Авторы

  • Суннат Касимов
    Джизакского политехнического института

Биография автора

  • Суннат Касимов , Джизакского политехнического института
    Доцент

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.digital-economy.89743

Ключевые слова:

transport-yuk kompleksi ishini terminal tashishlar yuklarni etkazib berish transport tarmoqlari shakllanish tamoyillari samaradorlik usullar harakatlanuvchi tarkib rivojlanish transport ombor terminal infratuzilma mintaqa.

Аннотация

Ushbu maqolada xalqaro yuk tashishni tashkil etish transportlogistik xizmatlar tufayli iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishlar samaradorligini
oshirish, jahon standartlariga tobora yaqinlashish, hududiy moddiy va unga doimiy
yo‘ldosh (hamroh) bo‘lgan axborot va moliya oqimlarini boshqaruvning zamonaviylogistik texnologiyalarni joriy etish.


background image

229

LOGISTIKA

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 5-SON

WWW.INFOCOM.UZ

LOGISTIK TIZIMDA XALQARO YUKLARNI TASHISHDA TRANSPORT-

YUK KOMPLEKSINING TERMINAL TEXNOLOGIYALARINING

SAMARADORLIGI OSHIRISH

Qosimov Sunnat Hatamovich

Jizzax politexnika instituti “Transport logistikasi” kafedrasi dotsenti

qosimovsunnat03@gmail.ru

Annotatsiya:

Ushbu maqolada xalqaro yuk tashishni tashkil etish transport-

logistik xizmatlar tufayli iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishlar samaradorligini
oshirish, jahon standartlariga tobora yaqinlashish, hududiy moddiy va unga doimiy
yo‘ldosh (hamroh) bo‘lgan axborot va moliya oqimlarini boshqaruvning zamonaviy-
logistik texnologiyalarni joriy etish.

Kalit so‘zlar: transport-yuk kompleksi ishini,

terminal tashishlar, yuklarni

etkazib berish, transport tarmoqlari, shakllanish tamoyillari, samaradorlik, usullar,
harakatlanuvchi tarkib, rivojlanish, transport, ombor, terminal, infratuzilma, mintaqa.

ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ТЕРМИНАЛЬНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ

ТРАНСПОРТНО

-

ГРУЗОВОГО КОМПЛЕКСА ПРИ МЕЖДУНАРОДНЫХ

ПЕРЕВОЗКАХ ГРУЗОВ В ЛОГИСТИЧЕСКОЙ СИСТЕМЕ

Касимов Суннат Хатамович

Доцент кафедры “Транспортная логистика” Джизакского политехнического

института

qosimovsunnat03@gmail.ru

Аннотация:

В данной статье организация международных грузоперевозок

направлена на повышение эффективности обслуживания потребителей за счет

транспортно

-

логистических услуг, приближения к мировым стандартам,

современным логистическим технологиям управления региональными

материально

-

информационными и финансовыми потоками, которые являются

постоянными. товарищ (попутчик) к нему.

Ключевые слова:

работа транспортно-грузового комплекса,

терминальные перевозки, доставка грузов, транспортные сети, принципы

формирования, эффективность, методы, подвижной состав, развитие,

транспорт, склад, терминал, инфраструктура, регион.


background image

230

LOGISTIKA

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 5-SON

WWW.INFOCOM.UZ

IMPROVING THE EFFICIENCY OF TERMINAL TECHNOLOGIES OF

THE TRANSPORT AND CARGO COMPLEX IN THE TRANSPORT OF

INTERNATIONAL CARGO IN THE LOGISTICS SYSTEM

Kasimov Sunnat Hatamovich

Associate Professor, Department of Transport Logistics, Jizzakh Polytechnic Institute

qosimovsunnat03@gmail.ru

Abstract:

In this article, the organization of international cargo transport is

aimed at improving the efficiency of services to consumers thanks to transport-logistics
services, getting closer to world standards, modern-logistic technologies for managing
regional material and information and financial flows that are a constant companion
(companion) to it. introduction.

Key words: the work of the transport-cargo complex, terminal transportation,

cargo delivery, transport networks, principles of formation, efficiency, methods,
rolling stock, development, transport, warehouse, terminal, infrastructure, region.

