Авторы

  • Васила Убайдуллаева
    Джизакского филиала Национального университета Узбекистана

Биография автора

  • Васила Убайдуллаева , Джизакского филиала Национального университета Узбекистана
    Исследователь

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.digital-economy.128778

Ключевые слова:

davlat-xususiy sheriklik tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlar xususiy sherik ta’lim xizmatlari DXSH tamoyillari.

Аннотация

Maqolada davlat-xususiy sheriklichiligini tashkil qilish va uning
o‘ziga xos xususiyatlari, tashkiliy shakllari, xususiy biznes va davlat resurslarining
o‘zaro munosabatlari tadqiq qilingan. Davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirish
tamoyillarini o‘rganishning zamonaviy sharoitlarda tomonlar iqtisodiy manfaatdorligi
asosida davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirish bo‘yicha muallifning tadqiqotlari
keltirilgan.


background image

503

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIGINI TASHKIL QILISH

SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Ubaydullaeva Vasila Sadullayevna

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali tadqiqotchisi

Annotatsiya:

Maqolada davlat-xususiy sheriklichiligini tashkil qilish va uning

o‘ziga xos xususiyatlari, tashkiliy shakllari, xususiy biznes va davlat resurslarining
o‘zaro munosabatlari tadqiq qilingan. Davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirish
tamoyillarini o‘rganishning zamonaviy sharoitlarda tomonlar iqtisodiy manfaatdorligi
asosida davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirish bo‘yicha muallifning tadqiqotlari
keltirilgan.

Kalit so‘zlar

:

davlat-xususiy sheriklik, tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlar, xususiy

sherik, ta’lim xizmatlari, DXSH tamoyillari.

ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ОРГАНИЗАЦИИ

ГОСУДАРСТВЕННО

-

ЧАСТНОГО ПАРТНЕРСТВА

Убайдуллаева Васила Садуллаевна

Исследователь Джизакского филиала Национального университета

Узбекистана

Аннотация:

В статье

рассмотрена организация

государственно

-

частного

партнерства и

его

особенности,

организационные

формы,

взаимосвязь

частного

бизнеса

и

государственных

ресурсов.

В основу исследования

принципов

развития

государственно

-

частного

партнерства

положены исследования

автора

по

развитию

государственно

-

частного

партнерства

на основе

экономической

заинтересованности

сторон

в современных

условиях

.

Ключевые

слова:

государственно-частное

партнерство,

организационно-экономические механизмы, частный партнер, образовательные

услуги, принципы государственно-частного партнерства.

INCREASING THE EFFICIENCY OF ORGANIZING PUBLIC-PRIVATE

PARTNERSHIPS

Vasila Sadullayevna Ubaydullaeva

Researcher at the Jizzakh Branch of the National university of Uzbekistan


background image

504

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Abstract:

The article explores the organization of public-private partnerships

and its specifics, organizational forms, interaction of private business and public
resources. The author's research on the development of Public-Private Partnership on
the basis of the economic interest of the parties in modern conditions of the study of
the principles of the development of Public-Private Partnership is presented.

Key words: public-private partnership, organizational and economic

mechanisms, private partner, educational services, principles of public-private
partnership.

KIRISH

Bugungi kunda jahon iqtisodiyotining globallashuvi va raqobatning tobora

kuchayib borishi sharoitida ta’lim xizmatlarining strategik sohalardan biri ekanligi
tobora ortib bormoqda. “Hozirga kelib, ta’lim xizmatlari xalqaro bozorining hajmi 100
mlrd. AQSh dollarni tashkil etmoqda. «Inson kapitali» dunyo milliy boyligining 64
foizini tashkil etadi. Bu ko‘rsatkish rivojlangan mamlakatlarda 70 foiz, o‘rta daromadli
mamlakatlarda 58 foiz, quyi daromadli mamlakatlarda 41 foizni tashkil etmoqda” [1].
Bu esa ta’lim xizmatlarini jadal rivojlantirish hayotiy zaruratga aylangan bir pallada,
davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini
takomillashtirish va tizimiga moslashtirishga alohida e’tibor qaratish lozimligini
bildiradi.

