410
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
DIVERSIFIKATSIYA: INVESTITSIYA RISKLARINI KAMAYTIRISHNING
SAMARALI USULI
G‘ulomova Kamolaxon Anvarxon qizi
TDIU “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada investitsiya risklarini boshqarishning samarali
usuli sifatida diversifikatsiya konsepsiyasi keng yoritilgan. Diversifikatsiyaning asosiy
maqsadi – xavflarni minimallashtirish va portfel daromadliligini barqarorlashtirishdir.
Maqolada diversifikatsiya tushunchasi, uning foydalari va usullari tahlil qilingan.
Shuningdek, turli aktivlar, geografik va sanoat yo‘nalishlarida diversifikatsiya
qilishning afzalliklari va cheklovlari ko‘rib chiqilgan. Ushbu maqola investitsiya qilish
jarayonida xavflarni kamaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar qidirayotgan investorlar
uchun foydali bo‘ladi.
Kalit so‘zlar:
diversifikatsiya, investitsiya risklari, portfel boshqaruvi, aktivlar
taqsimoti, geografik diversifikatsiya, sanoat diversifikatsiyasi, risklarni
minimallashtirish, investitsiya strategiyalari, barqaror daromad, moliyaviy xavfsizlik.
ДИВЕРСИФИКАЦИЯ: ЭФФЕКТИВНЫЙ ПУТЬ СНИЖЕНИЯ
ИНВЕСТИЦИОННЫХ РИСКОВ
Гуламова Камолахана Анвархан кизи
Преподаватель кафедры ТДИУ «Оценочная работа и инвестиции»
Аннотация:
В данной статье рассматривается понятие диверсификации
как эффективного метода управления инвестиционными рисками. Основная цель
диверсификации
–
минимизировать риски и стабилизировать доходность
портфеля. В статье анализируется понятие диверсификации, ее преимущества и
методы. Также рассматриваются преимущества и ограничения диверсификации
по различным активам, географическим и промышленным направлениям. Эта
статья будет полезна инвесторам, которые ищут практические советы о том, как
снизить риски в инвестиционном процессе.
Ключевые слова:
диверсификация, инвестиционные риски, управление
портфелем,
размещение
активов,
географическая
диверсификация,
промышленная диверсификация, минимизация рисков, инвестиционные
стратегии, стабильный доход, финансовая безопасность.
411
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
DIVERSIFICATION: AN EFFECTIVE METHOD OF REDUCING
INVESTMENT RISKS
Gulomava Kamolaxon Anvarxon kizi
Teacher of the Department of "Evaluation and Investments" of TSEU
Abstract:
This article broadly discusses the concept of diversification as an
effective method of managing investment risks. The main goal of diversification is to
minimize risks and stabilize portfolio returns. The article analyzes the concept of
diversification, its benefits and methods. It also examines the advantages and
limitations of diversification across assets, geographic areas and industries. This article
will be useful for investors looking for practical advice on how to reduce risks in the
investment process.
Keywords:
diversification, investment risks, portfolio management, asset
allocation, geographic diversification, industry diversification, risk minimization,
investment strategies, stable income, financial security.
KIRISH
Zamonaviy moliyaviy bozorlar tez o‘zgaruvchanligi va noaniqligi bilan ajralib
turadi. Bu sharoitda investitsiya qilish orqali moliyaviy barqarorlikka erishishni
xohlayotgan har bir kishi ehtiyotkor va chuqur o‘ylangan yondashuvni qo‘llashi lozim.
Investitsiya jarayonida asosiy maqsad faqat daromad olish emas, balki xavflarni
samarali boshqarish va sarmoya xavfsizligini ta’minlashdir. Aynan shu yerda
diversifikatsiya — investitsiya risklarini kamaytirish va portfel barqarorligini
oshirishda eng muhim strategiyalardan biri sifatida maydonga chiqadi.
Diversifikatsiya sarmoyalarni bir xil turdagi aktivlarga yo‘naltirishdan qochib,
ularni turli sohalar, geografik hududlar va investitsiya vositalari o‘rtasida taqsimlashni
nazarda tutadi. Ushbu strategiya biror bozor segmentida yuzaga keladigan salbiy
o‘zgarishlarning umumiy investitsiya portfeliga bo‘lgan ta’sirini kamaytirishga imkon
beradi. Masalan, agar bir sektor yoki kompaniyada yo‘qotish kuzatilsa, boshqa sektor
yoki aktivlar ushbu zararlarni qoplashga yordam berishi mumkin. Shu sababli
diversifikatsiya xavflarni boshqarishda eng asosiy vositalardan biri hisoblanadi.
