325
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
O‘QUV BINOLARI VA O‘QUV MARKAZLARINI RANG YECHIMINI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR HAMDA SUN’IY INTELLEKT ORQALI
LOYIHALASH
Siddiqova Madinabonu Asatillo qizi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
magistranti
Karimov Bahodir O‘ktam o‘g‘li
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Mehnat muhofazasi va texnik xavfsizlik”
kafedrasi assistenti
baxodirkarimov0928@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada, ta’lim muassalarida rang mutonosibligi hamda
o‘quv markazlarining badiiy jihatdan loyihalashda ranglarning o‘rni va axamiyati
o‘rganilib, Rang turlarini ta’lim muassasining turi va undagi o‘quvchilarning
psixofiziologik qobilayatlarini inobatga olgan holda loyihalashda
raqamli
texnologiyalar va sun’iy intellektni qo‘llash
tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar: s
un’iy intellekt,
raqamlashtirish modellashtirish, rang
yеchimi,
bilim, ko‘nikma.
ОРГАНИЗАЦИЯ УЧЕБНЫХ ЗДАНИЙ И УЧЕБНЫХ ЦЕНТРОВ ПО
ЦВЕТОВОЙ СХЕМЕ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ЦИФРОВЫХ
ТЕХНОЛОГИЙ И ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА
Сиддикова Мадинабону Асатилло кизи
Магистрант Самаркандского государственного архитектурно-
строительного университета имени Мирзо Улугбек
Каримов Баҳодир Уктам угли
Ассистент кафедры «Охрана труда и техническая безопасность»
Каршинского инженерно-экономического института
baxodirkarimov0928@gmail.com
Аннотация
:
В данной статье изучена роль и значение цвета в
художественном оформлении учебных заведений и образовательных центров, а
326
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
также
использованы цифровые технологии и технологии при проектировании
цветотипов с учетом типа учебного заведения и психофизиологических
способностей ребенка. анализируется использование здравого смысла.
.
Ключевые
слова
:
искусственный интеллект, цифровое моделирование,
цветовое решение, знания, навыки.
DESIGNING EDUCATIONAL BUILDINGS AND LEARNING CENTERS
USING NUMERICAL TECHNOLOGIES AS WELL AS ARTIFICIAL
INTELLIGENCE FOR CHOOSING A COLOR
Siddiqova Madinabonu Asatillo kizi
Master's student at Samarkand State University of Architecture and Civil
Engineering named after Mirzo Ulugbek
Karimov Bahodir Uktam ugli
Assistant at the Department of Labor Protection and Technical Safety, Karshi
Engineering and Economic Institute
baxodirkarimov0928@gmail.com
Abstract:
In this article, the role and importance of colors in educational
institutions and the artistic design of educational centers are studied. The use of digital
technologies and artificial intelligence is analyzed in the design of color types, taking
into account the type of educational institution and the psychophysiological abilities of
its students.
Keywords: artificial intelligence, digitization, modeling, color solution,
knowledge, skill.
KIRISH
Raqamli iqtisodiyotga o‘tish zamon talabi va O‘zbekistonni yaqin yillarda
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Yangi avlod raqamli texnologiyalari
– sun’iy intellekt, robototexnika, internet, simsiz aloqa texnologiyalari va
boshqalarning paydo bo‘lishi ishlab chiqarish, biznes va ijtimoiy sohadagi faoliyat
modellarini o‘zgartirishni talab etmoqda. Yangi raqamli texnologiyalardan samarali
foydalanish infratuzilma va huquqiy muhitni shakllantiruvchi butun mamlakatning
ham, alohida kompaniyalarning ham xalqaro raqobatbardoshligini belgilab bermoqda.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va
odamlar hayotini osonlashtirish uchun raqamli texnologiyalar va
innovatsion еchimlar
iqtisodiyotning turli tarmoqlari va jamiyat hayotiga faol joriy etilib, qo‘llanilmoqda.
Raqamli texnologiyalar davlat boshqaruvi, bank ishi, sanoat, tibbiyot va xavfsizlikni
327
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
ta’minlash, binolarni xavfsiz va mukammal loyihalashda qo‘llaniladi. Mamlakatimiz
kelajagi raqamli texnologiyalarning keng joriy etilishi va qo‘llanilishi bilan
chambarchas bog‘liq [1].
