Авторы

  • Erkin Tadjiev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejmtcs.138808

Аннотация

Ushbu moqolada professional taʼlim muassasalarida raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi yunalishi misolida buxgalteriya hisobi va ichki nazoratni takomillashtirish taxlil qilinadi. Talabalarga raqamli texnologiyalarni o‘rgatish, buxgalteriya hisobi va ichki nazoratni takomillashtirish yo‘llari haqida so‘z yuritiladi. Tadqiqotda professiyanal taʼlim muassasalarida buxgalteriya hisobi va ichki nazoratni tashkil etishni takomillashtirish masalalari bayon qidingan.

background image

418

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

PROFESSIONAL TAʼLIM MUASSASALARIDA BUXGALTERIYA

HISOBI VA ICHKI NAZORATNI TAKOMILLASHTIRISH

MAʼSALALARI

Tadjiev Erkin Muxitdinovich

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

“Moliya va bank ishi” kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.17526749

Annotatsiya:

Ushbu moqolada professional taʼlim muassasalarida raqamli axborotlarni qayta ishlash

ustasi yunalishi misolida buxgalteriya hisobi va ichki nazoratni takomillashtirish taxlil qilinadi. Talabalarga
raqamli texnologiyalarni o‘rgatish, buxgalteriya hisobi va ichki nazoratni takomillashtirish yo‘llari haqida so‘z
yuritiladi. Tadqiqotda professiyanal taʼlim muassasalarida buxgalteriya hisobi va ichki nazoratni tashkil etishni
takomillashtirish masalalari bayon qidingan.

Kalit so‘zlar:

Buxgalteriya xisobi tizimi, ichki nazorat tizimi, professional taʼlim, auditorlik

tashkilotlarining ichki standartlar, sentetik xisob, analitik xisob, audit muximlik, auditorlik riski.

Аннотация:

В данной статье анализируется совершенствование бухгалтерского учета и

внутреннего контроля на примере магистратуры цифровой обработки информации в
профессиональных образовательных организациях. Студентов обучат цифровым технологиям,
способам совершенствования бухгалтерского учета и внутреннего контроля. В исследовании

рассмотрены вопросы совершенствования организации бухгалтерского учета и внутреннего контроля
в профессиональных образовательных учреждениях.

Ключевые слова:

Система бухгалтерского учета, система внутреннего контроля,

профессиональное образование, внутренние стандарты аудиторских организаций, синтетический учет,
аналитический учет, значимость аудита, аудиторский риск.

Abstract:

This article analyzes the improvement of accounting and internal control in vocational

educational institutions using the example of the master's degree in digital information processing. It discusses
ways to teach students digital technologies, improve accounting and internal control. The study addresses the
issues of improving the organization of accounting and internal control in vocational educational institutions.

Ke vords:

Accounting system, internal control system, professional education, internal standards of

audit organizations, synthetic account, analytical account, audit importance, audit risk.

Kirish:

Respublikamizda professional taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan isloxotlar olinib

bormoqda, bu borada auditorlik foaliyatini aloxida eʼtirof etishimiz mumkin, moliyaviy nazoratning
zamonaviy shakli bo‘lgan - auditorlik xizmatining rivojlanishiga eʼtibor kuchaydi. Bu borada katta ishlar
amalga oshirilganligi, audit sohasida yaratilgan meʼyoriy-huquqiy asos, milliy audit bozorimizdagi mavjud
auditorlik firmalarimiz va ular faoliyat yuritaʼyotgan auditorlar salohiyatida ko‘rishimiz mumkin.

1

Professional taʼlim tizimi jamiyatimizning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga katta taʼsir ko‘rsatadigan

soxa bo‘lib taʼlim olish jarayonida nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy ko‘nikma va malakalarni xam
shakllantirish zaruratini olib bormoqda.Avvalo “buxgalteriya hisobi tizimi”, “ichki nazorat tizimi” kabi
tushunchalarga meʼyoriy huquqiy hujjatlar nuqtai nazaridan izoh berib o‘tsak. O‘zbekiston Respublikasining
12 sonli “Auditorlik tekshiruvlari jarayonida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash” nomli
auditorlik faoliyatining milliy standartida yuqoridagi tushunchalarga quyidagicha taʼrif berilgan:

