434
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
DAVLAT SEKTORIDA ICHKI AUDITNING XALQARO STANDARTLARI
Xamidova Z.U
TDIU, “Byudjet hisobi va
g’aznachilik” kafedrasi
dotsenti, PhD.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17526835
Har bir sohadagi kabi iqtisodiy sohada ham faoliyat yuritish uchun umumiy qoidalar talab qilinadi. Umumiy
belgilangan tartib qoidalar bir tartibda faoliyat yuritgan holda rivojlanish uchun asos bo‘ladi. Ichki auditda
bunday tartib qoida bo‘lib, “Ichki auditning xalqaro professional standartlari” xizmat qiladi.
Standartlar Professional amaliyotning Xalqaro asoslariga kiruvchi bir qancha hujjatlar yig‘indisidan iborat
bo‘lib, ular ichki auditorlar Xalqaro Instituti tomonidan o‘tgan asrning 40-yillarida ishlab chiqila boshlangan
bo‘lib, ularda ichki audit xizmati funksiyalarini tashkil qilishning asosiy qoidalari va ichki auditni amalga
oshirishning metodologik asoslari bayon etilgan. Ushbu standartlar barcha tarmoqlar va faoliyat sohalari,
shuningdek, dunyodagi barcha huquqiy tizimlarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Professional amaliyotning Xalqaro asoslari bugungi kunga kelib 7 ta asosiy tarkibiy bo‘limdan iborat
bo‘lib, standartlar-ushbu bo‘limlarning eng asosiysi bo‘lib hisoblanadi. Professional amaliyotning Xalqaro
asoslariga tegishli bo‘lgan boshqa bo‘limlarda ichki auditning asosiy vazifasi, mazmuni, prinsiplari, axloq
kodeksi, standartlarni qo‘llash bo‘yicha qo‘llanma keltirilgan.
Ta'kidlash joizki, qo‘llanma har bir standartni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha hujjat bo‘lib, standartlardan
ham ancha batafsil yoritilgan, keng hajmga ega va u deyarli 200 betdan tashkil topgan. Ya'ni har bir standart-
qoida bo‘lsa, qo‘llanma – standartning izohidir.
Shuningdek, yana bir hujjatlar to‘plami – Qo‘shimcha qo‘llanmalar ham mavjud bo‘lib, ushbu to‘plam
qanday qilib standartlar talablarini amaliyotda amalga oshirish mumkinligi to‘g‘risida katta hajmli metodik
hujjatlardan iborat. Qo‘shimcha qo‘llanmalar amaliyotda qo‘llash uchun majburiy hisoblanmasada, ichki
auditorlarga ularni bilish va zaruriyat tug‘ilgan holatlarda amaliyotda qo‘llash tavsiya etiladi. Qo‘shimcha
qo‘llanmalarda u yoki bu auditorlik vazifalarni bajarish va ichki audit ishini tashkil etishning yetakchi, ilg‘or
amaliyoti aks ettirilgan.
Maslahat xizmatlari asosan tavsiyalardir va odatda mijozning maxsus talabiga binoan amalga oshiriladi.
Vazifaning mazmuni va hajmi maslahat berish mijoz bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Maslahatlashuv
odatda ikki tomonni o‘z ichiga oladi:
1.
Taklif qiluvchi shaxs yoki odamlar guruhi ichki audit xizmati;
2.
Xizmat uchun murojaat qilgan shaxs yoki shaxslar guruhi va uni qabul qiluvchi mijozdir.
Standartlar ikkiga bo‘linadi: sifat standartlari va ishchi standartlari. Sifat standartlari ichki audit
funksiyasini bajaruvchi tashkilotlar va xodimlarga qo‘yiladigan talablarni aniqlaydi. Ishchi standartlar ichki
audit ishining mazmunini ochib beradi. Sifat standartlari va ichki standartlar qo‘llaniladigan sohalarni
bildiradi.
Sifat ko‘rsatkichlar standartlari tashkilot va ichki audit xizmati faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning
xususiyatlariga tegishli. Ushbu standartlarning asosiy jihatlari ichki audit xizmatining maqsadlari, vakolatlari
va majburiyatlari tashkilotning ichki audit to‘g‘risidagi nizomida aniqlanishi kerak, xalqaro kasbiy amaliyot
doiralarini (ichki auditning asosiy tamoyillari, axloq kodeksi, standartlar) elementlarini qo‘llash uchun
majburiydir. Ichki auditning rahbari vaqti-vaqti bilan ichki audit to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish
zaruratini ko‘rib chiqishi va ushbu nizomni rahbariyat tasdiqlashi uchun taqdim etishi kerak
Mustaqillik va xolislik, ishga professionallik va professional munosabat, ichki auditni kafolatlash va
takomillashtirish ichki audit xalqaro standartlarining sifat standartlarida o‘z aksini topgan. Auditni amalga
oshirishning ichki yondoshuvlarini ochib beradigan ichki audit xizmati uchun majburiy bo‘lgan standartlar,
ko‘rsatmalar, uslubiy ishlanmalar, qo‘llanmalar va boshqa hujjatlar ichki audit xizmatining ichki standartlariga
taalluqli bo‘ladi.
Ichki auditning professional xalqaro standartlarini ishlab chiquvchisi Xalqaro Ichki Auditorlar Instituti
rivojlangan korporativ protseduralarga ega bo‘lgan tashkilot bo‘lib, unda direktorlar kengashi, turli qo‘mitalar,
ishchi guruhlar, shu jumladan Xalqaro standartlar bo‘yicha standartlar kengashi (IIASB)mavjud va
435
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
o‘zgarishlar kiritish jarayoni puxta o‘ylangan. Ya’ni dunyo bo‘ylab jamoatchilik ba’zi hujjatlarni o‘zgartirish
bo‘yicha ishlarni boshlashni taklif qilayotgani haqida oldindan ogohlantiriladi, belgilangan nuqtalar
aniqlanadi, ishchi guruhlar yig‘iladi, takliflar tayyorlanadi, o‘zgartirishlarni loyihasi nashr etiladi, u
professional hamjamiyatda muhokama qilinadi, oxirida yakuniy tasdig‘iga yuboriladi. Keyin o‘zgarishlar e’lon
qilinadi, yangiliklar bilan tanishish uchun vaqt beriladi.
Bundan kelib chiqadiki, sifat standartlari ham ishchi standartlar ham ko‘pgina muhokamalardan o‘tib,
ma’lum yangilanishlar, takliflar bilan boyitilgan va amaliyotga joriy qilingan.
Ichki audit xalqaro standartlarida ichki auditni boshqarish, ichki audit ishining mohiyati, ichki audit
tekshiruvini rejalashtirish, amalga oshirish, natija to‘g‘risidagi hisobot,topshiriq natijalari bo‘yicha o‘tkazilgan
monitoring ishlari va qabul qilingan xatarlar to‘g‘risida ma’lumotlar ishchi standartlarda aks etadi.
Ichki auditorlarning hamjamiyatida Xalqaro Ichki Auditorlar Instituti tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro
standartlar tan olingan. Standartlar umumiy tamoyillar to‘plamidir, ulardan deyarli har qanday mamlakatda,
shu jumladan bizning davlatimizda ham foydalansa bo‘ladi.
