Авторы

Биография автора

  • Мавжуда Собирова , Денауский институт предпринимательства и педагогики
    Заведующий кафедрой «Высшая математика», доцент, доктор педагогических наук (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.entrepreneurship-pedagogy.80489

Ключевые слова:

синхронные aсинхронные математические и физические понятия междисципли-нарные связи типы связей общие научные идеи связи через факты вопросы познания обобщенные навыки

Аннотация

В данной статье разработаны пятиэтапные виды связи обучения школьной геометрии студентов в синхронной и асинхронной связи с физикой, на каждом этапе анализируются связь через факты, связь через познание и обобщенные навыки. В данном подходе рассматриваются такие аспекты, как конкретизация понятий геометрии и физики, раскрытие процессов и явлений одной науки с помощью понятий другой науки, установление связей между выводами на основе общих понятий, а также способность формировать связь между понятиями разных наук при выражении своего мнения.


background image



42

2025/№ 2

PEDAGOGIKA

TALABALARNING MAKTAB GEOMETRIYASINI FIZIKA BILAN

SINXRON VA ASINXRON BOG‘LAB O‘QITISH KO‘NIKMALARINI

RIVOJLANTIRISH METODIKASI

SOBIROVA MAVJUDA RUZIYEVNA

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

“Oliy matematika” kafedrasi mudiri, dotsent

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

E-mail:

mavjudasobirova79@gmail.com

UDK: 372.851

https://orcid.org/0009-0006-1139-3438

Kalit so‘zlar:

sinxron, asinxron,
matematik va fizik
tushunchalar,
fanlararo bog‘liqlik,
bog‘lanish turlari,
umumiy ilmiy
g‘oyalar, faktlar
orqali bog‘lanish,
bilishga oid
masalalar,
umumlashtirilgan
ko‘nikmalar.

Annotatsiya:

Ushbu

maqolada

talabalarning

maktab

geometriyasini fizika bilan sinxron va asinxron bog‘lab
o‘qitishning besh bosqichli bog‘lanish turlari ishlab chiqilgan
bo‘lib, har bir bosqichda faktlar orqali bog‘lanish, bilish orqali
bog‘lanish va umumlashtirilgan ko‘nikmalar tahlil qilingan.
Ushbu yondashuvda geometriya va fizika fanlari tushunchalarini
konkretlashtirish, bir fanning jarayon va hodisalarini boshqa fan
tushunchalari yordamida ochib berish, umumiy tushunchalar
asosida xulosalar o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatish hamda o‘z
fikrini ifoda etishda turli fan tushunchalari o‘rtasidagi
bog‘liqlikni shakllantirish qobiliyati kabi jihatlar ko‘rib
chiqiladi.

МЕТОДИКА РАЗВИТИЯ НАВЫКОВ ПРЕПОДАВАНИЯ УЧАЩИМИСЯ

СИНХРОННОЙ И АСИНХРОННОЙ СВЯЗИ ШКОЛЬНОЙ ГЕОМЕТРИИ

С ФИЗИКОЙ

Ключевые слова:

синхронные,
асинхронные,
математические и
физические понятия,
междисципли-

Аннотация:

В данной статье разработаны пятиэтапные

виды связи обучения школьной геометрии студентов в
синхронной и асинхронной связи с физикой, на каждом
этапе анализируются связь через факты, связь через
познание и обобщенные навыки. В данном подходе
рассматриваются такие аспекты, как конкретизация понятий


background image



43

2025/№ 2

нарные связи,
типы связей, общие
научные идеи,
связи через факты,
вопросы познания,
обобщенные навыки.

геометрии и физики, раскрытие процессов и явлений одной
науки с помощью понятий другой науки, установление
связей между выводами на основе общих понятий, а также
способность формировать связь между понятиями разных
наук при выражении своего мнения.

