18
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
IQTISODIYOTDA MEHNAT RESURSLARINING O’RNI VA AHMIYATI
Eshqobilova Nargiza Mengnarovna
DTPI Raqamli iqtisodiyot kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD
Bozorova Nilufar Abdumurod qizi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
1-kurs Iqtisodiyot yo‘nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.17509881
Annotatsiya:
Ushbu maqolada mehnat resusrlari, ularni ishlab chiqishdagi o’rni, oqilona tashkil
etishning ahamiyati, O’zbekiston va jahon tajribasida resurslardan foydalanish tahlil qilinadi. Maqola nazariy
asoslar bilan yoritib berilgan.
Kalit so’zlar:
Mehnat resurslari, iqtisodiyot, jamiyat, shaxsiy mulk bandlik, ishsizlik, demografik omil,
inofatsiya.
Abstract:
This article discusses labor resources, their role in production, the importance of rational
organization, and the use of resources in Uzbekistan and in world experience.
Keywords: labor resources, economy, society, private property, employment, unemployment,
demographic factor, innovation
Kirish:
Qadimgi davrlardan to hozirgi davrimizgacha mehnat resurslari jamiyatning asosiy qismi bo’lib,
iqtisodiyot va hayotning barcha sohalarida mihim rol o‘ynagan. Mehnat resurslari turli davrlarda turlicha
rivojlangan. Quyida biz mehnat resurslarining rivojlanishini davrlar bo‘yicha keltirib o‘tamiz:
Quldorlik davrida mehnat resurslari mehnat resurslarining asosiy qismini qullar tashkil etgan, qullar
ishlab chiqarishda majburiy mehnat asosida ishlagan, mehnatning ijtimoiy qadri yo‘q edi, mehnat unumdorligi
juda past bo‘lgan, chunki rag‘bat tizimi mavjud emas edi., quldorlik tizimi mehnatni samarali tashkil etishga
emas, balki kuch ishlatishga asoslangan edi.
Feodalizm davrida mehnat resurslar, mehnat resurslarining asosiy qismini dehqonlar va hunarmandlar
tashkil etdi, dehqonlar feodal yer egalari uchun majburiy mehnat (barshchina) bajarishgan,hHunarmandchilik
va shahar mehnat tarmoqlari rivojlanib, mehnat taqsimoti shakllandi, mehnat faoliyati asta-sekin kasbiy
ixtisoslashuv bosqichiga o‘ta boshladi.
Kapitalistik jamiyatda mehnat resurslari, ыanoat inqilobi (XVIII–XIX asrlar) mehnat resurslarining sifat
jihatdan yangi bosqichini boshlab berdi, mashinasozlik, fabrika va zavodlarning paydo bo‘lishi natijasida
ishchi sinfi (proletariat) shakllandi, mehnat bozori vujudga keldi: ish kuchi tovar sifatida erkin sotila va sotib
olinadigan bo‘ldi, ishchilar mehnatga haq to‘lanadigan shartnomalar asosida jalb qilina boshlandi, shu davrda
mehnat huquqlari, kasaba uyushmalari va ijtimoiy himoya tizimlari paydo bo‘ldi.
Sotsialistik davrda mehnat resurslari, mehnat davlat tomonidan markazlashgan tarzda boshqarilgan, ish
joylari, kasb tayyorlash va ish haqi tizimi rejalashtirilgan iqtisodiyot asosida belgilanardi, ishsizlik deyarli
mavjud emas edi, lekin mehnat samaradorligi past bo‘lgan, mehnat resurslarining asosiy vazifasi ishlab
chiqarish rejasini bajarishga qaratilgan edi, O‘zbekistonda bu davrda sanoat korxonalari, paxta sanoati, qurilish
va transport tarmoqlari uchun ko‘p sonli ishchi kuchi tayyorlangan.
Bozor iqtisodiyoti davrida mehnat resurslari, mustaqillikdan so‘ng (1991 yildan boshlab) O‘zbekiston
va boshqa davlatlarda mehnat munosabatlari bozor mexanizmlari asosida shakllana boshladi, mehnat erkinligi,
kasb tanlash huquqi, shartnomaviy mehnat tizimi joriy etildi. Xususiy sektor, tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish
sohasi keng rivojlandi. Mehnat bozorida raqobat shakllandi, ish haqi mehnat unumdorligiga bog‘liq bo‘ldi.
malakali kadrlar tayyorlash, kasb-hunar o‘qitish va bandlikni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishiga aylandi.
Hozirgi davrda mehnat resurslarining rivojlanish xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
✓
Raqamli iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar natijasida yangi kasblar paydo bo‘ldi (IT, dizayn,
marketing, logistika va boshqalar).
✓
Masofaviy ish va erkin bandlik (freelance) shakllari kengaydi.
