Авторы

  • Erkin Tadjiev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejmtcs.138809

Аннотация

Mazkur maqolada professional ta’lim tashkilotlari faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning zarurligi nazariy jihatdan asoslangan. Buxgalteriya hisobi kalkulyatsiyasi va xarajatlar hisobining metodologik muammolari tadqiq etilgan. Davlat tashkilotlarida hisob siyosatini shakllantirish uslubiyoti va buxgalteriya hisobi metodologiyasini takomillashtirish yo‘nalishlari taklif etilgan.

background image

422

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARIDA BUXGALTERIYA HISOBI

TASHKIL ETISH YO‘NALISHLARI

Tadjiev Erkin Muxitdinovich

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

“Moliya va bank ishi” kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.17526757

Annotatsiya:

Mazkur maqolada professional ta’lim tashkilotlari faoliyatining o‘ziga xos

xususiyatlaridan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning zarurligi nazariy
jihatdan asoslangan. Buxgalteriya hisobi kalkulyatsiyasi va xarajatlar hisobining metodologik muammolari
tadqiq etilgan. Davlat tashkilotlarida hisob siyosatini shakllantirish uslubiyoti va buxgalteriya hisobi
metodologiyasini takomillashtirish yo‘nalishlari taklif etilgan.

Kalit so‘zlar:

Byudjet, smeta, xarajatlar, kalkulyatsiya, moliyaviy hisobot, daromadlar va xarajatlar,

byudjet nazorati.

Аннотация:

В статье теоретически обоснована необходимость организация и ведения

бухгалтерского учета с учетом специфических особенностей деятельности профессиональных
образовательных организация. Изучены методологические проблемы бухгалтерских расчетов и учета
затрат. Предложены направления совершенствования учетной политики и методологии
бухгалтерского учета в государственных организация.

Ключевые слова:

Бюджет, смета, затраты, расчет, финансовая отчетность, доходы и расходы,

контроль бюджета.

Abstract:

In this article, the need to organize and maintain accounting based on the specific

characteristics of the activities of professional educational organizations is theoretically based. Methodological
problems of accounting calculations and cost accounting are studied. Directions for improving accounting
policy and accounting methodology in state organizations are proposed.

Keyvords:

Budget, estimate, costs, calculation, financial reporting, income and expenses, budget

control.

Kirish:

Jahon amaliyotida professional ta’lim muassasalarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy

nazoratni takomillashtirish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Professional ta’lim
muassasalarida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larning maqsadli va manzilli sarflanishi bevosita
ularning hisobini samarali tashkil etish hamda moliyaviy hisobotlar ko‘rsatkichlarining shaffofligi bilan
bog‘liq. Shu sababdan ham, jahonning aksariyat mamlakatlarida byudjet ijrosi hisobi va hisobotini davlat
sektorida buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari talablari asosida rivojlantirilishiga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Bu borada, davlat tibbiyot muassasalarida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobini
yuritishning uslubiy jihatlari, mablag‘lardan maqsadli, manzilli va samarali foydalanish yuzasidan
axborotlarning aniqligi, davlat tibbiyot muassasalarida mablag‘lardan maqsadli foydalanishda ichki nazorat
tizimining rolini kuchaytirish, ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha qator muammolar ko‘zga
tashlanmoqda. Mablag‘lar sarfiga oid hisob va hisobotlarning axborot imkoniyatini kengaytirish hamda
ishonliligini ta’minlash, moliyaviy nazorat tizimini yaxshilash bilan bog‘liq hal etilishi zarur bo‘lgan jihatlar
mavjud.

