TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].
182
PEDAGOGIKA FANLAR
MAKTABDA GEOMETRIYANI FIZIKA BILAN SINXRON-ASINXRON
BOG‘LAB O‘QITISHDA MASALALAR YECHIMIGA KREATIV
YONDASHUV
SOBIROVA MAVJUDA RUZIYEVNA
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Email:
https://orcid.org/0009-0006-1139-3438
Kalit soʻzlar:
geometrik masala,
fanlararo bog‘lanish,
fanlararo kreativlik,
kreativ faoliyat,
kreativlikni
oshiruvchi
masalalar,
masalalardan
foydalanish
bosqichlari.
Annotatsiya:
Maqolada maktabda geometriyani fizika bilan
sinxron-asinxron aloqadorlikda o‘qitishda masalalar turlari va
ularning asosiy tarkibiy qismlari, masalalar yechishda
kreativlikni oshirish darajalari, fizik yozuv ortidan uning
geometrik
obrazini
ko‘rish,
masaladagi
qonuniyat
(xususiyat)larni topish va muammoni hal etish jarayoni haqida
so‘z boradi. Bundan tashqari, ta’lim jarayonida geometriyani
fizika bilan sinxron va asinxron bog‘lab o‘qitishda o‘quvchilar
kreativligini rivojlantirish asosida fanlararo aloqadorlikni
amalga oshirish, faktlarni tahlil qilish, hodisa va jarayonlarni
o‘rganishda sabab-oqibat bog‘lanishlari mohiyatini tushunish,
o‘quv fanlari bo‘yicha avval o‘zlashtirgan bilimlarini yangi
vaziyatlarda qo‘llashi orqali o‘quvchilarning o‘quv materialini
ongli o‘zlashtirishga erishish to‘g‘risida so‘z boradi.
ТВОРЧЕСКИЙ ПОДХОД К РЕШЕНИЮ ЗАДАЧ СИНХРОННО-АСИНХР
ОННОГО ОБУЧЕНИЯ ГЕОМЕТРИИ С ФИЗИКОЙ В ШКОЛЕ
Ключевые слова:
геометрическая
задача,
межпредметная
связь,
межпредметная
креативность,
креативная
деятельность,
задачи
повышающие
Аннотация:
В статье говорится о типах задач и их
основных компонентах при преподавании геометрии в
школе в синхронно-асинхронной связи с физикой, об
уровнях креативности при решении задач, видении ее
геометрического образа за физическим образом,
выявлении закономерностей (особенностей) в проблеме,
и о процессе решения проблем. Кроме того, в учебном
процессе синхронно и асинхронно соединяя геометрию с
физикой, реализуя междисциплинарность, основанную
на развитии творческих способностей учащихся, анализе
фактов, понимании природы причинно-следственных
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].
183
креативность,
этапы
использования
задач.
связей при изучении событий и процессов, их изучении.
Речь идет о достижении осознанного усвоения учебного
материала путем применения ранее полученных знаний
по учебным предметам в новых ситуациях.
A CREATIVE APPROACH TO SOLVING PROBLEMS OF
SYNCHRONOUS-ASYNCHRONOUS TEACHING GEOMETRY WITH
PHYSICS AT SCHOOL
Key words:
geometric task,
interdisciplinary
connection,
interdisciplinary
creativity, creative
activity, tasks that
increase creativity,
stages of using tasks.
Abstract:
The article talks about the types of problems and
their main components when teaching geometry at school in
synchronous-asynchronous connection with physics, about the
levels of creativity when solving problems, seeing its
geometric image behind the physical image, identifying
patterns (features) in the problem, and about the solution
process problems. In addition, in the educational process,
synchronously and asynchronously connecting geometry with
physics, realizing interdisciplinarity based on the development
of students' creative abilities, analysis
of facts, determination
of cause-and-effect relationships in the phenomena and
processes being studied, and their study. We are talking about
the implementation of conscious study of educational material
by applying previously acquired knowledge on academic
subjects in new equipment.
KIRISH
Bugungi kunda mamlakatimizda ta’limni rivojiga juda katta e’tibor qaratilmoqda.
Prezidentimiz yoshlarda matematika faniga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, iqtidorli
bolalarni seleksiya qilib, ixtisoslashtirilgan maktablar, akademik litseylar va
keyinchalik oliy ta’lim muassasalariga qamrab olish ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish
kerakligini ta’kidlab o‘tdilar. Bolalar uchun mazkur fandan oddiy va tushunarli tilda
yozilgan ommabop darslik va o‘quv qo‘llanmalarini yozish, matematik ongni, kerak
bo‘lsa, maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab shakllantirish vazifasi qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi
ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
PQ-4708-son qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, matematika sohasidagi ta’lim
sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga
joriy qilishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi.