METHODS OF DEVELOPING STUDENTS’ TEACHING SKILLS IN

SYNCHRONOUS AND ASYNCHRONOUS COMMUNICATION OF

SCHOOL GEOMETRY WITH PHYSICS

Keywords:

synchronous,
asynchronous,
mathematical and
physical concepts,
interdisciplinary
connections,
types of connections,
general scientific
ideas, connections
through facts,
cognitive issues,
generalized skills

Abstract:

In this article, five-stage types of connections for

teaching students school geometry in synchronous and
asynchronous connection with physics are developed, and at each
stage, connections through facts, connections through knowledge,
and generalized skills are analyzed. In this approach, such aspects
as concretizing the concepts of geometry and physics, revealing
the processes and phenomena of one science using the concepts
of another science, establishing connections between conclusions
based on general concepts, and the ability to form connections
between the concepts of different sciences when expressing one’s
opinion are considered.

KIRISH

Jahonda ta’lim oluvchilarning tayanch va fanga oid kompetensiyalarini

rivojlantirish, ta’lim mazmunini fan yutuqlari bilan uyg‘unlashtirish metodikasini
takomillashtirish, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini baholashning xalqaro
dasturlari (PISA, TIMSS) bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ta’lim
oluvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish modelini
takomillashtirish, kompetensiyalarning shakllanganligini tashxislash, o‘quvchilarni
algoritmik axborot almashish faoliyatiga yo‘naltirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar
alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Mamlakatimizda ta’lim sohasidagi islohotlar natijasida, jumladan, matematika

fanini xalqaro ta’lim standartlari talablariga mos o‘quv jihozlari va ilg‘or metodlar va
usullar asosida o‘qitish imkoniyatlari yaratilgan. Matematika fanining amaliyot bilan


background image



44

2025/№ 2

aloqasini ta’minlash va yanada chuqur, mustahkam o‘rganish dolzarb masalalardan
hisoblanadi.

Maktab geometriya kursining boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqalari, tabiiy-

matematik siklning boshqa mavzulari singari, o‘zining mohiyatiga ko‘ra tabiatda
mavjud dialektik munosabatlarning aksidir. Maktabda o‘qitish jarayonida
geometriyaning boshqa fanlar bilan o‘zaro sinxron va asinxron aloqasini
mustahkamlash, jismoniy hodisalar va jarayonlar to‘g‘risida umumlashtirilgan
bilimlarni shakllantirishga hamda, funksional fikrlashni rivojlantirishga yordam
beradi. Boshqa fanlarni o‘zaro sinxron va asinxron o‘rganishni amalga oshirish
nafaqat geometriya kursining ko‘plab savollarini zamonaviy ilmiy darajada taqdim
yetishga imkon beradi, shuningdek, talabalarning boshqa fanlar bilan bog‘lanish
bilimlarini chuqurlashtirish va aniqlashtirishga, ularni tizimlashtirishga erishish bilan
birga ushbu fanlar bo‘yicha o‘quv jarayonining samaradorligini oshiradi.

So‘nggi yillarda matematik ta’limni qayta qurish jarayonida uning dasturlarida

amaliy yo‘nalishiga ko‘proq e’tibor qaratildi Talabalarni o‘qitish tajribasi ularni
matematik bilimlariga ishontiradi. Ular geometriya va boshqa fanlar darslarini
muntazam ravishda bog‘lash jarayonida zarur amaliy yo‘nalishga ega bo‘ladilar, bu
yerda matematikadagi bilimlardan yangi vaziyatlarda foydalanish uchun doimiy
sharoitlar yaratiladi. Shuning uchun o‘rta maktabda fizika va matematikadan kurslar
tarkibini takomillashtirish jarayonida nafaqat matematika va fizika o‘rtasidagi fan
sifatida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligini balki, ularni maktab fanlari sifatida o‘zaro
muvofiqlashtirish zaruratini hisobga olish kerak.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Quyida geometriyaning fizika fani bilan bog‘liqliklari to‘g‘risida ba’zi

olimlarimizning fikrlari bilan tanishaylik.