1

Ta’lim muassasalarida buxgalteriya hisobini tashkil qiish va uning moliyaviy hisobotlarini

shakllantirish borasida respublikamiz hamda xorijlik iqtisodchi olimlar o‘zlarining ilmiy asarlarida bu
tushunchalarga batafsil ta’riflar berilganini ko‘rish mumkin. Bunda qo‘yidagi fikrlarni aytib o‘tish mumkin
“byudjet tashkilotlari va muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobi va hisobotining nazariy va
uslubiy asoslarini tadqiq etgan. Tadqiqot ishini o‘rganganimizda olim me’yoriy hujjatlardan kelib chiqqan
holda kerakli o‘rinlarda ta’lim muassasalari tushunchalaridan foydalanganligini ko‘rishimiz mumkin”.

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik

berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli Qarori, Toshkent shahri, 2021 yil 24 dekabr
https://lex.uz/docs/5793251


background image

423

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

“Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tashkil etish masalalariga alohida ahamiyat
berilgan bo‘lib, bunda davlat sektorida tashkiliy-huquqiy maqomiga ko‘ra sub’ektlarning ikki turga: byudjet
tashkiloti va muassasalar ajratilishini, ya’ni ijtimoiy-madaniy vazifalarni tijoratchilikdan iborat bo‘lmagan
vazifalarni amalga oshirish uchun mulkdor tomonidan tashkil etilgan va to‘la yoki qisman byudjetdan
moliyaviy jihatdan ta’minlab turiladigan tashkilot muassasa hisoblanishi ko‘rsatilgan”. “Davlat tibbiyot
tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobi va ichki auditini takomillashtirish masalalari ilmiy tadqiq
qilingan. Tadqiqotchi Byudjet kodeksining tegishli moddalariga muvofiq tibbiyot tashkiloti tushunchasi orqali
mavzuning dolzarbligini ochib berishga hamda tibbiyot tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari
hisobini takomillashtirish yo‘llarini ilmiy jihatdan asoslab berishga harakat qilgan”. Hozirgi vaqtda davlat
byudjetining jami xarajatlariga nisbatan sog‘liqni saqlash sohasiga ajratiladigan mablag‘larning umumiy
ulushi 12 foizni tashkil qilib, bu mablag‘lar sarfi hududlar joylashgan davlat tibbiyot tashkilotlarini
moliyalashtirilishi hisobiga amalga oshiriladi. Bu mablag‘larning maqsadli va oqilona sarflanishini ta’minlash
hamda ular bo‘yicha tegishli axborotlarni shakllantirilishi muassasalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish
zaruriyatini keltirib chiqaradi. Har bir ta’lim tashkilotiga byudjetdan mablag‘ ajratish moliya organlari
tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida amalga oshiriladi. Ta’lim tashkilotlarini mablag‘ bilan
ta’minlash mexanizmini takomillashtirish, Ta’lim tashkilotlarida buxgalteriya hisobi ularning faoliyat
yo‘nalishi yoki ixtisoslashuvi bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Ushbu xususiyatlar o‘z ichiga
quyidagilarni oladi:

- byudjet tasnifi asosida buxgalteriya hisobini tashkil etilishi va hisobotlarni shakllantirilishi;
-daromadlar va xarajatlar smetalarining ijrosi nazorat qilinishi;
- byudjet ijrosini g‘aznachilik tizimiga o‘tishi;
- kassa va haqiqiy xarajatlar hisobini yuritilishi;
- Ta’lim tashkilotlarining faoliyat yo‘nalishlari va ixtisoslashuvi bo‘yicha buxgalteriya hisobining

xususiyatlari.