Boshqa sohalar kabi zamonaviy dunyoda bugungi yangilanishlar davrida barcha
sohalar kabi ta’lim sohasi ham o‘zining eng zamonaviy ko‘rinishlariga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil
23-sentabr kuni “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning yangi taxririni imzoladi. Ushbu
qonunda ta’lim turlari quyidagilar etib belgilangan:
−
maktabgacha ta’lim va tarbiya;
−
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
−
professional ta’lim; oliy ta’lim;
−
oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
−
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
−
maktabdan tashqari ta’lim.
Ta’lim muassasi barcha tamonlama mukammal etib loyihalanishi ta’limning
sifatiga sezilarli ta’sir etishi aniq isbotlangadir. Belgilangan QMQ va SHQNlarga
asosan yuqoridagi ta’lim muassalari arxitekturaviy, interyer tamonlama
е
chimlari
belgilangan bo‘lib, bunda tarbiyalanuvchilar, o‘quvchilar va talabalarning
fiziopsixologik xususiyatlari hamda ta’lim muassasasining ta’lim yunalishlariga mos
holda loyihalanadi. Bunda davlat qurilish normalari asosida belgilangan norma va
standartlarga qattiy rioya etiladi. Bunda davlat nazoratchi va buyurtmachidir.
Yuqoridagi ta’lim turlariga tayyorgarlik va mahsus tayyorlov kurslari bugungi kunda
ta’lim tizimining ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. ta’lim tizimining tayyorlov va
mustaqil ta’limning kelajagi sifatida qaralmoqda.
Rang inson ruhiyati va uning ruhiy holatlariga qanchalik ta’sir etishi bu ilmiy
isbotlangan, asoslangan tushunchadir. Shuning uchun o‘quv binolari, o‘quv
markazlarini loyihalashda rangi ta’lim oluvchi, ta’lim beruvchi shaxslarning
ijodkorligi, ruhiy holatiga, ma’limotlarni qabul qilib olish jarayoniga ta’sir etishini
hisobga olib to‘g‘ri tanlash maqsadga muvofiqdir. Rang tanlash, binoning interyer
еchimini raqamli texnologiyalar va su’niy
intellekt orqali loyihalash imkoniyat
yaratildi [2,3,4].
TADQIQOT
METODOLOGIYASI
Tadqiqot jarayonida ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlar tahlili, pedagogik
kuzatuv, qiyosiy tahlil, umumlashtirish, dasturlashtirish va raqaamlashtirish modellari
kabi metodlardan foydalanildi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
328
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Atrof-muhit uchun ranglar palitrasini tanlashda talabalarning aniq yosh guruhini
hisobga olish juda muhimdir. Bu jarayonni osonlashtirish uchun "Rang, atrof-muhit va
inson munosabati" muallifi Frank X. Mahnke yosh guruhlariga qarab ta’lim muhitini
rang berishda amal qilish kerak bo‘lgan ko‘rsatmalarni sanab o‘tamiz. Ikki yoshdan
to‘rt yoshgacha bo‘lgan maktabgacha yoshdagi o‘quvchilar va besh yoshdan o‘n
yoshgacha bo‘lgan boshlang‘ich maktab o‘quvchilari issiq va yorqin ranglarni afzal
ko‘rishadi. Ranglar jadvalining issiqroq qismini egallagan qizil, to‘q sariq va sariq
ranglar ekstrovert tabiatini muammosiz to‘ldiradi. Boshqa tomondan, o‘n bir yoshdan
o‘n uch yoshgacha bo‘lgan o‘rta maktab o‘quvchilari va o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz
yoshgacha bo‘lgan o‘rta maktab o‘quvchilari
е
ngil va xotirjam ohanglarga
moyil. Moviy, yashil va binafsha ranglar bolalarning bolalikdan kattalikka o‘tish
davrida dam olish va diqqatni jamlash qobiliyatiga ega bo‘lgan ranglar jadvalining
sovuqroq qismini o‘z ichiga oladi [6,7].
TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMALAR
Sun’iy intellekt (SI) yoki Sun’iy Aqliyot, odamlarning o‘z aqliyotlarini nazorat
qiluvchi avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratish va ularga aqliyot boshqarishni
o‘rganishdagi xususiyatlar to‘plami hisoblanadi. SI, ma’lumotlarni o‘rganish, tahlil
qilish, fikrlash, o‘rganish, va har qanday yo‘nalishda amalga oshirish imkoniyatiga ega
bo‘lgan avtomatlashtirilgan algoritm va modellar to‘plamidir [9,10].