KIRISH

Keyingi yillarda avtomobilda yuklarni xalqaro tashish sohasida xorijiy davlatlar

bilan o‘zaro hamkorlik qilish masalalarini tartibga solish bo‘yicha shartnomaviy-
huquqiy bazani takomillashtirish, milliy tashuvchilarning katta hajmli yuk
avtotransport vositalari parkini yangilash va modernizatsiya qilish uchun qulay shart-
sharoitlar yaratish va transport xizmatlari xalqaro bozorida ularning
raqobatbardoshligini oshirishga yo‘naltirilgan salmoqli chora-tadbirlar ko‘rildi.

“2022–2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot

Strategiyasining 93-maqsadida ko‘rsatilganidek [1] “Mamlakatning xalqaro
hamjamiyatda teng huquqli sub’ekt sifatidagi rolini oshirish, hamkor mamlakatlar va
xalqaro tashkilotlar bilan mintaqaviy va global masalalar bo‘yicha muvozanatli tarzda
muloqot olib borish, ular bilan ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish, siyosiy,
iqtisodiy hamda madaniy sohalarda turli darajadagi maslahatlashuvlarni tashkil etish,
etakchi davlatlar bilan keng qamrovli hamkorlikni strategik darajaga olib chiqish
hamda ular bilan kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni
kelishish” mamlakatimizning xalqaro transport magistrallariga ulanishi, transport
mustaqilligini ta’minlash va transport aloqalarini diversifikatsiya qilishga
yo‘naltirilishida alohida o‘rin egallaydi. Milliy mahsulotlarni mintaqaviy va xalqaro
bozorlarga chiqishini ta’minlovchi transport yo‘laklari infratuzilmalarini rivojlantirish
hamda transport xizmatlari ko‘rsatishni talablar darajasida yo‘lga qo‘yish bevosita
transport logistikaga bog‘liq.


background image

231

LOGISTIKA

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 5-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Transport-yuk kompleksining eng asosiy ko‘zda tutgan maqsadi- transport,

omborxona va sotish funksiyalarini hamda ushbu funksiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan
barcha xizmat ko‘rsatish turlarini o‘zida mujassamlashtirgan taqsimlash markazini
tuzish bo‘lgan. Boshqacha qilib aytganda, bu tizimda transport logistikasining barcha
ilg‘or g‘oyalari amalga oshirilgan edi (1960-yillarda bu atama hali unchalik
ommalashmagan edi), bu esa ko‘p yillar mobaynida bozorda uning barqarorligini
ta’minladi. Undan tashqari, o‘sha davr uchun butunlay yangicha bo‘lgan tamoyil- bir
vaqtning o‘zida bitta hududda o‘zaro bir-birlarini to‘ldiruvchi, turlicha vazifalarni
bajaruvchi korxonalar kompleksining faoliyat ko‘rsatishlari amalga oshiriladi.

Xususiy (parametrik) masalalar yechimi oldida turadigan maqsad, Transport-

yuk kompleksi ishini modellashtirishda yuk stansiyasi alohida texnologik zonalarning
yoki alohida yuk stansiyalarining faoliyatlarini optimalashtirishdan iborat. Ushbu
holda Transport-yuk kompleksi ishini optimal boshqaruv funksiyasining
dekompozisiyasi logistik tizimning elementi sifatida o‘z tarkibiga o‘zaro bir-biri bilan
bog‘liq bo‘lgan beshta bosqichni oladi:

ishlab chiqarishdagi vaziyatni tahlil qilish, transport xizmatiga bo‘lgan

talablarni o‘rganish va transport mahsulotining bozorda o‘tish hajmini bashoratlash;

transport-yuk kompleksi faoliyat ko‘rsatuvining maqsadlarini shakllantirish.

Bunga Transport-yuk kompleksining umumiy maqsadi-transport xizmati ko‘rsatish
sifatini va raqobatbardoshlikni oshirish, tariflarning talab etilgan darajasini ta’minlash
kiradi;

lokal (ma’lum bir joyga xos bo‘lgan) maqsadlar-mahsulot birligiga to‘g‘ri

keladigan xarajatlarni, xodimlar sonini, yoqilg‘i va elektro-energiyaga xarajatlarni
kamaytirish, tasarruf (ekspluatatsiya) ishonchliligi darajasini, asosiy fondlardan
foydalanish koeffisiyentini oshirish;

transport-yuk kompleksini loyihalashtirish, rekonstruksiya, modernizatsiya

qilish bosqichida strategik boshqaruv olib borish (rejalashtirish), rasional marketing
siyosatini ishlab chiqish;

tasarruf bosqichida taktik (operativ) boshqarish;

optimal boshqaruvchi qarorlar qabul qilish va uni amalga oshirish.