Jahon miqyosida raqobat munosabatlarining kuchayib borishi ta’lim xizmatlari

ko‘rsatish sohasida davlat- xususiy sherikligini rivojlantirish, davlat va xususiy sektor
hamkorligini yo‘lga qo‘yish, ta’lim tizimida uni tartibga solish orqali sifatli xizmatlar
rivojlanish tendensiyalariga erishish asosida bilim oluvchilarga qulay shart-sharoit
yaratgan ta’lim tizimida integratsion aloqalarni shuqurlashtirib borish mexanizmlarini
takomillashtirishga alohida e’tibor qaratish eng muhim masalalardan biriga aylanmoqda.

O‘zbekistonda ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash,

ta’lim xizmatlari ko‘rsatishning davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirish obyektiv
zaruratga aylanib bormoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “...ta’lim
muassasalarini tashkil etishda davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlaridan keng
foydalanish kerak”ligini alohida ta’kidladilar [2]. Bu vazifalarni bajarishda ta’lim
tizimida davlat-xususiy sherikchiligi asosida ta’lim xizmatlari sifatini oshirishga ta’sir
ko‘rsatishi nuqtai nazaridan maktab, professional va oliy ta’lim tizimida davlat va
xususiy sektor o‘rtasida barqaror munosabatlarni shakllantirish, hududlarda
bitiruvchilar raqobatbardoshlik darajasini oshirishda DXSHning ta’lim sohasidagi
o‘ziga xos xususiyatlari mexanizmlarini takomillashtirishning ilmiy-uslubiy va amaliy
jihatlarini tadqiq etish dolzarb hisoblanadi.

Jahonning rivojlangan davlatlari va Xalqaro tashkilotlari 2030-yilgacha yangi

ta’lim konsepsiyasini qabul qilgan bo‘lib, unda «ta’lim tizimini boshqarishni, ta’lim


background image

505

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

sifatini uni baholash jarayoni va vositalarini takomillashtirish, erishilgan natijalarni
aniqlash imkonini beruvchi mexanizmlarni amaliyotga joriy etish» dolzarb vazifa
sifatida belgilangan. Bu esa o‘z navbatida jahon mamlakatlari uchun ta’lim tizimi
tashkiliy va boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish, samarali ta’lim tizimida
davlat-xususiy sherikligining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish
bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Shu o‘rinda jahon tajribalarida davlat-xususiy sherikligi tuchunchasini keng

talqin qilinadi, jumladan, Jahon banki tomonidan berilgan ta’rifga e’tibor qaratamiz,:
«Davlat-xususiy sherikchiligi - davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi o‘rta yoki uzoq
muddatli shartnomalar bo‘lib, ular doirasida davlat sektorining javobgarlik sohasida
bo‘lgan, ammo xususiy sektor tomonidan amalga oshiriladigan xizmatlar taqdim
etiladi, bunda infratuzilmani rivojlantirish va (yoki) davlat xizmatlarini ko‘rsatish
masalalari o‘rtasida vazifalarni aniq ajratish mavjud» [3].

Bu borada mamlakatimizda qonunshilik hujjatlariga e’tibor qaratsak, jumladan,

“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasida keltirilganidek,
“...davlat-xususiy sheriklik

davlat sherigi va xususiy sherikning muayyan muddatga

yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish
uchun o‘z resurslarini birlashtirishiga asoslangan hamkorligi” deb keltirilgan.
Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihasi - iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy
vazifalarni hal etishga qaratilgan, xususiy investitsiyalarni jalb etish va (yoki) ilg‘or
boshqaruv tajribasini joriy etish asosida amalga oshiriladigan tadbirlar majmui ekanligi
qayd qilingan [4].

Bu borada iqtisodchi olima G.Utemuratovaning fikricha “Hozirgi vaqtda

jahonning bozor iqtisodiyotiga ega ko‘plab mamlakatlarida davlat va xususiy sektor
o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tizimida sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqdaki, bu
o‘zgarishlar iqtisodiyotning yangi institutsional tuzilmasini shakllantirmoqda. Bu esa
rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi
munosabatlarning o‘ziga xos shakli vujudga kelayotganligining ifodasi hisoblanadi.
Davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi munosabatlarning o‘ziga xos shakli sifatida
DXSHning turli xil shakllarini jadal rivojlanishi, ularning iqtisodiyot soha va
tamoqlarida keng ko‘lamda qo‘llanilishi o‘zaro hamkorlikning ushbu shaklini bozor
iqtisodiyotining muhim xususiyati sifatida tan olish imkonini beradi [5].