“Matematiklar va tabiiy fanlar o‘rtasidagi samarali hamkorlikning barcha

usullarini ochib berishning o‘zi, – deb ta’kidlaydi akademik A.N.Kolmogorov, –
fizika bilan munosabatlarning eng qiziqarli masalalaridan biridir” [1].

Geometriya va fizika fanlarini o‘zaro bog‘lab o‘tishdagi ilmiy tadqiqotlarni

o‘rgana turib N.S.Juravleva quyidagi fikrni bildirdi: “Menimcha, biz fizika kursining
geometriya kursi bilan bog‘liqligi haqida gapirganda fiziklarning ma’lum bir
matematika o‘quv materialini o‘rganish vaqti, uning mazmuni va ketma-ketligi
haqidagi da’volariga yemas, balki, matematika bilan bog‘laganda qanday natijalarga
erishishimizga e’tibor qaratishimiz kerak” [2].

V.L.Multanovskiy o‘rta maktab fizikasi kursida nazariy umumlashtirish

muammosini o‘rganib chiqib, ta’kidlaydi: “Matematik apparat nafaqat qonunlardan


background image



45

2025/№ 2

xulosa chiqarishda fizikaning ajralmas qismi, balki usiz asosiy fizik qonunlarni va
dastlabki abstraksiyalarni shakllantirish mumkin emas” [4].

Bu T.N.Lubinskaya tomonidan to‘g‘ri qayd etilgan “... maktab fizikasi kursida

matematikadan keng foydalanish kursning tuzilishini, uni taqdim etish usullarini
oqilona takomillashtirish, fanning ilmiy darajasini oshirish, zamonaviy fizikaning
murakkab masalalarni tushunishni osonlashtirish imkonini beradi, o‘quvchilarni
ikkinchi darajali katta ikkilamchi faktlar sonini yodlash zaruratidan ozod qiladi” [5].

“Agar, – deydi V.A.Gusev, – geometriya va fizikaga xos umumiy

tushunchalarni sinxron va asinxron shakllantirish samaradorligini oshirsak, “fizika
bilan” tushunchasini o‘zlashtirish osonroq kechardi” [6].

So‘nggi yillarda matematik ta’limni qayta qurish jarayonida uning dasturlariga

amaliy yo‘nalishga ko‘proq e’tibor qaratildi. Talabalarni o‘qitish tajribasi ularni
matematik bilimlariga ishontiradi. Ular geometriya va boshqa fanlar darslarini
muntazam ravishda bog‘lash jarayonida zarur amaliy yo‘nalishga ega bo‘ladilar. Bu
jarayonda matematik bilimlardan yangi vaziyatlarda foydalanish uchun doimiy
sharoitlar yaratiladi.
Shuning uchun o‘rta maktabda fizika va matematika kurslari tarkibini
takomillashtirish jarayonida nafaqat matematika va fizika o‘rtasidagi fan sifatida
o‘zaro bog‘liqlik mavjudligini, balki ularni maktab fanlari sifatida o‘zaro
muvofiqlashtirish zaruratini ham hisobga olish kerak. Chunki P.Freynman to‘g‘ri
ta’kidlaganidek: “Matematika — bu biz bir bog‘lanish to‘plamidan boshqasiga o‘tish
yo‘lidir. Bu fizikada shubhasiz foydalidir. Chunki biz narsalar haqida turli yo‘llar
bilan gaplashishimiz mumkin, ammo matematika bizga natijalarni amalga oshirishga,
vaziyatlarni tahlil qilishga va turli xil tasdiqlarni bog‘lash uchun qonunlarni
o‘zgartirishga imkon beradi” [7].

USULLAR

Matematikaning fizikadagi rolini baholab bo‘lmaydi. Talabalar matematik

vositalardan foydalanishni o‘rganmasalar, eng oddiy fizik masalani ham yecha
olmaydilar. Matematik bilimlar asosida hisoblash va o‘lchash ko‘nikmalari
shakllanadi, shuningdek, kundalik hayot jarayonlarini mantiqiy fikrlab matematik
modellashtirish qobiliyati rivojlanadi.