Sun’iy intellektning asosiy vazifalari quyidagilardir:
Ma’lumotlar tahlili:
Sun’iy intellekt, katta miqdorda ma’lumotlarni o‘rganib, bu
ma’lumotlardan tarkibiy qonuniyliklar va o‘lchovlarni aniqlaydi.
Mantiqiy javob berish:
SI, berilgan axborotlar va shartlarga asosan qaror qabul
qilish va mantiqiy muhokamalarni amalga oshirishda yordam beradi.
Amaliyotlar bajarganlik:
Sun’iy intellekt, berilgan vazifalarni bajarish, xususan,
masalani hal qilish, hisobot tayyorlash, va boshqa avtomatlashtirilgan amaliyotlarni
amalga oshirishda yordam beradi.
Yaratuvchi ishlar:
SI, yangi fikrlar generatsiyasi, tasavvurlar yaratish va yangi
ma’lumotlarni yaratishda ham yordam beradi.
Sun’iy intellektning asosiy komponentlari shu jumladan, yadrosizlar, algoritm
va modelni yashash, ma’lumotlar olish va tahlil qilish, va amaliyotlar bajarishdir.
Sun’iy intellekt yaxshi natijalar olishi va amaliyotlarni bajarishda odam aqliyotini
orqaga qoldirmaydi va hata ko‘paytirish imkoniyatlarini taqozo etadi.
O‘quv markazlarini suniy intellekt (SI) yordamida binolarni, o‘quv markazlarini
loyihalash uchun quyidagi bosqichlar yordam berishi mumkin:
1.
Maqsadlarni aniqlash: O‘quv markazining maqsadlarini va yo‘l yo‘riqnoma,
o‘quv dasturi, va talablarini aniqlash.
329
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
2.
Ma’lumotlarni to‘plash: Talablarga muvofiq ma’lumotlarni to‘plash. Bu
ma’lumotlar o‘quv kurslari, o‘quv dasturlari, talablar, o‘qituvchilar va boshqa o‘quv
vositalariga oid ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
3.
Ma’lumotlarni tahlil qilish: Toplangan ma’lumotlarni tahlil qilib, talablar va
oquv usullari bo'yicha ko'rsatgichlarni aniqlanadi.
4.
Loyihalashni boshlash: O‘quv markazining strukturasi va o‘quv dasturlari
bo‘yicha intellektual algoritmlar yordamida loyihalash.
5.
To‘plangan ma’lumotlar va tahlil natijalariga ko‘ra o‘quv dasturlarini va
o‘quv yo‘nalishlarini avtomatlashtirish uchun AI modellari yaratish.
6.
O‘quv jarayonini monitoring qilish: O‘quv jarayonini nazorat qilish uchun AI-
algoritm yordamida talablar haqidagi ma‘lumotlarni to‘plang va baholash.
7.
O‘quvchilarga boshqarish: O‘quvchilarning individual zaruratlari va to‘g‘ri
o‘rganish yo‘nalishlarini aniqlash va ularga masofavi o‘quv va yordam berish uchun
AI-integratsiyasini qo‘llash.
8.
Yangi ma‘lumotlarni integratsiya qilish: O‘quv markazining faoliyatini
yaxshilash uchun yangi ma’lumotlarni integratsiya qilish, masalan, yangi o‘quv
dasturlari, yangi kurslar, yoki yangi o‘qituvchilar bilan.
9.
Taqdimot va baholash: O‘quv jarayonining tahlili, natijalari va
o‘quvchilarning baholashini taqdim etish uchun AI-integratsiyasini qo‘llash.
10.
Keyingi bosqichlar uchun baholash va taqdimotlarni qabul qilish.
Bu bosqichlar asosida, o‘quv markazlarini sun’iy intellekt yordamida
loyihalashda yaxshi natijalarga erishish mumkin. Ayni paytda, bu jarayonda insoniy
ko‘rsatkichlar va o‘quvchilar bilan hamkorlik qilish juda muhimdir, chunki insonlar
o‘quv jarayonining shakllanishi va boshqarilishi bo‘yicha ma‘lumotlarga ega.
Inson ongi ranglarga juda kuchli bo‘lgan ta’sir ko’rsatadigan darajada vizual
malakaga eg. Bu sababli, ranglarni o‘rganish bilim olish jarayonida juda
muhimdir[13.14.].
Ranglar insonning bilim olishiga qanday ta’sir qilishi mumkin:
1.
