Авторы

  • Жамиля Бобаназарова
    Джизакский политехнический институт

Биография автора

  • Жамиля Бобаназарова , Джизакский политехнический институт
    Профессор

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.digital-economy.94064

Ключевые слова:

raqamlashtirish raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi ayollar tadbirkorligi gender tengligi raqamli axborotlar raqamlashtirish bo‘yicha bilimlar.

Аннотация

Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi asosida
ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, raqamli iqtisodiyotga xos bo‘lgan islohotlarning
ijobiy tomonlari, mazkur sohani rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar,
iqtisodiyotni raqamlashtirish asosida real raqobatbardoshlikni uzoq muddatga saqlab
qolishning afzalliklari yoritib berilgan, olib borilgan tadqiqot natijasida muallif
tomonidan amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.


background image

20

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

RAQAMLI IQTISODIYOT RIVOJLANISHI ASOSIDA AYOLLAR

TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH

Bobanazarova Jamila Xolmurodovna

Jizzax politexnika institute, Iqtisodiyot va menejment kafedrasi professori, i.f.d.

Jamilabobanazarova @bk.ru

Annotatsiya:

Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi asosida

ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, raqamli iqtisodiyotga xos bo‘lgan islohotlarning
ijobiy tomonlari, mazkur sohani rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar,
iqtisodiyotni raqamlashtirish asosida real raqobatbardoshlikni uzoq muddatga saqlab
qolishning afzalliklari yoritib berilgan, olib borilgan tadqiqot natijasida muallif
tomonidan amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.

Kalit so‘zlar: raqamlashtirish, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi, ayollar

tadbirkorligi, gender tengligi, raqamli axborotlar, raqamlashtirish bo‘yicha bilimlar.

РАЗВИТИЕ ЖЕНСКОГО ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА НА ОСНОВЕ

РАЗВИТИЯ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ

Бобаназарова

Жамиля Холмурадовна

Джизакский политехнический институт, Профессор кафедры Экономики и

менеджмента, д.э.н.

Jamilabobanazarova @bk.ru

Аннотация:

В данной статье освещаются развитие женского

предпринимательства на основе развития цифровой экономики, положительные

стороны реформ, характерных для цифровой экономики, проводимых реформ по

развитию данной сферы, преимущества долгосрочного сохранения реальной

конкурентоспособности на основе цифровизации экономики, в результате

проведенного исследования автором были выдвинуты практические

рекомендации. Ключевые слова: цифровизация, развитие цифровой экономики,

женское предпринимательство, гендерное равенство, цифровая информация,

знания о цифровизации.

Ключевые слова:

цифровизация, развитие цифровой экономики, женское

предпринимательство, гендерное равенство, цифровая информация, знания о

цифровизации.


background image

21

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

DEVELOPMENT OF WOMEN'S ENTREPRENEURSHIP ON THE BASIS OF

THE DEVELOPMENT OF THE DIGITAL ECONOMY

Bobanazarova Jamila Kholmurodovna

Jizzakh Polytechnic Institute, Professor of the Department of Economics and

Management

Jamilabobanazarova @bk.ru

Abstract:

This article highlights the development of women's entrepreneurship

based on the development of the digital economy, the positive aspects of the reforms
characteristic of the digital economy, the ongoing reforms to develop this area, the
advantages of long-term preservation of real competitiveness based on the
digitalization of the economy, as a result of the research, the author put forward
practical recommendations. Keywords: digitalization, development of the digital
economy, women's entrepreneurship, gender equality, digital information, knowledge
about digitalization.

Keywords

:

digitalization, development of the digital economy, women's

entrepreneurship, gender equality, digital information, knowledge about digitalization.

KIRISH

Hozirgi islohotlar yangi raqamli texnologiyalarning hayotimiz va

iqtisodiyotimizning hamma sohalariga kirib borishi bilan tavsiflanadi. Bu esa har bir
sohaning axborot-kommunikatsiya, raqamli texnologiyalar singari zamonaviy ishlab
chiqarish, tarqatish, almashtirish va iste’mol qilish tizimini hayotga tadbiq etishning
ilg‘or usullarini qo‘llashdek o‘ziga xos raqamli muhitning kengayishiga olib
kelmoqda.
Zero mazkur vazifalarning ahamiyati huquqiy-tashkiliy jihatdan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 8 aprelda qabul qilingan “Raqamli
iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorida
ham alohida qayd etilgan. Mazkur hujjatda yangi loyihalarning moliyaviy manbalari
ham aniq ko‘rsatib berilgan, “Elektron hukumat” doirasida 1,3 trillion so‘mlik 104 ta
loyiha, iqtisodiyotning real sektorida 5,3 trillion so‘mlik 87 ta loyiha,
telekommunikatsiyalar borasida 15,1 trillion so‘mlik 35 ta, agrar sohada 24 ta, IT
parklar bo‘yicha 18 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Bu