Shu bilan bir qatorda ko‘pincha beshinchi bosqich amalga oshirilgandan so‘ng

birinchi bosqichga qaytish kerak bo‘ladi (qaytadan aloqa tamoyili). Transport-yuk
kompleksi murakkab tizim ekanligini hisobga olgan holda, uning faoliyat ko‘rsatishini
optimallashtirish masalasi ko‘p bosqichli va mezonli yondashuv yordamida hal etilishi
lozim.

Transport bozoridagi jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar mohiyatiga

ko‘ra ko‘p mezonlidir. Masalani ko‘rib chiqishga qanchalik ko‘p mezonlar kiritilsa,
ko‘rib chiqilayotgan tizim to‘g‘risida shunchalik to‘liq ma’lumot olish mumkin.
Modelga qo‘shimcha mezonlar kiritilganda, shu jumladan resurslar hajmini


background image

232

LOGISTIKA

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 5-SON

WWW.INFOCOM.UZ

ifodalovchi mezonlar, “tor joy”larning (xavfli uchastkalarning) paydo bo‘lishini
chetlab o‘tish va bozor omillari amal qilayotgan sharoitda ishlab chiqarish-transport
tizimi faoliyat ko‘rsatish jarayoni modeliga ko‘proq yaqinlashishga imkon yaratiladi.

Optimallashtiruvchi parametrlar sifatida quyidagi ko‘rsatkichlar tushuniladi:

logistik ishlab-chiqarish zanjirining har bir zvenosiga ajratilayotgan resurslar

hajmi;

xizmat ko‘rsatuvchi apparatlarning unumdorligi;

yuk to‘plovchilarning katta-kichikligi;

sutka mobaynida omborxona va yuk frontining ishlash vaqti va hakozo.

Bozor munosabatlarining rivojlanib borishi, prinsipial yangi masalalar va

zamonaviy programmaviy mahsulotlarning paydo bo‘lishi, yangi turdagi (tipdagi)
avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratish va ularni samarali qo‘llashning ob’yektiv
tamoyillari sanaladi.

METODOLOGIYA

Tadqiqot jarayonida O‘zbekiston Respublikasini xalqaro transport-logistika

xizmatlari bozorida terminal tizimlar orqali yuk tashishni samarali tashkil qilish
tizimini rivojlantirish uslubiyotini ishlab chiqish hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Transport logistika xizmatlari bozorida terminal tizimlar orqali yuk tashishni

samarali tashkil qilish muammolari dunyoning qator mamlakatlarida, ayniqsa bozor

munosabatlari shakllangan mamlakatlarda tadqiq qilingan. Gʻarb

mamlakatlarining

ilmiy manbalarida J. Gelbreyt, V.Gerami, R.Xeyns va boshqa xorij mutaxassislarining
ishlari chop etilgan.

Shular bilan bir qatorda MDH mamlakatlarining ishlarida ham o‘z aksini topgan.

Bularning qatorida MDH olimlaridan B.G.Galstyanning ko‘rsatishicha

[2], esa

“Transport logistikasi - bu sanoat logistikasi muayyan texnologiya, ta’minot
zanjiridagi marshrutlar va logistika, texnologik, operatsiyalar, faoliyat va
funksiyalardan tashkil topgan transport vositalari tomonidan mahsulotlarni
ko‘chirishdan iborat bo‘lgan tovarlar harakati jarayonida moddiy oqimlarning ishlashi
va boshqarilishi va ularga tegishli ta’minot va unga aloqador oqimlarni tashkil etish.
L.B.Mirotin, E.A. Safronov, G.A. Gureviya, va boshqalarning ishlarini ta’kidlash
lozimdir.