Motivatsiya va qiziqish:
Yo‘l yo‘riqnoma, darsliklar, maqolalar va boshqa
o‘quv materiallari ranglar orqali insonlarning ehtiyojlarini jalb etishi mumkin. Sevimli
ranglar foydalanuvchilarni qiziqishga solishi, ularni o‘quv jarayoniga qatnashishga
rag‘batlantirishi va shuningdek, o‘rganishga qiziqishni oshirishi mumkin.
2.
O‘rganishni kuchaytirish:
Ranglar va dizayn o‘quv materiallarini o‘rganishni
kuchaytirish mumkin. Masalan, biror mavzuga oid infografiklar, ko‘chirib olish uchun
tayyorlashgan darsliklar va animatsion grafikalarni o‘rganish jarayonini osonlashtirishi
mumkin.
3.
Tushunchalar va yaddosh:
Ranglar, tushunchalar va ma’lumotlarni xotira
qilishda o’rnini tutadi. Sevimli ranglar va murakkab dizayn insonlarning ma’lumotlarni
yodlashiga va eslab qolishiga yordam berishi mumkin.
330
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
4.
Taqdirlash va jiddiylik:
Yaxshi tanlangan va tez-tez ko‘rsatilgan ranglar
o‘quv materiallariga taqdirlanganligi hissiyatini kuchaytirishi mumkin. Bu esa
o‘rganishga jiddiylik kiritadi va insonlarni o‘qitishni osonlashtiradi.
5.
Konsentratsiya va tarkib:
Ranglar va dizayn, ma’lumotlarga tezroq va sodda
kirish uchun muhimdir. Bu, o‘qituvchi yoki o‘qish uchun tegishli ma‘lumotlar ustida
ko‘p vaqt sarflanmasligini ta’minlaydi.
6.
Qo‘llanish va qulaylik:
To‘g‘ri tanlangan ranglar, qo‘llanishni yaxshilaydi.
Murakkab dizayn va noqulay ranglar esa o‘qishni murakkabroq qiladi.
Shuningdek, o‘quv markazlarining murabbiylari va dizaynerlari, o‘quvchilar va
ota-onalar bilan hamkorlik qilib, ranglar va dizaynning o‘rganish jarayonida asosiy
vaqtlarni rag‘batlantirishga qaratilishi kerak. Bu, o‘quv markazlarining
o‘quvchilarning bilim olishini oson va qiziqarli qilish uchun juda muhimdir [11,12].
XULOSA
Sun’iy intellekt (SI), ranglarni tanlashda ko'p qator faktorlarga asoslangan
bo‘lishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, ranglarni tanlash uchun ko‘p o‘zgaruvchilar
mavjud bo‘lishi mumkin, masalan:
1.
Maqsad: Sun‘iy intellekt ranglarni tanlashda asosiy maqsad ma’lum bo‘lishi
kerak. Masalan, o‘quv markazining logotipi, brending materiallari yoki veb-sayti
uchun ranglarni tanlash.
2.
Ma’lumotlar: AI, ma’lumotlarga asoslangan hisob-kitoblarga ega bo‘lgan
holda ranglarni tanlashni o‘rganishi mumkin. Masalan, boshqa o‘quv markazlarining
brending ranglari, o‘quvchilar ko‘nikmalariga asoslangan ranglar va boshqalar.
3.
Tahlil: Sun’iy intellekt o‘zgaruvchilarning ta’siri va ularning tahlili bo‘yicha
ranglarni tanlay oladi. Masalan, o‘quv markazining ma’lumotlari o‘quvchilarning
tanloviga qarab, ularning yosh, jins, milliyatlari va boshqa ma‘lumotlari bo‘yicha
ranglarni tanlash.
4.
Ilovalar: Sun’iy intellektning o’zgaruvchilarni tahlil qilishda foydalaniladigan
maxsus ilovalar va algoritmlar mavjud bo’lishi mumkin. Masalan, histogram analizi,
k-means klasterlash algoritmi, yoki GAN (Generative Adversarial Networks).
5.
O‘quvchilar/foydalanuvchilar saralash: Sun’iy intellekt o‘quv markazi
foydalanuvchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan hisob-kitoblarni ko‘rib chiqishi
mumkin. Masalan, o‘quvchilar o‘quv markazining veb-saytiga kiring va ko‘rishni
yoqtirgan bo‘lgan ranglarni tanlash uchun ma‘lumot qoldirishi mumkin.
6.