Buxgalteriya hisobi tizimi - xo‘jalik yurituvchi subyektning vazifalari va yozuvlarining yig‘indisi

bo‘lib, ular orqali moliyaviy hisobotda xo‘jalik operatsiyalari va boshqa voqealar natijalarini
identifikatsiyalash, to‘plash, tahlil qilish, hisoblash, tasniflash, umumlashtirish va aks ettirish maqsadida
buxgalteriya hisobini yuritish usuli sifatida xo‘jalik operatsiyalari natijalarini qayta ishlash;

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik

berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli Qarori, Toshkent shahri, 2021 yil 24 dekabr
https://lex.uz/docs/5793251


background image

419

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

Ichki nazorat tizimi -

xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati tomonidan moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini

nazorat qilish va samarali yuritish, aktivlar va hisob hujjatlarining saqlanishini taʼminlash, xato va firibgarlik
holatlarini oldini olish va aniqlash, buxgalteriya yozuvlarining aniq va to‘liqligi va o‘z vaqtida ishonchli
moliyaviy maʼlumotlarni tayyorlash maqsadida qabul qilingan tashkiliy tadbirlar, usullar va amallar (ichki
nazorat vositalari) yig‘indisi” Har qanday holatda ham auditor xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya xo‘jaligi
faoliyatini tekshirishdan oldin korxonada buxgalteriya hisobi qanday tashkil etilganligini va hozirda qanday
yuritilayotganligini o‘rganishi lozim. Ichki nazorat tizimi faoliyatini o‘rganib uni baholash esa auditorga
tekshiruv jarayonida unga tayanish mumkin yoki yo‘qligi haqida qaror qabul qilishida yordam beradi. Bular
esa o‘z navbatida auditning muhim bosqichlaridan biri bo‘lgan risk va muhimlik chegaralarini aniqlashda

auditorga qo‘l keladi

.

Ichki nazorat tizimi

va risk chegaralarini aniqlashning nazariyasi auditorlik tekshiruvining asosiy

muammoli hududlaridan bo‘lib, g‘arbda 1980 yillarning oxiri 1990 yillarning boshiga kelib bu tushunchalar
keng qo‘llanila boshlandi. Korxonada yuritilayotgan buxgalteriya hisobi xo‘jalik faoliyatini ishonarli aks
ettirayotganini aniqlash uchun auditor quyidagilarga ahamiyat beradi: hisob hujjatlarining aylanish reja-
jadvali, buxgalteriya xizmati xodimlarining vazifasi va masʼuliyatlari chegarasining belgilanishi, korxonada
amalga oshiriladigan odatiy va bir martalik muomalalarni aks ettirishda “Iqtisodiyot va innovatsion
texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 4, iyul-avgust, 2016 yil www.iqtisodiyot.uz 3 foydalaniladigan
schetlar hamda ularning o‘zaro bog‘lanishi bayoni va boshqalar. 12-sonli auditning milliy standartida
buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini o‘rganish hamda baholash auditorlik tashkilotining ish hujjatlarida
albatta aks ettirilishi lozimligi aytilgan va bunda quyidagilardan foydalanish tavsiya etiladi:

a) Maxsus ishlab chiqilgan test amallaridan;
b) Rahbariyat xodimlari va buxgalteriya ishchilarining fikrlarini aniqlash maqsadida namunaviy savollar

ro‘yxatidan;

v) Tekshiruv varaqlari va maxsus blankalardan;
g) Eʼtirozlar ro‘yxati, bayonnoma yoki dalolatnomalardan. Guvohi bo‘lganimizdek, yuqoridagi

hujjatlardan foydalanish havola tusiga ega bo‘lib, auditorlik tashkiloti mazkur va boshqa auditorlik
faoliyatining milliy standartlari talablari asosida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini o‘rganishning va
baholashning tartibini hamda uslubini mustaqil ishlab chiqadi, shuningdek baholash va o‘rganish natijalaridan
kelib chiqib, auditorlik tekshiruvidagi muhimlik va risk darajasini aniqlaydi. Taʼkidlaganimizdek, ichki
nazorat tizimini o‘rganish va baholash usuli auditor nuqtai nazaridan kelib chiqib belgilanadi. Bunda
tekshirilayotgan mijozning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimining xususiyatlari inobatga olinishi
zarur. Yuqoridagi tizimlarning hajmi va murakkablik darajasi ularni o‘rganish hamda baholash metodiga, shu
bilan birga tekshiriladigan hujjatlar hajmiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taʼsir qiladi. Tekshirilayotgan korxona
buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 1) Buxgalteriya
hisobi va ichki nazorat tizimi bilan umumiy tanishish; 2) Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimining
ishonchlilik darajasini oldindan taxminiy baholash;

