439
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
ISHLAB CHIQARISH BILAN BOG‘LIQ BAXTSIZ XODISALARNING
IJTIMOIY-IQTISODIY YO‘QOTISHLARNI HISOBLASH USULLARI
Maxmatqulov Nurilla Imomovich
Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti
“Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” kafedrasi dosenti
n.mahmatqulov@mail.ru
Annotatsiya:
Ushbu maqolada, iqtisodiyot tarmoqlarida texnika yoki
texnologik jarayonlarda sodir bo‘lgan avariyalar oqibatada ko‘rilgan ijtimoiy-iqtisodiy
zararni ananaviy usullari asosida hisoblash misollar bilan bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
avariya, xavf, xavfsizlik, sharohatlanish, jabrlanish, texnologik
jarayonlar, sanoat xavfsizligi, favqulodda vaziyatlar, mehnat resurslari.
МЕТОДЫ РАСЧЕТА СОЦИАЛЬНО
-
ЭКОНОМИЧЕСКИХ ПОТЕРЬ
ОТ АВАРИИ НА ПРОИЗВОДСТВЕ
Махматкулов Нурилла Имомович
Доцент кафедры «Охрана труда и техника безопасность»
Каршинского инженерно-экономического института
n.mahmatqulov@mail.ru
Аннотация:
в данной статье на примерах описан расчет социально
-
экономического ущерба традиционными методами в результате аварий в
технических или технологических процессах в отраслях экономики.
Ключевые слова:
авария, риск, безопасность, предупреждение,
травматизм, технологические процессы, безопасность, чрезвычайные
ситуации, трудовые ресурсы.
METHODS OF CALCULATING SOCIO-ECONOMIC LOSSES OF
ACCIDENTS RELATED TO PRODUCTION
Makhmatkulov Nurilla Imomovich
Associate Professor of the Department of “Labor Protection and Technical Safety”,
Karshi Engineering and Economic Institute
n.mahmatqulov@mail.ru
440
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Abstract:
This article defines methods for analyzing and assessing economic
damage caused to economic sectors, the population and commercial assets as a result
of natural and man-made emergencies, as well as measures to minimize damage.
Key words:
emergency situations, economic sectors, damage, direct, indirect
damage, total damage, total damage, environment, assessment, magnitude, injuries,
accidents.
KIRISH
Insoniyat paydo bo‘libdiki, o‘zi va oila a’zolariga biosferaga tegishli bo‘lgan
hududlarda mukammal sharoit yaratish uchun texnosfera deb atalmish muxitni
rivojlantirib uni kengaytirib bormoqda. Bundan chiqadiki har bir fuqaro o‘zi yashab
turgan jamiyatni shakllantirishdagi, rivojlantirishdagi, ishlab chiqarishda va uni
boshqarishdagi asosiy kuch hisoblanadi. Bu kuchlar ta‘sirida mamlaktlar rivojlanadi,
aholining ijtimoiy - iqtisodiy yashash sharoiti shaklanadi. Shu bilan birga texnosfera
elementlari bo‘lmish ishlab chiqarish korxonalarida xavfli va zararli omilar chastotasi
ham oshib boradi. Shu nuqtai nazardan “ Inson- mashina- muxit” tizimida avariya va
xolakatlar, baxtsiz xodisalar, kasb kasalliklar soni ham turi ham ortib bormoqda.
Tadqiqot dolzarbligi
. Hayot faoliyati nazariyasi asoschilaridan biri fransuz
faylasufi F. Marshal ta’kidlaganidek “Insonning xar bir faoliyati xavflidir.......” degan
fikr bugungi kunda o‘z isbotini topmoqda [4] . Chunki biz texnosfera muxitida
xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarish va ijtimoiy muxitda odamlar yaxshi va
shinam yashashi uchun avtomatlashgan, mexanizasiyalashgan mexanizmlar, maishiy
elektr uskunalar va qurilmalarni ishlab chiqdik, (elektr va gaz plitalari, elekt yoritish
tizimilar va h.k) buning oqibatida esa butun bir insoniyat yashash muxitiga va atrof
muxitga ta’sir etuvchi xafli va zararli omilar mujmuasini ham vujudga keltirdik [5,6].
