448
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
BAND BO‘LMAGAN AHOLINI MUNOSIB ISH O‘RINLARIGA
JOYLASHTIRISHNING IQTISODIY MEXANIZMLARI
Maxmatqulov Nurilla Imomovich
Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti
“Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” kafedrasi dosenti
n.mahmatqulov@mail.ru
Maxmatqulova Zarina Nurilla qizi
Alfraganus universiteti magsitranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada, band bo‘lmagan aholini munosib ish o‘rinlariga
joylashtirish, ishsizlik, norasmiy mehnat bilan shug‘ilanishdagi ijobiy va salbiy
tomonlari, qambag‘allikni qisqartirish kabi dolzarb masalalar mamlakat ijtimoiy –
iqtisodiy rivojlanishiga ta'sir tahlil qilingan, shuningdek aholini munosib ish
o‘rinlariga joylashtirish jarayonlari asosiy mexanizmlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar
bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
band bo‘lmagan aholi, ishsizlik, norasmiy mehnat, kambag‘allik,
ish o‘rinlari, globallashuv, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, aholi turmish darajasi, ish,
mehnat, demografik holat.
ЭКОНОМИЧЕСКИЕ МЕХАНИЗМЫ РАЗМЕЩЕНИЯ БЕЗРАБОТНОМУ
НАСЕЛЕНИЮ СООТВЕТСТВУЮЩИЕ РАБОЧИЕ МЕСТА
Махматкулов Нурилла Имомович
Доцент кафедры «Охрана труда и техника безопасность»
Каршинского инженерно-экономического института
n.mahmatqulov@mail.ru
Махматкулова Зарина
Нурилла кизи
Магистрант университет Альфраганус
Аннотация:
В данной статье анализируются актуальные вопросы, такие
как трудоустройство безработного населения на подходящие рабочие места,
положительные и отрицательные стороны неформальной занятости, сокращения
бедности, влияние на социально
-
экономическое развитие страны, а также
449
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
предложения и рекомендации. об основных механизмах процессов
трудоустройства населения на подходящие рабочие места.
Ключевые слова:
безработное население, безработица, неформальная
занятость, бедность, рабочие места, глобализация, социальный,
экономический, политический, уровень жизни, работа, труд, демографический
ситация
ECONOMIC MECHANISMS OF PROVIDING APPROPRIATE JOBS
TO THE UNEMPLOYED POPULATION
Makhmatkulov Nurilla Imomovich
Associate Professor of the Department of Occupational Health and Safety at the
Karshi Institute of Engineering and Economics
n.mahmatqulov@mail.ru
Makhmatkulova Zarina Nurilla kizi
Master’s student at Alfraganus University
Abstract:
This article analyzes current issues such as employing the
unemployed population in suitable jobs, the positive and negative aspects of informal
employment, poverty reduction, the impact on the socio-economic development of the
country, as well as suggestions and recommendations. about the basic mechanisms of
the processes of employing the population in suitable jobs.
Key words
:
unemployed population, unemployment, informal employment,
poverty, jobs, globalization, social, economic, political, standard of living, work, labor,
demographic status.
KIRISH
Aholi bandligi va ishsizlik tushunchalari bir- biriga qarama qarshi tushuncha
bo‘lib, aholi bandligini ta’minlash– qonunchiliklarga zid bo‘lmagan mehnatga
layoqatli aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan, mehnatiga
loyiq daromadi beradigan faoliyat turidir. Bu esa aholi shinam yashash sharoitini
ta’minlaydi, mamalakatlar esa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish belgilagan rejasi asosida
olib beriladi.
Ishsizlik esa butunlay aksi, aholi orasida iqjtimoiy-siyosiy vaziyat keskinlashadi,
ayniqsa, yoshlar xulqi yomonlashadi, norkabeznes, spirtli ichimlik, o‘g‘irlik va
jiniyatga bog‘liq ishlar avjiga chiqadi, jinoiy, terroristik, ekstermistik guruhlar paydo
bo‘ladi, mehnatga layoqatli aholi qatlama boshqa mamlakatlardan darmod izlab chiqib
450
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
ketadi, infeksion kasaliklar avj oladi, odamlarda antrometrik xolatida o‘zgarishlar
sodir bo‘ladi. Umuman olgan mamlakat ijtimoiy- iqtisodiy- siyosiy parakondga
uchraydi.
