik rivojlanish (10%) – Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish

energiya sohasidagi samaradorlikni oshirish va barqarorlikka erishishda muhim o‘rin
tutadi.

Diagramma qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishda har bir

yo‘nalishning muhimligini vizual tarzda ko‘rsatib beradi. Bu yo‘nalishlarning barchasi
O‘zbekistonning ekologik va iqtisodiy barqarorligiga xizmat qiladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

O‘zbekistonda barqaror energiyaga o‘tish jarayoni iqtisodiy va ekologik

taraqqiyotning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatning quyoshli iqlim
sharoiti, shamolli hududlari va suv resurslari qayta tiklanadigan energiya manbalarini
rivojlantirish uchun katta salohiyat yaratadi. Shu bilan birga, energiya samaradorligini
oshirish va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish kelajakda energiya tizimining yanada
barqaror va iqtisodiy jihatdan tejamkor bo‘lishini ta’minlaydi. Xalqaro tajribani
mahalliy sharoitlarga moslashtirish, xorijiy investorlar bilan yaqin hamkorlikni
kuchaytirish va zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish ushbu sohada
yuksak natijalarga erishishda muhim omil sanaladi:

- Quyosh va shamol energiyasi sohasidagi loyihalarni mahalliy sharoitga

moslashtirgan holda rivojlantirish zarur. Bu manbalar umumiy energiya balansida
ularning ulushini oshirishga yordam beradi;

- Barqaror energetika tizimlarini yaratishda ilmiy izlanishlarni kuchaytirish va

ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etishga ko‘proq mablag‘ yo‘naltirish kerak;

- Mavjud energiya infratuzilmasini zamonaviylashtirish va iste’molni samarali

boshqarish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim. Bu
resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydi;

- Qayta tiklanadigan energiya bo‘yicha yetakchi davlatlar tajribasini o‘rganish,

xorijiy sarmoyadorlarni jalb etish va qo‘shma tashabbuslarni ro‘yobga chiqarishga
alohida e’tibor qaratish muhimdir;

- Barqaror energiya tizimlari haqida aholining xabardorligini oshirish va kichik

hamda o‘rta biznes subyektlari uchun moliyaviy rag‘batlar yaratish orqali ularni ushbu
sohada faoliyat yuritishga undash lozim;

- Yangi loyihalarni amalga oshirishda ekologik me’yorlarga qat’iy rioya qilish

va atrof-muhitni muhofaza qilishni ustuvor vazifa sifatida belgilash zarur.

Mazkur takliflarni amalga oshirish O‘zbekistonning energetik mustaqilligini

mustahkamlash, ekologik muvozanatni saqlash va iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qiladi.


background image

361

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. https://lex.uz/docs/-4346831?ONDATE=07.06.2022
2. https://lex.uz/docs/-6303230
3. UNDP. (2015). ”Towards Sustainable Energy: a Strategy for Low-emission

Development of the Republic of Uzbekistan”.
https://www.undp.org/uzbekistan/publications/towards-sustainable-energy-strategy-
low-emission-development-republic-uzbekistan-summary

4. IEA (2020), Uzbekistan energy profile, IEA, Paris

https://www.iea.org/reports/uzbekistan-energy-profile, Licence: CC BY 4.0.

5. Sachs, J. D. (2015). The Age of Sustainable Development.

https://www.researchgate.net/publication/321491959_The_Age_of_Sustainable_Dev
elopmentThe_Age_of_Sustainable_Development_Jeffrey_D_Sachs_Columbia_Univ
ersity_Press_New_York_NY_2015_xvii_543_pp_ISBN_978-0-231-17315-5

6. Karimov, N. (2022). Importance of studying and promoting oriental culture

and heritage. Oriental Journal of History, Politics and Law, 2(03), 28-33.

7. https://uz.wikipedia.org/wiki/Barqaror_energiya
8. Sovacool, B. (2016). Further Reflections on the Temporality of Energy

Transitions. A Response to critics.
https://www.researchgate.net/publication/309455305_Further_reflections_on_the_te
mporality_of_energy_transitions_A_response_to_critics

9. IRENA (2020), Global Renewables Outlook: Energy transformation 2050

(Edition: 2020), International Renewable Energy Agency, Abu Dhabi. /-
/media/Files/IRENA/Agency/Publication/2020/Apr/IRENA_Global_Renewables_Ou
tlook_2020.pdf

10.

Захидов, Р.А., Таджиев, У.А., Киселева, Е.И. Тенденции развития

сектора электроэнергетики Узбекистана и проблемы энергетической,

экологической безопасности. Экологическая, промышленная и энергетическая

безопасность

-

2019. С. 677

-682.

11.

Кодиров

Д

.

Б

.

Водная

,

продовольственная

и

энергетическая

безопасность

в

условиях

Узбекистана

. International conferences on learning and

teaching (Vol. 1, No. 2). 2022.

12.https://uza.uz/oz/posts/2023-yilda-qayta-tiklanuvchi-energiya-manbalarini-

va-energiya-tejovchi-texnologiyalarni-joriy-etishni-jadallashtirish-chora-tadbirlari-
togrisida_455004

13. Maryasin O.Y. Two-stage problem of optimizing smart grid energy

consumption at the enterprise // 4th International Conference on Control Systems,
Mathematical Modeling, Automation and Energy Efficiency-2022. – Lipetsk, Russian
Federation, 2022. – P. 808–813. DOI: 10.1109/SUMMA57301.2022.9973902.

Библиографические ссылки

UNDP. (2015). ”Towards Sustainable Energy: a Strategy for Low-emission

Development of the Republic of Uzbekistan”.

IEA (2020), Uzbekistan energy profile, IEA, Paris

Sachs, J. D. (2015). The Age of Sustainable Development.

elopmentThe_Age_of_Sustainable_Development_Jeffrey_D_Sachs_Columbia_Univ

ersity_Press_New_York_NY_2015_xvii_543_pp_ISBN_978-0-231-17315-5

Karimov, N. (2022). Importance of studying and promoting oriental culture

and heritage. Oriental Journal of History, Politics and Law, 2(03), 28-33.

Sovacool, B. (2016). Further Reflections on the Temporality of Energy

Transitions. A Response to critics.

mporality_of_energy_transitions_A_response_to_critics

IRENA (2020), Global Renewables Outlook: Energy transformation 2050

(Edition: 2020), International Renewable Energy Agency, Abu Dhabi. /-

/media/Files/IRENA/Agency/Publication/2020/Apr/IRENA_Global_Renewables_Ou

tlook_2020.pdf

Захидов, Р.А., Таджиев, У.А., Киселева, Е.И. Тенденции развития

сектора электроэнергетики Узбекистана и проблемы энергетической,

экологической безопасности. Экологическая, промышленная и энергетическая

безопасность-2019. С. 677-682.

Кодиров Д.Б. Водная, продовольственная и энергетическая

безопасность в условиях Узбекистана. International conferences on learning and

teaching (Vol. 1, No. 2). 2022.

Maryasin O.Y. Two-stage problem of optimizing smart grid energy

consumption at the enterprise // 4th International Conference on Control Systems,

Mathematical Modeling, Automation and Energy Efficiency-2022. – Lipetsk, Russian

Federation, 2022. – P. 808–813. DOI: 10.1109/SUMMA57301.2022.9973902.