ishlarni kelgusi 2-3 yilda to‘liq amalga oshirmasak, har bir kechikkan yilimiz
mamlakatimizni 10 yil orqaga tortadi”, deb ta’kidlagan fikrini alohida ko‘rsatib o‘tish
lozim [1]. Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish davrida raqamli
iqtisodiyotga bo‘lgan qiziqish amalga oshirilayotgan diversifikasion o‘zgarishlar
natijasida o‘sib bormoqda. Ushbu tizim raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi,


background image

22

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

axborot sohasida inqilob va iqtisodiyotning globallashuv jarayonlarini tezlashtirish
bilan ajralib turadi. Zamonaviy texnologiyalar va platformalar mijozlar, hamkorlar va
davlat tashkilotlari bilan shaxsiy muloqotni minimallashtirish hisobiga korxonalar va
jismoniy shaxslarga xarajatlarni qisqartirishga yordam berdi, shuningdek, o‘zaro
muloqotni yanada tez va oson yo‘lga qo‘yishga imkoniyat yaratdi, natijada tarmoq
resurslariga asoslangan, raqamli yoki elektron iqtisodiyot paydo bo‘ldi.

Zero, sohalar va tarmoqlardagi amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida

raqamli axborotlar ta’siri asosida kuzatilayotgan jarayonlar ayollar orasida
tadbirkorlik sohasining har tomonlama qo‘llab-quvatlanishi va rivojlanishida asosiy
hal qiluvchi kuchga ega bo‘lmoqda.

Xalqaro tashkilotlar tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, “...ishsiz

qolganlar orasida deyarli har o‘n ayoldan to‘qqiztasi nofaol bo‘lib qolgan. Bu esa
erkaklarga nisbatan ko‘proq ayollar ish qidirmayotgani, ishga joylashish va daromadga
ega bo‘lishga tayyor emasligini bildirmoqda. Bunday sharoitda tegishli choralar
ko‘rilmasa, ayollar uzoq muddatli ishsiz bo‘lib qolishi mumkin” [2]. Bunday holatning
oldini olishda ayollar orasida tadbirkorlikni rivojlantirish va shu asosida
raqamlashtirish tizimini tashkil qilish mazkur muammoni o‘rganishning dolzarbligini
yanada oshiradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

MDH olimlarining ko‘rsatishicha “Raqamli iqtisodiyot - iqtisodiy internet

faoliyati, shuningdek, shakllari, usullari, vositalari va uni amalga oshirish aloqa
muhitidir” [3]. Raqamlashtirish ob’yektiv jarayon sifatida iqtisodiyotning alohida
tarmoqlari rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, ko‘pincha sohada keskin
o‘zgarishlarga, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining yangi turlarining paydo
bo‘lishiga olib keladi [4].

Mazkur fikrni davom ettirgan mahalliy olimlarimizdan O.Umarov esa “Raqamli

iqtisod, noyob funksiyaning ayrim xususiyatlarining mavjudligi sababli klassik
iqtisodga xos bo‘lgan cheklovlarni yengishga imkon beradi:

1. Bir nechta odamlar moddiy mahsulotlardan foydalana olmaydilar, chunki

raqamli mahsulotlarning bunday to‘siqlari yo‘q: nusxa ko‘chirish va cheksiz odamlar
doirasiga taqsimlanishi mumkin.

2. Materiallardan foydalanish paytida foydalanish taqiqlanadi. Raqamli

mahsulotlar asl xususiyatlarini yo‘qotmaydi, shuningdek, bu xususiyatlar birgalikda
ishlash yoki almashinuv jarayonida yaxshilanishi mumkin.

3. Axborot-kommunikatsiya maydonchalari odatiy savdo binolarida mavjud

bo‘lgan maydonlarning hajmiga cheklovlar va shu bilan birga bir vaqtning o‘zida
xizmat ko‘rsatadigan mijozlarning soni va miqdori jihatidan cheklanishlarini oldini
oladi” degan fikrni ilgar surgan [5,4].


background image

23

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Mamlakatimizda mazkur sohadagi ustuvor vazifalar 2020 yildagi 5 oktyabrdagi

“Raqamli O‘zbekiston - 2030» Strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, “...zamonaviy axborot tizimlari
va dasturiy mahsulotlarni joriy etish hisobiga mahsulotlar va xizmatlar sifatini
yaxshilash, ularning tannarxini, ishlab chiqarishdagi to‘xtalishlarni kamaytirish,
moliyaviy-iqtisodiy faoliyatning shaffofligini oshirish, innovasion avtomatlashtirilgan
boshqaruv tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy
bazani takomillashtirish, boshqaruv ma’lumotlarini qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash
tizimini, jumladan, real vaqt rejimida biznes-tahlil tizimini joriy qilish orqali
takomillashtirish, 2025 yilda korxona resurslarini boshqarish tizimini (ERP) joriy
qilgan yirik xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning ulushini 90 foizga yetkazish” vazifasi
belgilangan [6].