Ishsizlik -mehnat bozorida talabga ega bo‘lmagan mehnatga layoqatli ishchi
kuchining mavjudligidir[1].
Tadqiqot dolzabligi. Ilmiy manbalarda band bo‘lmagan aholi deganda- haq
to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega
bo‘lmagan shaxslar tushuniladi”[1]. Hozirgi kunda aholi bandligini ta’minlash
munosib ish o‘rinlariga joylashtirish, migrasiya masalasini xal etish davlat siyosatidagi
eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shu nutqati nazardan ham tadqiqot mavzusi
bozor iqtisodiyot sharoitida dolzarbdir.
ADABIYOTLAR TAHLILI
O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonuni,
qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 28-aprelda qabul qilingan senat tomonidan
2020-yil 7-avgustda ma'qullangan. Qonunning maqsadi aholi bandligi sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iborat (1- moddasi) [1].
2021-2030-yillarda aholini munosib va rasmiy ish bilan bandligini ta’minlash
maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining 2021-2030-yillarda aholi bandligiga
ko‘maklashish strategiyasi” ishlab chiqildi. Ushbu strategiyaning maqsadi va vazifalar
samarali va munosib ish bilan bandlikni oshirish asosida barqaror va umumqamrovli
iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladi
N.I.Maxmatqulov, G.R.Murtazayeva, I.T.Usmanxodjayeva “Mehnat
muhofazasi va texnika xavfsizligi” fanidan ikki qismdan iborat o‘quv qo‘llanma. «Fan
ziyosi» nashriyoti tomonidan nashr qiligan bo‘lib, unda ishlab chiqarish sharoitida
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi masallari ko‘rigan [4].
Saidov A.X, Bakaeva F.X., Arslanova K.Sh. va boshqlar. Inson huquqlari
umumjahon Deklarasiyasi va O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish milliy
tizimi “O‘zbekiston” nomli nashriyatdan chiqarilgan bo‘lib, unda inson huquqlari,
jumladan, O‘zbekistonda aholini ish bilan ta'minlash imkoniyatlari yoritib berilgan
[5].
Tadqiqot maqsadi:
Aholi bandligi ta’minlash, ishsizlik, norasmiy mehnat bilan
shug‘ilanishdagi ijobiy va salbiy tomonlari, qambag‘allikni qisqartirish kabi dolzarb
masallarini tahlil qilish asosida aholini munosib ish o‘rinlariga joylashtirish jarayonlari
mexanizmlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot maqsadiga ko‘ra quyidagi vazifalar
xal etiladi:
1) Respublikamizda aholi bandligi ta’minlash qaratilgan normativ- huquqiy
hujjatlarni tahlil qilish;
451
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
2) globallashgan iqtisodiyot jarayonida ishsizlik va norasmiy mehnat bilan band
bo‘lish masallarini o‘rganish asosida ularning oldini olish bo‘yicha taklif va tavsiyalar
ishlab chiqish.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoev ta’kidlaganlaridek “Inson qachon bahtli bo‘ladi
– qachonki o‘ziga munosib ish o‘rnida mehnat qilsa va shunga yarasha daromad topsa
ana shunda insonlar bahtli bo‘ladi. Insonlar bahtli bo‘lsa jamiyat ham davlat ham bahtli
bo‘ladi” deganlar.
Band bo‘lmagan aholi hozirgi vaqtda global xususiyat kasb etmoqda va shu bilan
birga globallashuv ham belgisidir. Globallashuv, ma’lumki, xalqlar, mamlakatlar
birlashuv jarayoni; xalqlar o‘rtasidagi chegaralar yo‘q qilinishi, yagona siyosiy,
iqtisodiy va ma'naviy makon vujudga kelishiga olib keladi. Shu sababli ham mualliflar,
tadqiqot obyekti sifatida Respublikamiz aholi bindligini ta’minlash masalalarni tahlil
qildi va tahlil asosida taklif va tasiyalar ishlab chiqildi.
Globallashuv umumiy tizimga, jahon bozoriga, turli mamlakatlarning iqtisodiy
tizimlarini birlashtiradi, bu esa xalqlar madaniyati va turmush tarzini o‘zgartirishga
yordam beradi.