“Ta’lim tizimida davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarini rivojlantirish har

bir davlatning iqtisodiy hayotida va ta’lim xizmatlarini yetkazib berishda muhim rol
o‘ynaydi. Davlat byudjetining cheklanganlik sharoitida hamda aholining ta’lim sifati
va normal hayot kechirishga bo‘lgan talabining cheksizlik holatida ushbu
munosabatlarni rivojlantirish mamlakat ta’lim tizimi uchun asosiy vazifa bo‘lib qoladi.


background image

506

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Sherikchilik munosabatlarining hamohangligini ta’minlash mamlakat ta’lim tizimidagi
muhim ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Davlat-xususiy
sherikchilik munosabatlarida davlat va biznes keng ko‘lamli masalalar, jumladan,
bugungi kun tartibidagi va hozirgi ijtimoiy muammolarni hal qilishga qaratilgan
vazifalar, shu bilan birgalikda, iqtisodiy muammolarni bartaraf etishda ikkala tomon
ham hamkorlik qilishdan manfaatdordir va bu, o‘z navbatida, jamiyat rivojida o‘ziga
xos ustuvorliklar kasb etadi” [6].

METODOLOGIYA

Mazkur ilmiy maqolani tayyorlashda olib borilgan tadqiqot jarayonida

to‘plangan ma’lumotlardan samarali foydalanish va ularni tahlil qilishda ilmiy
mushohada va absrakt-mantiqiy fikrlash usullaridan keng foydalanildi. Ta’lim tizimida
DXSHni tashkil qilish va rivojlantirishning prinsiplari va ularning ta’lim tizimidagi
o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish natijasida bir qansha xulosalarga kelindi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Jahonning rivojlangan mamlakatlarida davlat-xususiy sherikligini amalga

oshirish uchun turli xil yondashuvlar, modellar, shakllar qo‘llaniladi. Bu borada asosan
e’tibor biznes faoliyatiga yo‘naltiriladi, masalan, BRIKSda bu amaliyot ko‘proq kichik
va o‘rta biznes rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi. BRIKS mamlakatlari kichik va o‘rta
biznesning iqtisodiy o‘sish omili sifatidagi ahamiyatli deb hisoblashadi. Kichik va o‘rta
korxonalar duch keladigan muammolarni hal qilish va ularning rivojlanishini
rag‘batlantirish uchun turli DXSH tashabbuslarini amalga oshirdilar. Ular asosan,
biznes faoliyatiga yo‘naltirilgan tashabbuslarini amalga oshirishda mikro va kichik
biznesni qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan xususiy sektor sub’yektlari bilan o‘qitish,
konsalting, bozorlarni egallash, kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash
uchun hamkorlik qiladi va bu munosabatlar biznes korxonalarining raqobatbardoshli,
barqarorligini saqlashga qaratiladi.

Ta’lim tizimida jamiyatning xizmatlar sifatini oshirish doimo diqqat-e’tiborida

turadi. Ta’lim xizmatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalovchi tavsifi xizmatlar
bozorida bajariladigan vazifalar, xizmatlarni taqdim qilish davomiyligi, ta’lim olish
usullari, ta’lim xizmatlariga to‘lov turi, xizmatlarni taqdim qilish shakli hamda
ixtisoslashuvi asosida tasniflanish imkonini berdi (1-jadval).

1-jadval

Ta’lim xizmatlari sifatini oshirish va davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirish

imkoniyatlari

*

Ko‘rsatkichlar

Ta’lim xizmatlari sifatini oshirish

Asosiy vazifalar

umumta’lim dasturlari;

kasbiy ta’lim dasturlari.


background image

507

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Muddati

uzoq muddatli (umumta’lim muassasalari va oliy ta’lim

muassasalarida o‘qish);

o‘rta muddatli (malaka oshirish, kadrlarni qayta

tayyorlash, stajirovkalar);

qisqa muddatli (kurslar, treninglar).