Shu sababli ham bugungi sharoitda korxonalarda mehnat xavfsizligini
ta’minlash va xodimlar sog‘lig‘ini saqlash jamiyat ijtimoiy taraqqiyoti yo‘lidagi
muhim omillardan biri hisoblanadi. Shu nuqti nazardan ham bu mazudagi tadqiqot
ishlari dolzarbligicha inson sivilizasiyasida dolzabligicha qoladi.
Tadqiqotning nazariy va uslubiy asoslari o‘rganilganlik darajasi insoniyat
sivilizasiya boshlanish davrdan boshlab mehnat xavfsizligini ta’minlash, mehnat
faoliyati jarayonini va uni amalga oshirishda yuzaga keladigan xavfli omillarni
o‘rganishni talab etadi. Shu sababli ham inson mehnat faoliyatidagi xavfsizligini
ta’minlash bo‘yicha tadqiqot ishlari eramizdan oldingi 384–322-yillarda ijod qilgan
Aristotel, 460–377-yillarda yashagan Gippokrat asarlarida ham uchraydi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Tiklanish davrining buyuk, taniqli olimi Paratsels (1493–1541-y.) tog‘ ishlarini
bajarishda yuzaga keladigan xavfli omillarni o‘rganib chiqqan va o‘z asarlarida:
“Barcha moddalar zahardir va barcha moddalar dori-darmon hamdir. Faqat bir me’yor
441
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
ushbu moddani zaharga aylantirsa, ikkinchi me’yor esa uni dori-darmonga
aylantiradi”, deb yozadi. Nemis olimi Agrikol (1494–1555- u.) o‘zining “Tog‘ ishlari
haqida” nomli asarida, shuningdek, italyan olimi Ramatsin (1633–1714 u.), rus olimi
M. V. Lomonosov (1711–1765-u.) o‘z asarlarida mehnat muhofazasi masalalariga
katta e’tibor qaratgan.
XIX asrda sanoatni intensiv rivojlanishi natijasida mehnat muhofazasi
muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan bir qancha olimlar yetishib chiqdi.
Jumladan, V.L.Kirpichev (1845–1913 u.), A.A.Bess (1857–1930 u.), D.R.Nikolskiy
(1855–1918 u.), V.A.Levitskiy (1867–1936 u.), A.A.Skochinslay (1874–1960 u.),
S.1.Kaplun (1897– 1943 u.) shular jumlasidandir [5].
Vatanimiz olimlaridan O.Q. Qudratov yengil sanoat sohasida, T.I.
Iskanderov mehnat gigienasi sohasida, O.R. Yo‘ldoshev va G‘. Yormatov sanoat va
qurilish sohasida, H.E. G‘oyipov qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat muhofazasi va
texnika xavfsizligi masala va muammolarini yechishda chuqur nazariy va samarali
amaliy ishlar olib borishgan.
Tadqiqot maqsadi:
ishlab chiqarish korxonalarida xafsiz va sog‘lom mehnat
sharoitini ta’minlashga qaratilgan chora tadbirlar va texnologik jarayonlar bilan
bog‘liq avariyalar oqibatida xodimalar va boshqa shaxslar sharohatlanishi (o‘limi)
bilan bog‘liq ijtimoiy- iqtisodiy zararlarni an’anaviy hisoblash usullarini
takomillashtirish.
Tadqiqot maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar hal etiladi:
1) ishlab chiqarish korxonalarida xafsiz va sog‘lom mehnat sharoitini
ta’minlashga qaratilgan chora tadbirlar tahil qilish;
2) texnologik jarayonlar bilan bog‘liq avariyalar oqibatida xodimalar va boshqa
shaxslar sharohatlanishi (o‘limi) bilan bog‘liq ijtimoiy- iqtisodiy zararlarni ananaviy
usullarida hisoblash va uni takomillashtirish.
Tadqiqot usullari
. Tadqiqot jarayonida ilmiy va o‘quv adabiyotlarini tahlil
qilish, qiyosiy tahlil qilish, umumlashtirish, dasturlash va raqamlashtirish modellari
kabi usullardan foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ishlab chiqarish korxonalarida xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitini
ta’minlashga qaratilgan chora tadbirlar va texnologik jarayonlar bilan bog‘liq
avariyalar oqibatida xodimalar va boshqa shaxslar sharohatlanishi (o‘limi) bilan
bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy zararlarni ananaviy usullarda hisoblash metodologiyasi
takomillashtirildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy yo‘qotishlar, ishlab chiqarishda faoliyat olib borayotgan
xodimlar o‘limi P
g.p
, uchinchi shaxslar o‘limi P
g.t.l
va (yoki) xodimlar shikastlanishi,
442
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
P
t.p
va uchinchi shaxslar, P
t.t.
l jarohati tufayli kompensatsiya va faoliyat xarajatlarini
o‘z ichiga oladi[6]:
P
se
= P
g.p
+ P
g.t.l
+ P
t.p
+ P
t.t.l
,
(1)
Bunday holda, xodimlar o‘limi bilan bog‘liq xarajatlar iborat [2,3].