Maktab ta’limi bu maxsus tashkil qilingan jarayon bo‘lib, u o‘quvchilarni
jamiyatda olgan bilimlarini yanada boyitish uchun xizmat qiladi. Bu faoliyat ijtimoiy
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].
184
ahamiyatga ega bo‘lib, u bilimlarni avloddan-avlodga yetkazishni amalga oshirish
uchun imkoniyat yaratadi va geometriya o‘quv fani orqali kreativlikni rivojlantirishga
yordam beradi.
Ayni vaqtda o‘z pedagogik faoliyati mobaynida mehnatni ilmiy tashkillashtirish
uchun ishtirok etmaydigan biror maktab yoki biror o‘qituvchi bo‘lmasa kerak.
Pedagogik mehnatni ilmiy tashkillashtirish uchun amaliy qo‘llashni ular birinchi
o‘rinda kelajakdagi o‘quv-tarbiyaviy jarayonning tubdan yaxshilanishiga bog‘laydi.
Muammoni hal qilish, yangi yechimlarni topish uchun ijodkorlik va nostandart
fikrlashni talab qiladi. Matematika biz muammolarni hal qilishni boshlash uchun
foydalanadigan asosiy, xos tildir. Bu murakkab muammolarni muloqot qilish va ularni
hal qilishda ishlashning oddiy usuli. Bu yo‘l ijodiy yondashuvni talab qiladi.
Kreativlik ijodkorlik yoki san’at bilan bog‘liq emas. Bu hayotdagi, biznesdagi
muammolarni hal qilish va qiyinchiliklarni g‘ayrioddiy tarzda yengish qobiliyatidir.
Chiziqdan chiqish, shablonlarni buzish va noan’anaviy harakatlarni o‘ylab topish
demakdir. Ba’zilar uchun bu quvonch va zavq keltiradi, lekin boshqalar uchun bu
ularning martaba va biznes uchun kuchli dvigatelga aylanadi.
USULLAR
Kreativ fikrlash tizimi maktab turmush tarzida va xususan, ma’lum bir sinfda
mavjud bo‘lganda rivojlanadi. U ma’lum usullar va texnikalar yordamida rivojlanadi.
Asosiysi – turli xil shakllarda taqdim etilishi mumkin bo‘lgan va o‘z javoblariga ega
bo‘lgan masalalarning mavjudligidir. Va har kim bu bilan darsda va darsdan tashqari
mashg‘ulotlarda, barcha fanda shug‘ullanishi kerak!
Geometriyani fizika bilan sinxron va asinxron bog‘lab o‘qitishda masalalar
yechimiga kreativ yondashishning faol usullari va ularning asosini tashkil etuvchi
elementlar:
1.
“Aqliy hujum” metodi.
Suqrotning dialogini modernizatsiya qilish sifatida
kichik guruhlarda evristik muhitni yaratish uchun ushbu usul va atama birinchi bor
amerikalik olim Aleks Osborn tomonidan 1930-yilda taklif qilingan. Hujum usuli
(fikran) qisqa vaqt ichida g‘oyalarni to‘plashdan iborat bo‘lib, fikr yo‘nalishini notipik
inersiyadan ozod qiladi [1].
Aqliy hujum metodining asosini tashkil qiluvchi elementlar. Uning asosiy
tamoyili ishtirokchilar tomonidan taklif qilingan g‘oyalarga nisbatan salbiy tanqidni
mutlaq taqiqlash. Aqliy hujum guruhlari 7 nafar kishidan 13 nafar kishigacha tashkil
qilinib, hujum 15 daqiqadan 1 soatgacha davom etadi. Ijodiy vazifa va uni hal qilish
maqsadida birinchi navbatda umumiy sondan eng originallari, so‘ngra optimallari
mutaxassislar tomonidan tanlanadi [8].
2.
“Mental xarita” (yoki “Idrok xaritasi”) metodi.
Muallif – angliyalik
psixolog Toni Byuzen. Muallifning fikriga ko‘ra, kreativlik xotira bilan bog‘liq.
Shunday ekan, xotirani kuchaytirish kreativ fikrlash jarayonining sifatini yaxshilaydi.
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].
185
Sarlavha va abzaslar bilan yozishlarning an’anaviy tizimi eslab qolishga to‘sqinlik
qiladi. 1974-yilda ilk bor T.Byuzen qog‘ozning o‘rtasiga asosiy tushunchani
markazdan chiqargan holda uning atrofida “shox”lar hosil qilish orqali ularga eslab
qolinishi zarur bo‘lgan assotsiatsiyalarni qayd etgan holda o‘rganilayotgan muammoni
tahlil qilishni taklif etadi. Fikrlarni grafikaviy (turli geometrik, arifmetik, fizik
formulalar, shartli belgilar yordamida) ifodalash taqiqlanmaydi.