Ta’lim shakllari

-

an’anaviy;

-

innovatsion.

Ta’limga to‘lov shakli

bepul;

to‘lovli;

shartli to‘lovli.

Ta’lim xizmatlari shakli

kunduzgi;

sirtqi;

keshki;

masofaviy.

Qobiliyatni shakllantirish

bolalar ijodi va rivojlanishi;

predmetli chuqurlashtirilgan tayyorgarlik;

kadrlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash va h.k.

Davlat-xususiy
sherikchiligini
rivojlantirish

ta’lim muassasalarida xususiy kapitalning ishtiroki va

innovatsion faoliyatni boshqarish
- DXSH yo‘nalishlari va vositalarini kengaytirish asosida
ta’lim xizmatlari ko‘rsatish

*(Muallif ishlanmasi)

MDH olimlarining fikricha davlat-xususiy sherikligi munosabatlarining

o‘rnatilishi va rivojlanishini ko‘rib chiqqan holda “...bu protsessual harakterda
bo‘lib davlat tadbirkorlar fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy-iqtisodiy
barqarorlik va milliy xavfsizligiga erishishga qaratilgan taraflarning o‘zaro birdam
munosabatidir” deb e’tirof etishadi [7].

“Ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bugungi

kunga kelib, ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarining asosiy turlari
qo‘shma va xususiy universitetlarni tashkil etish, xususiy noshirlar tomonidan xalq
ta’limi tizimi uchun kitoblar va qo‘llanmalarni nashr etish va ko‘paytirish, ilmiy-
madaniy markazlar qurish, shuningdek, xususiy maktab va maktabgacha ta’lim
muassasalarini tashkil etish ob’yektlarini qamrab olmoqda. Bu o‘z navbatida bilimga
asoslangan jamiyatning vujudga kelishi va innovatsion iqtisodiyotning rivojlanishi
sharoitida ta’lim sohasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyati
sezilarli darajada oshishiga olib kelmoqda. Zamonaviy jamiyatda ta’lim sohasining
o‘rni uning kompetensiyalarini rivojlantirish, bilimlarni yaratish va tarqatish -
zamonaviy jamiyatning asosiy resurslari bilan belgilanadi. Shu bilan birga, axborot
oqimining ko‘payishi va tezlashishi, doimiy ravishda yangi bilimlarning paydo
bo‘lishi, mutaxassislar tayyorlash sifatiga qo‘yiladigan talablarning sezilarli darajada


background image

508

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

oshishi mavjud ta’lim tizimini takomillashtirish va ta’limni tez o‘zgaruvchan mehnat
bozori talablariga moslashtirish zaruratini keltirib chiqaradi. Bu o‘z navbatida ta’lim
tizimini rivojlantirish yo‘nalishida ta’lim muassasalari va tadbirkorlik sub’yektlari,
davlat organlarining davlat xususiy sheriklik doirasidagi o‘zaro hamkorligining
tamoyillari va zamonaviy yo‘nalishlarini belgilab beruvchi ilmiy-amaliy tavsiyalarning
yanada kengayib borayotganligidan dalolat bermoqda” [8].

Davlat-xususiy sherikligi – bu davlat va ijtimoiy mulk ob’yektlari hamda turli

xil ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish maqsadida davlat sherigi va
xususiy sherikning muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan shakli
bo‘lib, bugungi kunda ta’lim sohasini jadal rivojlantirish hayotiy zaruratga aylangan
bir pallada, ta’limdagi sifat darajasini oshirishda davlat-xususiy sherikchiligi
imkoniyatlaridan ham foydalanish va uni ta’lim tizimiga moslashtirish hozirgi kunning
eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi.