P
g.p
= S
pog
+ S
p.k
,
(2)
bunda. S
pog
– o‘lganlarni dafn qilish uchun nafaqa to‘lash qiymati, so‘m; S
p.k
-
boquvchisi vafot etgan taqdirda nafaqa to‘lash uchun xarajatlar, so‘m.
Jabrlangan xodimlar bilan bog‘liq xarajatlar quyidagi formuladan foydalanib
hisoblanishi mumkin [2,3].
P
t.p
= S
v
+ S
i.p
S
m
,
(3)
bunda. S
V
- vaqtinchalik nogironlik bo‘yicha nafaqalarni to‘lash xarajatlari,
so‘m; S
ip
- nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga pensiya to‘lash uchun xarajatlar, so‘m; S
m
- jabrlanuvchilar sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar, uning tibbiy, ijtimoiy va kasbiy
reabilitasiyasi uchun xarajatlar, so‘m [8,9].
Bundan tashqari, ijtimoiy-iqtisodiy yo‘qotishlarni aniqlashda P
SE
,
jabrlanuvchilarga ham, ularning qarindoshlariga ham ma‘naviy zararni qoplash ham
hisobga olinishi mumkin.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyalar natijasida o‘limdan ko‘rilgan
zarar, P
g.t.l
va uchinchi shaxslar shikastlanishi, P
tl
, xuddi shunday aniqlanadi.
O‘lganlarni dafn etish uchun nafaqalarni to‘lash xarajatlari voqea sodir bo‘lgan
sanada ushbu hududda mavjud bo‘lgan dafn etish xizmatlari uchun o‘rtacha
xarajatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Boquvchisi vafot etgan taqdirda quyidagi shaxslar nafaqa olish huquqiga ega
[2,3]:
−
marhum qaramog‘ida bo‘lgan yoki vafot etgan kuni undan aliment olish
huquqiga ega bo‘lgan nogironlar;
−
marhum vafotidan keyin tug‘ilgan bolasi;
−
marhum qaramog‘idagi farzandlari, nabiralari, aka-uka va opa-singillari
14 yoshga to‘lmagan yoki ularda mehnatga layoqatliligidan qat’iy nazar,
ishlamaydigan va boqish bilan band bo‘lgan ota-onadan biri, turmush o‘rtog‘i yoki
oilaning boshqa a’zosi. belgilangan yoshga to‘lgan, lekin davlat tibbiy-ijtimoiy
ekspertiza xizmati muassasasi yoki davlat sog‘liqni saqlash tizimining davolash-
profilaktika muassasalarining xulosasiga ko‘ra sog‘lig‘i bo‘yicha tashqaridan
yordamga muhtoj deb topilgan;
−
marhum qaramog‘ida bo‘lgan va vafot etgan kundan boshlab besh yil ichida
nogiron bo‘lib qolgan shaxslar.
Boquvchisini yo‘qotgan taqdirda oylik to‘lovlar to‘lanadi:
443
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
−
voyaga etmaganlar uchun - ular 18 yoshga to‘lgunga qadar;
−
18 yoshdan oshgan talabalar-kunduzgi ta’lim muassasalarini tugatgunga
qadar, lekin 23 yoshdan oshmasligi kerak;
−
55 yoshga to‘lgan ayollar va 60 yoshga to‘lgan erkaklar
−
umrbod nogironlar uchun;
−
nogironlik davri uchun;
−
marhum qaramog‘idagi farzandlari, nabiralari, aka-uka va opa-singillarini
boqish bilan shug‘ullanuvchi ota-onadan biri, turmush o‘rtogi yoki oilaning boshqa
a‘zosi ular 14 yoshga to‘lgunga qadar yoki nogironligi bo‘lgan taqdirda nogironlik
davri uchun.