Ishsizlik inson manfaatlariga to‘g‘ridan– to‘g‘ri ta'sir qiladigan yirik ijtimoiy –
iqtisodiy muammolardan biri hisoblanadi. Ish joyini yo‘qotish ko‘p insonlar uchun
oilaviy turmush holati pasayishi, insonga jiddiy ruhiy ta’sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiy hayotda ishsizlik-ishchi kuchi taklif va talabdan oshib ketishida
namoyon bo‘ladi. Ishsizlik sababi turlicha bo‘ladi. Iqtisodiyotda jami talab va taklif
muvozanati buziladi, bozorlar tovarlarga bo‘lgan talabi kamayadi bu esa ishchi
kuchiga talabni ham qisqartirib yuboradi, natijada ishchi kuchi bir qismi ortiqcha bo‘lib
qoladi.
Iqtisodiyot rivojlanishi bilan malakali ishchi kuchiga talab oshib, malakasiz
ishchilar kerak bo‘lmay qoladi; aholi ishchilarga nisbatan tez o‘sgan kezlarda, uning
bir qismi ortiqcha bo‘lib, ishsizlar ruyxatiga kirib qoladi.
Bandlik fuqarolarning qonunchilikda taqiqlanmagan, o‘z shaxsiy va ijtimoiy
ehtiyojlarini qanoatlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi)
keltiradigan faoliyatidir[1].
Bandlik turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar va tashkilotlarda yollanib
ishlash bilan cheklanmay, ayni paytda yakka tartibd
agi tadbirkorlik, oʻzini ish bilan
mustaqil taʼminlash, shaxsiy tomorqa xoʻjaligidagi ishlash, uy xoʻjaligida band boʻlish
va bolalarni parvarishlash bilan shugʻullanishni ham oʻz ichiga oladi.
Bandlik – bu ikki tomon o‘rtasidagi munosabatlar, odatda ish haqi to‘lanadigan
shartnoma asosida bir tomon foyda olish uchun, notijorat tashkilot, kooperativ yoki
452
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
boshqa tashkilot ish beruvchi, ikkinchisi esa xodimdir. Bandlik odatda mehnat
sohasidagi me’yoriy huquqiy xujjatlar asosida tartibga solinadi[5].
O‘zbekistonda demografik holat keskinligi, aholi sonining yuqori sur’atlarda
o‘sishi va har yili 500 mingdan ortiq yoshlar mehnat bozoriga kirib kelishi aholining
barqaror ish bilan bandligi masalasini o‘ta dolzarb bo‘lib qolmoqda.
2022-yil 1-yanvar holatida O‘zbekistondagi mehnat resurslari soni 19,3 mln
kishini tashkil etib, 2020 yilning shu davriga nisbatan 1,1 foizga yoki 202,6 ming
kishiga oshgan. Mamlakatda 1,5 ml kishi ishga muhtoj bo‘lib, ishsizlik darajasi 9,6
foizga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,9 foizga kamaygan
bo‘lsa, 2021-yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 0,2 foizga ortgan. Yoshlar
orasida ishsizlik darajasi 15,1 foizni, ayollar orasida esa 13,3 foizni tashkil etdi va chet
elda ishlash uchun ketganlar 1,8 mln. kishini tashkil qildi. Shuningdek, rasmiy sektorda
band aholi soni 6,1 mln kishini tashkil qilgan. Bu 2020-yilning shu davriga nisbatan
6,3 foizga yoki 314,8 ming kishiga o‘sishni anglatadi. Norasmiy sektorda band
bo‘lganlar soni 5,9 mln kishini tashkil etib, 2021-yilning
1-oktyabr holatiga nisbatan 1 foiz yoki 58,4 ming kishiga kamaygan 2022-yilning 1-
yanvar holatida respublikada iqtisodiy nofaol aholi 4,4mln kishini tashkil etib, o‘tgan
yilning mos davriga nisbatan 0,5 foizga yoki 19,8 ming kishiga ortishi kuzatilgan [10].