METODOLOGIYA

Tadqiqot jarayonida dialektik va tizimli yondashuv, qiyosiy va solishtirma tahlil,

sosiologik so‘rovnoma usullaridan foydalanildi. Raqamlashtirishning iqtisodiy
samaradorlik vositasi sifatida ayollar tadbirkorligini rivojlantirishdagi imkoniyatlari,
ularning oila, farzand tarbiyasini ijtimoiy mehnat bilan birgalikda qo‘shib olib
borishdagi mehnat munosabatlari o‘rganilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Raqamli iqtisodiyot bu ishlab chiqarish kompleksi insonlar uchun qulayliklarni

ta’minlaydigan mahsulot va xizmatlarni yaratadigan virtual muhit bo‘lib, raqamli
texnologiyalardan foydalangan holda iqtisodiy ishlab chiqarish tizimidir. Shuningdek,
raqamli iqtisod rasmiylashtirilishi mumkin bo‘lgan barcha narsani qamrab olishi
mumkin, ya’ni mantiqiy sxemalarda namoyon bo‘ladi. Olib borilgan tadqiqotlarga
asoslanib raqamli iqtisod ayrim xususiyatlarining mavjudligi sababli klassik
iqtisodga xos bo‘lgan cheklovlarni yengishga imkon berishini quyidagi jadvalda
guruhlashtirdik [7]

Raqamli iqtisodiyot inson faoliyati doirasidagi barcha informatsiyani

raqamlashtirish texnologiyalarini qo‘llab saqlash, ishlov berish va uzatishning yagona
tizimi sifatida iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali ijodiy yondashib yangi iqtisodiyotni
barpo etish imkoniyatlari bir nechta odamlar moddiy mahsulotlardan foydalana
olmaydilar, chunki raqamli mahsulotlarning bunday to‘siqlari yo‘q: nusxa
ko‘chirish va cheksiz odamlar doirasiga taqsimlanishi mumkin.

Raqamli mahsulotlar asl xususiyatlarini yo‘qotmaydi, shuningdek, bu

xususiyatlar birgalikda ishlash yoki almashinuv jarayonida yaxshilanishi mumkin.
Raqamli iqtisodiyot korrupsiya va «yashirin iqtisodiyot»ning asosiy kushandasidir.
Axborot-kommunikatsiya maydonchalari odatiy savdo binolarida mavjud bo‘lgan
maydonlarning hajmiga cheklovlar va shu bilan birga bir vaqtning o‘zida xizmat


background image

24

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

ko‘rsatadigan mijozlarning soni va miqdori jihatidan cheklanishlarini oldini oladi.
Keyingi yillarda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, faol tadbirkorlikni,
xususan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash orqali ayollarni
mehnat bilan band qilish sharoitlarini yaratish borasida tizimli chora-tadbirlar olib
borilmoqda. Uning ahamiyati yurtboshimiz ta’kidlaganidek “Meni kishilarimizning
ongida paydo bo‘lgan stereotip ko‘p o‘ylantiradi. Odatda biz ayolni avvalambor ona,
oila qo‘rg‘onining qo‘riqchisi sifatida hurmat qilamiz. Bu, shubhasiz, to‘g‘ri. Ammo
bugun har bir ayol oddiy kuzatuvchi emas, balki mamlakatda amalga oshirilayotgan
demokratik o‘zgarishlarning faol va tashabbuskor ishtirokchisi ham bo‘lishi kerak” [8].