Bu fikrni davom ettirgan A.V. Mantulenko esa, “An’anaga ko‘ra, ta’lim va

biznes o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning uchta asosiy yo‘nalishi mavjud deb hisoblaydi:

- hayriya (bu holda biznes tuzilmalari ma’lum resurslarni ta’lim tashkilotiga

bepul o‘tkazadilar, buning evaziga hech qanday qonuniy majburiyatga ega
bo‘lmasdan);

- ijtimoiy sheriklik (u ma’lum bir korxona manfaatlaridan tashqariga chiqadigan

muayyan tartibga solish mexanizmini yaratishga qaratilgan);

- ma’lum bir ish beruvchi, qoida tariqasida bu yirik hududiy birlik, federal birlik

yoki muayyan sanoatning faoliyat darajasida hal qilinadigan vazifalardir yoki muayyan
sanoatning faoliyat darajasida;

- davlat-xususiy sheriklik [9].
Ma’lumki, davlat-xususiy sheriklik ham davlat sherigi va xususiy sheriklik

loyihasini amalga oshirish uchun o‘z resurslarini birlashtirishiga asoslangan
hamkorligiga asoslangan holda olib boriladi, bunda uni tashkil qilishning o‘ziga xos
xususiyatlari quyidagi jadvalda umumlashtirilgan (2-jadval).

2-jadval

O‘zbekiston Respublikasida davlat-xususiy sheriklikni tashkil qilishning o‘ziga

xos xususiyatlari*

1. Mamlakatda davlat-xususiy sheriklikning tashkiliy shakli xususiy biznes va davlat
resurslarining (moliyaviy, yer, bo‘sh binolar va boshqalar) qo‘shma hamkorlikdagi
loyihalari shaklida amalga oshiriladi

2. Davlat-xususiy sheriklik asosan ijtimoiy muammolarni hal qilishga qaratilgan bo‘lib,
jumladan: ta’lim, tibbiyot, farmatseftika, turizm, uy-joy kommunal xo‘jaligi, ijtimoiy
infratuzilma ob’yektlarini qurish va modernizatsiyalash, amaliy fan, innovatsiya va
texnologiyalar, davlat xizmatlarini ko‘rsatish va boshqalarga qaratiladi


background image

509

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

3. Davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini qo‘llash natijasida faqat ijtimoiy
muammolar shu jumladan yangi ish o‘rinlarini yaratishni hal qilishgina emas, kichik va
o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha innovatsion tadbirlarni amalga oshiradi

4. Davlat-xususiy sheriklik kelishuvi bu - davlat organi yoki davlat tashkiloti va xususiy
biznes sub’yekti o‘rtasidagi shartnoma bo‘lib, xususiy sherik, uning doirasida, davlat
organining funksiyalarini bajaradi va yoki davlat mulki ob’yektlaridan tijorat
maqsadlarida foydalanadi.

5. Davlat-xususiy sheriklik loyihalari ko‘pincha arzon va katta moliyaviy mablag‘larni
to‘plashni talab qilmaydi, moliyaviy imkoniyatlar yaratiladi.

6. DXSH loyihalari davlat va xususiy sheriklarning resurslarini birlashtirishga qaratilib,
davlat esa yer uchastkasini ajratishni tashkil qiladi va xarajatlarning bir qismini qoplaydi
va xususiy sherik qo‘shimcha ta’mirlash, jihozlash vazifalarini bajaradi.

*Muallif ishlanmasi

XULOSA

Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, davlat va hamkor tomon ya’ni

xususiy biznes faoliyati ishtirokshilari uchun quyidagi bir qator imtiyozlar yaratiladi:
jumladan, uzoq muddatga mo‘ljallangan loyihalarning bajarilishida moliyaviy yukning
muvozanatli taqsimlanishiga erishish, xizmatlarning o‘z vaqtida bajarilishida
iste’molchilar ehtiyojiga muvofiqlik va boshqaruv tizimidagi ishtirokining oshib
borishi. Shuningdek, “yopiq” tarmoqlarga kirish imkoniyatining kengayishi va qulay
ta’riflarni o‘rganish jarayonida ishtirok etish imkoniyatining yaratilishi.