Mahalliy olimlardan R.G‘.Samatovning e’tirof etishicha “Mujassamlashgan

logistik ta’minot (LT)ni amalga oshirish logistik jarayon ishtirokchilarining ishlab
chiqarish va xo‘jalik faoliyatining qo‘yidagi shakl va uslublari orqali amalga oshiriladi
[3]: Sh.Bo‘tayev [4]

, Gʻ.A. Samatov, Gʻ.M.Qosimov

[7] va boshqalarning ishlarini

ta’kidlash lozimdir.


background image

233

LOGISTIKA

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 5-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Yuklarni tashishga bo‘lgan talabning doimiy tarzda ortib borishi, ishlab-

chiqarish xo‘jalik aloqalarining kengayib borishi, hudud iqtisodiyotidagi tarkibiy
o‘zgarishlar sharoitida, transport kompleksining vazifasi va ahamiyati, uning ishi
samaradorligi va sifati muammolari dolzarbligi beto‘xtov ortib boraveradi.

Hozirgi kunga kelib mamlakatning transport kompleksi rivojlanib borayotgan

iqtisodiyotdan ancha orqada qolgan va u yuqori sifatli transport xizmati ko‘rsatishga
bo‘lgan talabni to‘liq qoniqtira olmaydi, tashkiliy, tarkibiy, texnologik, ilmiy-texnik,
tijorat-huquqiy jihatdan takomillashishga ehtiyoj sezmoqda.

TAHLIL VA NATIJALAR

Bir tomondan, transport mahsuloti iste’molchilarning manfaatlarini hisobga

olish, ikkinchi tomondan, transport-yuk komplekslarining raqobatbardoshliklarini
oshirishga intilish, logistika tamoyillarini qo‘llashni talab etadi. Ma’lumki,
logistikaning asosiy tamoyili, uni samarali amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonlarini shakllantirish uslubiyatiga
(metodologiyasiga) tizimli (sistemali) yondoshuvdan iborat.

Ushbu uslubiyatni (metodologiyani) tavsiflashga o‘tishdan avval, shuni aytib

o‘tmoq zarurki, hozirgi kunda yuklarni qayta ishlash punktlarining funksiyalari
o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega. Bunday o‘zgarishlar transport xizmati ko‘rsatish
sifatini oshiruvchi, stansiyadan stansiyagacha emas, balki “eshikdan eshikgacha»
yuklarni yetkazib berish, konteynerlarda va kombinatsiyalashgan usulda yuklarni
tashish, texnologik marshrutlar va boshqa zamonaviy transportirovka (tashish)
uslublarini qo‘llash sababli sodir bo‘lmoqda. Aytib o‘tilgan tendensiyalarni hisobga
olgan holda va ish hajmlari pasayib borayotgan sharoitlarda yuk stansiyalari hududiy
(regional) taqsimlash markazlari vazifasini bajarishlari mumkin. Bu markazlar mazkur
hududda yuk oqimlarini boshqarishda, temir yo‘l orqali yuk jo‘natuvchilardan ularni
yuk qabul qiluvchilarga yetkazib berishda ishtirok etishlari mumkin. Ish hajmlarining
pasayib ketishi sharoitida ham yuklarni yetkazib berish bo‘yicha yuk stansiyasi
faoliyatining maqsadlarini aniqlashga qaratilgan logistik zanjirlar doirasida tizimli

tahlilni (sistemnыy analiz) qo‘llash murakkabroq iyerarxik transport megatizimini

ko‘rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Yuk stansiyalarining umumiy majmui
ma’lum bir hududning transport-yuk kompleksini hosil qiladi. Transport-yuk
komplekslarini rivojlanayotgan tizimlar qatoriga kiritish lozim. Bunda nafaqat tasarruf
etilayotgan Transport-yuk kompleks faoliyati rivoji, balki rivojlanish jarayonining
optimallashuvi ham ko‘zda tutiladi. Ushbu muammoning hal etilishi ko‘pdan-ko‘p
shart-sharoitlar va cheklashlar bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p variantli xarakterga ega. Ana
shuning uchun ham Transport-yuk komplekslari faoliyatlarini loyihalashtirish,
rejalashtirish va boshqarishda o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan optimallashtiruvchi
masalalar kompleksini ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi. Ularning yechimi ko‘p bosqichli,


background image

234

LOGISTIKA

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 5-SON

WWW.INFOCOM.UZ

iterasion jarayon bo‘lib, o‘zaro bir-biriga ta’sir etuvchi ikki bosqichni o‘z ichiga oladi:
rejalashtirish va boshqarish (tartibga solib turish, regulirovka qilish). Rejalashtirish
strategik, boshqarish esa taktik (operativ) boshqaruv darajasida amalga oshiriladi [8].