Biz tadqiqot ishimizda “O‘zaro bog‘liqlik” metodidan foydalandik. Ushbu

metod o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim oluvchilarda o‘quv-bilish faolligini oshirish, ularni
kichik guruh va jamoada ishlashga o‘rgatish, o‘rganilayotgan mavzu hamda
muammolar bo‘yicha shaxsiy qarashlarini dadil va erkin ifodalash, o‘z fikrlarini
himoya qilish, dalillar bilan asoslash, tengdoshlarini tinglay olish, g‘oyalarni yanada


background image



46

2025/№ 2

boyitish va bildirilgan mavjud mulohazalar orasidan eng maqbul yechimni tanlashga
rag‘batlantirish imkoniyatiga egaligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Fizika va matematikaning o‘zaro bog‘liqlik ehtimoli matematika va fizikada bir

xil nomdagi tushunchalarni (vektorlar, koordinatalar, grafikalar va funksiyalar,
tenglamalar va boshqalar) o‘rganish bilan bog‘liq. Fizikani o‘rganishda esa miqdorlar
o‘rtasidagi munosabatni ifodalash uchun matematik vositalar (formulalar, grafikalar,
jadvallar, tenglamalar, tengsizliklar) qo‘llaniladi. Bilim va usullarning bu o‘zaro
ta’siri nafaqat muhim, balki ilmiy dunyoqarashning shakllanishi uchun qulay sharoit
yaratadi.

NATIJALAR

Ushbu tadqiqot natijalari talabalarning mavzularni chuqurroq tushunishi va

amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga sezilarli darajada xizmat qilganini
ko‘rsatmoqda. Geometriya va fizika fanlarining sinxron va asinxron bog‘lanishi
orqali quyidagi muhim jihatlar aniqlangan:

Mavzularni chuqur va tizimli o‘zlashtirish:

Talabalar mavzularni izchil va

tizimli ravishda o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Geometriya va fizikaning
bir-biri bilan bog‘liq holda o‘rganilishi natijasida talabalar tushunchalarni yaxshiroq
anglab, ularni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini mustahkamlaydilar.

Real hayotdagi amaliy jarayonlarni tushuntirish ko‘nikmalari:

Geometrik

modellar yordamida talabalar real hayotdagi amaliy jarayonlarni aniqlash,
tushuntirish va tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantiradilar. Bu esa ularning mantiqiy
tafakkurini chuqurlashtiradi va ilmiy izlanishlarga qiziqishini oshiradi.

Maktab o‘quvchilariga fanlararo bog‘liqlikni tushuntirish qobiliyati:

Ushbu

uslubiyat asosida o‘qigan talabalar maktab o‘quvchilariga dars berish jarayonida
geometriya va fizika o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni aniq va tushunarli shaklda
yetkazish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa maktab darajasida fanlararo
integratsiyani kuchaytiradi va o‘quvchilarning umumiy bilim darajasini oshirishga
xizmat qiladi.

Qiziqish va motivatsiyaning oshishi:

Geometriya va fizika fanlarining bir-biri

bilan bog‘langan holda o‘rganilishi natijasida talabalar ushbu fanlarga nisbatan
qiziqish va motivatsiyalarining ortganini namoyon qilmoqdalar. Integratsiyalashgan
yondashuv talabalarni faollashtirib, ularga yangi bilimlarni egallash va tadqiqot olib
borish jarayonida yanada ishtiyoq bilan qatnashish imkonini yaratadi.

Abstrakt g‘oyalarning tabiiy voqelikka tatbiqi:

Sinxron va asinxron bog‘lanishlar

asosida

o‘rganilgan maktab geometriyasi talabalarga abstrakt geometrik

tushunchalarning tabiiy hodisalarga qanday tatbiq etilishini chuqurroq tushunishga


background image



47

2025/№ 2

yordam beradi. Bu jarayon ularning mustaqil fikrlash va bilimlarni amaliyotda
qo‘llash qobiliyatlarini rivojlantiradi.