Bundan tashqari iqtisodiyotni modernizatsiyalashuvi sharoitida ta’lim xizmatlari

ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy
mexanizmlarini takomillashtirish, ta’lim xizmatlari sifatini oshirishda maktab,
professional va oliy ta’lim tizimida davlat va xususiy sektor o‘rtasida barqaror
munosabatlarni shakllantirish va samaradorligini oshirish borasida tizimli ishlar olib
borish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Ta’lim sohasidagi davlat-xususiy
sheriklikning amaldagi mexanizmi vositalarini o‘rganish, tahlil qilish natijalari, ishlab
chiqilgan xulosalar va tavsiyalar davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish dasturlarini
shakllantirishda, qabul qilinayotgan qarorlarni baholash ko‘rsatkichlari va mezonlarini
aniqlashda, shuningdek faoliyat natijadorligi ko‘rsatkichlarini oshirishda samarali
hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.https://syberleninka.ru/artisle/n/mirovoy-rynok-obrazovatelnyh-uslug-

vysshey-shkoly;http://www.m-esonomy.ru/art.php?nArtId=3649

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga

Murojaatnomasi. http://uza.uz/oz/politiss/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-
mirziyoyevning-oliasy, 28.12.2018.


background image

510

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

3.

The World Bank / Vsemirnыy Bank

- What are Publis Private Partnerships /

Shto takoe gosudarstvenno-

shastnoe partnerstvo [Elektronnыy r

esurs]. - Rejim

dostupa: http://ppp. worldbank.org/publis-private-partnership/overview/what-are-
publis-privatepartnerships.

4. O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 10 mayda “Davlat-xususiy sheriklik

to‘g‘risida”gi O‘RQ-537-sonli Qonuni. Lex.uz.

5. Utemuratova G. Xizmat ko‘rsatish sohasida davlat-xususiy sherikligi

rivojlanishining metodologik asoslarini takomillashtirish. I.f.d. diss. avtoreferati.
Nukus. 2023. – 13 B.

6.

Abdikarimova Z.B. Ta’lim tizimida davlat-xususiy sherikchilik

munosabatlarini

rivojlantirish yunalishlari va ustuvor jixatlari //

https://dx.doi.org/10.36522/2181-9637-2022-2-3 UDS: 334.723

7.

Варнавского

В

.,

Зелднера

А

.,

Мочалникова В

.,

Силвестрова

С

.

(2015) “Основы государственно

-

частного партнерства теория методология

практика кол. авт ” под ред В Варнавского А Зелднера В Мочалникова С

Силвестрова

Москва Анкил:

С.16.

8.

Общая характеристика текущего состояния сферы образования

Российской Федератсии, основные показатели и анализ сотсиалных,

финансовоекономических

и прочих рисков реализатсии государственной

программы”. ҳттпс://росму.ру/аsтивитй/аттач/евентс/1179/состояние.пдф

9.

А.В. Мантуленк. Государственно

-

частное партнерство в образовании

Вестник СамГУ. 2014. № 8

-184

с.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga

WWW.INFOCOM.UZ “RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

The World Bank / Vsemirnыy Bank - What are Publis Private Partnerships /

Shto takoe gosudarstvenno-shastnoe partnerstvo [Elektronnыy resurs]. - Rejim

dostupa: http://ppp. worldbank.org/publis-private-partnership/overview/what-arepublis-privatepartnerships.

O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 10 mayda “Davlat-xususiy sheriklik

to‘g‘risida”gi O‘RQ-537-sonli Qonuni. Lex.uz.

Utemuratova G. Xizmat ko‘rsatish sohasida davlat-xususiy sherikligi

rivojlanishining metodologik asoslarini takomillashtirish. I.f.d. diss. avtoreferati.

Nukus. 2023. – 13 B.

Abdikarimova Z.B. Ta’lim tizimida davlat-xususiy sherikchilik

munosabatlarini rivojlantirish yunalishlari va ustuvor jixatlari //

Варнавского В., Зелднера А., Мочалникова В., Силвестрова

С. (2015) “Основы государственно - частного партнерства теория методология

практика кол. авт ” под ред В Варнавского А Зелднера В Мочалникова С

Силвестрова – Москва Анкил: – С.16.

Общая характеристика текущего состояния сферы образования

Российской Федератсии, основные показатели и анализ сотсиалных,

финансовоекономических и прочих рисков реализатсии государственной

программы”. ҳттпс://росму.ру/аsтивитй/аттач/евентс/1179/состояние.пдф

А.В. Мантуленк. Государственно-частное партнерство в образовании

Вестник СамГУ. 2014. № 8 -184 с.