Mamlakat ishlab-chiqarish kompleksini tarkibiy qayta qurish, ishlab-chiqarishni

ilmiy-amaliy rivojlanishga yo‘naltirishni tezlashtirish, mashinasozlikni
ixtisoslashtirish, resurslarni asrab-avaylash bo‘yicha olib borilayotgan siyosat yuklarni
tashilish hajmining ortishiga stabillashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan bir paytda
savdo-tijorat faoliyatining rivojlanishi barcha hududlar o‘rtasida transport-iqtisodiy
aloqalarning kengayib borishiga imkoniyat yaratadi, shu jumladan tashqi-iqtisodiy
yo‘nalishlarda ham.

Yuklarni tashishning takomillashuvi transport tugunlari, saralash punktlari, yuk

stansiyalari ishlarini yaxshilash, omborxonalar, port uskunalarini rekonstruksiya qilish,
yangi tipdagi harakatlanuvchi qismlarni joriy qilish, transport-ekspedisiya xizmati
ko‘rsatish bilan mijozlarni yanada kengroq qamrab olish, zamonaviy, yuqori darajada
mexanizatsiyalashgan terminal komplekslarini (vujudga keltirish) yaratish, intermodal
yuk tashuvni rivojlantirish, tashish jarayonini tashkil etishni takomillashtirish va
boshqaruvning iqtisodiy uslublarini joriy etish zarurati bilan chambarchas bog‘liq.

Ko‘p sonli transport, savdo, ekspeditorlik, yuklarni qayta ishlovchi korxonalar,

ishlab chiqaruvchi firmalar va mahsulot yetkazib beruvchilar ishini boshqarish va
koordinatsiya qilish, iste’molchilarga samarali xizmat ko‘rsatish, o‘zagi logistik
markazlar kompleksidan iborat bo‘lgan hududiy makrologistik tizimsiz umuman
mumkin emas. Bu tizimning koordinatsiyalovchi va integratsiyalovchi potensiali
ijroiya hokimiyati strukturalariga asoslanishi kerak va rivojlanishning ijtimoiy-
iqtisodiy masalalarini hal etishga, transport-logistik xizmatlar tufayli iste’molchilarga
xizmat ko‘rsatishlar samaradorligini oshirishga, jahon standartlariga tobora
yaqinlashishga, hududiy moddiy va unga doimiy yo‘ldosh (hamroh) bo‘lgan axborot
va moliya oqimlarini boshqaruvning zamonaviy-logistik texnologiyalarni joriy etishga
yo‘nalgan bo‘lishi kerak.

Bu esa shuni ko‘rsatmoqdaki shahar, hudud, mamlakat va xalqaro hamjamiyat

manfaatlari masalalarini samarali hal etish uchun o‘z tarkibiga transportning barcha
turlarini, transport tugunlarini, terminal komplekslarini, yuklarni qayta ishlovchi
korxonalarni, bojxonalar va hokazolarni oluvchi hududning transport-logistik tizimini
bunyod etish zarur.

Xususan, transport-logistik servisining quyidagi kamchiliklarini aytib o‘tish

kerak bo‘ladi:

tashish hajmining kamayishi, tariflar darajasining yuqoriligi, chet el

tashuvchilari bilan raqobatning kuchayishi hisobiga, transport, omborxona va boshqa
ular bilan bog‘liq bo‘lgan logistik xizmatlarga talabning pasayishi;


background image

235

LOGISTIKA

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 5-SON

WWW.INFOCOM.UZ

kompleksning faoliyat ko‘rsatishida marketing operatsiyalarining mavjud

emasligi;

logistik servis sifatining pastligi va jahon standartlariga javob bermasligi;

shlab-chiqarish-texnika bazasi, servis infrastrukturasi, transport-logistik

jarayonini qo‘llovchi axborot tizimi rivojlanish darajasining pastligi;

yagona innovasion va investision siyosatning yo‘qligi;

amalda mavjud bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish va bojxonalarda yuklarni

hujjatlashtirish tartibining murakkabligi va mukammal emasligi;

tashish jarayoni ishtirokchilari, terminallar, omborxonalar, bojxonalar,

boshqa korxonalar va ular xizmatlarining iste’molchilari o‘zaro aloqalar va axborot
almashuv aloqalari darajasining pastligi;

transport-logistika servisiga partnerlar qiziqishining bir-biridan anchagina

farq qilishi;

yagona normativ-huquq bazaning yo‘qligi;

zamonaviy transport-ekspedision faoliyat logistik texnologiyalarining mavjud

emasligi [9].