Mustaqil o‘rganish va bilimlarni boshqarish:

Ushbu yondashuv talabalarni o‘z

bilimlarini mustaqil ravishda boshqarish va ularni real hayotiy muammolarni hal
qilishda qo‘llashga o‘rgatadi. Talabalarning analitik tafakkuri va muammolarni
yechish strategiyalari rivojlanadi, bu esa ularning ilmiy va kasbiy faoliyatlariga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi.

Umuman olganda, ushbu tadqiqot natijalari geometriya va fizika fanlarining

integratsiyalashgan holda o‘rganilishi nafaqat talabalar bilim va ko‘nikmalarini
oshirishga, balki ularning tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishga,
shuningdek, maktab o‘quvchilari uchun ham samarali ta’lim berish metodlarini ishlab
chiqishga xizmat qilishini tasdiqlaydi.

MUHOKAMALAR

Talabalarning maktab geometriyasini fizika bilan sinxron va asinxron bog‘lab

o‘qitishning 5 ta bosqich bog‘lanish turlari ishlab chiqildi.

1-bosqich. Sinxron va asinxron bog‘lanish:

Faktlar orqali bog‘lanish – geometriya va fizika fanlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni

tushunish, turli fanlarda o‘rganilgan ma’lumotlarning o‘xshash jihatlarini aniqlash
hamda o‘quvchilarning bilimlarini yaxlit tizimga aylantirish jarayonidir.

1-bosqich: Faktlar orqali bog‘lanish:

Bilishga oid masala:

O‘rganilayotgan mavzularni tushunarli qilib bayon etish,

yangi tushunchalar yaratish, ularni umumiy ilmiy tamoyillar asosida tushuntirish,
mavjud dalillarni tahlil qilish va ularning bog‘liqligini aniqlash.

Umumlashtirilgan ko‘nikmalar:

Turli mavzulardagi ma’lumotlarni taqqoslash,

ularning umumiy tomonlarini ajratish, mavjud bilimlarni yangi ma’lumotlar bilan
bog‘lash va kundalik hayotda qo‘llash.

2-bosqich: Tushunchalar orqali bog‘lanish:

Bilishga oid masala:

Turli fanlarga tegishli tushunchalarni bosqichma-bosqich

kengaytirish va chuqur o‘rganish, ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntirish, ilmiy
tushunchalar tizimini yaratish.

Umumlashtirilgan ko‘nikmalar:

Geometriya va fizika tushunchalarini tahlil qilish,

bir fanning hodisalarini boshqa fan tushunchalari orqali tushuntirish, umumiy
tushunchalar asosida xulosalar chiqarish.

3-bosqich. Nazariy bilimlar orqali bog‘lanish:

Bilishga oid masala:

Turli fanlardagi nazariyalar o‘rtasida bog‘liqlik o‘rnatish,

umumiy ilmiy tushunchalarni shakllantirish va nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq


background image



48

2025/№ 2

etish.

Umumlashtirilgan ko‘nikmalar:

Ilmiy nazariyalarni yaxlit tizim sifatida tushunish,

ularning tarkibiy qismlarini bog‘lash, turdosh fanlardagi bilimlarni umumiy asosda
izohlash va amaliy qo‘llash.

4-bosqich: Falsafiy bilimlar orqali bog‘lanish:

Bilishga oid masala:

Fanlararo bog‘liqlikni aniqlash, ilmiy tushunchalar va

falsafiy kategoriya o‘rtasidagi aloqalarni tushuntirish, dunyoning ilmiy-falsafiy
asoslarini shakllantirish.

Umumlashtirilgan ko‘nikmalar:

Ilmiy faktlar, tushunchalar va nazariyalarni tahlil

qilish, ularni falsafiy konsepsiyalar bilan bog‘lash va chuqur anglash.

5-bosqich: G‘oyaviy bilimlar orqali bog‘lanish:

Bilishga oid masala:

O‘quvchilarning gumanitar va tabiiy fanlarga oid

tushunchalarini uyg‘unlashtirish, ilmiy bilimlarning jamiyat, siyosat va axloqiy
jihatlar bilan bog‘liqligini tushunish.