Diversifikatsiyaning ahamiyati faqat xavflarni kamaytirish bilangina
cheklanmaydi. U investitsiyalarning uzoq muddatli daromadliligini ta’minlashda ham
muhim rol o‘ynaydi. Turli aktivlar bozor sharoitiga qarab turli xil daromadlilik
darajasini ko‘rsatadi, va diversifikatsiya yordamida ushbu farqlardan foydalanish
mumkin. Ammo diversifikatsiya faqat texnik yondashuvni emas, balki chuqur tahlil va
strategik rejalashtirishni ham talab etadi.
412
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
ADABIYOTLAR TAHLILI
Diversifikatsiya investitsiya portfelini boshqarishdagi muhim tamoyil bo‘lib,
moliyaviy xavflarni kamaytirish bo‘yicha ko‘plab ilmiy va amaliy tadqiqotlarda asosiy
mavzulardan biri sifatida ko‘rib chiqilgan. Quyida diversifikatsiya bo‘yicha nashr
etilgan asosiy ilmiy ishlanmalar va adabiyotlarning qisqacha tahlili taqdim etiladi.
Sattorov B. “Moliyaviy risklarni boshqarish va diversifikatsiya asoslari” nomli
asarida moliyaviy risklarni minimallashtirish uchun diversifikatsiya usullariga e’tibor
qaratadi [1]. U quyidagi jihatlarni yoritgan:
- moliyaviy risklarni tizimli va tizimsiz xavflarga ajratish;
- diversifikatsiya jarayonida sanoat tarmoqlari va korporativ obligatsiyalar rolini
tahlil qilish;
- O‘zbekistondagi investitsiya bozori uchun muvofiqlashtirilgan diversifikatsiya
strategiyalari ishlab chiqish.
Sattorovning tadqiqotlari asosan O‘zbekiston iqtisodiy sharoitiga moslashgan
diversifikatsiya usullarini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, mahalliy investorlar uchun
amaliy tavsiyalarni taqdim etadi.
I. Karimov diversifikatsiya mavzusida bir nechta ilmiy maqola va hisobotlar
tayyorlagan. Uning tadqiqotlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- investitsion portfelni turli tarmoqlarga taqsimlash orqali xavflarni kamaytirish;
- geografik diversifikatsiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sirini o‘rganish;
- xalqaro investitsiyalarni jalb qilish orqali risklarni boshqarish strategiyalarini
ishlab chiqish.
Karimov xalqaro diversifikatsiyaning mahalliy investitsiya bozoriga ta’sirini
tahlil qilib, O‘zbekiston sharoitida samarali diversifikatsiya qilishning modelini taklif
qilgan [2].
Usmonova M. diversifikatsiyani iqtisodiy barqarorlikni oshirish vositasi sifatida
ko‘rib chiqadi. U o‘z ishlarida diversifikatsiyaning quyidagi jihatlarini yoritgan:
- kichik va o‘rta korxonalar investitsion portfelini diversifikatsiya qilish;
- innovatsion sohalarga diversifikatsiya qilish orqali barqaror iqtisodiy o‘sishni
ta’minlash
- tabiiy resurslardan yuqori darajada foydalanadigan tarmoqlarda risklarni
kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar.
Usmonovaning tadqiqotlari O‘zbekistondagi kichik biznes va ishlab chiqarish
tarmoqlarida diversifikatsiya vositalarini amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha qimmatli
tavsiyalar beradi [3].
O‘zbek olimlarining diversifikatsiya bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari mahalliy
iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda muhim nazariy va amaliy tavsiyalarni taqdim
etadi. Ular asosan O‘zbekiston investitsiya bozoridagi imkoniyatlar, qishloq xo‘jaligi,
sanoat va innovatsion sektorlarning xavflarni boshqarishdagi roliga e’tibor qaratadilar.
413
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Bu tadqiqotlar mahalliy va xalqaro investorlarga O‘zbekistondagi diversifikatsiya
strategiyalarini samarali qo‘llash imkoniyatini beradi.
METODOLOGIYA
Mavzuni ilmiy o‘rganish, mantiqiylik, tahlil va tadqiq etish jarayonida tizimli
tahlil, statistik tahlillardan foydalanilgan. Maqolada, diversifikatsiya investitsiya
risklari bo‘yicha rivojlanish tendensiyalarini ishlab chiqish va uning iqtisodiy
tizimdagi ahamiyatiga mos ravishda ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar berildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Diversifikatsiyaning asosiy maqsadi tizimsiz xavflarni kamaytirishdir. Bu
xavflar faqat bitta kompaniya, soha yoki geografik bozorga xos bo‘lib, ularni turli xil
investitsiya obyektlari yordamida boshqarish mumkin. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki
korrelyatsiya va xavf past korrelyatsiyaga ega aktivlar bir portfelda birlashtirilganda,
umumiy xavf darajasini sezilarli darajada kamaytirish mumkin. Misol uchun
Amerika
aksiyalari va oltin o‘rtasidagi korrelyatsiya koeffitsienti 0.15 ni tashkil etadi, bu esa
ular o‘rtasida mustaqil harakatni bildiradi. Turli aktivlarga investitsiya qilish faqat
aksiyalarga investitsiya qilish, obligatsiyalar, ko‘chmas mulk yoki boshqa vositalarni
qo‘shishga nisbatan yuqori xavf tug‘diradi. O‘zgaruvchanlikni pasaytirish uchun turli
sohalarni qamrab olish muhim.