Undan tashqari, bizning mamlakatimizning yuk tashuvchi, ekspedisiya qiluvchi,

yuklarni qayta ishlovchi va terminal komplekslari tomonidan ko‘rsatiladigan transport-
logistika servisining sifati yevropa va jahon standartlari talablariga javob bermaydi.
Shuning uchun ham tranzit yuk oqimlarining 70-75%ini chet el firmalari egallab
olishgan.

Ko‘pincha kam quvvatli omborxonalar, yuklarni qayta ishlovchi korxonalar va

bojxona terminallari nihoyatda ko‘p bo‘lishlariga qaramay, odatda, ular yuklarni qayta
ishlashning zamonaviy texnologiyalariga ega emaslar, jihozlanganlik darajasi past
bo‘lib, xizmat ko‘rsatish kompleksligi bo‘yicha mamlakat va chet ellik mijozlarning
talablariga javob bermaydilar. Tovarlar almashuvi, ekologiya, yuklarni qayta ishlashni,
konsolidatsiya (jipslashuv, birlashish)ni, yuklarni sortirovka qilishni, mijozlarga servis
xizmati ko‘rsatishni ta’minlovchi zamonaviy va yuqori darajada
mexanizatsiyalashgan, yetarlicha miqdordagi terminal komplekslarining yo‘qligi,
transport-taqsimlov tizimi faoliyati samaradorligining pastligi tufayli to‘planib qolgan
muammolar umumlashgan tarzda xo‘jalik kompleksida salbiy aks etadi [10].

XULOSA

Mamlakat iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlar, yangi tijorat tuzilmalarining

shakllanishi va tadbirkorlikning rivojlanishi, yaqin qo‘shni mamlakatlar va uzoq chet
el bilan xo‘jalik aloqalarining instensivlashuvi, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda
yuklar tashuvini tashkil etishga, magistral turdagi transport bilan yuklarni tashib
yetkazib beruvchi va tashib olib ketuvchi mahalliy avtotransport o‘rtasidagi muvofiqlik
va o‘zaro hamkorlikni ta’minlashga bo‘lgan iste’mol talablarini ortishiga olib keladi.


background image

236

LOGISTIKA

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 5-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Amaldagi vaziyat tashish jarayonining ma’lum bir qismlarini yaxshilash va
mukammalashtirishni emas, balki butun texnologik jarayonlarni keskin o‘zgartirishga
imkoniyat yaratuvchi, yuklar harakatlanishining prinsipial yangi ko‘rinishini vujudga
keltirishni talab qilmoqda. Bunda terminal texnologiyalari bo‘yicha kompleks
transport – ekspedision xizmat ko‘rsatish tizimini tashkil etish birinchi darajali
ahamiyat kasb etadi.

Yuklar harakatlanuvining terminal tizimini yaratish bo‘yicha keltirilgan taklif va

mulohazalar hududda terminal texnologiyasi asosida yuklar tashishni tashkil etishning
logistik tizimini shakllantirishga zamin yaratgan holda transport jarayoni
ishtirokchilari faoliyatining uyg‘unligini ta’minlash hamda tashish jarayonlarining
samaradorligini oshirishga imkon beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvar, PF-60-son 2022

– 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida

Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022 y.,

06/22/60/0082-son).

2.

Галстян Б.Г. Транспортная логистика, эе сущност и задачи // Молодой

ученый.

2018. № 51 С. 224

-225.

3.

Samatov R.G‘. “Raqobat muhitida avtomobil transporti logistik tizimi

faoliyatini takomillashtirish” mavzusidagi t.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan
dissertatsiya. Toshkent Avtomobil-yo‘llar instituti. 2012.- 44 b.