Sog‘liqni saqlash tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida buxgalteriya hisobining o‘ziga xos

xususiyatlari hisob vazifalarini, xususan tasdiqlangan smetalarni to‘g‘ri ijrosini ta’minlash, byudjet intizomiga
qat’iy rioya qilish, byudjetdan tashqari jamg‘armalarini shakllantirish, muassasaning moliyaviy barqarorligini
ta’minlash va ularning ichki iqtisodiy zaxiralarini aniqlashni taqazo qiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, tibbiyot
tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, boshqarish va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda buxgalteriya hisobi
muhim ahamiyatga ega. Tibbiyot tashkilotlarida barcha hisob ob’ektlari pul o‘chlov birligida hisobi yuritilib,
moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi. Bu buxgalteriya hisobi ob’ektlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olish
imkonini beradi, lekin tibbiyot tashkilotlari faoliyatini samarali boshqarish va tasarruf etishda ma’lumotlarning
to‘liq bo‘lishi ta’minlamaydi. Shu boisdan, ta’lim tashkilotlarida samarali boshqaruv yuzasidan qaror qabul
qilish maqsadida boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritish muhim sanaladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Professional ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlashda ta’lim

sifatini oshirish, malakali kadrlar tayyorlash, o’quvchilar bilimini oshirish asosiy komponentlardan bir sifatida
yangi yaratilayotgan o’quv adabiyotlar ta’minlanishi hisoblanadi. Bu borada, o’quvchilarning zamonaviy
texnologiyalar asosida bilimlarini oshirishga xizmat qiladigan yangi adabiyotlarni, ta’lim kontentlarini
yaratish, ta’lim muassasalarini metodik ta’minotini mustahkamlash borasida quyidagi muhim vazifalarni
amalga oshirish lozim bo’ladi. professional ta’lim muassasalarining o’quvchilariga 2030- yilgacha o’quv
adabiyotlar bilan ta’minlash dasturi asosida yangi o’quv adabiyotlar bosqichmabosqich ta’minlash; oliy ta’lim
muassasalari tomonidan professional ta’lim muassasalariga o’quvmetodik materiallari va elektron resurslar
bilan ta’minlashni kuchaytirish; professional ta’lim muassasalarining xorijiy til fani o’qituvchilarini bepul
o’quv va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash; o’quvchilarni adabiyotlar, o’qitish materiallari to’plamlaridan
elektron foydalanish imkoniyatini oshirish maqsadida mobil ilova yaratish; xalqaro moliya instituti
homiyligida, badiiy adabiyotlar, turli ixtisoslik va yo’nalishlardagi adabiyotlar bilan ta’minlab borish.

XULOSA

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki, professional ta’lim muassasalarda va buxgalteriya

hisobini tashkel etishda yangi avlod darsliklari bilan ta’minlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri
bo’lib qolmoqda. Professional ta’lim tizimi uchun yangi adabiyotlarni yaratilishida uning zamonaviyligi, eski


background image

424

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

adabiyotlardan farqlanishi, xorijiy adabiyotlarga mosligi, zamonaviy texnologiyalar asosida yangilab
borilishiga hamda o’quvchilar tomonidan o’zlashtirish imkoniyati yuqoriligiga alohida e’tibor berilishi lozim.
Professional ta’lim muassasalariga va buxgalteriya hisobini tashkel etishda qo’yiladigan yagona talab sifatli
va bilimli kadrlarni yetishtirib berish bo’lib, bu holatda o’quvchilarni sifatli o’quv adabiyotlari bilan ta’minlab
borish oldimizdagi asosiy muhim vazifalardan biri bo’lib qoladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish

chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi

61-sonli

Qarori,

Toshkent

shahri,

2021

yil

24

dekabr

https://lex.uz/docs/5793251`
2.

Ostonokulov A.A (2021). Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobi va hisoboti

metodologiyasini takomillashtirish Dis. avtoref. iqt.fan.d-ri (DSc). –T. 2021. –72 b.
3.

Ibragimov K.Sh (2018). Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni

takomillashtirish (Oliy ta’lim muassasalari misolida). i.f.n. (PhD) diss. avtoreferati. – T. 2018. –54 b.
4.

Qurbonov Sh.M (2022). Davlat tibbiyot tashkilotlarida byudjetdan

5.

tashqari mablag‘lar hisobi va ichki auditni takomillashtirish. i.f.f.d. (PhD).

6.

avtoreferati. – T. 2022. –58 b.