Boquvchisini yo‘qotgan taqdirda oylik to‘lov miqdorini uning o‘rtacha oylik ish
haqi, pensiyalar, umrbod nafaqalar va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlardan o‘ziga va
mehnatga layoqatli shaxslarga hisoblangan ulushlarni olib tashlagan holda hisoblash
tavsiya etiladi [7,10].
Jabrlanuvchi sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni tibbiy, ijtimoiy va kasbiy
reabilitasiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash, quyidagi xarajatlarni o‘z ichiga
oladi:
−
qo‘shimcha tibbiy yordam (majburiy tibbiy sug‘urta uchun ko‘rsatilganidan
ortiq), shu jumladan qo‘shimcha oziq-ovqat va dori-darmonlarni sotib olish;
−
jabrlanuvchiga, shu jumladan uning oila a‘zolari tomonidan ko‘rsatilgandan
tashqari (maxsus tibbiy va maishiy) yordam ko‘rsatish;
−
sanatoriy-kurortda davolanish, shu jumladan ta’til uchun to‘lov (Respublika
qonunchiligida belgilangan yillik haq to‘lanadigan ta‘tilga qo’shimcha ravishda)
davolanishning butun davri va davolanish joyiga va orqaga qaytish, jabrlanuvchining
yo‘l haqi; zarur hollarda, shuningdek, unga hamroh bo‘lgan shaxsning davolanish
joyiga va orqaga qaytishi, ularning turar joyi va ovqatlanishi xarajatlari;
−
protezlash, shuningdek jabrlanuvchini ish va uyda zarur bo‘lgan asboblar
bilan ta‘minlash;
−
maxsus avtotransport vositalari bilan ta'minlash, ularni joriy va kapital
ta‘mirlash hamda yoqilg‘i-moylash materiallari uchun xarajatlarni to‘lash;
−
kasbiy tayyorgarlik (qayta tayyorlash).
Vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari jabrlanuvchi tuzalgunga qadar
yoki kasbiy mehnat qobiliyatini doimiy yo'qotgunga qadar vaqtincha mehnatga
qobiliyatsizligi butun davri uchun qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan o‘rtacha ish
haqining 100 foizi miqdorida to'lanadi.
Doimiy nogironlik holatida oylik to‘lov miqdori [2,3] muvofiq belgilanishi
mumkin. Jabrlanuvchining kasbiy mehnat qobiliyatini yo‘qotish darajasiga muvofiq
hisoblangan baxtsiz hodisaga qadar o‘rtacha oylik ish haqining ulushi sifatida.
444
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Jabrlanuvchining kasbiy qobiliyatini yo‘qotish darajasi tibbiy-ijtimoiy ekspertiza
muassasasi tomonidan belgilanadi.
Ish haqiga hududiy koeffisientlar va foizli ustamalar belgilangan hududlarda
to‘lovlar miqdori ushbu koeffisientlar va mukofotlarni hisobga olgan holda
belgilanadi.
Jabrlanuvchining ish haqi miqdori to‘g‘risidagi hujjatni olishning iloji bo‘lmasa,
oylik sug‘urta to‘lovi miqdori ushbu kasb bo‘yicha tarmoqda (quyi tarmoqda)
belgilangan tarif stavkasi (rasmiy ish haqi) va shunga o‘xshashlardan kelib chiqqan
holda hisoblanadi.
Uchinchi shaxslar hayoti va sog‘lig'‘ga etkazilgan zarar yetkazilgan da’volar
miqdori bo‘yicha yoki xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya natijasida
xodimlarga yetkazilgan zararni aniqlash bilan bir xil prinsiplar asosida aniqlanishi
mumkin.
Baxtsiz hodisadan ko‘rilgan umumiy ijtimoiy-iqtisodiy yo‘qotishlarni aniqlash
uchun ma’lumot manbalari baxtsiz hodisaning texnik sabablarini tekshirish
materiallari, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik guvohnomalari, jabrlanganlar yoki
vafot etganlar (jabrlanganlar) oila a’zolari bayonotlari, vrachlik texnik ekspertiza
komissiyasiv, kompensasiya va nafaqa to‘lash to‘g‘risidagi buyruqlar, kasaba
uyushmalari, sudlar va hududiy boshqarmalar qarorlari, sug‘urta kompaniyalari
ma‘lumotlari va boshqalar xulosalari bo‘lishi mumkin..