4.

Butayev Sh.A., Sidiqnazarov Q.M., Murodov A.S., Qo‘ziyev A.U.

“Logistika” (Etkazib berish zanjirida oqimlarni boshqarish), Monografiya,Toshkent,
“EXTREMUM-PRESS” nashriyoti, 2012-580b.

5.

Qarriyeva Ya.K. O‘zbekistonni jahon bozoriga chiqish uchun xalqaro

yo‘laklardan samarali foydalanishning logistik transport muammolari. Iqtisod
fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati.-T.,
2004.-44 b.;

6.

Bobanazarova J., Bozorova S. Aholi ish bilan bandligini ta’minlash:

O‘zbekiston Xitoy hamkorligi O‘zbekiston-Xitoy tarixiy-madaniy, ilmiy va iqtisodiy
aloqalar rivoji xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Toshkent, 2018 yil. 117 -
121 b.

7.

Qosimov S.H. (2023). YUKLARNI TASHISHDA TERMINAL VA

LOGISTIKA TEXNOLOGIYASINING HOZIRGI HOLATI VA UNING

RIVOJLANISHI. Экономика и сосиум, (4

-1 (107)), 255-258.

8.

Ходжаев Б.А., Закиров Г.Т. “Международние автомобилние

перевозки”, Тошкент “Фан”, 2005

-

310 б.


background image

237

LOGISTIKA

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 5-SON

WWW.INFOCOM.UZ

9.

Транспортная

логистика:

Учебник

/Под

общ.

ред.

проф.

Л.Б. Миротина.

М.: Экзамен, 2002.

10.

Qosimov S.H. (2022). YUKLARNI TASHISHNI TASHKIL ETISH

ASOSIDA HUDUDLARDA TERMINAL TEXNOLOGIYASINI QO ’LLASH
LOGISTIK TIZIMINI SHAKLLANTIRISH.

Экономика и сосиум, (12

-1 (103)),

Sayt: http://www.iupr.ru 214-217.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvar, PF-60-son 2022

– 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

to‘g‘risida Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022 y.,

/22/60/0082-son).

Галстян Б.Г. Транспортная логистика, эе сущност и задачи // Молодой

ученый. – 2018. № 51 С. 224-225.

Samatov R.G‘. “Raqobat muhitida avtomobil transporti logistik tizimi

faoliyatini takomillashtirish” mavzusidagi t.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan

dissertatsiya. Toshkent Avtomobil-yo‘llar instituti. 2012.- 44 b.

Butayev Sh.A., Sidiqnazarov Q.M., Murodov A.S., Qo‘ziyev A.U.

“Logistika” (Etkazib berish zanjirida oqimlarni boshqarish), Monografiya,Toshkent,

“EXTREMUM-PRESS” nashriyoti, 2012-580b.

Qarriyeva Ya.K. O‘zbekistonni jahon bozoriga chiqish uchun xalqaro

yo‘laklardan samarali foydalanishning logistik transport muammolari. Iqtisod

fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati.-T.,

-44 b.;

Bobanazarova J., Bozorova S. Aholi ish bilan bandligini ta’minlash:

O‘zbekiston Xitoy hamkorligi O‘zbekiston-Xitoy tarixiy-madaniy, ilmiy va iqtisodiy

aloqalar rivoji xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Toshkent, 2018 yil. 117 -

b.

Qosimov S.H. (2023). YUKLARNI TASHISHDA TERMINAL VA

LOGISTIKA TEXNOLOGIYASINING HOZIRGI HOLATI VA UNING

RIVOJLANISHI. Экономика и сосиум, (4-1 (107)), 255-258.

Ходжаев Б.А., Закиров Г.Т. “Международние автомобилние

перевозки”, Тошкент “Фан”, 2005- 310 б.

Транспортная логистика: Учебник /Под общ. ред. проф. Л.Б. Миротина.

— М.: Экзамен, 2002.

Qosimov S.H. (2022). YUKLARNI TASHISHNI TASHKIL ETISH

ASOSIDA HUDUDLARDA TERMINAL TEXNOLOGIYASINI QO ’LLASH

LOGISTIK TIZIMINI SHAKLLANTIRISH. Экономика и сосиум, (12-1 (103)),

Sayt: http://www.iupr.ru 214-217.