✓
Xalqaro mehnat migratsiyasi kuchaydi.
19
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
✓
Mehnat resurslarining sifati — ya’ni bilim, malaka va kompetensiya — asosiy iqtisodiy ustunlik omiliga
aylandi.
Shuningdek, mehnat resurslarining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi:
•
Mehnatga layoqatli aholi: Bu jismonan va ruhan sog’lom mehnat qilish uchun yoshi yetgan (odatda,16
yoshdan pensiya yoshigacha ) shaxsdir.
•
Bandlik: Mehnat faoliyati bilan Shug’ullanayotgan aholi qismi (ishchilar, xizmatchilar tadbirkor va h.k
)
•
Ishsizlik: Ishlashga tayyor, lekin ish topa olmayaotagn aholi qismi.
•
Malaka: Mehnat resurslarining sifati ularning bilim darajasi, ko’nikmalari va tajribasi.
Mehnat resurslari har qanday ishlab chiqarish jarayoning eng muhim omillaridan biridir. Ularning roli
quyidaqilardan iborat.
✓
Ishlab chiqarishni taminlash: Mehnat resurslarini korxonalarni ishchi kuchi bilan ta’minlaydi, ular ishlab
chiqarish jarayonini amalga oshiradi.
✓
Texnologiyalarni qo’llash: Mehnat resurslari yangi texnologiyalar o’zlashtirish va ishlab chiqarishga
joriy etish orqali unumdorlikni oshiradi.
✓
Mehnat sifatini yaxshilash: Malakali mehnat resurslari yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga hissa
qo’shadi.
✓
Inovatsiyalarni yaratish: Mehnat resurslari ilmiy tadqiqotlar v aishlanmalar orqali yangi mahsulot
texnologiyalar va usullarni yaratadi.
✓
Iqtisodiy o’sishni ta’minlash: Mehnat resurslarini samarali ishlatish iqtisodiy o’zishni rag’batlantiradi
va jamiyatning faravonligini oshiradi.
Mehnat resurslarining samarali ishlatilishi iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradigan va jamiyatning
faravonligini oshiradi. Mehnat resurslariga ta’sir etuvchi omillar: Demografik omillar aholining soni, jinsi,
yoshi va milliy tarkibi. Aholining ta’lim darajasi va malakasi, aholining salomatligi holati va umr ko;rish
davomiyligi aholini ko’chib yurishi (ichki va tashqi) mehnat bozori, ta’lim himoya sohalaridagi davlat siyosati.
2024-yil yanvar – iyun oylarida O‘zbekiston mehnat resurslari soni jami 20 mln kishini tashkil
etgan. Davlat sitatistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, bu raqam o’tgan yili mos davriga nisbatan
taqqoslangan 0,8 % ga oshgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respubikasi bandlik
va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish choratadbirlari to’g’risida“ 2017-yil 24-maydagi
PQ-3001-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga
joylashtirishni har tamonlama tahlil qilish, sifatli va xolisona baholash, ayniqsa mehnat barqarorligi ilk bor
kirib keluvchi mehnatga layoqatli yoshlar aholi bandligini ta’minlash dasturi samaradorligini oshirish
maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qilinadi : O’zbekiston Respublikasi 2017-yil 1-sentyabrgacha bo’lgan
muddadga Qoraqolpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo’yicha mehnat resurslari, bandlik
va aholini ishga joylashtirishning keyingi kalendar yil uchun prognoz balanisining ishlab chiqsin va tasdiqlash
uchun Vazirlar mahkamasidagi kiritilishini ta’minlaydi.
1-jadval
O‘zbekiston mehnat bozori ko‘rsatkichlari (2020–2024)
Yil
Mehnat resurslari (mln kishi)
Band aholi (%)
Ishsizlik darajasi (%)
2020
19.3
89.5
10.5
2021
19.7
90.4
9.6
2022
20.0
90.8
9.2
2023
20.4
91.2
8.8
2024
20.8
91.6
8.4
1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, mehnat resurslari va aholi bandligi o‘sish tendensiyasiga
ega, ishsizlik darajasi esa kamaygan.