Umumlashtirilgan ko‘nikmalar:

Ijtimoiy va tabiiy fanlarning bog‘liqligini anglash,

zamonaviy muammolarni tahlil qilish, turli fanlar orqali dunyoni yaxlit tushunish.

Bu bosqichlar orqali geometriya va fizika fanlari o‘rtasidagi bog‘liqlik

tushuntiriladi hamda o‘quvchilarning ilmiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Quyida sinxron va asinxron o o‘qitiladigan masalalarga namuna keltiramiz.

Sinxron o‘qitish uchun masalalar:

1. To‘g‘ri chiziqli harakat (Fizika (7-sinf), II bob, 5-§, 26-sahifa).
Masala: Aravacha tekis harakat qiladi. Agar u 5 sekundda 10 metr masofa bosib

o‘tsa, uning tezligini toping.

Izoh: Geometriyada bu masala to‘g‘ri chiziqli segment sifatida qaralib, masofa va

vaqt o‘rtasidagi bog‘lanish tushuntiriladi. Fizikada esa tezlik formulasi qo‘llaniladi.

2. Kosinuslar teoremasi (Geometriya (7-sinf), III bob, 58-sahifa).
Masala: Uchburchakning tomonlari 7 sm, 9 sm va 12 sm. Eng katta burchakni

hisoblang.

Izoh: Geometriya jihatdan kosinuslar teoremasi qo‘llaniladi, fizikada esa bu usul

kuchlarning yoki harakat trayektoriyalarining analizida ishlatilishi mumkin.

3. Prizma orqali yorug‘likning sinishi (Fizika (7-sinf), Optika bo‘limi, 63-sahifa).
Masala: Sinish ko‘rsatkichi 1.5 bo‘lgan shisha prizmaga 45° burchak ostida

tushayotgan yorug‘lik nuri sinishdan keyin qanday burchak ostida yo‘nalishini
aniqlang.

Izoh: Fizikada Snell qonuni qo‘llaniladi, geometriyada esa burchaklar va

uchburchak xossalari hisobga olinadi.

Asinxron o‘qitish uchun masalalar:


background image



49

2025/№ 2

1. Soyaning uzunligi (Geometriya (7-sinf), II bob, 30-sahifa).
Masala: 4 metr balandlikdagi ustunning soyasi 2 metrga teng. Quyosh nurlarining

yerga nisbatan tushish burchagini aniqlang.

Izoh: Geometriyada to‘g‘ri burchakli uchburchakdan foydalaniladi, fizikada esa

yorug‘likning tarqalish yo‘nalishi o‘rganiladi.

2. Archimed qonuni (Fizika (7-sinf), Suvga botgan jismlar bo‘limi, 92-sahifa)
Masala: Hajmi 300 sm³ bo‘lgan jismlar suvga botirilganda ularga qanday ko‘tarish

kuchi ta’sir qilishini hisoblang.

Izoh: Fizikada bu Archimed qonuniga asoslangan, geometriyada esa hajm

hisoblash usullari ishlatiladi.

3. Optik fokus masalasi (Fizika (8-sinf), Optika bo‘limi, 115-sahifa)
Masala: Fokus masofasi 20 sm bo‘lgan linzaning oldida 40 sm masofada

joylashgan jismning tasvirini aniqlang.

Izoh: Fizikada linza tenglamasi qo‘llaniladi, geometriyada esa tasvir hosil bo‘lishi

chizmalari ishlatiladi.