Shu bilan birga o‘tgan 5 yil ichida mehnat sohasida ham aksariyat jarayonlarni
raqamlashtirish, mehnat statistikasini Xalqaro mehnat tashkiloti standartlariga
moslash, uning real ko‘rsatkichlarini ta'minlash, ish bilan bandlikning yangi shakllarini
rivojlantirish va keng foydalanish, shaffoflikni ta'minlash va mumkin qadar aholiga
barcha xizmatlarni elektron platformalar orqali qulay va tezkor amalga oshirishga
erishildi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi passiv choralardan (ishsizlik
nafaqalarini to‘lash) faol bandlik siyosatiga o‘tmoqda (ayniqsa, yoshlar, ayollar,
nogironligi bo‘lgan shaxslar) va ishsizlarni kasbga, tadbirkorlikka o‘qitish,
mikrokreditlar va subsidiyalar ajratish orqali ularning ish bilan bandligiga ko‘mak
berishni keng yo‘lga qo‘ydi. Jumladan, 2021-yilning yanvar-dekabr oylarida tuman
(shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga 879,5 ming nafar fuqaro
ish topishga yordam so‘rab murojaat qilgan. Murojaat qilgan fuqarolarning 393,8 ming
nafari ish bilan ta'minlanganligi (2021-yilda 281,3 ming ishsiz aholini ishga
joylashtirish belgilangan bo‘lib) ta’kidlangan. Bundan tashqari, 98,8 ming nafar
ishsizlarga 87,1 mlrd so‘m ishsizlik nafaqasi tayinlangan va to‘lab berilgan [9]. 2021-
yil davomida 37,3 ming ishsizlar hamda “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”ga kiritilgan
ishsizlarga 83,1 mlrd so‘m subsidiya mablag‘lari ajratilgan.
Ilk bor mamlakatimizda norasmiy mehnat bilan bandlik va yashirin iqtisodiyot
muammolari ochiq muhokama qila boshlandi va davlatimiz tomonidan uning
ko‘lamini kamaytirish bo‘yicha keng chora-tadbirlar qabul qilindi. Aholining norasmiy
453
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
mehnat bilan bandligi hatto eng rivojlangan mamlakatlarda ham mavjud bo‘lib, u
nafaqat salbiy balki ba'zi muhim ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarni bajaradi.
Birinchidan, iqtisodiyotning rasmiy sektorida ish topa olmagan inson
resurslarini ish bilan va natijada daromad olishlarini ta'minlab, ishsizlikni kamaytiradi),
kambag‘allikni oldini oladi hamda o‘z daromadlarini rasmiy sektorda sarflab, ichki
talabni oshishi va YaIMning o‘sishiga turtki bo‘ladi.
Ikkinchidan, norasmiylik ko‘p hollarda biznes boshlashning bir usuli sifatida
rasmiy sektorga o‘tishga qadam hisoblanadi.
Xalqaro mehnat tashkilotining hisobotiga ko‘ra, dunyoda 10 ta ishchidan 6 ta
(ish bilan bandlarning 61%) va 5 ta korxonadan 4 tasi yashirin iqtisodiyotda norasmiy
faoliyat yuritadi [3].
Norasmiy mehnat bilan bandlikning shakllanishini iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy
va madaniy omillarga ega bo‘lgan hamda pirovard maqsadi iqtisodiy foyda olishga
qaratilgan va aksariyat hollarda majburiy ko‘rinishdagi iqtisodiy faoliyat hisoblanadi.
Norasmiy mehnat bilan bandlikning yuqori darajasi mamlakatning barqaror
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun turli xavflarga sabab bo‘lishi tufayli uni iqtisodiy
xavfsizlik tizimi mezonlariga kiritish muhimligi ilmiy asoslandi. Uning yuqori darajasi
mamlakat taraqqiyoti, ijtimoiy ziddiyat, teng raqobat muhiti, tengsizlik, tabaqalanish
kuchayishi, aholining rasmiy ijtimoiy tizimida to‘liq qamrab olinmasligi, jamiyatda
huquq tartibotiga amal qilmaslik, moliyaviy yo‘qotishlar va boshqa ijtimoiy–iqtisodiy
oqibatlarga olib keladi.
O‘zbekistonda norasmiy mehnat bilan bandlar ijtimoiy-demografik holatini
tahlili ularning 32,1 foizi – umumiy o‘rta, 61,1 foizi – o‘rta–maxsus va 6,8 foizini –
oliy ma'lumotli shaxslar tashkil qilishi aholining ma’lumot va malaka darajasi
qanchalik yuqori bo‘lsa, mehnat bozorida norasmiy mehnat bilan bandlik darajasi mos
holda kamayib borishini ko‘rsatmoqda.
Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2020-yil
30-oktyabrdagi PF-6098-son “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari
faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
farmoni, 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat
tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ- 4742-
son va 2020-yil 11-avgustdagi “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb
qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda
aholi bandligini ta'minlashga oid qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4804-son qarorlari yashirin iqtisodiyot va norasmiy
bandlik darajasini kamaytirishga qaratilgan.
Norasmiy mehnat bilan bandlik darajasiga iqtisodiy, huquqiy omillar bilan bir
qatorda ijtimoiy-demografik omillar ham ta’sir qiladi. Aksariyat hollarda mehnat
bozorida aholining huquqiy savodxonligi bo‘lmagan, o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumotli,
454
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
o‘z kasbi va malakasi bo‘yicha iqtisodiyotning rasmiy sektorida ish topaolmagan
guruhlari norasmiy mehnat munosabatlariga kirishadilar.
XULOSA
Dunyoda ishsizlik global muammo sanaladi. Xalqaro mehnat tashkiloti “ishsiz
insonni baxtsiz inson” deya e’lon qildi. Shuni o‘zidan ko‘rinib turibdiki inson nafaqat
moddiy balki ma’naviy ehtiyojlarini qondirishi uchun mehnat qilishi kerak.
Bundan tashqari inson mehnat qilish orqali turmush sharoitini yaxshilaydi.
Jamiyatga va davlatga foyda keltiradi. Kelajak avlodni nafaqat ta’minlaydi balki
kelajak avlod uchun muhim poydevor quradi.
Shuningdek, Mehnat kodeksi ham ilg‘or mamlakatlar tajribasi asosida qayta
ishlandi va turli muhokamalardan o‘tib, 2024-yil 1-aprelda yangi tahriyati qabul
qilindi. Unda mehnat munosabatlarini tartibga solishning zamonaviy usullari, ish
beruvchi va yollangan xodim o‘rtasida, ijtimoiy sherikchilik, yakka tartibdagi mehnat
munosabatlar va boshqa masalalar o‘z yechimini topgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
O‘zbekiston Respublikasining “Aholi balligi to‘g‘risida”gi qonuni
20.10.2020-yildagi O‘RQ-642-son
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-avgustdagi “Norasmiy
bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy
yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida PQ-366-son qarori
3.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. 2023
4.
N.I.Maxmatqulov, G.R.Murtazayeva,
I.T.Usmanxodjayeva “
Mehnat
muhofazasi va texnika xavfsizligi”
(I-qism)
.
O‘quv qo‘llanma.
–
Т.: “Fan ziyosi”
nashriyoti. 2023.
312
b
.
o‘
5.
A.X Saidov, F.X. Bakaeva, K.Sh. Arslanova va boshqlar. Inson huquqlari
umumjahon Deklarasiyasi va O'zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish milliy
tizimi – T.: “O'zbekiston”, 2010. – 368 b.
6.
G Abdurahmonova . Inson resurslarini boshqarish 2020.
7.
Н.И. Махматкулов
.
Оценка техносферной безопасности на основе
математического
моделирования// Монография: «Ворис
-
нашриёт», 2022,166
–
с.
8.
Rakhimov Oktyabr Dustkabilovich; Muradov Sirojiddin Husan o`g`li.
Innovative Technologies in Teachingdirectors and Specialists of Industrial Enterprises
on "Labor Protection"// European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630),
2021/12/29. 80-85.
9.
O.D. Rakhimov, Muradov S.H. Digitalization of Instructions on Labor
Protection and Safety Techniques. // European journal of life safety and stability
(EJLSS).
2022. №24. Р.80
-86
455
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
10.
Muradov Sirojiddin Husan o`g`li, Xakimov Xurshid Hamidulla o‘g‘li, &
Siddiqova Madinabonu Asatilla qizi. (2021). NEW INNOVATIVE NGINEERING
SOLUTIONS TO THE PROBLEMS OF SIGNALIZATION AND SECURITY
SYSTEMS. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 2, 28-30.
Retrieved from
http://www.ejlss.indexedresearch.org/index.php/ejlss/article/view/13