2-jadval
20
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
Mehnat samaradorligi ko‘rsatkichlari (2020–2024)
Yil
YaIM o‘sishi (%)
Bandlik o‘sishi (%)
Mehnat unumdorligi indeksi
2020
1.6
-0.5
100
2021
7.4
0.9
104
2022
5.7
1.2
107
2023
6.0
1.3
110
2024
6.2
1.4
113
3-jadval
O’zbekiston Respublikasining 2017-yildan 2024-yilgacha bo’lgan mehnat resurslar sonini
viloyatlar bo’yicha taqsimoti
Klassifikator
2017
2018
2019
2020
2021
2022
2023
2024
O’zbekiston
Respullikasi
18666.3
18829.6
18949.0 19158.2 19334.9 19517.5 19739.6 20085.2
Andijon viloyati
1722.2
1733.3
1741.7
1754.8
1745.3
1780.8
1799.6
1807.4
Buxoro viloyati
1073.1
10777.88
1081.0
1067.1
1072.3
1074.2
1089.2
1085.3
Jizzax viloyati
756.2
765.6
764.1
773.8
782.6
791.0
799.4
802.0
Qashqadaryo
viloyati
1784.6
1806.8
1813.8
1809.8
1811.0
1813.4
1826.7
1888.5
Navoiy viloyati
547.2
552.0
555.8
555.2
564.5
570.6
584.5
597.4
Namangan
viloyati
1549.5
1564.2
1573.9
1580.4
1586.1
1588.3
1603.99
1632.4
Samarqand
viloyati
2079.6
2103.4
2117.1
2125.2
2122.0
2164.8
2167.6
2190.9
Surxondaryo
viloyati
1423.9
1442.7
1456.9
1452.2
1464.6
1465.4
1486.0
1515.8
Sirdaryo
viloyati
475.2
480.5
484.5
485.0
489.4
487.4
492.2
503.2
Toshkent
viloyati
1623.9
1627.2
1607.3
1615.4
1622.5
1619.2
1640.7
1671.6
Farg’on
aviloyati
2031.1
2043.1
2052.1
2069.3
2083.9
2097.8
2121.7
2143.3
Xorazm viloyati
1000.6
1013.4
1029.6
1044.8
1047.1
1050.9
1063.3
1080.3
2017-yil O’zbekistonda mehnat resurslarining umumiy soni 18666,3 kishini tashkil etgan bo’lsa 7 yildan
keyin ya’ni 2024-yil bu ko’rsatgich 20085,2 kishini tashkil etmoqda. Viloyatlar bo’yicha eng kam mehnat
resurslari Sirdaryo 475,2 ming kishi va eng ko’p mehnat resurslari Samarqandda 2079,6 ming kishini tashkil
etmoqda 2017-yil holatiga ko’ra. Biroq bu ko’rsatgich kamaygani yo’q aksincha o’sib bormoqda 2024-yilga
kelib sirdaryoda 503,2 kishini, Samarqandda esa 2190,9 kishini tashkil etmoqda. Xulos aqilib aytganda
O’zbekistonda yildan – yilgacha mehnat resurslari soni ortib bormoqda. Buning natijasida ish o’rinlariga talab
ham keskin ko’tarilmoqda. Su sababli ishsizlikni oldini olish maqsadida davlatimiz rahbari Shavkat
Mirziyoyev turli xil qarorlar joriy etdi.
Xulosa
21
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
Demografik o’sish sharoitida mehnat resurslaring ortishi va ish o’rinlariga bo’lgan talabning oshishi
ijtimoiy – iqtisodiy barqarorlik jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi muhim muammolardan biridir. Ushbu muammoni
samarali hal etish davlatning barqaror rivojlanishini ta’minlash aholi faravonligini oshirish va ijtimoiy adolatni
mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqsadga erishish uchun bir qator strategiyalar
yo’nalishlarda kompleks chora tadbirlarni oshirish lozim.
Sanoatni diversifikatsiya qilish va modernizatsiya qilish. Yangi texnologiyalarni joriy etish va
iqtisodiyotning real sektorida yangi ish o’rinlarini yaratish lozim. Yoshlarning bandligini ta’minlashga
qaratilgan kompleks dasturlarni amalga oshirish. Kasb – hunar ta’lim tizimini mehnat bozorining talablariga
moslashtirish, talabalaring o’z istedodlarini namoyish etishlari uchun sharoit yaratish, startap loyihalarini
qo‘llab – quvvatlash va volontyorlik faoliyatini rag‘bandlantirish orqali yoshlarning bandligini ta’minlashga
erishish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O’zbekiston Respublikasining rasmiy qonunchilik bazasi, Lex.uz.
2.
O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining rasmiy veb-sayti parliament.gov.uz. O’zbekiston
Respublikasi Davlat statistikasi qo’mitasining veb-sayti stat.uz.
3.
O’zbekiston iqtisodiyoti resurslardan foydalanish va barqaror rivojlanish masalalari bo’yicha ilmiy
maqolalar, tahliliy hisobotlar va ekspert xulosalari
4.
Q.Abdurahmonov, N. Zokirova Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi- o‘quv qo‘llanma Toshkent-2013
5.
Artikov Zokir Sayfiddinovich Mehnat iqtisodiyotining mohiyati va uning tarkibiy yo‘nalishlari nomli
maqolasi Journal of marketing, business and management.