“Mental xarita” (“Idrok xaritasi”) ni “chizish” yangi assotsiatsiyalarning yuzaga
kelishiga imkon yaratadi, hosil bo‘lgan umumiy obraz esa muammo mohiyatini
ifodalovchi tushuncha (bilim)larning uzoq vaqt yodda saqlanishiga yordam beradi [8].
3.
“Bilvosita strategiyalar” metodi.
Mualliflari Brayan Eno hamda Piter Shmidt
bo‘lgan bu metod turli topshiriq (buyruq)lar yozilgan kartochkalar to‘plamiga tayangan
holda yangi g‘oyalarni izlash, asoslash va ilgari surishga qaratilgan harakatlar amalga
oshiriladi. Yangi g‘oyani ishlab chiqishdan avval o‘quvchi kartochkalardan biri
tanlaydi va unda ko‘rsatilgan topshiriq asosida muayyan xatti-harakat (masalan: “Uch
yo‘l bilan yechimni top!”, “Yechimni yangi g‘oyalar bilan boyit!” bajariladi [3].
Kreativlikni oshiruvchi masalalar 2 turga bo‘linadi [4].
1.
Vaqtincha:
dars uslubi odatdagidek bo‘lib, vazifa butun dars davomida bajarish
uchun beriladi. (O‘quvchilar bu vazifani asosiy masalalarni yechish oralig‘ida
bajarishlari mumkin); aniq vaqt oralig‘ida (qoidaga asosan, 15 daqiqa ichida); vaqt
chegaralanmagan holda beriladi (masala o‘quvchilar tomonidan yechib bo‘lingunga
qadar davom etadi. O‘quvchi masalani sinfda va uyda bajarishi mumkin. Bunda
o‘qituvchi masala shartiga rioya qilish kerakligini o‘quvchiga uqtirishi kerak. Masala
bajarishning yagona sharti – bu kelgusi yangi mavzuni o‘tgunga qadar deb belgilanadi).
2.
Baholovchi:
o‘quvchi baholanadi (fan nuqtayi nazaridan); baho qo‘yilmaydi
(faqat og‘zaki rag‘batlantiriladi); darsda qo‘shimcha savol tariqasida berilganda
baholanadi (o‘qituvchiga bog‘liq).
Matematik masalaning kreativ yechimini topish matematika fanini bilish degani
emas. O‘qituvchi o‘quvchiga masalaga qanchalik kreativ yondashsa, shunchalik
tafakkurining oshishini uqdirishi zarur. Quyida ikkita holatni ko‘rib o‘tamiz.
1-holat.
O‘quvchi matematik nuqtayi nazaridan masalani “2” bahoga yechdi,
ammo uning fikricha, masalaga kreativ yondashdi. O‘qituvchining fikricha, masalada
ijodkorlik yo‘q. Xo‘sh, nima qilish kerak?
1-holatning yechimi.
Bizning fikrimizcha, bu holatda o‘quvchiga birdan baho
qo‘ymasdan, uni suhbatga tortish zarur. Masaladagi kreativ yondashuv nimada
namoyon bo‘lishiga qiziqish, matematik xatolariga uning diqqatini qaratish va yangi
ijodiy yondashuv bilan masalani yechishni taklif qilish. Bu holatda o‘quvchida yomon
baho olganlik hissi pasayadi va masalaga yangicha yondashadi. Bu kabi masalalarni
diqqat bilan yechishga harakat qiladi. Bunda o‘qituvchi subyektiv baho bermaydi.
2-holat.
O‘quvchi matematik nuqtayi nazaridan masalani “5” bahoga yechdi va
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].
186
uning fikricha, masalaga kreativ yondashdi. O‘qituvchining fikricha, masalada
kreativlik yo‘q. Xo‘sh nima qilish kerak?
2-holatning yechimi
. Bizning fikrimizcha, bu holatda o‘qituvchi o‘quvchiga “5”
bahoni qo‘yib, uni suhbatga tortish zarur. Masaladagi kreativ yondashuv nimada
namoyon bo‘lishiga qiziqish kerak. Agar o‘quvchi o‘ziga ishongan holda qat’iylik bilan
kreativlikni namoyon qilganini aytsa, uni maqtash kerak bo‘ladi. Agar uning o‘zi
kreativ yondashmaganligini aytsa, u holda, undan kelgusida bu kabi masalalarga
diqqatliroq bo‘lishini so‘rash kerak [6].