1-jadval

Iqtisodiyotni raqamlashtirish asosida real raqobatbardoshlikni uzoq

muddatga saqlab qolishning afzalliklari

Raqamli iqtisodiyot-

inson faoliyati doirasidagi barcha
informatsiyani raqamlashtirish
texnologiyalarini qo‘llab saqlash,
ishlov berish va uzatishning yagona
tizimi sifatida iqtisodiyotni
raqamlashtirish orqali ijodiy
yondashib yangi iqtisodiyotni barpo
etish imkoniyatlari

Bir nechta odamlar moddiy mahsulotlardan foydalana

olmaydilar, chunki raqamli mahsulotlarning bunday
to‘siqlari yo‘q: nusxa ko‘chirish va cheksiz odamlar
doirasiga taqsimlanishi mumkin.
Raqamli mahsulotlar asl xususiyatlarini yo‘qotmaydi,
shuningdek, bu xususiyatlar birgalikda ishlash yoki
almashinuv jarayonida yaxshilanishi mumkin.
Raqamli iqtisodiyot korrupsiya va «yashirin
iqtisodiyot»ning asosiy kushandasidir.
Axborot-kommunikatsiya maydonchalari odatiy savdo
binolarida mavjud bo‘lgan maydonlarning hajmiga
cheklovlar va shu bilan birga bir vaqtning o‘zida xizmat
ko‘rsatadigan mijozlarning soni va miqdori jihatidan
cheklanishlarini oldini oladi.

Ayollarning ish bilan bandligi darajasi global miqyosda kamayish

tendensiyasiga ega. Jahon miqyosida ayollarning mehnat bozoriga kirish imkoniyatlari
erkaklarnikidan 27 foizga past. Ayollar erkaklarga nisbatan ko‘proq ishsiz bo‘lib,
global ishsizlik erkaklar uchun 5,5 foizga, ayollar uchun 6,2 foizga teng [9]. Bu esa
xotin-qizlarning bandlik darajasini tarmoqlar bo‘yicha kengaytirish, mehnat
munosabatlarida gender tengligi darajasiga erishish bo‘yicha alohida yondashuv talab
qiladi.

Bizning fikrimizcha ayol ona, ishchi, xodim va uy bekasi, bu ikki taraflama

og‘irlikni birga qo‘shib olib borish uchun ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash
lozim bu jarayonni gender tengligi darajasida o‘rganib, nafaqat ijtimoiy ishlab
chiqarishda ish bilan bandlik balki, ularning oilaviy muammolar, bolalar tarbiyasi bilan
mashg‘ulligini yengillatish kerak. Ayol ikki vazifani – kasb va onalikni qo‘shib olib
borishi sababli ayolning ishchi kuchi ish beruvchi uchun kamroq e’tibor qaratiladigan


background image

25

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

ishchi kuchidir. Ish bilan bandlikning erkaklar va ayollarga kasb, oila majburiyatlarini
qo‘shib olib borish imkoniyatini beruvchi yangi modellarini yaratishga tashkiliy,
qonun chiqarish yo‘li bilan ko‘maklashish maqsadga muvofiq ko‘rinadi, bu esa
ayollarga erkaklar qatori kasbiy sohalarida qolish, xizmat pog‘onalari bo‘ylab
ko‘tarilish hamda o‘z oilaviy majburiyatlarini bajarish imkonini beradi.

Olib borilgan tadqiqotlarga asoslanib ta’kidlash lozimki, zamonaviy mehnat

bozorining globallashuvi raqamlashtirish va axborot –kommunikatsiya
texnologiyalarining kirib kelishi ayollar mehnatining o‘ziga xos yondashuvlarini
keltirib chiqaradi. Aloqa va axborotlashtirish bo‘yicha respublikada gender tengligi
nuqtai-nazaridan ma’lumotlar yuritilmaydi, ularning raqamlashtirish bo‘yicha
bilimlari, ularning axborotlarni qabul qilishi, bu boradagi ko‘nikmalarni puxta
egallashi va umuman mazkur sohadagi bandligini tahlil qilish qiyin jarayon
hisoblanadi. Bu mulohazali holatlarni o‘rganish, raqamli mehnat munosabatlari
ko‘nikmalariga ega ayollarning masofaviy bandlik borasida faol chora-tadbirlar,
tushuntirish ishlari olib borish lozim deb hisoblaymiz. Chunki, ular orasida masofaviy
ish bilan bandlikning keng tarqalishi ham oila, ham farzandlar tarbiyasini birga qo‘shib
olib borish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, oilaviy ajrimlar sonining keskin
kamayishi, oilaviy daromadlarni oshirishga erishishga imkoniyatlar yaratadi.
Shuningdek, intellektual talab va taklifning mutanosibligi darajasi aynan masofaviy
samarali ish bilan bandlikni rivojlantirishga shart-sharoit yaratadi. Ekspertlarning
aytishicha, raqamli dunyoda inson resurslaridan samarali foydalanish, kadrlar
salohiyatini rivojlantirish va bu borada xalqaro standartlarni joriy etish, aynan,
rivojlanayotgan malakatlarda tezkor investisiyaviy jozibadorlikni oshirishga zamin
yaratadi [10,454].