Ijtimoiy-iqtisodiy zararning bashorat qilingan miqdorini hisoblash uchun
quyidagi ko‘rsatkichlardan kelib chiqish mumkin: zarar etkazuvchi omillar ta’sir
zonasiga kiruvchi odamlar soni, korxonada ishlaydigan xodimlarning o‘rtacha yoshi,
xodimlarning o‘rtacha ish haqi, korxonada erkaklar va ayollarning ulushi, har bir
xodimga qaramog‘idagilarning o‘rtacha soni, shuningdek, ma’lum bir hudud uchun
tibbiy va dafn marosimi o‘rtacha narxi.
Uchinchi shaxslarga bashorat qilingan ijtimoiy-iqtisodiy zararni baholashda
zarar ko‘rgan hududga kiruvchi korxonalar (tashkilotlar) uchun (yuridik shaxslar
uchun) yoki ma’lum bir hudud uchun (jismoniy shaxslar uchun) shunga o‘xshash
ko‘rsatkichlardan kelib chiqish mumkin.
Misol uchun, ishlab chiqarish texnologik jarayonlar bilan bog‘liq avariyalar
natijasida korxona xodimlariga yetkazilgan zarar amaliy hisoblab ko‘ramiz. Dafn
marosimi xizmatlarini ko‘rsatishda o‘rtacha narxi, Spog, voqea sodir bo‘lgan hududda
6 mln so‘mni tashkil qiladi. Marhum qaramog‘ida 9 va 13 yoshli ikki farzandi bor edi.
Boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiyalarni to‘lash muddatlari mos ravishda:
(18-9)×12= 108 oy;
(18-13)×12 = 60 oy.
Shunday qilib, boquvchisini yo‘qotganlik uchun nafaqa olishning butun muddati
168 oyni tashkil qiladi.
445
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Marhum o‘rtacha oylik daromadi 6 mln so‘m tashkil etdi. Marhumning rafiqasi
ishlaydi. Shunday qilib, har bir bola uchun oylik to‘lov: 6×(1-2/4)/2=1,5 mln so‘m
bo‘ladi. Boquvchisini yo‘qotgan taqdirda to‘lovning umumiy miqdori, Sp.k,
quyidagilar bo‘ladi:
S
p.k
= 1500×168 = 252 000 mln so‘m
Jabrlangan xodimlarni tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitasiya qilish xarajatlari,
Sm: 2,4 mln so‘m.- bitta jabrlanuvchi olti kun davomida kasalxonada bo‘lishi uchun
xarajatlar;
1,7 mln so‘m - zarur dori vositalarini sotib olish xarajatlari; 10 mln so‘m. -
kurortda davolash; 6 mln so‘m. - kasbiy qayta tayyorlash xarajatlari.
Shunday qilib: Sm = 2,4 + 1,7 + 10, 0 + 6,0 = 20, 1 mln so‘m
Baxtsiz hodisa natijasida jarohat olgan shaxs doimiy kasbiy qobiliyatni
yo‘qotganligi sababli, Spp hisoblanadi.
Jabrlangan yoshi 42 yoshda. Shuning uchun oylik tovon to‘lash muddati (60-42)
× 12 = 216 oy bo‘ladi. Daromaddagi yo‘qotish oyiga 6,0 – 3,0 = 3.0mln so‘m tashkil
etdi. = oyiga 3 mln so‘m. Shunday qilib, Sstr = 21,6 × 3,0 = 64,8 mln so‘m = 64,8 mln.
so‘m.
Jabrlanuvchiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini to‘lash, SB
(o‘rtacha oylik ish haqi 6 mln so‘m, baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan oyning 21 ish kuni va
baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan kundan boshlab doimiy nogironlik belgilangunga qadar
bo‘lgan davr bilan, teng o‘n ish kunigacha) (6,0/21) ×10 = 28,6 mln so‘m.
Jabrlanuvchilar va ularning qarindoshlaridan ma‘naviy zararni qoplash
to‘g‘risidagi da’volar bo‘lmagan.
Natijada, korxona xodimlari o‘limi va jarohati natijasida yetkazilgan ijtimoiy-
iqtisodiy yo‘qotishlar: 6,0 + 25,2 + 20, 1 + 64,8 + 28,6 = 928, 9 mln so‘m tashkil
qiladi.