O‘quvchilarning o‘zi kreativlikning namoyon bo‘lishini sub’ektiv ravishda
baholashlari mumkin. Masalan, ularni guruhlarga birlashtirib hamma uchun bir xil
bo‘lgan topshiriqni taklif qilish mumkin. Bunda eng zo‘r kreativlik uchun raqobat
ketadi. Bizningcha, jamoaviy ishni kreativlikni rivojlantiruvchi masalalar tizimini
bajargandan keyin o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda guruhlar tomonidan
kreativlik baholanadi. Shu bilan birga, o‘quvchilar eng yaxshi g‘oyalar uchun ijobiy
raqobat ko‘rsatadilar. Bunday masalalardan darsning boshida o‘quvchilarga
ko‘rinadigan interfaol doska yoki mos keladigan narsalardan foydalangan holda
ko‘rsatish mumkin. Ular shovqinli tanaffusdan so‘ng o‘quvchilarni tinchlantiradi,
ularning e’tiborini jalb qiladi, tanqidiy fikrlashdan foydalanishni kuchaytiradi.
Biz quyida o‘quvchilarni masalalar yechimiga kreativ yondashuv tayyorlashda
kreativlikni oshiradigan masalalar namunasini keltiramiz
1.
Ko‘pburchak sohasi masalasi.
Yuzasi
S
va perimetri
P
bo‘lgan
M
-qavariq
ko‘pburchak berilgan.
M
ko‘pburchakda elementlar soni
x
dan ortiq bo‘lmagan
F(x)
to‘plamni qaraylik.
(
agar
M
ko‘pburchakning
B
nuqtasi uchun
|𝐴𝐵|
≤ r
o‘rinli bo‘lsa,
A
nuqta
M
-ko‘pburchakdan ko‘pi bilan
r
masofada bo‘ladi deyish mumkin). Har bir
musbat r uchun
F(x)
figura yuzasini toping.
Yechish:
F(x)
ning geometrik joylashuvi rasmda ko‘rsatilgan quyidagi qismlardan
iborat bo‘lishini isbotlang. a) M ko‘pburchak; b) M ga har bir tomoniga tashqi tarafdan
ulashgan x to‘rtburchaklar; c) har bir balandlikka tutashgan x radiusli sektorlar.
Ko‘pburchak burchaklari yig‘indisi haqidagi teoremadan foydalanib,
F(x)
maydon yuzi
F(x)=f(x)+Px+
𝜋𝑥
2
(*) ekanligini isbotlang. Bu formula faqat qavariq ko‘pburchaklar
uchun emas, balki har qanday qavariq shakl uchun ham o‘rinli bo‘ladi. Uni doira va
segment uchun tekshiring.
Qavariq bo‘lmagan shakllar uchun (*) formula aynan bir xil emas( misol tuzing),
lekin ular uchun
F(x)
shaklning yuzi har doim
s(x)
dan oshmaydi [6].
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].
187
1-rasm
2.
Zavod hovlisi masalasi.
O‘lchami
kvadrat
70×70 m
2
bo‘lgan zavod
hovlisida o‘lchamlari
20×10 m
2
,
25×15 m
2
va
30×30 m
2
bo‘lgan
3
ta to‘g‘ri
to‘rtburchak shaklidagi bino hamda diametri
10 m
ga teng bo‘lgan ikkita yumaloq
shakldagi gul ekilgan maydoncha mavjud. Ushbu hovlida yana diametri
10 m
bo‘lgan
gulzor hosil qilish mumkinligini isbotlang.
Yechish:
Gulzorning markazi hovlining istalgan joyida, to‘siqdan uzoqda va
5
ta
inshootning har biridan kamida
5 m
masofada joylashgan bo‘lishi mumkin. Albatta,
bunday nuqtalarni topish mumkin, qachonki, agar devorga nisbatan
60 m
konsentrik
ravishda joylashgan tomondagi “ichki” kvadratning yuzasi mavjud
5
ta inshootning
umumiy yuzasi
S
dan va uni o‘rab turgan
5 m
li chiziqlardan kattaroq bo‘lsa. Bu oxirgi
yuza oldingi vazifaga ko‘ra quyidagiga teng:
S = s
1
+s
2
+……+s
5
+(l
1
+l
2
+…….l
5
) x+5
𝜋
x
2
bu yerda
s
i
i
– inshootning maydoni,
l
i
– uning perimetri
(i=1,2,3,4,5)
va
x=5 m
. Bu yerda masala shartidagi ma’lumotlarni
tenglamaga qo‘yib,
S
< 3540 < 60
2
𝑚
2
ekanligini tekshiring. E’tibor bering,
inshootlarning shakli yechim uchun muhim emas. Faqat tuzilmalar soni, ular egallagan
umumiy maydoni va perimetrlarining yig‘indisini bilish kifoya.