Dalbar tadqiqotlariga ko‘ra, diversifikatsiyalangan portfellar o‘rtacha yillik
daromadlilikni 8-10% ga ta’minlaydi, oddiy aksiyalarga asoslangan portfellarning
daromadliligi esa ko‘pincha 5-6% oralig‘ida qoladi [4].
1-jadval
Diversifikatsiyaning asosiy yo‘nalishlari, maqsadlari va foydalari
Yo‘nalish
Tavsif
Foydalari
Misollar
Aktivlar turiga
ko‘ra
Turli aktivlar
(aksiyalar,
obligatsiyalar, oltin,
ko‘chmas mulk)
o‘rtasida mablag‘
taqsimlash.
Xavfni pasaytirish va
daromadni
barqarorlashtirish.
Aksiyalar tebransa,
obligatsiyalar yoki
oltin zararlarni
qoplashga yordam
beradi.
Geografik
diversifikatsiya
Sarmoyani turli
mamlakatlar va
mintaqalarga
taqsimlash.
Mahalliy iqtisodiy
inqirozlardan himoya.
AQSH aksiyalari va
Osiyo bozorlaridagi
investitsiyalar
o‘rtasidagi
muvozanat.
Sanoat
diversifikatsiyasi
Turli iqtisodiy
tarmoqlarga investitsiya
qilish (masalan,
Bir sohada yuzaga
keladigan zararlarni
boshqa tarmoqlardagi
Texnologiya sektori
aksiyalari bilan birga
sog‘liqni saqlash
1
Muallif ishlanmasi
414
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
texnologiya, sog‘liqni
saqlash).
foyda bilan qoplash
imkoniyati.
sektori aksiyalariga
sarmoya kiritish.
Vaqt bo‘yicha
diversifikatsiya
Qisqa, o‘rta va uzoq
muddatli
investitsiyalarga
mablag‘ taqsimlash.
Turli vaqt oralig‘ida
kapitalning barqaror
o‘sishini ta’minlash.
1 yillik obligatsiyalar
va 10 yillik davlat
qimmatli qog‘ozlariga
bir vaqtda sarmoya
kiritish.
Valyuta
diversifikatsiyasi
Turli valyutalardagi
aktivlarga sarmoya
kiritish.
Valyuta kursining
o‘zgarishi bilan bog‘liq
xavflarni kamaytirish.
AQSh dollari, yevro
va yapon iyenasi
asosidagi aktivlarga
sarmoya kiritish.
Rivojlangan va
rivojlanayotgan
bozorlar
Mablag‘ni rivojlangan
va rivojlanayotgan
mamlakatlarning
bozorlariga taqsimlash.
Rivojlangan bozorlardagi
barqarorlik va
rivojlanayotgan
bozorlardagi yuqori
o‘sish imkoniyati.
AQSh yoki Yevropa
aksiyalari bilan birga
Hindiston yoki
O‘zbekiston
bozorlariga
investitsiya qilish.
Geografik diversifikatsiya xalqaro bozor xavflarini pasaytirishning muhim
yo‘nalishi hisoblanadi. Turli mintaqalarda iqtisodiy sharoitlar va siyosiy
o‘zgaruvchanlik darajasi farq qilgani sababli, sarmoyani bir necha mamlakatga
taqsimlash orqali xavfni kamaytirish mumkin. 2022-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra: faqat
AQSh aksiyalari bilan cheklangan portfellar 18% yo‘qotishga duch keldi, ammo
xalqaro diversifikatsiyalangan portfellar yo‘qotish darajasini 9% ga tushirdi.
Bu, ayniqsa, rivojlanayotgan bozorlar (masalan, O‘zbekiston, Hindiston,
Braziliya) va rivojlangan bozorlar (AQSh, Yevropa Ittifoqi davlatlari) o‘rtasida
kapitalni taqsimlash orqali amalga oshiriladi [5].
Sanoat diversifikatsiyasi natijalari esa turli tarmoqlar o‘rtasida investitsiyalarni
taqsimlash portfelning barqarorligini oshirishga yordam beradi. Iqtisodiy bozorlar
ba’zan ma’lum bir sektorni qattiq tebranishlarga duchor qiladi, shu sababli boshqa
sohalardagi aktivlar bu zararlarni qoplashga yordam beradi.