XULOSA VA TAKLIFLAR

Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida ayollar orasida tadbirkorlikni rivojlantirish

uchun raqamlashtirish natijalarida quyidagi chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratish
lozim:

-

hududlarda ayollarning innovasion va raqamli ko‘nikmalarni shakllantirish

hamda masofaviy ish bilan bandlikni rivojlantirish asosida raqobatbardosh
mutaxassislarni tanlab olishning yuqori imkoniyatini ta’minlash;

-

har bir mahallada mehnatga layoqatli ayollar uchun raqamli kompetensiyalar,

jumladan turli dasturiy ta’minot bilan ishlash, dasturlash ilmini chuqur o‘rgatishga
asoslangan qisqa muddatli kurslarni tashkil qilish;

-

iste’molchilar, ishlab chiqaruvchilar, vositachilar o‘rtasidagi axborot

mahsulotlari bozorini masofaviy ishlashiga erishish;

-

raqamli ko‘nikmalarga ega bo‘lgan ayollar uchun masofaviy ish o‘rinlari

yaratish orqali axborot sohasida band ayollar ulushini oshirish;


background image

26

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

-

mehnat bozoriga birinchi marta kirib kelayotgan yosh ayollarni zamonaviy

raqamli ko‘nikmalar layoqatiga ega ruhda tarbiyalash asosida kasbiy ko‘nikmalarini
shakllantirish.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayt /

www.president.uz..

2.

World Employment and Social Outlook.

Trends 2021.

https://www.ilo.org/wcmsp5/groups/public/---dgreports/---dcomm/---
publ/documents/publication/wcms_795453.pdf

3.

Калужский М.Л. Маркетинговые сети в электронной коммерции:

институциональный подход / М.Л. Калужский.

М.; Берлин: Директ

-

Медиа,

стр.

2014. – bet 402

4.

Pirogova, O., Makarevich, M. The formation of the enterprises human capital

in the context of digitalization // E3S Web of Conferences 164, 09011 (2020). P.1-8

5.

Umarov O. Raqamli iqtisodiyot va uning rivojlanish

tendensiyalari.“Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali 2018

yil. № 3,

- bet 4. www.iqtisodiyot.uz

6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yildagi 5 oktyabrdagi

“Raqamli O‘zbekiston — 2030» Strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga
oshirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi қарори.Lex.uz.

7.

Bobanazarova J.X. Nimatov I.Raqamli iqtisodiyot rivojlanishining o‘ziga xos

xususiyatlari.//Iqtisodiyot va innovasion texnoloogiyalar” ilmiy elektron jurnali. 2020.
-

№5.,

- bet 345

8.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 24

yanvar, 2020.

9.

http://www.oecd.org.; http://www.intracen.org.

10. Qaxxorov A.J., Habibullayev A.Sh.Raqamli iqtisodiyot sharoitida inson

kapitalini rivojlantirish zaruriyati. “XXI asr global iqtisodiyoti: iqtisodiy pandemiya
va raqamli texnologiyalar” mavzusidagi xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya
materiallari., T.: 2021 yil. – bet 454.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayt /

www.president.uz..

World Employment and Social Outlook. Trends 2021.

publ/documents/publication/wcms_795453.pdf

Калужский М.Л. Маркетинговые сети в электронной коммерции:

институциональный подход / М.Л. Калужский. – М.; Берлин: Директ-Медиа,

стр.2014. – bet 402

Pirogova, O., Makarevich, M. The formation of the enterprises human capital

in the context of digitalization // E3S Web of Conferences 164, 09011 (2020). P.1-8

Umarov O. Raqamli iqtisodiyot va uning rivojlanish

tendensiyalari.“Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali 2018

yil. № 3, - bet 4. www.iqtisodiyot.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yildagi 5 oktyabrdagi

“Raqamli O‘zbekiston — 2030» Strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga

oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi қарори.Lex.uz.

Bobanazarova J.X. Nimatov I.Raqamli iqtisodiyot rivojlanishining o‘ziga xos

xususiyatlari.//Iqtisodiyot va innovasion texnoloogiyalar” ilmiy elektron jurnali. 2020.

-№5., - bet 345

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 24

yanvar, 2020.

Qaxxorov A.J., Habibullayev A.Sh.Raqamli iqtisodiyot sharoitida inson

kapitalini rivojlantirish zaruriyati. “XXI asr global iqtisodiyoti: iqtisodiy pandemiya

va raqamli texnologiyalar” mavzusidagi xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya

materiallari., T.: 2021 yil. – bet 454.