3.
Oxirgisi ham oldingisi kabi masalasi.
Aylana ichiga chizilgan A
1
A
2
A
3
. .
. A
10
o‘nburchakda, A
1
A
2,
A
2
A
3,
A
3
A
4,
A
4
A
5
tomonlar qarama-qarshi tomonlariga
parallel. A
5
A
6
tomon ham qarama-qarshi tomonga parallel ekanligini isbotlang.
Yechish:
a) O‘nburchakning A
2
va A
7
burchaklari mos ravishda ularga
parallel bo‘lgan tomon burchaklariga teng. Teng
burchaklarni
o‘z ichiga olgan
segment yoylari kabi A
1
A
2
A
7
va A
6
A
7
A
8
yoylar ham tengdir. Shuningdek A
3
A
4
A
5
va
A
8
A
9
A
10
yoylar tengligi isbotlanadi. A
1
A
3
A
5
va A
6
A
8
A
10
yoylarning tengligidan A
1
A
5
va
A
6
A
10
vatarlarning tengligi kelib chiqadi. A
5
A
6
//
A
1
A
10
ni keltirib chiqaring. b)
Barcha urinish nuqtalariga radiuslar o‘tkazamiz. Qo‘shni radiuslar bilan
OA
k
kesma
hosil qiluvchi burchakni
a
k
(k =1, 2 , . . . , 10)
orqali belgilaymiz. Shartga ko‘ra,
a
1
+
a
2
= a
6
+ a
7
, a
3
+ a
4
= a
8
+a
9
.
Ushbu tengliklarni qo‘shib, quyidagilarni hosil qilamiz.
a
1
+ a
2
+ a
3
+ a
4
= a
6
+a
7
+
a
8
+a
9
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].
188
Ko‘rinib turganidek,
OA
5
va O
A
10
nurlar yoyiq burchak hosil qiladi.
(1-rasmga qarang.)
2-rasm
4.
Diagonal va diametr masalasi.
Agar aylanaga ichki chizilgan
to‘rtburchakning diagonallaridan biri tashqi chizilgan aylananing diametri bo‘lsa,
qarama-qarshi tomonlarning proeksiyalari ikkinchi diagonalga teng ekanligini
isbotlang.
Yechish:
ABCD
to‘rtburchakning
AC diagonali
(2-rasmga qarang) markazi
O
nuqtada bo‘lgan aylananing diametri,
H
va
K
nuqtalar –
BD dagi C
va
A
nuqtalarning
proeksiyalari bo‘lsin.
OQ
⏊
BD o‘tkazamiz.
Diametr vatarlarining perpendikulyarligi
haqidagi teoremaga ko‘ra,
DQ=QB
.
AO
va OC radiuslari teng va
BD
chizig‘i bilan teng burchaklar hosil qilganligi
uchun ularning bu chiziqqa tushgan proeksiyalari ham teng:
KQ=QH.
Shuning uchun
DK=HB
va
DH=KB
;
3-rasm
4-rasm
5.
Uchta teng vatar masalasi.
Aylanada uchta teng AV, VS va SD vatarlar
o‘tkazilgan. BE diametr AD to‘g‘ri chiziqni shunday F nuqtada kesib o‘tadiki, natijada
AB va AF kesmalar teng bo‘ladi. CE to‘g‘ri chiziq esa FD kesmani teng ikkiga
bo‘lishini isbotlang.
Yechish:
ABF uchburchak
(3-rasmga qarang)
teng yonli
(
AB = AF),
ABF =
F B C
= =
A F B
bo‘lganligidan (birinchi tenglik to‘g‘ri, chunki
A
va C nuqtalar VE
diametrga nisbatan simmetrik , ikkinchisi esa, BC//
A .
F E D
uchburchakda EC kesma
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].
189
bissektrisa (chunki
BEC va
CED teng yoylarda yotadi), chunki BC//AD bo‘lib,
BCE burchak diametrda yotadi) bo‘lganligidan
Ye
C
mediana ham hisoblanadi. Agar
siz masalani boshqa yo‘l bilan ishlagan bo‘lsangiz,
F
nuqta aylananing ichida
yotganidek, uning tashqarisida ham yotishi mumkinligini unutmang.
6.
Uchburchak va uch doira masalasi.
AVS uchburchakning AV, VS va AS
tomonlarida mos ravishda P,Q va R nuqtalar yotadi. APR, BQR va CQR
uchburchaklarga tashqi chizilgan aylanalar bir nuqtada kesishishini isbotlang.