Sohalarni amaliy taxlil etish: Sun’iy intellekt sohasining amaliyoti (masalan,
rasm tahlili, tasvirni tanish, matematik tahlili va boshqalar) ranglarni tanlashda
o‘zgaruvchilarni aniqlashda yordam berishi mumkin.
Barcha faktorlar birgalikda ishlatilishi mumkin va ranglarni tanlashda aksincha
ta’sir qilishi mumkin. Buning bilan birga, sun'iy intellekt o‘quv markazi maqsadlariga
331
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
mos ranglarni tanlay oladi va o‘quvchilarning yoqtirgan vaqtda uning qanday
ko’rinishiga va axborotni qabul qilish darajasini oshirishga ta’sir qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Sultonova D. N., qizi Siddiqova M. A. COLOR SCHEME IN THE
FORMATION OF THE ARTISTIC ENVIRONMENT OF THE INTERIOR OF
MODERN EDUCATIONAL CENTERS //Educational Research in Universal
Sciences. – 2023. –
Т. 2.
–
№. 14.
–
С. 109
-115.
2.
Sultanova, D. N. (2022). Liquid Geometric Shape Learning Perspective of all
Projections of Important Laws of Learning. Eurasian Journal of Learning and
Academic Teaching, 15, 178-181.
3.
Muradov Sirojiddin Husan o`g`li, Xakimov Xurshid Hamidulla o‘g‘li, &
Siddiqova Madinabonu Asatilla qizi. (2021). NEW INNOVATIVE NGINEERING
SOLUTIONS TO THE PROBLEMS OF SIGNALIZATION AND SECURITY
SYSTEMS. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 2, 28-30.
Retrieved from
http://www.ejlss.indexedresearch.org/index.php/ejlss/article/view/13
4.
Sultanova, D. N. (2015). Epigrafical ornaments in architecture of
Uzbekistan.
International journal of scientific & technology research
,
4
(07), 83-87.
5.
Rayimkulov A., Murodov S. Some Issues of Safety in the Use of Tower
Cranes Used in Construction Projects //JournalNX. –
С. 301
-308.
6.
СИРОЖИДДИН М. НЕКОТОРЫЕ АСПЕКТЫ БЕЗОПАСНОСТИ
ПРИМЕНЕНИЯ ГРУЗОПОДЪЕМНЫХ КРАНОВ В СТРОИТЕЛЬНО
-
МОНТАЖНЫХ РАБОТАХ //International journal of advanc
ed research in education,
technology and management. – 2024. –
Т. 3.
–
№. 2.
–
С. 167
-177.
7.
Muradov S. CONSTRUCTION-INSTALLATION ISHLARIDA
KUTARAMA KRANLARDAN USE FUNDAMENTAL SECURITY OF SUPPLY
//Modern Science and Research. – 2024. –
Т. 3.
–
№. 2.
–
С. 78
6-792.
8.
Muradov, S. (2024). ASSESSMENT OF THE CHEMICAL SITUATION IN
AN ACCIDENT IN FACILITIES USING KTZM. MODERN SCIENCE AND
RESEARCH, 3(2), 1142–1152.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10701651
9.
Sultonova, D. N. (2004). O‘zbekiston me’morchiligida mahobatli rangtasvirni
uyg‘unlashtirish tamoyillari/nomzodlik dissertatsiyasi.
10.
Muradov S. ЭCONOMIC ANALYSIS OF PROFITS IN THE FIELD OF
LABOR PROTECTION //Modern Science and Research. – 2024. –
Т
. 3. –
№. 1.
–
С
.
1239-1245
11.
Султанова, Д. Н. (2013). Возникновение и взаимосвяз монументалной
живописи в традитсионной архитектуре Средней Азии.
Молодой ученый, (12),
710-719.
332
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
12.
Muradov S., Usmonov H. MEHNATNI MUHOFAZA QILISHNING
RIVOJLANISH TARIXIY BOSQICHLARINI O ‘RGANISH //Interpretation and
researches. – 2024.
13.
Sultanova, D. N., & Dusanov, Z. Z. (2020). Samarqand-rassomlar
shahri.
Molodoy uchenыy, (12), 324
-332.
14.
Sultanova, D. N. (2018). Traditsionnost xudojnikov Jarskix v dekorirovanii
mnogoetajnыx domov.
Molodoy uchenыy, (23), 231
-236.
15.
Sultanova, D. (2012). Artistic Means of Agitation and Propaganda in Urban
and Architectural Space of Modern Uzbekistan. Young Scientist USA, 5, 88.