XULOSA

Ushbu tadqiqot natijalari geometriya va fizika fanlarining o‘zaro bog‘liq holda

o‘qitilishi talabalarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb
etishini ko‘rsatdi. Sinxron va asinxron bog‘lanishlar asosida o‘rganilgan mavzular
talabalarga abstrakt tushunchalarni tabiiy hodisalarga tatbiq etish, muammolarni tahlil
qilish va ularni matematik modellash orqali yechim topish qobiliyatini rivojlantirish
imkonini berdi.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, geometriya va fizika fanlarining

integratsiyalashgan holda o‘rganilishi:

Talabalarning mavzularni chuqur va tizimli o‘zlashtirishini ta’minlaydi;

Real hayotdagi jarayonlarni tushunish va ularni tahlil qilish qobiliyatini

oshiradi;

Maktab o‘quvchilariga fanlararo bog‘liqlikni tushuntirish ko‘nikmalarini

shakllantiradi;

O‘quvchilarda fanlarga nisbatan qiziqish va motivatsiyani kuchaytiradi;

Mustaqil o‘rganish va tahlil qilish malakasini shakllantirishga yordam beradi.

Shuningdek, geometriya va fizika fanlarining bog‘liqligi nazariy bilimlarning

amaliyotda qo‘llanilishi, murakkab ilmiy tushunchalarni aniqroq anglash va ulardan
samarali foydalanish uchun qulay shart-sharoit yaratishi ma’lum bo‘ldi. Shu sababli
kelgusida bu yo‘nalishda yanada chuqurroq tadqiqotlar olib borish va ta’lim
jarayonida integratsiyalashgan yondashuvni keng joriy etish maqsadga muvofiqdir.


background image



50

2025/№ 2

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Sobirova M. Umumta’lim maktablarda geometriyani fizika bilan sinxron va

asixron bog’lab o‘qitishda tumanlararo konferensiya tashkil etish metodikasi //
“Aniq va tabiiy fanlarning rivojlanish istiqbollari” respublika ilmiy-amaliy
anjumani 2024-yil 7-may. – B. 469-471.

2.

Sobirova M. Maktabda geometriyani fizika bilan sinxron-asinxron bog‘lab

o‘qitishda masalalar yechimiga kreativ yondashuv // Tadbirkorlik va
pedagogika, 2024. – B. 182-193.

3.

Колмогоров А.Н. Воспитание мировоззрения на уроках математики и

физики // Математика в школе, 1978. № 3. – C. 6-9.

4.

Журавлева Н.С., Среднева О.А. Межпредметные связи физики и

математики при изучении вопросов геометрической оптики в школьном
курсе физики // Молодой ученый, 2016. № 6.2. – С. 47-50.

5.

Мултановский В.В., Василевский А.С. Курс теоритической физики / Том

3. Квантовая механика. – М.: Просвещение, 1991. – C. 320.

6.

Лубинская Т.Н. Формирование исследовательских умений и навыков

старшеклассников в процессе подготовки к конкурсам и олимпиадам: дис.
... канд. пед. наук: 13.00.01. – Киров, 2010. – C. 188.


















Библиографические ссылки

Sobirova M. Umumta’lim maktablarda geometriyani fizika bilan sinxron va asixron bog’lab o‘qitishda tumanlararo konferensiya tashkil etish metodikasi // “Aniq va tabiiy fanlarning rivojlanish istiqbollari” respublika ilmiy-amaliy anjumani 2024-yil 7-may. – B. 469-471.

Sobirova M. Maktabda geometriyani fizika bilan sinxron-asinxron bog‘lab o‘qitishda masalalar yechimiga kreativ yondashuv // Tadbirkorlik va pedagogika, 2024. – B. 182-193.

Колмогоров А.Н. Воспитание мировоззрения на уроках математики и физики // Математика в школе, 1978. № 3. – C. 6-9.

Журавлева Н.С., Среднева О.А. Межпредметные связи физики и математики при изучении вопросов геометрической оптики в школьном курсе физики // Молодой ученый, 2016. № 6.2. – С. 47-50.

Мултановский В.В., Василевский А.С. Курс теоритической физики / Том 3. Квантовая механика. – М.: Просвещение, 1991. – C. 320.

Лубинская Т.Н. Формирование исследовательских умений и навыков старшеклассников в процессе подготовки к конкурсам и олимпиадам: дис. ... канд. пед. наук: 13.00.01. – Киров, 2010. – C. 188.