Yechish
:
Shartda ko‘rsatilgan ikkita doiraning kesishish nuqtasini ko‘rib chiqing
va uni uchinchi doirada yotishini isbotlang. Buning uchun ichki chizilgan
to‘rtburchakning qarama-qarshi burchaklari yig‘indisi haqidagi teorema va unga
teskari bo‘lgan teoremadan foydalaning.
NATIJALAR
Ta’kidlash joizki, topshiriqlarda keltirilgan darajalar taxminiy tavsifga ega bo‘lib,
kreativlik rivojlanishi to‘g‘risidagi “tashxis”ning asosi bo‘lishi mumkin emas. Ko‘p
narsa sinaluvchining xarakteriga bog‘liq, ya’ni masalalarning to‘g‘ri yechilishi faqat
bitta qobiliyatdan dalolat beradi deb hisoblash noo‘rin bo‘ladi. Ammo, aytish
mumkinki, masalani yechish jarayonining va uning natijasini tahlili u yoki bu
malakaning mavjudligidan dalolat beradi.
Jadval va diagramma tahlilidan ko‘rinadiki, tajriba-sinov sinflarining kreativlikni
rivojlantirish bir-biriga yaqin, hatto tajriba sinflarida past.
Geometriyani fizika bilan bog‘lab o‘qitishda o‘quvchilarning kreativlik darajalari
tasniflari quyidagicha tushuntirildi:
1. Umumta’lim maktablarining aksariyat qismida geometriyani fizika bilan
bog‘lab o‘qitishda masalalar yechimiga kreativ yondashishga e’tibor berilmaydi.
2. Asosan umumta’lim maktab o‘qituvchilari geometriyani fizika bilan bog‘lab
o‘qitishdagi masalalar yechimiga kreativ yondashishga nazariy bilimi, amaliy
ko‘nikma va malakalari yetishmaydi.
Shu bois yuqorida keltirilgan kamchiliklar:
Geometriyani fizika bilan bog‘lab o‘qitishda masalalar yechimiga kreativ
yondashmaslik o‘quvchilarning masalalar yechishdagi bilimi mazmuni va sifatini
pasaytiradi;
Geometriyani fizika bilan bog‘lab o‘qitishda masalalar yechimiga kreativ
yondashmaslik nazariya bilan amaliyot uzviyligini tushuntirishni qiyinlashtiradi.
Pedagogik tajriba, tahliliy sinov ishlari Surxondaryo viloyatining Denov
shahridagi 79-maktabda olib borildi.
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].
190
1-jadval
8-sinf o‘quvchilarida geometriyani fizika bilan bog‘lab o‘qitishda
o‘quvchilarning masalaga kreativ yondashganlik darajalari
O‘qu
v yili
O‘quvchilar
soni
Tajriba-nazorat sinflari o‘quvchilarining olgan baholari
Tajriba
sinfi
Nazo-
rat
sinfi
A’lo, “5”
Yaxshi, “4” Qoniqarli, “3”
Qoniqarsiz,
“2”
Taj-
riba
Nazo-
rat
Taj-
riba
Nazo
-rat
Taj-
riba
Nazo
-rat
Taj-
riba
Nazo
-rat
Tajriba
sinfi
Nazo-
rat
sinfi
Tajriba
sinfi
Nazo-
rat
sinfi
Tajri
ba
sinfi
Nazo
-rat
sinfi
Tajrib
a sinfi
Nazo
-rat
sinfi
Tajr
iba
sinf
i
Nazo
-rat
sinfi
2022-
2023
61
60
15
12
41
42
19
12
7
7
2023-
2024
61
60
16
12
40
39
17
22
8
10
1-diagramma
8-sinf o‘quvchilarida geometriyani fizika bilan bog‘lab o‘qitishda
o‘quvchilarning masalaga kreativ yondashganlik darajalari diagrammasi
Ta’kidlash joizki, sinov ishi hech qanday tushuntirishlarsiz va metodik
yondashishlarsiz o‘tkazildi. O‘quvchilarda matematik hisoblashlarda oqsash borligi,
fazoviy tasavvur qila olmaslik, matematik masalalarning asosiy bosqichlarini
ajratolmaslik (masala sharti, masala talabi, masala operatori), kreativlik, o‘z xotirasiga
tayanib matematik diktantlarni yoza olmaslik, munosabatlarni yaqqol tasavvur qila
olmaslik hollari aniqlandi (1-jadval, 1-diagrammaga qarang).
0
10
20
30
40
50
60
70
Tajriba sinfi
Nazo-rat sinfi
Tajriba sinfi
Nazo-rat sinfi
Tajriba sinfi
Nazo-rat sinfi
Tajriba sinfi
Nazo-rat sinfi
Tajriba sinfi
Nazo-rat sinfi
O
'qu
v
chil
ar
s
on
i
2022-2023
2023-2024
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].