Misol uchun Pandemiya davrida (2020-yil) texnologik sektor aksiyalari 25%
o‘sishni qayd etdi, shu bilan birga, sayyohlik sohasi aksiyalari 30% ga pasaydi. Agar
portfel faqat bir sektor bilan cheklangan bo‘lsa, investor yo‘qotishlarga uchraydi, lekin
turli tarmoqlarga taqsimlangan portfel zarar ko‘lamini kamaytiradi.
Diversifikatsiyalangan portfelga ega bo‘lgan investorlar 2020-yilda o‘rtacha 12%
daromad olishga erishgan, bir sektor bilan cheklangan portfellarda esa daromadlilik
atigi 4% ni tashkil etgan [6].
Tizimli va tizimsiz xavflar boshqaruvida
Diversifikatsiya tizimsiz xavflarni
sezilarli darajada kamaytirsa-da, tizimli xavflar (masalan, iqtisodiy inqirozlar,
inflyatsiya) barcha aktivlarga ta’sir qiladi va diversifikatsiya bu xavflarni to‘liq bartaraf
eta olmaydi. Shu sababli portfelni boshqarishda boshqa vositalar bilan birga
415
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
foydalanish zarur.
2022-yildagi inflyatsiya inqirozi sharoitida faqat aksiyalar portfeli
22% zarar ko‘rgan bo‘lsa, aksiyalar, oltin va obligatsiyalar o‘rtasida taqsimlangan
portfel yo‘qotish darajasini 8% ga pasaytirdi [7].
XULOSA
Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlarining jadallashuvi xo‘jalik yuritish
faoliyatini tashkil etish va unda riskni boshqarish masalalarida jiddiy muammolar
yuzaga kelgan. Mavjud amaliy holat natijalari asosida qayd etish mumkinki, korxonada
riskni boshqarish va uni qo‘llash hamda minimallashtirishga olib ko‘luvchi
choratadbirlarda ham alohida ahamiyatga ega bo‘lgan jihatlar mavjud. Milliy
iqtisodiyotning barcha sohalarida turli mulkchilik asosidagi korxonalarda riskni
boshqarishni amalda qo‘llash ishlari jarayonlari tashkil etilar ekan, har sohalarda
tashkil etilayotgan korxonalar soni yildan-yilga oshib borayotganligini kuzatish
mumkin. Diversifikatsiya zamonaviy moliyaviy bozorlarning noaniqliklari va yuqori
xavfli sharoitlarida sarmoyalarni boshqarishning eng samarali vositalaridan biridir.
Sarmoyalarni turli sohalar, aktivlar, geografik mintaqalar va vaqt oralig‘ida taqsimlash
orqali investorlar o‘z portfellari xavfsizligini oshirish va uzoq muddatli daromadlilikni
ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar [8].
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, diversifikatsiya tizimsiz xavflarni sezilarli
darajada kamaytiradi va iqtisodiy o‘zgarishlarga moslashuvchanlikni oshiradi. Shu
bilan birga, u moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Ammo
muvaffaqiyatli diversifikatsiya qilish uchun chuqur tahlil, strategik rejalashtirish va
bozorning o‘ziga xos xatarlarini tushunish talab qilinadi.
O‘zbekiston sharoitida diversifikatsiya milliy iqtisodiyotning rivojlanayotgan
sektorlari va xalqaro bozorlardagi imkoniyatlardan foydalanish orqali moliyaviy
barqarorlikka erishishga yordam beradi. Investorlar uchun diversifikatsiya faqat
xavflarni boshqarish vositasi emas, balki barqaror daromadga ega bo‘lishning strategik
yo‘nalishi hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Sattorov B.
Moliyaviy risklarni boshqarish va diversifikatsiya asoslari
.
Toshkent: Moliya nashriyoti, 2021.
2.
Karimov I. Investitsiya portfeli boshqaruvi: nazariya va amaliyot. Toshkent:
Iqtisodiyot universiteti nashriyoti, 2020.
3.
Usmonova M. Diversifikatsiya orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash.
Toshkent: Innovatsion iqtisodiyot nashriyoti, 2019.
4.
Dalbar Research. Quantitative Analysis of Investor Behavior Report. Boston:
Dalbar Inc., 2022.
5.
Markowitz H. Portfolio Selection. The Journal of Finance, Vol. 7, No. 1, 1952,
pp. 77-91.
416
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
6.
Bodie Z., Kane A., Marcus A. Investments. McGraw-Hill Education, 12th
Edition, 2021.
7.
Statista. Global investment trends and diversification benefits. Online
resource, 2022.
8.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya va tashqi savdo vazirligi. Milliy
investitsiya dasturlarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha tavsiyalar. Toshkent, 2021.