Hodisa oqibatida o‘tkinchi (uchinchi shaxs) engil tan jarohati oldi, u 1,0 mln rubl
miqdorida da’vo arizasi bilan chiqdi. (shu jumladan tibbiy xarajatlar va ma'naviy
zararni qoplash).
Shunday qilib, ijtimoiy-iqtisodiy zarar: 929,9 mln so‘mni tashkil etdi.
XULOSA
Yuqorida ta’kidlaganlarga asoslanib, quyidagicha xulosa
qilishimiz mumkin.
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq texnologik qurilmalarda avariyalar nafaqat iqtisodiyot
tarmoqlari uning asosiy elementlari, bino va inshootlarni voyron qiladi, balki,
xodimalar va atrofdagi fuqarolar xar turdagi sharohatlanish (o‘lim) lar olishi oqibatda
korxona va ijtimoiy ta’minot (sug‘urta) kompaniyalari tomonidan kompensiya (tovon
puli) lar to‘lash natijasida katta miqdorda iqtisodiy zarar ko‘riladi.
446
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Shu sababli ham, korxonalarda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
tizimini doimo takomillashtirish ular belgilangan maqsad asosida moliyalashtirish,
texnologik jarayonlarni boshqarish va takomillashtirish orqali avariyalar sonini
kamaytirish, oqibatlarini esa minimalashtirish mumkin. Bu tadbirlarga ajratilgan
mablag‘, avariya oqibatlarini bartaraf etish va jarohatlangan (o‘lgan) larga
kompensatsiyalar to‘loviga nisbatan ancha kam bo‘lishi tajribalarga asoslangan.
FOYDALANILGAN ADADIYOTLAR RO‘YXATI
1.
O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-apreldagi mehnat kodeksi.
2.
O‘zbekiston Respublikasining “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb
kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi qonuni.
2008-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-174-son.
3.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375-son)
4.
Maxmatqulov N.I. Sanoat xavfsizligi. darslik – : “Voris-nashriyot”, 2023. 347
s.
5.
Xolbaev B.M., Raximov O.D., Maxmatkulov N.I. Hayot faoliyati xavfsizligi”
darslik (2 qismi ). – : “Voris-nashriyot”, 2020. 304 s.
6.
ГОСТ Р 22.10.01
-
2001. Безопасность в чрезвычайных ситуациях. Оценка
ущерба. Термины и определения/.
7.
РД 03
-496-
02/ Методические рекомендации по оценке ущерба от аварий
на опасных производственных объектах.
8.
Определение экономических потерь от пожаров: Методические
рекомендации. М.: ВНИИПО МВД
– 2010.
9.
Махматкулов Н.И. Оценка техносферной безопасности на основе
математического моделирования// Монография: «Ворис
-
нашриёт», 2022, 166
–
с.
10.
Махматкулов Н. И. Пожар как фактор техногенной катастроф//
Международнй журнал перспективнх исследований в области образования,
технологий и менеджмента. Том.2, Впуск 9. 2023. 70
-77.
11.
Махматкулов Н.И.
Правильное поведение населения в чрезвычайных
ситуациях//международный журнал перспективных исследований в области
образования, технологий и менеджмента. том..2, выпуск 9, 2023.175
-182.
12.
Махматкулов Н. И. Формирование процесса изменений при внедрении
системы управления охраной труда в модели «черного ящика» // Цифровые
технологии в промышленности Том 1, 2023№ 1 сентябрь.
13.
Rakhimov Oktyabr Dustkabilovich; Muradov Sirojiddin Husan o`g`li.
Innovative Technologies in Teachingdirectors and Specialists of Industrial Enterprises
447
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
on "Labor Protection"// European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630),
2021/12/29. 80-85.
14.
O.D. Rakhimov, Muradov S.H. Digitalization of Instructions on Labor
Protection and Safety Techniques. // European journal of life safety and stability
(EJLSS).
2022. №24. Р.80
-86.
15.
Muradov Sirojiddin Husan o`g`li, Xakimov Xurshid Hamidulla o‘g‘li, &
Siddiqova Madinabonu Asatilla qizi. (2021). NEW INNOVATIVE NGINEERING
SOLUTIONS TO THE PROBLEMS OF SIGNALIZATION AND SECURITY
SYSTEMS. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 2, 28-30.
Retrieved from
http://www.ejlss.indexedresearch.org/index.php/ejlss/article/view/13