191
MUHOKAMA
Geometriya darslarda masalalarni chuqur nazariy tadqiq etish fanning asosiy
vazifasi bo‘lib, bu
masalalarni hayotiy tadqiq etish o‘quvchining geometriya faniga
qiziqishini uyg‘otadi. Teorema va
masalalardagi har bir shaklning hayotiy namunasi
mavjud bo‘lib, albatta o‘quvchi uni o‘z tasavvurida
ko‘ra olish uchun ijodiy fikrlashi
kerak. Bunda pedagogning bilimi, mahorati, topqirligi asosiy rol
o‘ynaydi.
Qoidaga ko‘ra, geometriyadagi ko‘pgina elementar masalalar uchun ma’lum
algoritmlar, ya’ni bosqichma-bosqich yechim rejasi mavjud. Shuning uchun bilimdon
o‘quvchilar ularni osongina yechadilar. Agar masala bir nechta bosqichdan iborat
bo‘lsa, vaziyat biroz murakkablashadi, bunda bosqichlarning har biri to‘liq elementar
masala bilan yakunlanadi. Bunda o‘quvchining shartni kreativ idrok etishi va harakat
rejasini taqdim etishi kerak, boshqacha aytganda, uning oldida yechish algoritmini
qurish vazifasi turadi.
Agar algoritm oxir-oqibat to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, u holda yechim yana elementar
masalalarning texnik ketma-ket bajarilishiga to‘g‘ri keladi. Shu ma’noda o‘quvchilar
kreativ fikrlashni rivojlantirishlari kerak.Bunday holda muammoning yechimini
birinchi navbatda “fazoda” tahlil qilish taklif qilinadi.
O‘quvchi kreativligini sinxron va asinxron oshirish – bu geometriya va fizikani
o‘qitishning bosh masalasi bo‘lib, chuqur va puxta bilimlar, mahorat va malakali,
bilimga qiziquvchan, tashabbuskor, jonbozlik masalalarini mustaqil hal etishda aniq bir
maqsadga intiluvchan, talabchanlik va ijodiy qobiliyat zaminidir. O‘quvchi
kreativligini sinxron va asinxron oshirishning o‘ziga xos yana bir xususiyati shundan
iboratki, u boshqa qobiliyat singari faoliyat davrida rivojlanadi. Bunda o‘qituvchining
asosiy vazifasi geometriya o‘qitish jarayonida kreativlikni tashkil etishdan iborat.
O‘quvchi kreativligini sinxron va asinxron oshirishda planimetriyadan ijodiy
mashqlar bajarish uchun o‘quvchidan yetarli nazariy bilimga ega bo‘lish talab etiladi.
Bizga ma’lumki, “masala” atamasi uchta toifaga kiruvchi obyektlarga nisbatan
qo‘llaniladi: subyekt maqsadi va subyekt oldiga qo‘yilgan talablar; nafaqat maqsadni,
balki maqsadga erishish kerak bo‘lgan shartlarni ham o‘z ichiga olishi; vaziyatni
tasvirlaydigan og‘zaki bayon;
Masalaning asosiy tarkibiy qismlari: masala sharti – masaladagi dastlabki holat;
masala yechimining asosi – yechimni nazariy asoslash; masalani yechish – xulosada
nimani talab qilishni topish uchun shartni o‘zgartirish; xulosa – yakuniy holat.
Masalalarni ikki guruhga: sof matematik masalalar va amaliy masalalarga ajratish
mumkin. Sof matematik masalada matematik obyekt masalaning sharti, yechimning
asosi, yechimning o‘zi va xulosadan iborat bo‘ladi. Amaliy masalada esa matematik
obyekt yechimning asosi va yechimning o‘zidan iborat bo‘ladi.
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].
192
XULOSA
Maktabda geometriyani fizika bilan sinxron va asinxron bog‘lab o‘qitishda
o‘qitishning quyidagi tamoyillaridan foydalanildi:
1) o‘quvchilarning mutlaqo barcha fikrlari va qarorlarini ijobiy qo‘llab-
quvvatlash;
2) o‘zlarning va o‘rtoqlarining xatolarini mavjud muammoni hal qilish mumkin
bo‘lgan yo‘li sifatida e’tirof etish;
3) o‘quvchilarning harakatlarida va masalalar yechimini hal qilishda
cheklovlarning yo‘qligi;
4) sinfdoshning bildirgan fikri bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan taqiqlashga
urinishlar, qo‘pollik, masxara qilishlarga yo‘l qo‘ymaslik.