3) Taxminiy baholangan buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimining ishonchlilik darajasini

tasdiqlash. Biz yuqorida aytib o‘tgan milliy standartda taʼkidlanganidek, rasmiy auditorlik xulosasini
tayyorlashni ko‘zda tutuvchi barcha auditorlik tekshiruvlari jarayonida auditorlar tekshirilayotgan xo‘jalik
yurituvchi subyektda qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi tizimini tekshirishlari shart va bunda
rejalashtirilayotgan auditorlik amallarining mohiyati, hajmi va vaqtinchalik xarajatlarini aniqlashga asos
bo‘ladigan nazorat vositalarini o‘rganishlari va baholashlari lozim. Shunday ekan, ushbu tizimlarni tez fursatda
ishonchli va aniq baholash usullarini va yondashuvlarini ishlab chiqib amaliyotda tatbiq qilish pirovardida ular
orasidan samaralilarini tanlab joriy etish auditorlik tekshiruvlari jarayonlarining jadallashuviga imkon
yaratadi.

Muammo:

Bugungi kunda raqamli texnologiyalar va axborat tizimlarining tez suratlarda rivojlanishi

taʼlim tizimida yangi yondashuvlarni talab qilmoqda. Taʼlim tizimida raqamli texnologiyalarning samarali
intigratsiyasi va o‘quvchilarning amaliyotdagi faoliyatini oshirish uchun mavjud pedagogik metotlar va
amaliyot jarayonlarida ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelmoqda.


background image

420

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

Asosiy muammo shundan iboratki, professional taʼlim muassasalarida o‘quvchilarning amaliyotga

tayyorlanishi uchun zarur bo‘lgan asosiy ko‘nikmalarni o‘rgatish hali to‘liq tizimli ravishda tashkil etilmagan.
O‘quvchilar amaliyot jarayonida raqamlivositalarni samarali qo‘llashi uchun taʼlim muassasalarida yetarli
infratuzilma mavjud yemas. Shuningdek, amaliyot rahbarlarining zamonaviy raqamli texnologiyalarni
o‘rgatishga tayyorgarligi va malakasi har xil darajada bo‘lganligisababli o‘z navbatida o‘quvchilarning
amaliyotdagi faoliyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatib kelmoqda.

Bundan tashqari, taʼlim jarayonida pedagogik

yondashuvlarning to‘g‘ri tashkil yetilmasligi, o‘quvchilarning individual yehtiyojlarini inobatga olmaslik va
amaliyotga yo‘naltirishning notekisligi ham muammo bo‘lib qolmoqda.

Мухокама:

O‘quvchilarning amaliyotga yo‘naltirilishining pedagogik xususiyatlarini tahlil qilgan

holda, taʼlim tizimida mavjud bo‘lgan baʼzi muammolarni va ularni hal yetish yo‘llarini ko‘rib chiqish kerak.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli texnologiyalarni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish, amaliyot
jarayonini samarali tashkil yetish va o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirishda baʼzi asosiy
qiyinchiliklar mavjud:

1. Raqamli axborotlarni qayta ishlash sohasida taʼlim muassasalarining resurslari yetarli yemas.

Ko‘plab taʼlim muassasalarida zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘rganishga mo‘ljallangan yetarlicha
infratuzilma yo‘q. Amaliyot jarayonida o‘quvchilarga axborotlarni qayta ishlashning ilg‘or metodlarini
o‘rgatish uchun texnologik vositalar va dasturiy taʼminotlar zarur bo‘ladi. Agar taʼlim muassasalarida bunday
vositalar mavjud bo‘lmasa, o‘quvchilarning amaliyotdagi faoliyat samarasi past bo‘lishi tabiiy.