5) juftlikda ishlashda o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni tashkil etish;
6) o‘zaro ishonch muhitini yaratish (o‘qituvchi – o‘quvchi; o‘quvchi – o‘quvchi);
7) kreativlikning har qanday ko‘rinishini qabul qilish (og‘zaki, grafik, yozma,
illustrativ va h. k.);
8) har bir o‘quvchining masalani yechish jarayoniga majburiy emas, balki ixtiyoriy
tarzda jalb qilish;
9) “masalaning yechimi yo‘q – yomon baho” shartining yo‘qligi.
Quyidagi masalalarni namuna sifatida qaraymiz.
1-masala.
Quyida berilgan so‘zlardan 3 ta masala tuzing. Bittasi isbotlashga doir,
ikkinchisi hisoblashga doir, uchinchisi o‘zingiz xohlagan yo‘nalishda bo‘lsin. Masalani
tuzish davomida qo‘shimcha so‘zlardan, bog‘lovchilardan, sonli va harfiy ifodalardan
foydalanish mumkin. So‘zlar: balandlik, yuza, burchak, parallelogramm, tomon, uch,
radius, diagonal, sinus, kosinus.
2-masala.
Quyidagi so‘zlarni biriktiruvchi (ajratuvchi) bir necha tasdiqni keltiring:
1) perpendikulyarlik va parallellik; 2) kesishuvchi va ayqash; 3) planimetriya va
stereometriya; 4) nuqta va to‘g‘ri chiziq va h.k.
Bizningcha, fanlararo aloqadorlik bu – o‘quv materiallarini tanlash va tuzilishiga
ta’sir ko‘rsatadigan, o‘quvchilarning bilimlarini izchilligini oshiradigan, o‘qitish
uslublarini faollashtiradigan, ta’limni tashkil etishning murakkab shakllaridan
foydalanishga yo‘naltirilgan zamonaviy o‘quv prinsipidir. Fanlararo aloqadorlikning
ta’limiy vazifasi shundan iboratki, ularning yordami bilan o‘quvchilar bilimlarining
izchillik, chuqurlik, onglilik, moslashuvchanlik kabi fazilatlar shakllantiriladi.
Fanlararo aloqadorlik matematik konsepsiyalarni ishlab chiqish vositasi sifatida
ishlaydi, ularni o‘zlashtirishga yordam beradi [4].
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].
193
Adabiyotlar ro‘yxati
1.
Собирова М.Р. Ўқувчи ижодий фаолиятини фаоллаштириш назарияси ва
амалиёти (геометрия ўқитиш мисолида). Монография. – Тoшкент: “Dizayn
Press”, 2013. – Б. 180.
2.
Собирова М.Р. Методика проведения уроков геометрии с использованием
наглядностей при решение задач // II Юнусовские чтения: Модернизация
ценностей Великой Степи как ключевой фактор развития науки и
образования.
Материалы
международной
научно-практической
конференции. – Казахстан, Чимкент, 19 марта, 2019 . – С. 307-310.
3.
Собирова М.Р. Математика дарсларида қизиқарли ўйинлардан
фойдаланиш // Мактаб ва ҳаёт. – Тoшкент, 2018, 7-сон. (13.00.00. № 4). – Б.
16-18.
4.
Собирова М.Р. Ўқувчининг геометрик қобилиятлари тузилиши ва
компонентлари // Мактаб ва ҳаёт. – Тoшкент, 2019, 5- сон. (13.00.00. № 4).
– Б. 16-18.
5.
Собирова М.Р. Факультативный курс по геометрии для 7 класса // XLVII
International Correspondence Scientific and practical conference “European
Research: Innovation in Science, Education and Technology”. – London, 2018,
December 6-7. – С. 94-96.
6.
Собирова М.Р. Методика проведения уроков геометрии с использованием
упражнений на готовых рисунках // Профессионализм педагога:
компетентностный подход в образовании. Материалы международ-ной
научно-практической конференции. – Казахстан, 2019, 2 февраль. – С. 183-
186.
7.
Собирова М.Р. Методика проведения уроков геометрии с использованием
наглядностей при решение задач // II Юнусовские чтения: Модернизация
ценностей Великой Степи как ключевой фактор развития науки и
образования.
Материалы
международной
научно-практической
конференции. – Казахстан, Чимкент, 2019, 19 марта. – С. 307-310.
8.
Subotnik R.F., Pillmeier E., Jarvin L.
The psychosocial dimensions of creativity
in mathematics: Implications for gifted education policy // Creativity in
mathematics and the education of gifted students. – Rotterdam, Netherlands:
Sense Publishers, 2009. – P. 165–179.