2. Amaliyot rahbarlarning raqamli texnologiyalarni o‘rgatishga bo‘lgan tayyorgarligi ham muhim

muammo hisoblanadi. Bugungi kunda ko‘plab amaliyot rahbarlari raqamli vositalarni

o‘quv jarayonida samarali qo‘llash uchun zarur bo‘lgan metodik yondashuvlar va texnologiyalarga yega

yemaslar. Shu bilan birga, o‘qituvchilarning raqamli texnologiyalarni o‘rgatish bo‘yicha malakasini oshirish
zarurati mavjud. Amaliyot rahbarlariga raqamli texnologiyalarni o‘rgatish va amaliyot jarayonini samarali
tashkil yetish maqsadida o‘quv-uslubiy seminarlar tashkil yetilishi kerak.

3.O‘quvchilarning amaliyotdagi muvaffaqiyatlari ko‘pincha ularning kasbiy faoliyatga tayyorlanish

darajasi bilan bog‘liq.

O‘quvchilarning raqamli texnologiyalarni o‘rganishdagi muvaffaqiyatlari to‘g‘ridan to‘g‘ri

o‘qituvchilarning pedagogik yondashuvlariga va amaliyotga yo‘naltirish usullariga bog‘liq yekanligini
tadqiqot natijalari ko‘rsatmoqda. O‘quvchilarning individual yehtiyojlarini inobatga olgan holda, ularning
amaliyotga yo‘naltirishida differensiyallashgan yondashuvlar zarurdir.

Xulosa.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarning amaliyotga yo‘naltirilishida taʼlim

jarayonini yanada samarali tashkil yetish uchun bir qator muhim omillar mavjud. Birinchi navbatda, raqamli
texnologiyalarni taʼlim jarayoniga integratsiya qilish o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirishda katta
rol o‘ynaydi. Bu jarayon o‘quvchilarga nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy ko‘nikmalarni ham o‘rgatadi,
ularni zamonaviy raqamli vositalar bilan ishlashga tayyorlaydi. O‘quvchilarning amaliyotga yo‘naltirilishida
innovatsion pedagogik metodlarni qo‘llash, masalan, flipped-classroom, loyihaga asoslangan taʼlim va
simulyatsiyalar yordamida amaliyotga yo‘naltirish samarali natijalar beradi. Bu metodlar o‘quvchilarning faol
ishtirokini oshirib, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Amaliyot samaradorligini
oshirish uchun o‘quvchilarning individual yehtiyojlarini inobatga olib, pedagogik yondashuvlarni
moslashtirish zarur. Differensiyallashgan yondashuv o‘quvchilarning muvaffaqiyatini oshirishga yordam
beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston respublikasi Prezidentining qarori (2021) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

“Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 60-sonli Qarori, Toshkent shahri, 2021 yil 24 dekabr
https://lex.uz/docs/5793261


background image

421

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik

berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli Qarori, Toshkent shahri, 2021 yil 24 dekabr
https://lex.uz/docs/5793251`
3.

Sh.E. Amirxanov (2012) Razvitiye vnutrennogo finansovogo kontrolya v byudjetnыx uchrejdeniyat

(na primere byudjetnыx uchrejdeniy v sfere vыsshego professionalnogo obrazovaniya) avtoreferat
dissertatsii soiskaniye uchenoy stepeni kandidata ekonomicheskix nauk, Maxachkala – 2012, str.-22.
4.

A.A.Ostonaqulov “Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobi va hisoboti

metodologiyasini takomillashtirish” monografiya. T: VNESHINVESTPROM nashriyoti, 2021, 208 bet.
5.

A.K.Ibragimov, B.B.Sugirbayev (2010) Byudjet nazorati va auditi. O‘quv qo‘llanma. infoCOM.uz

MCHJ. T.: 2010, 192 b.
6.

S.U.Mehmonov (2018) Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va ichki audit metodologiyasini

takomillashtirish. Iqt.fan.dok. (DSc) ilm.dar.olish uchun yozil. dis.avtoref.-T.:2018. –B36.
7.

Z.U.Xamidova (2021) Byudjet tashkilotlarida ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari faoliyatini

samarali tashkil qilish masalalari: Monografiya – T.: 2021, - 183 b.